Ilmiybaza.uz
QUYONLAR MAHSULDORLIGINI HISOBGA OLISH
Darsning
maqsadi:
quyon
va
mo’ynali
hayvonlarning
go’sht
mahsuldorligini, ulardan olinadigan teri, momiq va tivit mahsuldorligini hisobga
olish.
Darsning mazmuni: Quyonlar juda serpusht bo’ladi, bir yilda o’rtacha 5-6
va undan ko’p bolalaydi. Bolalarining soni bir tug’ishda 6-12 ta, ayrim hollarda 16
tagacha bo’lishi mumkin. Quyonlarning serpushtligiga ularni boqish va asrash katta
ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boqilgan quyonlar 2-2,5 oyligida jinsiy voyaga yetadi, lekin
tajribali quyonboqarlar quyonchalarni 4 oyligida qochirib, bola olishni ma’qul
ko’radilar. Erta (2-2,5 oyligida) qochirish quyonchalarning eksterer belgilari tez
buzilishiga sabab bo’ladi.
Bir ona quyon yil davomida 4-5 marta bolalashi mumkin. Bu esa 60-70kg
go’sht va 20-25 dona sifatli teri demakdir. Quyonlarning tirik massasiga nisbatan
70%ni, qoramollarda esa 42-50% ni go’sht tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki,
quyonlarda go’sht chiqishi qoramollarga nisbatan yuqoriroq.
Terisi. Quyon terisi ham qimmatli mahsulotlar qatoriga kiradi. Quyon terisi
sathiga qarab (boshi bilan yoki boshsiz hisoblanganda) 3 guruhga bo’linadi:
Maxsus yirik o’lchamli terilar- sathi boshi bilan 1600 sm2 dan, boshsiz 1500
sm2 gacha bo’lgan terilar; yirik o’lchamli terilar – boshi bilan 1500sm 2 dan, boshsiz
1300 sm2 gacha bo’lgan terilar. Kichik o’lchamli terilar – boshi bilan 1300 sm 2 dan,
boshsiz 1200 sm 2 gacha bo’lgan terilar guruhiga ajratiladi.
Eslatma: quyon terisining boshi va bo’yin atroflaridan tashqari joylarida qon
dog’lari bo’lib, mog’orlagan, yaxshi quritilmagan yoki terisida teshilgan joylar
bo’lsa, uning narxi 5% gacha kamaytirilishi mumkin. Yana shu narsa muhimki,
Ilmiybaza.uz
quyon terisini turli noyob muuyonali hayvonlar terisi singari bo’yash mumkin. Bu
xususiyat teri sanoati uchun juda muhimdir.
Mo’yna sanoatida ishlatib bo’lmaydigan terilardan ayollarning yengil oyoq
kiyimlari va teri-galanteriya sanoatida esa sumkachalar, qo’lqopchalar va
katmonchalar ishlab chiqariladi.
Momig’i. Quyon momig’i xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Momiq
alohida zotlardan (Angor, Kirov va Oq quyon zoti) tarab olinadi. Har bir quyondan
bir marta taralganda 150-170g dan, yil davomida 5-6 marta momiq olish mumkin.
Shunday qilib yil davomida o’rtacha har bir quyondan 450 g dan 1020g gacha
momiq olish mumkin. Momiqning bahosi quyidagi ketegoriyalar bo’yicha
baholanadi:
Ekstra normal navga mansub
Ekstra normal, ammo kamchiligi bor
Inav, normal
IInav, lekin kamchiligi bor
II nav, normal
II nav, lekin kamchiligi bor
III nav, normal
III nav, lekin kamchiligi bor
Hyech qanday navga kirmagan.
Quyon momig’ina navlarga ajratishda quyidagi belgilari hisobga olinadi:
Ekstra nav guruh- juda oq, ifloslanmagan, tugunsiz, tola uzunligi 60mm;
I navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 45 mm
dan 59 mm gacha;
II nav navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 30
mm dan 44 mm gacha;
III navga mansub, momiq tozaligi yuqoridagidek, tolasining uzunligi 11 mm
dan 29 mm gacha bo’lishi kerak.
Quyon momig’i ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni o’tkazishi bo’yicha mayin
yungli qo’ylarning yungidan qolishmaydi. 1 kg quyon momig’idan ayollarning 25