RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
Yuklangan vaqt
2024-07-25
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
57,1 KB
RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
REJA
1. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida islohatlar.
2. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti taqsimoti va soliq siyosati
1. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida islohatlar.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarning dastlabki natijalari aholining hayoti va kundalik turmushida o‘zining
yaqqol ifodasini topmoqda, odamlarning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi
o‘sib bormoqda.
Milliy valyutamizning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi. 336 mingdan
ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish 2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir.
Strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat
idoralarining
noqonuniy
aralashuviga
yo‘l
qo‘ymaslik,
davlat
mulkini
xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan
ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning
ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib
boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish,
«Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning kafolati bo‘la
oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki ob’ektlarini
“jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra,
yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab
chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy
ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan
band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir1.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo
va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’ektlari xususiy
qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini
hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik
korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat
ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom
etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy
mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini
bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.
Mamlakatimizda har yili 30 mingdan ziyod kichik biznes sub’ektlari barpo
etilmoqda. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 56,9 foizga, sanoat
ishlab chiqarishida esa 45 foizga yetkazildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromadlar ulushi 52 foizni tashkil etdi2.
1 http://21asr.uz/post/iqtisodiyotni-liberallashtirish-kimga-nima-beradi.
2 http://21asr.uz/post/iqtisodiyotni-liberallashtirish-kimga-nima-beradi.
Keyingi ikki yilda 378 aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi savdoga
qo‘yildi. Qayd etish lozimki, nisbatan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan
«Navoiazot», «Farg‘onaazot», «Urganchekskavator», «Qizilqumtsement», «Jizzax
akkumulyator zavodi», «Qo‘qon yog‘-moy zavodi» kabi aksiyadorlik jamiyatlari,
«Aloqabank», «Turonbank» kabi banklar, «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasidagi
davlatga tegishli aksiyalar savdoga qo‘yildi. Bu nima beradi?
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari davlatga tegishli qismining sotilishi
davlat g‘aznasiga mo‘may mablag‘ keltiradi. Ikkinchidan, davlatning qo‘li xo‘jalik
yumushlaridan birmuncha bo‘shaydi. Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlik muhiti
kengayadi. Bundan ham davlat, ham mulkdorlar va oddiy kishilar yutadi. Asosiysi,
bozor islohotlarini chuqurlashtirish shuni talab qiladi.
Davlatning monopol mavqei uglevodorod xomashyosi, rangli metallar,
uran qazib olish, temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiyasi
ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarda saqlanib qolishi lozim.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini
xususiylashtirish bo‘yicha Dasturida to‘la quvvat bilan ishlamayotgan davlat
korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga
o‘tkazish, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan va foydalanilmayotgan davlat
ulushini to‘la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aksiyalarini fond bozorida
sotish orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu
bilan birga, bu tadbirlarni o‘tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. Jumladan,
davlat aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat aktivlariga ikki
oy muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 foizgacha, har 15 kunda
esa 10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa investitsiya kiritish va yangi ish
o‘rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda sotish, Markaziy bankning qayta
moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish, davlat ob’ektlarini qismlarga
bo‘lib sotish, xarid to‘lovlariga imtiyoz berish, davlat ob’ektlarini ijarachilarga
sotilishga ustunlik berish, xo‘jalik organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini
sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi
mumkinligi va boshqalar belgilab qo‘yildi.
Valyuta
va
tashqi
savdo
bozorini
erkinlashtirish
iqtisodiyotni
liberallashtirishning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, davlat pul-kredit siyosatiga
jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Monetar siyosat davlat yoki uning
Markaziy banki tomonidan makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish maqsadida
muomaladagi pul massasini oshirish yoki pasaytirish orqali amalga oshiriladigan
vositadir. Bu siyosat foiz stavkasi va ayirboshlash kursi, to‘lov balansi, ustidan
nazorat, inflyatsiyani jilovlash, umumiy bandlikni oshirish, baholar darajasini
me’yorlash va boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Monetar siyosat bir
amerikalik tili bilan aytganda, “bir tanga ustida umbaloq oshish”dir.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmonni
imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit
yaratish bo‘lib, bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‘rniga yagona rasmiy kurs
bir dollarga 8100 so‘m miqdorida belgilandi.
Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu sohada raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash,
fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport
faoliyatini rag‘batlantirish, ularga imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona
tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish
muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini pasaytirishga oid hujjatlarni
rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o‘tish va boshqa chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda.
2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul
qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‘lovlari o‘rtacha 14,5
foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi savdoni keyingi
erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik mahsulotlariga import
stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga esa yaqingacha import
bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha past edi. O‘tgan yil oktyabr
oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import bojlari o‘rtacha 2,5 martaga
pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-import operatsiyalari
kuchayishiga,
milliy
iqtisodiyotning
dunyo
bozoridan
o‘rin
olishini
osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global zanjiriga
integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida
so‘z borar ekan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo
reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 134-inchi o‘rinda turishi ta’kidlandi. Vaholanki,
yurtimiz boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega. Hamma gap ana shu
zaxirani xalq manfaati yo‘lida oqilona va samarali ishlata olishdadir.
Bojxona
tartib-taomillarining
murakkabligi
tadbirkorlikka
to‘sqinlik
qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobotiga ko‘ra,
eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston 190 davlat orasida
175-o‘rinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat
kifoya qilsa, O‘zbekistonda 1 oy muddat sarflanadi. Shu munosabat bilan kelasi
yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh
etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va
“qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etiladi.
Ayni vaqtda noqonuniy tekshirishlar, xususiy biznes faoliyatiga asossiz
aralashishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari
faoliyatini tekshirish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Tekshirish o‘tkazishga
ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o‘tilib, uning nazorati Bosh
prokuraturaga yuklanadi. Barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatiladi.
Biz bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini o‘zaro sheriklik asosida xususiy
sektorga o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Internet tarmog‘ida elektron
savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun
ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali
davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etiladi.
Davlatimiz rahbari aytganidek, byudjet tizimini qayta ko‘rib chiqish, byudjet
daromadlari va xarajatlari ochiq va oshkora bo‘lishi ta’minlash lozim.
Tashqi iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta imkoniyat va zaxiralar
mavjud. Bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik sheriklar – Xitoy,
Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan
savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish davom ettiriladi. Kelasi yilda Jahon savdo
tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlanadi. Asosiy maqsad
– tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek brendi” nomi bilan
olib chiqishdan iborat.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli
tarmoqlardan biri – bu turizmdir. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda,
ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning
boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlatimiz rahbari iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq – qishloq xo‘jaligi
sohasidagi eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi
qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi
ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta
ishlash hajmi esa 10 foizga yetmaydi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligini
yanada isloh qilish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim.
Qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish –
dolzarb masalalardan biri. Shu maqsadda qurilish sohasini 2030 yilgacha
innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor
yo‘nalishlarga to‘xtalib, ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot
darajasi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”
tushunchasini
qonunchilikda
mustahkamlash
va
uni
amalda
ta’minlash
mexanizmlarini yaratish lozimligini qayd etdi.
Ayni vaqtda aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va
ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ham amaliy choralar
ko‘rildi.
2018 yilda namunaviy va arzon uy-joylar qurish ko‘lami joriy yilga nisbatan
1,5 barobar ko‘paytiriladi3.
Ma’lum qilinganidek, kelasi yil yangi yo‘llar barpo etish, transport-logistika
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish
bo‘yicha bir qator ishlar rejalashtirilgan.
2018 yilning yanvar-dekabr oyida respublikada 55,0 mingtaga yaqin korxonalar
va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,0
mingtaga ko‘p, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Natijada, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning
shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3%)ga o‘sgan hamda ularning umumiy
soni 323,5 mingtani tashkil etgan.
2019 yilning 1 yanvar holatiga 339,0 mingta korxonalar va tashkilotlar
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 22,1% savdo, 17,5%
sanoat, 9% qurilish, 7,7% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,2% yashash va
ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 4,1% tashish va saqlash, 2,2% axborot va aloqa,
2,0% sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda 29,2% boshqa faoliyat turlari
hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi
Toshkent shahri (71318 ta), Toshkent (35385 ta), Samarqand (26297 ta) va Farg‘ona
(29529 ta) viloyatlari hissasiga to‘gri keladi. Aksincha, Sirdaryo (11109 ta), Navoiy
(11281 ta) hamda Xorazm (15765 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini
kuzatish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 323 517 tani tashkil etib,
o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3%)ga o‘sgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va
tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 21,9% savdo, 17,6% sanoat, 9,0% qurilish,
7,6% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,1% yashash va ovqatlanish bo‘yicha
xizmatlar, 4,1% tashish va saqlash, 2,2% axborot va aloqa, 2,1% sog‘liqni saqlash
3 http://taraqqiyot.uz/2018-yil-faol-tadbirkorlik-innovatsion-goyalar-va-tekhnologiyalarni-k-ullab-k-uvvatlash-yili.
va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 29,4% boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri
keladi4.
Hududlar kesimida qaralganda, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar
soni eng ko‘pi Toshkent shahri (69236 ta), Toshkent (31030 ta), Farg‘ona (29128
ta), Andijon (27391 ta) va Samarqand (25066 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Aksincha Sirdaryo (10367 ta), Navoiy (11175 ta) hamda Jizzax (14226 ta)
viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida 55 011 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil
etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2017 yilning shu davriga nisbatan 34,1%ga ko‘p.
Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri
(12714 ta), Toshkent (5456 ta), Samarqand (4831 ta) va Farg‘ona (4338 ta)
viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (1507 ta), Navoiy (2027 ta)
hamda Xorazm (2299 ta) viloyatlarida korxona va tashkilotlarni tashkil etish
ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida, eng ko‘pi savdo (11719 ta), sanoat (11279
ta), qurilish (6370 ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (5628 ta) sohalarida yangi
tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (1178
ta), axborot va aloqa (1236 ta) hamda tashish va saqlash (2115 ta) faoliyat turlari
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019 yil 1 yanvar holatiga 265,0 mingta tijorat shaklidagi korxona va
tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar – 72,4
mingta, oilaviy korxonalar – 15,5 mingta, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 170,2
mingta va boshqalar 6,9 mingtani tashkil etgan5.
2. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash
4 https://kun.uz/news/2019/01/15/2018-yil-ozbekistonda-55-mingta-yangi-korxona-tashkil-etildi.
5 https://kun.uz/news/2019/01/15/2018-yil-ozbekistonda-55-mingta-yangi-korxona-tashkil-etildi.
Harakatlar strategiyasida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish masalasiga katta e’tibor berildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-
sessiyasida
so‘zlagan
nutqida:
Barqaror
va
zamonaviy
iqtisodiyotni
shakllantirmasdan turib, xalq farovonligi va yuksak hayot darajasini ta’minlashga
erishib bo‘lmaydi. “Strategiya, bu – yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlari
dasturidir”. Sanoat tarmoqlarida menejment strategiyasini amalga oshirishda
iqtisodchi olimlar V.Kattakishiev, I.Mamayusupovlar tashkilotning resurslar bilan
ta’minlanganlik
darajasi,
strategiyani
amalga
oshirishdagi
o‘zgarishlarga
menejmentning tayyorgarligi, taklif etilayotgan strategiyani biznesning ichki va
tashqi qatnashchilariga, shuningdek, kompaniyaning jamiyat bilan o‘zaro
munosabatlariga ta’sirini hisobga olish zarur ekanligini ko‘rsatib o‘tgan.
G.Ford (“Mening hayotim, mening yutuqlarim” asari, XIX asr oxiri – XX
asrning 1-yarmi) qarashlarida: qashshoqlikning birlamchi sababi mening fikrimcha,
eng avval sanoatda va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va taqsimotni bir-biriga
to‘g‘ri kelmasligi kabi mutanosiblikdan keladigan zarar juda ulkandir.
R.I.Nurimbetov, S.I.Axmedovlar ilmiy izlanishlarida AQShda mahsulot sifatini
boshqarish tajribasida sanoatning keng iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish bilan tez
sur’atlarda rivojlana boshladi. Lekin tovarlarning sifati ancha past darajada edi.
Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, korxonalar joriy xarajatlarning 25-30
foizi mahsulot nuqsonlarini aniqlash va topishga sarflanar edi. Nuqsonli
mahsulotlarni almashtirish uchun ketgan xarajatlar umumiy xarajatlarning 30
foizidan ham oshib ketishiga olib kelardi. AQShlik ko‘pgina mutaxassislar sifatning
pastligi mehnat unumdorligi va raqobatbardoshlikning oshishiga asosiy to‘siq deb
hisoblashardi. Yaponiya tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sifatni oshirish – hech qachon
tugamaydigan ishdir. “Yapon mo‘jizasi”ning asosiy konsepsiyasi – xoh ishlab
chiqarish, xoh boshqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lsin, mukammal texnologiyadir
deya ta’kidlagan6.
Milliy iqtisodiyotda olib borilgan islohotlar natijasida sanoat korxonalari davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish
maqsadida investitsiyalar kiritilmoqda. Natijada 2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi
yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8
foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq
etilishi natijasida respublikada YaIMga sarflanadigan energiya sarfi 7,4 foiz, yirik
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan
o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi7. Mamlakatdagi sanoat korxonalari
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi 2015 yildagi 20 foizdan 2017
yilga kelib 25 foizgacha kamaytirildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytganda, mamlakatdagi ishlab chiqarish
korxonalari, jumladan, sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish hozirgi
kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o‘rinda, sanoat tarmoqlarida sanoat
mahsulotlariga iste’mol bozori talabini to‘la qondirish, shu bilan birga, import
o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish kabi ustuvor
vazifalar turibdi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu sohaning texnik jihati qurollanish
darajasiga bog‘liq sanalib, mazkur vazifani hal etish birinchi galda sanoat
tarmoqlarini yangi texnologiyalar bilan ta’minlashni samarali tashkil etish bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shu maqsadda respublikamizda ishlab chiqarishni
rivojlantirish va tayyorlanayotgan mahsulotlarni jahon standarti talabiga
integratsiyalashuvini ta’minlash uchun davlat byudjeti tomonidan bir qator yirik
6 R.I.Nurimbetov, S.I.Ahmedov Ishlab chiqarish menejmenti. O’quv qo’llanma. O’zbekiston Resbublikasi Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Talqin”, 2008. – 112 bet.
7 2015 йил 4 мартдаги “2015-2019 йилларда ишлаб чиқаришни таркибий ўзгартириш, модернизация ва
диверсификация қилишни таъминлаш бўйича чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги ПФ-4707-сонли
фармони.
ishlab chiqarish majmualari moliyalashtirilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
va diversifikatsiya qilish sharoitida davlat milliy iqtisodiyotimiz uchun zarur bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi ob’ektlarni yangi texnik va texnologik jihozlash
uchun moliyalashtiradi. Xususiylashtirishning kengayishi hamda xususiy sektorning
rivojlanib borishi bilan davlat byudjeti mablag‘lari evaziga investitsiyalash kamayib
boradi. Boshqa jihatdan iqtisodiyotning erkinlashuvi chet el investorlarining
O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga yondashuviga yo‘l ochib berdi.
Hozirgi kunda qora va rangli metallurgiyaga chet el qo‘yilmalari 63,5 foizni, neft-
gaz kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining umumiy oqimidan
19,8
foizni
tashkil
etdi.
Ayniqsa,
oxirgi
2016-2017
yillar
davomida
respublikamizning sanoat tarmoqlariga bevosita investitsiyalarni jalb etishga
alohida e’tibor berildi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etishga yurtimizda qulay
investitsion
muhitning
yaratilishi,
xorijiy
investorlarga
imtiyoz
va
preferensiyalarning taqdim etilishi katta rol o‘ynadi.
Shuni qayd qilish lozimki, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari
doirasida 13339 ta loyiha amalga oshirilib, 2,1 trillion so‘mdan ko‘p kreditni
o‘zlashtirishga erishildi. 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasining
tashkil etilishi sanoat tarmoqlariga, umuman mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir
jarayonini nechog‘liq ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib turibdi. “Peugot” va
“Citroyon” brendi bilan yengil avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavod barpo
etilmoqda. Shuningdek, tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha umumiy qiymati 12,7 million dollar bo‘lgan 10 ta loyiha
amalga oshirildi.
Shu jarayonlarni hisobga olgan holda, masalan, faqat to‘qimachilik va tikuv-
trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida sohaga 32 mln. dollar
miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobidan 3 ta yangi va modernizatsiya
qilingan zamonaviy yengil sanoat korxonalari ishga tushdi. 2017-2021 yillarda
umumiy qiymati 400 millard AQSh dollari miqdorida 649 ta investitsiya loyihasi
amalga oshirilib, keyingi 5 yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 marta,
uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i
80 foizdan 85 foizga oshadi8.
2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari izchil amalga
oshirilishi tufayli mamlakatimizda mustahkam iqtisodiy o‘sishning yuksak
sur’atlarini saqlash ta’minlandi. Dastlabki baholashga ko‘ra, 2017 yilda yalpi ichki
mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 249 136,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
YaIMning real o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 105,3 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan o‘sish sur’atlari YaIM o‘sishida
asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko‘rsatdi va bu soha
o‘tgan yilga nisbatan 6,9 foizga oshdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlar – 3,9 foizga (YaIM tarkibidagi ulushi –11,5 foiz), tashish va
saqlash, axborot va aloqa – 8,9 foizga (11,0 foiz) va boshqa xizmatlar – 7,3 foizga
(24,8 foiz) o‘sdi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida ham 2,0 foiz darajasida
ijobiy o‘sish sur’ati kuzatildi. Ushbu tarmoqning YaIM tarkibidagi ulushi 19,2 foizni
tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘idagi o‘sish sur’ati
hisobidan YaIMning 0,4 foiz punktga o‘sishi ta’minlandi. Sanoat tarmog‘ining
qo‘shilgan qiymati 4,6 foizga o‘sdi va YaIM tarkibidagi ulushi 26,7 foizni tashkil
etdi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o‘sishi sur’atiga ijobiy ta’siri 1,1
foiz punkt darajasida baholandi. Sanoat tarmog‘idagi o‘sish asosan tog‘-kon sanoati
va ochiq konlarni ishlash (114,6 foiz) va ishlab chiqaradigan sanoat (102,8 foiz)
qo‘shilgan qiymatlarining o‘sishi hisobiga ta’minlandi.
Sanoat ishlab chiqarish indeksi darajasining o‘zgarishiga quyidagi omillar
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi:
– tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda: tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha
qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi, “O‘zbekneftegaz” AJ korxonalari va
ochiq konlarda ishlaydigan korxonalarning barqaror faoliyati. Buning natijasida gaz
kondensati qazib olish hajmi 6,5 foiz, neft va tabiiy gazni qazib olish uchun
8 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош
Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи (Нью-Йорк шаҳри, 2017 йил 19 сентябрь) (Халқ сўзи, 2017 йил 20
сентябрь).
burg‘ulash qurilmalarini o‘rnatish, ta’mirlash va ular bilan bog‘liq xizmatlar 92,5
foiz, shag‘al 20,7 foiz, maydalangan tosh ishlab chiqarish 11,8 foizga oshdi;
– ishlab chiqaradigan sanoatda: mashina va uskunalarni tayyorlash, ta’mirlash
va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor
metall buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “O‘zavtosanoat” AK
korxonalarida mahsulotlar hajmining oshishi. Buning natijasida, yengil avtomobillar
(maxsuslarisiz) ishlab chiqarish 90,8 foizga oshdi;
– elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda:
“O‘zbekenergo” AJ bo‘linmalari va “O‘ztransgaz” AK korxonalari ishlab chiqarish
hajmlarining oshishi. Bu esa, gazsimon yoqilg‘ilarni ishlab chiqarish va tarqatish
hajmlarining 13,0 foizga, issiqlik elektr markazlari tomonidan elektr energiyasi
ishlab chiqarishning 5,8 foizga oshishi bilan izohlanadi;
– suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya
qilishda: suv quvurlari orqali suvni tozalash va taqsimlash bo‘yicha xizmatlar 14,4
foizga, oqova suvlarini chiqarib tashlash va transportirovka qilish hamda ularni
qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar 11,0 foizga oshdi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish indeksi darajasiga quyidagi tarmoqlarda
maxsulotlar tayyorlash hajmining kamayishi salbiy ta’sir ko‘rsatdi:
– oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish (o‘tgan
yilning tegishli davriga nisbatan 98,2 foiz). Mazkur faoliyat turi bo‘yicha o‘sish
sur’atining kamayishi shakar (o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 92,8 foiz),
tamaki mahsulotlari (91,6 foiz) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining
pasayishi bilan izohlanadi;
– to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish (99,4 foiz). Bu esa,
asosan paxta tolasi ishlab chiqarishining pasayishi (87,0 foiz) bilan bog‘liq;
– kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish (98,2
foiz). Bu esa, karbamid (80,2 foiz), ammoniy nitrat (75,2 foiz), suvsiz ammiak (81,9
foiz), ammoniy sulfat (81,5 foiz) ishlab chiqarishining pasayishi bilan izohlanadi.
Mazkur tarmoqlarning ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 57,0 foizni, jami
sanoat mahsulotlari hajmida esa 45,0 foizni tashkil etadi.
Sanoatni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
jarayonlarini chuqurlashtirishga oid faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi
o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmining 9,5 foizga va pudrat-qurilish
ishlarining 15 foizga o‘sishi imkonini berdi9.
Shu bilan birga O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar
soni yildan yilga ortib bormoqda va ularni quyidagilardan ham bilish mumkin.
2019 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi
korxonalar soni 7560 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2043 taga
yoki 37,0 %ga o‘sgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu korxonalarning asosiy qismi
Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston
Respublikasi va Koreya Respublikasi hissalariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek,
xorijiy
kapital
ishtirokidagi
faoliyat
ko‘rsatayotgan
korxonalarning 4006 tasi qo‘shma, 3554 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri
keladi.
Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalarning asosiy qismi Toshkent shaharda 4728 ta (jamidagi ulushi 62,5%),
Toshkent viloyatida 851 ta (11,3%) va Samarqand viloyatida 396 tani (5,2%) tashkil
etgan. Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Xorazm viloyatida 71 ta
(0,9%), Qashqadaryoda 85 ta (1,1%), Navoiy viloyatida 109 ta (1,4%) hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 121 tani (1,6%) tashkil etgan10.
Bu mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb
etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab
etadi.
Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar iqtisodiy
faoliyat turlari kesimida ko‘rilsa, eng ko‘p sanoatda 2995 tani (39,6%), savdoda
1668 tani (22,0%) hamda boshqa faoliyat turlarida esa 1225 tani (16,2%) tashkil
9 2015 йил 4 мартдаги “2015-2019 йилларда ишлаб чиқаришни таркибий ўзгартириш, модернизация ва
диверсификация қилишни таъминлаш бўйича чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги ПФ-4707-сонли
фармони.
10 https://kun.uz/news/2019/01/15/ozbekistonda-xorijiy-kapital-ishtirokidagi-korxonalar-soni-malum-qilindi
qilgan. Eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 97 tani
(1,3%), axborot va aloqada 209 tani (2,8%), tashish va saqlashda 214 tani (2,8%)
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 339 tani (4,5%), yashash va ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlarda 325 tani (4,3%) va qurilishda 488 tani (6,5%) tashkil qilgan.
Ko‘rinib turibdiki faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning
asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam
ulush esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa
faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil
etilgan korxonalarning soni 2385 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan 1522 taga ko‘paygan.
Bunda, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida – 428 ta, Turkiya
Respublikasi – 364 ta, Xitoy Xalq Respublikasi - 351 ta, Qozog‘iston Respublikasi
– 246 ta, va Koreya Respublikasi – 161 ta korxonalar yangi ro‘yxatdan o‘tgan.
Shuningdek, 2018 yil davomida Afg‘oniston Islom Respublikasi, Hindiston
Respublikasi,
Germaniya
Federativ
Respublikasi,
Ukraina,
Ozarbayjon
Respublikasi va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish
bildirdilar11.
Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy
faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, asosan 728 tasi sanoat, 654 tasi savdo,
229 tasi qurilish, 190 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi va 297 tasi boshqa
faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik
korxona va mikrofirmalarning soni 262,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich
o‘tgan yilga nisbatan 14,5%ga oshgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi,
ya’ni 60,0 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,4 mingtasi (9,6%) Toshkent, 23,3
mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi (8,6%) Andijon viloyatlari
hissalariga to‘g‘ri keladi.
11 Ўша манба.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 262,9 mingta
kichik korxona va mikrofirmalarning 70,5 mingtasi (26,8%) – savdo, 56,2 mingtasi
(21,4%) - sanoat, 29,0 mingtasi (11,0%) - qurilish, 24,0 mingtasi (9,1%) - qishloq,
o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,7 mingtasi (7,5%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha
xizmatlar sohasi, 13,1 mingtasi (5,0%) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6%) -
axborot va aloqa sohasi, 5,4 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatish, shuningdek 38,4 mingtasi (14,6%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga
to‘g‘ri keladi12.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi
sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash
va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri
keladi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida 48,9 mingdan ziyod kichik korxona va
mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
qaraganda 28,2%ga ko‘proq. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va
mikrofirmalar Toshkent shahri (12071 ta), Toshkent (5080 ta), Samarqand (4312 ta)
va Farg‘ona (3780 ta) viloyatlari hissasiga to‘gr’i keladi. Eng kam Sirdaryo (1354
ta), Xorazm (2009 ta) hamda Navoiy (1810 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘pi savdoda 11713 ta, sanoatda
11262 ta, qurilishda 6360 ta va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 5586 ta tashkil
etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda 1154 ta,
axborot va aloqada 1228 ta hamda tashish va saqlashda 2107 ta tashkil etilgan13.
3. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti taqsimoti va soliq siyosati
O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida hamda
iqtisodiyot sohasini tartibga solish va uni rivojlantirish yuzasidan muhim bo‘lgan
ikkita qonun qabul qilindi.
12 https://kun.uz/news/2019/01/15/respublikada-263-mingtaga-yaqin-kichik-korxonalar-ishlamoqda.
13 Ўша манба.
• «2019 yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul
qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonunlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;
• «O‘zbekiston
Respublikasining
2019
yilgi
asosiy
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga
byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»;
Bu
hujjatlarni
prezidentning
iyun
oyida
imzolagan
«O‘zbekiston
Respublikasida soliq siyosatini mukammallashtirish konsepsiyasi haqida»gi
qarorida belgilangan tamoyillarni amalga oshirishga hizmat qiladi.
2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ko‘zda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy
yo‘nalishlari aks ettirilgan.
2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlar qismi 2018 yil iyun oyida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasining
asosiy yo‘nalishlariga muvofiq shakllantirilgan.
Soliq islohotlarining maqsadi iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish,
soliqqa
tortish
tizimini
soddalashtirish
hamda
soliq
ma’murchiligini
takomillashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi
majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti,
davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqildi.
Keyingi yilda Davlat byudjeti daromadlari 102,6 trln so‘mni, xarajatlari 107,1
trln so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Byudjet taqchilligi 4,3 trln so‘m, yoki
YaIMga nisbatan 1,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 107,1 trln so‘mni tashkil etadi. Bu
o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining
xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi.
2019 yil Davlat byudjeti quyidagicha taqsimlangan:
Ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan
54,0 foizini;
Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4 trln so‘m, umumiy
ta’limga 17,1 trln so‘m, kadrlar tayyorlashga 3,8 trln so‘m;
Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga 12,1 trln so‘m ;
Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trln so‘m
Ilm-fanga 0,8 trln so‘m;
Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va
kompensatsiya to‘lovlari uchun 5 267,2 mlrd so‘m;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun
barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trln so‘m ajratiladi.
Prezidentning 2018 yil 29 iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan soliq siyosatini
takomillashtirish Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari doirasida 2019 yildan
e’tiboran:
1) ish haqi fondiga soliq yuki quyidagicha kamaytirilmoqda:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasining 12
foiz miqdorida o‘rnatilishi va fuqarolarning majburiy sug‘urta badallarining (ish
haqidan 8 foiz) bekor qilinishi natijasida “qo‘lga” tegadigan ish haqi miqdori
o‘rtacha 6,5 foizga oshadi;
ish
haqi
fondidan
yagona
ijtimoiy
to‘lov
miqdori
12
foizgacha
pasaytirilmoqda;
2) davlat maqsadli jamg‘armalariga aylanmadan (oborotdan) 3,2 foiz miqdorida
undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinmoqda;
3) yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat
banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha, dividend va foiz ko‘rinishidagi
daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan soliq – 10 foizdan 5 foizgacha, yuridik
shaxslar mol-mulk solig‘i – 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilmoqda.
2019 yil 1 yanvardan:
umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va rahbarlari ish haqlarini 10 foizga,
malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqlarini esa tabaqalashgan holda
15 foizdan 25 foizgacha;
mehnatiga kam haq to‘lanadigan byudjet sohasida ishlovchi xodimlar ish
haqlarini 5 foizdan 15 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Taklif etilayotgan choralar byudjet sohasida mehnat qilayotgan 360 mingdan
ortiq xodimlarni qamrab olishi aytib o‘tildi. Misol uchun, byudjet tashkilotining eng
past oylik oluvchi texnik xodimlarining ish haqlari, ustama va qo‘shimchalardan
tashqari, 502 ming so‘mdan 577 ming so‘mgacha oshiriladi.
2019 yilgi byudjetda oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ilmiy-
tadqiqot instituti ilmiy xodimlari hamda ularning rahbarlari ish haqlarini 1,5
barobarga, davlat muassasalarining tibbiyot va farmasevtika xodimlarining ish
haqlarini o‘rtacha 26,5 foizga (2018 yilning 1 dekabridan 20 foizga oshirilishiga
qo‘shimcha ravishda) oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, byudjet sohasida
ishlovchi xodimlarning ish haqlarini inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan
miqdorda oshirish hamda ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan
mablag‘larni 20 foizga oshirish hisobga olingan.
Investitsiya xarajatlari 11,9 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Ushbu
mablag‘lar O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan strategik
muhim loyihalarni, shu jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, suv xo‘jaligi ob’ektlarini,
transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini hamda ta’lim va tibbiy-ijtimoiy
muassasalarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirishga
yo‘naltiriladi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2019 yilda 12 trillion so‘mdan ziyod mablag‘
ajratilayotgan sog‘liqni saqlash sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan,
tibbiyot muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan o‘z vaqtida
ta’minlash maqsadida qariyb 1 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy
dasturlarni amalga oshirish uchun 661,5 milliard so‘m, zamonaviy diagnostika,
laboratoriya va davolash uskunalari bilan jihozlashga 58 milliard so‘m mablag‘
ajratilmoqda.
Yagona ijtimoiy to‘lov miqdorining pasaytirilishi va fuqarolarning majburiy
sug‘urta badallari va aylanmadan (oborotdan) to‘lanadigan majburiy ajratmalarning
bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining taqchilligini qoplash hamda pensiya va nafaqalarning o‘z vaqtida
so‘zsiz to‘lanishini ta’minlash maqsadida 4,7 trillion so‘m miqdoridagi subsidiya
byudjet xarajatlarida ko‘zda tutilgan.
Arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok
etadigan banklarga kredit liniyalari ochish xarajatlariga 3 trillion so‘m miqdorida
mablag‘lar rejalashtirilmoqda.