Retsept. Retseptning asosiy qismlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

26,8 KB


Retsept. Retseptning asosiy qismlari.
Darsning  maqsadi. 
Retseptura  fani  haqida
 qisqacha  tushuncha.
Dorixonalardan dori vositalarini olish uchun retsept yozishning qonun qoidalarini
o‘rgatish va retseptlar yozish tartibi. 
Darsning utkazish usuli – Dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat
asosida  olib  borilib  barcha  ma’lumotlar  yozib  tushuntirib  beriladi.  Retseptlar
yozish.
Darsni  o‘tkazis  uchun  kerakli  jixozlar.  Retseptura  faniga  ta’aluqli
adabiyotlar, retseptlarni qanday yozilishini ko‘rsatuvchi jadvallar va maxsus retsept
blankalari. 
Retseptura farmakologiya fanining bir qismi bo‘lib, retseptlarda dori vositalari
nomlarini  to‘g‘ri  yozilishi  va  dori  tayyorlash  texnologiyasini  o‘rgatuvchi  fan
sifatida o‘rganiladi. Shunga muvofiq retseptura ikki qismdan iborat. 
1. Vrachlik retsepturasi  – bu qismda  dori  vositalarini retseptlarda to‘g‘ri
yozish qonun qoidalarini o‘rgansa.
2. Texnologik retsepturada esa dorixonalarda dori tayyorlash usullari hamda
qoidalari,  shuningdek  tayyor  dori  shakllarini  iste’molga  chiqarish  bilan
shug‘ullanadi. 
Retseptura fani farmasevtika soxasi mutaxassislari uchun mukammal, to‘liq
o‘rgatilib, veterinariya mutaxassislariga esa umumiy tushuncha beriladi.
Retsept  (lotincha recipere – olmoq) – davolovchi vrachning farmasevtga
kasal odamga yoki hayvonlarga kerakli bo‘lgan dori shaklini tayyorlash va uni
qanday usulda qabul qilish to‘g‘risidagi yozma murojaatidir. 
Logotip
Retsept. Retseptning asosiy qismlari. Darsning maqsadi. Retseptura fani haqida qisqacha tushuncha. Dorixonalardan dori vositalarini olish uchun retsept yozishning qonun qoidalarini o‘rgatish va retseptlar yozish tartibi. Darsning utkazish usuli – Dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib barcha ma’lumotlar yozib tushuntirib beriladi. Retseptlar yozish. Darsni o‘tkazis uchun kerakli jixozlar. Retseptura faniga ta’aluqli adabiyotlar, retseptlarni qanday yozilishini ko‘rsatuvchi jadvallar va maxsus retsept blankalari. Retseptura farmakologiya fanining bir qismi bo‘lib, retseptlarda dori vositalari nomlarini to‘g‘ri yozilishi va dori tayyorlash texnologiyasini o‘rgatuvchi fan sifatida o‘rganiladi. Shunga muvofiq retseptura ikki qismdan iborat. 1. Vrachlik retsepturasi – bu qismda dori vositalarini retseptlarda to‘g‘ri yozish qonun qoidalarini o‘rgansa. 2. Texnologik retsepturada esa dorixonalarda dori tayyorlash usullari hamda qoidalari, shuningdek tayyor dori shakllarini iste’molga chiqarish bilan shug‘ullanadi. Retseptura fani farmasevtika soxasi mutaxassislari uchun mukammal, to‘liq o‘rgatilib, veterinariya mutaxassislariga esa umumiy tushuncha beriladi. Retsept (lotincha recipere – olmoq) – davolovchi vrachning farmasevtga kasal odamga yoki hayvonlarga kerakli bo‘lgan dori shaklini tayyorlash va uni qanday usulda qabul qilish to‘g‘risidagi yozma murojaatidir.
Retseptda qanday dori vositasining yozilishi, uning miqdori, qanday shaklda
tayyorlanishi, qaysi hayvon turiga berilishi va qancha miqdorda necha marotabadan
qabul qilinishi to’liq yozib ko‘rsatiladi. 
Retsept  -  yuridik  hujjat  hisoblanib,  unda  ko‘rsatilgan  dori  vositalarining
nomlari  va  miqdori,  shuningdek  qabul  qilish  usullari  to’liq  siyoxli  rangda
tushunarli qilib yozilishi shart. 
Retseptlarni yozish uchun 8,5x15 sm li yoki 105x148 mm kattalikdagi maxsus
blankalar qo‘llaniladi. 
Blankaning ikki yon tomonidan 1-2 sm kenglikda joy, har xil belgilar quyish
uchun qoldiriladi. 
Retsept asosan olti qismdan iborat bo‘ladi:
1. Inscriptio – retseptning sarlavxa  qismi bo‘lib, bu  qismda  qo‘yidagilar
ko‘rsatilib o‘tiladi. 
a) Davolovchi korxonaning nomi va turar joyi yoki nomi  hamda turar joyi
ko‘rsatilgan muxri. 
b) Datum – retsept yoziladigan kun va yil.
v) Kasal hayvonning turi, yoshi, laqabi, tusi va kimga tegishli ekanligi, agar
hayvon shaxsiy bo‘lsa egasining ismi, nasabi va turar joyi yozib ko‘rsatiladi. 
g) Retsept yozuvchi – davolovchi vrachning ismi va nasabi.
 
Misol uchun: Samarqand shahar
hayvonlar kasalliklariga 
qarshi kurashish stansiyasi 
S.Ayniy ko‘chasi 11-uy, tel.234-43-25
               15
20 ----------21
 IX
Itga, laqabi «Olapar», 2 yosh egasi 
Suxrob Shakarov, S.Ayniy ko‘chasi 34-uy
Vet.vrach Tursunov Oxun
2. Proepositio seu Invocatio – Davolovchi vrachning farmasevtga yozma
murojaati. 
Logotip
Retseptda qanday dori vositasining yozilishi, uning miqdori, qanday shaklda tayyorlanishi, qaysi hayvon turiga berilishi va qancha miqdorda necha marotabadan qabul qilinishi to’liq yozib ko‘rsatiladi. Retsept - yuridik hujjat hisoblanib, unda ko‘rsatilgan dori vositalarining nomlari va miqdori, shuningdek qabul qilish usullari to’liq siyoxli rangda tushunarli qilib yozilishi shart. Retseptlarni yozish uchun 8,5x15 sm li yoki 105x148 mm kattalikdagi maxsus blankalar qo‘llaniladi. Blankaning ikki yon tomonidan 1-2 sm kenglikda joy, har xil belgilar quyish uchun qoldiriladi. Retsept asosan olti qismdan iborat bo‘ladi: 1. Inscriptio – retseptning sarlavxa qismi bo‘lib, bu qismda qo‘yidagilar ko‘rsatilib o‘tiladi. a) Davolovchi korxonaning nomi va turar joyi yoki nomi hamda turar joyi ko‘rsatilgan muxri. b) Datum – retsept yoziladigan kun va yil. v) Kasal hayvonning turi, yoshi, laqabi, tusi va kimga tegishli ekanligi, agar hayvon shaxsiy bo‘lsa egasining ismi, nasabi va turar joyi yozib ko‘rsatiladi. g) Retsept yozuvchi – davolovchi vrachning ismi va nasabi. Misol uchun: Samarqand shahar hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stansiyasi S.Ayniy ko‘chasi 11-uy, tel.234-43-25 15 20 ----------21 IX Itga, laqabi «Olapar», 2 yosh egasi Suxrob Shakarov, S.Ayniy ko‘chasi 34-uy Vet.vrach Tursunov Oxun 2. Proepositio seu Invocatio – Davolovchi vrachning farmasevtga yozma murojaati.
Bu xolat Recipere – olmoq yoki recipe – ol degan so‘zlar bilan retseptda
qisqartilib Rp.: xolatida yoziladi. 
3. Designatio materiarum – retseptning asosiy  qismi  bo‘lib, bu qismda
kasallikni davolash uchun qo‘llanadigan barcha kerakli dori vositalari va uning
miqdorlari ta’sir xususiyatlariga qarab navbat bilan lotin tilida yozib ko‘rsatiladi. 
Har bir dori vositasining nomlari bosh harflari bilan yangi qatordan, qaratkich
kelishigida yoziladi. Dori  vositasining  nomlanishi  yozib ko‘rsatilgandan so‘ng
ularning kerak bo‘lgan miqdorlari arab sonlarida. 
Misol uchun: 
№
Miqdorlar 
Gramm(g)
Milligram(mg)
Millilitir(ml)
1
500
500,0
0,5
500 ml
2
100
100,0
0,1
100 ml
3
50
50,0
0,05
50 ml
4
10
10,0
0,01
10 ml
5
5
5,0
0,005
5 ml
6
1
1,0
0,001
1 ml
Suyuq shakldagi dori vositalarining miqdorlari retseptda tomchi  holatlarida
berilishi mumkin. Bunday paytlarda tomchi miqdorlari rim sonlari bilan retseptda
guttas tomchi so‘zi yozilib, so‘ngra tomchi soni ko‘rsatiladi.  Qisqacha  gtts deb
yozish ham mumkin. 
Misol uchun:
Solutiones Adrenalini hydrochloride 1:1000 – guttas X
(qisqacha gtts.-X) – adrenalin gidroxloridning 1:1000 nisbatdagi eritmasidan – 10
tomchi.
Agarda bir retseptda olinadigan ikki xil dori vositasining miqdorlari bir xilda
bo‘lsa u xolatda ikkinchi dori vositasi nomi yozilgandan so‘ng aia (aa) – teng so‘zi
yozilib miqdori ko‘rsatiladi. 
Misol uchun:
Acidi lactici
Acidi salicylici aa – 10,0
Collodii elastici – 80,0 
Retseptda  dori  vositasining  aktivligi  ta’sir  birligida  beriladigan  bo‘lsa  u
xolatda grammda emas TB ko‘rsatiladi. 
Logotip
Bu xolat Recipere – olmoq yoki recipe – ol degan so‘zlar bilan retseptda qisqartilib Rp.: xolatida yoziladi. 3. Designatio materiarum – retseptning asosiy qismi bo‘lib, bu qismda kasallikni davolash uchun qo‘llanadigan barcha kerakli dori vositalari va uning miqdorlari ta’sir xususiyatlariga qarab navbat bilan lotin tilida yozib ko‘rsatiladi. Har bir dori vositasining nomlari bosh harflari bilan yangi qatordan, qaratkich kelishigida yoziladi. Dori vositasining nomlanishi yozib ko‘rsatilgandan so‘ng ularning kerak bo‘lgan miqdorlari arab sonlarida. Misol uchun: № Miqdorlar Gramm(g) Milligram(mg) Millilitir(ml) 1 500 500,0 0,5 500 ml 2 100 100,0 0,1 100 ml 3 50 50,0 0,05 50 ml 4 10 10,0 0,01 10 ml 5 5 5,0 0,005 5 ml 6 1 1,0 0,001 1 ml Suyuq shakldagi dori vositalarining miqdorlari retseptda tomchi holatlarida berilishi mumkin. Bunday paytlarda tomchi miqdorlari rim sonlari bilan retseptda guttas tomchi so‘zi yozilib, so‘ngra tomchi soni ko‘rsatiladi. Qisqacha gtts deb yozish ham mumkin. Misol uchun: Solutiones Adrenalini hydrochloride 1:1000 – guttas X (qisqacha gtts.-X) – adrenalin gidroxloridning 1:1000 nisbatdagi eritmasidan – 10 tomchi. Agarda bir retseptda olinadigan ikki xil dori vositasining miqdorlari bir xilda bo‘lsa u xolatda ikkinchi dori vositasi nomi yozilgandan so‘ng aia (aa) – teng so‘zi yozilib miqdori ko‘rsatiladi. Misol uchun: Acidi lactici Acidi salicylici aa – 10,0 Collodii elastici – 80,0 Retseptda dori vositasining aktivligi ta’sir birligida beriladigan bo‘lsa u xolatda grammda emas TB ko‘rsatiladi.
Misol uchun: Benzylpenicillinum – natrii – 500000 TB
-
(benzilpenisillin natriy 500000 TB)
Murakkab  retseptlar  tarkibiga  kiruvchi  dori  vositalari  quyidagi  tartibda
yoziladi. 
a) Asosiy dori vositasi –remedium basis, retseptda yozilgan bitta dori vositasi
doimo keraklicha davolash samarasini bermaydi, shu tufayli asosiy dori vositasini
ta’sir xususiyatini oshirish va uzaytirish maqsadida.
b) Yordam beruvchi vosita – remedium adivans qushib yoziladi. 
v)  Retseptda  tayyorlanadigan  dori  vositalari  yoqimsiz  hidga,  achchiq  va
nordon ta’amga ega bo‘lsa bu xolatlarni yaxshilash maqsadida doriga hid, ta’am va
rang  beruvchi  vositalar–remedium  corrigens 
qushiladi.  Bunday  paytda
tayyorlanadigan dorini qaysi tur hayvonlariga berilishi hisobga olinadi. 
Misol uchun: Sigirlarga beriladigan bo‘lsa (corrigens) sifatida tuz, qo‘ylarga
– qalampir, it va mushuklarga esa shakar va sharbat qushiladi. 
g) Yuqorida olingan barcha vositalarni qushib tayyorlanadigan dorini biron xil
shaklga kiritish talab etiladi. Yani remedium constituens–shakl beruvchi vosita.
Shakl beruvchi vositalar asosiy dorining ta’sir etuvchanligini o‘zgartirmasligi
va hayvon organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lishi shart. 
Suyuq dori shakllarini tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida – suv,
spirt, moy olinsa, yumshoq dori shakllari uchun yog‘, vazelin va boshqalar olinadi. 
Bu  vositalarning  qo‘shilishi  kerak  bo‘lgan  miqdorlari  ko‘rsatilishi  ham
mumkin  ammo  ko‘p  xolatlarda  retseptda  quantum  satis  (qisqacha  q.s.) –
kerakligicha olinsin deb yoziladi. 
Bunday xolatlarda farmasevt o‘zi miqdorini belgilab oladi. 
Misol uchun: Rp.: Coffeini natrio-benzoici (basis)  
    Diuretim aa –0,1 (adivans)
    Sacchari – 0,3 (corrigens)
  
    Aquae destillatae – 10,0 (constituens)
    (eritma tayyorlash ko‘rsatilgan).
         #
    yoki
Rp.: Folii Digitalis pulverati – 2,0 (basis)
    Pulveris radicis Althaeae q.s. (constituens)
Logotip
Misol uchun: Benzylpenicillinum – natrii – 500000 TB - (benzilpenisillin natriy 500000 TB) Murakkab retseptlar tarkibiga kiruvchi dori vositalari quyidagi tartibda yoziladi. a) Asosiy dori vositasi –remedium basis, retseptda yozilgan bitta dori vositasi doimo keraklicha davolash samarasini bermaydi, shu tufayli asosiy dori vositasini ta’sir xususiyatini oshirish va uzaytirish maqsadida. b) Yordam beruvchi vosita – remedium adivans qushib yoziladi. v) Retseptda tayyorlanadigan dori vositalari yoqimsiz hidga, achchiq va nordon ta’amga ega bo‘lsa bu xolatlarni yaxshilash maqsadida doriga hid, ta’am va rang beruvchi vositalar–remedium corrigens qushiladi. Bunday paytda tayyorlanadigan dorini qaysi tur hayvonlariga berilishi hisobga olinadi. Misol uchun: Sigirlarga beriladigan bo‘lsa (corrigens) sifatida tuz, qo‘ylarga – qalampir, it va mushuklarga esa shakar va sharbat qushiladi. g) Yuqorida olingan barcha vositalarni qushib tayyorlanadigan dorini biron xil shaklga kiritish talab etiladi. Yani remedium constituens–shakl beruvchi vosita. Shakl beruvchi vositalar asosiy dorining ta’sir etuvchanligini o‘zgartirmasligi va hayvon organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lishi shart. Suyuq dori shakllarini tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida – suv, spirt, moy olinsa, yumshoq dori shakllari uchun yog‘, vazelin va boshqalar olinadi. Bu vositalarning qo‘shilishi kerak bo‘lgan miqdorlari ko‘rsatilishi ham mumkin ammo ko‘p xolatlarda retseptda quantum satis (qisqacha q.s.) – kerakligicha olinsin deb yoziladi. Bunday xolatlarda farmasevt o‘zi miqdorini belgilab oladi. Misol uchun: Rp.: Coffeini natrio-benzoici (basis) Diuretim aa –0,1 (adivans) Sacchari – 0,3 (corrigens) Aquae destillatae – 10,0 (constituens) (eritma tayyorlash ko‘rsatilgan). # yoki Rp.: Folii Digitalis pulverati – 2,0 (basis) Pulveris radicis Althaeae q.s. (constituens)