Reptiliyalarni sistematikasi. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumi. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

126,0 KB


Reptiliyalarni sistematikasi. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va
timsoxlar turkumi. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy
ahamiyati.
R E J A
1. Reptiliyalarni sistematikasi.
2. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumi.
3. Reptiliyalarning ekologiyasi.
4. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati.
   Sudralib yuruvchilarning 7,5 mingga yaqin turi mavjud bo’lib, tumshuqboshlilar,
tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.
Tumshuqboshlilar turkumi: Eng qadimgi sudralib yuruvchilar bo’lib, yagona turi
—  gatteriya  faqat  Yangi  Zelandiya  orollarida  saqlanib  qolgan.  Gatteriyaning
tuzilishida bir qancha tuban tuzilish belgilari mavjud. Xususan, umurtqalari ikki
yon tomondan botiq bo’lib, uning oralig’ida xorda qoldig’i  bo’ladi. Kuyikish
organi  bo’lmaydi.  Qorin  tomonida  teri  ostida  qorin  qovurg’alari  joylashgan.
Qovurg’alar qorin suyak qalqoni o’simtasidan hosil bo’lgan. Terisi uchun ko’plab
ovlanishi natijasida gatteriyalar soni keskin kamayib ketgan edi. Hozir gatteriya
qonun yo’li bilan muhofaza qilinmoqda.
Tangachalilar  turkumi:  Tangachalilar  sudralib  yuruvchilarning  eng  xilma-xil
turkumi bo’lib, 6000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Ular kaltakesaklar, ilonlar
va  xameleonlar  kenja  turkumlariga  bo’linadi.  Tangachalilar  tanasi  muguz
tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan.
Kaltakesaklar tanasi cho’ziq, dumi uzun bo’ladi. Ko’pchiligining oyoqlari yaxshi
rivojlangan. Oyoqsiz kaltakesaklar (sariq ilon, urchuq ilon) oyoqlari reduksiyaga
uchragan bo’lsada, oyoq kamari suyaklari rudimentlari saqlanib qolgan. Ko’zini
Logotip
Reptiliyalarni sistematikasi. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumi. Reptiliyalarning ekologiyasi. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati. R E J A 1. Reptiliyalarni sistematikasi. 2. Xartumboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsoxlar turkumi. 3. Reptiliyalarning ekologiyasi. 4. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati. Sudralib yuruvchilarning 7,5 mingga yaqin turi mavjud bo’lib, tumshuqboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi. Tumshuqboshlilar turkumi: Eng qadimgi sudralib yuruvchilar bo’lib, yagona turi — gatteriya faqat Yangi Zelandiya orollarida saqlanib qolgan. Gatteriyaning tuzilishida bir qancha tuban tuzilish belgilari mavjud. Xususan, umurtqalari ikki yon tomondan botiq bo’lib, uning oralig’ida xorda qoldig’i bo’ladi. Kuyikish organi bo’lmaydi. Qorin tomonida teri ostida qorin qovurg’alari joylashgan. Qovurg’alar qorin suyak qalqoni o’simtasidan hosil bo’lgan. Terisi uchun ko’plab ovlanishi natijasida gatteriyalar soni keskin kamayib ketgan edi. Hozir gatteriya qonun yo’li bilan muhofaza qilinmoqda. Tangachalilar turkumi: Tangachalilar sudralib yuruvchilarning eng xilma-xil turkumi bo’lib, 6000 ga yaqin turlarni o’z ichiga oladi. Ular kaltakesaklar, ilonlar va xameleonlar kenja turkumlariga bo’linadi. Tangachalilar tanasi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Kaltakesaklar tanasi cho’ziq, dumi uzun bo’ladi. Ko’pchiligining oyoqlari yaxshi rivojlangan. Oyoqsiz kaltakesaklar (sariq ilon, urchuq ilon) oyoqlari reduksiyaga uchragan bo’lsada, oyoq kamari suyaklari rudimentlari saqlanib qolgan. Ko’zini
harakatchan qovoqlar himoya qilib turadi, faqat  gekkonlar, yalangko’z  va ayrim
boshqa kaltakesaklar qovoqlari yopishib, ko’zi ustida shaffof parda hosil qiladi.
Ko’pchilik  kaltakesaklar  xavf  tug’ilganida  dumini  uzib  tashlash  avtomamiya
xususiyatiga ega. Keyinchalik uzib tashlangan dum o’rnida yangisi hosil bo’ladi.
   Ko’pchilik kaltakesaklar tuxum tug’ib ko’payadi, ammo ayrim turlari (urchuq
ilon,  tirik  tug’ar  kaltakesak)  tuxumdan  tirik  tug’adi.  Kaltakesaklar  mayda
hayvonlar,  jumladan  turli  zararkunanda  hasharotlar  bilan  oziqlanib,  qishloq
xo’jaligiga foyda keltiradi.
Kaltakesaklar odatda serquyosh issiq o’lkalarda keng tarqalgan. Indoneziyaning
Komodo  orolida  uchraydigan  echkiemarlarning  uzunligi  3  metrga,  O’rta
Osiyocho’liarida tarqalgan echkiemarniki esa 1, 5 mga yetadi. O’zbekistonning
cho’l mintaqalarida yumaloqbosh kaltakesak, oyoqsiz kaltakesaklardan sariq ilon,
eski imoratlar devorida gekkonlarni uchratish mumkin. Gekkonlar-tungi hayvonlar,
tunda ularning ohista chirqillagan ovozini eshitish  mumkin. Kaftakesaklarning
ayrim turlari (ildam kaltakesak, tirik tug’ar kaltakesaklar) birmuncha sovuq iqlimii
shimoliy hududlarda ham tarqalgan.
     Ilonlarning  gavdasi uzun, silindrsimon bo’lib, oyoqlari bo’lmaydi, faqat
bo’g’ma ilonlarning anal teshigi ikki yonida ilmoqchalar shaklidagi orqa oyoqlari
aidimenti saqlanib qoladi. Ularning qovoqlari ko’ziga yopishib yupqa shishasimon
parda hosil qiladi. Shuning uchun ularning ko’zi yiimilmaydi. O’rta quloq va
nog’ora pardasi bo’lmaganidan ilonlar eshitmaydi. Ilonlarning pastki va yuqori
jag’lari, elastik pay orqali qo’shilgan. Ilonlar og’zini juda katta ochib, o’z tanasidan
ham yo’g’onroq o’ljani tiriklayin yuta oladi. Gavdasi ingichka va uzun bo’Igani
sababli ularning faqat bitta o’pkasi rivojlangan, buyragi tasmasimon, qovurg’alari
kalta, to’sh suyagi bo’lmaydi.
Ilonlar tanasini to’lqinsimon bukib harakatlanadi. Qornidagi qalqonlar orqa uchi
biri ikkinchisi ustiga taxlanib, oldingi uchi biroz ko’tarilib turganidan ilonni orqaga
siljishiga imkon bermaydi. Ilonlarning deyarli hammasi yirtqich bo’Iib, o’ljani
tiriklayin yutadi. Bo’g’ma ilonlar awal o’ljasini bo’g’ib, zaharli ilonlar zaharlab
o’ldirganidan so’ng yutadi.
    Zaharli ilonlarning yuqori jag’ida  zaharli tishlari  bo’Iadi. Ilon og’zini katta
ochganida zaharli tishlari ko’tarilib vertikal holatni egallaydi. Og’zi yopilganida
Logotip
harakatchan qovoqlar himoya qilib turadi, faqat gekkonlar, yalangko’z va ayrim boshqa kaltakesaklar qovoqlari yopishib, ko’zi ustida shaffof parda hosil qiladi. Ko’pchilik kaltakesaklar xavf tug’ilganida dumini uzib tashlash avtomamiya xususiyatiga ega. Keyinchalik uzib tashlangan dum o’rnida yangisi hosil bo’ladi. Ko’pchilik kaltakesaklar tuxum tug’ib ko’payadi, ammo ayrim turlari (urchuq ilon, tirik tug’ar kaltakesak) tuxumdan tirik tug’adi. Kaltakesaklar mayda hayvonlar, jumladan turli zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligiga foyda keltiradi. Kaltakesaklar odatda serquyosh issiq o’lkalarda keng tarqalgan. Indoneziyaning Komodo orolida uchraydigan echkiemarlarning uzunligi 3 metrga, O’rta Osiyocho’liarida tarqalgan echkiemarniki esa 1, 5 mga yetadi. O’zbekistonning cho’l mintaqalarida yumaloqbosh kaltakesak, oyoqsiz kaltakesaklardan sariq ilon, eski imoratlar devorida gekkonlarni uchratish mumkin. Gekkonlar-tungi hayvonlar, tunda ularning ohista chirqillagan ovozini eshitish mumkin. Kaftakesaklarning ayrim turlari (ildam kaltakesak, tirik tug’ar kaltakesaklar) birmuncha sovuq iqlimii shimoliy hududlarda ham tarqalgan. Ilonlarning gavdasi uzun, silindrsimon bo’lib, oyoqlari bo’lmaydi, faqat bo’g’ma ilonlarning anal teshigi ikki yonida ilmoqchalar shaklidagi orqa oyoqlari aidimenti saqlanib qoladi. Ularning qovoqlari ko’ziga yopishib yupqa shishasimon parda hosil qiladi. Shuning uchun ularning ko’zi yiimilmaydi. O’rta quloq va nog’ora pardasi bo’lmaganidan ilonlar eshitmaydi. Ilonlarning pastki va yuqori jag’lari, elastik pay orqali qo’shilgan. Ilonlar og’zini juda katta ochib, o’z tanasidan ham yo’g’onroq o’ljani tiriklayin yuta oladi. Gavdasi ingichka va uzun bo’Igani sababli ularning faqat bitta o’pkasi rivojlangan, buyragi tasmasimon, qovurg’alari kalta, to’sh suyagi bo’lmaydi. Ilonlar tanasini to’lqinsimon bukib harakatlanadi. Qornidagi qalqonlar orqa uchi biri ikkinchisi ustiga taxlanib, oldingi uchi biroz ko’tarilib turganidan ilonni orqaga siljishiga imkon bermaydi. Ilonlarning deyarli hammasi yirtqich bo’Iib, o’ljani tiriklayin yutadi. Bo’g’ma ilonlar awal o’ljasini bo’g’ib, zaharli ilonlar zaharlab o’ldirganidan so’ng yutadi. Zaharli ilonlarning yuqori jag’ida zaharli tishlari bo’Iadi. Ilon og’zini katta ochganida zaharli tishlari ko’tarilib vertikal holatni egallaydi. Og’zi yopilganida
esa tishlari orqaga yotadi. Zaharli tishlari asosida zahar bezi joylashgan. Qora ilon
va shaqildoq ilon zahari tish ichidagi nay orqali o’ljasi tanasiga o’tadi . Kapcha
ilon va ko’lvor ilon zahari esa tish sirtidagi egatcha orqali o’lja tanasiga oqadi.
    Ilonlar ham kaltakesaklar singari tullab o’sadi, lekin tullaganida kaltakesaklar
terisi parcha-parcha bo’Iib tushadi. Ilonlar terisi esa bosh qismidan boshlab yaxlit
ko’chadi. Yer yuzida ilonlarning 300 ga yaqin turi bor. Ular har xil muhitda,
jumladan dengiz va chuchuk suv havzalarida, cho’l va daryo vodiylarida uchraydi.
O’zbekistonda iloniarning 20 ga yaqin turi tarqalgan. Ular orasida 5 turi: kapcha
ilon, ko’lvor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq ilon, qum charx iloni zaharli
hisoblanadi.
Qora ilonni tig boshi:
1- ko’z; 2-burun teshigi; 3-zahar bezi 4-tishlar; 5-zahar tishlari; 6-til.
      Ilonlar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular zararkunanda va
kasallik  tarqatuvchi  kemiruvchilar,  hasharotlar  va  molluskalar  bilan  oziqlanib,
tabiatda ular sonini cheklab turadi. Ilonlar zaharidan farmatsevtikada foydalaniladi.
Ba’zi ilonlar odam uchun xavfli, biroq ular faqat o’zini himoya qilish uchun
odamni chaqadi.
Toshbaqalar turkumi: Toshbaqalar tanasi keng bo’lib, orqa va qorin tomonidan
qalqon bilan qoplangan. Orqa qalqon kosaga o’xshash qavariq, qorin qalqon yassi
bo’Iadi. Tanasining ikki yonida qalqonlar pay orqali tutashgan. Tananing oldingi
va orqa tomonida qalqonlar orasida tirqish bo’Iib, oldingi tirqishdan toshbaqaning
boshi va oldingi oyoqlari, orqa tirqishdan dumi va orqa oyoqlari chiqib turadi. Xavf
tug’ilganida toshbaqa boshi va oyoqlarini qalqoni ichiga tortib oladi. Toshbaqalar
Logotip
esa tishlari orqaga yotadi. Zaharli tishlari asosida zahar bezi joylashgan. Qora ilon va shaqildoq ilon zahari tish ichidagi nay orqali o’ljasi tanasiga o’tadi . Kapcha ilon va ko’lvor ilon zahari esa tish sirtidagi egatcha orqali o’lja tanasiga oqadi. Ilonlar ham kaltakesaklar singari tullab o’sadi, lekin tullaganida kaltakesaklar terisi parcha-parcha bo’Iib tushadi. Ilonlar terisi esa bosh qismidan boshlab yaxlit ko’chadi. Yer yuzida ilonlarning 300 ga yaqin turi bor. Ular har xil muhitda, jumladan dengiz va chuchuk suv havzalarida, cho’l va daryo vodiylarida uchraydi. O’zbekistonda iloniarning 20 ga yaqin turi tarqalgan. Ular orasida 5 turi: kapcha ilon, ko’lvor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq ilon, qum charx iloni zaharli hisoblanadi. Qora ilonni tig boshi: 1- ko’z; 2-burun teshigi; 3-zahar bezi 4-tishlar; 5-zahar tishlari; 6-til. Ilonlar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular zararkunanda va kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar, hasharotlar va molluskalar bilan oziqlanib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Ilonlar zaharidan farmatsevtikada foydalaniladi. Ba’zi ilonlar odam uchun xavfli, biroq ular faqat o’zini himoya qilish uchun odamni chaqadi. Toshbaqalar turkumi: Toshbaqalar tanasi keng bo’lib, orqa va qorin tomonidan qalqon bilan qoplangan. Orqa qalqon kosaga o’xshash qavariq, qorin qalqon yassi bo’Iadi. Tanasining ikki yonida qalqonlar pay orqali tutashgan. Tananing oldingi va orqa tomonida qalqonlar orasida tirqish bo’Iib, oldingi tirqishdan toshbaqaning boshi va oldingi oyoqlari, orqa tirqishdan dumi va orqa oyoqlari chiqib turadi. Xavf tug’ilganida toshbaqa boshi va oyoqlarini qalqoni ichiga tortib oladi. Toshbaqalar
qalqoni suyak asosdan iborat. Bu asos umurtqa o’simtalari, qovurg’alar, to’sh va
o’mrov suyaklarining kengayishi va o’zaro qo’shilishidan hamda teridagi suyak
hosilalaridan paydo bo’Iadi. Sovutning suyak asosi terili toshbaqalarda yumshoq
teri, boshqa toshbaqalarda muguz qalqonlar bilan qoplangan. Toshbaqa laming
tishi  bo’lmaydi,  jag’lari  o’tkir  qirrali  muguz  g’ilof  bilan  qoplangan.  Dengiz
toshbaqalarining oyoqlari suzgich eshkakka aylangan.
Yer yuzida toshbaqalarning 200 ga yaqin turi ma’lum, Ulardan ko’pchiligi tropik
o’lkalarda  tarqalgan.  Tinch  okean  va  Hind  okeani  orollarida  uchraydigan  fil
toshbaqaning vazni 200 kg bo’Iadi. Dengiz yashil toshbaqasin’mg bo’yi 2 m ga,
vazni 450 kg ga yetadi. Bu toshbaqaning go’shti va tuxumi yeyiladi. O’rta Osiyo
hududida tarqalgan cho’l toshbaqasining kattaligi 20 - 25 sm keladi. Toshbaqa
bahorfaslida uyg’onib maysalar bilan oziqlanadi. O’simliklar qovjirab qoladigan
yoz va sovuq qish faslida ular tuproqdagi inlariga kirib uyquga ketadi. Rossiyaning
janubiy hududlaridagi ko’l va botqoqlarda botqoq toshbaqasi uchraydi.
Timsohlar turkumi: Eng yirik sudralib yuruvchilardan nil timsohi-ning bo’yi 10
metrga  yetadi.  Timsohlarning  boshi  cho’ziq,  oyoqlari  kalta,  dumi  kuchli
rivojlangan,  ikki  yondan  siqilgan  bo’ladi.  Terisi  orqa  tomondan  yirik  muguz
qalqonlar bilan qoplangan; qalqonlar ostida suyak plastinkalar bo’ladi. Og’zi katta,
tishlari yirik va o’tkir. Yuragi 4 kamerali. Suvdagi timsohlaming burun teshigi va
quloqlari klapan bilan bekiladi. Burun teshigi va ko’zlari bosh ustidagi bo’rtiqda
joylashganligidan ularning tanasi suv ostida bo’lsa ham ko’zlari va biirun teshikiari
suvdan chiqib turadi.
      Nil timsohi  tropik Afrikada, kaymanlarva allegatorlar  Janubiy Amerika va
Xitoyda,  gavial  Hindiston  yarim  oroli  va  Hindixitoyda  tarqalgan.  Timsohlar
chuchuk suvli daryo va ko’llarda, taroqli timsoh dengizlarning sohilga yaqin joyida
yashaydi. Timsohlar suvdagi va suvloqqa kelgan har xil hayvonlar bilan oziqlanadi.
Nil timsohi va taroqli timsoh odam uchun xavfli.
     Timsohlar hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi. Faqat quyoshda isinish
uchun  qirg’oqqa  chiqadi.  Urg’ochisi  tuxumlarini  qirg’oqdagi  qumga  ko’mib
qo’yadi va uni qo’riqlaydi; tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi.
Logotip
qalqoni suyak asosdan iborat. Bu asos umurtqa o’simtalari, qovurg’alar, to’sh va o’mrov suyaklarining kengayishi va o’zaro qo’shilishidan hamda teridagi suyak hosilalaridan paydo bo’Iadi. Sovutning suyak asosi terili toshbaqalarda yumshoq teri, boshqa toshbaqalarda muguz qalqonlar bilan qoplangan. Toshbaqa laming tishi bo’lmaydi, jag’lari o’tkir qirrali muguz g’ilof bilan qoplangan. Dengiz toshbaqalarining oyoqlari suzgich eshkakka aylangan. Yer yuzida toshbaqalarning 200 ga yaqin turi ma’lum, Ulardan ko’pchiligi tropik o’lkalarda tarqalgan. Tinch okean va Hind okeani orollarida uchraydigan fil toshbaqaning vazni 200 kg bo’Iadi. Dengiz yashil toshbaqasin’mg bo’yi 2 m ga, vazni 450 kg ga yetadi. Bu toshbaqaning go’shti va tuxumi yeyiladi. O’rta Osiyo hududida tarqalgan cho’l toshbaqasining kattaligi 20 - 25 sm keladi. Toshbaqa bahorfaslida uyg’onib maysalar bilan oziqlanadi. O’simliklar qovjirab qoladigan yoz va sovuq qish faslida ular tuproqdagi inlariga kirib uyquga ketadi. Rossiyaning janubiy hududlaridagi ko’l va botqoqlarda botqoq toshbaqasi uchraydi. Timsohlar turkumi: Eng yirik sudralib yuruvchilardan nil timsohi-ning bo’yi 10 metrga yetadi. Timsohlarning boshi cho’ziq, oyoqlari kalta, dumi kuchli rivojlangan, ikki yondan siqilgan bo’ladi. Terisi orqa tomondan yirik muguz qalqonlar bilan qoplangan; qalqonlar ostida suyak plastinkalar bo’ladi. Og’zi katta, tishlari yirik va o’tkir. Yuragi 4 kamerali. Suvdagi timsohlaming burun teshigi va quloqlari klapan bilan bekiladi. Burun teshigi va ko’zlari bosh ustidagi bo’rtiqda joylashganligidan ularning tanasi suv ostida bo’lsa ham ko’zlari va biirun teshikiari suvdan chiqib turadi. Nil timsohi tropik Afrikada, kaymanlarva allegatorlar Janubiy Amerika va Xitoyda, gavial Hindiston yarim oroli va Hindixitoyda tarqalgan. Timsohlar chuchuk suvli daryo va ko’llarda, taroqli timsoh dengizlarning sohilga yaqin joyida yashaydi. Timsohlar suvdagi va suvloqqa kelgan har xil hayvonlar bilan oziqlanadi. Nil timsohi va taroqli timsoh odam uchun xavfli. Timsohlar hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi. Faqat quyoshda isinish uchun qirg’oqqa chiqadi. Urg’ochisi tuxumlarini qirg’oqdagi qumga ko’mib qo’yadi va uni qo’riqlaydi; tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi.