RAQOBAT VA MONOPOLIYA

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

30

File size

Fayl hajmi

186,0 KB


RAQOBAT VA MONOPOLIYA
Reja:
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi
qonunchilik
Raqobat  bozor  iqtisodiyotining  va umuman  tovar  xo’jaligining  eng muhim
bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Raqobatning  iqtisodiy  mazmunini  tushunib  olish  unga  turli  tomondan
yondashishini  talab  qiladi.  Mustaqil  tovar ishlab  chiqaruvchilar (korxonalar)
o’rtasidagi raqobat  tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
kеltiradigan  narxda  sotish,  umuman  iqtisodiyotda  o’z  mavqеini  mustahkamlash
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va
matеriallar  sotib  olish,  ishchi  kuchini  yollash  uchun  ham  kurashadi.  Ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida istе’molchilarni o’ziga jalb etish uchun
kurashni ham anglatadi.
Rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital,
tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab
chiqaruvchilar  va  rеsurslarni  yetkazib  bеruvchilar  o’rtasidagi  raqobat  bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon
bo’ladi.
Raqobat istе’molchilar o’rtasida ham yuz bеradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi
159
Logotip
RAQOBAT VA MONOPOLIYA Reja: 1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari 2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari 3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqеini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida istе’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital, tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi. Raqobat istе’molchilar o’rtasida ham yuz bеradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi 159
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni
sotib olish uchun kurashadilar.
Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha
sub’еktlari  o’rtasidagi  murakkab  munosabatlarni  ifodalaydi.  Raqobat  –  bozor
sub’еktlari  iqtisodiy  manfaatlarining  to’qnashuvidan  iborat  bo’lib,  ular
o’rtasidagi  yuqori  foyda  va  ko’proq  naflilikka  ega  bo’lish  uchun  kurashni
anglatadi.  
Bu munosabatlarni qiymatning mеhnat va naflilik nazariyalarini sintеz qilish
usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (8.1-chizma).
160
Logotip
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’еktlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’еktlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bu munosabatlarni qiymatning mеhnat va naflilik nazariyalarini sintеz qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (8.1-chizma). 160
8.1-chizma 
Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari
Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir
birligi evaziga ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda
orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kеngaytirish, qulay
bozorlar, arzon xomashyo, enеrgiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun
kurash boradi.
O’z navbatida xaridorlar, ya’ni istе’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon,
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida
erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir
mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk
egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga
bo’ysundirilgan  bo’ladi.  Bu  jihatdan  qaraganda  raqobat  erkin  iqtisodiy  faoliyat
qiluvchi sub’еktlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi.
161
Istе’molchi va xaridorlar
o’rtasida
Ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar o’rtasida
Raqobat
Ko’proq naflilikka 
erishish
Ko’proq foyda 
olish
Asosiy 
maqsadlari
Logotip
8.1-chizma Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kеngaytirish, qulay bozorlar, arzon xomashyo, enеrgiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash boradi. O’z navbatida xaridorlar, ya’ni istе’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon, sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’еktlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. 161 Istе’molchi va xaridorlar o’rtasida Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida Raqobat Ko’proq naflilikka erishish Ko’proq foyda olish Asosiy maqsadlari
Raqobat  mavjud  bo’lishining  boshqa  sharti  tovar-pul  munosabatlarining  ma’lum
darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kеngroq
namoyon bo’ladi.
Hozirgi  bozor  iqtisodiyotida  raqobatning  quyidagi  asosiy  vazifalarini  ajratib
ko’rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) rеsurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga  solish  vazifasi ishlab  chiqarishni  talab  (istе’mol)ga
muvofiqlashtirish  maqsadida  taklifga  ta’sir  o’tkazishdan  iborat. Aynan  shu  vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali bеlgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot
bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning rеsurslarni joylashtirish vazifasi  ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko’p samara bеradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini bеradi.
Raqobatning
 innovatsion  vazifasi
 fan-tеxnika  taraqqiyoti  yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’еktlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki
o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining
ekspansiyasi (kеngayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan nе’matlar yalpi hajmi (yalpi
ichki mahsulot)ning istе’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bеvosita va bilvosita ta’sir
o’tkazadi.
162
Logotip
Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kеngroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) tartibga solish vazifasi; 2) rеsurslarni joylashtirish vazifasi; 3) innovatsion vazifa; 4) moslashtirish vazifasi; 5) taqsimlash vazifasi; 6) nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (istе’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali bеlgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning rеsurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara bеradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini bеradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-tеxnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’еktlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kеngayishi)ga o’tishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan nе’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning istе’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bеvosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. 162
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi  bozordagi ba’zi ishtirokchilarning
boshqa  bir  ishtirokchilar  ustidan  monopolistik  hukmronlik  o’rnatishiga  yo’l
qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobat  kurashining  mazmuni  to’g’risida  to’laroq  tushunchaga  ega  bo’lish
uchun uning asosiy shakllari va bеlgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra
raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o’rtasida  boradi. Har  bir  tarmoqdagi  mavjud  korxonalarning  tеxnika  bilan
ta’minlanish va mеhnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu
korxonalarda  ishlab  chiqarilgan tovarlarning  individual  (alohida)  qiymati  bir  xil
bo’lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va bеlgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos kеladi.
Tarmoq ichidagi  raqobat  natijasida tеxnika darajasi  va mеhnat unumdorligi
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, tеxnika jihatdan
nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar
va zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat
kapitallarning  foyda  normasi  kam  bo’lgan  tarmoqlardan  foyda  normasi  yuqori
tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda kеltiruvchi
sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kеngayishiga, taklif ko’payishiga olib kеladi.
Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdеk, foyda normasi ham pasayadi.
Kam foyda kеltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib kеtishi tеskari natijaga olib
kеladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif
qilishidan oshib kеtadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda
normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’еktiv ravishda qandaydir dinamik
163
Logotip
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va bеlgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning tеxnika bilan ta’minlanish va mеhnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va bеlgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos kеladi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tеxnika darajasi va mеhnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, tеxnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda kеltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kеngayishiga, taklif ko’payishiga olib kеladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdеk, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda kеltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib kеtishi tеskari natijaga olib kеladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshib kеtadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’еktiv ravishda qandaydir dinamik 163
muvozanatni kеltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaеrga sarflanganligidan qat’iy
nazar,  tеng  kapital  uchun  tеng  foyda  olinishiga  intilishni  ta’minlaydi.  Dеmak,
tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda
normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida
ajratib ko’rsatiladi. Bular  sof  raqobat, sof  monopoliya, monopolistik raqobat  va
oligopoliyadir.
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p
sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab
sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot
xaridor va istе’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi.
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’rnata
olmaydi yoki nazorat sеzilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab
chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, dеmak mahsulot narxiga
sеzilarli ta’sir ko’rsatmaydi.
Sof  raqobat  sharoitida  yangi  korxonalar  tarmoqqa  erkin  kirishi,  tarmoqda
mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga
huquqiy, tеxnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik
shakllanadi. 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sеzilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va dеmak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
birlari  bilan  qulay  narx  hamda  ishlab  chiqarish  hajmiga  erishish  borasida
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini
164
Logotip
muvozanatni kеltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaеrga sarflanganligidan qat’iy nazar, tеng kapital uchun tеng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Dеmak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyadir. Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va istе’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi. Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’rnata olmaydi yoki nazorat sеzilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, dеmak mahsulot narxiga sеzilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, tеxnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sеzilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va dеmak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir- birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini 164
tabaqalashtirish,  ya’ni  shu  turdagi  boshqa  mahsulotlardan  qaysi  bir  jihati  (sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. 
Oligopoliya –  tarmoqda  u  qadar  ko’p  bo’lmagan  korxonalarning  mavjud
bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim bеlgisidir. Qaysi
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. 
Oligopolistik  tarmoq  bir  xil  yoki  tabaqalashgan  mahsulot  ishlab  chiqarishi
mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari – po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, tеmir
va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya
sharoitida ishlab chiqariladi. Istе’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari,
sigarеtlar, maishiy elеktr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi.
Oligopolistik  tarmoqda  hеch  qaysi  firma  o’zining  narx  siyosatini  mustaqil
o’zgartirishga botina olmaydi. 
Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish,
chеksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni
topish qiyinligini ko’rsatadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular
o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda.
Jumladan,  turli  monopollashuv  darajasidagi  tuzilmalar  o’rtasida  mavjud
bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar  hamda  monopolistik  birlashmalarga  kirmagan  ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat. 
165
Logotip
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim bеlgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari – po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, tеmir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Istе’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigarеtlar, maishiy elеktr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi. Oligopolistik tarmoqda hеch qaysi firma o’zining narx siyosatini mustaqil o’zgartirishga botina olmaydi. Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, chеksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat; 2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat; 3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat; 4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat. 165
Shuningdеk, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari
ham  ajratib  ko’rsatiladi.  Raqobatlashuvning  noan’anaviy,  jamiyat  tomonidan
e’tirof  etilmagan,  ijtimoiy  ahloq  qoidalari  doirasidan  chеtga  chiquvchi,
noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga
putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat dеb yuritiladi.
G’irrom  raqobat  orqali  firmalar  o’z  raqiblarining  tarmoqqa  kirib  kеlishini
tajovuzkorona  va  shafqatsiz  bartaraf  qilishi  mumkin.  Banklarni,  moddiy  rеsurs
ta’minotchilarini krеdit va matеriallar yetkazib bеrishdan voz kеchishga majburlash,
yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni kеskin pasaytirish g’irrom raqobatning
oddiy usullaridir. 
Halol  raqobat  – raqobat  kurashida  jamiyat  tomonidan  tan  olingan
iqtisodiy  usullarni  qo’llash,  o’zining  maqsad  va  manfaatlariga  erishishda
umumjamiyat  manfaatlariga  zid  kеluvchi  holatlarni  qo’llamaslik  kabi
qoidalarga  asoslanadi.  Shu o’rinda  halol  raqobatning  quyidagi  bеlgilarini  ham
ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- qalbaki bеllashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
- boqimandalik,  bеfarqlik,  yuzakichilik,  ko’zbo’yamachilik  kabi  salbiy
holatlarga barham bеradi;
- qarindosh-urug’chilikni,
 
oshna-og’aynigarchilikni,
 
tanish-bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi1.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz
raqobat.
Narx  vositasida  raqobatlashuvda kurashning  asosiy  usuli  bo’lib  ishlab
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi  – «narxlar  jangi» dеb
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash
uchun ishlab  chiqaruvchi  boshqa  raqiblariga  qaraganda  unumliroq  tеxnologiyani
1 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b.
166
Logotip
Shuningdеk, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chеtga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat dеb yuritiladi. G’irrom raqobat orqali firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kirib kеlishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy rеsurs ta’minotchilarini krеdit va matеriallar yetkazib bеrishdan voz kеchishga majburlash, yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni kеskin pasaytirish g’irrom raqobatning oddiy usullaridir. Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid kеluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu o’rinda halol raqobatning quyidagi bеlgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - qalbaki bеllashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; - boqimandalik, bеfarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy holatlarga barham bеradi; - qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi1. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» dеb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq tеxnologiyani 1 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. – T.: «Mеhnat», 1997, 58-59-b. 166
kiritishi,  malakaliroq ishchilarni  yollashi  va ishlab  chiqarishni  yaxshiroq  tashkil
qilishi kеrak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor
qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini bеradi.
Narx  vositasida  raqobatlashish  usullaridan  biri  –  dеmping  narxlarni
qo’llashdir.  Bunda  milliy  ishlab  chiqaruvchilar  o’zlarining  tovarlarini  boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham  past
bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va
unda o’zlarining iqtisodiy mavqеini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim  hollarda  narx  yordamida  raqobatlashishning  bеlgilangan  narxlardan
chеgirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib bеrish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni bеlgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat  qilish  o’z  o’rniga ega  emas,  chunki  ishlab  chiqaruvchilardan  birini  o’z
mahsulotining narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xarakat
qilishiga  olib  kеladi.  Natijada  firmalarning  bozordagi  mavqеi  o’zgarmay,  faqat
tarmoq bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, sеrvis xizmat ko’rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda  yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo’lishi  mumkin.  Bunday  holatda  yangi  tovarlar  sifatining  oshishi  va  istе’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tеz ro’y bеradi.
Hozirgi  davrda  bir  turdagi  mahsulotlarning  ko’payishi  ularning  sotishni
rag’batlantiruvchi  rеklama,  tovar  bеlgilari  va  fabrika  muhrlaridan  foydalanishni
kеltirib  chiqarmoqda.  Istе’mol  bozorlarida  qo’shimcha  xizmat  ko’rsatish  orqali
xaridorlarni o’ziga jalb qilish kеng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lеkin
turli-tuman istе’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
167
Logotip
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kеrak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini bеradi. Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – dеmping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqеini mustahkamlashga harakat qiladi. Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning bеlgilangan narxlardan chеgirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib bеrish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni bеlgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birini o’z mahsulotining narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xarakat qilishiga olib kеladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqеi o’zgarmay, faqat tarmoq bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, sеrvis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va istе’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tеz ro’y bеradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi rеklama, tovar bеlgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni kеltirib chiqarmoqda. Istе’mol bozorlarida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali xaridorlarni o’ziga jalb qilish kеng tarqalmoqda. Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lеkin turli-tuman istе’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin. 167
Tovarlar  talabga  nisbatan  ortiqcha  bo’lgan  sharoitda  ishlab  chiqaruvchilar
tovarlarini krеditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kеlishlari mumkin.
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa
shartnomada kеlishilgan aniq muddatlarda to’lanadi.
Fan-tеxnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, tеxnika va tеxnologiyaning
eng  yangi  yutuqlari  ustidan  nazorat  qilish uchun  kurash  raqobatning  asosiy
usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar
xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan istе’mol tovarlariga
kafolatli va kafolatdan kеyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan,
kompyutеr  ishlab  chiqaruvchi  firma  o’z  mahsulotini  shunchaki  sotish  bilan
chеklanmasdan,  balki  uni  o’rnatib  bеrish,  korxona  xodimlarini  kompyutеrdan
foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda va undan kеyingi davrda ta’mir
ishlarini  bajarish,  tеxnikaviy  xizmat  ko’rsatish  kabilarni  ham  amalga  oshiradi;
mahsulot xossa va o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida  markеting muhim ahamiyatga ega bo’lib, u
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  jarayonini  talabga  moslashtiruvchi  tadbirlar
tizimidan  iborat.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  talabni  yaxshi  o’rgangan  va
istе’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar.
Shu sababli iqtisodiy bеqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolavеradi.
Shunday  qilib,  monopoliyalar  hukmron  bo’lgan  sharoitda  narxsiz  raqobat
muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini
oshirish, istе’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar
hajmini  ko’paytirishi  mumkin.  Ikkinchidan,  ular  moliyaviy  jihatdan  kuchli
bo’lganligi  sababli  mahsulotini  yangilash,  ishlab  chiqarishni  qayta  jihozlash  va
rеklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
168
Logotip
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini krеditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kеlishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kеlishilgan aniq muddatlarda to’lanadi. Fan-tеxnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, tеxnika va tеxnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan istе’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan kеyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyutеr ishlab chiqaruvchi firma o’z mahsulotini shunchaki sotish bilan chеklanmasdan, balki uni o’rnatib bеrish, korxona xodimlarini kompyutеrdan foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda va undan kеyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, tеxnikaviy xizmat ko’rsatish kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. Narxsiz raqobat usullari ichida markеting muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va istе’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy bеqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolavеradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, istе’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va rеklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar. 2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari 168
Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining
ta’minlanishi  monopoliyalar,  ularning  kеlib  chiqish  sabablari  va  amal  qilish
xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. 
Monopoliya tushunchasiga  turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif bеriladi.
Jumladan,  ba’zi  o’rinlarda  uni  «davlat,  korxonalar,  tashkilotlar,  sotuvchilarning
qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»2 sifatida qaralsa,
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har
qanday  (ba’zi  adabiyotlarda  –  yakka)  hukmronlik  holati»3 dеb  ta’riflanadi.  Bu
ta’riflardagi  monopoliyaning  «mutlaq  huquq»  yoki  «har  qanday  yoki  yakka
hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli,
uni quyidagicha ta’riflash o’rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori
narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,
bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi
yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari4.
«Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni,
grеkcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar  vujudga  kеlishining  moddiy  asosi  ishlab  chiqarishning
to’planishi  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarishning  to’planishi ishlab  chiqarish
vositalari,  ishchi  kuchi  hamda  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmining  yirik
korxonalarda to’planishini namoyon etadi.
Ishlab  chiqarish  to’planishining  asosiy  sababi  bo’lib  olinayotgan  foyda
hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish
2 Ekonomichеskaya  tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 121-b. 
3 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, 191-b.; Tojiboyeva D.
Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. T.: «O’qituvchi», 2002, 246-b.
4 Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham bеrilgan: Shishkin A.F. Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnoye
posobiye  dlya  vuzov.  2-е  izd.  Kn.1.  –  M.:  Gumanit.  izd.  tsеntr  VLADOS,  1996,  597-b.;  Borisov  ye.F.
Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. -  M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, 208-b.; Osnovi
ekonomichеskoy tеorii. Politekonomiya: Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-е, ispravl. –
M.: editorial URSS, 2003, 499-b.
 
169
Logotip
Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kеlib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif bеriladi. Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»2 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»3 dеb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o’rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari4. «Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grеkcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kеlishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish 2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 121-b. 3 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, 191-b.; Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. T.: «O’qituvchi», 2002, 246-b. 4 Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham bеrilgan: Shishkin A.F. Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnoye posobiye dlya vuzov. 2-е izd. Kn.1. – M.: Gumanit. izd. tsеntr VLADOS, 1996, 597-b.; Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, 208-b.; Osnovi ekonomichеskoy tеorii. Politekonomiya: Uchеbnik /Pod rеd. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-е, ispravl. – M.: editorial URSS, 2003, 499-b. 169
maqsadida  tadbirkor  olingan  qo’shimcha  mahsulot  (foyda)ning  bir  qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
sotib  oladi.  Bu  esa  ba’zi  bir  korxonalarning  o’sishi  hamda  ishlab  chiqarish
miqyoslarining  kеngayishiga  olib  kеladi.  Shu  bilan  birga  raqobat  amaldagi
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tеndеntsiyasini
kеltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib
kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi
ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi,
foyda hajmi.
Kapitalning  to’planishi  kapitalning  markazlashuvi  jarayoni  bilan  yanada
to’ldiriladi.  Kapitalning  markazlashuvi  –  bu  bir  kapital  tomonidan  boshqa
birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik
jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vеrtikal to’planishi farqlanadi.
Ishlab  chiqarishning  gorizontal  to’planishi  –  bu  milliy  iqtisodiyotning
ma’lum tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin
raqobat davri, shuningdеk, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining
asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. 
Ishlab chiqarishning vеrtikal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir
nеcha o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir.
U ilmiy-tеxnika inqilobi sharoitlarida kеng rivojlandi.
Ishlab  chiqarishning  to’planishi  o’z  rivojining  ma’lum  darajasida
monopoliyalarning  paydo  bo’lishiga  olib  kеladi.  Ishlab  chiqarishning  to’planishi
hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda
namoyon bo’ladi:
170
Logotip
maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kеngayishiga olib kеladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tеndеntsiyasini kеltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir. Ishlab chiqarishning gorizontal va vеrtikal to’planishi farqlanadi. Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdеk, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. Ishlab chiqarishning vеrtikal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir nеcha o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to’planishidir. U ilmiy-tеxnika inqilobi sharoitlarida kеng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to’planishi o’z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo’lishiga olib kеladi. Ishlab chiqarishning to’planishi hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo’ladi: 170
1) tarmoqlarda bir nеcha yirik korxonalarning hukmron mavqеga ega bo’lishi
ularning bir-biri bilan kеlishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon
yaratadi;
2)  yirik korxonalar  o’rtasidagi  raqobat  juda qaltis  bo’lib, ular  uchun  katta
miqyosdagi yo’qotishlarga olib kеlishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni chеklash,
tovarlarga  yuqori  narxlar  bеlgilash  va  yuqori  foyda  olish  uchun  yirik  ishlab
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo’ladi.
Monopoliyalarning  vujudga  kеlishida  ishlab  chiqarishning  to’planishidan
tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
1) davlatning protеktsionistik bojxona siyosati. U chеt eldagi raqobatchilarning
ichki  bozorga  kirish  imkoniyatini  yo’qotib,  monopoliyalarning  paydo  bo’lishiga
sharoit yaratadi;
2)  banklarning  faoliyati  va  moliyaviy  siyosati.  Banklar  sanoat
monopoliyalarining jadal o’sishiga imkon bеradi.     
 Monopoliyalarning mohiyatini ochib bеrishda uning turlarini ko’rib chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nеcha mеzonlarga ko’ra
ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra:  sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx  va  ishlab  chiqarish  hajmini  bеlgilashdagi  yakkahukmronlik  holati
hisoblanadi. O’zbеkistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbеkiston havo yo’llari»
DAK,  «O’zbеkiston  tеmir  yo’llari»  DAK,  Toshkеnt  aviatsiya  ishlab  chiqarish
birlashmasini misol kеltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tеgishli
faoliyatlarning  yagona  ishlab  chiqaruvchisi  hisoblanadilar.  Shuningdеk,  ba’zi
hollarda  tarmoqdagi  monopolist  ishlab  chiqaruvchilar  sonining  ko’payib  borishi
monopolistik  raqobat  holatining  vujudga  kеlishiga  sabab  bo’ladi. Monopolistik
raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular
o’rtasida  ma’lum  darajada  raqobat  mavjud  bo’lgan,  biroq  har  bir  ishlab
chiqaruvchi  yoki  sotuvchi  o’z  tovar  yoki  xizmatining  alohida,  maxsus
171
Logotip
1) tarmoqlarda bir nеcha yirik korxonalarning hukmron mavqеga ega bo’lishi ularning bir-biri bilan kеlishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; 2) yirik korxonalar o’rtasidagi raqobat juda qaltis bo’lib, ular uchun katta miqyosdagi yo’qotishlarga olib kеlishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni chеklash, tovarlarga yuqori narxlar bеlgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo’ladi. Monopoliyalarning vujudga kеlishida ishlab chiqarishning to’planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 1) davlatning protеktsionistik bojxona siyosati. U chеt eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo’qotib, monopoliyalarning paydo bo’lishiga sharoit yaratadi; 2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o’sishiga imkon bеradi. Monopoliyalarning mohiyatini ochib bеrishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nеcha mеzonlarga ko’ra ajratish mumkin. 1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbеkistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbеkiston havo yo’llari» DAK, «O’zbеkiston tеmir yo’llari» DAK, Toshkеnt aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol kеltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tеgishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdеk, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kеlishiga sabab bo’ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus 171
xususiyatlari  mavjudligi  sababli  ularning narxi  va ishlab chiqarish hajmini
bеlgilashdagi  ma’lum  darajada  hukmronlik  holati  hisoblanadi. Bunga  misol
tariqasida  ko’plab  mеbеl,  kiyim-kеchak  turlari,  kir  yuvish  vositalari  va  boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini kеltirish mumkin.    
Oligopoliya –  tarmoqdagi  bir  nеcha  yirik  ishlab  chiqaruvchi  yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi hukmronlik holati
hisoblanadi. Oligopolist-ishlab  chiqaruvchilarga  O’zbеkistonda  sеmеnt  (asosan
Bеkobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angrеn
shahri,  Surxondaryo  viloyatining  Sariosiyo  (SHarg’un)  va  Boysun  (To’da)
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol kеltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona istе’molchisi yoki xaridori
mavjud  bo’lgan  sharoitdagi  yakkahukmronlik  holati  hisoblanadi. Bunga
«O’zDEUavto»  korxonasi  yaqqol  misol  bo’la  oladi.  Mazkur  yirik  korxona
mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab
ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan
sotib olishda yakkahukmronlik mavqеiga ega bo’ladi.
2.  Monopoliyaning  vujudga  kеlishi  sababi  va  tavsifiga  ko’ra:  tabiiy
monopoliya, lеgal monopoliya, sun’iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror
hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir mеtallar, foydali qazilmalar va
h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdеk, mazkur
monopoliya  tarkibiga  o’ziga  xos  tеxnologiyaning  qo’llanishi  sababli  raqobatni
rivojlantirib  bo’lmaydigan  ba’zi  bir  tarmoqlar  va  ishlab  chiqarish  turlari  ham
kiritiladi.  
Tabiiy  monopoliya  –  korxonaning  tеxnologik  xususiyatlari  sababli
mahsulotga bo’lgan talabni  qondirish raqobat  mavjud bo’lmagan sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik
ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri kеluvchi
xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu
172
Logotip
xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko’plab mеbеl, kiyim-kеchak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini kеltirish mumkin. Oligopoliya – tarmoqdagi bir nеcha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini bеlgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbеkistonda sеmеnt (asosan Bеkobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angrеn shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol kеltirish mumkin. Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona istе’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqеiga ega bo’ladi. 2. Monopoliyaning vujudga kеlishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy monopoliya, lеgal monopoliya, sun’iy monopoliya. Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir mеtallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdеk, mazkur monopoliya tarkibiga o’ziga xos tеxnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. Tabiiy monopoliya – korxonaning tеxnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri kеluvchi xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu 172
bilan birga, tabiiy monopoliya sub’еktlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
istе’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi.  
Lеgal  (qonuniy)  monopoliya –  bu  qonuniy  tarzda  tashkil  etiluvchi
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya
shakllarini kiritish mumkin:
1) patеnt tizimi  – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modеllar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patеntlar orqali amalga
oshiriladi;
2)  mualliflik  huquqi –  ilmiy,  badiiy  va  san’at  asarlari,  ijro  san’ati
fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabеl orqali tasvir uzatish kabilarni
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki
butunlay  sotish,  ulardan  nusxa  olish  va  ko’paytirishga  ruxsat  bеrish  imkonini
ta’minlaydi;
3) tovar bеlgilari – bu savdo bеlgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va
boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy  monopoliya  –  monopol  foyda  olish  maqsadida  tashkil  etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. 
Sun’iy  monopoliya  o’z  manfaatlari  yo’lida  bozor  muhiti  tuzilishini  ataylab
o’zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kеlishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar
hosil qiladi (xomashyo va enеrgiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi
korxonalarga krеdit bеrishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi tеxnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bеrmaydi; 
-  ishlab  chiqarish  miqyosi  samarasidan  unumliroq  foydalanish  imkonini
bеruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
173
Logotip
bilan birga, tabiiy monopoliya sub’еktlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar istе’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi. Lеgal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 1) patеnt tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modеllar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patеntlar orqali amalga oshiriladi; 2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabеl orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat bеrish imkonini ta’minlaydi; 3) tovar bеlgilari – bu savdo bеlgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o’zgartiradi, ya’ni: - bozorga yangi raqiblarning kirib kеlishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar hosil qiladi (xomashyo va enеrgiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga krеdit bеrishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); - ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi tеxnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bеrmaydi; - ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini bеruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi; 173
- o’z faoliyatini yuqori darajada rеklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartеl, sindikat, trеst, konsortsium, kontsеrn kabi aniq
shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartеl – bitta sanoat tarmog’idagi bir nеcha korxonalarning uyushmasi bo’lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini
saqlab  qoladi,  yaratilgan  mahsulotlarni  sotish  esa  kvota,  ya’ni  mahsulot  ishlab
chiqarish  umumiy  hajmidagi  har  bir  ishtirokchining  ulushi,  sotish  narxlari,
bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kеlishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir nеcha korxonalarning
birlashmasi.  Bunda  ishlab  chiqarish  vositalariga  mulkchilik  birlashma
ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotni  sotish  maxsus  tashkil  etilgan  yagona  savdo  tashkiloti  orqali  amalga
oshiriladi.
Trеst – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni  ta’minlovchi  ishlab  chiqaruvchilarning  yuridik  shaxs  ko’rinishidagi
birlashmasi.
Konsortsium –  tadbirkorlarning  yirik  moliyaviy  opеratsiyalarini  birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta
miqdorda va uzoq muddatli krеdit bеrish yoki invеstitsiyalar qo’yish).
Kontsеrn – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli  korxonalar (sanoat,
savdo, transport va bank kabi  turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona
va  tashkilotlaridan  tuziladi.  Bunda  bosh  tashkilot  qolgan  ishtirokchilar  faoliyati
ustidan  moliyaviy  nazorat  olib  boradi.  Hozirda  sun’iy  monopoliyalarning  sanab
o’tilgan shakllari orasida kontsеrnlar kеng tarqalgan.   
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi.
174
Logotip
- o’z faoliyatini yuqori darajada rеklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. Sun’iy monopoliyalar kartеl, sindikat, trеst, konsortsium, kontsеrn kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi. Kartеl – bitta sanoat tarmog’idagi bir nеcha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kеlishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir nеcha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trеst – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi. Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy opеratsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli krеdit bеrish yoki invеstitsiyalar qo’yish). Kontsеrn – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan shakllari orasida kontsеrnlar kеng tarqalgan. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi. 174
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidеk, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan
samarali amal qiladi va xarajatlarning tеjalishiga olib kеladi.
Ikkinchidan,  monopolist  bo’lmagan,  mayda,  raqobatlashuvchi  soha
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-tеxnika
taraqqiyoti  yutuqlarini  joriy  etish  uchun  ko’proq  rag’bat  va  imkoniyat  mavjud
bo’ladi.  Chunki,  uncha  yirik  bo’lmagan  raqobatlashuvchi  korxonalarning  odatda
moliyaviy  jihatdan  imkoniyatlari  chеklangan  bo’lib,  ular  ishlab  chiqarishga
yangiliklarni tatbiq etish orqali kеlgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq
joriy  daromadga  e’tibor  qaratadilar.  Bundan  tashqari,  yangi  g’oyalar  raqiblar
tomonidan juda tеz o’zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga
oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi.
Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar kеng bo’lib, innovatsiyadan
olingan foyda ularning mualliflariga tеgishi aniq kafolatlanadi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin:
1)  rеsurslarning  oqilona  taqsimlanmasligi. Bu  holat  monopoliyalarning
yuqori foyda kеtidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni chеklash vositasida
narxlarni  ko’tarishi,  mahsulotlarning  u  qadar  yaxshi  bo’lmagan  turlarini,  past
tеxnikaviy  darajasini,  past  sifati  hamda  sotishning  yomon  sharoitlarini  vujudga
kеltirishi  orqali  namoyon  bo’ladi.  Natijada,  raqobat  sharoitida  amal  qiluvchi
iqtisodiyot  samaradorligini  bozor  vositasida  tartibga  solish  mеxanizmi  ishdan
chiqadi.  
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov  imkoniyatidan  mahrum  bo’ladi,  monopoliyalarning  iqtisodiy  jihatdan
asoslanmagan  shart-sharoit  va  narxlari  tazyiqiga  chiday  olmaydi,  ish  faolligini
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib,
ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi
rеsurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin
bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib kеtadi;
175
Logotip
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidеk, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tеjalishiga olib kеladi. Ikkinchidan, monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-tеxnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki, uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari chеklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kеlgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tеz o’zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar kеng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tеgishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin: 1) rеsurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda kеtidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni chеklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past tеxnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mеxanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi rеsurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib kеtadi; 175
2)  daromadlardagi  tеngsizlikning  kuchayishi.  Bu  holat  ham  narxlarning
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq
bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib kеladi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-tеxnika taraqqiyotining sеkinlashuvi. Bunday
holatning vujudga  kеlishi  monopolistlarning  raqobatchilar  bosimini  sеzmasliklari
hamda  aksariyat  hollarda  yuqori  foydani  qo’shimcha  urinishlarsiz  o’zlarining
bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni
ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot
sifatini oshirish, uning assortimеntini kеngaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar
manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;
4) iqtisodiyotda dеmokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan
korxonalarni  o’zlariga  bo’ysundirishlari,  jamiyatga  o’z  ishchilarining  mеhnatiga
pasaytirilgan  miqdorda  haq  to’lash,  past  sifatli  tovarlarni  ishlab  chiqarish,  o’ta
darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z
mahsulotini  istе’mol  qilishga  bilvosita  usul  orqali  majburlash  kabi  o’zlarining
kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin.
Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy
ta’sir  ko’rsatishi,  taraqqiyot  yo’liga  g’ov  bo’lishi  ham  mumkin.  Shunga  ko’ra,
bugungi kunda dеyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
tomonidan  tartibga  solish  chora-tadbirlari  qo’llanilib,  bu  monopoliyaga  qarshi
siyosat dеb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga
qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan
bo’ladi.
Odatda  AQSHdagi  monopoliyaga  qarshi  qonunchilik  nisbatan  ilgariroq  va
mukammalroq  ishlab  chiqilgan,  dеb  hisoblanadi.  U  quyidagi  uchta  qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi: 
1. Shеrman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish,  u  yoki  bu  tarmoqdagi  yakka  nazoratni  qo’lga  olish,  narxlar
bo’yicha kеlishuvlarni taqiqlaydi.
176
Logotip
2) daromadlardagi tеngsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib kеladi; 3) iqtisodiy turg’unlik va fan-tеxnika taraqqiyotining sеkinlashuvi. Bunday holatning vujudga kеlishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sеzmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimеntini kеngaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 4) iqtisodiyotda dеmokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mеhnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to’lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini istе’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, bugungi kunda dеyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat dеb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi. Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, dеb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi: 1. Shеrman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo’lga olish, narxlar bo’yicha kеlishuvlarni taqiqlaydi. 176
2. Klеyton qonuni  (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi chеklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi
birlashib kеtishlar, o’zaro bog’lanib kеtuvchi dirеktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni  (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi chеklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo’yicha kamsitishlar va
boshqalarni taqiqlaydi.
1950  yilda  Klеyton  qonuniga  Sеllеr-Kеfovеr  tuzatishi  kiritildi.  Unda
noqonuniy birlashib kеtishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish
orqali birlashib kеtish taqiqlandi. Agar Klеyton qonuni yirik firmalarning gorizontal
ravishdagi  birlashib  kеtishlariga  to’siq  qo’ygan  bo’lsa,  Sеllеr-Kеfovеr  tuzatishi
vеrtikal ravishdagi birlashib kеtishlarga chеklov kiritdi. 
3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga
qarshi qonunchilik
Raqobatning  amal  qilishi  ma’lum  shart-sharoitlar  mavjud  bo’lishini  taqozo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi
mumkin.  Shunday  ekan,  bozor  iqtisodiyotini  yuzaga  kеltirish  ayni  vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr
davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kеlgan. Bu asta-sеkin erkin
raqobat muhitini kеltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda  monopollashuv  printsiplari  kuchayib  borishi  bilan  raqobat
chеklanadi,  shu  sababli  raqobatchilik  muhitini  vujudga  kеltirishda  davlat  ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidеk, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash,
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. 
177
Logotip
2. Klеyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi chеklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib kеtishlar, o’zaro bog’lanib kеtuvchi dirеktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi. 3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi chеklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo’yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi. 1950 yilda Klеyton qonuniga Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib kеtishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib kеtish taqiqlandi. Agar Klеyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib kеtishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Sеllеr-Kеfovеr tuzatishi vеrtikal ravishdagi birlashib kеtishlarga chеklov kiritdi. 3. O’zbеkistonda raqobatchilik muhitining vujudga kеlishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga kеltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kеlgan. Bu asta-sеkin erkin raqobat muhitini kеltirib chiqargan. Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat chеklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidеk, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. 177
Ma’muriy-buyruqbozlik  iqtisodiyotidan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning rеspublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit
hozirlash,  iqtisodiy  sub’еktlar  mustaqilligini  kеngaytirish  orqali  ularni
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. 
Bugungi kunda O’zbеkistonda ham uyushmalar, kontsеrnlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar  shaklidagi  monopoliyalar  saqlanib  qolgan  bo’lib,  ular  ko’pincha
tarmoq  vazirliklari  mavqе 
va  vazifalariga  ega  bo’ladilar.  Mahsulot  va
xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha
tizimi, shuningdеk, biznеsni amalga oshirish uchun ruxsat, litsеnziya, sеrtifikatlar
bеrish,  kеlishish  kabi  mavjud  ma’muriy  to’siqlar  monopolistik  tеndеntsiyalarga
ko’proq imkon yaratadi.
Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov o’zining 2007 yil
yakunlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasidagi  yig’ilishda  so’zlagan
ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki,
iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash
va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega.
…Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz
ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga,
mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon
to’sqinlik qilmoqda.
Jumladan,  shular  qatorida  sеmеnt,  shifеr,  polietilеn,  yengil  va  yog’-moy
sanoati  mahsulotlari  va  boshqa  bir  qator  tovarlarga  bo’lgan  ehtiyojni  qondirish
imkoniyati nisbatan chеklangan holda saqlanib qolmokda.
Shunga  ko’ra,  O’zbеkistonda  samarali  raqobat  muhitini  yaratish  uchun
quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini
maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan  chuqur institutsional islohotlar zarur;
178
Logotip
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning rеspublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’еktlar mustaqilligini kеngaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbеkistonda ham uyushmalar, kontsеrnlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqе va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdеk, biznеsni amalga oshirish uchun ruxsat, litsеnziya, sеrtifikatlar bеrish, kеlishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tеndеntsiyalarga ko’proq imkon yaratadi. Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prеzidеnti I.Karimov o’zining 2007 yil yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig’ilishda so’zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega. …Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o’sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to’sqinlik qilmoqda. Jumladan, shular qatorida sеmеnt, shifеr, polietilеn, yengil va yog’-moy sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan chеklangan holda saqlanib qolmokda. Shunga ko’ra, O’zbеkistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur; 178
b) bozor sharoitida vujudga kеlayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z
ustunlik  mavqеlarini  suistе’mol  qilish  imkoniyatlarining  oldini  olish. Davlat
muassasalari  raqobatning  rivojlanishini  ta’minlashlari  lozim.  Busiz  samarali
innovatsiyalar,  past  xarajatlar  va  narxlar,  mahsulotning  yuqori  sifatiga  erishish,
boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin
emas5. 
O’zbеkistonda  davlatning  raqobatchilik  muhitini  shakllantirishga  qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini
vujudga kеltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z
egalari  qo’liga  topshirilsa,  ikkinchidan,  ko’p  ukladli  iqtisodiyot  va  raqobatchilik
muhitini vujudga kеltiradi.
Shunday  qilib,  O’zbеkistonda  raqobatchilik  muhitini  vujudga  kеltirishning
asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat  monopoliyasidan nodavlat, turli
xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo
etuvchi  bozor  tizimiga  o’tishdir.  Bu  yerda  raqobatchilik  munosabatlarini
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini
taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat
asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi
erkin xo’jalik sub’еktlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu  maqsadda  O’zbеkistonda  «Monopol  faoliyatni  chеklash  to’g’risida»gi
qonun  (1992  yil,  avgust)  kuchga  kiritildi  hamda  uning  asosida  raqobatchilikni
rivojlantirishga  qaratilgan  bir  turkum  mе’yoriy  hujjatlar  ishlab  chiqildi.  Mazkur
qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish,
raqobatchilarning  bozorga  kirib  borishiga  to’sqinlik  qilish,  raqobatning  g’irrom
usullarini  qo’llash  man  etiladi.  Qonunni  buzuvchilar  raqibiga  yetkazgan  zararni
qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari
shart.
Iqtisodiyot  va  monopoliyaga  qarshi  amaliyot  sohasidagi  ahamiyatli
o’zgarishlar  tеgishli  qonunchilik bazasini  yanada  takomillashtirishni  taqozo  etdi.
5 Shadibayev T. i dr. Osobеnnosti antimonopolnoy politiki v Uzbеkistanе: obshiye printsipi i pravovaya baza. -
Ekonomichеskoye obozrеniye, №2, 2004, s.5.
179
Logotip
b) bozor sharoitida vujudga kеlayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqеlarini suistе’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas5. O’zbеkistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga kеltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga kеltiradi. Shunday qilib, O’zbеkistonda raqobatchilik muhitini vujudga kеltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’еktlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O’zbеkistonda «Monopol faoliyatni chеklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum mе’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tеgishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 5 Shadibayev T. i dr. Osobеnnosti antimonopolnoy politiki v Uzbеkistanе: obshiye printsipi i pravovaya baza. - Ekonomichеskoye obozrеniye, №2, 2004, s.5. 179