Raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari. Raqobat va monopoliya
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
99,6 KB
Raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari. Raqobat va monopoliya
Reja
1. Raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari. Raqobat mazmuniga turli
tomondan yondashuv. Raqobatning vazifalari.
2. Raqobatning turlari: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat. Raqobat
shakllari: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya.
3. Raqobatlashish usullari: narx vositasidagi va narxsiz raqobat, gʻirrom va
halol raqobat. Demping narxlarni qo’llash.
4. Raqobat kurashining zamonaviy shakllari: mahsulot sifatini oshirish,
mahsulotni yangilash, xizmat sifati, reklama, servis, marketing va h.k.
5. Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari. Ishlab
chiqarish va kapitalning to’planishi va markazlashuvi. Monopoliyalarning turlari:
sof monopoliya, oligopoliya, monopsoniya. Tabiiy monopoliyalar. Legal va sunʼiy
monopoliyalar.
6. Monopolistik birlashmalar shakllari. Monopoliyalarning afzalliklari va
ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlari.Davlatning
monopoliyaga
qarshi
tadbirlari.
Rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasidagi tajribalar.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik.
7. O’zbekistonda raqobat muhitining kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikning shakllanishi.
Raqobatning mohiyati va obyektiv asoslari. Raqobat mazmuniga turli
tomondan yondashuv. Raqobatning vazifalari.
Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy
nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti
rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z
shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov
raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor
iqtisodiyotini barpo etib bolmaydi. Raqobat-bozoming asosiy sharti, aytish
mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.
Shuningdek,
bu
masalaning
muhimligini
yana
bir
bor
ta’kidlab,
“mamlakatimizda Yaratilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta’minlash,
“nou-xau”
namunalarini
yaratish,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish” kerak. Bu muhim
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va
mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon
etiladi.
I Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini
tushunib olish unga turli tomondan yondashishi ni talab qiladi. Mustaqil tovar
ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman
iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.Bunda ular
kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi
kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat
pirovardida iste’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital,
tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to iiq erkinlashgan sharoitda yorqin
namoyon boladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va
arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan
pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bolishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli
tovami sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy
hodisa bolib, u bozoming barcha subyektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni
ifodalaydi.
Raqobat-bozor
subyektlari
iqtisodiy
manfaatlarining
to’qnashuvidan iborat bolib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq
naflilikka ega bolish uchun kurashni anglatadi.
I Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayon, voqea va hodisalarning ikki
tomonlama xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olib raqobat munosabatlarining
mazmunini yoritishda ham ikki tomonlama yondashuv, tahlil va sintez qilish usulini
davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (1-rasm).
1-rasm. Raqobat ichtirokchilarining asosiy maqsadlari
Rasmdan ko’rinadiki, raqobat kurashi ikki tomonlama: bir tomondan ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida, ikkinchi tomonidan esa iste’molchilar o’rtasida sodir
bo’ladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga
ko’proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda orqasidan quvish
natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay bozorlar,
arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun kurash
boradi. 0 ‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon,
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida
erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har
bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi.
Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu
manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy
faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq
tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining
ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq
namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy
vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi,
ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va min- taqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqo zo etuvchi
turli ko’rinishdagi yangiliklarningjoriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bolib, ularning
shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Nihoyat,
raqobatning
nazorat
qilish
vazifasi
bozordagi
ba’zi
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o’matishiga yol qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobatning turlari: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat. Raqobat
shakllari: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida toiaroq tushunchaga ega bolish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga
ko’ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bolinadi.
1. Raqobatning turlari: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat. Raqobat
shakllari: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bolish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan
ishchilarning malakasi, ularning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi
darajalari turlicha bolganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan
nochor korxonalar esa
ishlab
chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini
yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat
kapitallarning foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori
tarmoqlarga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda
qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital
qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga
intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa
kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga
«baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida
ajratib ko’rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va
oligopoliyadir.
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p
sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab
sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot
xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko’p bo’ladi. Sof raqobatli bozorda
alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o’mata olmaydi yoki nazorat
sezilarsiz darajada bo’ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi
uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning
ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir
ko’rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi,
tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin.
Xususan, yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy
to’siqlar bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxona yoki firmadan iborat bo’lganligi
sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi
va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli
nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi
ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud
bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo’lib,
qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar
hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko’pchilik sanoat mahsulotlari - po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir
va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya
sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlari - avtomobillar, kir yuvish vositalari,
sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o’zining narx siyosatini mustaqil
o’zgartirishga botina olmaydi.
Raqobatlashish usullari: narx vositasidagi va narxsiz raqobat, gʻirrom va halol
raqobat. Demping narxlarni qo’llash.
Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil
o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir
xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik
tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli
ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv
darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat
turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari
ham ajratib ko’rsatiladi.
Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan,
ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni,
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish
va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. G'irrom
raqobat orqali firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va
shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit
va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, yetakchi
mutaxassislarni og’dirib olish, narxni keskin pasaytirish g’irrom raqobatning oddiy
usullaridir.
Halol raqobat-raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy
usullarni qoilash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Shu o’rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
- qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
- boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
- qarindosh-urug’chilikni,
oshna-og’aynigarchilikni,
tanish-bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz
raqobat.
Nafx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko’p
qoilaniladigan ko’rinishi - «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab
chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan
yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qoilash uchun ishlab chiqaruvchi
boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq
ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak boladi.
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bolib,
mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni
qoilashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o'zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bolgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish
va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish,
muayyaix hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Raqobat kurashining zamonaviy shakllari: mahsulot sifatini oshirish,
mahsulotni yangilash, xizmat sifati, reklama, servis, marketing va h.k.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o’z o’miga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o’z
mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat
qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o’zgarmay, faqat
tarmoq bo’yicha foyda hajmini kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining
asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’- e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo’lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y
beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularni sotishni
rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni
keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali
xaridorlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lekin
turli-turiian iste’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin.
Bunda dastlab, tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to’lanadi.
Fan-texnika
taraqqiyoti
avj
olgan
hozirgi
sharoitda,
texnika
va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat
foydalaniladigan iste’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat
ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan kompyuter ishlab chiqaruvchi firma o’z
mahsulotini shunchaki sotish bilan cheklanmasdan, balki uni o’rnatib berish, kor
xona xodimlarini kompyuterdan foydalanishga o’rgatish, kafolatlangan muddatda
va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, texnikaviy xizmat ko’rsatish
kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va olchamlarini buyurtmachi
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining
ishlab
chiqarish
quwatlaridan
foydalanishni
kamaytirib
tovar
taklifini
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha
qolaveradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz
raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar
tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan
sotiladigan tovar hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy
jihatdan kuchli bo’lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta
jihozlash va reklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.
Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari. Ishlab chiqarish
va kapitalning to’planishi va markazlashuvi. Monopoliyalarning turlari: sof
monopoliya, oligopoliya, monopsoniya. Tabiiy monopoliyalar. Legal va sunʼiy
monopoliyalar.
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat
muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal
qilish xususiyatlarini ко‘rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli
o’quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o’rinlarda uni «davlat,
korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga
oshirish- dagi mutlaq huquqi» sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u
yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda -
yakka) hukmronlik holati» deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning
«mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari
uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta ’riflash
o ‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya - monopol yuqori narxlarni o’rnatish
hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit
makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar
(firma, korporatsiyalar) ning birlashmalari.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni,
grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik
korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to’planishining
asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani
muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha
mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning
o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan
birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish,
markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish
to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisob
lanadi.
Kapitalning to’planishi-bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi
ko’rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning
ishlab chiqarish quwati,
qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi.
Kapitalning markazlashuvi-bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib
olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida
ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to’planishi farqlanadi.
Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi-bu milliy iqtsodiyotning
ma’Ium tarmog’i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin
raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to’planishining
asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to’planishi-bu milliy iqtisodiyotdagi bir
necha
o’zaro
bog’liq
tarmoqlarda
mahsulot
ishlab
chiqarishning
to’planishidir. U ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi.
Ishlab chiqarishning to ‘planishi o’z rivojining ma’lum darajasida
monopoliyalarning paydo bolishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to’planishi
hamda monopoliyalarning paydo bo’lishi o’rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda
namoyon bo’ladi:
1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo’lishi
ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga
imkon yaratadi;
2) yirik korxonalar o’rtasidagi raqobat juda qaltis bo’lib, ular uchun katta
miqyosdagi yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko’ra, raqobatni cheklash,
tovabarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim boladi.
Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to’planishidan
tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:
1) davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning
ichki bozorga kirish imkoniyatini yo’qotib, monopoliyalarning paydo bo’lishiga
sharoit yaratadi;
2) banklarning
faoliyati
va
moliyaviy
siyosati.
Banklar
sanoat
monopoliyalarining jadal o’sishiga imkon beradi.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko’rib chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga
ko’ra ajratish mumkin.
1.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati
hisoblanadi. O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston havo yollari»
DAK, «O’zbekiston temir yoilari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish
birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tegishli
faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko’rsatuvchisi hisoblanadilar.
Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining
ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab boladi.
“Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod
xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va
qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik
infratuzilma tarmoqlarini-temir va avtomobil yo’llari, aviatashuvlar, elektr energiya
ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to’g’ridan-to’g’ri davlat
boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq, deb topildi”/
Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar
soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan,
biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining
alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab
chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati
hisoblanadi.
Bunga misol tariqasida ko’plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish
vositalari, mineral ichimliklari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini
keltirish mumkin.
Oligopoliya-tarmoqdagi bir necha yirik ishlab
chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati
hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda sement (asosan
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren
shahri, Surxon- daryo viloyatining Sariosiyo (Sharg’un) va Boysun (To’da) tuman-
larida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining vagona iste’molchisi yoki xaridori
mavjud bolgan sharoitdagi yakka-hukmronlik holati hisoblanadi. Misol
tariqasida dehqon va fermer xo’jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan paxta tolasi va
ularni shartnoma asosida “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarki- bida
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo’yicha
“O’zpaxtasanoat” aksiyadorlikjamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini
keltirishimiz mumkin. Bunda paxta yetishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular
tomonidan yetishtirilgan paxta xom-ashyosini
faqatgina
“O’zpaxtasanoat”
aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra:
tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi. Tabiiy
monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil
qilib bolmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga
ega bo’lgan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur
monopoliya tarkibiga o’ziga xos texnologiyaning qollanishi sababli raqobatni
rivojlantirib bolmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham
kiritiladi.
Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bolgan talabni qondirish raqobat mavjud bolmagan sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik
ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri keluvchi
xarajatlarning sezilarli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga,
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini
boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi. 2017-yil boshida har biri
10 turdagi mahsulotni ishlab chiqaradigan 151 tabiiy monopoliya subyektlari
mavjud.
Legal (qonuniy) monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi
monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan Yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga
oshiriladi;
2) mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati
fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish
shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’Ium
vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat berish
imkonini ta’minlaydi;
3) tovar belgilari - bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va
boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab
o’zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli
to’siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning
yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
- o’z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartel - bitta sanoat tarmog’idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, Yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik
birlashma
ishtirokchilarining o’zida saqlanib
qolgani holda, ular tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali
amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni ta ’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi
birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).
Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat,
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona
va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati
ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab
o’tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopolistik birlashmalar shakllari. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari.Davlatning monopoliyaga qarshi tadbirlari. Rivojlangan
mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasidagi tajribalar.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon boladi.
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek,u ma’lum tarmoqlarda nisbatan
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan,
monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki, uncha yirik
bolmagan
raqobatlashuvchi
korxonalarning
odatda
moliyaviy
jihatdan
imkoniyatlari cheklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor
qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tez o’zlashtirib
olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon
qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda
moliyaviy imkoniyatlar keng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning
mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida
quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning
yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida
narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bolmagan turlarini, past
texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga
keltirishi orqali namoyon boladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi
iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan
chiqadi.
Monopoliyalar bilan bogliq bolgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov imkoniyatidan mahrum boladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron boladilar. Oqibatda ishlab chiqarish
qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi.
Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qoiga
kiritilishi mumkin bolgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bogiiq
bolib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi.
Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini