Ilmiybaza.uz
QUYONLARNI PARVARISHLASH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
Quyonchilikda qo’llaniladigan parvarishlash usullari
2.
Quyonxonalarda zaruriy mikroiqlim sharoitlari
3.
Quyonlarni asrash va boqish
4.
Dezinfektsiya
Tayanch iboralar
Asrash va oziqlantirish texnologik jarayonlari, tashqi qafasalar, turg’un
holatdagi qafaslar, ko’chma qafaslar, mehnat unumdorligi, quyon boquvchiga
yuklama (bosh sonida), katak usuli, mikroiqlim sharoiti, havo harakati, yorug’lik
koeffisiyenti, yorug’lik kuni, havo harorati, fiziologik holatlar, donli oziqalar, ko’k
oziqalar, sabzavotli oziqalar, oziqa talabi, me’yori, ishlab chiqarish taqvimi.
Ilmiybaza.uz
1. O’zbekiston sharoitida quyonchilikni joriy qilish uchun barcha xo’jaliklar
va muassasalar aniq imkoniyatlarga ega. Ana shu imkoniyatlar kengrok ishga
solinsa, davlatimiz ham, xo’jalik va Tashkilotlar ham katta foyda ko’rib, kun sayin
o’sib borayotgan aholini moddiy talablarini qondirishi mumkin. Quyonchilikni
rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan asosiy sabablardan biri; soha haqida qishilarda
tushuncha darajasini pastligi bo’lsa, ikkinchidan quyonlarni asrash jarayonlarini
Tashkil etishda muammolar mavjud.
Ba’zi xo’jalik, muassasalarda quyonlar yerda, atrofi sim turlar bilan o’ralgan
joylarda boqiladi. Biologik xususiyatlardan ma’lumki yovvoyi quyonlar yerdan
qazib yashaydilar. Bu xususiyat uy quyonlariga ham utgan, ular yerni kavlab uya
quradilar. Bunday hollarda quyonlarni hisobga olish, erkak va urg’ochilarini bir -
biridan ajratish, mahsulot yetishtirishni rejalashtirish juda kiyin bo’ladi.
Bundan tashqari quyonlarni tungi axlati suyuq bo’lib, ko’pgina foydali
moddalar ichak orqali surilishga ulgurmaydi. Axlat to’proqga tushgach tezda singib
ketadi. Natijada axlat tarkibidagi to’yimli moddalar yo’qoladi. Odatiy holga ko’ra
quyonlar suyuq axlatini iste’mol qiladi bu xodisaga kaprofagiya deyiladi.
Kaprofagiya bir tomonlama foydali bo’lib, axlat tarkibidagi har xil vitamin,
moddalar organizmga qayta qabul qilinib, sintezlanadi; salbiy tomoni esa turli
yuqumli va gelmentoz kasalliklarning birdaniga tarqalib ketishiga olib keladi va
quyonlar tezda qirilib ketishi mumkin.
Yerda asrash sharoitida zootexnik hisob kitob ishlari izdan chiqadi. Har bir
zotga, yoshga, mahsuldorlik guruhiga ta’luqli quyonlarni urug’lantirish, tanlash va
juftlash imkoniyati bo’lmaydi.
Tug’ilgan bolalarining son va sifat ko’rsatkichlarini baholash mumkin emas,
xatto quyonlarni ba’zilarida bolalarini tug’ilganda yeb quyish holatlari mavjud.
Bundan xolis etish imkoni ham bo’lmaydi. Umuman, zooveterinariya qoidalari
izdan chiqib, mahsuldorlik keskin pasayadi.
Shuning uchun zamonaviy ilmiy - amaliy sinovlardan o’tgan asrash,
oziqlantirish texnologik jarayonlardan foydalanish maqsadga muvoffiq.
Ilmiybaza.uz
Texnologik jarayon deganda - oldinga qo’yilgan maqsadga erishi uchun bir-
biridan ketma-ket keladigan va bir ish joyda bajariladigan ishlab chiqarish jarayonini
tizimi tushuniladi.
Birinchi texnologik jarayon natijasida ishlab chiqilgan mahsulot, kelgusi
texnologik jarayon uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan, kompleksning
o’zida ishlab chiqilgan omixta yemdan, navbatda turli yosh va fiziologik holatdagi
quyonlar uchun oziqa sifatida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining shakli deganda - ishlab chiqarish
vositalari va usullarining umumiy ishlab chiqarish jarayonlarini xal etishdagi o’rni
tushuniladi.
Ish jarayoni - ishlab chiqarish manbaga ta’sir qiluvchi barcha ishchilar
tomonidan bir ish joyda bajariladigan texnologik jarayonning ajralmas bir qismidir.
Ish jarayonini bajarilishi natijasida quyonlarning jismoniy va fiziologik
holatlari o’zgarib boradi.
Kunlik ish jarayoni bu - hayvonlarni oziqlantirish, sug’orish, kataklarini
tozalash, ularning holatini kuzatib borish kabilardir. Hozirgi davrda zooveterinariya
qoidalariga mos keladigan uch xil asrash usullaridan foydalanish mumkin:
I. Tashqi qafaslarda asrash - asosan ochiq havoda, soya salqinroq joylarda
o’rnatilgan qafaslarda qo’yonlarni asrashga asoslangan. Bunda maxsus o’lcham va
shakllarga ega bo’lgan bir necha xildagi qafaslardan foydalaniladi. Qafaslar
xizmatchilarga ungay bo’lib, sanitariya qoidalariga moslab yerdan 80 sm
balandlikdagi yerga ko’milgan yog’och oyoqlarga o’rnatiladi.
Qafaslar tashqi muhit sharoitiga ko’ra 2 xil:
a) turg’un holatda, ya’ni doimiy bir manzilda muqum joylashgan bo’lib,
ko’chirilmaydi. Sovuq paytlarda to’siqlar bilan o’raladi.
b) ko’chma, ya’ni yilning iliq fasllarida ochiq havoda o’rnatilgani holda,
qishning sovuq davrida binolar ichiga kuchiriladi.
Umuman, tashqi qafaslarda asrash usulida mehnat unumdorligi nisbatan past
bo’lib, bir quyonboqarga 1500-1800 bosh quyon berkitilishi mumkin.
Imkon boricha quyonlar alohida-alohida tartibda qafaslarda boqilgani ma’qul.
Ilmiybaza.uz
Hozirgi vaqtda quyon kataklarining bir necha xili mavjud. Xo’jaliklar sharoitida
qafas uyalari ikkitadan quyonga mo’ljallansa, material ancha tejaladi. Bitta
qafasning maydoni 0,5-0,7m2 dan kam bo’lmasligi lozim.
Qafasning uzunligi 2 metr, ichining balandligi 50 sm, eni 55 sm, ikkala quyon
uchun oziqa solinadigan qismi uchburchaksimon oxur bo’lib, qafasning o’rtasiga
joylashtiriladi. Suv solinadigan idishlarvadonli oziqalar solinadigan oxo’r har bir
quyonga alohida bo’ladi.
Quyon kataklarining poli (tagi) 2 qavat bo’lib, ustkisi olinadigan kilib
yasalgani ma’qul. Yuqoridagi polning oralig’i 1-1,5 sm qilib, reykadan yasaladi.
Ostki poli esa oldinga qarab 5 gradus qiya qilinadi, sababi quyonning siydigi shu
yerga to’planadi.
Qafasning tomi esa orqaga 15 gradus qiya qilib, qattiq, issiq va nam
o’tmaydigan materialdan yasaladi. Oldingi tomoniga peshayvon sifatida 20-30 sm
chiqarilgani ma’qulbu yog’in sachramasligi va quyosh nuridan himoya qiladi.
Xo’jalikning sharoitiga qarab, ikki yarusli olti o’rinli qafaslardan foydalanish
mumkin. Olti o’rinli kataklarning uzunligi 300; eni 110; balandligi 185 sm bo’ladi.
Har bir quyon uchun xashak solinadigan oxur katak tashqarisiga alohida
joylashtirilib, qopqoq bilan berkitiladi. Yosh quyonlar onasidan ajratilganidan keyin
jinsi bo’yicha erkak va urg’ochi guruhlarga bo’linib, alohida asralishi kerak. Ularga
alohida qafaslar talab etiladi.
Ular uchun uzunligi 200 ; eni 100 ; balandligi 50 sm bo’lgan qafas maqsadga
muvofiq. Agar bo’yi 400 sm bulsa, o’rtasidan yasli bilan ajratilib, erkak va urg’ochi
quyonlar boqilishi mumkin. Yosh quyonlarni guruh xolida boqish uchun yanada
oddiyroq bo’lgan qafaslardan ham foydalaniladi. Qafasning uzunligi 200 sm, eni
100 sm, balandligi 50 sm, bo’lib, yerdan 80-100 sm yuqorida bo’ladi. Bunday
qafaslarda 15 dona yosh yoki 10 dona katta quyonlarni saqlash va boqish mumkin.
Shuningdek yosh quyonlar ultrabinafsha quyosh nurlaridan foydalanishi
uchun yayrash maydonchasiga ega bo’lgan kataklarning ham bir necha xillar bor.
II. Shed(soyabon) usulida quyonlarni asrash tizimi.Yirik va o’rtacha
hajmdagi
quyonchilik
fermalari
uchun
mo’ljallangan.
Bu
usul
oddiy
Ilmiybaza.uz
mexanizasiyalashgan bo’lib, oziqlantirish, suv bilan ta’minlash, axlat va gungni
yigish kabi ishlar ancha yengillashgan. Quyonlar tashqi muhit yomg’ir, shamol, qor
bo’ronlardan himoyalangan bo’ladi.
Shed qurilmasi yog’och karkaslardan yoki temir beton devorlardan qurilib,
ichki tomoni bir necha qator qafaslardan tashkil topgan soyabondir.
Qafaslarning eshiklari ichkaridagi yo’lak tomonidan ochilgan bo’ladi.
Yo’lakning eni 120-130 sm bo’lib, ikki tomonga qavariq qilingan betondan iborat.
Shedning hajmi uning uzunligi, unda joylashgan qafaslarning soniga bog’liq.
Shedning uzunligi 60 m. dan ziyod bo’lsaeng iqtisodiy samarali hisoblanadi. Shed
qurilmasi bizning sharoitimizda yaxshi natija beradi. Undan qishda sovug’i -300S.
dan past bo’lmaydigan har qanday xududlarda foydalansa bo’ladi.
Shed (soyabon) usulida mehnat unumdorligi ancha yuqori bo’lib, 1
quyonboqarga 125 bosh ona quyon bolalari bilan (hammasi 125x30=3500 - 4000
bosh) berkitilishi mumkin yoki 1 ta quyonboqar 70 s gacha quyon go’shti (700 kg:
2 kg = 3500 bosh) yetishtirishi mumkin.
Shed usulidagi tizimda voyaga yetgan quyonlar urg’ochi va erkaklari alohida
individual (ayrim) holda asarladi. Qafas tagini yuza sathi 0,6-0,9 m2 dan bo’ladi.
Qafaslarni shedlar ichida har xil shaklda, bir va bir necha yarus (qator)da
joylashtirish mumkin. Yorug’ tushuvchi fortochkalar, gung va siydik chiqaradigan
transportyor yoki oddiy novlar o’rnatiladi. Usti shifr bilan yopiladi.
Quyon bolalari uchun 1 boshga 0,12 m2, nasllik bolalari uchun esa 0,17 m2
maydon ajratiladi. Bunday qafaslarning uzunligi 1,7 m, eni 0,7 m, balandligi 0,6 m
bo’lishi lozim. Shed ichidagi yo’lak bo’ylab relsli yoki osma holatda 150 kg gacha
yuk kutarishga mo’ljallangan gildirakli aravacha o’rnatilgan bo’lib, oziqani
uyalargacha keltiradi.
Keyingi vaqtlarda shed tizimi takomillashtirilib 400;1200; 2400 bosh ona
quyonlar uchun muljallangan loyixalar ishlab chiqilgan. Loyihalarda havo harorati -
300S dan+350S gacha bo’lgan ob - havo hisobga olingan.
III. Mexanizasiyalashgan quyonxonalarda asrash usulida - mehnat
unumdorligi yanada oshib, keyingi davrda 2000; 3000; 6000; 9000; 12000 va 15000
Ilmiybaza.uz
boshga mo’ljallangan majmua loyixalari ishlab chiqilgan va joylarda qurilib
foydalanilmokda. Bunda barcha ishlab chiqarish jarayonlari; oziqa tarkatish,
sug’orish, go’ng chiqarish, makroiqlim sharoitlari ham texnologik jihatdan
mexanizasiyalashtirilgan.
Bunday majmualarda; quyonlarni yoshi, jinsi, foydalanilish guruhlari
bo’yicha alohida xonalarga joylashtirish kuzda tutilgan bo’lib, ma’muriy,
mutaxassislik, oziqa ishlovchi, kushxonalar, ba’zan quyonchilik ashyolarini qayta
ishlovchi qo’shimcha korxonalar ham aloxida tashkil etilgan bo’ladi.
2. Quyonxonalarda mikroiqlim sharoitni doimiy ravishda nazorat qilish,
umumiy texnologik jarayonlarning muhim omilidir.
Yopiq quyonxonalarda havo harorati loyixalari bo’yicha +10+150S bo’lishi
ko’rsatilgan. Lekin qishda +180S, yozda +250S bo’lishi maqsadga muvofiq. .
Shuning uchun ba’zi yirik yopiq quyonchilik komplekslarida o’rtacha havo harorati
+10+180S ni tashkil qiladi.
Havoning nisbiy namligi 60-80 % bo’lishi lozim. Me’yorida havoda
foydalanish uchun quyonxonalarda havo surg’ich va haydagich parraklari
joylashtiriladi.
Quyonxonada havoning harakati 0,3 m/sek bo’ladi. Shuning uchun bino
oynalari darchalaridan to’g’ri foydalanib, yelvizak (shamollash) bo’lishiga yo’l
qo’ymaslik lozim.
Quyonxonaning havosi tarkibida ammiak gazi 0,01 mg/l.dan, vodorod sulfid
gazi 0,015 mg/l. dan oshmasligi kerak. Quyonxonadan go’ng va chikindilarni o’z
vaqtida chiqarib turish talab etiladi.
Quyonxonada yorug’lik 50 dan 100 lyuksgacha belgilanadi. Faqat muayyan
yorug’lik koeffisiyentigina emas, yorug’lik kuni davomiyligi ham muhim rol
o’ynaydi. Yorug’lik kuni 16-18 soatdan kam bo’lmagani ma’qul. Chunki qish
davrida kunduzgi yorug’lik 10 soatdan ham qisqarib ketadi. Uni uzaytirish
mahsuldorlikka ijobiy ta’sir etadi.
Quyonxonalarda quyonlarni har xil yuqumli kasalliklardan ehtiyot qilish
uchun sanitariya - gigiyena qoidalariga ahamiyat berish lozim. Ular quyidagilardir;
Ilmiybaza.uz
1. Quyonxona va qafaslarni o’z vaqtida dezinfeksiya qilish
2. Quyonxonaga boshqa hayvon, parrandalarni kelishiga yo’l qo’ymaslik
3. Qorovul itni bog’liq asrash va 3-4 oyda 1 marta gelmentlarini tushiribturish.
o’lik va pishirilmagan quyon go’shti, ichki organlarini itga bermaslik
4. Quyonxonaga oziqalarni yuqumli kasalliklar bo’lmagan xududlardan keltirish
lozim
Quyonlar ichadigan suvni toza idishlarda saqlash, uni kemiruvchilar
kushlardan ehtiyot etish kerak
QUYONLARNI ASRASH VA BOQISH
Quyonlarni asrash. Xo‘jaliklarda quyonlar ochiq va yopiq joydagi
kataklarda boqiladi Ochiq joyga o‘rnatilgan
kataklarda -rasm) quyonlarni toza havo bilan
ta’minlanishi yaxshi bo‘l'adi. Toza havo
quyonlar organizmini chiniqtiradi, baquvvat va
sog‘lom
o‘sadi.
Shuning
bilan
birga
quyonlarning yunglari qalin va sifatli bo‘ladi.
Quyonlarning kataklari ikki bo‘limdan iborat:
oldidagi eshigi to‘rli bo‘lganligi uchun yorug‘,
ikkinchi
bo‘limni
eshigi
yog‘ochdan
yasalganligi tufayli qorong‘i bo‘ladi. Qorong‘i
bo‘limda u in qurib bolalaydi, yorug‘ bo‘limda
esa oziqlanadi va o‘z hayotining ko‘p qismini
o‘tkazadi (29-rasm). Quyonlar maxsus qurilgan, mexanizasiyalashgan yopiq
binolarda ham boqiladi. Bunda quyonlarni sug‘orish, go‘nglarini olib chiqish,
oziqlarini tayyorlash va uni tarqatish, havoning harorati va namligini bir xilda ushlab
turish mexanizasiya yordamida bajariladi.
Yopiq turidagi kataklar temir to‘rdan yasalib qavat-qavat qilib o‘rnatiladi.
Qatorlar orasida yurish va oziqlantirish uchun yo‘l qoldiriladi. Har bir katakning
oldingi qismiga avtosug‘orgich va avtooziklantirgich o‘rnatiladi. Quyonlarning
bolalash va bolalarini emizish davrida kataklar ichiga fanerdan qilingan uya
Ilmiybaza.uz
yashiklar o‘rnatiladi. Ikki qator qo‘yilgan kataklar tagiga maxsus ariqcha qilib, unga
shag‘al va qum to‘ldiriladi, bunga quyonlarning siydigi shimiladi va axlati tushadi.
Axlatlari vaqt-vaqti bilan tozalab turiladi.
Quyonlar uchun zarur sharoit. Quyonlarni ko‘paytirish va parvarish
qilishda ularning sog‘ligini saqlash va yaxshi o‘sishiga katta ahamiyat berish lozim.
Buning uchun quyonlarning sharoitini yaxshilash, ularni har xil oziqlar bilan to‘liq
ta’minlash va kasallik tarqalishini oldini olish tadbirlarini ko‘rish lozim. Quyonlarga
kasallik tarqalmasligi uchun quyonxonaga kirish oldiga qipiq to‘shalib, unga korbol
kislota yoki kreolin sepiladi. Bu eritma sepilgan qipiqni bosib o‘tish natijasida oyoq
kiyimlariga
yopishgan
kasallik
mikroblari
o‘ladi.
Quyon
kataklaridagi
oziqlantirgichlar va suvdonlarni toza holda saqlash, ularni qaynagan suv bilan
bug‘lash yoki dezinfeksiya qiluvchi suyuqlik bilan ishlash talab etiladi.
Kasallik tarqatuvchi manba sifatida quyon axlati xizmat qilishi mumkin.
Shuning uchun quyon axlatlarini har kuni tozalash, quyonxonadan olib chiqib
go‘ngxonalarga to‘plab, ustini tuproq bilan ko‘mish lozim. Quyon yelvizak
shamolga va namlikning ko‘payib ketishiga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun
ularni yelvizak shamoldan saqlash, namlanib ketgan to‘shamalarini tozalash va
uning o‘rniga quruq va toza to‘shama solish lozim. Quyon kataklaridagi axlatdan
ko‘pincha zararli gaz tarqaladi. Shuning uchun quyonxonani tez-tez shamollatish sa
havo almashtirgich o‘rnatish talab etiladi. Yopiq turdagi quyonxonalar elektr
quvvati yordamida 14-16 soat yorug‘lik bilan ta’minlanadi (29-rasm).
Quyonlarni oziqlantirish. Quyonlarni ko‘paytirish va o‘stirish ularni to‘g‘ri
oziqlantirishga bog‘lik. Quyon kemiruvchi hayvon bo‘lib kish oylarida xashak
ildizmeva, yangi daraxt shoxlari, so‘li, loviya, don yormasi, kunjara va boshqalar
bilan oziqlanadi. Yoz oylarida esa quyonlar uchun eng yaxshi oziq yashil
o‘simliklardir. Chunki ularda har xil foydali moddalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun
yozda quyonlar ko‘prok yashil o‘simliklar bilan boqiladi va unga oshxona
chiqindilari (bo‘tqa, kartoshka, qovun, tarvuz) qo‘shiladi. Quyonlarga beriladigan
oziqlar sifatli va toza bo‘lishi lozim. Quyonlarga botqoq yerdagi o‘tlarni,
yomg‘irdan so‘ng quritilmagan beda va sebargani, mog‘orlagan va chirigan
Ilmiybaza.uz
xashaklarni, ildizmevalarni, tugunak mevalarni va siloslarni bermaslik lozim.
Quyonga beriladigan oziqlar qo’yidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Ilmiybaza.uz
1.Yashil oziqlardan - o‘tlok pichani, javdar, so‘li, beda, makkajo‘xori va
boshqa g‘alla ekinlarining yer ustki qismlari, ildizmevalar va karam barglari,
daraxtning yashil shoxlari hamda yovvoyi o‘tlar.
2.Shirali oziqlardan - xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg‘om va
boshqalar.
3.Dag‘al oziqlardan - beda, sebarga, beda - g‘alla aralashmasidan iborat
pichan.
4.Konsentrat oziqlardan - g‘alla va dukkakli don ekinlari doni, yormalari,
kepaklar, moyi olingan kunjara, omixta yem, pichan uni, quruq sut va boshqalar.
5.Hayvonlar mahsulotidan tayyorlangan oziqlardan - sut, yog‘i olingan sut,
sutzardobi, ayron, go‘sht, go‘sht-suyak va baliq unlari.
Ilmiybaza.uz
Oziqlantirish normasi. Quyonlarga beriladigan oziqlarning miqdori uning
katta-kichikligiga va yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Ona quyonlar, emizuvchi va
homilador quyonlarga oziqlar ko‘prok beriladi. Quyonlarni oziqlantirish, ularning
holatiga bog‘liq. Voyaga yetgan quyonlar yozda turli yovvoyi o‘simliklar,
tomorqadan chiqqan o‘simlik qoldiqlari, qishda esa pichan, daraxt novdalari va silos
bilan boqiladi. Bunda taxminan sutkasiga yozda 280 g ko‘katlar va 75-90 g kuchli
oziqlar beriladi. Qish mavsumida esa 190 g ildizmeva yoki silos, 130 g pichan va
75-90 g kuchli oziqlar bilan boqiladi. Quyonlar urchitish davrida ko‘shimcha
oziqlantiriladi. Bunda ularning ozuqasiga qizil sabzi, undirilgan g‘alla maysalari va
vitaminga boy pichan ko‘shish tavsiya etiladi. Ya’ni yozda oziq normasi
360 g ko‘katdan, 30 g kunjara va 100 g kuchli oziqdan, qish mavsumida esa
340 g ildizmeva, 165 g pichan, 35 g kunjara va 95 g kuchli oziqdan iborat bo‘ladi.
Homilador quyonlar oziqning bir qismini bolalarining shakllanishiga sarflaydi,
shuning uchun ularning ozuqasi yengil, o‘zlashtiriladigan, vitaminga va mineral
moddalarga boy bo‘lishi lozim. Oziq normasi, yozda 385 g ko‘katdan, 45 g kunjara
va 95 g kuchli oziqlar, qish mavsumida esa 260 g ildizmeva, 180 g pichan,
55 g kunjara va 85 g kuchli oziqlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir.
Ilmiybaza.uz
Emizikli kuyonlarning oziqlari ko‘prok sut hosil bo‘lishiga sarflanadi. Shuning
uchun emizikli quyonlarning oziq normasi birinchi 10 kunlikda 1,5, ikkinchi o‘n
kunlikda 2, oy oxirida esa 2,5 marta ko‘paytiriladi.
Odatda quyonlar tuqqandan so‘ng uning bolalari 16 kundan so‘ng inidan
chiqadi, shuning uchun ularga mayin, mayda kesilgan pichan va ildizmevalar, shirali
va kuchli oziqlar beriladi. Quyon bolalari ko‘katlar bilan boqiladi (15-20 kunligida
sutkasiga 20 g dan ikki marta), so‘ng asta-sekin oziq normasi ko‘paytiriladi.
Dezinfektsiya.
Quyonlarda
yuqumli
kasalliklar
qo’zg’atuvchi
mikroorganizmlarni (bakteriya va viruslarni) tashqi muhitda fiziologik, kimyoviy va
biologik usullar bilan yo’qotish choralari majmui-dezinfektsiya deb ataladi.
Dezinfektsiyaning quyidagi turlari mavjud: profilaktik dezinfektsiya
(quyonxona, katak, suv va shu kabi quyon boqishga daxldor narsalarning
yuqumsizlantirilishi); kundalik dezinfektsiya (jonivorlar atrofidagi buyumlar
dezinfektsiyasi); yakuniy dezinfektsiya (kasal quyondan xalos bo’lgandan sung u
yashagan katakda o’tkaziladi).
Usullarning qo’llanilishi: fiziologik usulda:
to’yingan suv bug’i, issiq havo, ultrabinafsha nurlardan yoki qaynatish
usulidan foydalaniladi;
kimyoviy usulda: eritma, kukun va gazlar ko’rinishidagi dezinfektsiya
moddalari qo’llaniladi, changyutkichlardan foydalaniladi. Dezinfektsiya odatda
sanitar ishlov berish jarayonida amalga oshiriladi. Dezinfektsiya tadbirlari yilda 2
marotaba bahor va kuz fasllarida shuningdek, xo’jalikda yuqumli kasallik vujudga
kelganida o’tkazilishi shart.
Dezinfektsiya tadbirlarini o’tkazishdan maqsad – kasallikning ta’sirli
boshlanishini zararsizlantirish yoki barham berish bo’lib, jonivorlar sayr qiladigan
yaylovlar, go’ng yig’iladigan idishlar va shu kabi joylarni (jonivor tegadigan tashqi
yuza va jismlardan tashqari) zararsizlantirishni ko’zda tutadi. Dezinfektsiya
amallariga kirishishdan oldin asbob-uskuna va anjomlar ifloslik, chiqindi, momiq,
to’shama kabilardan tozalanadi. Quyonxona devorlari va polini dezinfektsiya qilish
mobaynida aksariyat hollarda yangi ivitilgan oxak suvi ishlatiladi. Kataklar va
Ilmiybaza.uz
quyonxonaning ayrim yog’och qismlariga formalin, kreolin, o’tkir natriy, lizol
eritmalari bilan ishlov beriladi.
Metall kataklar, ularning ayrim qismlari (aralash materiallardan tayyorlangan
kataklarning metall panjara va pollari) payvandlash lampasining olovi bilan qizdirib
chiqiladi. Aerozolli dezinfektsiya mobaynida (quyonlar ko’chirib o’tkazilmagan
hollarda) har 1 m ga 20 mg sut kislotasi, 20 mg vodorod peroksidi eritmalari
qo’llanilib, 20-30 daqiqa bardosh berdiriladi.
Dezinfektsiya vositalarini tayyorlash usullari: 2% li formalin – 1 stakan
formalin 1 chelak sovuq suvda eritiladi; 2% li o’tkir natriy – 200 gr modda 1 chelak
issiq suvda eritiladi; kaustik (o’tkir) soda – 200 gr soda 1 chelak issiq suvda eritiladi
(sanab o’tilgan dezinfektsiya vositalarining 1 litri pol va devorlarning 1m ga
sarflanadi); kul suvi (ishqori suv) – 2 kg yog’och kuli 1 chelak issiq suvda eritiladi,
ushbu eritma 2 soat qaynatilgach tindiriladi, ushbu suv 4 chelak suvda aralashtiriladi
va takror qaynatiladi va qaynoq holatida qo’llaniladi. Xlorli oxakning 1,2 va 5% li
eritmasi – yog’och anjomlar, kataklarning yog’och qismlari va hududni
dezinfektsiyalash uchun qo’llaniladi; xloramin B-1:10 nisbatdagi suv eritmasi.
Isitilgan eritmalar (50-600S) sovuq holatiga nisbatan samaraliroqdir. Jonivorlarni
parvarishlash uchun maxsus halat yoki kombinezon va poyabzalga, yaxshisi rezina
poyafzalga (qishki poyafzaldan tashqari) ega bo’lmoq lozim. Ushbu kiyim va
poyabzallarni vaqti-vaqti bilan tozalab dezinfektsiya qilish shart.
Quyonxonaga kiraverishdagi bo’sag’aga dezinfektsiyalovchi eritma bilan
namlangan gilamcha tushab qo’yish lozim.