RADIATSION BALANS
Reja:
1. Radiatsion balans. Radiatsion balans tenglamasi
2. Quyosh radiatsiyasi va radiatsion balansni o‘lchash.
3. Quyosh radiatsiyasining turlicha relefli yerlarga va ekinlarga tushishi
1. Radiatsion balans. Radiatsion balans tenglamasi
Faol yuzaning radiatsion balansi deb, bu yuzaga tushuvchi va undan ketuvchi
nurlanishlar oqimlari ayirmasiga aytiladi.
Radiatsion balansning kirim qismini gorizontal yuzaga tushuvchi to‘g‘ri
radiatsiya S1, sochilgan radiatsiya D va atmosferaning uchrashuvchi nurlanish Ea
tashkil qiladi. Radiatsion balansning chiqim qismi esa qisqa to‘lqin uzunlikli
qaytgan radiatsiya Rq va yer sirtining nurlanishi Eyer lardan iborat.
Agar faol yuzaning radiatsion balansini V harfi bilan belgilasak, faol yuzaning
radiatsion balansining umumiy ko‘rinishini quyidagicha yoza olamiz:
В=S1+D+ Ea−Rk−Eер ,
yoki Q= S1+D ekanligini nazarga olsak
В=Q+Ea−Rk−Eер=Q−Rk−(Eер−Еа)=Q−Rk−Ec ,
bu yerda: Q = yig‘indi radiatsiya, Es - samarali nurlanish.
Yuqoridagi (3.9) formulani quyidagicha ham yozish mumkin:
В=S
1+D−( S
1+D)⋅A+ Ea−Eер=(S
1+D)(1−А)−Ec=Q(1−А)−Ec ,
bu yerda: A-faol yuzaning albedosi.
Yutilgan radiatsiya Q(1-A) taglik yuzaning isishida, samarali nurlanish Es esa
taglik yuzaning sovishida faol rol o‘ynaydi. Sutka davomida yig‘indi radiatsiya va
samarali nurlanish miqdorlari uzluksiz o‘zgarganidan radiatsion balansning
qiymatlari ham uzluksiz o‘zgaradi.
Osmon bulut bilan to‘la qoplanganda va yerga to‘g‘ri radiatsiya
tushmayotganda V = D - Rq - Es kechasi esa qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya ham
bo‘lmaganligidan radiatsion balans V qiymatlari manfiy bo‘ladi: V= Ea- Eer=- Es ga
teng bo‘ladi.
Radiatsion balansni bilish amaliy qiziqishga ega. Chunki V ning qiymatiga
qarab faol yuzaning isishi yoki sovishini aniqlaymiz.
Agar faol qatlamga tushuvchi radiatsiyalar oqimlarining yig‘indisi, faol
qatlamdan ketuvchi radiatsiya oqimlari yig‘indisidan katta bo‘lsa, faol qatlam
isiydi. Aks holda esa faol qatlam soviydi. Radiatsion balansni turlicha vaqt
oraliqlari (minut, soat, sutka, oy va yil) uchun hisoblash mumkin va u musbat yoki
manfiy bo‘ladi.
Radiatsion balans odatda kunduzi musbat (eng sovuq davrlarni hisobga
olmaganda), kechasi esa manfiy bo‘ladi.
Quyosh botishiga 1-2 soat qolganda radiatsion balans manfiy qiymatlarga
o‘tadi yoki kechga yaqin Quyoshning ufqdan balandligi 10-15° ga teng bo‘lishidan
boshlab V ning qiymatlari manfiy bo‘ladi. Ertalab Quyosh chiqqanidan keyin
o‘rtacha 1 soat vaqt o‘tgach yoki Quyosh balandligi 10-15° dan oshgach V ning
qiymati yana musbat ishoraga o‘tadi.
Agar qor qoplami mavjud bo‘lsa, Quyosh balandligi 20-25° ga etgandan
keyingina V musbat qiymatlarga o‘tadi.
Kunduzi ho ortishi bilan V ning qiymatlari ham orta boradi, tushdan keyin ho
ning kamayishi bilan V ning qiymatlari ham kamayadi.
O‘zbekistonning shimoliy hududlari uchun radiatsion balansning yillik qiymati
1885 MJ/m2, janubiy hududlari uchun 2807, baland tog‘li hududlarda 1424 MJ/m2
ga yaqin.
O‘zbekistonning eng janubiy hududlari va sovuq havo oqimlari kirolmaydigan
joylar uchun V yil bo‘yi musbat.
O‘zbekistonnning eng shimoliy hududlari va respublikamiz hududlarining katta
qismida qish davrida ba’zi yillari V ning qiymati – 4,19 dan – 29,3 MJ/m2 gacha
qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Respublikamizda radiatsion balans manfiy
qiymatlardan musbat qiymatlarga o‘rtacha mart oyi boshlarida o‘tadi. Musbat
qiymatlardan manfiy qiymatlarga oktyabr oxirida-noyabr boshlarida o‘tadi.
Qishloq xo‘jalik dalalarining radiatsion balansini bilish Quyoshning ufqdan
turlicha balandliklarida, ekinlarni ekishning turlicha sxemalarida va o‘simlik
rivojlanishining turlicha fazalarida o‘simlik va tuproq yutgan radiatsiyani aniqlash
imkonini beradi.
Tuproqning harorati va namligi, bug‘lanishi va boshqa kattaliklarni
boshqarishda qo‘llanilgan tadbirlarni baholash uchun turlicha turdagi o‘simliklar
qoplamlarida qishloq xo‘jalik dalalarining radiatsion balansi aniqlanadi.
2. Quyosh radiatsiyasi va radiatsion balansni o‘lchash.
Hozirgi vaqtda aktinometrik kuzatishlarda quyosh radiatsiyasi oqimlarini
o‘lchash uchun mutlaq va nisbiy usullar qo‘llani-ladi. SHuning uchun bu usullarga
mos ravishda mutlaq va nisbiy asboblar ishlab chiqarilgan.
Mutlaq asboblarda quyosh radiatsiyasi energetik yoritilganligini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kal/sm2∙min (yoki Vt/m2) birliklarda o‘lchanadi va ular hozirgi vaqtda nisbiy
asboblarni darajalash va tekshirish uchun qo‘llaniladi.
Nisbiy asboblar meteorologik stansiyalardagi muntazam olib boriladigan
kuzatishlarda, ekspeditsiyalarda va dala kuzatishlarida ishlatiladi.
To‘g‘ri radiatsiyani o‘lchash uchun ishlatiladigan asbobni aktinometr deb
yuritiladi.
Hozirgi vaqtda to‘g‘ri quyosh radiatsiyasini o‘lchashda eng ko‘p
qo‘llaniladigan nisbiy asbob Savinov-Yanishevskiy termoelektrik aktinometridir.
Aktinometr ishlashi uchun termoelektrik effekt asos qilib olingan. Ma’lumki,
ikki xil metall o‘tkazgichning ikkala uchlarini o‘zaro kavsharlab, berk elektr zanjiri
hosil qilsak, kavsharlangan uchlarning haroratlari bir-biridan farq qilsa, mazkur
zanjirdan juda oz miqdorda tok o‘tadi. Zanjir ochiq bo‘lganda vujudga keladigan
termo elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) ning kattaligi kavsharlangan uchlar
haroratlari ayirmasiga va kavsharlangan o‘tkazgichlarning moddalariga bog‘liq
bo‘ladi.
Kattaroq tok olish uchun bunday termo juftlarni o‘zaro ketma-ket ulanadi.
Termoelektrik aktinometrlarning asosiy qismlari: termobatareyali yutgich,
ichiga termobatareyali disk joylashtirilgan trubka va shtativdan iborat.
Aktinometrning asosiy qismi, ya’ni termobatareyali yutgich manganin va
konstantan poloskalarining ketma-ket ulanishidan hosil qilingan termobatareya
yulduzcha shaklida joylashtiriladi.
Barcha toq nomerli kavsharlangan uchlar markaz atrofida, juft nomerli
kavsharlangan uchlar esa chekkada o‘rnatiladi.
Aktinometrdan foydalanilgan vaqtda termoyulduzchaning ikkala uchini GSA-1
tipdagi galvanometrga ulanadi.
Aktinometr trubkasining ochiq uchi ro‘parasiga teskari tomoniga toq nomerli
kavsharlar yopishtirilgan va quyosh nurlari tushadigan tomoni qoraytirilgan
kumush disk joylashtiriladi. Mis halqa esa trubkaning chetiga quyosh nurlari
tushmaydigan qilib joylashtirilgan. Agar aktinometr trubkasini Quyoshga qaratsak,
markazdagi kumush disk to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi ta’sirida isiydi, mis halqa esa
isimaydi. To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligi qanchalik katta
bo‘lsa, issiq va sovuq kavsharlar orasidagi haroratlar ayirmasi ham shunchalik orta
boradi. Natijada hosil bo‘ladigan termotokning kattaligi ham to‘g‘ri quyosh
radiatsiyasi energetik yoritilganligiga to‘g‘ri mutanosib ravishda ortadi.
Aktinometrga ulangan galvanometr uchun avvaldan ma’lum bo‘lgan aktinometr
doimiysiga ko‘paytirish bilan kal/sm2∙min (yoki Vt/m2) birliklarga o‘tkaziladi.
Yig‘indi va sochilgan radiatsiyani o‘lchash uchun ishlatilgan asbobni
piranometr deb yuritiladi. Meteorologik stansiyalarda yig‘indi va sochilgan
radiatsiyalarni o‘lchashda asosan Yanishevskiy piranometri ishlatiladi. Bu asbob
ham aktinometr singari termoelektrik effektga asoslanib ishlaydi.
Piranometrning asosiy qismi termobatareyadan iborat bo‘lib, termobatareya bir-
biriga ketma-ket kavsharlangan manganin va konstantan poloskalardan iborat.
Barcha poloskalar gorizontal tekislikda joylashtirilib, yorug‘lik nurlarini qabul
qiladigan plastinka vazifasini bajaradi. Termobatareyaning barcha toq nomerli
(isitilmaydigan) kavsharlangan sirti magneziy bilan oq rangga bo‘yalgan.
Termobatareyaning juft nomerli kavsharlari esa qoraga bo‘yalgan.
Shunday qilib, piranometrning nur tushadigan termobatareyasining qora va oq
rangga bo‘yalgan katakchalari ketma-ket almashadigan qilib o‘rnatilgan. O‘lchash
vaqtida termobatareyaning uchlariga mahkamlangan mis simlari GSA-1 tipdagi
galvanometrga ulanadi.
Nurlanish oqimi tushuvchi sirtga to‘g‘ri va sochilgan radiatsiya ayni bir vaqtda
tushadi. Ammo oq katakchalar o‘ziga tushuvchi quyosh radiatsiyasining 15% ini
yutsa, qora katakchalar esa quyosh radiatsiyasining 98% ini yutadi. Natijada, oq va
qora termo kavsharning harorati bir-biridan farq qiladi. Bu haroratlar ayirmasi
nurni yutadigan sirtga tushuvchi radiatsiya miqdoriga to‘g‘ri mutanosibdir.
Zanjir berk bo‘lganda termobatareyada haroratlar ayirmasiga mutanosib
ravishda termotok hosil bo‘ladi. Uning kattaligini piranometrga ulangan
galvanometr strelkasining og‘ishidan
bilamiz. Galvanometr strelkasining
ko‘rsatishlarini kal/sm2∙min (yoki Vt/m2) da ifodalash uchun galvanometr strelkasi
ko‘rsatishini aktinometr doimiysiga ko‘paytiriladi.
Aktinometr doimiysining qiymatini aktinometrik (yoki meteorologik)
stansiyalarda mazkur aktinometrni tekshirtib aniqlanadi. Agar faqat piranometrgina
bor bo‘lsa, u holda shu piranometr va unga ulangan galvanometr uchun
o‘tkazuvchan doimiy ma’lum bo‘lishi kerak. Bunda o‘tkazuvchan doimiyning
qiymati shu piranometr va galvanometrgagina tegishli ekanligini unutmasligimiz
kerak.
Kuzatishlar vaqtida piranometrning qabul qiluvchi qismi (termobatareya)
gorizontal holatda o‘rnatiladi. Sochilgan radiatsiyani o‘lchashda piranometrni
to‘g‘ri quyosh radiatsiyasidan maxsus ekran bilan to‘siladi. Yig‘indi radiatsiyani
o‘lchashda to‘suvchi ekranni chetga surib qo‘yiladi. Gorizontal sirtga tushayotgan
yig‘indi va sochilgan radiatsiyalarni o‘lchab, gorizontal sirtdagi to‘g‘ri quyosh
radiatsiyasining energetik yoritilganligini S1 = Q - D tarzida ham aniqlash mumkin.
Qaytgan radiatsiyani ham o‘lchashga moslashtirilgan piranometrni albedometr
deb yuritiladi.
Buning uchun asboblarning qabul qiluvchi qismini yuqoriga (Q ni o‘lchash
uchun) va pastga (Rq ni o‘lchash uchun) qaratishga xizmat qiladigan moslamadan
foydalaniladi. Albedometr yordami bi-lan yig‘indi va qaytgan radiatsiyani o‘lchab
A=Rq / Q formula yordamida taglik yuzaning albedosini hisoblanadi. Dala sharoitida
o‘lchashlar o‘tkazishda ko‘chma albedometrdan foydalaniladi.
Faol yuzaning radiatsion balansini o‘lchash uchun termoelektrik balansomer
qo‘llaniladi.
Yuqorida qaralgan asboblardan tashqari tabiiy yoritilganlikni o‘lchash uchun
fotometrik asboblyuksmetr qo‘llaniladi. FFR ni o‘lchash uchun turli xil asboblar
ishlatiladi. Quyosh yog‘dusining davomiyligini aniqlash uchun geliograf qo‘llaniladi.
Bu asboblarning tuzilishi va asboblar yordamida o‘lchashlar o‘tkazish usullari
agrometeorologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun qo‘llanmalarda mufassal
keltirilgan.
3. Quyosh radiatsiyasining turlicha relefli yerlarga va ekinlarga tushishi.
Ma’lumki, quyosh radiatsiyasi yerdagi turlicha relefli yerlarga: tekisliklarga,
jarliklarga, tog‘ cho‘qqilariga, dunyoning turli tomonlariga qaragan va ufqqa
qiyaligi turlicha bo‘lgan yonbag‘irliklarga tushadi. Ular orasidan tekisliklarga va
yonbag‘irliklarga tushadigan quyosh radiatsiyasining miqdorini bilish qishloq
xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega.
To‘g‘ri quyosh radiatsiyasining faol yuzaga oz yoki ko‘p tushishi quyosh
nurlarining bu yuzaga tushish burchagiga bog‘liq.
Agar Quyoshning ufqdan balandligi ho = 90° bo‘lsa, Quyosh zenitda bo‘lib,
olingan yuzaga tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya oqimi eng ko‘p bo‘ladi. Ekvatordan
chetlashgan sari ho ning maksimal qiymati ham kamaya boradi. Bundan tashqari
quyosh balandligi kunduz davomida o‘zgarib boradi. Quyosh balandligi pasaygan
sari birlik yuzaga tushadigan to‘g‘ri radiatsiya oqimi ham kamayadi.
Gorizontal yuzaga tushuvchi quyosh radiatsiyasining energetik yoritilganligini
quyidagi formula yordamida aniqlanishini bilamiz: S1=S·sinho, bu erda S to‘g‘ri
quyosh radiatsiyasining quyosh nurlariga tik yuzadagi energetik yoritilganligi.
Quruqlik, ayniqsa dehqonchilik hududlari tekis gorizontal erlardan tashqari
dunyoning turli tomonlariga qaragan va qiyaligi turlicha yonbag‘irlardan tashkil
topgan. Bunday yerlarga quyosh nurlarining tushish burchagi Quyosh
balandligidan tashqari yuzalarning ufq chizig‘i bilan hosil qilgan burchagiga va bu
yuzalarning dunyoning qaysi tomoniga qaratilganligiga bog‘liq.
Quyosh nurlari ufq bilan a burchak hosil qilgan sharqqa tomon og‘ma sirtga