QUYONCHILIKDAN OLINADIGAN TIVIT VA QO’SHIMCHA MAHSULOTLAR

Yuklangan vaqt

2024-05-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

17,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
QUYONCHILIKDAN OLINADIGAN TIVIT VA QO’SHIMCHA 
MAHSULOTLAR 
 
 
Reja: 
1. Quyonlarning tivit mahsuldorligi. 
 
Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar 
"Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, 
xolsizlanish, davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, 
quyonlarda tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QUYONCHILIKDAN OLINADIGAN TIVIT VA QO’SHIMCHA MAHSULOTLAR Reja: 1. Quyonlarning tivit mahsuldorligi. Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar "Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, xolsizlanish, davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, quyonlarda tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k. Ilmiybaza.uz 
 
2. Quyon tiviti xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Tivit asosan tivit 
yo’nalishidagi quyon zotlaridan tarab olinadi. Quyondan bir marta taralganda 150-
170 g tivit olinadi. Bir bosh quyondan yil davomida 5-6 marta tivit olish mumkin. 
Bir yilda har bir voyaga yetgan quyondan 450 g dan 1020 g gacha tivit olish mumkin. 
Bir bosh ona quyondan uyadagi bolalari bilan birgalikda bir yilda 2 kg dan ortiqroq 
tivit yetishtiriladi.  
Quyonlardan tivit 2 usulda ya’ni qirqish va tarash usullarida olinadi. Qirqib 
olingan tivit ancha sifatsiz bo’ladi chunki tivit tolasini ma’lum qismi terida qoladi, 
olingan tolalar bir xil uzunlikda bo’lmaydi. Quyon bolalaridan dastlab yoshi 2 oylik 
bo’lganda tivit qirqiladi, keyin 6 oyligigacha har ikki oyda bir marta, 6 oylikdan 
keyin esa har oyda tarash yo’li bilan tivit olinadi.  
Tivit mahsuldorligiga quyonning yoshi, oziqlantirish sharoiti, jinsi, fiziologik 
holati, asrash, tivit olish usuli va yig’ish soni kabilar ta’sir etadi.  
Ona quyonlardan bolalash oldidan tanasidan tivit (30-40 g) tarab olinib, 
bolasini urab qo’yish uchun ishlatiladi. Xo’jaliklarda bu tarzda ishlatiladigan 
tivitlarning miqdori anchani tashkil etadi. Ushbu tivitlar ona quyondan bolalari 
ajratilgandan so’ng, yigishtirib olib tozalanadi. Bunga uya tiviti deyiladi. 
Quyon tiviti davlat standartiga ko’ra quyidagi navlarga bo’linadi:  
Ekstra nav - juda oq, ifloslanmagan, chigallanmagan, tolasini uzunligi 60 
mm ziyod. 
I nav - tivitni tozaligi ekstraga xos, biroq tolasini uzunligi 45-59 mm bo’ladi. 
II nav - tivitning tozaligi oldingilaridek, biroq tolasini uzunligi 30-44 mm 
gacha. 
III nav - tivitning tozaligi yuqoridagilarga o’xshash. Tolasini uzunligi 11-29 
mm. Chigallangan qismi 3 % dan oshmasligi kerak. 
Quyon tiviti ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni saqlash kabi belgilari bilan 
mayda shoxli mollar juni va tivitidan qolishmaydi. 1 kg quyon tivitidan ayollarga 25 
ta ro’mol tayyorlash mumkin. 
Quyon tivitning har bir navi davlat standartiga asosan texnik holatlariga ko’ra 
me’yoriy va nuqsonliklarga bo’linadi. 
Ilmiybaza.uz 2. Quyon tiviti xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Tivit asosan tivit yo’nalishidagi quyon zotlaridan tarab olinadi. Quyondan bir marta taralganda 150- 170 g tivit olinadi. Bir bosh quyondan yil davomida 5-6 marta tivit olish mumkin. Bir yilda har bir voyaga yetgan quyondan 450 g dan 1020 g gacha tivit olish mumkin. Bir bosh ona quyondan uyadagi bolalari bilan birgalikda bir yilda 2 kg dan ortiqroq tivit yetishtiriladi. Quyonlardan tivit 2 usulda ya’ni qirqish va tarash usullarida olinadi. Qirqib olingan tivit ancha sifatsiz bo’ladi chunki tivit tolasini ma’lum qismi terida qoladi, olingan tolalar bir xil uzunlikda bo’lmaydi. Quyon bolalaridan dastlab yoshi 2 oylik bo’lganda tivit qirqiladi, keyin 6 oyligigacha har ikki oyda bir marta, 6 oylikdan keyin esa har oyda tarash yo’li bilan tivit olinadi. Tivit mahsuldorligiga quyonning yoshi, oziqlantirish sharoiti, jinsi, fiziologik holati, asrash, tivit olish usuli va yig’ish soni kabilar ta’sir etadi. Ona quyonlardan bolalash oldidan tanasidan tivit (30-40 g) tarab olinib, bolasini urab qo’yish uchun ishlatiladi. Xo’jaliklarda bu tarzda ishlatiladigan tivitlarning miqdori anchani tashkil etadi. Ushbu tivitlar ona quyondan bolalari ajratilgandan so’ng, yigishtirib olib tozalanadi. Bunga uya tiviti deyiladi. Quyon tiviti davlat standartiga ko’ra quyidagi navlarga bo’linadi: Ekstra nav - juda oq, ifloslanmagan, chigallanmagan, tolasini uzunligi 60 mm ziyod. I nav - tivitni tozaligi ekstraga xos, biroq tolasini uzunligi 45-59 mm bo’ladi. II nav - tivitning tozaligi oldingilaridek, biroq tolasini uzunligi 30-44 mm gacha. III nav - tivitning tozaligi yuqoridagilarga o’xshash. Tolasini uzunligi 11-29 mm. Chigallangan qismi 3 % dan oshmasligi kerak. Quyon tiviti ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni saqlash kabi belgilari bilan mayda shoxli mollar juni va tivitidan qolishmaydi. 1 kg quyon tivitidan ayollarga 25 ta ro’mol tayyorlash mumkin. Quyon tivitning har bir navi davlat standartiga asosan texnik holatlariga ko’ra me’yoriy va nuqsonliklarga bo’linadi. Ilmiybaza.uz 
 
Nuqsonli tivitga ekstra, birinchi va ikkinchi navli tivitlar kiritilib, tarkibida 
umumiy vazniga ko’ra chigallanganlik holati 3 % dan, ifloslanganligi 5 % dan 
oshmagan bo’lishi kerak.  
Bundan tashqari uchinchi navli tivitlarni ifloslanganligi 5-10 % gacha bo’lsa, 
11 mm dan kalta bo’lgan tivitlar umumiy vazniga nisbatan 10-30 % ni tashkil etsa, 
ushbu tivitlar ham nuqsonli tivit hisoblanadi. 
Yaroqsiz tivitga tolalarining uzunligi 11 mm dan kam bo’lgan, hasharotlar 
zararlagan va ifloslanish darajasi umumiy xajmiga nisbatan 11 % dan 30 % gacha 
bo’lgan tivitlar kiritiladi. 
Ilmiybaza.uz Nuqsonli tivitga ekstra, birinchi va ikkinchi navli tivitlar kiritilib, tarkibida umumiy vazniga ko’ra chigallanganlik holati 3 % dan, ifloslanganligi 5 % dan oshmagan bo’lishi kerak. Bundan tashqari uchinchi navli tivitlarni ifloslanganligi 5-10 % gacha bo’lsa, 11 mm dan kalta bo’lgan tivitlar umumiy vazniga nisbatan 10-30 % ni tashkil etsa, ushbu tivitlar ham nuqsonli tivit hisoblanadi. Yaroqsiz tivitga tolalarining uzunligi 11 mm dan kam bo’lgan, hasharotlar zararlagan va ifloslanish darajasi umumiy xajmiga nisbatan 11 % dan 30 % gacha bo’lgan tivitlar kiritiladi.