RAVISH

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

20,7 KB


 
 
 
 
 
 
RAVISH 
 
Reja:  
1. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari 
2. Ravishlarning ma’no turlari 
3. Ravishlarning yasalishi 
4. Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari 
 
Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari 
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), 
ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. 
Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). 
Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat). 
Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, 
predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining 
belgisini bildiradi. 
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), 
o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi 
(noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. 
Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p 
kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, 
o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no 
xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? 
qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob 
bo`ladi. 
Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega: 
1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan 
o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki 
RAVISH Reja: 1. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari 2. Ravishlarning ma’no turlari 3. Ravishlarning yasalishi 4. Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat). Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi. Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi. Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega: 1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki  
 
egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: 
kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi. 
2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning 
belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda 
daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja 
ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat 
darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, 
asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos. 
Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda 
(chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik 
ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.). 
Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi 
bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni kuchaytirish 
ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi: 
astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq 
ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, 
tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv 
ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y 
bergan bo`ladi (Sh.Rashidov). 
Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi 
so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta 
ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng 
keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda 
yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan). 
3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning 
asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar 
o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus). 
4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini 
bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak 
berdim... (H.O.). 
Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi 
aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan 
egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi. 2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos. Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda (chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.). Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni kuchaytirish ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi: astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y bergan bo`ladi (Sh.Rashidov). Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan). 3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus). 4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak berdim... (H.O.). Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan  
 
sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham 
sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, 
qay birini uzishni bilmadi (O.). Yetti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq). 
5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda 
qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik 
affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi 
vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar 
(H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning 
shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.). 
Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt 
belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos. 
6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida 
ham keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari 
ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 
7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z 
yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday 
usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham 
yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi. 
8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan 
ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. 
Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, 
-qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi 
hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-
pal.  
Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi 
(P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi 
(A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana 
boshlagandik (H.Nazir). 
 
Ravishlarning ma’no turlari 
sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay birini uzishni bilmadi (O.). Yetti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq). 5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar (H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.). Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos. 6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida ham keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi. 8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal- pal. Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi (P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi (A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana boshlagandik (H.Nazir). Ravishlarning ma’no turlari  
 
Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo`linadi: 1) holat ravishi, 2) payt 
ravishi, 3) o`rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi,   5) sabab ravishi, 6) maqsad 
ravishi. 
Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda 
bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qay holda? kabi so`roqlarga javob 
bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, 
butunligicha, jim, darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, 
harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi. 
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-
aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil 
his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni 
(A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.). 
Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? 
qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: 
hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, 
hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-
indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi. 
Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen 
bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! 
(Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga 
(H.O.). 
O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat 
yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi 
so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, 
quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar 
kiradi. 
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: 
Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap 
omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom). 
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy 
belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining 
darajasi va miqdorini anglatadi. 
Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo`linadi: 1) holat ravishi, 2) payt ravishi, 3) o`rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi, 5) sabab ravishi, 6) maqsad ravishi. Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qay holda? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi. Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi- aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.). Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta- indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi. Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.). O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi. O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom). Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.  
 
Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: 
miqdor ravishi va daraja ravishi. 
Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida 
uning miqdoriy belgisini ko`rsatadi. Shu bilan birga miqdor ravishi otga ham 
bog`lanib kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq 
miqdorini ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so`rog`iga javob berib, ularga 
ko`p, mo`l, kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi. 
Daraja ravishi daraja tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilish 
darajasini ko`rsatadi. Ba’zan daraja ravishlari sifat va ravishning o`ziga bog`lanib 
kelib, belgi ma’nosini kuchaytirib keladi. Bu ravishlar qay darajada? so`rog`iga 
javob berib, ularga g`oyat, nihoyatda, obdon, o`ta, aslo, sira kabilar kiradi. 
Daraja ravishlari belgi ma’nosini kuchaytirishiga ko`ra (juda, g`oyat) sifat va 
ravishlarning orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi. 
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini 
bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq 
ko`zgu shunaqangi xira ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.). 
Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi 
vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol). 
Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. 
Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi 
va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi. 
Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi 
bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin). 
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni 
anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga 
atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, 
maqsad holi vazifasini bajaradi: Yuksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat 
Mo`min). 
 
Ravishlarning yasalishi 
 
Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: miqdor ravishi va daraja ravishi. Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida uning miqdoriy belgisini ko`rsatadi. Shu bilan birga miqdor ravishi otga ham bog`lanib kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq miqdorini ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so`rog`iga javob berib, ularga ko`p, mo`l, kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi. Daraja ravishi daraja tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilish darajasini ko`rsatadi. Ba’zan daraja ravishlari sifat va ravishning o`ziga bog`lanib kelib, belgi ma’nosini kuchaytirib keladi. Bu ravishlar qay darajada? so`rog`iga javob berib, ularga g`oyat, nihoyatda, obdon, o`ta, aslo, sira kabilar kiradi. Daraja ravishlari belgi ma’nosini kuchaytirishiga ko`ra (juda, g`oyat) sifat va ravishlarning orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi. Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.). Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol). Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi. Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin). Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: Yuksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min). Ravishlarning yasalishi  
 
O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli 
bilan yasaladi. 
Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi 
affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida 
ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, 
shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi. 
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: 
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan 
ravish yasaydi. 
-cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu 
affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. 
-incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. 
Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, 
ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi. 
-ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, 
ravish asosidan ravish yasaydi. 
-lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish 
asosiga qo`shilib ravish yasaydi. 
-chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga 
qo`shiladi. 
-siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib 
ravish yasaydi. 
-siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks 
sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. 
-day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish 
yasaydi. 
O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi. Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: -an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi. -cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. -incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi. -ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi. -lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi. -siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. -day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi.  
 
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, 
tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan 
qo`shma va juft ravishlar yasaladi. 
Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi: 
1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish 
bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi; 
2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, shu 
yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan kabi; 
3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil 
ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, 
birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi; 
4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, 
ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, 
shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi. 
Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. 
Juft ravish quyidagicha yasaladi: 
1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-
sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 
2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-
erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 
3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) 
kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-
badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi; 
4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz 
shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-
bilinmas kabi. 
Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga 
ketdim. 
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari 
 
Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga 
bo`ladi. 
Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi. Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi: 1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi; 2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan kabi; 3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi; 4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi. Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. Juft ravish quyidagicha yasaladi: 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta- sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun- erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam- badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi; 4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar- bilinmas kabi. Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga ketdim. Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari Ravish tuzilishiga ko`ra: 1) sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`ladi.  
 
Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, 
kamtarona kabi. 
Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir 
vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. 
Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-
kech, eson-omon kabi. 
Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi 
takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-
asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi. 
Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, 
noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. 
Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta- kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta- asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi. Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.