QUYONLARNING KELIB CHIQISHI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI (Quyonlarning kelib chiqishi, Quyonlarning asosiy biologik xususiyatlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-08

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

207,2 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
QUYONLARNING KELIB CHIQISHI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI 
 
 
 
Reja: 
1. Quyonlarning kelib chiqishi 
2. Quyonlarning asosiy biologik xususiyatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz QUYONLARNING KELIB CHIQISHI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI Reja: 1. Quyonlarning kelib chiqishi 2. Quyonlarning asosiy biologik xususiyatlari Ilmiybaza.uz 
 
 
Quyonchilik - chorvachilikning quyon urchitshi bilan shug‘ullanadigan 
tarmog‘i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti - go‘sht, teri va tivit. Quyon go‘shti - 
to‘yimli parhez mahsuloti; terisi - mo‘yna ishlab chiqarish, sanoati uchun muhim 
xom-ashyo; tiviti - trikotaj va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Quyon qishloq xo‘jalik fermalarida go‘shti, terisi va tiviti, ayrim xo‘jaliklarda 
faqat go‘shti uchun boqiladi. Go‘sht, teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har 
bir ona quyondan o‘rta hisobda 20 tadan bola, ya’ni yiliga 50 kg dan ortiq go‘sht va 
20 dona teri olinadi. Broyler quyon bolalarini semirtirish uchun boquvchi fermalar 
ularni onalari bilan boqib, yoshi 2-2,5 oylik va tirik vazni 2 kg cha bo‘lganda boshqa 
xo‘jaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta 
quyondan yiliga 350-700 g tivit olinadi. 
O‘zbekistonda Buxoro viloyati «Romitan» s-zi, Toshkent viloyati 
Orjonikidze r-ni va b. joylardagi xo‘jaliklarda Quyonchilik fermalari ham naslchilik 
va quyon urchitish bilan shug‘ullanadi. 
Quyonchilikning ahamiyati. Quyonchilik aholi orasida keng tarqalgan 
bo‘lib, insonlar uchun go‘sht va qimmatli mo‘yna beradi. Quyon go‘shti tez hazm 
bo‘ladi va o‘zining sifatini yangiligida; sur va konserva xolida ham saqlaydi. Quyon 
go‘shti yumshoqligi va mazaligi bo‘yicha parranda go‘shtidan qolishmaydi, hazm 
bo‘lshi jihatidan esa mol va cho‘chqa go‘shtidan ustun turadi. Shuning uchun qon 
bosimi, jigar va oshqozon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga parxez taom 
sifatida tavsiya qilinadi. Quyon go‘shti mahsuloti berishi bilan birga, ular yengil 
sanoatni mo‘yna bilan ham ta’minlaydi. Quyonchilikning yana bir muhim ahamiyati 
shundaki, ular uchun ko‘p mablag‘ sarflanadigan qurilishlar talab qilinmaydi. 
Quyon zotlari. Quyonning bir qancha zotlari bor, shular ichida Sovet 
shinshillasi, kul rang yiriq oq rangli yirik kul rang va boshqa zotlar ko‘p tarqalgan. 
Sovet shinshilla zot quyon iqlimga tez moslashadigan bo‘lib, vazni 3-6 kg keladi 
(28-Rasm/). Bo‘yi va qulog‘i kichikroq qulog‘i tik turadi, ko‘kragi keng, usti 
kumushsimon kul rang yung bilan qoplangan. Qorin, bo‘yin, dumining pastki qismi 
va oyog‘ining ichki tomoni oq rangda. Kul rang yirik zot quyonning vazni 4,5-5,5 
Ilmiybaza.uz Quyonchilik - chorvachilikning quyon urchitshi bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti - go‘sht, teri va tivit. Quyon go‘shti - to‘yimli parhez mahsuloti; terisi - mo‘yna ishlab chiqarish, sanoati uchun muhim xom-ashyo; tiviti - trikotaj va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Quyon qishloq xo‘jalik fermalarida go‘shti, terisi va tiviti, ayrim xo‘jaliklarda faqat go‘shti uchun boqiladi. Go‘sht, teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir ona quyondan o‘rta hisobda 20 tadan bola, ya’ni yiliga 50 kg dan ortiq go‘sht va 20 dona teri olinadi. Broyler quyon bolalarini semirtirish uchun boquvchi fermalar ularni onalari bilan boqib, yoshi 2-2,5 oylik va tirik vazni 2 kg cha bo‘lganda boshqa xo‘jaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta quyondan yiliga 350-700 g tivit olinadi. O‘zbekistonda Buxoro viloyati «Romitan» s-zi, Toshkent viloyati Orjonikidze r-ni va b. joylardagi xo‘jaliklarda Quyonchilik fermalari ham naslchilik va quyon urchitish bilan shug‘ullanadi. Quyonchilikning ahamiyati. Quyonchilik aholi orasida keng tarqalgan bo‘lib, insonlar uchun go‘sht va qimmatli mo‘yna beradi. Quyon go‘shti tez hazm bo‘ladi va o‘zining sifatini yangiligida; sur va konserva xolida ham saqlaydi. Quyon go‘shti yumshoqligi va mazaligi bo‘yicha parranda go‘shtidan qolishmaydi, hazm bo‘lshi jihatidan esa mol va cho‘chqa go‘shtidan ustun turadi. Shuning uchun qon bosimi, jigar va oshqozon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga parxez taom sifatida tavsiya qilinadi. Quyon go‘shti mahsuloti berishi bilan birga, ular yengil sanoatni mo‘yna bilan ham ta’minlaydi. Quyonchilikning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular uchun ko‘p mablag‘ sarflanadigan qurilishlar talab qilinmaydi. Quyon zotlari. Quyonning bir qancha zotlari bor, shular ichida Sovet shinshillasi, kul rang yiriq oq rangli yirik kul rang va boshqa zotlar ko‘p tarqalgan. Sovet shinshilla zot quyon iqlimga tez moslashadigan bo‘lib, vazni 3-6 kg keladi (28-Rasm/). Bo‘yi va qulog‘i kichikroq qulog‘i tik turadi, ko‘kragi keng, usti kumushsimon kul rang yung bilan qoplangan. Qorin, bo‘yin, dumining pastki qismi va oyog‘ining ichki tomoni oq rangda. Kul rang yirik zot quyonning vazni 4,5-5,5 Ilmiybaza.uz 
 
kg atrofida bo‘lib boshi va qulog‘i katta, qulog‘i ikki tomonga ajralib turuvchi rim 
raqamiga (V) o‘xshaydi.Bu zotning rangi har xil, asosan kul rangda, och va to‘q kul 
rangli vakillari ham bor. Qorin qismi, oyoqlarining ichki tomoni oq bo‘ladi. Oq 
velikan zot quyonning og‘irligi o‘rtacha 4,3-6 kg deyiladi. Mo‘ynasi zich va mayin, 
ko‘zlari qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘ladi. Rangi oq bo‘lganligi uchun ularni turli 
rangga bo‘yash mumkin. Kumush rang quyon zotining og‘irligi o‘rtacha 4,6 kg, 
ayrimlari 6,5 kg keladi. Yungining umumiy ko‘rinishi kumush rangda, havo 
ranggacha, o‘siq junlari qora, tiviti havo rang. Bolalari tug‘ilganda qora bo‘ladi, bir 
oydan so‘ng o‘zgara boshlaydi va 4-5 oyligida kumush rangga kiradi. 
Quyonning xususiyatlari. Quyonlar o‘zining foydali xususiyatlari bilan 
boshqa chorva mollaridan farq qiluvchi muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Quyonlar 
tez va ko‘p bola beradi, yilning hamma fasllarida bolalashi mumkin. Shuningdek 
ular tez o‘sadi va iqlimga tez moslashadi. 
Quyon 30-32 kunda bolalaydi bitta ona quyon boqish sharoitiga qarab har gal 
6-12 ta gacha, ba’zan 16-19 ta gacha bola tug‘adi. Quyon bolalari tug‘ilgan paytda 
terisi yungsiz va ko‘zi yumuq bo‘ladi. 5-7 kunligida yung hosil bo‘ladi, 10-14 
kunligida ko‘zi ochiladi, 17-20 kunligida yuradi va o‘zi mustaqil ovqatlanadi. 
Quyon bolalari tez o‘sadi.  
U to‘rt oyda ona quyon kattaligiga yetib olishi mumkin. Quyonlar yaxshi 
parvarish qilinsa, yiliga 4-6 marta bolalaydi va 35-40 tagacha bola beradi. Quyonlar 
odatda kechasi tug‘adi, emizadi va ularni yungiga ko‘mib qo‘yadi. Quyonlar tug‘ishi 
bilan bolalarini ko‘zdan kechirib, nobud bo‘lganlari ajratiladi va tiriklarini bir joyga 
to‘plab yungi bilan o‘rab qo‘yiladi. Quyonlar tug‘ish davrida va tuqqandan so‘ng 
suvga juda tashna bo‘ladi va ularda mineral moddalar yetishmay koladi. Natijada 
o‘zi tukkan bolalarini yeb qo‘yish hollari kuzatiladi. Shuning uchun kuyonlar inida 
doimo suv bo‘lishi va ular sifatli ozik bilan to‘lik ta’minlanishi lozim. 
O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi va Yoshlar ittifoqi 
hamkorlikda tashkil etgan birinchi naslli quyonlar ko’rgazmasida agrar sohaning 
bugungi serdaromad tarmog’i – quyonchilik amaliyoti haqida so’z bordi. 
Ko’rgazmada ko’pchilik uchun qiziq ma’lumotlar aytildi. 
Ilmiybaza.uz kg atrofida bo‘lib boshi va qulog‘i katta, qulog‘i ikki tomonga ajralib turuvchi rim raqamiga (V) o‘xshaydi.Bu zotning rangi har xil, asosan kul rangda, och va to‘q kul rangli vakillari ham bor. Qorin qismi, oyoqlarining ichki tomoni oq bo‘ladi. Oq velikan zot quyonning og‘irligi o‘rtacha 4,3-6 kg deyiladi. Mo‘ynasi zich va mayin, ko‘zlari qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘ladi. Rangi oq bo‘lganligi uchun ularni turli rangga bo‘yash mumkin. Kumush rang quyon zotining og‘irligi o‘rtacha 4,6 kg, ayrimlari 6,5 kg keladi. Yungining umumiy ko‘rinishi kumush rangda, havo ranggacha, o‘siq junlari qora, tiviti havo rang. Bolalari tug‘ilganda qora bo‘ladi, bir oydan so‘ng o‘zgara boshlaydi va 4-5 oyligida kumush rangga kiradi. Quyonning xususiyatlari. Quyonlar o‘zining foydali xususiyatlari bilan boshqa chorva mollaridan farq qiluvchi muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Quyonlar tez va ko‘p bola beradi, yilning hamma fasllarida bolalashi mumkin. Shuningdek ular tez o‘sadi va iqlimga tez moslashadi. Quyon 30-32 kunda bolalaydi bitta ona quyon boqish sharoitiga qarab har gal 6-12 ta gacha, ba’zan 16-19 ta gacha bola tug‘adi. Quyon bolalari tug‘ilgan paytda terisi yungsiz va ko‘zi yumuq bo‘ladi. 5-7 kunligida yung hosil bo‘ladi, 10-14 kunligida ko‘zi ochiladi, 17-20 kunligida yuradi va o‘zi mustaqil ovqatlanadi. Quyon bolalari tez o‘sadi. U to‘rt oyda ona quyon kattaligiga yetib olishi mumkin. Quyonlar yaxshi parvarish qilinsa, yiliga 4-6 marta bolalaydi va 35-40 tagacha bola beradi. Quyonlar odatda kechasi tug‘adi, emizadi va ularni yungiga ko‘mib qo‘yadi. Quyonlar tug‘ishi bilan bolalarini ko‘zdan kechirib, nobud bo‘lganlari ajratiladi va tiriklarini bir joyga to‘plab yungi bilan o‘rab qo‘yiladi. Quyonlar tug‘ish davrida va tuqqandan so‘ng suvga juda tashna bo‘ladi va ularda mineral moddalar yetishmay koladi. Natijada o‘zi tukkan bolalarini yeb qo‘yish hollari kuzatiladi. Shuning uchun kuyonlar inida doimo suv bo‘lishi va ular sifatli ozik bilan to‘lik ta’minlanishi lozim. O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi va Yoshlar ittifoqi hamkorlikda tashkil etgan birinchi naslli quyonlar ko’rgazmasida agrar sohaning bugungi serdaromad tarmog’i – quyonchilik amaliyoti haqida so’z bordi. Ko’rgazmada ko’pchilik uchun qiziq ma’lumotlar aytildi. Ilmiybaza.uz 
 
Mutaxassislar e’tiroficha, quyonchilikda kam mablag’ sarflab, ko’p parhez 
go’sht, sifatli mo’ynali teri, mayin tivit kabi mahsulotlar yetishtirish mumkin. Bunga 
asos sifatida zotdor quyonlarning 1 yilda bir necha marta nasl qoldira olishini 
keltirish mumkin. 
Biroq bu kabi naslli quyonlarning O’zbekiston iqlimiga, ozuqasiga 
moslashishi uchun munosib sharoit yaratilishi lozim. Xorijdan olib kelingan nasldor 
quyonlarga aksariyat hollarda mahalliy o’simliklardan tayyorlangan ozuqalar to’liq 
mos kelmaydi. 
Mutaxassislar fikricha, quyonchilikda asosiy muammolardan biri – bu nafaqat 
O’zbekistonda, balki mintaqada naslli quyonlar uchun mo’ljallangan universal 
ozuqaning mavjud emasligi. 
Ko’rgazma doirasida ana shu muammoga yechim izlandi. Bu borada 
O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi hamkorlar bilan birgalikda 
tajriba poligoni tashkil qilishga kelishib oldi. Bunda quyonlarning nasl qoldirishi 
uchun maqbul ko’rsatkichlar saqlab qolinadigan darajada ehtiyojni qondiruvchi 
yemlarni yaratish maqsad qilingan. 
Qayd etilishicha, naslli quyonlarni ko’paytirishda ob-havo sharoiti ham 
muhim ahamiyatga ega. Quyonlarning tana haroratidan unumli foydalanish 
koeffitsenti mutaxassislar tomonidan o’rganib chiqilgan. Masalan, quyonlar havo 
harorati 15-20 gradus bo’lganida tanasidagi ortiqcha issiqlikni chiqarmaslikka, havo 
harorati pasayganida esa iste’mol qilgan ozuqa quvvatining ma’lum qismini tana 
haroratini isitishga sarflashi aniqlangan. Quyonlarda nafas olish tezligi tashqi muhit 
haroratiga bog’liq bo’ladi. 
– Ko’rgazmadan maqsad yurtimiz quyon boquvchilarga to’g’ri yo’l 
ko’rsatish, – deydi O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi raisi 
Elmurod Ortiqov. – Quyon boqishning ham nozik jihatlari ko’p. Sohani 
rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan tajribalarga tayanish, uning ilmiy-amaliy 
bazasini tashkil etish talab zarur. Ko’rgazma doirasida professional va havaskor 
quyon boquvchilar uchun seminar-trening ham tashkil etildi. Unga yurtimiz va 
xorijdan yetakchi mutaxassislar jalb qilindi. 
Ilmiybaza.uz Mutaxassislar e’tiroficha, quyonchilikda kam mablag’ sarflab, ko’p parhez go’sht, sifatli mo’ynali teri, mayin tivit kabi mahsulotlar yetishtirish mumkin. Bunga asos sifatida zotdor quyonlarning 1 yilda bir necha marta nasl qoldira olishini keltirish mumkin. Biroq bu kabi naslli quyonlarning O’zbekiston iqlimiga, ozuqasiga moslashishi uchun munosib sharoit yaratilishi lozim. Xorijdan olib kelingan nasldor quyonlarga aksariyat hollarda mahalliy o’simliklardan tayyorlangan ozuqalar to’liq mos kelmaydi. Mutaxassislar fikricha, quyonchilikda asosiy muammolardan biri – bu nafaqat O’zbekistonda, balki mintaqada naslli quyonlar uchun mo’ljallangan universal ozuqaning mavjud emasligi. Ko’rgazma doirasida ana shu muammoga yechim izlandi. Bu borada O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi hamkorlar bilan birgalikda tajriba poligoni tashkil qilishga kelishib oldi. Bunda quyonlarning nasl qoldirishi uchun maqbul ko’rsatkichlar saqlab qolinadigan darajada ehtiyojni qondiruvchi yemlarni yaratish maqsad qilingan. Qayd etilishicha, naslli quyonlarni ko’paytirishda ob-havo sharoiti ham muhim ahamiyatga ega. Quyonlarning tana haroratidan unumli foydalanish koeffitsenti mutaxassislar tomonidan o’rganib chiqilgan. Masalan, quyonlar havo harorati 15-20 gradus bo’lganida tanasidagi ortiqcha issiqlikni chiqarmaslikka, havo harorati pasayganida esa iste’mol qilgan ozuqa quvvatining ma’lum qismini tana haroratini isitishga sarflashi aniqlangan. Quyonlarda nafas olish tezligi tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’ladi. – Ko’rgazmadan maqsad yurtimiz quyon boquvchilarga to’g’ri yo’l ko’rsatish, – deydi O’zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi raisi Elmurod Ortiqov. – Quyon boqishning ham nozik jihatlari ko’p. Sohani rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan tajribalarga tayanish, uning ilmiy-amaliy bazasini tashkil etish talab zarur. Ko’rgazma doirasida professional va havaskor quyon boquvchilar uchun seminar-trening ham tashkil etildi. Unga yurtimiz va xorijdan yetakchi mutaxassislar jalb qilindi. Ilmiybaza.uz 
 
Urganchda 3 ming dona zotdor quyonlar boqilmoqda. Kelgusida yiliga 1,2 
ming tonna quyon go‘shti eksport qilinadi 
 
Xorazmlik tadbirkorlar xorijdan naslli quyon zotlarini olib kelib, 
mahalliylashtirish hamda ularni sanoat usulida ko‘paytirishmoqda. 
“Xalq so‘zi” gazetasining ushbu viloyat muxbiri Odilbek Odamboyevning 
xabar berishicha, Urganch tumani Chotko‘pir qishlog‘idagi MCHJ shaklidagi 
“Xorazm quyon savdo” agrofirmasi ana shu yo‘nalishda tashkil etilgan zamonaviy 
korxonalardan biridir. Ayni paytda bu yerda “Yangi Zelandiya” zotiga mansub 3 
ming bosh quyon parvarishlanmoqda. 
“Agrofirma o‘tgan yili 170 million so‘mlik bank krediti hisobiga Italiyadan 
114 dona zotdor quyon va Yevropa texnologiyasi asosida Toshkentda ishlab 
chiqarilgan panjarasimon kataklar olib kelingan edi. Ushbu zotga mansub ona quyon 
bir yilda 7-9 marta bolalaydi hamda har safar 14-16 ta quyonchalarni dunyoga 
keltiradi. Bir dona ona quyondan yiliga o‘rtacha 90-100 dona quyon bolasi olish 
mumkin.  
Yosh quyonchalar kuniga 50 grammdan vazn to‘plab, qariyb 80 kunda 3,5 
kilogrammgacha semiradi. Uch oy mobaynida quyonlarning tirik vazni 3,5-4 
kilogrammga yetadi hamda 56 foiz, aniqroq aytganda, 1,6-1,7 kilogramm sof go‘sht 
beradi”. 
Ilmiybaza.uz Urganchda 3 ming dona zotdor quyonlar boqilmoqda. Kelgusida yiliga 1,2 ming tonna quyon go‘shti eksport qilinadi Xorazmlik tadbirkorlar xorijdan naslli quyon zotlarini olib kelib, mahalliylashtirish hamda ularni sanoat usulida ko‘paytirishmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasining ushbu viloyat muxbiri Odilbek Odamboyevning xabar berishicha, Urganch tumani Chotko‘pir qishlog‘idagi MCHJ shaklidagi “Xorazm quyon savdo” agrofirmasi ana shu yo‘nalishda tashkil etilgan zamonaviy korxonalardan biridir. Ayni paytda bu yerda “Yangi Zelandiya” zotiga mansub 3 ming bosh quyon parvarishlanmoqda. “Agrofirma o‘tgan yili 170 million so‘mlik bank krediti hisobiga Italiyadan 114 dona zotdor quyon va Yevropa texnologiyasi asosida Toshkentda ishlab chiqarilgan panjarasimon kataklar olib kelingan edi. Ushbu zotga mansub ona quyon bir yilda 7-9 marta bolalaydi hamda har safar 14-16 ta quyonchalarni dunyoga keltiradi. Bir dona ona quyondan yiliga o‘rtacha 90-100 dona quyon bolasi olish mumkin. Yosh quyonchalar kuniga 50 grammdan vazn to‘plab, qariyb 80 kunda 3,5 kilogrammgacha semiradi. Uch oy mobaynida quyonlarning tirik vazni 3,5-4 kilogrammga yetadi hamda 56 foiz, aniqroq aytganda, 1,6-1,7 kilogramm sof go‘sht beradi”. Ilmiybaza.uz 
 
Quyon o’simlikxo’r kemiruvchilar oilasiga mansub jonivordir. Jinsiy va 
jismoniy jihatdan 3-4 oyga to’lganida yetiladi. Urg’ochi quyonning homiladorlik 
davri 29-31 kun davom etadi. 
Tuksiz tug’ilgan quyoncha tanasi momiq bilan hayotining birinchi haftasi 
davomida burkana boshlaydi, 9-, 10- kunga kelib ko’zi ochiladi, 15-20 kundan keyin 
inidan chiqib, onasi iste’mol qilayotgan yemdan ta’tiy boshlaydi. Biroq, toki ajratib 
qo’yilganiga qadar onasini emishda davom etaveradi. 18-20 kun o’tgach sut 
tishlarining almashinish jarayoni boshlanib, ushbu jarayon birinchi oy oxirida 
yakuniga yetadi. Aksariyat ona quyonlar sersut bo’lib, kam bezovta qilinsa, bolalari 
uzoq vaqt o’z inlarida qolaveradi. 
Yangi bolalagan urg’ochi 2-3 kundan so’ng jinsiy mayil bildirib, takror 
urug’lanishi mumkin. Quyonboqarlar quyonning ushbu xususiyatidan, jonivorlar 
boshini ko’paytirish maqsadida unumli foydalanadilar. Quyon butun hayoti 
davomida tulab boradi. Tulash jarayoni: ilk bor  quyoncha bir oyga to’lganida; 
ikkinchi marotaba  3,5-4,5 oyga to’lganida; uchinchi bor  7-7,5 oyga to’lganida 
bo’lib o’tadi. 
Bundan tashqari mavsumiy, ya’ni bahor va kuz oylarida ham tulash jarayoni 
bo’lib o’tadi. 
Quyonni bo’rdoqiga qo’yish va so’yish mobaynida tulash jarayonini hisobga 
olmoq lozim. So’yish fursati yetganida quyonning mavsumiy yoki yoshi bo’yicha 
tulash jarayonlari yakuniga yetgan bo’lishi darkor. 
Tulash mobaynida quyon momig’i oson ajraladi. Momiq olish uchun 
mo’ljallangan quyon zotini yetishtiruvchi quyonboqarlar jonivorning ushbu 
xususiyatini bilishi kerak. Bunday zot momiqlari har 2-2,5 oyda yulib olinadi. 
Yaxshi boqilgan to’rt oyli quyon vazni 3-3,5 kg ga yetadi. Ya’ni, tug’ilgan 
fursatiga nisbatan 60 barobar og’ir bo’ladi. 
Quyonning hid bilish qobiliyati ko’rish qobiliyatiga nisbatan sezilarli 
rivojlangan. Ona quyon bolalari orasiga begona quyonchalar qo’shib qo’yilganida, 
ularning ranglaridan qat’iy nazar hidiga ko’ra ajratib olib, nobud qilishi bilan ushbu 
xususiyat o’z tasdig’ini topadi. Quyon yemni ham hidiga ko’ra ajratib qo’yadi. 
Ilmiybaza.uz Quyon o’simlikxo’r kemiruvchilar oilasiga mansub jonivordir. Jinsiy va jismoniy jihatdan 3-4 oyga to’lganida yetiladi. Urg’ochi quyonning homiladorlik davri 29-31 kun davom etadi. Tuksiz tug’ilgan quyoncha tanasi momiq bilan hayotining birinchi haftasi davomida burkana boshlaydi, 9-, 10- kunga kelib ko’zi ochiladi, 15-20 kundan keyin inidan chiqib, onasi iste’mol qilayotgan yemdan ta’tiy boshlaydi. Biroq, toki ajratib qo’yilganiga qadar onasini emishda davom etaveradi. 18-20 kun o’tgach sut tishlarining almashinish jarayoni boshlanib, ushbu jarayon birinchi oy oxirida yakuniga yetadi. Aksariyat ona quyonlar sersut bo’lib, kam bezovta qilinsa, bolalari uzoq vaqt o’z inlarida qolaveradi. Yangi bolalagan urg’ochi 2-3 kundan so’ng jinsiy mayil bildirib, takror urug’lanishi mumkin. Quyonboqarlar quyonning ushbu xususiyatidan, jonivorlar boshini ko’paytirish maqsadida unumli foydalanadilar. Quyon butun hayoti davomida tulab boradi. Tulash jarayoni: ilk bor quyoncha bir oyga to’lganida; ikkinchi marotaba 3,5-4,5 oyga to’lganida; uchinchi bor 7-7,5 oyga to’lganida bo’lib o’tadi. Bundan tashqari mavsumiy, ya’ni bahor va kuz oylarida ham tulash jarayoni bo’lib o’tadi. Quyonni bo’rdoqiga qo’yish va so’yish mobaynida tulash jarayonini hisobga olmoq lozim. So’yish fursati yetganida quyonning mavsumiy yoki yoshi bo’yicha tulash jarayonlari yakuniga yetgan bo’lishi darkor. Tulash mobaynida quyon momig’i oson ajraladi. Momiq olish uchun mo’ljallangan quyon zotini yetishtiruvchi quyonboqarlar jonivorning ushbu xususiyatini bilishi kerak. Bunday zot momiqlari har 2-2,5 oyda yulib olinadi. Yaxshi boqilgan to’rt oyli quyon vazni 3-3,5 kg ga yetadi. Ya’ni, tug’ilgan fursatiga nisbatan 60 barobar og’ir bo’ladi. Quyonning hid bilish qobiliyati ko’rish qobiliyatiga nisbatan sezilarli rivojlangan. Ona quyon bolalari orasiga begona quyonchalar qo’shib qo’yilganida, ularning ranglaridan qat’iy nazar hidiga ko’ra ajratib olib, nobud qilishi bilan ushbu xususiyat o’z tasdig’ini topadi. Quyon yemni ham hidiga ko’ra ajratib qo’yadi. Ilmiybaza.uz 
 
Yemning yangi turiga ehtiyotkorona munosabat bildirib, hidiga ko’nikishi uzoq 
kechadi. Jonivorni yemning yangi turiga o’rgatish amali kishidan sabr-toqat talab 
qiladi. 
Quyon tabiatan o’z uyasini yer qazib tayyorlaydi. SHu bois ham katakka 
qamalgan homilador quyon, bolalashdan oldin, katakning eng pastqam va qorong’i 
joyini qidiradi. Modomiki shunday ekan, katak tug’ruqxonasining eshigi yaxlit, 
ya’ni teshik-derazasiz bo’lishi, poliga o’rnatiladigan panjara esa yorug’ xonadagiga 
nisbatan pastroq qilib yotqizilishi yoki umuman olib qo’yilishi lozim. 
Ona quyonning sutliligi yangi tug’ilgan bolalarining holatiga ko’ra 
belgilanadi. Sersut urg’ochining quyonchalari uyada tinch yotib, tanachalari 
dumaloq, terilari ajinsiz silliq va yaltiroq bo’ladi. Bunday quyonchalar tez o’sadi. 
Quyonning sutliligini boshqacha usul qo’llab, ya’ni bolalagan urg’ochini 
beliga yotqizib, sut bezlarini barmoqlaringiz bilan ezib ko’rib ham aniqlashingiz 
mumkin. Urg’ochi sersut bo’lsa, yelinidagi sut yirik tomchi ko’rinishida sizib 
chiqadi. 
Sutlilik darajasiga parvarish sharoiti, yem sifati, quyonning yoshi, zoti, 
nechanchi bor bolalaganligi, yil fasli kabilar ta’sir ko’rsatadi. 
Yoz faslida ko’k va shirador yem-xashak miqdori ko’p bo’lishi bois ona 
quyon sersut bo’ladi. 
Ona quyonning maqsimal sersutlik davri 3-4 marotaba bolalaganidan so’ng 
keladi. Uning haddan tashqari semirib ketishi va kam harakatchan bo’lishi sutlilik 
darajasining pasayib ketishiga olib keladi Semirib ketgan urg’ochi urug’lanish va 
bolalash qobiliyatini yo’qotadi. Buning oldini olish uchun esa jonivorga beriladigan 
yuqori oqsilli (don, kombikorm kabi) yemlar miqdorini kamaytirib, ko’k va shirador 
yemlar miqdorini oshirish, ko’proq harakatlanish imkonini yaratish lozim. 
Quyon, ayrim jonivorlar kabi, tunda va erta tongda chiqargan najasini iste’mol 
qiladi. Bu holat fanda koprofagiya deb ataladi. Kunduz kungi najas  qattiq, quruq 
va soqqasimon, tungi najas esa  yumshoq va nam bo’lib, soqqalar shakli buzilgan 
kichik to’plamlar ko’rinishiga ega bo’ladi. Tungi najas tarkibidagi protein kunduz 
kungi najasga nisbatan 3,5 barobar ortiq bo’ladi, to’qimalar miqdori esa 2 barobar 
Ilmiybaza.uz Yemning yangi turiga ehtiyotkorona munosabat bildirib, hidiga ko’nikishi uzoq kechadi. Jonivorni yemning yangi turiga o’rgatish amali kishidan sabr-toqat talab qiladi. Quyon tabiatan o’z uyasini yer qazib tayyorlaydi. SHu bois ham katakka qamalgan homilador quyon, bolalashdan oldin, katakning eng pastqam va qorong’i joyini qidiradi. Modomiki shunday ekan, katak tug’ruqxonasining eshigi yaxlit, ya’ni teshik-derazasiz bo’lishi, poliga o’rnatiladigan panjara esa yorug’ xonadagiga nisbatan pastroq qilib yotqizilishi yoki umuman olib qo’yilishi lozim. Ona quyonning sutliligi yangi tug’ilgan bolalarining holatiga ko’ra belgilanadi. Sersut urg’ochining quyonchalari uyada tinch yotib, tanachalari dumaloq, terilari ajinsiz silliq va yaltiroq bo’ladi. Bunday quyonchalar tez o’sadi. Quyonning sutliligini boshqacha usul qo’llab, ya’ni bolalagan urg’ochini beliga yotqizib, sut bezlarini barmoqlaringiz bilan ezib ko’rib ham aniqlashingiz mumkin. Urg’ochi sersut bo’lsa, yelinidagi sut yirik tomchi ko’rinishida sizib chiqadi. Sutlilik darajasiga parvarish sharoiti, yem sifati, quyonning yoshi, zoti, nechanchi bor bolalaganligi, yil fasli kabilar ta’sir ko’rsatadi. Yoz faslida ko’k va shirador yem-xashak miqdori ko’p bo’lishi bois ona quyon sersut bo’ladi. Ona quyonning maqsimal sersutlik davri 3-4 marotaba bolalaganidan so’ng keladi. Uning haddan tashqari semirib ketishi va kam harakatchan bo’lishi sutlilik darajasining pasayib ketishiga olib keladi Semirib ketgan urg’ochi urug’lanish va bolalash qobiliyatini yo’qotadi. Buning oldini olish uchun esa jonivorga beriladigan yuqori oqsilli (don, kombikorm kabi) yemlar miqdorini kamaytirib, ko’k va shirador yemlar miqdorini oshirish, ko’proq harakatlanish imkonini yaratish lozim. Quyon, ayrim jonivorlar kabi, tunda va erta tongda chiqargan najasini iste’mol qiladi. Bu holat fanda koprofagiya deb ataladi. Kunduz kungi najas qattiq, quruq va soqqasimon, tungi najas esa yumshoq va nam bo’lib, soqqalar shakli buzilgan kichik to’plamlar ko’rinishiga ega bo’ladi. Tungi najas tarkibidagi protein kunduz kungi najasga nisbatan 3,5 barobar ortiq bo’ladi, to’qimalar miqdori esa 2 barobar Ilmiybaza.uz 
 
kam bo’lib V guruhiga mansub vitamin va minerallarga boy bo’ladi. Yumshoq 
(tungi) najas quyonxona ichida deyarli ko’rinmaydi, negaki quyon uni to’g’ridan-
to’g’ri o’z orqa hojat yo’lidanoq iste’mol qilib yuboradi. Buning uchun u old 
oyoqlarini ikki yonga tashlab egiladi va tumshuqchasini orqa oyoqlari orasidagi 
hojat teshigiga yetkazadi. 
Yosh quyonchalarda koprofagiya, odatda, 23-24 kun o’tgach, ona sutidan 
tashqari boshqa yemlar bilan ham oziqlana boshlaganidan so’ng namoyon bo’ladi. 
O’z najasini iste’mol qilishdan mahrum bo’lib o’sayotgan quyonchalarning 
ulg’ayishi, najasi bilan oziqlanadigan quyonchalarga nisbatan sekin kechadi. O’z 
najasini iste’mol qilishdan mahrum bo’lgan urg’ochi quyonning homiladorligida 
hamda homilasining rivojlanishida og’ishlar ro’y berishi kuzatilgan. 
O’zining tungi najasini iste’mol qilishi quyon uchun sog’lom fiziologik holat 
bo’lib, oshqozonidagi yemning yaxshi hazm bo’lishi, organizmiga qo’shimcha 
oqsil va vitaminlar singishini ta’minlaydi. Lekin, quyon najasida kasallik 
tarqatuvchi mikroblar ham bo’lishi mumkinligini yodda tutmoq lozim, shu bois 
quyonning kasallikka chalinishini oldini olish maqsadida quyonxona va 
kataklarning sanitar holati namunali tutilishi lozim. 
Ilmiybaza.uz kam bo’lib V guruhiga mansub vitamin va minerallarga boy bo’ladi. Yumshoq (tungi) najas quyonxona ichida deyarli ko’rinmaydi, negaki quyon uni to’g’ridan- to’g’ri o’z orqa hojat yo’lidanoq iste’mol qilib yuboradi. Buning uchun u old oyoqlarini ikki yonga tashlab egiladi va tumshuqchasini orqa oyoqlari orasidagi hojat teshigiga yetkazadi. Yosh quyonchalarda koprofagiya, odatda, 23-24 kun o’tgach, ona sutidan tashqari boshqa yemlar bilan ham oziqlana boshlaganidan so’ng namoyon bo’ladi. O’z najasini iste’mol qilishdan mahrum bo’lib o’sayotgan quyonchalarning ulg’ayishi, najasi bilan oziqlanadigan quyonchalarga nisbatan sekin kechadi. O’z najasini iste’mol qilishdan mahrum bo’lgan urg’ochi quyonning homiladorligida hamda homilasining rivojlanishida og’ishlar ro’y berishi kuzatilgan. O’zining tungi najasini iste’mol qilishi quyon uchun sog’lom fiziologik holat bo’lib, oshqozonidagi yemning yaxshi hazm bo’lishi, organizmiga qo’shimcha oqsil va vitaminlar singishini ta’minlaydi. Lekin, quyon najasida kasallik tarqatuvchi mikroblar ham bo’lishi mumkinligini yodda tutmoq lozim, shu bois quyonning kasallikka chalinishini oldini olish maqsadida quyonxona va kataklarning sanitar holati namunali tutilishi lozim.