Ratsion xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining ovqatlanishdagi
ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
Ma’ruza rejasi:
1. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining predmeta.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanning maqsadi.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanning maqsadi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert
tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu mhammo bilan bog‘liq
murakkab vaziyat yuzaga kelgani bugungi kunda mazkur muommoni jahon
xamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy taxdidlar qatoriga kiritilmoqda.BMTning
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti xamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, xozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni
deyarli xar sakkiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining
30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va
vitaminlar yetishmasligi muommosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday
sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intelektual
rivojlanishiga doir kamchiliklardann aziyat chekmoqda.
Yer yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi yildan-yilga keskinlashib
borayotganining asosiy sababi bo‘lib va bu tafovut, avvalo, oziq- ovqat
mahsulotlarini jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan
mamlakat va xududlarda chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muxitning
ekologik jihatdan buzilishi xamon davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining
oldindan aytib bulmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va
suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab
borayotgani, irrigatsiya, meloratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga
yo‘naltiriladigan investesiyalarning yetarli emasligi mazkur mhammoni yanada
keskinlashtirmoqda.
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va
pestiqidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qaroriga
urbanizatsiya, ya’ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga
ko‘chishi bilan bog‘liq mhammolar xam qo‘shilmoqda. Natijada oziq-ovqat
mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib
ketmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini “daladan dasturxonga”
sxemasi bo‘yicha iste’molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq
xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, xar yili dunyo bo‘yicha qariyb 1,3
milliard tonna miqdoridagi salham 1 trillion dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-
nobud bo‘ladi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining
markazida inson salomatligi, uning o‘zoq va barahali umr ko‘rishini ta’minlash
masalalari turadi va uning bu vazifalarning nechog‘lik bajarilishi davlatning
iqtisodiyotni tartibga solishi va siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida
ajratilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar
munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Agrar siyosatda
katta e’tibor faqat qishloq xo‘jaligida emas,balki butun agrobiznesda ishlab
chiqarish faoliyatining eng yuqori pirovard natijalariga, barqaror ishlab chiqarish
o‘sish sur’atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy
rivojlantirishga erishishga qaratiladi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani iqtisodiyotning bozor
tamoyillari asosida rivojlanishida agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan