QUYONCHILIKDAN OLINADIGAN MAHSULOTLARGA BO‘LGAN DAVLAT STANDARTI TALABLARI
Yuklangan vaqt
2024-05-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
17,2 KB
QUYONCHILIKDAN OLINADIGAN MAHSULOTLARGA BO‘LGAN
DAVLAT STANDARTI TALABLARI
Standartizasiyalash mahsulotning sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega
chunki standart ma’lum mahsulot tayyorlashga ishlab chiqarish talablarini qo’yadi
va shu bilan uning sifatini boshqaradi.
Standartlar tasdiqlanganicha texnik shartlardan foydalaniladi. Ular mos
keladigan standartlarni tasdiqlagancha amal qiladi. Standart jadvallari odatda
ma’lum bo’limlardan tuzilgan.
A) Hayvon terisini aniqlash (turi, oilasi, avlodi).
B) Geografik yashashi, navi, nuqson guruhlari bo’yicha tasnifi va ayrim
turlari uchun qo’shimcha o’lchami va rangi bo’yicha tasnifi.
V) Shilish, tekislash, yog’sizlantirish va konservalashning texnik shartlari.
G) Nostandart terilar, ya’ni qabul qilinishi man etilgan terilar.
D) Bog’lash, joylash va tamg’alash uslublari.
Standartda har bir teriga uning asosiy sifat belgilari-tovarli xususiyatlari
bo’yicha ta’rif beriladi.
Standartlarning chiqishi xomashyo topshiruvchi va tayyorlovchi, ishlov
beruvchi va qayta ishlovchi hamda savdo tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni
boshqarish imkonini beradi. Standartlar vaqti-vaqti bilan fan va texnika yutuqlarini
e’tiborga olgan holda qayta ko’rib chiqiladi.
Terilarni hayvonlarning tarqalgan tumanlari, navlari va nuqsonlari bo’yicha
guruhga ajratishga navlarga bo’lish deyiladi.
Navlash terilarni odatda bosh tomonini stol ustida navlovchi tomonga
qaratilib, ularning navlari bo’yicha o’zining atrofiga irg’itib tashlash yo’li bilan
amalga oshiriladi. Ayrim turdagi terilar uy quyoni, ondatra ko’pincha ularni
sag’risini navlovchi tomon qaratib bajariladi. Trubka (nay) shaklida shilingan
terilarning jun qoplami oldin yelkasi, so’ngra qorin tomonidan ko’rib chiqiladi. Teri
to’qimasining rangi sag’risidagi kesik chekkasidan aniqlanadi. Har bir terini
ko’rishda navlovchi ikki qo’li bilan ushlaydi va so’ngra bir marta siltab oladi.
Mo’ynalarning qishki turlari odatda 3 navga ajratiladi:
I nav – to’la junli, yetilgan, toza teri to’qimali, ayrim hollarda ozgina
ko’kimtir bo’lishiga ruxsat etiladi;
II navga – uncha baland bo’lmagan jun qoplamli, bir oz yetilgan va teri
to’qimasi ozgina qalinlashgan mo’ynalar;
III navga – yarim junli, kam zich va qalin o’smagan jun qoplamli va ko’k
qalinlashgan teri to’qimalilar kiradi.
Terilarni nuqsonlar bo’yicha navlash. Nuqsonlar – bu tirik va o’lik paytida
terilarda hosil bo’lgan har xil shikastlanishlar bo’lib, terilarni turli darajada
qiymatini pasaytirishga olib keladi.
Ho’l terilarda bo’ladigan asosiy nuqsonlar quyidagilarga bo’linadi:
1 – hayot (tirik) paytidagi; 2 – so’yish paytidagi; 3 – dastlabki ishlov berish
paytidagi; 4 – saqlash, joylash va tashish paytidagi paydo bo’ladigan nuqsonlar.
1.
Hayvonlarning tirik paytidagi nuqsonlariga ularning har xil kasalliklar
bilan kasallanishi; bir-biriga hujum qilishi, yaxshi oziqlanmasligi,individual
o’zgaruvchanlik va boshqa sabablar orqali paydo bo’ladi.
2.
So’yishdagi nuqsonlarga otilgan joylar, oyoqlari yoki panjalari yo’q
yoki kesilib ketgan joylar kabilar kiradi.
3.
Dastlabki ishlov berishdagi nuqsonlar – terilarni shilish va
yog’sizlantirish paytida yoki yog’sizlatirilmagan xomashyoni saqlash paytida paydo
bo’ladi. Bundan tashqari qotib qolgan terilar, oqarib qolgan terilar, noto’g’ri
shilingan, noto’g’ri tekislangan terilar ham kiradi.
4.
Saqlash, joylash, tashishdagi nuqsonlarga – kuya tushgan, qo’ng’iz
yegan joylar, teri to’qimasidagi mayda teshiklar, sichqon yoki kalamushlar
tomonidan buzilgan terilar kiradi. Bundan tashqari, jun qoplamining sarg’ayishi, tuz
dog’laridagi mog’orlanish, yirtiqlar, junlarning qirilishi va boshqalar.
Xomashyo
standartlari
bo’yicha
deyarli
barcha
terilarga
mo’yna
xomashyosining nuqsonlari uchun uch darajali chegirma o’rnatilgan: kichik
chegirma (kichik nuqson) – 10 %, o’rta (o’rta nuqson) – 25 % va katta (katta nuqson)
– 50 % miqdorda.
Terilardagi nuqsonlar uncha ahamiyatli bo’lmasa va o’ldirish paytida ular
me’yoriy hisoblansa va terining ishlab chiqarish sifati uncha buzilmasa, u holda
ulardan chegirma qilinmaydi.
Terilar bog’lash belgilari bo’yicha tanlanadi: bunda qiymati, og’irligi,
o’lchami, shilish uslubi, shakli va terining ishlatilishi.
Trubka (nay) usulida shilingan terilar odatda buntlarga bog’lanadi. Buntdagi
terilar soni, ularning og’irligi va qiymatiga bog’liq bo’ladi. Masalan: olmaxon terisi
50 ta; kattaroq suvsarlar - 20; katta tulkilar terisi – 10 tadan qilib bog’lanadi.
Gilam shaklida shilingan terilar, ularning shakli va tekis ulanganligiga qarab
bog’lanadi.
Terilarni joylash va tamg’alash. Terilar mahkam, ishonchli, yengil va toza
joylanishi kerak.
Yuqori
navli
va
qimmatbaho
terilarni
joylashda
taralarning
konstruksiyalariga alohida talablar qo’yiladi: terilarni iflosliklardan, ishqalanishdan,
changdan, namdan saqlash kerak. Qutilarning ichiga suv o’tmaydigan qog’oz
qoplanadi. Terilarni yo’llarda yo’qolmasligini oldini olish uchun qutilar po’lat
lentalar bilan tortiladi. Juda qimmatbaho terilar korzina yoki qutilarga
joylashtiriladi, so’ngra ular muhrlanadi.