RASMIY MATNNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TAHLILI.
Yuklangan vaqt
2024-03-11
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
64,0 KB
RASMIY MATNNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TAHLILI
Reja:
1. Tilshunoslikda rasmiy matn tushunchasi
2. Rasmiy matn qanday uslubda yozilishi
3. Rasmiy matnlarning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Boshqa tillaridagi rasmiy matnlarning o'zbek tilidagi rasmiy matnlar bilan
farqlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Matn, matn lingvistikasi, Uslub, qolip, aniqlik,
grammatik me’yor, vazifaviy uslub, rasmiy uslub, Ekstralingvistik omil,
mantiqiylik, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn, hikoyali matn, didaktik
matn,tasviriy matn, izohli matn.
Matn masalasi har bir davrda o'ziga xoslik talab etgan. Undagi uslublar ayni
shu nomdagi matnlar yaralishi uchun xizmat qilgan. Masalan badiiy uslubda badiiy
matnlar yaratilgan. Ilmiy uslubda uslubda ilmiy kitoblar, asarlar, maqolalar
yaratilgan. Rasmiy uslubda esa rasmiy ish hujjatlari:
1. Ariza;
2. Bayonnoma;
3. Ma'lumotnoma;
4. Tarjimayi hol;
5. Yo'riqnoma;
6. Ruhsatnoma;
7. Tushuntirish xati;
9. Viza;
10. Yuridik hujjatlar va hokazo.
O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatda tasnif qilish ikki omilga - til va
tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublaming N.A.Baskakov,
A.Sulaymonov,
A.Shomaqsudov,
G’.Abdurahmonv,
B.O’rinboyev,
S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya qilingan variantlari bo’lib, ularda asosan
beshta: so’zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e’tirof etiladi.
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O'zbek tilining
izohli lug'atida matn so'zining arabchadan o'zlashganligi, eskirgan kitobiy so'z
ekanligi va aynan tekst so'zi anglatgan ma'noga tengligiga ishora qilinadi. Ayni
lug'atda tekst so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi:
Matnda gaplar o'zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi.
Ularga takroriy bo'laklar, olmoshlar, xizmat konstruksiyalar, zamon va makon
ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so'zlar kabi turli leksik-
grammatik birliklar kiradi. «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo'shma gap
komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o'xshab ketadi, faqat murakkabroq
ko'rinishda yuzaga chiqadi. Ma'lumki, qo'shma gap komponentlari orasida
biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi
mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo'shma gapning uch turi:
bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplarda komponentlarni o'zaro
biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalar-intonatsiya, bog'lovchilar, bog'lovchi
vazifasidagi so'zlar, gap bo'laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so'zlarning
takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo'laklar, kesimlarning zamon munosabati
kabilar orqali reallashadi. Ko'rinadiki, qo'shma gaplarda sintaktik aloqa
predikatsiyalar orasida o'rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar,
superfrazali sintaktik butunliklar, abzaslar, qismlar, bo'limlar, boblar o'rtasida
yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta'minlaydi».
Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy
muassasalarida,
rasmiy
diplomatik
munosabatlarida
namoyon
bo’ladigan
ko’rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha
rasmiy ish qog’ozlari ana shu uslubda rivojlanadi. Bu uslubning o’z me’yorlari
mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnlarda noaniqlikka,
izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq,
tushunarli tilda bayon qilinishi kerak.
Qolip. Fikr, mulohaza, bayon,asosan, bir qolipda ifodalanadi. Ariza, qaror,
bildirishnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli
xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o’ziga xos bayon etish qolipi bo’ladi.
Ayni paytda, ularning har birining alohida so’z va turg’un birikmalari ham mavjud
bo’ladi. Masalan, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, aybdor, gumondor,
jabrlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi va boshqalar.
Ommabop uslub o’zbek tilshunosligida filologiya fanlari nomzodi
T.Qurbonov tomonidan monografik yo’nalishda o’rganilgan. Ommabop uslub
imkoniyatlarining kengligi lingvistik va ekstralingvistik(paralingvistik) tildan
tashqaridagi omillarni mustahkam aloqadorlikda kuzatamiz. Bu uslubda yozilgan
asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, axborot va targ’ibot-tashviqot xarakterida
bo’lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz yangiliklaridan boxabar qilishi
natijasida
yuzaga
keladigan
novatorlik
unda
tabiiy
ravishda
siyosiy
terminologiyaning qo’llanishiga sabab bo’ladi.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional
ekspressiv bo‘yoqqa ega boigan so‘zlarning ishlatilishi me‘yor sanalmaydi va shu
jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me'yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan,
ot so‘z turkumidagi so'zlar ko‘p qoTlaniladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik
maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi. Bu uslubda fe‘lning harakat
nomi shakli faol qo‘llaniladi. Gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul
nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez
murojaat etiladi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatiari ham matnda darho! ko‘zga
tashlanadi. Unda, asosan, darak gaplar, ayniqsa, uning qo‘shma gap shakli ko‘p
ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so‘z birikmalari mahsuldor hisoblanadi. Gap
tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi me‘yorga amal qilinadi va yuqoridagi jihatlari
bilan ilmiy uslubga o‘xshab ketadi.
Funksiyalar
Ushbu maqolada misollar taqdim etiladigan biznes uslubi, jamiyatning har bir
a'zosi bilan bog'liq. U bizni davlat va davlat muassasalari bilan muqarrar kunlik
aloqada kuzatib turadi. Oddiy odam odatda biznes uslubini qo'llayotganda
manzilga aylanadi. Turli tabiatdagi biznes matnlarining ko'pchiligi unga potentsial
ravishda yo'naltirilgan bo'lsa, misollar ko'p. Vaziyat, o'zi bunday matnni tayyorlash
va uni turli xil holatlarga jo'natishi kerak bo'lsa, juda kam uchraydi.
Ishbilarmon nutq odamga o'z mamlakatining fuqarosi sifatida yo'naltirilishi
mumkin. Bu davlatdan kelib chiqadi va rasmiy va rasmiydir. Bu davlat va
qonunning nutqi. Shuningdek, bu shaxs sifatida shaxsga murojaat qilinishi mumkin
va bu holda uning rasmiy xarakteri tushkunlikka tushadi. Birinchi holda, u
qonunlar va nizomlar, qarorlar, buyruqlar, buyruqlar, qoidalar, biznes uslublari
bilan ifodalanadi (misollarni davom ettirish mumkin). Ikkinchisida iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirish bilan yangi shakllar va janrlarni egallashga qodir.
Rasmiy biznes uslublari misollari
Har bir insonga bevosita ta'sir ko'rsatish istagi turli xil, ba'zan yorqin va mazmunli
tillarni ifoda qilish, aniq va hatto zo'ravonlik qilish usullarini qidirishga va ulardan
foydalanishga olib keladi. Bu ijodkorlik va ijodkorlikning matnini yaratuvchisi,
agar yozma matn bo'lsa va afsonaviy san'atga yaqin bo'lsa, bu o'yin reklama
hikoyasi bo'lsa, sahna san'ati talab qiladi. Bugungi kunda biznesning bu ikkinchi
turi ko'chkilarda o'sib bormoqda va uning usullari shakllanmoqda, iste'dodli
topilma paydo bo'ladi. Lekin bu uslub ilgari qo'llanilmagan deb o'ylamang.
O'tmishda namuna olingan. Siz hech bo'lmasa VV Mayakovskiyni eslay olasiz.
Uning iste'dodini "Mosselpromda hech qanday joydan boshqa joyga" yoki "Kim
qaerda bo'lsa-da, men jamg'arma bankida" kabi qofiyalarga sarflashga
afsuslanmagan.
TURLI DARAJADAGI RASMIYLIK
Bir narsa ravshan: rasmiy nutqning darajasi qanchalik baland bo'lsa,
kitoblardagi yozuvlar va shtamplarda kamroq ma'lumotga ega bo'lish qanchalik
ko'p bo'lsa, unda odatiy, hatto so'zma-so'z gapirish qanchalik yaqin bo'lsa, unda
umumiy adabiy tilning keng qatlamidan emas, balki, ayniqsa, O'quvchini yoki
tomoshabinni g'ayritabiiylik bilan ta'sirlash mumkin.
Topshiriqlar
1. Berilgan 3 ta rasmiy matn namunalaridan qaysi biri nisbatan keng
jamoatchilik uchun mo'ljallangan?
2. Berilgan rasmiy matn ( tarjimayi hol) qolip so‘zlarni aniqlang.
Tarjimayi hol
Men Sidiqova Xadiyabonu Baxtiyor qizi 1997-yil Namangan viloyati, Chortoq
tumani, Oromgoh mahallasida tug'ilganman. Millatim o‘zbek. 2004-yil shu
hududdagi 49-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinganman.
2013-2016-yillar shu maktabni tamomlab, Chortoq shahridagi 3-akademik litseyda
tahsil olganman. 2018-yil Namangan davlat universiteti o‘zbek tili sohasiga
o‘qishga kirib, 2022-yil tamomlaganman. Oilaliman. Hozirgi kunda Namangan
davlat universiteti magistratiman.
Otam, Nodiqov Baxtiyor Sidiqovich 1974-yil 5-mayda Namangan viloyati,
Chortoq tumani, Oromgoh mahallasida tug'ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi.
Onam, Sharapova Muqaddam 1974-yil 4-aprel Namangan viloyati Chortoq
tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek. Hozirda 15-sonli umum ta'lim maktabida
boshlang‘ich sinf o'qituvchisi.
Singlim, Sidiqova Madina Baxtiyor qizi 2001-yil 18-mayda Namangan viloyati,
Chortoq tumanida tug'ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda Namangan davlat universiteti
4-bosqich talabasi.
Ukam, Sidiqov Jasurbek Baxtiyor o‘g‘li 2004-yil Namangan viloyati, Chortoq
tumanida tug'ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda Namangan davlat universiteti 1-
bosqich talabasi.
Turmush o'rtog‘im, Avg‘onbekov Obidjon Akramjon o‘g‘li 1993-yil 30-iyunda
Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug'ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda
O‘zbekiston temiryo'llari ochiq aktsiyadorlik jamiyati muhandisi.
Farzandim, Akramjonov Mustafo Obidjon o'g'li 2021-yil 8-avgustda
Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug'ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda voyaga
yetmagan.
2-topshiriq
1. Berilgan rasmiy matn ( tilxat)ning muhimlik darajasi qaysi jihat bilan
belgilanadi?
2.Berilgan rasmiy matn ( tilxat)da tasdiqlovchi jihat qaysi va necha o‘rinda
qo'llangan?