Raqamli texnologiyalar va ularning zamonaviy iqtisodiyotdagi roli
Yuklangan vaqt
2024-02-19
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
185,5 KB
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK” FAKULTETI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“Byudjet nazorati va g’aznachiligi” yo’nalishi “Iqtisodiyotda
informatsion kommunikatsion texnalogiyalar” fanidan
“Raqamli texnologiyalar va ularning zamonaviy iqtisodiyotdagi roli”
mavzusida tayyorlangan
REFERAT
O’qituvchi:
Toshkent – 2022
2
REJA:
Kirish
1. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
2. Raqamlashtirish – yangi iqtisodiy texnologiyalarning yo‘ldoshi
3. Raqamli texnologiyalar va uning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati
4. Raqamli sektorlar va ularning iqtisodiy ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
K I R I SH
Bugungi zamonda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari
taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar
nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada
odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy
iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, va
ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek
qo‘yadi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy
hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor
vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida
belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash
hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish
uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va
dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya
infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda
istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha
ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning
integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli
tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.
4
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan
jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va
platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni
minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni
qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson
yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan,
raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.
«Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va
ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa
internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda
axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion
sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70
foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion
xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini
(kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.
Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy
iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois
ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli
iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.
Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol
ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga
ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz
aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda
o‘sib boradi.
Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot
texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik
5
muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart
iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan
ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida
avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi.
Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish
uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat
sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production»,
addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga
qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun
zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar
muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni
boshdan kechiradi.
Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma-bosqich
chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda:
axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal
xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli
shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;
yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish
(pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);
o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik
uylarni barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish;
autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil
shakllarini keng targ‘ib qilish;
muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga
xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.
Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va
elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida
6
xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar
buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni
tanlash, elektron savdoni yuritish, to‘lovlar va boshqalarga tegishlidir.
Texnologik raqamli muhit – bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi
faoliyat uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan «akvarium»
hisoblanadi. Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish
sur'atlarini o‘zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga
imkoniyat
yaratadi.
Bundan
tashqari,
tadqiqotchilar
qisqa
saqlanadigan
mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari
ko‘plab kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko‘lamdagi
amallar tezroq, arzonroq, qulayroq va o‘rtadagi vositachilarsiz bajariladi.
Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar
kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar
sohalarda avtomatik tarmoqli servislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova
kabi) biznesdagi vositachilar o‘rnini egallamoqda.
Buning samarasi o‘laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli
darajada tushirishi, makroiqtisodiy yo‘nalishda esa yakka ishlab chiqarish va
noto‘liq bandlik ko‘rsatkichlari o‘sishi mumkin. Shuningdek, kraudfanding va
kraudsorsing kabi yo‘nalishlar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga
kiritilmoqda.
Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida
qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik
va manfaatlarni baham ko‘rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda.
Bu esa bozordagi raqobat o‘z o‘rnini o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga va
hamkorlikka faol bo‘shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o‘zaro teng
munosabatlar va bir-birini to‘ldiruvchi xizmatlarga o‘tishiga umid uyg‘otadi.
7
Taxminlarga ko‘ra, bu servislar sonining ortishi va xizmatlarga doir elektron
savdo hajmining o‘sishida o‘z aksini topadi.
Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan
ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va
raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini
vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.
Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10
foizga ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin
ekan.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili
taxminan 20 foizga o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz
atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi.
2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko‘lamini
20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM)
8
baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday
iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi.
Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat
qiladi, ushbu sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq
yaratadi.
Biroq
IT
yo‘nalishining
yuksalishi
yangi
texnologiyalarni
o‘zlashtirayotgan boshqa sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT
sohasida yaratilgan har 1ta yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni
to‘g‘ri keladi).
Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi
ufqlarni dadil ochib bermoqda.
Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning
rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi
turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida
xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan
umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda
taqsimlanmaydi.
Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun texnologiyalarning
Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to‘ldiruvchilar» deb nomlangan
boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi.
Ular qatorida:
faol ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda biznes va
insonlarga
raqamli
iqtisodiyot
texnologiyalaridan
raqobat
va
innovatsiyalar,
xarajatlarni
qisqartirish,
shuningdek,
turmush
farovonligini oshirish uchun foydalanishga imkon beradigan normativ-
huquqiy baza;
biznes menejmenti va davlat xizmatchilarida axborot texnologiyalarini
qo‘llashga doir to‘laqonli ko‘nikmalar;
9
axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida konsalting
xizmatlarini ko‘rsatadigan institutlar (davlat va xususiy) o‘rin olgan.
Raqamli iqtisodiyot hosil qiladigan effektlarni to‘liq sanab o‘tish ancha
murakkab ish, binobarin, elektron servislar va metama'lumotlardan foydalanish
imkoniyati iqtisodiy obektlarga taqdim etadigan aloqalarni to‘laqonli tarzda
baholash
ancha
mushkuldir.
Shu
bois
axborotlashtirishga
sarflanadigan
investitsiyalarning muhimligini, ayniqsa davlat darajasida asoslash bir qadar qiyin
vazifa hisoblanadi. U yoki bu sohada yaratilgan gigibayt axborotni real holatda har
doim ham hisoblab chiqishning imkonsizligi o‘z-o‘zidan tushunarli hodisadir.
Axborot platformalarini birlashtirish natijasida paydo bo‘lgan muloqot
modellari yangi iqtisodiy texnologiyalarning (YaIT) paydo bo‘lishiga turtki beradi.
YaIT – bu tashkiliy boshqaruv tizimlariga biror maqsadga xizmat qiladigan
axborot (ma'lumotlar, g‘oyalar va bilimlar) mahsulotlarini yaratish, ularni uzatish,
saqlash va aks ettirish uchun yaxlit texnologik platformaga birlashuvchi va iqtisodiy
agentlar muloqotiga sarflanadigan trakzaksion xarajatlarni maksimal darajada
kamaytiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlashga doir har jihatdan yangi «sozlanuvchi»
vositalar va metodlar yig‘indisidir.
YaITning asosiy tamoyillari:
tubdan yangi biznes modellarni yaratish;
har xil IT xizmatlarni oqilona birlashtirish va ulardan foydalanish
metodlarini real iqtisodiyot sektoridagi tashkiliy va texnologik
jarayonlarda qo‘llash;
tranzaksion xarajatlar va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan moddiy
resurslarni minimallashtirish.
YaIT raqamli texnologiyalar asosida mavjud iqtisodiy realiyalarda rivojlanib
boradi. Avvalroq ishlab chiqarish, savdo va moliyaga oid texnologiyalar paydar-pay
takomillashib kelgan bo‘lsa, hozir yuzaga kelgan YaITlar gorizontal munosabatlarga
(o‘z-o‘zini tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion tadbirkorlik (o‘z-o‘zini
10
rivojlantirish), axborot muhandisligi (o‘z-o‘zini takomillashtirish) va iqtisodiy
jarayonlarning avtoformalizatsiyasiga (avtomatik tuzilish) tayanch vazifasini
o‘tamoqda.
YaITning chinakam asosini axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta
ishlashga mo‘ljallangan data-markazlar va zamonaviy AT platformalari
shakllantiradi. Bunda boshqaruvga doir konsalting va biznes tahlilga aloqador
xizmatlarni taqdim qilish yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot-konsalting xizmatlari va davlat taraqqiyot agentliklari singari yangi
institutlar ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi bo‘lib
xizmat qiladi.
Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli
iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu
maqsadlar uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi