QUYONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI (Quyonlarni oziqlantirish va ularni fiziologik holatiga ko’ra oziqaga bo’lgan talab me’yorlari, Quyonlarni urchitish va ishlab chiqarish taqvimini tuzish shartlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

27,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
QUYONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI 
 
Reja: 
1. Quyonlarni oziqlantirish va ularni fiziologik holatiga ko’ra oziqaga bo’lgan 
talab me’yorlari 
2. Quyonlarni urchitish va ishlab chiqarish taqvimini tuzish shartlari 
 
 
Tayanch iboralar 
Asrash va oziqlantirish texnologik jarayonlari, tashqi qafasalar, turg’un 
holatdagi qafaslar, ko’chma qafaslar, mehnat unumdorligi, quyon boquvchiga 
yuklama (bosh sonida), katak usuli, mikroiqlim sharoiti, havo harakati, yorug’lik 
koeffisiyenti, yorug’lik kuni, havo harorati, fiziologik holatlar, donli oziqalar, ko’k 
oziqalar, sabzavotli oziqalar, oziqa talabi, me’yori, ishlab chiqarish taqvimi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QUYONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Reja: 1. Quyonlarni oziqlantirish va ularni fiziologik holatiga ko’ra oziqaga bo’lgan talab me’yorlari 2. Quyonlarni urchitish va ishlab chiqarish taqvimini tuzish shartlari Tayanch iboralar Asrash va oziqlantirish texnologik jarayonlari, tashqi qafasalar, turg’un holatdagi qafaslar, ko’chma qafaslar, mehnat unumdorligi, quyon boquvchiga yuklama (bosh sonida), katak usuli, mikroiqlim sharoiti, havo harakati, yorug’lik koeffisiyenti, yorug’lik kuni, havo harorati, fiziologik holatlar, donli oziqalar, ko’k oziqalar, sabzavotli oziqalar, oziqa talabi, me’yori, ishlab chiqarish taqvimi. Ilmiybaza.uz 
 
 
1. Quyonlar kunduzgiga nisbatan kechasi ko’proq oziqlanadi. 
Qishda ko’proq pichan, yozda esa ko’k oziqalar beriladi. Donli oziqalar 
ertalab, kechqurun esa shirali oziqalar berilsa yaxshi. 
Sabzavot, ildizmevalar yaxshilab yuvilib tozalanib, maydalab beriladi. 
Demak, don yormasi namlanib berilgani ma’qul chunki quyonlarni nafas yo’llari 
bezovtalanmaydi. Kartoshka pishirilib berilsa zararsizlanib, xazmlanishi oshadi. 
Pichan vako’k oziqalar maydalanmay beriladi. Uzoq saqlangan qo’k oziqalar 
berilmagani ma’qul, zaharlanishi mumkin, o’rib kelingan ko’k oziqa yedirish 
zarurati bo’lsa, uniquruq pichanga aralashtirib bergan ma’qulroq. 
Agar oxurlardamuzlagan oziqalar, ildizmevalar bo’lsa, olib tashlash kerak. 
Zaharli ko’k oziqa (o’t)larni quyonlar yemaydi. Ituzum, ayiqtovon, digitalis, 
zangpoya, sutlama, qarg’ako’z, piyozli o’simliklar, kartoshka va pomidor palaklari 
kabi zaharli o’simliklarni bermaslik lozim. 
Bo’rdoqilanayotgan quyonlarga o’tkir xidli o’simliklardan bermaslik kerak, 
quyoning go’shtidan hidi kelib qoladi. 
Bolali ona quyonlarga sovuq paytlarda suv ilitib berilishi kerak. 
Bo’g’oz quyonlarga bo’g’ozlikning birinchi yarmida bo’ydoq davridagiga 
nisbatan rasion 30%, ikkinchi yarimida 70% ga oshiriladi. Bo’g’ozlik davrida 
kalsiyli oziqalar miqdorini 1,5-2 marta ko’paytirish kerak. 
Ona quyonga bola emizish davrining dastlabki 15 kunida rasion to’yimligi 2 
marta, o’rtalarida 3 marta, sutdan chiqishi davrida 4 martagacha oshiriladi. 
Onasidan ajratilgan quyonchalarga ularni onasi bilan birga turgan davridagi 
oziqalar 2-3 xaftagacha berib turiladi. Bir turdagi oziqadan ikkinchi turdagi oziqqa 
5-6 kun davomida sekin-asta o’tkaziladi. Bunda yangi beriladigan ozik miqdorini 
ko’paytirib, tuxtatiladigan oziqa miqdori esa kamaytirib boriladi. 
Onasidan ajratilib boqishdagi 2,5-3 oylik quyonchalarga silos va kepak 
berilmaydi. Silos qornini shishiradi, kepak esa koksidoz bilan og’rishiga olib kelishi 
mumkin. Quyonchalarga 2 oyligidan don yormasa berish mumkin. Quyonlarga 1 
shimdim tuz va bur berishni unutmaslik kerak. 
Ilmiybaza.uz 1. Quyonlar kunduzgiga nisbatan kechasi ko’proq oziqlanadi. Qishda ko’proq pichan, yozda esa ko’k oziqalar beriladi. Donli oziqalar ertalab, kechqurun esa shirali oziqalar berilsa yaxshi. Sabzavot, ildizmevalar yaxshilab yuvilib tozalanib, maydalab beriladi. Demak, don yormasi namlanib berilgani ma’qul chunki quyonlarni nafas yo’llari bezovtalanmaydi. Kartoshka pishirilib berilsa zararsizlanib, xazmlanishi oshadi. Pichan vako’k oziqalar maydalanmay beriladi. Uzoq saqlangan qo’k oziqalar berilmagani ma’qul, zaharlanishi mumkin, o’rib kelingan ko’k oziqa yedirish zarurati bo’lsa, uniquruq pichanga aralashtirib bergan ma’qulroq. Agar oxurlardamuzlagan oziqalar, ildizmevalar bo’lsa, olib tashlash kerak. Zaharli ko’k oziqa (o’t)larni quyonlar yemaydi. Ituzum, ayiqtovon, digitalis, zangpoya, sutlama, qarg’ako’z, piyozli o’simliklar, kartoshka va pomidor palaklari kabi zaharli o’simliklarni bermaslik lozim. Bo’rdoqilanayotgan quyonlarga o’tkir xidli o’simliklardan bermaslik kerak, quyoning go’shtidan hidi kelib qoladi. Bolali ona quyonlarga sovuq paytlarda suv ilitib berilishi kerak. Bo’g’oz quyonlarga bo’g’ozlikning birinchi yarmida bo’ydoq davridagiga nisbatan rasion 30%, ikkinchi yarimida 70% ga oshiriladi. Bo’g’ozlik davrida kalsiyli oziqalar miqdorini 1,5-2 marta ko’paytirish kerak. Ona quyonga bola emizish davrining dastlabki 15 kunida rasion to’yimligi 2 marta, o’rtalarida 3 marta, sutdan chiqishi davrida 4 martagacha oshiriladi. Onasidan ajratilgan quyonchalarga ularni onasi bilan birga turgan davridagi oziqalar 2-3 xaftagacha berib turiladi. Bir turdagi oziqadan ikkinchi turdagi oziqqa 5-6 kun davomida sekin-asta o’tkaziladi. Bunda yangi beriladigan ozik miqdorini ko’paytirib, tuxtatiladigan oziqa miqdori esa kamaytirib boriladi. Onasidan ajratilib boqishdagi 2,5-3 oylik quyonchalarga silos va kepak berilmaydi. Silos qornini shishiradi, kepak esa koksidoz bilan og’rishiga olib kelishi mumkin. Quyonchalarga 2 oyligidan don yormasa berish mumkin. Quyonlarga 1 shimdim tuz va bur berishni unutmaslik kerak. Ilmiybaza.uz 
 
2. Quyonchilik xo’jaligining yo’nalishi, quyonlarning mahsuldorlik 
xususiyatlari, jarayonlarningo’ziga xos ishlab chiqish muddatlari, miqdori, go’shtga 
topshirish vaqti kabilar ona quyonlardan umumiy foydalanish tartibini belgilaydi. 
Chunonchi, naslchilik xo’jaliklarida ona quyondan yiliga 4 marta bola olish 
rejalashtirilsa, tovar xo’jaliklarida 6 martagacha bola olinadi. 
Xo’jaliklarda ona quyonlarni urug’lantirish va bolalatish mutaxasis 
tomonidan tuzilgan maxsus urug’lantirish va tug’dirish kalendar rejasi talablari 
ostida bajarilishi lozim.  
Quyonchilikda ishlab chiqarish kalendari deb - ona quyonlarni 
urug’lantirish, bolalatish, bolalarini onasidan ajratish va yosh quyonlarni harajatga 
chiqarish yillik rejasiga aytiladi. Quyonlarni tug’dirish muddatlari quyidagi 
mulohazalar asosida belgilanish lozim. 
A) Yoz faslida bir marta tug’dirilib, go’shtga topshiriluvchi yosh urg’ochi 
quyonlar yetishtirish maqsadida, ona quyonlarni ishlab chiqarish yili uchun birinchi 
urug’lantirish shimoliy xududlarda dekabrning boshlarida, janubda dekabr oyining 
oxirlarida bajarish lozim. 
B) Har bir ona quyon hisobiga bir yilda 4 martadan kam bola olmaslikka 
erishish kerak. Bu esa xo’jalikda mavjud ishchi kuchidan va asbob – anjomlardan 
to’liq foydalanish imkoniyatini beradi. 
V) Ona quyonlardan oxirgi bola olishni shimoliy xududlarda 20 avgustdan, 
janubiy xududlarda esa 10 sentyabrdan kechiktirmaslik kerak. Chunki quyon 
bolalari bu muddatdan kech tug’ilganda sust o’sadi, oziqaga nisbatan kam 
qo’shimcha vazn beradi va kelgusi ishlab chiqarish fasli yoki yili uchun ona 
quyonlarni tayyorlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Quyonlarni urug’lantirish va bolalatish kalendari o’rtachada 4 martagacha, 
yarim tig’izda 5 martagacha, tig’izda 6 martagacha bo’lishi mumkin. 
G) Yarim tig’iz va tig’iz bolalatishda oldingi tug’ishlarda kamroq bola 
o’stirgan va tirik vaznini ko’p kamaytirmagan ona quyonlardan foydalaniladi. 
Tig’iz bolalatishda ona quyon tuqqanidan keyin 2-nchi kuni, yarimtig’iz 
bolalatishda esa tuqqandan 15-20 kundan keyin urug’lantirish lozim. 
Ilmiybaza.uz 2. Quyonchilik xo’jaligining yo’nalishi, quyonlarning mahsuldorlik xususiyatlari, jarayonlarningo’ziga xos ishlab chiqish muddatlari, miqdori, go’shtga topshirish vaqti kabilar ona quyonlardan umumiy foydalanish tartibini belgilaydi. Chunonchi, naslchilik xo’jaliklarida ona quyondan yiliga 4 marta bola olish rejalashtirilsa, tovar xo’jaliklarida 6 martagacha bola olinadi. Xo’jaliklarda ona quyonlarni urug’lantirish va bolalatish mutaxasis tomonidan tuzilgan maxsus urug’lantirish va tug’dirish kalendar rejasi talablari ostida bajarilishi lozim. Quyonchilikda ishlab chiqarish kalendari deb - ona quyonlarni urug’lantirish, bolalatish, bolalarini onasidan ajratish va yosh quyonlarni harajatga chiqarish yillik rejasiga aytiladi. Quyonlarni tug’dirish muddatlari quyidagi mulohazalar asosida belgilanish lozim. A) Yoz faslida bir marta tug’dirilib, go’shtga topshiriluvchi yosh urg’ochi quyonlar yetishtirish maqsadida, ona quyonlarni ishlab chiqarish yili uchun birinchi urug’lantirish shimoliy xududlarda dekabrning boshlarida, janubda dekabr oyining oxirlarida bajarish lozim. B) Har bir ona quyon hisobiga bir yilda 4 martadan kam bola olmaslikka erishish kerak. Bu esa xo’jalikda mavjud ishchi kuchidan va asbob – anjomlardan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi. V) Ona quyonlardan oxirgi bola olishni shimoliy xududlarda 20 avgustdan, janubiy xududlarda esa 10 sentyabrdan kechiktirmaslik kerak. Chunki quyon bolalari bu muddatdan kech tug’ilganda sust o’sadi, oziqaga nisbatan kam qo’shimcha vazn beradi va kelgusi ishlab chiqarish fasli yoki yili uchun ona quyonlarni tayyorlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Quyonlarni urug’lantirish va bolalatish kalendari o’rtachada 4 martagacha, yarim tig’izda 5 martagacha, tig’izda 6 martagacha bo’lishi mumkin. G) Yarim tig’iz va tig’iz bolalatishda oldingi tug’ishlarda kamroq bola o’stirgan va tirik vaznini ko’p kamaytirmagan ona quyonlardan foydalaniladi. Tig’iz bolalatishda ona quyon tuqqanidan keyin 2-nchi kuni, yarimtig’iz bolalatishda esa tuqqandan 15-20 kundan keyin urug’lantirish lozim. Ilmiybaza.uz 
 
Quyonlarni tig’iz bolalatish kalendarida onasidan quyon bolalari 28 kunlik 
yoshida, yarimtig’iz bolalatishda esa 35-40 kunlik yoshida ajratiladi. 
Ona quyonlarni bolalatishda ba’zan birinchi marta tig’iz, ikkinchi marta 
yarimtig’iz ko’rinishda bolalatilsa, yilni oxirida 6 marta bola olish mumkin. 
O’rtacha (4 marta) kalendar hisobida bolalatishda ona quyonlarni tuqqanidan 
60 kundan keyin ya’ni quyon bolalari onasidan ajralgandan so’ng urug’lantiriladi. 
D) Bir marta bola olishga mo’ljallangan urg’ochi quyonlardan bola olishni 
yilni qulay fasliga mo’ljallash lozim, chunki ulardan olingan quyon bolalari arzon 
oziqalar bilan o’stirilib, 120-135 kunligida so’yiladi va ulardan yuqori sifatli teri 
olinadi. 
Go’sht – teri yo’nalishidagi zotlardan olingan quyon bolalarini 4-5 oyligida, ya’ni 
tulash tamom bo’lgandan so’ng go’shtga topshirish tavsiya etiladi 
Ilmiybaza.uz Quyonlarni tig’iz bolalatish kalendarida onasidan quyon bolalari 28 kunlik yoshida, yarimtig’iz bolalatishda esa 35-40 kunlik yoshida ajratiladi. Ona quyonlarni bolalatishda ba’zan birinchi marta tig’iz, ikkinchi marta yarimtig’iz ko’rinishda bolalatilsa, yilni oxirida 6 marta bola olish mumkin. O’rtacha (4 marta) kalendar hisobida bolalatishda ona quyonlarni tuqqanidan 60 kundan keyin ya’ni quyon bolalari onasidan ajralgandan so’ng urug’lantiriladi. D) Bir marta bola olishga mo’ljallangan urg’ochi quyonlardan bola olishni yilni qulay fasliga mo’ljallash lozim, chunki ulardan olingan quyon bolalari arzon oziqalar bilan o’stirilib, 120-135 kunligida so’yiladi va ulardan yuqori sifatli teri olinadi. Go’sht – teri yo’nalishidagi zotlardan olingan quyon bolalarini 4-5 oyligida, ya’ni tulash tamom bo’lgandan so’ng go’shtga topshirish tavsiya etiladi