RAQOBAT VA MONOPOLIYA (Raqobatning iqtisodiy asoslari va rivojlanish. Raqobatning shakllari va usullari, Monopoliyaga qarshi qonunchilik va ularning amal qilishi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
44,7 KB
Ilmiybaza.uz
RAQOBAT VA MONOPOLIYA
REJA:
1
.
2
.
.
3
.
.
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: Raqobatning mohiyati, resurslarni yetkazib
beruvchilar
tartibga
solish, resurslarni
joylashtirish,
innovatsion
vazifa,
moslashtirish vazifasi, taqsimlash vazifasi, nazorat qilish vazifasi, erkin raqobat, sof
monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya, tarmoqlar ichidagi raqobat, halol
raqobat, narx vositasida raqobatlashuv, demping narx, narxsiz raqobat, marketing,
monopoliya, sof monopoliya, tabiiy monopoliya, legal (qonuniy) monopoliya, patent
tizimi, mualliflik huquqi, sun’iy monopoliya, kartel, sindikat, trest, konsorsium,
konsern, monopoliyaga qarshi qonunchilik.
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor subyektlari
iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori
foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital,
tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul
birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar.
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish
usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin (1-chizma).
Iste’molchi va xaridorlar
o‘rtasida
Ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar o‘rtasida
Raqobat
Ko‘proq naflilikka
erishish
Ko‘proq foyda
olish
Asosiy
maqsadlari
Ilmiybaza.uz
1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
tartibga solish vazifasi;
resurslarni joylashtirish vazifasi;
innovatsion vazifa;
moslashtirish vazifasi;
taqsimlash vazifasi;
nazorat qilish vazifasi;
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni
iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Ilmiybaza.uz
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi
ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita
ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l
qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda
juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan
bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi
uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning
ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud
mahsulot
(xizmat)ning
yagona
ishlab
chiqaruvchisi
hisoblanadi
va
yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Ilmiybaza.uz
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat
unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab
chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga
erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi
o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir
jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha
farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir
va shu kabilar – fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya
sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari,
sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil
o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir
xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular
o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda.
Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud
bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
Ilmiybaza.uz
monopoliyalar
hamda
monopolistik
birlashmalarga
kirmagan
ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
monopolistik birlashmalar o‘zining ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo
raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat
unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda
ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha,
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar
qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat
foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga
kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda
qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga
Ilmiybaza.uz
sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni
ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi
shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari
ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi,
noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga
putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb
yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini
tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib
beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni
og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan,
iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi
qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz
raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining
shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni
qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq
texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni
yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual
qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini
beradi.
Ilmiybaza.uz
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi
ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining
iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat
qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat
tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining
asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y
berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning
sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan
foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat
ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin.
Ilmiybaza.uz
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika
taraqqiyoti
avj
olgan
hozirgi
sharoitda,
texnika
va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat
foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma,
o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini
ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda
ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari
o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
foydalanishni
kamaytirib
tovar
taklifini
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha
qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat
muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar
sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan
sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy
jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.
Ilmiybaza.uz
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni,
grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani
quyidagicha ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori
narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,
bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi
yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik
korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish
maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi
bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini
jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu
jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni,
korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar
aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada
to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa
birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik
jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir.
Ilmiybaza.uz
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra
ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik
holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo
yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab
chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi
tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek,
ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib
borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq
har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida,
maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish
hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga
misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati
hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da)
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori
mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Бунга
«O‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona
Ilmiybaza.uz
mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab
ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan
sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: табиий
monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda
takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali
qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi.
Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi
sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish
turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik
ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi
xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu
bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi
monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga
oshiriladi;
2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish
shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum
Ilmiybaza.uz
vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish
imkonini ta’minlaydi;
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va
boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab
o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli
to‘siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik
birlashma
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan
mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Ilmiybaza.uz
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
birlashmasi.
Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata
miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat,
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona
va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati
ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab
o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uninг ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi:
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va
xarajatlarning tejalishiga olib keladi;
2) monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga
nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy
ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra,
bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi
siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga
Ilmiybaza.uz
qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan
bo‘ladi.
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar
bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va
boshqalarni taqiqlaydi.
1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal
ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi
vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
3. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga
qarshi qonunchilik
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq
davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyutsion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Ilmiybaza.uz
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat
erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit
hozirlash,
iqtisodiy
subyektlar
mustaqilligini
kengaytirish
orqali
ularni
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p
yechilmagan muammolar bor. YA’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan
butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin
tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni
barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi
mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar
berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga
ko‘proq imkon yaratadi.
Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz
ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga,
mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon
to‘sqinlik qilmoqda.
Ilmiybaza.uz
Jumladan, shular qatorida sement, shifer, polietilen, yengil va yog‘-moy sanoati
mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati
nisbatan cheklangan holda saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish,
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-
son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining
tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining
markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(keyingi o‘rinlarda — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi) boshqaruv
xodimlarining cheklangan soni 401 nafar, shu jumladan Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 96
nafar etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisiga:
zarur hollarda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy
apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Monopoliyaga
qarshi
kurashish
qo‘mitasining
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini
tasdiqlash;
Ilmiybaza.uz
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga
qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining
cheklangan sonini tasdiqlash;
Monopoliyaga
qarshi
kurashish
qo‘mitasining
budjetdan
tashqari
mablag‘lari hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqaruv
xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar
sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish
qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar
miqdorlarini belgilash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun, qonunchilikda
nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, Monopoliyaga qarshi kurashish
qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy
lavozimi bo‘yicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash;
Ilmiybaza.uz
Takrorlash uchun savollar
1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering?
2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir- biridan
farqini ajratib ko‘rsating?
3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini
ko‘rsating?
4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering?
5. Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullariga nimalar kiradi?
6. Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday sharoitlarda
7. amalga oshiriladi?
8. Monopoliya nima
va
uning vujudga
kelishining iqtisodiy
asoslari
nimalardan iborat?
9. Monopoliyaning qanday turlari mavjud?
10. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq bor?
11. Tabiiy, legal va
sun’iy monopoliyalarning
bir-biridan
farqlanishini
ko‘rsating?
12. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
13. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning
mohiyati qanday?
14. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
15. O‘zbekistonda raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi va monopoliyaga qarshi
kurashuvchi qanday tashkilotlar mavjud?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Ilmiybaza.uz
1. N. Gregory Mankiw. Essentials of Economics. 8th Edition. Cengage Learning; 8.
Edition (January 1, 2017). ISBN-13: 978-1337091992 66 bet, 290-334 bet
2. Ш. Шодмонов, М. Рахматов. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.:
«
З
а
м
и
н
н
а
ш
р
»
,
2
0
2
1
.
–
8
5
6
б
b
e
t
3. John Sloman, Dean Garrat. Economics. Pearson. 10th edition. UK. 2018. 189-
214 bet
4. Sh.E. Sherkulov. Iqtisodiyot nazariyasi: O‘quv qo‘llanma 2022 145-166 bet
5. Экономическая теория: учебник / С.С. Носова. - 4-е изд., стер. - Москва:
К
Н
О
Р
У
С
c
b
e
t