RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1. Bolaning entelektual qobilyatini rivojlantirish – barcha rivojlantiruvchi ta’lim
texnologiyalarini asosi.
2. L.V.Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va uning nazariy
bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili.
3. D.B.Elkonina va V. V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va
ularning mashg’ulotlardagi o’quvchilarning maqsadga yo’naltirilgan faol o’quv
faoliyati tamoyili.
4. Interfaol texnologiyalar. Texnologik karta.
Pedagogik texnologiya kafolatli ta‘lim-tarbiya maqsadga erishish bilan
axamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun,
maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi
faoliyatining uyg‘unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An‘anaviy ta‘lim-
tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo‘lib kelgan. Chunki
quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek, tarbiyachi ham kimni
tarbiyalamoqchi , nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ta‘lim-tarbiyaning
maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik
texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon,
texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan
kelib chiqadigan ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi
kunda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan
islox qilishdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta‘lim-tarbiya vazifalarini qo‘yadi.
Shuningdek, ta‘lim mazmuni asosida maqsad qo‘yish; pedagogik faoliyati
asosida; o‘quvchilarning qobiliyati, xissiy ta‘sirlanishi asosida, ichki jarayon
asosida, o‘quvchini o‘rganish faoliyati asosida, maqsad qo‘yish texnologiyasini
tavsiya etadi.
Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi,
maqsadga to‘la erishish uchun o‘ziga xos texnologik yo‘l qo‘llanadi, yangi-yangi
o‘quv maqsadlari qo‘yiladi.
Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi
diagnostika asosida maqsad qo‘yilishidir. Sinf, guruh yoki alohida o‘quvchiga
qo‘yilgan diagnoz qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa, qo‘yilgan maqsad shunchalik to‘la va
oson bajariladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga
to‘la erishish printsipi etakchilik qiladi. Shuning uchun M.V.Klarin maqsadga
erishish texnologiya”sini alohida taxlil qiladi. Uni uchga bo‘lib o‘rganadi: etalon
maqsadga “mezoniy baxolash”, “ta‘limiy jarayon” va “maqsadga to‘la erishish”.
Maqsadga to‘la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baxolash zarur
bo‘ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga
oshirishga qo‘l keladi. Ma‘lumki, testda ta‘lim maqsadi, erishiladigan mezon o‘z
aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta‘lim maqsadini testga tushirish muhim
masaladir.
O‘qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o‘rin tutadi.
Takrorlashda: ta‘limning umumiy maqsadi; umumiydan ma‘lum aniq maqsad
belgilanishi va har bir bosqichda o‘quvchining o‘zlashtirishi dajarasini aniqlash;
shunga asosan ta‘lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi.
Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.
Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:
A)o‘quvchilar diqqatini tashkil etish;
B)didaktik maqsad haqida axborot berish;
V)zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;
G)ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;
D)o‘quvchilar javobini aks sadosini (reaktsiyasi) rag‘batlantirish;
E)o‘zaro xamkorlikni ta‘minlash;
J)olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;
Z)o‘quvchilar faoliyatini baholash; kabilar.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi
bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi:
Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.
Oddiy o‘rtacha o‘quvchilar-50 %.
Qobiliyati past o‘quvchilar-20 %.
Maqsad qo‘yishda barcha o‘quvchilarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la
o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
1.Kirish qism-o‘quvchilarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;
2.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirishga erishish;
3.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash;
4.Har bir o‘quvchi bahosini tashkil qilish.
Keyin o‘qituvchi har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan
tanishtirad
Sinf to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.
Har bir o‘quvchi oxirida, fanni o‘zlashtirib bo‘lganda baholanadi.
O‘quvchilar qiyosiy baholanmaydi, balki o‘quv matni etalon, mezoni bilan
baholanadi.
“Etalon darajasiga” erishgan o‘quvchi “a‘lo” baxo oladi.
A‘lo baxolar cheklanmaydi.
Har bir o‘quvchiga istagancha yordam ko‘rsatadi.
Xar bir o‘quvchi fanni o‘zlashtirish jarayonida diagnostik kuzatiladi.
Agar o‘quvchi ma‘lum topshiriqdan qiynalsa boshqa yo‘l qo‘llaniladi.