Quyosh radiatsiyasi balansini aniqlash

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

50,4 KB


Quyosh radiatsiyasi balansini aniqlash
Mashg‘ulotning maqsadi: Radiatsiya balansini tashkil etuvchi elementlarni
bilish.  Yer  yuzasining  radiatsiya  balansini  aniqlashni  o‘rganish.  Radiatsiya
balansining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Topshiriqlar: 
1. Radiatsiya balansi haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. Radiatsiya balansini ahamiyati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;
3. Turli sharoitlar uchun radiatsiya balansini hisoblashni o‘rganish;
4. Balansomer M-10M ning tuzilishini va undan foydalanishni o‘rganish.
5. Radiatsiya balansini hisoblashga doir misollar echish. 
Kerakli  materiallar  va  asboblar:  mavzuga  doir  darslik,  o‘quv
qo‘llanmalar, internet ma’lumotlari, soat, ish daftari, balansomer, aktinometr,
asbobning pasporti, galvanometr.
3.5.1. Radiatsiya balansini tashkil etuvchilar
Quyosh  radiatsiyasining  balansi  kirim  va  chiqim  qismdan  iborat  bo‘lib,
quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
B=S1+D-Rk-E3+Ea,
(1)
bu  yerda:  radiatsiyaning  kirim  qismi: gorizontal  yuzaga  kelayotgan  to‘g‘ri
radiatsiya - S1; sochilgan radiatsiya –D; va atmosferaning radiatsiya tarqatishi –Ea.
Radiatsiyaning chiqim qismi esa Yer yuzasidan qaytgan Rk va Yer yuzasi
tarqatgan E3 radiatsiyadan iborat. Agar to‘g‘ri va sochilgan radiatsiyani S1+D=Q
yalpi  radiatsiya  ko‘rinishida,  atmosfera  Ea  va  yer  tarqatgan  Eyer  radiatsiyani
1
Logotip
Quyosh radiatsiyasi balansini aniqlash Mashg‘ulotning maqsadi: Radiatsiya balansini tashkil etuvchi elementlarni bilish. Yer yuzasining radiatsiya balansini aniqlashni o‘rganish. Radiatsiya balansining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish. Topshiriqlar: 1. Radiatsiya balansi haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. Radiatsiya balansini ahamiyati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; 3. Turli sharoitlar uchun radiatsiya balansini hisoblashni o‘rganish; 4. Balansomer M-10M ning tuzilishini va undan foydalanishni o‘rganish. 5. Radiatsiya balansini hisoblashga doir misollar echish. Kerakli materiallar va asboblar: mavzuga doir darslik, o‘quv qo‘llanmalar, internet ma’lumotlari, soat, ish daftari, balansomer, aktinometr, asbobning pasporti, galvanometr. 3.5.1. Radiatsiya balansini tashkil etuvchilar Quyosh radiatsiyasining balansi kirim va chiqim qismdan iborat bo‘lib, quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: B=S1+D-Rk-E3+Ea, (1) bu yerda: radiatsiyaning kirim qismi: gorizontal yuzaga kelayotgan to‘g‘ri radiatsiya - S1; sochilgan radiatsiya –D; va atmosferaning radiatsiya tarqatishi –Ea. Radiatsiyaning chiqim qismi esa Yer yuzasidan qaytgan Rk va Yer yuzasi tarqatgan E3 radiatsiyadan iborat. Agar to‘g‘ri va sochilgan radiatsiyani S1+D=Q yalpi radiatsiya ko‘rinishida, atmosfera Ea va yer tarqatgan Eyer radiatsiyani 1
samarali radiatsiya ko‘rinishida Eef=E3+Ea qo‘shib hisoblasak, samarali radiatsiya
balansining ifodasi quyidagicha yoziladi:
B=Q-Rk-Eef.
(2)
Osmon  bulut  bilan  qoplangan  bo‘lsa,  to‘g‘ri  radiatsiya  yergacha  etib
kelmaydi.  Shuning  uchun  radiatsiya  balansini  hisoblash  ifodasi  quyidagicha
bo‘ladi:
B=D-Rk-Eef,
(3)
Radiatsiya balansi tunda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
B=Ea+E3=-Eef.
(4)
Quyosh  radiatsiyasi  balansi  musbat  bo‘lsa,  yerdan  sarf  bo‘ladigan
radiatsiyaga nisbatan yerga keladigan radiatsiya miqdori ko‘p bo‘ladi va yer yuzasi
isiydi. Yerga keladigan radiatsiyadan ko‘ra yerdan fazoga tarqaladigan radiatsiya
ko‘p bo‘lsa, radiatsiya balansi manfiy bo‘ladi va yer yuzasi sovuydi. Bundan
ko‘rinib  turibdiki,  kunduzi  va  yoz  oylari  radiatsiya  balansi  musbat  bo‘ladi.
Quyoshning radiatsiya balansiga asosan bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi: Yer
sharining shakliga bog‘liq holda, qutublarda radiatsiya manfiy va ekvatorga tomon
oshib boradi. Radiatsiya balansiga atmosferadagi bulutlik, chang-to‘zon, havoning
namligi, dunyo okeani, sahrolar, o‘rmonlar, relef va boshqalar ham katta ta’sir
ko‘rsatadi.  Bundan  tashqari  yerning  faol  yuzasi  issiqligi,  namligi,  rangi,
ekinlarning barg sathlarining joylashuvi ham radiatsiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan dalalarning radiatsiya balansini hisoblash,
tuproqlarning  radiatsiya  balansini  aniqlash,  ularning  quyoshning  gorizontdan
balandligiga  bog‘liq  holda  o‘zgarishini  hisobga  olish,  ekinlar  strukturasining
radiatsiya balansiga ta’sirini o‘rganish muhim amaliy amiyatga ega. O‘simliklarni
issiqlik bilan ta’minlanishi, vegetatsiya davrining qisqa yoki uzun bo‘lishi va h.k.
radiatsiya  balansining  musbat  yoki  manfiy  bo‘lishiga  bog‘liq.  Shuning  uchun
qishloq  xo‘jaligi  mutaxassislari  radiatsiya  balansini  o‘lchash  va  hisoblashni
bilishlari kerak. 
3.5.2. Balansomer M-10M ning tuzilishi
Balansomer (3.5.2.1-rasm) 1 ga radiatsiyani qabul qiluvchi ikkita kvadrat
plastinka 2 qarama-qarshi joylashtirilgan va sharnir orqali dastakka 4 ulangan. Mis
2
Logotip
samarali radiatsiya ko‘rinishida Eef=E3+Ea qo‘shib hisoblasak, samarali radiatsiya balansining ifodasi quyidagicha yoziladi: B=Q-Rk-Eef. (2) Osmon bulut bilan qoplangan bo‘lsa, to‘g‘ri radiatsiya yergacha etib kelmaydi. Shuning uchun radiatsiya balansini hisoblash ifodasi quyidagicha bo‘ladi: B=D-Rk-Eef, (3) Radiatsiya balansi tunda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: B=Ea+E3=-Eef. (4) Quyosh radiatsiyasi balansi musbat bo‘lsa, yerdan sarf bo‘ladigan radiatsiyaga nisbatan yerga keladigan radiatsiya miqdori ko‘p bo‘ladi va yer yuzasi isiydi. Yerga keladigan radiatsiyadan ko‘ra yerdan fazoga tarqaladigan radiatsiya ko‘p bo‘lsa, radiatsiya balansi manfiy bo‘ladi va yer yuzasi sovuydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kunduzi va yoz oylari radiatsiya balansi musbat bo‘ladi. Quyoshning radiatsiya balansiga asosan bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi: Yer sharining shakliga bog‘liq holda, qutublarda radiatsiya manfiy va ekvatorga tomon oshib boradi. Radiatsiya balansiga atmosferadagi bulutlik, chang-to‘zon, havoning namligi, dunyo okeani, sahrolar, o‘rmonlar, relef va boshqalar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari yerning faol yuzasi issiqligi, namligi, rangi, ekinlarning barg sathlarining joylashuvi ham radiatsiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan dalalarning radiatsiya balansini hisoblash, tuproqlarning radiatsiya balansini aniqlash, ularning quyoshning gorizontdan balandligiga bog‘liq holda o‘zgarishini hisobga olish, ekinlar strukturasining radiatsiya balansiga ta’sirini o‘rganish muhim amaliy amiyatga ega. O‘simliklarni issiqlik bilan ta’minlanishi, vegetatsiya davrining qisqa yoki uzun bo‘lishi va h.k. radiatsiya balansining musbat yoki manfiy bo‘lishiga bog‘liq. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi mutaxassislari radiatsiya balansini o‘lchash va hisoblashni bilishlari kerak. 3.5.2. Balansomer M-10M ning tuzilishi Balansomer (3.5.2.1-rasm) 1 ga radiatsiyani qabul qiluvchi ikkita kvadrat plastinka 2 qarama-qarshi joylashtirilgan va sharnir orqali dastakka 4 ulangan. Mis 2
disklarning tashqi tomoni qoralangan va hamma tomoni bir xil uzunlikda (48 mm)
birlashtirilgan.  O‘lchash  boshlanganda  plastinkaning  biri  yuqoriga  qaratilgan
bo‘ladi va u yalpi Q hamda atmosfera tarqatayotgan radiatsiya Ea ni o‘lchaydi.
Qabul qiluvchi qismi yerga qaratilgan ikkinchi plastinka qaytgan radiatsiya Rk
bilan  birga,  yer  yuzasi  tarqatayotgan  radiatsiya  Eyer  ni  o‘lchaydi.  Mis
plastinkalarning  ichki  tomonidan  himoyalanuvchi  qog‘oz  prokladka  qo‘yilib,
termobatareyalar 2 qalaylanib o‘rnatilgan. Batareyalar ustiga konstantan lentalar
o‘ralgan. O‘ramlarning yarmi kumush bilan qoplangan va kumush qoplamalarning
har ikkala tomoni termoqalaylangan. 
3.5.2.1-rasm. Termoelektrik balansomer M-10M
1–plastinka; 2 – quyosh energiyasini qabul qilish qismi; 3 – soya qiluvchi qismi;
4– soya beruvchining sharnir mahkamlovchisi; 5–balansomerni sharnir
mahkamlovchisi; 6 – g‘ilof (chexol).
Batareyalar bir-biriga ulanib ularning har ikkala tomonidan ulangan simlar
dastagining ichidan tashqariga chiqarilgan va bular termoelementlardagi harorat
farqlarini  aniqlaydi.  Plastinkalarning  harorat  farqiga  qarab,  radiatsiya  miqdori
aniqlanadi. Asbobning qabul qiluvchi qismini yomg‘ir va changdan himoya qilish
uchun unga vint bilan mahkamlanadigan g‘ilof 6 kiygizilib qo‘yiladi.
Balansomer  yerdan  1,5  m  balandlikda  gorizontal  holatda,  ochiq  joyga
o‘rnatiladi. Asbobning plankasi doimo osmonga qarab turadigan qilib, yog‘och
reykaning  1  uchiga  mahkamlanadi.  Termobatareyadan  chiqarilgan  simlar
3
Logotip
disklarning tashqi tomoni qoralangan va hamma tomoni bir xil uzunlikda (48 mm) birlashtirilgan. O‘lchash boshlanganda plastinkaning biri yuqoriga qaratilgan bo‘ladi va u yalpi Q hamda atmosfera tarqatayotgan radiatsiya Ea ni o‘lchaydi. Qabul qiluvchi qismi yerga qaratilgan ikkinchi plastinka qaytgan radiatsiya Rk bilan birga, yer yuzasi tarqatayotgan radiatsiya Eyer ni o‘lchaydi. Mis plastinkalarning ichki tomonidan himoyalanuvchi qog‘oz prokladka qo‘yilib, termobatareyalar 2 qalaylanib o‘rnatilgan. Batareyalar ustiga konstantan lentalar o‘ralgan. O‘ramlarning yarmi kumush bilan qoplangan va kumush qoplamalarning har ikkala tomoni termoqalaylangan. 3.5.2.1-rasm. Termoelektrik balansomer M-10M 1–plastinka; 2 – quyosh energiyasini qabul qilish qismi; 3 – soya qiluvchi qismi; 4– soya beruvchining sharnir mahkamlovchisi; 5–balansomerni sharnir mahkamlovchisi; 6 – g‘ilof (chexol). Batareyalar bir-biriga ulanib ularning har ikkala tomonidan ulangan simlar dastagining ichidan tashqariga chiqarilgan va bular termoelementlardagi harorat farqlarini aniqlaydi. Plastinkalarning harorat farqiga qarab, radiatsiya miqdori aniqlanadi. Asbobning qabul qiluvchi qismini yomg‘ir va changdan himoya qilish uchun unga vint bilan mahkamlanadigan g‘ilof 6 kiygizilib qo‘yiladi. Balansomer yerdan 1,5 m balandlikda gorizontal holatda, ochiq joyga o‘rnatiladi. Asbobning plankasi doimo osmonga qarab turadigan qilib, yog‘och reykaning 1 uchiga mahkamlanadi. Termobatareyadan chiqarilgan simlar 3
galvanometrga ulanadi. Ko‘pchilik holatda balansomerning qabul qiluvchi qismi
ekran bilan to‘siladi. Shuning uchun reykaga to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash uchun
aktinometr  o‘rnatiladi.  Balansomer  ko‘rsatishiga  shamolning  ta’sirini  aniqlash
uchun balansomer bir xil balandlikda va unga yaqin joyga anemometr o‘rnatiladi.
O‘lchash  boshlanishidan  3  minut  oldin  galvanometr  strelkasining  nolga
nisbatan holati N0 aniqlanadi. Balansomer galvanometrga ulanganda balansomer
strelkasi  o‘ng  tomonga  qarab  o‘zgarishi  lozim.  SHundan  so‘ng  strelka
ko‘rsatishidan ketma-ket uch marta hisob olish kerak N1,N2,N3 va bir vaqtning
o‘zida  anemometr  ko‘rsatishidan  ham  3  marta  hisob  olish  v1,v2,v3 lozim.
Balansomer soya beruvchi ekran bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, birinchi va ikkinchi hisob
olishdan  so‘ng  aktinometrdan  ham  ikki  marta  hisob  olish  kerak.  Balansomer
galvanometrdan uzilgandan keyin, galvanometr strelkaning nolga nisbatan holatini
qayta yozib olish kerak N0.
Barcha  olingan  ma’lumotlar  maxsus  3.5.1-jadvalga  yoziladi.  Olingan
natijalarning o‘rtacha qiymatlari  topiladi:
N0=
;
(5)
N=
. 
(6)
Anemometr  ko‘rsatishining  o‘rtacha  qiymati  quyidagi  tenglama  orqali
topiladi:
V=
.  
(7)
Bunda anemometr ko‘rsatishining hisoblash aniqligi 1,0 m/s gacha bo‘lishi
kerak.
Barcha o‘rtacha qiymatlarga shkalaning tuzatmasi kiritiladi va strelkaning
nolga nisbatan holati chiqarib tashlanadi.
N= N
(8)
4
Logotip
galvanometrga ulanadi. Ko‘pchilik holatda balansomerning qabul qiluvchi qismi ekran bilan to‘siladi. Shuning uchun reykaga to‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash uchun aktinometr o‘rnatiladi. Balansomer ko‘rsatishiga shamolning ta’sirini aniqlash uchun balansomer bir xil balandlikda va unga yaqin joyga anemometr o‘rnatiladi. O‘lchash boshlanishidan 3 minut oldin galvanometr strelkasining nolga nisbatan holati N0 aniqlanadi. Balansomer galvanometrga ulanganda balansomer strelkasi o‘ng tomonga qarab o‘zgarishi lozim. SHundan so‘ng strelka ko‘rsatishidan ketma-ket uch marta hisob olish kerak N1,N2,N3 va bir vaqtning o‘zida anemometr ko‘rsatishidan ham 3 marta hisob olish v1,v2,v3 lozim. Balansomer soya beruvchi ekran bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, birinchi va ikkinchi hisob olishdan so‘ng aktinometrdan ham ikki marta hisob olish kerak. Balansomer galvanometrdan uzilgandan keyin, galvanometr strelkaning nolga nisbatan holatini qayta yozib olish kerak N0. Barcha olingan ma’lumotlar maxsus 3.5.1-jadvalga yoziladi. Olingan natijalarning o‘rtacha qiymatlari topiladi: N0= ; (5) N= . (6) Anemometr ko‘rsatishining o‘rtacha qiymati quyidagi tenglama orqali topiladi: V= . (7) Bunda anemometr ko‘rsatishining hisoblash aniqligi 1,0 m/s gacha bo‘lishi kerak. Barcha o‘rtacha qiymatlarga shkalaning tuzatmasi kiritiladi va strelkaning nolga nisbatan holati chiqarib tashlanadi. N= N (8) 4
Radiatsiya balansini Vt/m2 ga aylantiruvchi ko‘paytmaga (a) va anemometr
tuzatmasi (k)ga ko‘paytiriladi:
B=akN. 
(9)
bu  yerda:  V-radiatsiya  balansi;  a-aylantiruvchi  ko‘paytma;  k-anemometr
guvohnomasidagi tuzatma, N-balansomer ko‘rsatgichi.
Shuni ta’kidlash kerakki o‘lchov ishlari soya beruvchi ekran bilan amalga
oshirilgan bo‘lsa, radiatsiya balansi to‘g‘ri radiatsiyasiz hisoblanadi, ya’ni
V-S1=akNt.e.
(10)
To‘liq radiatsiya balansi B gorizontal yuzaga tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya
hisoblangandan so‘ng chiqariladi:
S1:V= akNt.e+S1. 
(11)
3.5.2.1-jadval
Radiatsiya balansining soyasiz o‘lchov natijalari
Balansomer №
Galvanometr №
Aylantiruvchi ko‘paytirma a=
Tuzatma ko‘paytmasi k= 
Vaqt
Hisob
nomeri
Galvanometrdan olingan
hisob
Shamol
tezligi, m/s
Nol holati
Radiatsiya
balansi
Berilgan  3.5.2.2-jadval  ma’lumotlar  asosida  radiatsiya  balansi  va  uni
tashkil etuvchilarni hisoblang.
5
Logotip
Radiatsiya balansini Vt/m2 ga aylantiruvchi ko‘paytmaga (a) va anemometr tuzatmasi (k)ga ko‘paytiriladi: B=akN. (9) bu yerda: V-radiatsiya balansi; a-aylantiruvchi ko‘paytma; k-anemometr guvohnomasidagi tuzatma, N-balansomer ko‘rsatgichi. Shuni ta’kidlash kerakki o‘lchov ishlari soya beruvchi ekran bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, radiatsiya balansi to‘g‘ri radiatsiyasiz hisoblanadi, ya’ni V-S1=akNt.e. (10) To‘liq radiatsiya balansi B gorizontal yuzaga tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya hisoblangandan so‘ng chiqariladi: S1:V= akNt.e+S1. (11) 3.5.2.1-jadval Radiatsiya balansining soyasiz o‘lchov natijalari Balansomer № Galvanometr № Aylantiruvchi ko‘paytirma a= Tuzatma ko‘paytmasi k= Vaqt Hisob nomeri Galvanometrdan olingan hisob Shamol tezligi, m/s Nol holati Radiatsiya balansi Berilgan 3.5.2.2-jadval ma’lumotlar asosida radiatsiya balansi va uni tashkil etuvchilarni hisoblang. 5