QUYONLARNING GO’SHT MAHSULDORLIGI (Go’sht mahsuldorligini baholash, Go’shtning tarkibi va to’yimlilik qiymati, Go’shtning tovarlilik xususiyati)

Yuklangan vaqt

2024-05-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

238,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
QUYONLARNING GO’SHT MAHSULDORLIGI 
 
 
Reja: 
1. Go’sht mahsuldorligini baholash 
2. Go’shtning tarkibi va to’yimlilik qiymati 
3. Go’shtning tovarlilik xususiyati 
 
Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar  
"Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, 
xolsizlanish, davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, 
quyonlarda tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QUYONLARNING GO’SHT MAHSULDORLIGI Reja: 1. Go’sht mahsuldorligini baholash 2. Go’shtning tarkibi va to’yimlilik qiymati 3. Go’shtning tovarlilik xususiyati Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar "Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, xolsizlanish, davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, quyonlarda tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k. Ilmiybaza.uz 
 
 
 
1. Odamlarning oziq-ovqat iste’molidagi go‘shtning o‘rni beqiyos va albatta 
ratsion tarkibida bo‘lishi shart. Uni tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar, 
yog‘lar, mineral moddalar shuningdek, A, D va V guruhidagi vitaminlar mavjud. 
Go‘shtning oziqaviy qiymatini tarkibidagi to‘laqiymatli oqsillar; globulin, albumin, 
miozin va boshqalar belgilaydi. Organizmda hazmlanish koeffitsienti 95 foizni 
tashkil etadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
Hayvonlarning u yoki bu zotining go‘sht mahsuldorligini morfologik va 
fiziologik xususiyatlari belgilaydi. Bu xususiyatlarni irsiyati va yosh hayvonlarni 
o‘stirish davrida parvarishlashdagi omillar shakllantiradi 
Quyonchilikdan xilma-xil mahsulot va xomashyolar olinadi. Xalqimiz iborasi 
bilan aytganda "Yetti xazinaning biridir".  
Quyon go‘shti parhezbop mahsulotlar sirasiga kiradi. Uning tarkibi 90 foiz 
oqsillardan iborat bo‘lib, yumshoqligi, yog‘ hamda xolesterin moddasining kamligi 
Ilmiybaza.uz 1. Odamlarning oziq-ovqat iste’molidagi go‘shtning o‘rni beqiyos va albatta ratsion tarkibida bo‘lishi shart. Uni tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar, yog‘lar, mineral moddalar shuningdek, A, D va V guruhidagi vitaminlar mavjud. Go‘shtning oziqaviy qiymatini tarkibidagi to‘laqiymatli oqsillar; globulin, albumin, miozin va boshqalar belgilaydi. Organizmda hazmlanish koeffitsienti 95 foizni tashkil etadi. Hayvonlarning u yoki bu zotining go‘sht mahsuldorligini morfologik va fiziologik xususiyatlari belgilaydi. Bu xususiyatlarni irsiyati va yosh hayvonlarni o‘stirish davrida parvarishlashdagi omillar shakllantiradi Quyonchilikdan xilma-xil mahsulot va xomashyolar olinadi. Xalqimiz iborasi bilan aytganda "Yetti xazinaning biridir". Quyon go‘shti parhezbop mahsulotlar sirasiga kiradi. Uning tarkibi 90 foiz oqsillardan iborat bo‘lib, yumshoqligi, yog‘ hamda xolesterin moddasining kamligi Ilmiybaza.uz 
 
uchun tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi. Uning juni — momig‘i esa issiqni saqlash 
xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan bir necha barobar ustun turadi. Quyon terisidan 
oyoq kiyimlar, sumkalar, qo‘lqop va boshqa mahsulotlar tayyorlashda foydalani 
ladi. 
Agrofirma mutaxassisi Alisher Otajonovning ma’lum qilishicha, Fransiyadan 
9 ming dona “X+” zotli quyonlarni olib kelinadi. Mazkur loyiha dudlangan, 
konservalangan hamda muzlatib qadoqlangan holda, yiliga 1 ming 200 tonna quyon 
go‘shtini eksport qilish imkonini beradi. 
Buning uchun bir gektar maydonda 44 ming bosh quyon boqishga 
mo‘ljallangan, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan ferma binosini qurish 
rejalashtirilgan. Yangi loyihaning amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 24 ta ish 
o‘rni yaratiladi. 
Barpo etilayotgan fermer xo’jaliklarida quyonlarning biologik xususiyatla-
rini va kelib chiqishini bilgan holda, sohani iqtisodiy samaradorlik bilan 
rivojlantirish mumkin. 
Quyon go’shti juda muloyim, xushtam chunki parranda go’shtiga nisbatan 
to’liq qiymatli oqsillarga boy. Shuning uchun yosh bolalarga, keksalarga, 
bemorlarga va xaddan ziyod semirgan qishilarga ham shifoli, parhyez oziq-ovqat 
sifatida tavsiya etiladi. 
2. Tarkibidagi oqsil jihatidan faqat kurka jo’jasi go’shtidan orqada qolishi 
mumkin. Quyon go’shtining tarkibidagi oqsil inson organizmi tomonidan 90 % 
o’zlashtiriladi. Bu ko’rsatkich qoramol go’shtida 62 % ni tashkil etadi. Quyon yog’i 
tez eruvchan, sifati bo’yicha qoramol, cho’chqa, qo’y go’shti yog’laridan ustunroq 
turadi. 
Quyon go’shtida natriy moddasi parranda go’shti tarkibidagiga nisbatan 2,7 
marta, buzoq go’shtidagidan esa 2,4 marta kam. Bu holat quyon go’shtida xolesterin 
moddasining kam to’planishini ta’minlab, shifobaxshligiga sabab bo’ladi. 
Quyonlarning tirik vazniga nisbatan 70 % ni, qoramollarda esa 42-50 % ni 
muskul tolasi, suyak va tog’aylar esa quyonlarda 13-36 % ni, qoramollar nimtasida 
esa 18-30 % ni tashkil etadi. 
Ilmiybaza.uz uchun tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi. Uning juni — momig‘i esa issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan bir necha barobar ustun turadi. Quyon terisidan oyoq kiyimlar, sumkalar, qo‘lqop va boshqa mahsulotlar tayyorlashda foydalani ladi. Agrofirma mutaxassisi Alisher Otajonovning ma’lum qilishicha, Fransiyadan 9 ming dona “X+” zotli quyonlarni olib kelinadi. Mazkur loyiha dudlangan, konservalangan hamda muzlatib qadoqlangan holda, yiliga 1 ming 200 tonna quyon go‘shtini eksport qilish imkonini beradi. Buning uchun bir gektar maydonda 44 ming bosh quyon boqishga mo‘ljallangan, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan ferma binosini qurish rejalashtirilgan. Yangi loyihaning amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 24 ta ish o‘rni yaratiladi. Barpo etilayotgan fermer xo’jaliklarida quyonlarning biologik xususiyatla- rini va kelib chiqishini bilgan holda, sohani iqtisodiy samaradorlik bilan rivojlantirish mumkin. Quyon go’shti juda muloyim, xushtam chunki parranda go’shtiga nisbatan to’liq qiymatli oqsillarga boy. Shuning uchun yosh bolalarga, keksalarga, bemorlarga va xaddan ziyod semirgan qishilarga ham shifoli, parhyez oziq-ovqat sifatida tavsiya etiladi. 2. Tarkibidagi oqsil jihatidan faqat kurka jo’jasi go’shtidan orqada qolishi mumkin. Quyon go’shtining tarkibidagi oqsil inson organizmi tomonidan 90 % o’zlashtiriladi. Bu ko’rsatkich qoramol go’shtida 62 % ni tashkil etadi. Quyon yog’i tez eruvchan, sifati bo’yicha qoramol, cho’chqa, qo’y go’shti yog’laridan ustunroq turadi. Quyon go’shtida natriy moddasi parranda go’shti tarkibidagiga nisbatan 2,7 marta, buzoq go’shtidagidan esa 2,4 marta kam. Bu holat quyon go’shtida xolesterin moddasining kam to’planishini ta’minlab, shifobaxshligiga sabab bo’ladi. Quyonlarning tirik vazniga nisbatan 70 % ni, qoramollarda esa 42-50 % ni muskul tolasi, suyak va tog’aylar esa quyonlarda 13-36 % ni, qoramollar nimtasida esa 18-30 % ni tashkil etadi. Ilmiybaza.uz 
 
Quyon bolalarini 70 kunligida tirik vazni 2 kg bo’lib, shu vaqtda ulardan 
broyler go’shti olinadi. Bunda go’shtining tarkibida 22 % gacha oqsil, 5 % gacha 
yog’ bo’ladi. 
Voyaga yetgan quyonlar go’shtida 19-21 % oqsillar, yog’ esa semiligiga ko’ra 
2-18 % gacha bo’lishi mumkin. Turli hayvonlarning 100 g yog’i va go’shtining 
tarkibidagi xolesterinning miqdori kuyidagicha: 
Qoramollarda 
37-48 mg 
Tovuqlarda    
35-108 mg 
Cho’chqalarda  
74-126 mg 
Buzoqlarda    
38-83 mg 
Quyonlarda  
25 mg 
Go’sht mahsuldorlik ko’rsatkichlari deganda, quyonlarning tirik vazni, 
semizlik darajasi, so’yim vazni, so’yim chiqimi, go’shtining morfologik va 
kimyoviy tarkibi, to’yimlik qiymati kabilar tushuniladi. Quyonlarda bu 
ko’rsatkichlar yoshi, semizlik darajasi va boshqa omillarga bog’liq ravishda turlicha 
bo’lishi mumkin.  
So’yim vazni deb, olingan nimta va ichki yog’ning yig’indisiga aytiladi.  
So’yim chiqimi deb, so’yim vaznining so’yishdan oldingi tirik vazniga 
bo’lgan nisbatini foizdagi ifodasiga aytiladi. Quyonlarda bu ko’rsatkich 47-60 % 
gacha bo’lishi mumkin. Davlat standarti talabi bo’yicha quyon go’shti BIRINChI va 
IKKINChI semizlik toifasiga bo’linadi. 
I - toifali nimta go’shtida muskullar yaxshi rivojlangan, gavdaning yag’rin va 
chot qismida yog’ qatlami yaxshi bilinadi. Umurtqa o’simtalari bilinmaydi. Bo’yrak 
yarimgacha yog’ bilan qoplangan. 
II – toifali nimta go’shtida muskullari o’rtacha, yag’rinida yog’ qatlami 
kuchsiz rivojlangan. Bo’yrakda yog’ sezilmas holda. Umurtqa o’simtasi biroz bilinib 
turadi.  
3. Quyonlardan asosiy mahsulot sifatida parhyez go’sht, mo’yna, charm-
terisi, sifatli mayin tivit, har xil konserva mahsulotlari, turli fermentlar, olish bilan 
birga tug’ilgan bolalarini 2 kunlikkacha biolaboratoriyalarga topshirib, vaksinalar 
Ilmiybaza.uz Quyon bolalarini 70 kunligida tirik vazni 2 kg bo’lib, shu vaqtda ulardan broyler go’shti olinadi. Bunda go’shtining tarkibida 22 % gacha oqsil, 5 % gacha yog’ bo’ladi. Voyaga yetgan quyonlar go’shtida 19-21 % oqsillar, yog’ esa semiligiga ko’ra 2-18 % gacha bo’lishi mumkin. Turli hayvonlarning 100 g yog’i va go’shtining tarkibidagi xolesterinning miqdori kuyidagicha: Qoramollarda 37-48 mg Tovuqlarda 35-108 mg Cho’chqalarda 74-126 mg Buzoqlarda 38-83 mg Quyonlarda 25 mg Go’sht mahsuldorlik ko’rsatkichlari deganda, quyonlarning tirik vazni, semizlik darajasi, so’yim vazni, so’yim chiqimi, go’shtining morfologik va kimyoviy tarkibi, to’yimlik qiymati kabilar tushuniladi. Quyonlarda bu ko’rsatkichlar yoshi, semizlik darajasi va boshqa omillarga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin. So’yim vazni deb, olingan nimta va ichki yog’ning yig’indisiga aytiladi. So’yim chiqimi deb, so’yim vaznining so’yishdan oldingi tirik vazniga bo’lgan nisbatini foizdagi ifodasiga aytiladi. Quyonlarda bu ko’rsatkich 47-60 % gacha bo’lishi mumkin. Davlat standarti talabi bo’yicha quyon go’shti BIRINChI va IKKINChI semizlik toifasiga bo’linadi. I - toifali nimta go’shtida muskullar yaxshi rivojlangan, gavdaning yag’rin va chot qismida yog’ qatlami yaxshi bilinadi. Umurtqa o’simtalari bilinmaydi. Bo’yrak yarimgacha yog’ bilan qoplangan. II – toifali nimta go’shtida muskullari o’rtacha, yag’rinida yog’ qatlami kuchsiz rivojlangan. Bo’yrakda yog’ sezilmas holda. Umurtqa o’simtasi biroz bilinib turadi. 3. Quyonlardan asosiy mahsulot sifatida parhyez go’sht, mo’yna, charm- terisi, sifatli mayin tivit, har xil konserva mahsulotlari, turli fermentlar, olish bilan birga tug’ilgan bolalarini 2 kunlikkacha biolaboratoriyalarga topshirib, vaksinalar Ilmiybaza.uz 
 
tayyorlash mumkin. Qo’shimcha mahsulot sifatida esa quloq, kaft chiqim 
(so’yishda) laridan oliy navli yelim, qushxona chiqindilaridan esa go’sht-suyak uni 
hamda go’ngidan organik o’g’it olishda foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida XX 
asr o’rtalarida 1 bosh quyonning narxi 1 bosh yosh cho’chqa bolasini narxi bilan 
tenglashtirilgan. Bir ona quyon yiliga 4-5 marta bolalab, 60-70 kg go’sht va 20-25 
dona sifatli teri yetishtirishi mumkin. 
Quyonlarni so’yishdan oldin tulash darajasini, semizlik holatini birma-bir 
qo’l bilan silab ko’rib aniqlash ma’qul. Chunki, ularda tulash boshqa hayvonlardan 
farqli holda, ko’pgina omillardan tashqari yoshiga va yil mavsumiga bog’liq holda 
kechadi. Yilning har xil faslida tug’ilgan quyon bolalarining yoshiga qarab tulash 
darajasi turlicha bo’ladi. 
So’yishga tanlangan quyonlar bir kecha-kunduz oziqlantirilmaydi va jun 
qoplami yaxshilab tozalandi. Quyonni orqa oyoqlaridan chap qo’lda ushlab, kallasi 
pastga qaratiladi. Maxsus tayoq bilan ensa qismiga o’rtacha kuch bilan urib, quyon 
xushsizlantiriladi. Orqa oyoqlaridan maxsus ilgakka ilib bog’lanadi va 
qonsizlantirish uchun ko’zi o’yib olinadi yoki bo’yni paypaslanib lukillab turgan 
uyqu arteriyasi topiladi va pichoqni uchi 1-2 sm tomirga sanchiladi. Qonni to’liq 
chiqishi uchun 5-7 minut kutiladi. 
 
Quyonchilik serdaromad sohalardan biriga aylanmoqda. Go‘shti va terisi 
xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan 
shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Tadbirkorlarning ham bu foyda 
Ilmiybaza.uz tayyorlash mumkin. Qo’shimcha mahsulot sifatida esa quloq, kaft chiqim (so’yishda) laridan oliy navli yelim, qushxona chiqindilaridan esa go’sht-suyak uni hamda go’ngidan organik o’g’it olishda foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida XX asr o’rtalarida 1 bosh quyonning narxi 1 bosh yosh cho’chqa bolasini narxi bilan tenglashtirilgan. Bir ona quyon yiliga 4-5 marta bolalab, 60-70 kg go’sht va 20-25 dona sifatli teri yetishtirishi mumkin. Quyonlarni so’yishdan oldin tulash darajasini, semizlik holatini birma-bir qo’l bilan silab ko’rib aniqlash ma’qul. Chunki, ularda tulash boshqa hayvonlardan farqli holda, ko’pgina omillardan tashqari yoshiga va yil mavsumiga bog’liq holda kechadi. Yilning har xil faslida tug’ilgan quyon bolalarining yoshiga qarab tulash darajasi turlicha bo’ladi. So’yishga tanlangan quyonlar bir kecha-kunduz oziqlantirilmaydi va jun qoplami yaxshilab tozalandi. Quyonni orqa oyoqlaridan chap qo’lda ushlab, kallasi pastga qaratiladi. Maxsus tayoq bilan ensa qismiga o’rtacha kuch bilan urib, quyon xushsizlantiriladi. Orqa oyoqlaridan maxsus ilgakka ilib bog’lanadi va qonsizlantirish uchun ko’zi o’yib olinadi yoki bo’yni paypaslanib lukillab turgan uyqu arteriyasi topiladi va pichoqni uchi 1-2 sm tomirga sanchiladi. Qonni to’liq chiqishi uchun 5-7 minut kutiladi. Quyonchilik serdaromad sohalardan biriga aylanmoqda. Go‘shti va terisi xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Tadbirkorlarning ham bu foyda Ilmiybaza.uz 
 
keltiruvchi tarmoqqa qiziqishi ortgan. Qulay iqlim sharoiti, tabiiy yer 
maydonlarining yetarli ekani quyonchilikni rivojlantirish imkonini beradi. 
Quyonchilik olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi: go‘sht va 
teri beradigan quyonlar. Yurtimizda hozir uy sharoitida quyonboqarlar ko‘proq “Oq 
velikan”, “Kulrang velikan”, “Oq momiq” va “Angor” zotli quyonlar 
ko‘paytirmoqda. 
— Faoliyatimni 2017 yilda boshlaganman, — deydi Ohangaron tumanidagi 
“Zaynabxon onam” quyonchilik fermer xo‘jaligi rahbari Salomat O‘lmasova. — 
Ungacha ham qiziqib uy sharoitida quyon boqqanman, albatta. Hammasini 2 bosh 
quyondan ko‘paytirganman. Hozir quyonlar soni 400 boshga yetgan. Quyon juda tez 
ko‘payadi, yiliga 4-6 marta bolalaydi. Bo‘g‘ozlik davri 28-30 kun, 8-12 tagacha 
tug‘adi. Hozir quyonning “Oq velikan”, mahalliy “Qora jaydari” zotlarini 
boqyapmiz. Xo‘jaligimizda 3 kishi doimiy ish bilan band. 
Jonivorlar boquvga injiq emas. Asosan, sabzi, beda, arpa, bug‘doy berib 
parvarishlaymiz. Vaqtida profilaktika qilib turilsa, turli kasalliklarga chalinmaydi. 
Yo‘qsa, o‘latga chalinishi, shamollab qolishi mumkin. Shuningdek, ular ichketar 
kasalligiga tez chalinadi, qorni shishib ketadi va hokazo. 
Yaxshi boqilsa, urg‘ochisi to‘rt oyda 4,5 kilogramm, erkagi 8 
kilogrammgacha tosh bosadi. Bundan daromadni chamalash qiyin emas. 1 
kilogramm quyon go‘shti bozorda 30 ming atrofida turadi. Masalan, 100 bosh erkagi 
o‘rtacha 800 kilogramm go‘sht qiladi. Bu o‘rtacha 24 million so‘m, degani. 
Endilikda ularning terisini oshlash, qayta ishlashni o‘zlashtiryapman. Ochig‘i, 
hozircha foyda haqida gapirishga erta. Shu paytgacha tushgan daromadni faoliyatni 
rivojlantirishga, takomillashtirishga yo‘naltiryapmiz. Eng muhimi, quyon go‘shti 
hamisha xaridorgir. 
Endi quyonlarni yangicha, ilg‘or texnologiyaga asoslangan sharoitda boqishni 
yo‘lga qo‘yish niyatidaman. Bu borada o‘ylab qo‘ygan rejam, loyiham ham bor. 
Yangi quyon boqiladigan joy Yevropa standartlariga mos bo‘ladi. Shuningdek, 10 
ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi. Eksport haqida hali o‘ylaganim yo‘q. To‘g‘ri, 
Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Xitoydan qiziqish bo‘ldi. Ammo ular bilan hozircha 
Ilmiybaza.uz keltiruvchi tarmoqqa qiziqishi ortgan. Qulay iqlim sharoiti, tabiiy yer maydonlarining yetarli ekani quyonchilikni rivojlantirish imkonini beradi. Quyonchilik olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi: go‘sht va teri beradigan quyonlar. Yurtimizda hozir uy sharoitida quyonboqarlar ko‘proq “Oq velikan”, “Kulrang velikan”, “Oq momiq” va “Angor” zotli quyonlar ko‘paytirmoqda. — Faoliyatimni 2017 yilda boshlaganman, — deydi Ohangaron tumanidagi “Zaynabxon onam” quyonchilik fermer xo‘jaligi rahbari Salomat O‘lmasova. — Ungacha ham qiziqib uy sharoitida quyon boqqanman, albatta. Hammasini 2 bosh quyondan ko‘paytirganman. Hozir quyonlar soni 400 boshga yetgan. Quyon juda tez ko‘payadi, yiliga 4-6 marta bolalaydi. Bo‘g‘ozlik davri 28-30 kun, 8-12 tagacha tug‘adi. Hozir quyonning “Oq velikan”, mahalliy “Qora jaydari” zotlarini boqyapmiz. Xo‘jaligimizda 3 kishi doimiy ish bilan band. Jonivorlar boquvga injiq emas. Asosan, sabzi, beda, arpa, bug‘doy berib parvarishlaymiz. Vaqtida profilaktika qilib turilsa, turli kasalliklarga chalinmaydi. Yo‘qsa, o‘latga chalinishi, shamollab qolishi mumkin. Shuningdek, ular ichketar kasalligiga tez chalinadi, qorni shishib ketadi va hokazo. Yaxshi boqilsa, urg‘ochisi to‘rt oyda 4,5 kilogramm, erkagi 8 kilogrammgacha tosh bosadi. Bundan daromadni chamalash qiyin emas. 1 kilogramm quyon go‘shti bozorda 30 ming atrofida turadi. Masalan, 100 bosh erkagi o‘rtacha 800 kilogramm go‘sht qiladi. Bu o‘rtacha 24 million so‘m, degani. Endilikda ularning terisini oshlash, qayta ishlashni o‘zlashtiryapman. Ochig‘i, hozircha foyda haqida gapirishga erta. Shu paytgacha tushgan daromadni faoliyatni rivojlantirishga, takomillashtirishga yo‘naltiryapmiz. Eng muhimi, quyon go‘shti hamisha xaridorgir. Endi quyonlarni yangicha, ilg‘or texnologiyaga asoslangan sharoitda boqishni yo‘lga qo‘yish niyatidaman. Bu borada o‘ylab qo‘ygan rejam, loyiham ham bor. Yangi quyon boqiladigan joy Yevropa standartlariga mos bo‘ladi. Shuningdek, 10 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi. Eksport haqida hali o‘ylaganim yo‘q. To‘g‘ri, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Xitoydan qiziqish bo‘ldi. Ammo ular bilan hozircha Ilmiybaza.uz 
 
hamkorlik qilganim yo‘q. Oldin zamonaviy quyon boqiladigan joyni ishga tushirib, 
faoliyatni risoladagidek yo‘lga qo‘yib olishni ko‘zlayapman. 
Ha, g‘ayrati to‘lib-toshgan tadbirkorning o‘z shiori bor: “Ruhan tushkunlikka 
tushmaslik, faqat olg‘a intilish”. Salomat opaning aytishicha, quyon boqish uchun 
sarflangan xarajatlar o‘zini bemalol oqlaydi. Quyonchilik sirlarini Bekobod va 
Yangiyo‘ldan kelib o‘rganib ketishibdi. Jonivorlar uchun yem-ozuqa esa fermer 
xo‘jaligining o‘z yer maydonidan chiqadi. Kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada 
kengaytirish niyatida. O‘g‘li ham uy sharoitida 2 mingta o‘rdak jo‘jasini boqa 
boshlabdi. Suhbat asnosida tadbirkor opa bir qiziq ma’lumotni aytib qoldi: 
Ilgari bir biolog mutaxassisdan urg‘ochi quyonning bachadoni ikkita bo‘ladi, 
deb eshitgandim. Buni o‘zim quyonning bachadonini yorib tekshirib ko‘rdim, to‘g‘ri 
ekan. Birinchisi urug‘langach, 5 kun ichida ikkinchi bachadon ham urug‘lanishi 
mumkin. Shunda urg‘ochi quyon 10-12 emas, 16 tagacha bola tug‘ishi mumkin.  
Urg‘ochi quyon 28-31 kun ichida tug‘adi, ya’ni bugun tug‘sa, ertaga yoki 
indinga ham tug‘ishi mumkin. Yana bir shaxsiy kuzatuvim: bolasiga qaramay 
qo‘ygan ona quyonni yana erkagining oldiga qo‘yib qochirish kerak ekan. Bo‘g‘oz 
bo‘lgach, onalik mehri qayta uyg‘onib, yana bolasiga qaray boshlaydi. 
Qiymati va xususiyatlari. Quyon go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi 
hamda yog‘ va xolesterin moddasi kamligi sabab tibbiyotda allergiya, gipertoniya, 
oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydali. 
Momig‘idan tayyorlangan buyumlar nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan 
bemorlarga tavsiya etiladi. Momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan 
10 barobar ustun. 
2020-2024 yillarda respublikamizning barcha hududida quyonchilik 
klasterlari tashkil etiladi 
Quyon go’shtining inson salomatligi uchun qanchalik foydasi bor? 
O’zbekistonda uni yetishtirish imkoniyati qanday va istiqbolda qanday loyihalar 
ro’yobga chiqariladi? Bu kabi savollarga O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari 
assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Abdurazzoq Ibragimovning quyidagi maqolasidan 
javob olish mumkin. 
Ilmiybaza.uz hamkorlik qilganim yo‘q. Oldin zamonaviy quyon boqiladigan joyni ishga tushirib, faoliyatni risoladagidek yo‘lga qo‘yib olishni ko‘zlayapman. Ha, g‘ayrati to‘lib-toshgan tadbirkorning o‘z shiori bor: “Ruhan tushkunlikka tushmaslik, faqat olg‘a intilish”. Salomat opaning aytishicha, quyon boqish uchun sarflangan xarajatlar o‘zini bemalol oqlaydi. Quyonchilik sirlarini Bekobod va Yangiyo‘ldan kelib o‘rganib ketishibdi. Jonivorlar uchun yem-ozuqa esa fermer xo‘jaligining o‘z yer maydonidan chiqadi. Kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish niyatida. O‘g‘li ham uy sharoitida 2 mingta o‘rdak jo‘jasini boqa boshlabdi. Suhbat asnosida tadbirkor opa bir qiziq ma’lumotni aytib qoldi: Ilgari bir biolog mutaxassisdan urg‘ochi quyonning bachadoni ikkita bo‘ladi, deb eshitgandim. Buni o‘zim quyonning bachadonini yorib tekshirib ko‘rdim, to‘g‘ri ekan. Birinchisi urug‘langach, 5 kun ichida ikkinchi bachadon ham urug‘lanishi mumkin. Shunda urg‘ochi quyon 10-12 emas, 16 tagacha bola tug‘ishi mumkin. Urg‘ochi quyon 28-31 kun ichida tug‘adi, ya’ni bugun tug‘sa, ertaga yoki indinga ham tug‘ishi mumkin. Yana bir shaxsiy kuzatuvim: bolasiga qaramay qo‘ygan ona quyonni yana erkagining oldiga qo‘yib qochirish kerak ekan. Bo‘g‘oz bo‘lgach, onalik mehri qayta uyg‘onib, yana bolasiga qaray boshlaydi. Qiymati va xususiyatlari. Quyon go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi hamda yog‘ va xolesterin moddasi kamligi sabab tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydali. Momig‘idan tayyorlangan buyumlar nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan 10 barobar ustun. 2020-2024 yillarda respublikamizning barcha hududida quyonchilik klasterlari tashkil etiladi Quyon go’shtining inson salomatligi uchun qanchalik foydasi bor? O’zbekistonda uni yetishtirish imkoniyati qanday va istiqbolda qanday loyihalar ro’yobga chiqariladi? Bu kabi savollarga O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Abdurazzoq Ibragimovning quyidagi maqolasidan javob olish mumkin. Ilmiybaza.uz 
 
Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, xususan, uning muhim 
tarmoqlaridan biri hisoblangan quyonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Buning uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilib, soha vakillariga qator 
qulayliklar yaratilmoqda. O’tgan yili O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari 
assotsiatsiyasi tashkil etilgani ham mazkur yo’nalishdagi muhim qadamlardan biri 
bo’ldi. 
Binobarin, quyonchilik jahon iqtisodiyoti va iste’molida asosiy o’rinlardan 
birini egallaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasida quyon go’shti juda kam 
iste’mol qilinsa-da, mazkur mamlakat uni yetishtirish bo’yicha yetakchi — yiliga 
660 ming tonna! Xitoy quyonchiligida mo’ynali va tivitli zotlarni parvarishlash 
ulushi katta. Sohada ikkinchi o’rinda Italiya turadi — yiliga 300 ming tonna!  
Aholi boshiga quyon go’shti iste’mol qilish darajasi (yiliga 5,5-6 kg.) ham 
shu davlatga tegishli. Bu ko’rsatkich Fransiya, Germaniya va Vengriyada 2,5-3 
kilogrammni tashkil qiladi va mazkur mamlakatlarda 65 foiz mahsulot klaster 
usulida ishlab chiqariladi. 
Sog’lom ovqatlanishning zamonaviy tendensiyasi va Jahon sog’liqni saqlash 
tashkilotining parhez go’sht iste’mol qilish me’yori xususidagi tavsiyasini inobatga 
olsak, inson yil davomida iste’mol qiladigan go’sht mahsulotlarining 5 foizi, ya’ni 
4,5 kilogrammi quyon go’shti bo’lishi kerak ekan. Shundan kelib chiqib, aytadigan 
bo’lsak, hozirgi kunda yurtimiz bozorida nazariy jihatdan yiliga 150 ming tonna 
quyon go’shtiga talab bor. 
Quyonchilik bo’yicha jahon tajribasining tahlili ko’rsatadiki, ushbu sektor 
qishloq xo’jaligining samarali tarmoqlaridan biri bo’lib, uni rivojlantirishning asosiy 
omili shaxsiy tomorqa xo’jaliklari sanaladi.  
Quyonchilik ravnaqi nafaqat bozorda istiqbolli talabni shakllantirishdagi 
imkoniyatlari, balki uning biologik xususiyatlari tufayli ham yuqori salohiyatga 
ega.Ya’ni uy hayvonlari orasida eng tez yetiladigani shu jonzot. Misol uchun, buzoq 
vazni 47 kunda ikki barobaroshsa, quyon bolasi bunday natijaga 6 kunda erishadi. 
Shuningdek, urg’ochi quyonlarni to’rt oyligidan boshlab urchitish mumkin. Boqish 
va parvarish yaxshi sharoitda tirik vazni 5 kilogramm bo’lgan bitta urg’ochi quyon 
Ilmiybaza.uz Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, xususan, uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan quyonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilib, soha vakillariga qator qulayliklar yaratilmoqda. O’tgan yili O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari assotsiatsiyasi tashkil etilgani ham mazkur yo’nalishdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Binobarin, quyonchilik jahon iqtisodiyoti va iste’molida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasida quyon go’shti juda kam iste’mol qilinsa-da, mazkur mamlakat uni yetishtirish bo’yicha yetakchi — yiliga 660 ming tonna! Xitoy quyonchiligida mo’ynali va tivitli zotlarni parvarishlash ulushi katta. Sohada ikkinchi o’rinda Italiya turadi — yiliga 300 ming tonna! Aholi boshiga quyon go’shti iste’mol qilish darajasi (yiliga 5,5-6 kg.) ham shu davlatga tegishli. Bu ko’rsatkich Fransiya, Germaniya va Vengriyada 2,5-3 kilogrammni tashkil qiladi va mazkur mamlakatlarda 65 foiz mahsulot klaster usulida ishlab chiqariladi. Sog’lom ovqatlanishning zamonaviy tendensiyasi va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining parhez go’sht iste’mol qilish me’yori xususidagi tavsiyasini inobatga olsak, inson yil davomida iste’mol qiladigan go’sht mahsulotlarining 5 foizi, ya’ni 4,5 kilogrammi quyon go’shti bo’lishi kerak ekan. Shundan kelib chiqib, aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda yurtimiz bozorida nazariy jihatdan yiliga 150 ming tonna quyon go’shtiga talab bor. Quyonchilik bo’yicha jahon tajribasining tahlili ko’rsatadiki, ushbu sektor qishloq xo’jaligining samarali tarmoqlaridan biri bo’lib, uni rivojlantirishning asosiy omili shaxsiy tomorqa xo’jaliklari sanaladi. Quyonchilik ravnaqi nafaqat bozorda istiqbolli talabni shakllantirishdagi imkoniyatlari, balki uning biologik xususiyatlari tufayli ham yuqori salohiyatga ega.Ya’ni uy hayvonlari orasida eng tez yetiladigani shu jonzot. Misol uchun, buzoq vazni 47 kunda ikki barobaroshsa, quyon bolasi bunday natijaga 6 kunda erishadi. Shuningdek, urg’ochi quyonlarni to’rt oyligidan boshlab urchitish mumkin. Boqish va parvarish yaxshi sharoitda tirik vazni 5 kilogramm bo’lgan bitta urg’ochi quyon Ilmiybaza.uz 
 
yiliga 7-martagacha bolalashi, pirovardida boquvga 42 tagacha quyoncha olish 
mumkin. Bu esa 100 kilogrammgacha go’sht, 42 dona mo’yna, deganidir. 
To’yimliligi bo’yicha quyon go’shtining 1 kilogrammi eng yaxshi mol 
go’shtining 1,45 kilogrammiga teng.Qolaversa, uning go’shti xolesterini kamligi 
bo’yichaqo’y, mol va boshqa jonivorlarnikidan farq qiladi. Tarkibidagi oqsilning 90 
foizi inson organizmi tomonidan to’liq o’zlashtiriladi. Bundan tashqari, quyon 
go’shtida inson salomatligi uchun foydali bo’lgan letsitin kabi moddalar mavjud. 
U,shuningdek,mineral tuzlarga, kalsiy va fosforga boy. Umuman olganda, yaxshi 
ta’mga ega.Shu kabi ijobiy fazilatlari tufayli quyon go’shtijigar, me’da, yurak-qon 
tomir tizimi kasalliklari, qandli diabet, allergiyasi bor insonlarga tavsiya etiladi. 
Qolaversa, undan tabiiy va qimmatbaho mo’yna olinadi. Quyon terisi charm-
galantereya mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqarishda ham sifatli xom ashyo 
hisoblanadi. Bir kilogramm quyon momig’idan 2000 metr sifatli ip olish 
mumkin.Qisqasi, ushbu uzunquloq jonivorning foydali jihatlari bisyor. Shunday 
ekan, mazkur tarmoqni rivojlantirish va bu turdagi go’sht iste’molini ko’paytirish 
ayni muddaodir. Bu, shuningdek, O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash 
va eksport salohiyatini oshirishda ham dolzarb ahamiyatga ega. 
Ochig’i, hozircha respublikamizda mazkur tarmoqni yaxshi rivojlangan, 
quyonchilik sanoat darajasiga chiqqan, deya olmaymiz. Ushbu daromadli yumush 
bilan shug’ullanuvchilar ham hali unchalik ko’pmas. Borlari ham yetarlicha 
axborotga ega emas. Demak, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada 
jadallashtirish zarur.  
Quyonchilik sanoatlashgan darajaga yetishi lozim. Ya’ni boquvchi 
mahsulotini qayerga sotishini oldindan bilishi kerak. tarmoqning ozuqa bazasini 
shakllantirish ham dozarb masala. Shu bois hozir yurtimizda mana shunday 
masalalarni hal etishga, tarmoqni kuchaytirishga Prezident darajasida e’tibor 
qaratilib, jiddiy kirishilmoqda. 
Jumladan, 2019-yil 31-oktyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida bo’lib 
o’tgan yig’ilishda quyonchilikni jadal rivojlantirish masalasi ham muhokama etilib, 
tegishli tashkilotlar zimmasiga 2020-yil yakuniga qadar respublikamizda quyonlar 
Ilmiybaza.uz yiliga 7-martagacha bolalashi, pirovardida boquvga 42 tagacha quyoncha olish mumkin. Bu esa 100 kilogrammgacha go’sht, 42 dona mo’yna, deganidir. To’yimliligi bo’yicha quyon go’shtining 1 kilogrammi eng yaxshi mol go’shtining 1,45 kilogrammiga teng.Qolaversa, uning go’shti xolesterini kamligi bo’yichaqo’y, mol va boshqa jonivorlarnikidan farq qiladi. Tarkibidagi oqsilning 90 foizi inson organizmi tomonidan to’liq o’zlashtiriladi. Bundan tashqari, quyon go’shtida inson salomatligi uchun foydali bo’lgan letsitin kabi moddalar mavjud. U,shuningdek,mineral tuzlarga, kalsiy va fosforga boy. Umuman olganda, yaxshi ta’mga ega.Shu kabi ijobiy fazilatlari tufayli quyon go’shtijigar, me’da, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, qandli diabet, allergiyasi bor insonlarga tavsiya etiladi. Qolaversa, undan tabiiy va qimmatbaho mo’yna olinadi. Quyon terisi charm- galantereya mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqarishda ham sifatli xom ashyo hisoblanadi. Bir kilogramm quyon momig’idan 2000 metr sifatli ip olish mumkin.Qisqasi, ushbu uzunquloq jonivorning foydali jihatlari bisyor. Shunday ekan, mazkur tarmoqni rivojlantirish va bu turdagi go’sht iste’molini ko’paytirish ayni muddaodir. Bu, shuningdek, O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda ham dolzarb ahamiyatga ega. Ochig’i, hozircha respublikamizda mazkur tarmoqni yaxshi rivojlangan, quyonchilik sanoat darajasiga chiqqan, deya olmaymiz. Ushbu daromadli yumush bilan shug’ullanuvchilar ham hali unchalik ko’pmas. Borlari ham yetarlicha axborotga ega emas. Demak, bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish zarur. Quyonchilik sanoatlashgan darajaga yetishi lozim. Ya’ni boquvchi mahsulotini qayerga sotishini oldindan bilishi kerak. tarmoqning ozuqa bazasini shakllantirish ham dozarb masala. Shu bois hozir yurtimizda mana shunday masalalarni hal etishga, tarmoqni kuchaytirishga Prezident darajasida e’tibor qaratilib, jiddiy kirishilmoqda. Jumladan, 2019-yil 31-oktyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida bo’lib o’tgan yig’ilishda quyonchilikni jadal rivojlantirish masalasi ham muhokama etilib, tegishli tashkilotlar zimmasiga 2020-yil yakuniga qadar respublikamizda quyonlar Ilmiybaza.uz 
 
bosh sonini 3 milliontaga yetkazish, uning ichki iste’molini, eksport ko’lamini 
kengaytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.Shundan kelib chiqib, uchta Ishchi guruhi 
tuzildi va ular respublikamizning barcha hududida bo’ldi. Masalan, bizning guruh 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlariga borib, tadbirkorlar, 
quyonchilik xo’jaliklari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Mavjud holat o’rganib 
chiqildi. 
Bundan tashqari, o’tgan yili assotsiatsiyamiz tomonidan O’zbekistonda 
quyonchilikni rivojlantirish dasturi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, 2020-
2024-yillarda respublikamizning barcha hududida quyonchilik klasterlarini yo’lga 
qo’yish bo’yicha dastur shakllantirildi. Uning doirasida ayni paytda Qashqadaryo 
viloyatida dastlabki klasterni tashkil etish ishlariga kirishilmoqda. Ikkinchi 
bosqichda respublikamiz bo’yicha bunday klasterlardan yettitasi ish boshlaydi. 
Xo’sh, bunda qanday natijaga erishamiz? 
Tahlillarimizga ko’ra, respublika miqyosida urg’ochi quyonlar soni 900000 
boshga, yem ishlab chiqarish ko’rsatkichi 306540 tonnaga, go’sht ishlab chiqarish 
28350 tonnaga, quyon go’shtidan konserva tayyorlash hajmi esa 37 968 750 donaga 
yetkaziladi. Yiliga 21,442 million so’m sof foyda ko’ruvchi 45000 ta shaxsiy 
tomorqa xo’jaligi vujudga keladi. Natijada 2280 kishining bandligi ta’minlanadi. 
Quyon mahsulotlarini eksport qilish hisobiga byudjetga 648,240 million AQSH 
dollari tushum qilish mumkin. 
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi xususiy yordamchi xo’jaliklarida quyonlar 
faqat shaxsiy ehtiyoj uchun parvarishlanadi. Shaxsiy tomorqa xo’jaliklarida quyon, 
umuman, quyonchilik mahsulotlari hajmini ko’paytirish ishlari sustligiga ularni 
yetishtirish va boqishda ekstensiv, eski texnologiyalardan foydalanish, oddiy 
zooveterinariya qoidalarga amal qilmaslik, yuqori mahsuldor quyon zotlarining 
tizimli ishlab chiqilmaganligi kabi omillar sababdir. Shu ma’noda, bunday 
masalalarni hal etish tarmoq uchun juda muhimdir. 
Hamkorlik nafaqat tarmoq ravnaqiga, balki xalqaro bozorga chiqishda ham 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni jihatdan kelib chiqib, assotsiatsiyamiz tomonidan 
tarmoqqa xorijiy investorlarni jalb etishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Xususan, shu 
Ilmiybaza.uz bosh sonini 3 milliontaga yetkazish, uning ichki iste’molini, eksport ko’lamini kengaytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.Shundan kelib chiqib, uchta Ishchi guruhi tuzildi va ular respublikamizning barcha hududida bo’ldi. Masalan, bizning guruh Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlariga borib, tadbirkorlar, quyonchilik xo’jaliklari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Mavjud holat o’rganib chiqildi. Bundan tashqari, o’tgan yili assotsiatsiyamiz tomonidan O’zbekistonda quyonchilikni rivojlantirish dasturi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, 2020- 2024-yillarda respublikamizning barcha hududida quyonchilik klasterlarini yo’lga qo’yish bo’yicha dastur shakllantirildi. Uning doirasida ayni paytda Qashqadaryo viloyatida dastlabki klasterni tashkil etish ishlariga kirishilmoqda. Ikkinchi bosqichda respublikamiz bo’yicha bunday klasterlardan yettitasi ish boshlaydi. Xo’sh, bunda qanday natijaga erishamiz? Tahlillarimizga ko’ra, respublika miqyosida urg’ochi quyonlar soni 900000 boshga, yem ishlab chiqarish ko’rsatkichi 306540 tonnaga, go’sht ishlab chiqarish 28350 tonnaga, quyon go’shtidan konserva tayyorlash hajmi esa 37 968 750 donaga yetkaziladi. Yiliga 21,442 million so’m sof foyda ko’ruvchi 45000 ta shaxsiy tomorqa xo’jaligi vujudga keladi. Natijada 2280 kishining bandligi ta’minlanadi. Quyon mahsulotlarini eksport qilish hisobiga byudjetga 648,240 million AQSH dollari tushum qilish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi xususiy yordamchi xo’jaliklarida quyonlar faqat shaxsiy ehtiyoj uchun parvarishlanadi. Shaxsiy tomorqa xo’jaliklarida quyon, umuman, quyonchilik mahsulotlari hajmini ko’paytirish ishlari sustligiga ularni yetishtirish va boqishda ekstensiv, eski texnologiyalardan foydalanish, oddiy zooveterinariya qoidalarga amal qilmaslik, yuqori mahsuldor quyon zotlarining tizimli ishlab chiqilmaganligi kabi omillar sababdir. Shu ma’noda, bunday masalalarni hal etish tarmoq uchun juda muhimdir. Hamkorlik nafaqat tarmoq ravnaqiga, balki xalqaro bozorga chiqishda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni jihatdan kelib chiqib, assotsiatsiyamiz tomonidan tarmoqqa xorijiy investorlarni jalb etishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Xususan, shu Ilmiybaza.uz 
 
kunlarda Buyuk Britaniyaning “Eysenbax end Petterson” kompaniyasi bilan olib 
borilgan muzokaralar tufayli respublikamiz quyonchilik tarmog’iga ikki yil 
davomida 12 million dollarlik sarmoya yo’naltiriladi. 
Qolaversa, joriy yilning mart oyida poytaxtimizda ilk bor Xalqaro 
quyonchilik forumi va ko’rgazmasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Unga xorijning eng 
ilg’or soha vakillari taklif etiladi. O’ylaymizki, bu ham mazkur yo’nalishda faoliyat 
yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, umuman, qiziquvchilar 
uchun nihoyatda foydali bo’ladi. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, davlatimiz rahbarining topshirig’iga binoan, 
tarmoq istiqboli borasida amaliy ishlarga jiddiy kirishildi. Jumladan, 2019-yilning 
dekabr oyida assotsiatsiyamiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo’lib,ushbu 
mamlakat quyonchilik sohasi olimlari, quyon yetishtiruvchilar, ishlab chiqaruv-
chilar bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazdi, seminarlarda ishtirok etdi. Misol uchun, 
dastlabki uchrashuv K.A.Temiryazov nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti 
rahbariyati, professor va mutaxassislari bilan bo’ldi. Natijada assotsiatsiyamiz 
hamda ushbu oliy o’quv yurti bilan sohaga oid qo’llanmalar tayyorlash, ilmiy-
tadqiqot masalalari bo’yicha hamkorlik qilish, kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash masalalarida kelishib olindi va shartnoma imzolandi. 
Bundan tashqari, universitet qoshidagi “Elnan” kompaniyasida tashkil etilgan 
uchrashuvda yaxshi ratsionli va ekologik toza yem-ozuqani yetishtirish maqsadida 
gidropon yem-ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yurtimizda joriy qilish 
masalasida muzokaralar olib borildi. Pirovardida, ushbu kompaniya O’zbekistonga 
yangi texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan investitsiya kiritadigan bo’ldi. 
Quyonchilik va mo’ynali hayvonlar ilmiy-tadqiqot institutida o’tkazilgan 
uchrashuvda esa quyonchilik genetikasi masalasida fikr almashilib, ushbu tashkilot 
bilan ham hamkorlik shartnomasi imzolandi. Rossiya davlat Dumasining quyi 
palatasida bo’lgan uchrashuvda esa agrar qo’mita bilan O’zbekistonda 
quyonchilikni 
rivojlantirish, 
shu 
jumladan, 
uning 
yem-ozuqa 
bazasini 
shakllantirishga yangi texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ikki tomonlama 
hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. 
Ilmiybaza.uz kunlarda Buyuk Britaniyaning “Eysenbax end Petterson” kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar tufayli respublikamiz quyonchilik tarmog’iga ikki yil davomida 12 million dollarlik sarmoya yo’naltiriladi. Qolaversa, joriy yilning mart oyida poytaxtimizda ilk bor Xalqaro quyonchilik forumi va ko’rgazmasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Unga xorijning eng ilg’or soha vakillari taklif etiladi. O’ylaymizki, bu ham mazkur yo’nalishda faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, umuman, qiziquvchilar uchun nihoyatda foydali bo’ladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, davlatimiz rahbarining topshirig’iga binoan, tarmoq istiqboli borasida amaliy ishlarga jiddiy kirishildi. Jumladan, 2019-yilning dekabr oyida assotsiatsiyamiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo’lib,ushbu mamlakat quyonchilik sohasi olimlari, quyon yetishtiruvchilar, ishlab chiqaruv- chilar bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazdi, seminarlarda ishtirok etdi. Misol uchun, dastlabki uchrashuv K.A.Temiryazov nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti rahbariyati, professor va mutaxassislari bilan bo’ldi. Natijada assotsiatsiyamiz hamda ushbu oliy o’quv yurti bilan sohaga oid qo’llanmalar tayyorlash, ilmiy- tadqiqot masalalari bo’yicha hamkorlik qilish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida kelishib olindi va shartnoma imzolandi. Bundan tashqari, universitet qoshidagi “Elnan” kompaniyasida tashkil etilgan uchrashuvda yaxshi ratsionli va ekologik toza yem-ozuqani yetishtirish maqsadida gidropon yem-ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yurtimizda joriy qilish masalasida muzokaralar olib borildi. Pirovardida, ushbu kompaniya O’zbekistonga yangi texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan investitsiya kiritadigan bo’ldi. Quyonchilik va mo’ynali hayvonlar ilmiy-tadqiqot institutida o’tkazilgan uchrashuvda esa quyonchilik genetikasi masalasida fikr almashilib, ushbu tashkilot bilan ham hamkorlik shartnomasi imzolandi. Rossiya davlat Dumasining quyi palatasida bo’lgan uchrashuvda esa agrar qo’mita bilan O’zbekistonda quyonchilikni rivojlantirish, shu jumladan, uning yem-ozuqa bazasini shakllantirishga yangi texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Ilmiybaza.uz 
 
Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, go’sht yetishtirishda halollik muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni mahsulot yetishtirilishidan tortib, iste’molchiga yetkazib 
berilguniga qadar ushbu talablarga javob berishi lozim. Bunda esa “Halol” 
sertifikatining ahamiyati juda yuqori. Shu bois delegatsiyamiz Xalqaro standartlash 
va sertifikatlash markazida bo’lib, u yerda ham shartnoma tuzildi. Bu O’zbekistonda 
zamonaviy kushxonalar tashkil etilishida, ushbu yo’nalishdagi talab va takliflarni 
o’rganishda qo’l keladi. 
“Tewe-Elektronic” kompaniyasi aynan quyonchilik xo’jaliklari uchun 
zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni ishlab chiqarish hamda yetkazib 
berish bilan shug’ullanadi. Ushbu kompaniya vakillariga yurtimizda shunday 
korxonani tashkil etish bo’yicha taklif berdik. Muhimi, ular fikrimizga qiziqish 
bildirdi. Yaqin kelajakda taklifimiz amalga oshib qolsa, ajabmas. 
“Sintek” kompaniyasida esa quyonchilikda mikrobiologik texnologiyalarni 
joriy qilish, ozuqa yo’nalishida ilmiy ishlar olib boriladi. Ular bilan ham shu 
yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. “Lidan”, “Kurskiy krolik” 
mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Semirechye” agroxoldingi vakillari bilan ham 
samarali muzokaralar tashkil etildiki, bu kelgusi faoliyatimizda asqatishi shubhasiz. 
Bular hali boshlanishi, albatta. Chunki O’zbekistonda quyonchilikni 
rivojlantirishga endigina jiddiy e’tibor qaratilyapti. Bu borada davlatimiz rahbari 
tomonidan tegishli topshiriqlar berilayotgani, tarmoqni moliyaviy qo’llab-
quvvatlash masalasi ATB “Mikrokreditbank”ka yuklatilgani oldimizda turgan 
vazifalarni uddalashda muhim omil bo’lishiga ishonamiz 
Ilmiybaza.uz Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, go’sht yetishtirishda halollik muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni mahsulot yetishtirilishidan tortib, iste’molchiga yetkazib berilguniga qadar ushbu talablarga javob berishi lozim. Bunda esa “Halol” sertifikatining ahamiyati juda yuqori. Shu bois delegatsiyamiz Xalqaro standartlash va sertifikatlash markazida bo’lib, u yerda ham shartnoma tuzildi. Bu O’zbekistonda zamonaviy kushxonalar tashkil etilishida, ushbu yo’nalishdagi talab va takliflarni o’rganishda qo’l keladi. “Tewe-Elektronic” kompaniyasi aynan quyonchilik xo’jaliklari uchun zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Ushbu kompaniya vakillariga yurtimizda shunday korxonani tashkil etish bo’yicha taklif berdik. Muhimi, ular fikrimizga qiziqish bildirdi. Yaqin kelajakda taklifimiz amalga oshib qolsa, ajabmas. “Sintek” kompaniyasida esa quyonchilikda mikrobiologik texnologiyalarni joriy qilish, ozuqa yo’nalishida ilmiy ishlar olib boriladi. Ular bilan ham shu yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. “Lidan”, “Kurskiy krolik” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Semirechye” agroxoldingi vakillari bilan ham samarali muzokaralar tashkil etildiki, bu kelgusi faoliyatimizda asqatishi shubhasiz. Bular hali boshlanishi, albatta. Chunki O’zbekistonda quyonchilikni rivojlantirishga endigina jiddiy e’tibor qaratilyapti. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan tegishli topshiriqlar berilayotgani, tarmoqni moliyaviy qo’llab- quvvatlash masalasi ATB “Mikrokreditbank”ka yuklatilgani oldimizda turgan vazifalarni uddalashda muhim omil bo’lishiga ishonamiz