QUYONLARNING GO’SHT MAHSULDORLIGI (Go’sht mahsuldorligini baholash, Go’shtning tarkibi va to’yimlilik qiymati, Go’shtning tovarlilik xususiyati)
Yuklangan vaqt
2024-05-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
238,5 KB
Ilmiybaza.uz
QUYONLARNING GO’SHT MAHSULDORLIGI
Reja:
1. Go’sht mahsuldorligini baholash
2. Go’shtning tarkibi va to’yimlilik qiymati
3. Go’shtning tovarlilik xususiyati
Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar
"Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi,
xolsizlanish, davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri,
quyonlarda tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k.
Ilmiybaza.uz
1. Odamlarning oziq-ovqat iste’molidagi go‘shtning o‘rni beqiyos va albatta
ratsion tarkibida bo‘lishi shart. Uni tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar,
yog‘lar, mineral moddalar shuningdek, A, D va V guruhidagi vitaminlar mavjud.
Go‘shtning oziqaviy qiymatini tarkibidagi to‘laqiymatli oqsillar; globulin, albumin,
miozin va boshqalar belgilaydi. Organizmda hazmlanish koeffitsienti 95 foizni
tashkil etadi.
Hayvonlarning u yoki bu zotining go‘sht mahsuldorligini morfologik va
fiziologik xususiyatlari belgilaydi. Bu xususiyatlarni irsiyati va yosh hayvonlarni
o‘stirish davrida parvarishlashdagi omillar shakllantiradi
Quyonchilikdan xilma-xil mahsulot va xomashyolar olinadi. Xalqimiz iborasi
bilan aytganda "Yetti xazinaning biridir".
Quyon go‘shti parhezbop mahsulotlar sirasiga kiradi. Uning tarkibi 90 foiz
oqsillardan iborat bo‘lib, yumshoqligi, yog‘ hamda xolesterin moddasining kamligi
Ilmiybaza.uz
uchun tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi. Uning juni — momig‘i esa issiqni saqlash
xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan bir necha barobar ustun turadi. Quyon terisidan
oyoq kiyimlar, sumkalar, qo‘lqop va boshqa mahsulotlar tayyorlashda foydalani
ladi.
Agrofirma mutaxassisi Alisher Otajonovning ma’lum qilishicha, Fransiyadan
9 ming dona “X+” zotli quyonlarni olib kelinadi. Mazkur loyiha dudlangan,
konservalangan hamda muzlatib qadoqlangan holda, yiliga 1 ming 200 tonna quyon
go‘shtini eksport qilish imkonini beradi.
Buning uchun bir gektar maydonda 44 ming bosh quyon boqishga
mo‘ljallangan, zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan ferma binosini qurish
rejalashtirilgan. Yangi loyihaning amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 24 ta ish
o‘rni yaratiladi.
Barpo etilayotgan fermer xo’jaliklarida quyonlarning biologik xususiyatla-
rini va kelib chiqishini bilgan holda, sohani iqtisodiy samaradorlik bilan
rivojlantirish mumkin.
Quyon go’shti juda muloyim, xushtam chunki parranda go’shtiga nisbatan
to’liq qiymatli oqsillarga boy. Shuning uchun yosh bolalarga, keksalarga,
bemorlarga va xaddan ziyod semirgan qishilarga ham shifoli, parhyez oziq-ovqat
sifatida tavsiya etiladi.
2. Tarkibidagi oqsil jihatidan faqat kurka jo’jasi go’shtidan orqada qolishi
mumkin. Quyon go’shtining tarkibidagi oqsil inson organizmi tomonidan 90 %
o’zlashtiriladi. Bu ko’rsatkich qoramol go’shtida 62 % ni tashkil etadi. Quyon yog’i
tez eruvchan, sifati bo’yicha qoramol, cho’chqa, qo’y go’shti yog’laridan ustunroq
turadi.
Quyon go’shtida natriy moddasi parranda go’shti tarkibidagiga nisbatan 2,7
marta, buzoq go’shtidagidan esa 2,4 marta kam. Bu holat quyon go’shtida xolesterin
moddasining kam to’planishini ta’minlab, shifobaxshligiga sabab bo’ladi.
Quyonlarning tirik vazniga nisbatan 70 % ni, qoramollarda esa 42-50 % ni
muskul tolasi, suyak va tog’aylar esa quyonlarda 13-36 % ni, qoramollar nimtasida
esa 18-30 % ni tashkil etadi.
Ilmiybaza.uz
Quyon bolalarini 70 kunligida tirik vazni 2 kg bo’lib, shu vaqtda ulardan
broyler go’shti olinadi. Bunda go’shtining tarkibida 22 % gacha oqsil, 5 % gacha
yog’ bo’ladi.
Voyaga yetgan quyonlar go’shtida 19-21 % oqsillar, yog’ esa semiligiga ko’ra
2-18 % gacha bo’lishi mumkin. Turli hayvonlarning 100 g yog’i va go’shtining
tarkibidagi xolesterinning miqdori kuyidagicha:
Qoramollarda
37-48 mg
Tovuqlarda
35-108 mg
Cho’chqalarda
74-126 mg
Buzoqlarda
38-83 mg
Quyonlarda
25 mg
Go’sht mahsuldorlik ko’rsatkichlari deganda, quyonlarning tirik vazni,
semizlik darajasi, so’yim vazni, so’yim chiqimi, go’shtining morfologik va
kimyoviy tarkibi, to’yimlik qiymati kabilar tushuniladi. Quyonlarda bu
ko’rsatkichlar yoshi, semizlik darajasi va boshqa omillarga bog’liq ravishda turlicha
bo’lishi mumkin.
So’yim vazni deb, olingan nimta va ichki yog’ning yig’indisiga aytiladi.
So’yim chiqimi deb, so’yim vaznining so’yishdan oldingi tirik vazniga
bo’lgan nisbatini foizdagi ifodasiga aytiladi. Quyonlarda bu ko’rsatkich 47-60 %
gacha bo’lishi mumkin. Davlat standarti talabi bo’yicha quyon go’shti BIRINChI va
IKKINChI semizlik toifasiga bo’linadi.
I - toifali nimta go’shtida muskullar yaxshi rivojlangan, gavdaning yag’rin va
chot qismida yog’ qatlami yaxshi bilinadi. Umurtqa o’simtalari bilinmaydi. Bo’yrak
yarimgacha yog’ bilan qoplangan.
II – toifali nimta go’shtida muskullari o’rtacha, yag’rinida yog’ qatlami
kuchsiz rivojlangan. Bo’yrakda yog’ sezilmas holda. Umurtqa o’simtasi biroz bilinib
turadi.
3. Quyonlardan asosiy mahsulot sifatida parhyez go’sht, mo’yna, charm-
terisi, sifatli mayin tivit, har xil konserva mahsulotlari, turli fermentlar, olish bilan
birga tug’ilgan bolalarini 2 kunlikkacha biolaboratoriyalarga topshirib, vaksinalar
Ilmiybaza.uz
tayyorlash mumkin. Qo’shimcha mahsulot sifatida esa quloq, kaft chiqim
(so’yishda) laridan oliy navli yelim, qushxona chiqindilaridan esa go’sht-suyak uni
hamda go’ngidan organik o’g’it olishda foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida XX
asr o’rtalarida 1 bosh quyonning narxi 1 bosh yosh cho’chqa bolasini narxi bilan
tenglashtirilgan. Bir ona quyon yiliga 4-5 marta bolalab, 60-70 kg go’sht va 20-25
dona sifatli teri yetishtirishi mumkin.
Quyonlarni so’yishdan oldin tulash darajasini, semizlik holatini birma-bir
qo’l bilan silab ko’rib aniqlash ma’qul. Chunki, ularda tulash boshqa hayvonlardan
farqli holda, ko’pgina omillardan tashqari yoshiga va yil mavsumiga bog’liq holda
kechadi. Yilning har xil faslida tug’ilgan quyon bolalarining yoshiga qarab tulash
darajasi turlicha bo’ladi.
So’yishga tanlangan quyonlar bir kecha-kunduz oziqlantirilmaydi va jun
qoplami yaxshilab tozalandi. Quyonni orqa oyoqlaridan chap qo’lda ushlab, kallasi
pastga qaratiladi. Maxsus tayoq bilan ensa qismiga o’rtacha kuch bilan urib, quyon
xushsizlantiriladi. Orqa oyoqlaridan maxsus ilgakka ilib bog’lanadi va
qonsizlantirish uchun ko’zi o’yib olinadi yoki bo’yni paypaslanib lukillab turgan
uyqu arteriyasi topiladi va pichoqni uchi 1-2 sm tomirga sanchiladi. Qonni to’liq
chiqishi uchun 5-7 minut kutiladi.
Quyonchilik serdaromad sohalardan biriga aylanmoqda. Go‘shti va terisi
xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan
shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao. Tadbirkorlarning ham bu foyda
Ilmiybaza.uz
keltiruvchi tarmoqqa qiziqishi ortgan. Qulay iqlim sharoiti, tabiiy yer
maydonlarining yetarli ekani quyonchilikni rivojlantirish imkonini beradi.
Quyonchilik olinadigan mahsulotga qarab ikki guruhga ajratiladi: go‘sht va
teri beradigan quyonlar. Yurtimizda hozir uy sharoitida quyonboqarlar ko‘proq “Oq
velikan”, “Kulrang velikan”, “Oq momiq” va “Angor” zotli quyonlar
ko‘paytirmoqda.
— Faoliyatimni 2017 yilda boshlaganman, — deydi Ohangaron tumanidagi
“Zaynabxon onam” quyonchilik fermer xo‘jaligi rahbari Salomat O‘lmasova. —
Ungacha ham qiziqib uy sharoitida quyon boqqanman, albatta. Hammasini 2 bosh
quyondan ko‘paytirganman. Hozir quyonlar soni 400 boshga yetgan. Quyon juda tez
ko‘payadi, yiliga 4-6 marta bolalaydi. Bo‘g‘ozlik davri 28-30 kun, 8-12 tagacha
tug‘adi. Hozir quyonning “Oq velikan”, mahalliy “Qora jaydari” zotlarini
boqyapmiz. Xo‘jaligimizda 3 kishi doimiy ish bilan band.
Jonivorlar boquvga injiq emas. Asosan, sabzi, beda, arpa, bug‘doy berib
parvarishlaymiz. Vaqtida profilaktika qilib turilsa, turli kasalliklarga chalinmaydi.
Yo‘qsa, o‘latga chalinishi, shamollab qolishi mumkin. Shuningdek, ular ichketar
kasalligiga tez chalinadi, qorni shishib ketadi va hokazo.
Yaxshi boqilsa, urg‘ochisi to‘rt oyda 4,5 kilogramm, erkagi 8
kilogrammgacha tosh bosadi. Bundan daromadni chamalash qiyin emas. 1
kilogramm quyon go‘shti bozorda 30 ming atrofida turadi. Masalan, 100 bosh erkagi
o‘rtacha 800 kilogramm go‘sht qiladi. Bu o‘rtacha 24 million so‘m, degani.
Endilikda ularning terisini oshlash, qayta ishlashni o‘zlashtiryapman. Ochig‘i,
hozircha foyda haqida gapirishga erta. Shu paytgacha tushgan daromadni faoliyatni
rivojlantirishga, takomillashtirishga yo‘naltiryapmiz. Eng muhimi, quyon go‘shti
hamisha xaridorgir.
Endi quyonlarni yangicha, ilg‘or texnologiyaga asoslangan sharoitda boqishni
yo‘lga qo‘yish niyatidaman. Bu borada o‘ylab qo‘ygan rejam, loyiham ham bor.
Yangi quyon boqiladigan joy Yevropa standartlariga mos bo‘ladi. Shuningdek, 10
ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi. Eksport haqida hali o‘ylaganim yo‘q. To‘g‘ri,
Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston va Xitoydan qiziqish bo‘ldi. Ammo ular bilan hozircha
Ilmiybaza.uz
hamkorlik qilganim yo‘q. Oldin zamonaviy quyon boqiladigan joyni ishga tushirib,
faoliyatni risoladagidek yo‘lga qo‘yib olishni ko‘zlayapman.
Ha, g‘ayrati to‘lib-toshgan tadbirkorning o‘z shiori bor: “Ruhan tushkunlikka
tushmaslik, faqat olg‘a intilish”. Salomat opaning aytishicha, quyon boqish uchun
sarflangan xarajatlar o‘zini bemalol oqlaydi. Quyonchilik sirlarini Bekobod va
Yangiyo‘ldan kelib o‘rganib ketishibdi. Jonivorlar uchun yem-ozuqa esa fermer
xo‘jaligining o‘z yer maydonidan chiqadi. Kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada
kengaytirish niyatida. O‘g‘li ham uy sharoitida 2 mingta o‘rdak jo‘jasini boqa
boshlabdi. Suhbat asnosida tadbirkor opa bir qiziq ma’lumotni aytib qoldi:
Ilgari bir biolog mutaxassisdan urg‘ochi quyonning bachadoni ikkita bo‘ladi,
deb eshitgandim. Buni o‘zim quyonning bachadonini yorib tekshirib ko‘rdim, to‘g‘ri
ekan. Birinchisi urug‘langach, 5 kun ichida ikkinchi bachadon ham urug‘lanishi
mumkin. Shunda urg‘ochi quyon 10-12 emas, 16 tagacha bola tug‘ishi mumkin.
Urg‘ochi quyon 28-31 kun ichida tug‘adi, ya’ni bugun tug‘sa, ertaga yoki
indinga ham tug‘ishi mumkin. Yana bir shaxsiy kuzatuvim: bolasiga qaramay
qo‘ygan ona quyonni yana erkagining oldiga qo‘yib qochirish kerak ekan. Bo‘g‘oz
bo‘lgach, onalik mehri qayta uyg‘onib, yana bolasiga qaray boshlaydi.
Qiymati va xususiyatlari. Quyon go‘shtining biologik qiymati, yumshoqligi
hamda yog‘ va xolesterin moddasi kamligi sabab tibbiyotda allergiya, gipertoniya,
oshqozon-ichak, me’da, o‘t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda foydali.
Momig‘idan tayyorlangan buyumlar nevrologiya, radikulit bilan og‘rigan
bemorlarga tavsiya etiladi. Momig‘i issiqni saqlash xususiyatiga ko‘ra, qo‘y junidan
10 barobar ustun.
2020-2024 yillarda respublikamizning barcha hududida quyonchilik
klasterlari tashkil etiladi
Quyon go’shtining inson salomatligi uchun qanchalik foydasi bor?
O’zbekistonda uni yetishtirish imkoniyati qanday va istiqbolda qanday loyihalar
ro’yobga chiqariladi? Bu kabi savollarga O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari
assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Abdurazzoq Ibragimovning quyidagi maqolasidan
javob olish mumkin.
Ilmiybaza.uz
Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, xususan, uning muhim
tarmoqlaridan biri hisoblangan quyonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Buning uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilib, soha vakillariga qator
qulayliklar yaratilmoqda. O’tgan yili O’zbekiston Quyonchilik xo’jaliklari
assotsiatsiyasi tashkil etilgani ham mazkur yo’nalishdagi muhim qadamlardan biri
bo’ldi.
Binobarin, quyonchilik jahon iqtisodiyoti va iste’molida asosiy o’rinlardan
birini egallaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasida quyon go’shti juda kam
iste’mol qilinsa-da, mazkur mamlakat uni yetishtirish bo’yicha yetakchi — yiliga
660 ming tonna! Xitoy quyonchiligida mo’ynali va tivitli zotlarni parvarishlash
ulushi katta. Sohada ikkinchi o’rinda Italiya turadi — yiliga 300 ming tonna!
Aholi boshiga quyon go’shti iste’mol qilish darajasi (yiliga 5,5-6 kg.) ham
shu davlatga tegishli. Bu ko’rsatkich Fransiya, Germaniya va Vengriyada 2,5-3
kilogrammni tashkil qiladi va mazkur mamlakatlarda 65 foiz mahsulot klaster
usulida ishlab chiqariladi.
Sog’lom ovqatlanishning zamonaviy tendensiyasi va Jahon sog’liqni saqlash
tashkilotining parhez go’sht iste’mol qilish me’yori xususidagi tavsiyasini inobatga
olsak, inson yil davomida iste’mol qiladigan go’sht mahsulotlarining 5 foizi, ya’ni
4,5 kilogrammi quyon go’shti bo’lishi kerak ekan. Shundan kelib chiqib, aytadigan
bo’lsak, hozirgi kunda yurtimiz bozorida nazariy jihatdan yiliga 150 ming tonna
quyon go’shtiga talab bor.
Quyonchilik bo’yicha jahon tajribasining tahlili ko’rsatadiki, ushbu sektor
qishloq xo’jaligining samarali tarmoqlaridan biri bo’lib, uni rivojlantirishning asosiy
omili shaxsiy tomorqa xo’jaliklari sanaladi.
Quyonchilik ravnaqi nafaqat bozorda istiqbolli talabni shakllantirishdagi
imkoniyatlari, balki uning biologik xususiyatlari tufayli ham yuqori salohiyatga
ega.Ya’ni uy hayvonlari orasida eng tez yetiladigani shu jonzot. Misol uchun, buzoq
vazni 47 kunda ikki barobaroshsa, quyon bolasi bunday natijaga 6 kunda erishadi.
Shuningdek, urg’ochi quyonlarni to’rt oyligidan boshlab urchitish mumkin. Boqish
va parvarish yaxshi sharoitda tirik vazni 5 kilogramm bo’lgan bitta urg’ochi quyon