QUYONLAR MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH

Yuklangan vaqt

2024-05-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

27,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
QUYONLAR MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH 
 
 
Darsning 
maqsadi: 
quyon 
va 
mo’ynali 
hayvonlarning 
go’sht 
mahsuldorligini, ulardan olinadigan teri, momiq va tivit mahsuldorligini hisobga 
olish. 
Darsning mazmuni: Quyonlar juda serpusht bo’ladi, bir yilda o’rtacha 5-6 
va undan ko’p bolalaydi. Bolalarining soni bir tug’ishda 6-12 ta, ayrim hollarda 16 
tagacha bo’lishi mumkin. Quyonlarning serpushtligiga ularni boqish va asrash katta 
ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boqilgan quyonlar 2-2,5 oyligida jinsiy voyaga yetadi, lekin 
tajribali quyonboqarlar quyonchalarni 4 oyligida qochirib, bola olishni ma’qul 
ko’radilar. Erta (2-2,5 oyligida) qochirish quyonchalarning eksterer belgilari tez 
buzilishiga sabab bo’ladi. 
Bir ona quyon yil davomida 4-5 marta bolalashi mumkin. Bu esa 60-70kg 
go’sht va 20-25 dona sifatli teri demakdir. Quyonlarning tirik massasiga nisbatan 
70%ni, qoramollarda esa 42-50% ni go’sht tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, 
quyonlarda go’sht chiqishi qoramollarga nisbatan yuqoriroq. 
Terisi. Quyon terisi ham qimmatli mahsulotlar qatoriga kiradi. Quyon terisi 
sathiga qarab (boshi bilan yoki boshsiz hisoblanganda) 3 guruhga bo’linadi: 
Maxsus yirik o’lchamli terilar- sathi boshi bilan 1600 sm2 dan, boshsiz 1500 
sm2 gacha bo’lgan terilar; yirik o’lchamli terilar – boshi bilan 1500sm 2 dan, boshsiz 
1300 sm2 gacha bo’lgan terilar. Kichik o’lchamli terilar – boshi bilan 1300 sm 2 dan, 
boshsiz 1200 sm 2 gacha bo’lgan terilar guruhiga ajratiladi. 
Eslatma: quyon terisining boshi va bo’yin atroflaridan tashqari joylarida qon 
dog’lari bo’lib, mog’orlagan, yaxshi quritilmagan yoki terisida teshilgan joylar 
bo’lsa, uning narxi 5% gacha kamaytirilishi mumkin. Yana shu narsa muhimki, 
Ilmiybaza.uz QUYONLAR MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH Darsning maqsadi: quyon va mo’ynali hayvonlarning go’sht mahsuldorligini, ulardan olinadigan teri, momiq va tivit mahsuldorligini hisobga olish. Darsning mazmuni: Quyonlar juda serpusht bo’ladi, bir yilda o’rtacha 5-6 va undan ko’p bolalaydi. Bolalarining soni bir tug’ishda 6-12 ta, ayrim hollarda 16 tagacha bo’lishi mumkin. Quyonlarning serpushtligiga ularni boqish va asrash katta ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boqilgan quyonlar 2-2,5 oyligida jinsiy voyaga yetadi, lekin tajribali quyonboqarlar quyonchalarni 4 oyligida qochirib, bola olishni ma’qul ko’radilar. Erta (2-2,5 oyligida) qochirish quyonchalarning eksterer belgilari tez buzilishiga sabab bo’ladi. Bir ona quyon yil davomida 4-5 marta bolalashi mumkin. Bu esa 60-70kg go’sht va 20-25 dona sifatli teri demakdir. Quyonlarning tirik massasiga nisbatan 70%ni, qoramollarda esa 42-50% ni go’sht tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, quyonlarda go’sht chiqishi qoramollarga nisbatan yuqoriroq. Terisi. Quyon terisi ham qimmatli mahsulotlar qatoriga kiradi. Quyon terisi sathiga qarab (boshi bilan yoki boshsiz hisoblanganda) 3 guruhga bo’linadi: Maxsus yirik o’lchamli terilar- sathi boshi bilan 1600 sm2 dan, boshsiz 1500 sm2 gacha bo’lgan terilar; yirik o’lchamli terilar – boshi bilan 1500sm 2 dan, boshsiz 1300 sm2 gacha bo’lgan terilar. Kichik o’lchamli terilar – boshi bilan 1300 sm 2 dan, boshsiz 1200 sm 2 gacha bo’lgan terilar guruhiga ajratiladi. Eslatma: quyon terisining boshi va bo’yin atroflaridan tashqari joylarida qon dog’lari bo’lib, mog’orlagan, yaxshi quritilmagan yoki terisida teshilgan joylar bo’lsa, uning narxi 5% gacha kamaytirilishi mumkin. Yana shu narsa muhimki, Ilmiybaza.uz 
 
quyon terisini turli noyob muuyonali hayvonlar terisi singari bo’yash mumkin. Bu 
xususiyat teri sanoati uchun juda muhimdir. 
Mo’yna sanoatida ishlatib bo’lmaydigan terilardan ayollarning yengil oyoq 
kiyimlari va teri-galanteriya sanoatida  esa sumkachalar, qo’lqopchalar va 
katmonchalar ishlab chiqariladi. 
Momig’i. Quyon momig’i xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Momiq 
alohida zotlardan (Angor, Kirov va Oq quyon zoti) tarab olinadi. Har bir quyondan 
bir marta taralganda 150-170g dan, yil davomida 5-6 marta momiq olish mumkin. 
Shunday qilib yil davomida o’rtacha har bir quyondan 450 g dan 1020g gacha 
momiq olish mumkin. Momiqning bahosi quyidagi ketegoriyalar bo’yicha 
baholanadi:  
Ekstra normal navga mansub 
Ekstra normal, ammo kamchiligi bor 
Inav, normal 
IInav, lekin kamchiligi bor 
II nav, normal 
II nav, lekin kamchiligi bor 
III nav, normal 
III nav, lekin kamchiligi bor 
Hyech qanday navga kirmagan. 
Quyon momig’ina navlarga ajratishda quyidagi belgilari hisobga olinadi: 
Ekstra nav guruh- juda oq, ifloslanmagan, tugunsiz, tola uzunligi 60mm; 
I navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 45 mm 
dan 59 mm gacha; 
II nav navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 30 
mm dan 44 mm gacha; 
III navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 11 mm 
dan 29 mm gacha bo’lishi kerak. 
Quyon momig’i ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni o’tkazishi bo’yicha mayin 
yungli qo’ylarning yungidan qolishmaydi. 1 kg quyon momig’idan ayollarning 25 
Ilmiybaza.uz quyon terisini turli noyob muuyonali hayvonlar terisi singari bo’yash mumkin. Bu xususiyat teri sanoati uchun juda muhimdir. Mo’yna sanoatida ishlatib bo’lmaydigan terilardan ayollarning yengil oyoq kiyimlari va teri-galanteriya sanoatida esa sumkachalar, qo’lqopchalar va katmonchalar ishlab chiqariladi. Momig’i. Quyon momig’i xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Momiq alohida zotlardan (Angor, Kirov va Oq quyon zoti) tarab olinadi. Har bir quyondan bir marta taralganda 150-170g dan, yil davomida 5-6 marta momiq olish mumkin. Shunday qilib yil davomida o’rtacha har bir quyondan 450 g dan 1020g gacha momiq olish mumkin. Momiqning bahosi quyidagi ketegoriyalar bo’yicha baholanadi: Ekstra normal navga mansub Ekstra normal, ammo kamchiligi bor Inav, normal IInav, lekin kamchiligi bor II nav, normal II nav, lekin kamchiligi bor III nav, normal III nav, lekin kamchiligi bor Hyech qanday navga kirmagan. Quyon momig’ina navlarga ajratishda quyidagi belgilari hisobga olinadi: Ekstra nav guruh- juda oq, ifloslanmagan, tugunsiz, tola uzunligi 60mm; I navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 45 mm dan 59 mm gacha; II nav navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 30 mm dan 44 mm gacha; III navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 11 mm dan 29 mm gacha bo’lishi kerak. Quyon momig’i ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni o’tkazishi bo’yicha mayin yungli qo’ylarning yungidan qolishmaydi. 1 kg quyon momig’idan ayollarning 25 Ilmiybaza.uz 
 
ta bosh kiyimi (beretkasi)ni tayyorlash mumkin. Tayyorlangan mahsulot chiroyli 
bo’lishi bilan birga turli ranglarga oson bo’yaladi va yuviladi. 
Quyonlardan yaxshi sifatla teri olish maqsadida u tullab bo’lganidan so’ng 
yoppasiga so’yiladi. Ana shu davrda quyonlardan qo’shimcha mahsulotlar ham 
olinadi. Shulardan biri quyonlarning oshqozoni yig’ib olinib, undan oshqozon 
shirasi tayyorlanadi. Bu esa meda-ichak kasalligiga yo’liqqan bemorlarga dori 
sifatida ishlatiladi.  
 
Yuqorida bayon etganimizdek quyonlarni guruhlab (200-300 tasi birdaniga) 
so’yilganda chiqindi mahsuloti sifatida birinchi quloq tog’ayi, sakrash bo’g’imidan 
kesilgan oldingi va orqa oyoqlari yig’ib olinib, undan oliy nav yelim tayyorlanadi. 
Bu yelim muqovalash sanoatida eng qimmatli mahsulotdir. 
Quyonlarni so’yganda ularning har biridan o’rta hisobda 280g dan qon oqib 
chiqadi. Ana shu qon to’plab olinib, maxsus ishlov berilib, quritiladi va “qon uni” 
sifatida bo’rdoqiga va nasl uchun boqilayotgan turli hayvonlarning rasioniga qo’shib 
beriladi. Bu esa hayvonlarni tez semirib, ularning mahsuldorligini oshiradi. 
Quyonlar komplekslarda boqilganda ko’plab go’ng olitsh va to’g’ridan to’g’ri 
ekinlarga solish mumkin. Quyon go’ngi to’la kiymatli o’g’it hisoblanadi. Undan 
sabzavotlarni va mevali daraxtlarni o’g’itlashda keng foydalaniladi. 
 
Biz quyida quyon go’ngining kimyoviy tarkibini keltiramiz: 
 
Quyon va boshqa hayvon go’ngining kimyoviy tarkibi (g, hisobida) 
№ Go’ngning holati 
Quruq 
modda 
Azot 
Fosfor 
Kaliy 
Tabiiy quyon go’ngida 
1 
Yumshoq go’ngda 
26,75 
1,4 
0,4 
0,4 
2 
Qattiq go’ngda 
45,2 
1,1 
0,4 
0,2 
Quritilgan quyon go’ngida 
1 
Yumshoq go’ngda 
7,9 
5,0 
1,4 
1,5 
Ilmiybaza.uz ta bosh kiyimi (beretkasi)ni tayyorlash mumkin. Tayyorlangan mahsulot chiroyli bo’lishi bilan birga turli ranglarga oson bo’yaladi va yuviladi. Quyonlardan yaxshi sifatla teri olish maqsadida u tullab bo’lganidan so’ng yoppasiga so’yiladi. Ana shu davrda quyonlardan qo’shimcha mahsulotlar ham olinadi. Shulardan biri quyonlarning oshqozoni yig’ib olinib, undan oshqozon shirasi tayyorlanadi. Bu esa meda-ichak kasalligiga yo’liqqan bemorlarga dori sifatida ishlatiladi. Yuqorida bayon etganimizdek quyonlarni guruhlab (200-300 tasi birdaniga) so’yilganda chiqindi mahsuloti sifatida birinchi quloq tog’ayi, sakrash bo’g’imidan kesilgan oldingi va orqa oyoqlari yig’ib olinib, undan oliy nav yelim tayyorlanadi. Bu yelim muqovalash sanoatida eng qimmatli mahsulotdir. Quyonlarni so’yganda ularning har biridan o’rta hisobda 280g dan qon oqib chiqadi. Ana shu qon to’plab olinib, maxsus ishlov berilib, quritiladi va “qon uni” sifatida bo’rdoqiga va nasl uchun boqilayotgan turli hayvonlarning rasioniga qo’shib beriladi. Bu esa hayvonlarni tez semirib, ularning mahsuldorligini oshiradi. Quyonlar komplekslarda boqilganda ko’plab go’ng olitsh va to’g’ridan to’g’ri ekinlarga solish mumkin. Quyon go’ngi to’la kiymatli o’g’it hisoblanadi. Undan sabzavotlarni va mevali daraxtlarni o’g’itlashda keng foydalaniladi. Biz quyida quyon go’ngining kimyoviy tarkibini keltiramiz: Quyon va boshqa hayvon go’ngining kimyoviy tarkibi (g, hisobida) № Go’ngning holati Quruq modda Azot Fosfor Kaliy Tabiiy quyon go’ngida 1 Yumshoq go’ngda 26,75 1,4 0,4 0,4 2 Qattiq go’ngda 45,2 1,1 0,4 0,2 Quritilgan quyon go’ngida 1 Yumshoq go’ngda 7,9 5,0 1,4 1,5 Ilmiybaza.uz 
 
2 
Qattiq go’ngda 
3,9 
2,4 
0,9 
0,6 
Boshqa hayvonlar go’ngida 
1 
Qoramol go’ngida 
25,5 
0,6 
0,23 
0,17 
2 
Cho’chqa go’ngida 
24,3 
0,7 
0,39 
- 
3 
Tovuq go’ngida 
27,2 
0,9 
0,42 
0,44 
Quritilgan go’nglarda 
1 
Qoramol go’ngida 
2,4 
0,9 
0,9 
0,66 
2 
Cho’chqa go’ngida 
2,9 
1,6 
1,6 
- 
3 
Tovuq go’ngida 
3,4 
1,5 
1,5 
1,60 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyon go’nginingtarkibida o’simlik uchun 
kerakli bo’lgan azot va fosforning miqdori boshqa chorva mollarning go’ngiga 
nisbatan ko’pdir. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakkki, quyonchilik chorvachilikning inson 
uchun kam chiqim, ko’p foyda beradigan, arzon va tez go’sht yetishtiriladigan 
tarmog’idir. 
 
Ilmiybaza.uz 2 Qattiq go’ngda 3,9 2,4 0,9 0,6 Boshqa hayvonlar go’ngida 1 Qoramol go’ngida 25,5 0,6 0,23 0,17 2 Cho’chqa go’ngida 24,3 0,7 0,39 - 3 Tovuq go’ngida 27,2 0,9 0,42 0,44 Quritilgan go’nglarda 1 Qoramol go’ngida 2,4 0,9 0,9 0,66 2 Cho’chqa go’ngida 2,9 1,6 1,6 - 3 Tovuq go’ngida 3,4 1,5 1,5 1,60 Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyon go’nginingtarkibida o’simlik uchun kerakli bo’lgan azot va fosforning miqdori boshqa chorva mollarning go’ngiga nisbatan ko’pdir. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakkki, quyonchilik chorvachilikning inson uchun kam chiqim, ko’p foyda beradigan, arzon va tez go’sht yetishtiriladigan tarmog’idir.