ROSSIYA ISTILOSI VA MUSTABID SHO’ROLAR DAVLATI DAVRIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI

Yuklangan vaqt

2024-07-28

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

44

Faytl hajmi

75,3 KB


 
 
 
 
 
 
ROSSIYA ISTILOSI VA MUSTABID SHO’ROLAR DAVLATI DAVRIDA 
O’ZBEKISTON MADANIYATI 
 
 
Reja: 
1.Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. 
2. Ma'rifatparvarlik harakati. Jadidchilik va ijtimoiy madaniy ko’tarilish. 
3. Mustabid so vet davlati davrida O‘zbekiston madaniyati  
 
Tayanch tushunchalar: ruslashtirish siyosati, rus-tuzem maktabi, kutubxona, 
muzey, Sharq va G‘arb san’ati an’analari simbiozi, rus shaharsozligi, kvartal, grafika 
san’ati, foto va kino san’ati, tasviriy va amaliy san’at, musiqa, illyustratsiya, sirk 
truppasi, o‘zbek teatr san’ati, ma'rifatparvarlik harakati, jadidchilik, madaniy-
ma’rifiy jamiyatlar, gazeta, jurnal, madaniy inqilob, sovet ta’lim tizimi, qatag‘onlik 
siyosati, o‘zbek ilm-fani, adabiyoti, kommunistik mafkura. 
 
 6.1. Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. 
 
   Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olganidan so’ng uning xalqini ma’naviy-
madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga 
bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatning mohiyati mahalliy xalqni milliy, 
tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q 
qilish, ruslashtirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona 
viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish 
uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, 
tez orada o’zi tanazzulga uchraydi». Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga 
ROSSIYA ISTILOSI VA MUSTABID SHO’ROLAR DAVLATI DAVRIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI Reja: 1.Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. 2. Ma'rifatparvarlik harakati. Jadidchilik va ijtimoiy madaniy ko’tarilish. 3. Mustabid so vet davlati davrida O‘zbekiston madaniyati Tayanch tushunchalar: ruslashtirish siyosati, rus-tuzem maktabi, kutubxona, muzey, Sharq va G‘arb san’ati an’analari simbiozi, rus shaharsozligi, kvartal, grafika san’ati, foto va kino san’ati, tasviriy va amaliy san’at, musiqa, illyustratsiya, sirk truppasi, o‘zbek teatr san’ati, ma'rifatparvarlik harakati, jadidchilik, madaniy- ma’rifiy jamiyatlar, gazeta, jurnal, madaniy inqilob, sovet ta’lim tizimi, qatag‘onlik siyosati, o‘zbek ilm-fani, adabiyoti, kommunistik mafkura. 6.1. Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olganidan so’ng uning xalqini ma’naviy- madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatning mohiyati mahalliy xalqni milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, ruslashtirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi». Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga
 
 
mos siyosat yuritildi. Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari 
talon-taroj qilindi. 1870-yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876-yilda tashkil 
etilgan muzeyda o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, 
misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy 
yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to’plandi. 
Ular ko’rikdan o’tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va 
Moskvaga tashib ketildi. Ular orasida san’at darajasida ishlangan Muhammad 
Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitiklar, 
oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon 
(«Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar boredi. 
Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. 
Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning 
faoliyatini tobora cheklab bordi.  
XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida maorif tizimida sezilarli o‘zgarishlar 
yuz berdi. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinishiga qadar hozirgi 
O‘zbekiston hududida diniy musulmon o‘quv yurtlari (eski maktab, madrasa, 
qorixona va boshqalar), ayniqsa boshlang‘ich ma'lumot beruvchi eski maktablar 
keng tarqalgan edi. XX asr boshida Turkiston o‘lkasida taxminan 5 mingga yaqin 
eski maktab mavjud edi. Bu maktablarda o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch keng 
ishlatilar edi. T. Qoriniyoziy bu haqda shunday deb yozgan edi: “Odatda bolani 
maktabga olib borib, domlaga topshirguncha, ota quyidagi an'anaviy gaplarni aytar 
edi: “Go‘shti – sizniki, suyagi – bizniki» va shu bilan domlaga o‘quvchini jismoniy 
jazolashga ijozat berar edi”. Dehqonlarning va hunarmandlarning bolalari odatda 
arab alifbosini o‘rganib va «Haftiyak»ni (Qur'ondagi ayrim suralar to‘plami) 
yodlagandan so‘ng maktabni tugatar edi. Madrasalarda odatda arab va fors tillarida 
boshlang‘ich ilohiyot va shariat asoslari, ba'zan dunyoviy fanlardan arifmetika, 
jug‘rofiya, keyinchalik hatto rus tili ham o‘qitilgan. Qorixonalarda asosan Qur'on 
suralari yodlatilib, qorilar tayyorlangan.  
Rossiya tomonidan Turkiston bosib olinishi bilan maorif va madaniyat 
sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan 
mos siyosat yuritildi. Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870-yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876-yilda tashkil etilgan muzeyda o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to’plandi. Ular ko’rikdan o’tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. Ular orasida san’at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar boredi. Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida maorif tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinishiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududida diniy musulmon o‘quv yurtlari (eski maktab, madrasa, qorixona va boshqalar), ayniqsa boshlang‘ich ma'lumot beruvchi eski maktablar keng tarqalgan edi. XX asr boshida Turkiston o‘lkasida taxminan 5 mingga yaqin eski maktab mavjud edi. Bu maktablarda o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch keng ishlatilar edi. T. Qoriniyoziy bu haqda shunday deb yozgan edi: “Odatda bolani maktabga olib borib, domlaga topshirguncha, ota quyidagi an'anaviy gaplarni aytar edi: “Go‘shti – sizniki, suyagi – bizniki» va shu bilan domlaga o‘quvchini jismoniy jazolashga ijozat berar edi”. Dehqonlarning va hunarmandlarning bolalari odatda arab alifbosini o‘rganib va «Haftiyak»ni (Qur'ondagi ayrim suralar to‘plami) yodlagandan so‘ng maktabni tugatar edi. Madrasalarda odatda arab va fors tillarida boshlang‘ich ilohiyot va shariat asoslari, ba'zan dunyoviy fanlardan arifmetika, jug‘rofiya, keyinchalik hatto rus tili ham o‘qitilgan. Qorixonalarda asosan Qur'on suralari yodlatilib, qorilar tayyorlangan. Rossiya tomonidan Turkiston bosib olinishi bilan maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan
 
 
aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884-yilda Toshkentda 
dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib 
ketdi. Bunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars berar edi. Maqsad o’zbek 
yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chorizm 
ma’murlari yerli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish 
uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, 
degan talabni qo’ydilar. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar 
yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish asta-sekin rus tiliga o’tkazila bordi. 
Mustamlakachi ma’murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalarda, rus tilini yaxshi 
o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq 
uyushtirardi. 
  Chor ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning 
janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan 
xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880-
1889-yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Asxabad, Marv, Chorjo’y, Kushka, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Andijon shaharlarini bog’lovchi Markaziy 
Osiyo temir yo’li qurildi. 1890-1905-yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurilib, 
Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog’landi. 1915-yilda Buxoro-Qarshi va 
Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo’li qurildi. Temir yo’llar qurilishi 
munosabati bilan Rossiyadan ko’plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko’chib 
kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ruslarning kirib 
kelishi natijasida shahar va qishloqlarining turmush tarzi o‘zgardi. Qishloqlar 
shaharlarga aylana bordi. Shaharlar esa kattalashib, eski va yangi shahar qismiga 
ajrala boshlandi. Eski shahar asosan mahalliy aholi istiqomat qiladigan joy, yangi 
shahar qismida esa bosqinchilar tomonidan barpo etilgan mamuriy va madaniy 
binolar hamda ruslar yashaydigan uy-joylar barpo etildi. Yangi shaharlar reja 
asosida qurila boshlanadi. Chor Rossiyasi tomonidan o‘lkamizning bosib olinishi 
mahalliy me'morchilikka rus shaharsozligi elementlari ta'sirini ko‘chaytirdi. Buni 
asosan aholi turar-joylari, cherkovlar, savdo rastalari, vokzal va boshqa binolar 
qurilishida kuzatish mumkin. Keng ko‘chalar katta maydon va xiyobonlar, ko‘p 
aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars berar edi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chorizm ma’murlari yerli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni qo’ydilar. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish asta-sekin rus tiliga o’tkazila bordi. Mustamlakachi ma’murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalarda, rus tilini yaxshi o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. Chor ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yo’l qurilishini boshlab yubordi. 1880- 1889-yillarda zudlik bilan Krasnovodsk, Asxabad, Marv, Chorjo’y, Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Andijon shaharlarini bog’lovchi Markaziy Osiyo temir yo’li qurildi. 1890-1905-yillarda Toshkent-Orenburg temir yo’li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog’landi. 1915-yilda Buxoro-Qarshi va Termiz-Qarshi-Shahrisabz-Kitob temir yo’li qurildi. Temir yo’llar qurilishi munosabati bilan Rossiyadan ko’plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko’chib kelishdi va ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ruslarning kirib kelishi natijasida shahar va qishloqlarining turmush tarzi o‘zgardi. Qishloqlar shaharlarga aylana bordi. Shaharlar esa kattalashib, eski va yangi shahar qismiga ajrala boshlandi. Eski shahar asosan mahalliy aholi istiqomat qiladigan joy, yangi shahar qismida esa bosqinchilar tomonidan barpo etilgan mamuriy va madaniy binolar hamda ruslar yashaydigan uy-joylar barpo etildi. Yangi shaharlar reja asosida qurila boshlanadi. Chor Rossiyasi tomonidan o‘lkamizning bosib olinishi mahalliy me'morchilikka rus shaharsozligi elementlari ta'sirini ko‘chaytirdi. Buni asosan aholi turar-joylari, cherkovlar, savdo rastalari, vokzal va boshqa binolar qurilishida kuzatish mumkin. Keng ko‘chalar katta maydon va xiyobonlar, ko‘p
 
 
qavatli turar-joylar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Markaziy Osiyo shaharlari 
qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Shu davrda Turkiston general-gubernatorligini 
markazi bo‘lgan Toshkent shahrining qurilishi ham o‘zgardi. "Kichik Peterburg" 
deb nom olgan va rus davlatining poytaxti Peterburg shahriga o‘xshatib qurilgan bu 
shahar ko‘chalari va xiyobonlari o‘z vaqtida kelgan sayyohlarni ham hayratga soldi. 
Shahardagi amaldorlarning uylari, turli ma’muriy binolar, favvorali istirohat 
bog‘lari shaharga Yevropa tusini berdi. Shahar ko‘chalarida, yo‘llarga tosh, konka-
ot qo’shilgan tramvay uchun temir izlarning yotqizilishi, faytunli ot va fonuslarning 
paydo bo‘lishi ham shahar qiyofasiga yangi davr ruhini kiritdi. Shu davrdan boshlab 
Rossiya sanoat korxonalarida ishlab chiqilgan buyumlar, masalan, lampa, samovar, 
mato va yevropacha kiyim-kechaklar mahalliy aholi xonadoniga kirib kela boshladi, 
musulmon xonadonida kartoshka, pomidor, baklajon va boshqa yangi sabzavotlar 
ham paydo bo‘ldi. 
   Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’atda ham yangi jarayonlar ro‘y berdi. 
Bosma kitoblarni paydo bo‘lishi hattotlarga bo‘lgan talabni kamaytirib yubordi, 
sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan maishiy buyumlar keng ko‘lamda kirib 
kelishi esa mahalliy kustar ishlab chiqarishini sindirib bordi. Kulolchilik, bo‘z 
to‘qish kabi mahsulotlarga talab pasaya bordi. Me’morchilikda an’anaviy uslublar 
yangi yevropa me’morchilik uslublaridan ta’sirlana boshladi, Sharq va G‘arb san’ati 
an’analari simbiozi yuzaga keldi. Shu holni tasviriy san’atda ham ko‘ramiz. XIX asr 
oxiri - XX asr boshlarida Turkistonga kelgan, yoki kelib ketgan rus rassomlari o‘z 
asarlarida mahalliy hayotni aks ettirgan. Ular ichida V. V. Vereshchagin, K. 
Korovin, L. Benua, R. Zommer, S. Svyatoslavskiy, M. Mikeshin kabi musavvirlar 
tarixiy-etnografik, badiiy tasviriy asarlar yaratib, o‘zbek xalqining turmushini, 
xo‘jalik hayotini, Turkiston manzaralarini va o‘lkani bosib olish jarayonida jang 
ko‘rinishlarini ifodalaganlar. Rus rassomlari ta'sirida mahalliy yoshlardan rassom va 
haykaltaroshlar 
yetishdi. 
Ularning 
ishlaridan 
namunalarni 
Farg‘ona 
mehmonxonalarida devorlarga ishlangan manzaralar, Sitorai Mohi Xosa saroyidagi 
sherlar haykallari, hovuzlarga qo‘yilgan ajdarning boshi aks ettirilgan marmar 
novlar (Hovuzi Xo‘ja Zayniddin, Hovuzi Rashid) kabilarda ko‘rish mumkin. 
qavatli turar-joylar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Markaziy Osiyo shaharlari qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Shu davrda Turkiston general-gubernatorligini markazi bo‘lgan Toshkent shahrining qurilishi ham o‘zgardi. "Kichik Peterburg" deb nom olgan va rus davlatining poytaxti Peterburg shahriga o‘xshatib qurilgan bu shahar ko‘chalari va xiyobonlari o‘z vaqtida kelgan sayyohlarni ham hayratga soldi. Shahardagi amaldorlarning uylari, turli ma’muriy binolar, favvorali istirohat bog‘lari shaharga Yevropa tusini berdi. Shahar ko‘chalarida, yo‘llarga tosh, konka- ot qo’shilgan tramvay uchun temir izlarning yotqizilishi, faytunli ot va fonuslarning paydo bo‘lishi ham shahar qiyofasiga yangi davr ruhini kiritdi. Shu davrdan boshlab Rossiya sanoat korxonalarida ishlab chiqilgan buyumlar, masalan, lampa, samovar, mato va yevropacha kiyim-kechaklar mahalliy aholi xonadoniga kirib kela boshladi, musulmon xonadonida kartoshka, pomidor, baklajon va boshqa yangi sabzavotlar ham paydo bo‘ldi. Me’morchilik, tasviriy va amaliy san’atda ham yangi jarayonlar ro‘y berdi. Bosma kitoblarni paydo bo‘lishi hattotlarga bo‘lgan talabni kamaytirib yubordi, sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan maishiy buyumlar keng ko‘lamda kirib kelishi esa mahalliy kustar ishlab chiqarishini sindirib bordi. Kulolchilik, bo‘z to‘qish kabi mahsulotlarga talab pasaya bordi. Me’morchilikda an’anaviy uslublar yangi yevropa me’morchilik uslublaridan ta’sirlana boshladi, Sharq va G‘arb san’ati an’analari simbiozi yuzaga keldi. Shu holni tasviriy san’atda ham ko‘ramiz. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonga kelgan, yoki kelib ketgan rus rassomlari o‘z asarlarida mahalliy hayotni aks ettirgan. Ular ichida V. V. Vereshchagin, K. Korovin, L. Benua, R. Zommer, S. Svyatoslavskiy, M. Mikeshin kabi musavvirlar tarixiy-etnografik, badiiy tasviriy asarlar yaratib, o‘zbek xalqining turmushini, xo‘jalik hayotini, Turkiston manzaralarini va o‘lkani bosib olish jarayonida jang ko‘rinishlarini ifodalaganlar. Rus rassomlari ta'sirida mahalliy yoshlardan rassom va haykaltaroshlar yetishdi. Ularning ishlaridan namunalarni Farg‘ona mehmonxonalarida devorlarga ishlangan manzaralar, Sitorai Mohi Xosa saroyidagi sherlar haykallari, hovuzlarga qo‘yilgan ajdarning boshi aks ettirilgan marmar novlar (Hovuzi Xo‘ja Zayniddin, Hovuzi Rashid) kabilarda ko‘rish mumkin.
 
 
Shuningdek, naqqoshlikda qush va hayvonlar tasvirlari ko‘paydi. Ishlangan tasviriy 
san’at asarlarida milliy rasm chizish uslubi yevropa rasm chizish uslubi bilan 
uyg‘unlashtirishga intilish paydo bo‘ldi. Bu xususiyatni buxorolik rassom Ahmad 
Donish ishlarida ko’rish mumkin. Uning Alisher Navoyining Layli va Majnun 
dostoniga ishlagan kompozitsiyalarida shu holni ko‘rish mumkin. Ahmad Donish 
yozuvchi, shoir, rassom, hattot sifatida tanildi. U Rossiya shaharlarida bo‘lib yangi 
hayot, voqelikka yangicha qarash tuyg‘usi bilan yashadi va mehnat qildi, uning bu 
qarashlari ilmiy risolalarida, mo‘jaz rasmlarida o‘z ifodasini topdi. Donishning 
mujaz rasmlarida voqelikni o‘ziga aynan o’xshatishga intilib ishlanganligi rasmda 
tasvirlangan yaqin va uzoqdagi buyumlarning katta va kichik tasvirlanishida 
ko’rinadi. Donish ilg‘or Yevropa san’atini qiziqib o’rgandi. Uning "Majnun 
sahroda", "Rassom va shoir" kabi qator miniatyuralarida Yevropa realistik san’ati 
an’analari ta’siri ishlanish uslubida, mavzuni yechishda ko‘rinadi. 
  XIX asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda birin-ketin bosmaxonalar tashkil 
etila boshlagan. Rus va mahalliy tillarda turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etilishi 
san’at rivojiga ta’sir eta borib rassomlar safini kengaytirdi. Bu dastlabki kitobot 
san’ati bilan bog‘liq rasmlar o‘ziga xos, sodda va ko‘p hollarda harf va geometrik 
shakllar kombinatsiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan 
variantlari tarzida ko‘rinadi. Keyinchalik kitoblarga illyustratsiyalar ishlash 
rivojlana bordi. Birinchi mahalliy rassomlar shu san’atda o‘z ijodlarini boshladilar. 
1908-yilda Toshkentda nashr qilingan "Shohnoma", "Farhod va Shirin" kabi qator 
kitoblar illyustratsiyalarini Faqir al-haqir Rahmatulla va Rahmatilla-bek Mulla 
Abdushukur, Sa’diyning ,,Guliston’’ hamda "Gurugli” dostoniga Sirojiddin 
Maxsum Siddiqiy illyustratsiyalar ishladilar. Bu illyustratsiyalarda rassomlar 
mahalliy miniatyura san’ati an’analaridan ham foydalanishga intilganligi sezilib 
turadi. Jumladan, "Go‘ro‘g‘li" dostoniga ishlangan miniatyuralarda Siddiqiy o‘z 
qahramonlari kayfiyatini realistik talqin etishga harakat qilganligi ko‘rinadi. 
Rassomlar bazi kitoblar uchun esa xorijiy mamlakatlarda chiqqan kitob 
illyustratsiyalaridan nusxa olib illyustratsiya ishlashlari shu davrda nashr qilingan 
"Ming bir kecha" "Ajoyib-g‘aroyiblar”, "Farhod va Shirin" dostoni uchun ishlangan 
213 
Shuningdek, naqqoshlikda qush va hayvonlar tasvirlari ko‘paydi. Ishlangan tasviriy san’at asarlarida milliy rasm chizish uslubi yevropa rasm chizish uslubi bilan uyg‘unlashtirishga intilish paydo bo‘ldi. Bu xususiyatni buxorolik rassom Ahmad Donish ishlarida ko’rish mumkin. Uning Alisher Navoyining Layli va Majnun dostoniga ishlagan kompozitsiyalarida shu holni ko‘rish mumkin. Ahmad Donish yozuvchi, shoir, rassom, hattot sifatida tanildi. U Rossiya shaharlarida bo‘lib yangi hayot, voqelikka yangicha qarash tuyg‘usi bilan yashadi va mehnat qildi, uning bu qarashlari ilmiy risolalarida, mo‘jaz rasmlarida o‘z ifodasini topdi. Donishning mujaz rasmlarida voqelikni o‘ziga aynan o’xshatishga intilib ishlanganligi rasmda tasvirlangan yaqin va uzoqdagi buyumlarning katta va kichik tasvirlanishida ko’rinadi. Donish ilg‘or Yevropa san’atini qiziqib o’rgandi. Uning "Majnun sahroda", "Rassom va shoir" kabi qator miniatyuralarida Yevropa realistik san’ati an’analari ta’siri ishlanish uslubida, mavzuni yechishda ko‘rinadi. XIX asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda birin-ketin bosmaxonalar tashkil etila boshlagan. Rus va mahalliy tillarda turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etilishi san’at rivojiga ta’sir eta borib rassomlar safini kengaytirdi. Bu dastlabki kitobot san’ati bilan bog‘liq rasmlar o‘ziga xos, sodda va ko‘p hollarda harf va geometrik shakllar kombinatsiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan variantlari tarzida ko‘rinadi. Keyinchalik kitoblarga illyustratsiyalar ishlash rivojlana bordi. Birinchi mahalliy rassomlar shu san’atda o‘z ijodlarini boshladilar. 1908-yilda Toshkentda nashr qilingan "Shohnoma", "Farhod va Shirin" kabi qator kitoblar illyustratsiyalarini Faqir al-haqir Rahmatulla va Rahmatilla-bek Mulla Abdushukur, Sa’diyning ,,Guliston’’ hamda "Gurugli” dostoniga Sirojiddin Maxsum Siddiqiy illyustratsiyalar ishladilar. Bu illyustratsiyalarda rassomlar mahalliy miniatyura san’ati an’analaridan ham foydalanishga intilganligi sezilib turadi. Jumladan, "Go‘ro‘g‘li" dostoniga ishlangan miniatyuralarda Siddiqiy o‘z qahramonlari kayfiyatini realistik talqin etishga harakat qilganligi ko‘rinadi. Rassomlar bazi kitoblar uchun esa xorijiy mamlakatlarda chiqqan kitob illyustratsiyalaridan nusxa olib illyustratsiya ishlashlari shu davrda nashr qilingan "Ming bir kecha" "Ajoyib-g‘aroyiblar”, "Farhod va Shirin" dostoni uchun ishlangan 213
 
 
illyustratsiyalarda ko‘rinadi. Shu bilan birga bu davrda rus va Yevropa kitob san’ati 
an’analari ham keng yoyila boshladi. Nashr etilgan kitoblarning ayrimlari 
illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Rasmlarning katta qismi realistik xarakterda 
gravyura uslubida bajarilgan. Bu suratlarda Turkiston o‘lkasidagi qushlar, hayvon, 
jonivorlar tasviri, odamlar ko‘rinishi aks ettirilgan. Masjid, madrasa, Turkiston 
tabiati ko‘rinishlari ham nashr etilgan kitoblarda uchraydi.  
  XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu yerda toshbosma uslubida 
kitoblar nashr etilishi grafika san’atida asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu davr 
kitoblari uchun ishlangan rasm va grafik kompozitsiyalar shu jonlanish natijasi edi. 
Markaziy Osiyoda grafika san’ati rang-barang, kitobot san’atining rivojidagi yangi 
bosqich nafaqat kitob chiqarish balki uning texnologiyasida ham sodir bo‘ldi. Hatto 
miniatyura ishlash va ko’chirish bilan birga ko‘p nusxada nashr etish, shu maqsadda 
bosma harf va rasm shakllari (klishe)dan foydalanish texnikasining keng ko’lamda 
hayotga kirib kelishi kitobot san’atining yangi tomonlarini belgiladi. XIX asr 
oxiridan grafika san’ati keng ko‘lamda hayotga kirib kelgan va ma’lum miqdorda 
o‘z o‘rnini egallagan bo‘lsa, aksincha rangtasvir, haykaltaroshlik san’ati davr milliy 
badiiy ziyolilarining jonkuyarligi bilan rivojlandi. XX asr boshlariga kelib 
haykaltaroshlik san’atida ham asarlar paydo bo‘la boshladi. Arab istilosidan keyin 
(VIII asr) butunlay to‘xtatilib qo‘yilgan bu san’at, XIX asr oxirlaridan yana jonlandi. 
S. To‘xtaxo‘jayev, Usto Shirin Murodov, Abdurahim toshtarosh, Toshpo‘lat 
Arslonqulov va boshqalar ijodida uning ilk namunalari yaratildi, dastlabki 
favvoralar ishga tushdi. Dam olish va hordiq chiqarish maskanlari va hiyobonlarga 
turli haykallar o‘rnatish odati kengayib bordi. Masalan, І886-yilda Toshkentda 
bo‘lib o’tgan ko‘rgazmada usta To‘xta Sodiq Xujayev alebastrdan yasagan ot va 
kiyik haykalchasini namoyish etganligi ma’lum. Shu davrda ishlangan qurbaqa, 
kiyik, it, sher haykallari bugun ham Toshkent, Buxorodagi saroy bog‘i va 
yo‘laklarini bezab turibdi. Knyaz Romanov hovlisiga o‘rnatilgan kiyik va it 
haykallari, Buxorodagi Mohi Xosa darvozasi oldidagi sherlar haykali shular 
jumlasidandir.  
illyustratsiyalarda ko‘rinadi. Shu bilan birga bu davrda rus va Yevropa kitob san’ati an’analari ham keng yoyila boshladi. Nashr etilgan kitoblarning ayrimlari illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Rasmlarning katta qismi realistik xarakterda gravyura uslubida bajarilgan. Bu suratlarda Turkiston o‘lkasidagi qushlar, hayvon, jonivorlar tasviri, odamlar ko‘rinishi aks ettirilgan. Masjid, madrasa, Turkiston tabiati ko‘rinishlari ham nashr etilgan kitoblarda uchraydi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu yerda toshbosma uslubida kitoblar nashr etilishi grafika san’atida asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Shu davr kitoblari uchun ishlangan rasm va grafik kompozitsiyalar shu jonlanish natijasi edi. Markaziy Osiyoda grafika san’ati rang-barang, kitobot san’atining rivojidagi yangi bosqich nafaqat kitob chiqarish balki uning texnologiyasida ham sodir bo‘ldi. Hatto miniatyura ishlash va ko’chirish bilan birga ko‘p nusxada nashr etish, shu maqsadda bosma harf va rasm shakllari (klishe)dan foydalanish texnikasining keng ko’lamda hayotga kirib kelishi kitobot san’atining yangi tomonlarini belgiladi. XIX asr oxiridan grafika san’ati keng ko‘lamda hayotga kirib kelgan va ma’lum miqdorda o‘z o‘rnini egallagan bo‘lsa, aksincha rangtasvir, haykaltaroshlik san’ati davr milliy badiiy ziyolilarining jonkuyarligi bilan rivojlandi. XX asr boshlariga kelib haykaltaroshlik san’atida ham asarlar paydo bo‘la boshladi. Arab istilosidan keyin (VIII asr) butunlay to‘xtatilib qo‘yilgan bu san’at, XIX asr oxirlaridan yana jonlandi. S. To‘xtaxo‘jayev, Usto Shirin Murodov, Abdurahim toshtarosh, Toshpo‘lat Arslonqulov va boshqalar ijodida uning ilk namunalari yaratildi, dastlabki favvoralar ishga tushdi. Dam olish va hordiq chiqarish maskanlari va hiyobonlarga turli haykallar o‘rnatish odati kengayib bordi. Masalan, І886-yilda Toshkentda bo‘lib o’tgan ko‘rgazmada usta To‘xta Sodiq Xujayev alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoyish etganligi ma’lum. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher haykallari bugun ham Toshkent, Buxorodagi saroy bog‘i va yo‘laklarini bezab turibdi. Knyaz Romanov hovlisiga o‘rnatilgan kiyik va it haykallari, Buxorodagi Mohi Xosa darvozasi oldidagi sherlar haykali shular jumlasidandir.
 
 
Madaniyat borasida bu davr Markaziy Osiyo mintaqasidagi katta 
yangiliklardan biri Yevropadan foto va kino san’atining kirib kelishi bo‘ldi. Bu 
san’at sohasida ilk bor ijod qilgan kinooperator Xudoybergan Devonov (1877-1940 
)ning kichik hajmdagi filmlari bugun ham qiziqish uyg’otmay qolmaydi. Uning 
"O‘rta Osiyo me’morlik boyliklari" (1913), "Turkiston ko‘rinishlari" (1916), "Xiva 
va xivaliklar" (1916) filmlari va 1000 dan ortiq fotosuratlari davrning bebaho hujjati 
sifatida saqlanadi. 
XX asr boshlariga qadar o‘lkada birorta musiqa bilim yurti bo‘lmasada, lekin 
iste’dodli musiqachilar, xalq qo‘shiqlarini ijro etuvchi hofizlar bor edi. Mulla 
To‘ychi Toshmuhammedov, Og‘a Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Abdulaziz 
Rasulov kabi hofizlar, doirachi Olim Komilov, surnaychi Ahmadjon Umrzoqov, 
naychi Abduqodir Ismoilov va boshqa ko‘pgina ijrochilar xalq orasida katta shuhrat 
qozongan edilar. 
Bu 
davrda 
masxarabozlar, 
qiziqchilar 
qo‘g‘irchoq 
o‘ynatuvchilar, 
musiqashunoslar o‘zlarining maxsus kasb jamiyatlariga birlashib xalq sayillarida, 
to‘ylarda, tantanalarda ochiq maydonlarda tomoshalar ko‘rsatishar edi. Ayniqsa, 
dorbozlik keng rivoj topgan edi. 1902-ilda rus sirki ta'sirida o‘zbek artistlari mustaqil 
o‘z truppalarini tuzdilar. Birinchi professional sirk truppasi Mullaboy Mansurov 
boshchiligida 1904-yilda tashkil etilgan edi. Shakarjonov, G‘oipov, Karim Zaripov, 
Abdurahmon Rahmonov kabi sirk artistlari xalq orasida shuhrat qozondi. 
Shuningdek, XX asr boshlarida ilg‘or o‘zbek ziyolilari orasida yevropa tipidagi 
o‘zbek teatrini tashkil etish fikri tug‘iladi. Toshkentda 1914-yilda ma'rifatparvar 
shoir Abdulla Avloniy truppa tashkil etdi va bu truppa tomonidan «To’y», «Pinak», 
«Ikki muhabbat» pyesalari sahnalashtiriladi. 1915-yilda Hamza Qo‘qonda havaskor 
teatr truppasini tuzib, unda o‘zining birinchi dramasi «Zaharli hayot», va Gogolning 
«Uylanish» komediyasini sahnalashtiradi. 
Maorif va madaniy hayotda ham chorizmning mustamlakachilik siyosati 
yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy hayotini cheklab, o’z 
manfaatlariga bo’ysunduruvchi yo’l tutildi. Chorizm buyuk davlatchilik g’oyalarini 
Turkistonga zo’rlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni 
Madaniyat borasida bu davr Markaziy Osiyo mintaqasidagi katta yangiliklardan biri Yevropadan foto va kino san’atining kirib kelishi bo‘ldi. Bu san’at sohasida ilk bor ijod qilgan kinooperator Xudoybergan Devonov (1877-1940 )ning kichik hajmdagi filmlari bugun ham qiziqish uyg’otmay qolmaydi. Uning "O‘rta Osiyo me’morlik boyliklari" (1913), "Turkiston ko‘rinishlari" (1916), "Xiva va xivaliklar" (1916) filmlari va 1000 dan ortiq fotosuratlari davrning bebaho hujjati sifatida saqlanadi. XX asr boshlariga qadar o‘lkada birorta musiqa bilim yurti bo‘lmasada, lekin iste’dodli musiqachilar, xalq qo‘shiqlarini ijro etuvchi hofizlar bor edi. Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Og‘a Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Abdulaziz Rasulov kabi hofizlar, doirachi Olim Komilov, surnaychi Ahmadjon Umrzoqov, naychi Abduqodir Ismoilov va boshqa ko‘pgina ijrochilar xalq orasida katta shuhrat qozongan edilar. Bu davrda masxarabozlar, qiziqchilar qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar, musiqashunoslar o‘zlarining maxsus kasb jamiyatlariga birlashib xalq sayillarida, to‘ylarda, tantanalarda ochiq maydonlarda tomoshalar ko‘rsatishar edi. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan edi. 1902-ilda rus sirki ta'sirida o‘zbek artistlari mustaqil o‘z truppalarini tuzdilar. Birinchi professional sirk truppasi Mullaboy Mansurov boshchiligida 1904-yilda tashkil etilgan edi. Shakarjonov, G‘oipov, Karim Zaripov, Abdurahmon Rahmonov kabi sirk artistlari xalq orasida shuhrat qozondi. Shuningdek, XX asr boshlarida ilg‘or o‘zbek ziyolilari orasida yevropa tipidagi o‘zbek teatrini tashkil etish fikri tug‘iladi. Toshkentda 1914-yilda ma'rifatparvar shoir Abdulla Avloniy truppa tashkil etdi va bu truppa tomonidan «To’y», «Pinak», «Ikki muhabbat» pyesalari sahnalashtiriladi. 1915-yilda Hamza Qo‘qonda havaskor teatr truppasini tuzib, unda o‘zining birinchi dramasi «Zaharli hayot», va Gogolning «Uylanish» komediyasini sahnalashtiradi. Maorif va madaniy hayotda ham chorizmning mustamlakachilik siyosati yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy hayotini cheklab, o’z manfaatlariga bo’ysunduruvchi yo’l tutildi. Chorizm buyuk davlatchilik g’oyalarini Turkistonga zo’rlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni
 
 
toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab 
chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash, ma’rifatchilik va 
aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko’rdi. Biroq 
mustamlakachilik siyosati va amaliyoti o’lkaning ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga 
jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. 
 
6.3.Ma'rifatparvarlik harakati. Jadidchilik va ijtimoiy madaniy ko’tarilish 
 
Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri - XX asr 
boshlarida yanada kuchaydi. Chorizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash, 
ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma’naviy 
qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga 
chinovniklar, 
harbiylar, 
bankirlar, 
savdo-sanoatchilar, 
muhandis-texniklar, 
ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan 
edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodlik uchun 
intilishini so’ndirolmadi, milliy ozodlik harakati kuchayib bordi. XIX asr 
o‘rtalaridan butun sharq mamlakatlarida bo‘lgani singari o’lkamizda ham milliy 
uyg‘onish harakati boshlandi. Mahalliy ziyolilar safining ortishi badiiy va madaniy 
hayotni jonlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Istiqlol g‘oyasi ular faoliyatini 
jonlantiruvchi asosiy kuchga aylandi. Millatni uyg‘otish, uni yorug‘ kunlarga 
chiqishlari uchun da’vat etish ziyolilarning o’rni katta bo’ldi. 
XIX asr oxirida ilm-fan sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bo‘yicha Ahmad 
Donish (1827-1897) alohida o‘rin tutadi. U ilohiyot, astronomiya, jo‘g‘rofiya, 
adabiyot va tarixga oid 20 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Ular ichida tarixga oid 
“Navodir ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”) asarida jamiyatni mavjud qonun va davlat 
tartibini takomillashtirish yo‘li bilan, odil va donishmand podshohning qo‘li bilan 
qaytadan qurish mumkin, deb hisoblagan. Bu asarning «O‘g‘illarga nasihat» bobida 
A. Donish, xalqga xizmat qilish uchun inson bilimli bo‘lishga harakat qilishi kerak, 
yoshlar mamlakat va xalq farovonligi uchun bilimli bo‘lib yetishishlari lozim, deydi. 
U shunday deb yozadi: «Biz dunyoni gullatib yashnatish uchun, dengizlar kezib 
toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash, ma’rifatchilik va aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko’rdi. Biroq mustamlakachilik siyosati va amaliyoti o’lkaning ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. 6.3.Ma'rifatparvarlik harakati. Jadidchilik va ijtimoiy madaniy ko’tarilish Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yanada kuchaydi. Chorizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoatchilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodlik uchun intilishini so’ndirolmadi, milliy ozodlik harakati kuchayib bordi. XIX asr o‘rtalaridan butun sharq mamlakatlarida bo‘lgani singari o’lkamizda ham milliy uyg‘onish harakati boshlandi. Mahalliy ziyolilar safining ortishi badiiy va madaniy hayotni jonlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Istiqlol g‘oyasi ular faoliyatini jonlantiruvchi asosiy kuchga aylandi. Millatni uyg‘otish, uni yorug‘ kunlarga chiqishlari uchun da’vat etish ziyolilarning o’rni katta bo’ldi. XIX asr oxirida ilm-fan sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bo‘yicha Ahmad Donish (1827-1897) alohida o‘rin tutadi. U ilohiyot, astronomiya, jo‘g‘rofiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Ular ichida tarixga oid “Navodir ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”) asarida jamiyatni mavjud qonun va davlat tartibini takomillashtirish yo‘li bilan, odil va donishmand podshohning qo‘li bilan qaytadan qurish mumkin, deb hisoblagan. Bu asarning «O‘g‘illarga nasihat» bobida A. Donish, xalqga xizmat qilish uchun inson bilimli bo‘lishga harakat qilishi kerak, yoshlar mamlakat va xalq farovonligi uchun bilimli bo‘lib yetishishlari lozim, deydi. U shunday deb yozadi: «Biz dunyoni gullatib yashnatish uchun, dengizlar kezib
 
 
o‘rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, yerning hamma qit'alari va 
aholisini bilish uchun tug‘ilganmiz».  
Toshkentlik yirik olim Muhammad Solih Toshkandiy turli ilmlardan, 
jumladan, tarix, jo‘g‘rofiya, tibbiyot va adabiyotdan xabardor bo‘lgan keng 
qamrovli ma'lumotga ega kishi edi. Uning “Tarixi jadidayi Toshkent” 
(“Toshkentning yangi tarixi”) asarida Markaziy Osiyoning qadim zamonlardan to 
XIX asrning 80-yillarigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon qilingan. 
Samarqandlik Mirzo Abdulla arxeologiya va numizmatikaga oid juda katta 
material to‘playdi. Toshkentlik Akrom polvon Asqarov qadimgi moddiy 
yodgorliklar kolleksiyasini to‘pladi (15 ming dona tanga). Buxorolik Muhammad 
Vafo eski gilam, qulyozma va sopol buyumlar kolleksiyasini to‘plagan edi. 
Olimxo‘ja Yunusov va Mirza Hakimlar jo‘g‘rofiya ishqibozlari edi, xo‘jandlik 
Mulla Sangin ko‘pgina mineral boyliklar, ko‘rg‘oshin va qimmatbaho toshlar 
konlarini ochgan edi.  
Taraqqiyparvarlar 
tasviriy 
san’atga 
e’tibor 
bilan 
qarab, 
uning 
imkoniyatlaridan madaniy va ma’rifiy targ’ibot ishlarida foydalanishga intildilar. 
Rasm chizishni mustaqil o‘rganib undan o‘z yozgan maqola, she’rlarini bezashga, 
o‘z tasavvurlarida paydo bo‘ladigan turli manzaralarni qog‘ozga tushirishga harakat 
qildilar. Jumladan, Is’hoqxon To‘ra Junaydullaxo‘ja Sunnatullaxo‘ja o‘g‘li turli 
afsonaviy timsollar ustida ish olib bordi, ularning tasvirini ishladi, Sirojiddin Siddiq 
Xondaqliqiy esa «Ming bir kecha», Sa’diyning «Guliston» asariga rasmlar chizdi, 
shuningdek portretlar yaratdi. Tavallo portreti shunday asarlardan biri. Mirzo 
Xayrullo, Mullo Husniddin, Mullo Ortiq, Rahmatiy, Mulla Abdulhamid Jalolobodiy 
kabi rassom va hattotlar ham tasviriy san’atdan targ‘ibot ishlarda foydalanganligi 
shundan dalolat beradi. Mahalliy tadbirkorlar A. Navoiy, Firdavsiy asarlarini tosh 
bosmada chop ettirib, ularni rasmlar bilan bezatdilar. 1915-yilda ,,Go‘r o’g’li” 
dostoni chop etilib rasmlar bilan bezatildi. Tadbirkor ziyolilar orasida Ibrohim 
Davron ham birmuncha faol bo‘lib madaniyat borasida qator tadbirlarni amalga 
oshirdi. Ibrohim Davron o‘zbek ziyolilari ichidan yetishib chiqgan rassom va shoir 
edi. U 1874-yilda Qo‘qonda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Shu yerda rus-tuzem 
o‘rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, yerning hamma qit'alari va aholisini bilish uchun tug‘ilganmiz». Toshkentlik yirik olim Muhammad Solih Toshkandiy turli ilmlardan, jumladan, tarix, jo‘g‘rofiya, tibbiyot va adabiyotdan xabardor bo‘lgan keng qamrovli ma'lumotga ega kishi edi. Uning “Tarixi jadidayi Toshkent” (“Toshkentning yangi tarixi”) asarida Markaziy Osiyoning qadim zamonlardan to XIX asrning 80-yillarigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon qilingan. Samarqandlik Mirzo Abdulla arxeologiya va numizmatikaga oid juda katta material to‘playdi. Toshkentlik Akrom polvon Asqarov qadimgi moddiy yodgorliklar kolleksiyasini to‘pladi (15 ming dona tanga). Buxorolik Muhammad Vafo eski gilam, qulyozma va sopol buyumlar kolleksiyasini to‘plagan edi. Olimxo‘ja Yunusov va Mirza Hakimlar jo‘g‘rofiya ishqibozlari edi, xo‘jandlik Mulla Sangin ko‘pgina mineral boyliklar, ko‘rg‘oshin va qimmatbaho toshlar konlarini ochgan edi. Taraqqiyparvarlar tasviriy san’atga e’tibor bilan qarab, uning imkoniyatlaridan madaniy va ma’rifiy targ’ibot ishlarida foydalanishga intildilar. Rasm chizishni mustaqil o‘rganib undan o‘z yozgan maqola, she’rlarini bezashga, o‘z tasavvurlarida paydo bo‘ladigan turli manzaralarni qog‘ozga tushirishga harakat qildilar. Jumladan, Is’hoqxon To‘ra Junaydullaxo‘ja Sunnatullaxo‘ja o‘g‘li turli afsonaviy timsollar ustida ish olib bordi, ularning tasvirini ishladi, Sirojiddin Siddiq Xondaqliqiy esa «Ming bir kecha», Sa’diyning «Guliston» asariga rasmlar chizdi, shuningdek portretlar yaratdi. Tavallo portreti shunday asarlardan biri. Mirzo Xayrullo, Mullo Husniddin, Mullo Ortiq, Rahmatiy, Mulla Abdulhamid Jalolobodiy kabi rassom va hattotlar ham tasviriy san’atdan targ‘ibot ishlarda foydalanganligi shundan dalolat beradi. Mahalliy tadbirkorlar A. Navoiy, Firdavsiy asarlarini tosh bosmada chop ettirib, ularni rasmlar bilan bezatdilar. 1915-yilda ,,Go‘r o’g’li” dostoni chop etilib rasmlar bilan bezatildi. Tadbirkor ziyolilar orasida Ibrohim Davron ham birmuncha faol bo‘lib madaniyat borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ibrohim Davron o‘zbek ziyolilari ichidan yetishib chiqgan rassom va shoir edi. U 1874-yilda Qo‘qonda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Shu yerda rus-tuzem
 
 
maktabida o‘qib dunyoviy bilimlarni egalladi. Yoshligidan san’atga qiziqib she’rlar 
yozdi, rasm chizishni mashq qilib turli mavzularda rasmlar ishladi, she’rlarini 
rasmlar bilan bezadi. Uning rassomlik sohasidagi ijodi rang-barang. Hajviy rasmlar, 
portret va janrli kompozitsiyalar ishlagan. Ularda kundalik turmush, xotin-
qizlarning og‘ir qismati, hayotda uchraydigan turli voqealar o‘z ifodasini topgan. 
Bulardan tashqari u Qo‘qonda kutubxona hamda suratxona tashkil etgan, 1914-yilda 
Turkiyada bo‘lib yangi hayot va madaniyat o‘zgarishlarini o‘rgangan va uni o‘z ona 
yurtida targ‘ib etishga harakat qilgan. 
Milliy taraqqiyot, istiqlolga erishish yo‘li ma’rifat ekanligini chuqur anglagan 
ziyolilar yangi maktablar tashkil etish ishlariga e’tibor berdilar. XX asr boshlariga 
kelib marifiy-madaniy ishlar – yangi jadid maktablarini tashkil etish ishlari qizib 
ketdi, birin-ketin toshbosma bosmaxonalar ko‘paydi, yangi-yangi gazeta va 
jurnallar, kitob va turli to‘plamlar nashr etila boshlandi. Milliy teatr truppasi tashkil 
topdi, muzeylar ochildi, ko‘rgazmalar tashkil etildi, badiiy adabiyot sohasida ham 
jonlanish boshlandi. Bu madaniy hayotda mahalliy ustalar, milliy ziyolilar ham 
ishtirok etib o‘zlarini namoyon qildilar. Ziyolilar o‘zga mamlakatlar hayoti bilan 
yaqindan tanishib undan mahalliy aholini bahramand bo‘lishga, o‘rganishga 
chorladilar. Behbudiy, Furqat, Fitrat, Avloniy, Zavqiy va boshqalar omma orasida 
ilg‘or dunyoviy bilimlarni tarqatish hamda madaniyat va san’at yutuqlaridan ularni 
bahramand etish zarurligini e’tirof etdilar. Mamlakatdagi qoloqlikka qarshi 
kurashish masalalari taraqqiyparvar kuchlar faoliyatida muhim o‘rinni egalladi. Ular 
maqola, sh’er va pyesalar yozib teatr tomoshalarini ko’rsatib, ulardan targ‘ibot 
ishlarida foydalandilar.  
Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o’ylovchi ziyolilar, mahalliy zodagonlar 
vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg’otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish 
uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi. Sharq bilan G’arbni taqqoslab 
musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan 
musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi 
Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni 
yo’q qilish, ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga 
maktabida o‘qib dunyoviy bilimlarni egalladi. Yoshligidan san’atga qiziqib she’rlar yozdi, rasm chizishni mashq qilib turli mavzularda rasmlar ishladi, she’rlarini rasmlar bilan bezadi. Uning rassomlik sohasidagi ijodi rang-barang. Hajviy rasmlar, portret va janrli kompozitsiyalar ishlagan. Ularda kundalik turmush, xotin- qizlarning og‘ir qismati, hayotda uchraydigan turli voqealar o‘z ifodasini topgan. Bulardan tashqari u Qo‘qonda kutubxona hamda suratxona tashkil etgan, 1914-yilda Turkiyada bo‘lib yangi hayot va madaniyat o‘zgarishlarini o‘rgangan va uni o‘z ona yurtida targ‘ib etishga harakat qilgan. Milliy taraqqiyot, istiqlolga erishish yo‘li ma’rifat ekanligini chuqur anglagan ziyolilar yangi maktablar tashkil etish ishlariga e’tibor berdilar. XX asr boshlariga kelib marifiy-madaniy ishlar – yangi jadid maktablarini tashkil etish ishlari qizib ketdi, birin-ketin toshbosma bosmaxonalar ko‘paydi, yangi-yangi gazeta va jurnallar, kitob va turli to‘plamlar nashr etila boshlandi. Milliy teatr truppasi tashkil topdi, muzeylar ochildi, ko‘rgazmalar tashkil etildi, badiiy adabiyot sohasida ham jonlanish boshlandi. Bu madaniy hayotda mahalliy ustalar, milliy ziyolilar ham ishtirok etib o‘zlarini namoyon qildilar. Ziyolilar o‘zga mamlakatlar hayoti bilan yaqindan tanishib undan mahalliy aholini bahramand bo‘lishga, o‘rganishga chorladilar. Behbudiy, Furqat, Fitrat, Avloniy, Zavqiy va boshqalar omma orasida ilg‘or dunyoviy bilimlarni tarqatish hamda madaniyat va san’at yutuqlaridan ularni bahramand etish zarurligini e’tirof etdilar. Mamlakatdagi qoloqlikka qarshi kurashish masalalari taraqqiyparvar kuchlar faoliyatida muhim o‘rinni egalladi. Ular maqola, sh’er va pyesalar yozib teatr tomoshalarini ko’rsatib, ulardan targ‘ibot ishlarida foydalandilar. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o’ylovchi ziyolilar, mahalliy zodagonlar vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg’otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi. Sharq bilan G’arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’q qilish, ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga
 
 
ko’tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, 
maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi. U 1884-yilda Qrimdagi 
Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib 
«yangi» degan ma’noni bildiradi. U o’zi tashkil etgan maktab o’quvchilari uchun 
o’quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini 
chiqarib, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o’z g’oyalarini 
yoydi. 1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» kitobini nashr 
etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va 
imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkistonga 
ham kirib keldi. 1893-yilda U Turkistonga kelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi, 
Buxoro amiri huzurida bo’lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik 
ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini 
tashkil etishga kirishdilar. 1898-yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899-yilda 
Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos 
soldilar.  
Jadidchilik harakati ba’zi-bir adabiyotlarda aytilganidek, “oldin madaniy-
ma’rifiy harakat bo‘lib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o‘gani” yo‘q. U o‘z 
tabiati maqsad va mohiyatiga ko‘ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy va islohotchilik harakati bo‘lgan. Ammo, Vatanni ozod va obod qilish, 
millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to‘q va farovon, madaniyatli qilish uchun 
jadidlar asosiy e’tiborni dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar.  
Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, 
Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar 
rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isloh qilish yo’lidan bordilar. Jadidchilik 
harakati shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham ko‘rilmagan ilg‘or va tezkor 
o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil etishdan 
boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o‘qish va 
yozishni o‘zlashtira boshladilar. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon 
maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Jadid maktabida diniy va dunyoviy 
ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, 
ko’tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi. U 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib «yangi» degan ma’noni bildiradi. U o’zi tashkil etgan maktab o’quvchilari uchun o’quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini chiqarib, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o’z g’oyalarini yoydi. 1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893-yilda U Turkistonga kelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo’lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898-yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899-yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. Jadidchilik harakati ba’zi-bir adabiyotlarda aytilganidek, “oldin madaniy- ma’rifiy harakat bo‘lib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o‘gani” yo‘q. U o‘z tabiati maqsad va mohiyatiga ko‘ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy- ma’rifiy va islohotchilik harakati bo‘lgan. Ammo, Vatanni ozod va obod qilish, millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to‘q va farovon, madaniyatli qilish uchun jadidlar asosiy e’tiborni dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar. Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isloh qilish yo’lidan bordilar. Jadidchilik harakati shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham ko‘rilmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil etishdan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtira boshladilar. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon maktablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib,
 
 
xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy- dunyoviy ilmlarni o‘rgandi. 
Jadid maktablari to‘rt (boshlang‘ich) va yetti yillik edi. Masalan, Munavvarqori 
Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni, rus 
tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, masjidlarda imom 
bo‘lish, madrasa va hatto, xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va 
boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti 
yillik maktablar Toshkentdan tashqari, Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda 
ham ochiladi. 1903-yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid 
maktablari faoliyat ko’rsatdi. «Usuli jadid» maktablari tarmog’i kengayib bordi, 
ularda diniy ta’limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa, 
matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya 
kabi dunyoviy bilimlar o’rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi. O’quvchilarga 
Turkiston, turkiylar tarixini o’rgatishga alohida e’tibor berildi, bu esa ularning milliy 
ongini uyg’otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M. 
Behbudiyning «O’z urug’ining otini bilmagan, etti otasini tanimagan qul-
manqurtdir» degan so’zlari o’quvchilarni milliy o’zligini anglashga chaqirar edi. 
Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. 
Sayidrasul Sayidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning 
“Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid 
qo‘llanma), “ Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yer yuzi”, “ Usuli 
hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” 
va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq“, Mahmudxo‘ja Behbudiyning 
“Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, 
“Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha 
geografiyasi” kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga 
ko’tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma’naviy yetuk, 
o’z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o’zlashtirgan kadrlar tayyorlab 
chiqarildi.  
Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. 
Boy tabaqaning ilg’or vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab, tegishli 
xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy- dunyoviy ilmlarni o‘rgandi. Jadid maktablari to‘rt (boshlang‘ich) va yetti yillik edi. Masalan, Munavvarqori Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni, rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, masjidlarda imom bo‘lish, madrasa va hatto, xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari, Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. 1903-yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari faoliyat ko’rsatdi. «Usuli jadid» maktablari tarmog’i kengayib bordi, ularda diniy ta’limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya kabi dunyoviy bilimlar o’rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi. O’quvchilarga Turkiston, turkiylar tarixini o’rgatishga alohida e’tibor berildi, bu esa ularning milliy ongini uyg’otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M. Behbudiyning «O’z urug’ining otini bilmagan, etti otasini tanimagan qul- manqurtdir» degan so’zlari o’quvchilarni milliy o’zligini anglashga chaqirar edi. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Sayidrasul Sayidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid qo‘llanma), “ Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yer yuzi”, “ Usuli hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yohud axloq“, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko’tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma’naviy yetuk, o’z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o’zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi. Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg’or vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab, tegishli
 
 
mablag’ bilan ko’maklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya 
va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910-yilda Buxoroda 
mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 
1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta o’quvchini Turkiyaga o’qishga jo’natdi. 1909-
yilda Munavvarqori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham kambag’al ojiz o’quvchilarga 
yordam berar, yoshlarni chet elga o’qishga yuborishga yordamlashar edi. 
Jadidchilikning 
asosiy 
maqsadlaridan 
yana 
biri 
mamlakatda 
zamonaviy 
(yevropacha) oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Jadidlar oliy ta’limning asosi-
universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Dumasidan ham foydalandilar. 
Munavvarqori, Fitrat, M. Behbudiy, U. Asadullaxo‘jayev va boshqa jadidlar milliy 
dunyoviy oliy ta’lim g‘oyasini o‘z asar va maqolalarida keng targ‘ibot-tashviqot 
qildilar. Oliy ta’limga zamin yaratish uchun, jadid maktablarida dunyoviy ilmlar 
o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi. Dunyoviy hozirgi zamon oliy o‘quv 
yurti – universitetga asos solishga jadidlar faqat 1918-yilga kelib Musulmon xalq 
universitetini tashkil etishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munavvar qori 1906- 
yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o’zi muharrirlik qildi. Jurnal 
xalqning haq-huquqlarini tanishga, milliy uyg’onishga xizmat qildi. Ammo 
mustamlakachi ma’murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M. Behbudiy 
1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U 
«Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai 
Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni 
ma’rifatli qilish, erkinligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan dolzarb 
maqolalar chop etilar edi. Bu maqolalar chor Rossiyasi tasarrufidagi turkiy 
xalqlarga, 
Eron, 
Afg’oniston, 
Hindiston, 
Turkiyagacha 
borib 
yetardi. 
Taraqqiyparvar 
o’zbek 
ziyolilarining 
yetakchisi 
Asadullaxo’ja 
o’g’li 
Ubaydullaxo’ja 1913-yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini 
tuzadi va 1914-yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalari 
chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid 
tuzumga qarshi qo’zg’atishga xizmat qildi.  
mablag’ bilan ko’maklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910-yilda Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta o’quvchini Turkiyaga o’qishga jo’natdi. 1909- yilda Munavvarqori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham kambag’al ojiz o’quvchilarga yordam berar, yoshlarni chet elga o’qishga yuborishga yordamlashar edi. Jadidchilikning asosiy maqsadlaridan yana biri mamlakatda zamonaviy (yevropacha) oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Jadidlar oliy ta’limning asosi- universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Dumasidan ham foydalandilar. Munavvarqori, Fitrat, M. Behbudiy, U. Asadullaxo‘jayev va boshqa jadidlar milliy dunyoviy oliy ta’lim g‘oyasini o‘z asar va maqolalarida keng targ‘ibot-tashviqot qildilar. Oliy ta’limga zamin yaratish uchun, jadid maktablarida dunyoviy ilmlar o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi. Dunyoviy hozirgi zamon oliy o‘quv yurti – universitetga asos solishga jadidlar faqat 1918-yilga kelib Musulmon xalq universitetini tashkil etishga muvaffaq bo‘ldilar. Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munavvar qori 1906- yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o’zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning haq-huquqlarini tanishga, milliy uyg’onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma’murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M. Behbudiy 1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkinligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan dolzarb maqolalar chop etilar edi. Bu maqolalar chor Rossiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi. Taraqqiyparvar o’zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja 1913-yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914-yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid tuzumga qarshi qo’zg’atishga xizmat qildi.
 
 
Jadid adabiyoti ham o‘z mazmun va mohiyati hamda janrlariga ko‘ra, ming 
yillar davomida shakllanib rivojlangan mumtoz adabiyotimizdan tubdan 
farqlanuvchi yangi adabiyot edi. Chunki agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka 
nisbatan diniy jihat ustunroq bo‘lgan bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida 
o‘zaro tenglik ya’ni diniy-dunyoviylik qaror topdi, unda g‘arb adabiyotidagi roman, 
drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat (poetika) kabi badiiy 
janrlar, proza va publitsistika paydo bo‘ldi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. 
Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga 
aylandi. 
Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo‘lgan yirik iste’dod 
egalari – jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san’ati arboblarini ham tarbiyaladi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), 
Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), 
Abdulla Avloniy (1878-1934), To‘lagan Xo‘jamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy 
Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-1919), Muhammadsharif 
So‘fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), 
Abdulvohid Burhonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), 
Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho‘lpon (1897-1938) va boshqalar 
shular jumlasidandir. Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng 
sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining 
xalq orasida yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr 
san’atining ta’sir kuchi yuqori bo‘ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining 
aksariyat yirik nomayondalari o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr 
bilan bog‘liq holda olib bordilar. 
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvarqori rahnamoligida 1913- yilda 
musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 
27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o’zbek milliy teatrining birinchi 
rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. Munavvarqori o’zbek milliy teatrining birinchi 
pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr 
o’ynalmag’onligi barchangizga ma’lumdir... Teatrning asl ma’nosi «ibratxona» yoki 
Jadid adabiyoti ham o‘z mazmun va mohiyati hamda janrlariga ko‘ra, ming yillar davomida shakllanib rivojlangan mumtoz adabiyotimizdan tubdan farqlanuvchi yangi adabiyot edi. Chunki agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo‘lgan bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniy-dunyoviylik qaror topdi, unda g‘arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat (poetika) kabi badiiy janrlar, proza va publitsistika paydo bo‘ldi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi. Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo‘lgan yirik iste’dod egalari – jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san’ati arboblarini ham tarbiyaladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), To‘lagan Xo‘jamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-1919), Muhammadsharif So‘fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burhonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho‘lpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir. Jadid adabiyotida dramaturgiya ya’ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko‘zga tashlanadi. Jadid g‘oyalarining xalq orasida yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san’atining ta’sir kuchi yuqori bo‘ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o‘z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog‘liq holda olib bordilar. Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvarqori rahnamoligida 1913- yilda musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o’zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. Munavvarqori o’zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o’ynalmag’onligi barchangizga ma’lumdir... Teatrning asl ma’nosi «ibratxona» yoki
 
 
«ulug’lar maktabi» degan so’zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir 
uyga o’xshaydurki, unga har kim kirsa o’zining husn va qalbini, ayb va nuqsonini 
ko’rib ibrat olur». O’sha kuni sahnada M. Behbudiyning «Padarkush» pyesasi 
namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, 
tamoshabin e’tiborini najot yo’li - maorif, maorifni esa «poklangan din» beraoladi, 
degan g’oyaga qaratadi. «To’y», «Zaharli hayot», «Javanmarg», «Baxtsiz kuyov» 
pyesalarida xotin-qizlarning huquqsizligi, ko’pxotinlilik, majburiy nikoh oqibatlari 
kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan 
qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo’lib xizmat qildi. Jadidlar 
matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruhoniylarning poraxo’rligi, axloqsizligi ham 
qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro 
ulomalarining nodonligi va poraxo’rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining 
sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy 
tanazzulga ayrim ruhoniylarning o’z mavqeini suiiste’mol qilganliklarini asosiy 
sabab qilib ko’rsatadi.  
Shunisi e’tiborliki, jadid deb nom olgan taraqqiyparvarlar tasviriy san’at 
imkoniyatlariga alohida e’tibor bilan qaradilar. Uning ta’sir kuchi yuqori ekanligini 
bilib undan o‘z yozgan maqola va sherlarini o‘zlari chizgan rasmlar bilan 
bezatilishiga harakat qildilar. Ularning to’sh, qalam va peroda ishlagan rasmlari shu 
yillarda chop etilgan gazeta va jurnallarda o‘z aksini topdi. Mahalliy yoshlar gazeta-
jurnallarda chop etilgan rasmlarni ko‘rish, ulardan ko‘chirmalar olish orqali 
rassomlik kursini o‘tay boshladilar. 
  
Jadidlar turli xayriya va madaniy-ma’rifiy jamiyatlarni ham tashkil 
etishgan. Masalan, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar 1911-yilda tashkil 
etgan ko‘p tarmoqli “Turon” nomli jamiyat sovet hokimiyatining dastlabki 
yillarigacha samarali faoliyat yuritadi. Uning qoshida teatr truppasi (1913-y.), 
“Turon” nomli kutubxona va nashriyot (1913-y.) ham tashkil etiladi. Bular butun 
Turkiston bo‘ylab ma’rifat va ziyo, ilm-fan tarqalishi, kitob chop etish va 
bosmaxona ishlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Qo‘qonda “G‘ayrat” (1913-
y.), 
Samarqandda 
“Zarafshon”, 
To‘raqo‘rg‘onda 
(Namangan 
viloyati) 
«ulug’lar maktabi» degan so’zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o’xshaydurki, unga har kim kirsa o’zining husn va qalbini, ayb va nuqsonini ko’rib ibrat olur». O’sha kuni sahnada M. Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e’tiborini najot yo’li - maorif, maorifni esa «poklangan din» beraoladi, degan g’oyaga qaratadi. «To’y», «Zaharli hayot», «Javanmarg», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlarning huquqsizligi, ko’pxotinlilik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo’lib xizmat qildi. Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruhoniylarning poraxo’rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo’rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o’z mavqeini suiiste’mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko’rsatadi. Shunisi e’tiborliki, jadid deb nom olgan taraqqiyparvarlar tasviriy san’at imkoniyatlariga alohida e’tibor bilan qaradilar. Uning ta’sir kuchi yuqori ekanligini bilib undan o‘z yozgan maqola va sherlarini o‘zlari chizgan rasmlar bilan bezatilishiga harakat qildilar. Ularning to’sh, qalam va peroda ishlagan rasmlari shu yillarda chop etilgan gazeta va jurnallarda o‘z aksini topdi. Mahalliy yoshlar gazeta- jurnallarda chop etilgan rasmlarni ko‘rish, ulardan ko‘chirmalar olish orqali rassomlik kursini o‘tay boshladilar. Jadidlar turli xayriya va madaniy-ma’rifiy jamiyatlarni ham tashkil etishgan. Masalan, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar 1911-yilda tashkil etgan ko‘p tarmoqli “Turon” nomli jamiyat sovet hokimiyatining dastlabki yillarigacha samarali faoliyat yuritadi. Uning qoshida teatr truppasi (1913-y.), “Turon” nomli kutubxona va nashriyot (1913-y.) ham tashkil etiladi. Bular butun Turkiston bo‘ylab ma’rifat va ziyo, ilm-fan tarqalishi, kitob chop etish va bosmaxona ishlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Qo‘qonda “G‘ayrat” (1913- y.), Samarqandda “Zarafshon”, To‘raqo‘rg‘onda (Namangan viloyati)
 
 
“Kutubxonayi Is’hoqiya” (1908-y.) nomli kutubxonalar tashkil topadi. Shuningdek, 
jadid bosmaxonasi va kitob do‘konlari ancha keng tarmoq otdi. 
Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, 
xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy 
ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar. Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib 
ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko’rsatdilar. 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov jadidlar milliy uyg‘onish davriga asos 
solganligini e’tirof etgan holda shunday deydi: «XX asr boshida, mustamlakachilik 
zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga – milliy va erkinlik sari intilib 
yashashgan bir davrda buyuk ajdodlarimiz – jadidlar tomonidan amalga oshirilgan 
bu ulkan ish, bu harakatni o‘ziga xos ma’naviy jasorat namunasi, deb atash 
mumkin». XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan 
jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib 
mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga 
aylandi. 
 
6.4.. Mustabid sovet davlati davrida O‘zbekiston madaniyati 
 
 O‘zbekistonda XX asrda madaniyat sohasida olib borilgan siyosat uning 
mohiyati sovet totalitar tuzumi hukmronligi bilan bog’liq bo‘lib, ittifoqdosh 
respublikalarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham ma’naviy hayot sovet andozalari 
asosida qayta qurula boshlandi. Bu jarayonda milliy madaniyatimiz boshidan 
kechirgan fojealarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov qayd etganidek: “Xoh o‘tmishda, 
xoh bugun bo‘lsin, boshqa millat, davlatni o‘ziga qaram qilish niyatida harakat 
qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram 
xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo‘q qilish, undan judo etishga 
intildilar”. 
Sovet davrida bu boradagi siyosat yanada kuchliroq olib borilgani, uning 
mustamlakachilik mohiyatini ochib beradi. Albatta, O‘zbekiston tub xalqlarining 
“Kutubxonayi Is’hoqiya” (1908-y.) nomli kutubxonalar tashkil topadi. Shuningdek, jadid bosmaxonasi va kitob do‘konlari ancha keng tarmoq otdi. Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar. Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko’rsatdilar. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov jadidlar milliy uyg‘onish davriga asos solganligini e’tirof etgan holda shunday deydi: «XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga – milliy va erkinlik sari intilib yashashgan bir davrda buyuk ajdodlarimiz – jadidlar tomonidan amalga oshirilgan bu ulkan ish, bu harakatni o‘ziga xos ma’naviy jasorat namunasi, deb atash mumkin». XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. 6.4.. Mustabid sovet davlati davrida O‘zbekiston madaniyati O‘zbekistonda XX asrda madaniyat sohasida olib borilgan siyosat uning mohiyati sovet totalitar tuzumi hukmronligi bilan bog’liq bo‘lib, ittifoqdosh respublikalarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham ma’naviy hayot sovet andozalari asosida qayta qurula boshlandi. Bu jarayonda milliy madaniyatimiz boshidan kechirgan fojealarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov qayd etganidek: “Xoh o‘tmishda, xoh bugun bo‘lsin, boshqa millat, davlatni o‘ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo‘q qilish, undan judo etishga intildilar”. Sovet davrida bu boradagi siyosat yanada kuchliroq olib borilgani, uning mustamlakachilik mohiyatini ochib beradi. Albatta, O‘zbekiston tub xalqlarining
 
 
madaniy hayotida bu davrda ijobiy o‘zgarishlar ham bo‘lgan. Lekin bu o’zgarishlar 
davlat siyosati tufayli emas, balki xalqlar o‘zining milliyligini, tarixan shakllanib, 
avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan ma’naviy qadriyatlarini, madaniy 
boyliklarini saqlashga intilgani va bu borada milliy ziyolilar haqiqiy jonkuyarlik 
ko‘rsatganliklari tufayli yuz bergan. Qizil imperiyaning avvalboshdanoq ilgari 
surgan buyuk davlatchilik siyosati, hukmron elitaning mafkuraviy totalitarizmi 
milliy mentalitetga yot bo‘lgan sotsialistik davlatchilikning zo‘ravonlik bilan 
kiritilishi xalqlarning milliy davlat boshqaruv vositalaridan uzoqlashuviga, uning 
erkin tarixiy tanlov, milliy-madaniy sohada o’z taqdirini o’zi belgilash huquqining 
poymol etilishiga olib keldi. 
Sovet davlatining qurolli eskalatsiyasi jamiyatda mafkuraviy monopolizmni 
qaror topishiga, sotsialistik institutlar, ittifoq siyosiy yetakchilarining o‘zlarining 
qarashlarini, mafkurafiy konsepsiyalarini birdan-bir to‘g‘ri qarash deb zo‘rlab 
targ‘ib qilishlari millatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning muqobil 
yo‘lini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qildi. Bolsheviklar tomonidan 
amalga oshirilgan sotsializm qurishning lenincha rejasining ma’lum uchligi – 
industrlashtirish, jamoalashtirish, madaniy inqilobni amalga oshirishga alohida o‘rin 
berilgan edi. “Sotsialistik madaniyat” mualliflari “kommunistik” tipdagi shaxsni 
shakllantirishning qurolini aynan shunda ko‘rgan edi. Madaniyat sohasidagi 
bolshevikcha siyosatning konseptual tamoyillari quyidagilardan iborat edi: 
kommunistik g‘oyaviylik, sinfiylik va partiyaviylik, bolshevikcha tushunchadagi 
xalqchillik, sotsialistik baynalmilalchilik, jangovor ateizm. To‘g‘ri, amaliy 
siyosatda ustuvorlik asosan partiyaviylik va sinfiylikka berilgan bo‘lib, u tub joy 
aholisini kommunistik metropoliya siyosatiga bo‘ysundirishga qaratilgan edi. 
Bundan tashqari tub joy aholisining boy madaniy-ma’naviy merosga ega bo‘lishiga 
qaramasdan, ularga go‘yoki “madaniy qoloq”, butunlay savodsiz va “iqtisodiy va 
madaniy jihatdan yaxshiroq rivojlangan millat”ning yordamiga muhtojdir, degan 
shovinistik fikr tinimsiz targ‘ib qilib kelindi. Oktabrdan keyingi davrdagi yangi 
hokimiyatning “beg‘araz yordami” axloqni, adabiyot va san’atni boy milliy 
madaniy hayotida bu davrda ijobiy o‘zgarishlar ham bo‘lgan. Lekin bu o’zgarishlar davlat siyosati tufayli emas, balki xalqlar o‘zining milliyligini, tarixan shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan ma’naviy qadriyatlarini, madaniy boyliklarini saqlashga intilgani va bu borada milliy ziyolilar haqiqiy jonkuyarlik ko‘rsatganliklari tufayli yuz bergan. Qizil imperiyaning avvalboshdanoq ilgari surgan buyuk davlatchilik siyosati, hukmron elitaning mafkuraviy totalitarizmi milliy mentalitetga yot bo‘lgan sotsialistik davlatchilikning zo‘ravonlik bilan kiritilishi xalqlarning milliy davlat boshqaruv vositalaridan uzoqlashuviga, uning erkin tarixiy tanlov, milliy-madaniy sohada o’z taqdirini o’zi belgilash huquqining poymol etilishiga olib keldi. Sovet davlatining qurolli eskalatsiyasi jamiyatda mafkuraviy monopolizmni qaror topishiga, sotsialistik institutlar, ittifoq siyosiy yetakchilarining o‘zlarining qarashlarini, mafkurafiy konsepsiyalarini birdan-bir to‘g‘ri qarash deb zo‘rlab targ‘ib qilishlari millatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishning muqobil yo‘lini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qildi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan sotsializm qurishning lenincha rejasining ma’lum uchligi – industrlashtirish, jamoalashtirish, madaniy inqilobni amalga oshirishga alohida o‘rin berilgan edi. “Sotsialistik madaniyat” mualliflari “kommunistik” tipdagi shaxsni shakllantirishning qurolini aynan shunda ko‘rgan edi. Madaniyat sohasidagi bolshevikcha siyosatning konseptual tamoyillari quyidagilardan iborat edi: kommunistik g‘oyaviylik, sinfiylik va partiyaviylik, bolshevikcha tushunchadagi xalqchillik, sotsialistik baynalmilalchilik, jangovor ateizm. To‘g‘ri, amaliy siyosatda ustuvorlik asosan partiyaviylik va sinfiylikka berilgan bo‘lib, u tub joy aholisini kommunistik metropoliya siyosatiga bo‘ysundirishga qaratilgan edi. Bundan tashqari tub joy aholisining boy madaniy-ma’naviy merosga ega bo‘lishiga qaramasdan, ularga go‘yoki “madaniy qoloq”, butunlay savodsiz va “iqtisodiy va madaniy jihatdan yaxshiroq rivojlangan millat”ning yordamiga muhtojdir, degan shovinistik fikr tinimsiz targ‘ib qilib kelindi. Oktabrdan keyingi davrdagi yangi hokimiyatning “beg‘araz yordami” axloqni, adabiyot va san’atni boy milliy
 
 
zamindan uzib qo‘yishga, milliy mentalitetga zid bo‘lgan “proletar madaniyati” va 
kommunistik mafkura namunalarini kuch bilan kiritishga qaratilgan edi.  
Sotsialistik ta’lim va maorif tizimini barpo etish, eskilarini “qayta tarbiyalash” 
va “sotsialistik ziyolilar”ni shakllantirish, “sotsialistik adabiyot” va san’atni”, yangi 
axloq va dunyoqarashni shakllantirish, kommunistik mafkuraning hukmronligini 
qaror toptirish 20-30-yillardagi “madaniy inqilob”ning asosiy mazmunini va 
yo‘nalishlarini tashkil etar edi. Bunday siyosatning asosiy maqsadi sovet davlati va 
kommunistik partiyaga sodiq yangi insonni shakllantirishga qaratilganligiga hech 
qanday shak-shubha yo‘q edi. Uning amalga oshirilishi qurama va qarama-qarshi 
oqibatlarni 
keltirib 
chiqardi. 
Bir 
tomondan, 
ma’lum 
ijobiy 
natijalarga 
erishilganligiga e’tiroz bildirish qiyin: masalan, savodsizlikning tugatilishi, ko‘plab 
maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘ining yuzaga kelishi, teatrlar, 
klublar, kinoteatrlar, turli janrdagi adabiiy asarlarining nashr etilishi, yangi ziyolilar 
avlodining shakllanishi va hokazo. Boshqa tomondan, bu sohada amalga oshirilgan 
ishlarda qo‘llanilgan usullar to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qotishlarga olib keldi.  
“Madaniy inqilob” tushunchasini anglash, sovet davriga oid adabiyotlar va 
bolsheviklar partiyasining hujjatlarida bu tushuncha qanday talqin etilganini 
aniqlash lozim. Bu davrda ishlab chiqilgan “madaniy inqilob” nazariyasi sotsialistik 
xalq ta’limi va maorifi tizimini barpo qilish; burjua ziyolilarni qayta tarbiyalash va 
yangi, sotsialistik ziyolilarni shakllantirish; burjua mafkurasining ta’sirini yengish 
va markscha-lenincha mafkurani o‘rnatish; sotsialistik madaniyatni yaratish; aholi 
turmushini qayta qurish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. 
XX asrning 20-yillarida o‘lkani yangi hokimiyatga bo‘ysundirish uchun 
qurolli kuchlarni ishlatish, ziyolilarni, musulmon ruhoniylarni quvg‘in, qatag‘on 
qilish yetarli bo‘lmasligini va oldingi mustamlakachilik boshqaruvning tajribasini 
hisobga olgan holda, bolsheviklar partiyasi rahbariyati birinchi navbatda 
O‘zbekistonda shovinistik mafkurani joriy etishga qulay zamin tayyorlashga 
astoydil kirishdi. Tub yerli xalqlarning milliy o‘zligini anglashga, milliy 
qadriyatlarini an’analarini saqlab qolishga intilishi inkor qilindi. Tarixdan ma’lumki, 
millatning fazilatlari tarixan shakllanib, takomillashib avloddan-avlodga o‘tib 
zamindan uzib qo‘yishga, milliy mentalitetga zid bo‘lgan “proletar madaniyati” va kommunistik mafkura namunalarini kuch bilan kiritishga qaratilgan edi. Sotsialistik ta’lim va maorif tizimini barpo etish, eskilarini “qayta tarbiyalash” va “sotsialistik ziyolilar”ni shakllantirish, “sotsialistik adabiyot” va san’atni”, yangi axloq va dunyoqarashni shakllantirish, kommunistik mafkuraning hukmronligini qaror toptirish 20-30-yillardagi “madaniy inqilob”ning asosiy mazmunini va yo‘nalishlarini tashkil etar edi. Bunday siyosatning asosiy maqsadi sovet davlati va kommunistik partiyaga sodiq yangi insonni shakllantirishga qaratilganligiga hech qanday shak-shubha yo‘q edi. Uning amalga oshirilishi qurama va qarama-qarshi oqibatlarni keltirib chiqardi. Bir tomondan, ma’lum ijobiy natijalarga erishilganligiga e’tiroz bildirish qiyin: masalan, savodsizlikning tugatilishi, ko‘plab maktablar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘ining yuzaga kelishi, teatrlar, klublar, kinoteatrlar, turli janrdagi adabiiy asarlarining nashr etilishi, yangi ziyolilar avlodining shakllanishi va hokazo. Boshqa tomondan, bu sohada amalga oshirilgan ishlarda qo‘llanilgan usullar to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qotishlarga olib keldi. “Madaniy inqilob” tushunchasini anglash, sovet davriga oid adabiyotlar va bolsheviklar partiyasining hujjatlarida bu tushuncha qanday talqin etilganini aniqlash lozim. Bu davrda ishlab chiqilgan “madaniy inqilob” nazariyasi sotsialistik xalq ta’limi va maorifi tizimini barpo qilish; burjua ziyolilarni qayta tarbiyalash va yangi, sotsialistik ziyolilarni shakllantirish; burjua mafkurasining ta’sirini yengish va markscha-lenincha mafkurani o‘rnatish; sotsialistik madaniyatni yaratish; aholi turmushini qayta qurish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. XX asrning 20-yillarida o‘lkani yangi hokimiyatga bo‘ysundirish uchun qurolli kuchlarni ishlatish, ziyolilarni, musulmon ruhoniylarni quvg‘in, qatag‘on qilish yetarli bo‘lmasligini va oldingi mustamlakachilik boshqaruvning tajribasini hisobga olgan holda, bolsheviklar partiyasi rahbariyati birinchi navbatda O‘zbekistonda shovinistik mafkurani joriy etishga qulay zamin tayyorlashga astoydil kirishdi. Tub yerli xalqlarning milliy o‘zligini anglashga, milliy qadriyatlarini an’analarini saqlab qolishga intilishi inkor qilindi. Tarixdan ma’lumki, millatning fazilatlari tarixan shakllanib, takomillashib avloddan-avlodga o‘tib
 
 
kelgan. Bu ob’yektiv qonuniyat bo‘lgani bilan o‘lkadagi va uning atrofidagi siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xalqlarning, ayniqsa, turli hayotiy sinovlarni hali boshidan 
kechirmagan yosh avlodlarning ma’naviy mavqeiga ijobiy yoki salbiy ta’siri ham 
oqibatsiz bo‘lmagan. Bu ma’noda, masalan, Rossiya imperiyasi davridagi 
mustamlakachilik siyosati, xususan, maorif sohasidagi  ruslashtirish, o‘quvchilarni 
oilasidagi tarbiyadan, diniy e’tiqodlari, milliy tuyg‘ularidan uzoqlashtirish, rus 
madaniyatini mahalliy aholi orasida targ‘ib qilish, joriy etishga milliy ziyolilarning 
ayrim vakillarini jalb qilish va hokazolar, albatta bu qonuniyatni inkor etishga olib 
keldi. 
Umuman olganda, hukmron tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga, 
buyuk davlatchilik shovinizmiga asoslangan faoliyati XX asrning 20-30-yillarida 
O‘zbekiston xalqining yuksak madaniyati va ma’naviyatini kamsitish va milliy 
manfaatlariga zid bo‘lgan amaliyotni avj oldirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Biroq, sovet 
hokimiyati mahalliy aholining madaniy, ma’naviy hayotida salbiy ta’sir 
o‘tkazganligiga qaramay, eng muhimi, uning ma’naviy qadriyatlari asosini yo‘q qila 
olmadi. 
Sovet hokimiyati siyosatiga binoan 1917-yilning oxiridan mahalliy aholi 
vakillarini boshqaruv tizimiga qo‘ymaslikka, eski va usuli jadid maktablarini 
yopishga, milliy ziyolilarni “islomparast”, “turkparast”, “millatchilik” g‘oyalariga 
berilib ketgan, deb hisoblab, ularni sinfiy tabaqalashtirish ularni o’z tomoniga 
og’dirib olish siyosatini amalga oshirdi. Bu borada birinchi navbatda din 
ulamolarining mavqeini zaiflashtirishga, ularning aholiga, jamiyatga bo‘lgan 
ta’sirini yo‘q qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rila boshlandi. 1918-yildayoq 
“Maktabni cherkovdan va cherkovni davlatdan ajratish to‘g‘risida” gi Dekretning 
qabul qilinishi, vaqf yerlari va boshqa mulklarni musodara etish, bosmaxonalar, 
milliy madaniy-ma’rifiy tashkilotlar mulkini davlat mulkiga aylantirish avj oldi. 
“Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari biroz vaqt sovetlar nashr organlari sifatida 
faoliyat ko‘rsatgach, ular yopib qo‘yildi. Dindorlar ta’qib ostiga olindi, diniy 
kitoblar “reaksion”deb elon qilindi, masjid va madrasalar buzib tashlandi yoki 
boshqa maqsadlarda foydalanildi (omborxona, xudosizlar uyi, do‘kon, temirchilik 
kelgan. Bu ob’yektiv qonuniyat bo‘lgani bilan o‘lkadagi va uning atrofidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xalqlarning, ayniqsa, turli hayotiy sinovlarni hali boshidan kechirmagan yosh avlodlarning ma’naviy mavqeiga ijobiy yoki salbiy ta’siri ham oqibatsiz bo‘lmagan. Bu ma’noda, masalan, Rossiya imperiyasi davridagi mustamlakachilik siyosati, xususan, maorif sohasidagi ruslashtirish, o‘quvchilarni oilasidagi tarbiyadan, diniy e’tiqodlari, milliy tuyg‘ularidan uzoqlashtirish, rus madaniyatini mahalliy aholi orasida targ‘ib qilish, joriy etishga milliy ziyolilarning ayrim vakillarini jalb qilish va hokazolar, albatta bu qonuniyatni inkor etishga olib keldi. Umuman olganda, hukmron tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga, buyuk davlatchilik shovinizmiga asoslangan faoliyati XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekiston xalqining yuksak madaniyati va ma’naviyatini kamsitish va milliy manfaatlariga zid bo‘lgan amaliyotni avj oldirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Biroq, sovet hokimiyati mahalliy aholining madaniy, ma’naviy hayotida salbiy ta’sir o‘tkazganligiga qaramay, eng muhimi, uning ma’naviy qadriyatlari asosini yo‘q qila olmadi. Sovet hokimiyati siyosatiga binoan 1917-yilning oxiridan mahalliy aholi vakillarini boshqaruv tizimiga qo‘ymaslikka, eski va usuli jadid maktablarini yopishga, milliy ziyolilarni “islomparast”, “turkparast”, “millatchilik” g‘oyalariga berilib ketgan, deb hisoblab, ularni sinfiy tabaqalashtirish ularni o’z tomoniga og’dirib olish siyosatini amalga oshirdi. Bu borada birinchi navbatda din ulamolarining mavqeini zaiflashtirishga, ularning aholiga, jamiyatga bo‘lgan ta’sirini yo‘q qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rila boshlandi. 1918-yildayoq “Maktabni cherkovdan va cherkovni davlatdan ajratish to‘g‘risida” gi Dekretning qabul qilinishi, vaqf yerlari va boshqa mulklarni musodara etish, bosmaxonalar, milliy madaniy-ma’rifiy tashkilotlar mulkini davlat mulkiga aylantirish avj oldi. “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari biroz vaqt sovetlar nashr organlari sifatida faoliyat ko‘rsatgach, ular yopib qo‘yildi. Dindorlar ta’qib ostiga olindi, diniy kitoblar “reaksion”deb elon qilindi, masjid va madrasalar buzib tashlandi yoki boshqa maqsadlarda foydalanildi (omborxona, xudosizlar uyi, do‘kon, temirchilik
 
 
ustaxonasi va h.k.). 20-yillarning oxirlarida Qarshi shahridagi madrasalar 
qamoqxonaga aylantirildi. “Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi va xonoqosi 
avaxtaga aylantirilib, xibsga olinganlar ayovsiz qiynoqlarga solingan. Qish 
chillasida madrasa hovuzining muzini yorib, bandilarni suvga solib qiynar edilar...” 
Qarshidagi Odina masjidi 1930-yillardan to mustaqillikka erishgunga qadar 
qamoqxona vazifasini o‘tagan. 1929-1939-yillar orasida faqat birgina Turkiston 
hududining o‘zida 14000 masjidlar faoliyati to‘xtatilib, ular buzib tashlangan. 
Shayxlar, imomlar va boshqa diniy arboblar turli jazolarga – surgun qilish, 
ozodlikdan mahrum qilish, o‘limga mahkum qilingan. 
“Madaniy inqilob”da lenincha g‘oyaning amalga oshirilishidagi birinchi 
qadam eski ta’lim shaklini tugatish va o‘rniga sovet ta’lim tizimini barpo etilishi 
bo‘ldi. Bolshevikcha tizimda sovet hokimiyati turli-tuman tadbirlar – ma’muriy 
quvg‘inlikdan tortib iqtisodiy quvg‘inlikkacha bo‘lgan choralar ko’rildi, muqobil 
o‘quv yurtlari yopib qo‘yildi. Ma’lumki, XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida 
jadidlarning yangi usuldagi maktablar ochish bo‘yicha ta’limni isloh qilish 
sohasidagi ma’rifatparvarlik faoliyati milliy an’analarga asoslangan edi. Biroq bu 
o‘sib kelayotgan avlodni kommunistik ideallar ruhida tarbiyalashga qaratilgan 
sovetcha mafkuraviy ko‘rsatmalarga mos tushmas edi. Ta’limda sovet ta’lim 
tizimining o‘rnatilishi 20-yillar oxirida maktab ta’limining konfessional modelining 
yo‘q qilinishidan boshlandi. 1940-yilning boshida O‘zbekistonda 4838 ta 
umumta’lim maktablari bor edi, tabiiyki, bu maktablar sovetcha tipdagi maktablar 
bo‘lib, ularda 1263,0 ming o‘quvchi ta’lim olar edi.  
Sovet ta’lim tizimining illati, uning o‘ta darajada mafkuralashtirilganligi, 
an’anaviy musulmon maktablarining kuch bilan yo‘q qilinishi ma’lum darajada keng 
xalq ommasining yot “sotsialistik maktab”lardan hafsalasini pir qildi. Bu 
bolshevikcha rahbariyat tomonidan “o‘zgacha” baholandi. 1938-yil 6-yanvarda 
“Pravda Vostoka” gazetasida “Maktab ishlari to‘g‘risida”gi maqola bosilib chiqdi. 
Unda “Barcha sobiq xalq komissarlari xalqning ashaddiy dushmanlari bo‘lib 
chiqdilar. Xuddi shunga o‘xshash bosqinchilar bilan ko‘plab shahar va tuman xalq 
ta’limi bo‘limlari va maktablar bulg‘angan. Xalq dushmanlari katta zarar keltirdi. 
ustaxonasi va h.k.). 20-yillarning oxirlarida Qarshi shahridagi madrasalar qamoqxonaga aylantirildi. “Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi va xonoqosi avaxtaga aylantirilib, xibsga olinganlar ayovsiz qiynoqlarga solingan. Qish chillasida madrasa hovuzining muzini yorib, bandilarni suvga solib qiynar edilar...” Qarshidagi Odina masjidi 1930-yillardan to mustaqillikka erishgunga qadar qamoqxona vazifasini o‘tagan. 1929-1939-yillar orasida faqat birgina Turkiston hududining o‘zida 14000 masjidlar faoliyati to‘xtatilib, ular buzib tashlangan. Shayxlar, imomlar va boshqa diniy arboblar turli jazolarga – surgun qilish, ozodlikdan mahrum qilish, o‘limga mahkum qilingan. “Madaniy inqilob”da lenincha g‘oyaning amalga oshirilishidagi birinchi qadam eski ta’lim shaklini tugatish va o‘rniga sovet ta’lim tizimini barpo etilishi bo‘ldi. Bolshevikcha tizimda sovet hokimiyati turli-tuman tadbirlar – ma’muriy quvg‘inlikdan tortib iqtisodiy quvg‘inlikkacha bo‘lgan choralar ko’rildi, muqobil o‘quv yurtlari yopib qo‘yildi. Ma’lumki, XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida jadidlarning yangi usuldagi maktablar ochish bo‘yicha ta’limni isloh qilish sohasidagi ma’rifatparvarlik faoliyati milliy an’analarga asoslangan edi. Biroq bu o‘sib kelayotgan avlodni kommunistik ideallar ruhida tarbiyalashga qaratilgan sovetcha mafkuraviy ko‘rsatmalarga mos tushmas edi. Ta’limda sovet ta’lim tizimining o‘rnatilishi 20-yillar oxirida maktab ta’limining konfessional modelining yo‘q qilinishidan boshlandi. 1940-yilning boshida O‘zbekistonda 4838 ta umumta’lim maktablari bor edi, tabiiyki, bu maktablar sovetcha tipdagi maktablar bo‘lib, ularda 1263,0 ming o‘quvchi ta’lim olar edi. Sovet ta’lim tizimining illati, uning o‘ta darajada mafkuralashtirilganligi, an’anaviy musulmon maktablarining kuch bilan yo‘q qilinishi ma’lum darajada keng xalq ommasining yot “sotsialistik maktab”lardan hafsalasini pir qildi. Bu bolshevikcha rahbariyat tomonidan “o‘zgacha” baholandi. 1938-yil 6-yanvarda “Pravda Vostoka” gazetasida “Maktab ishlari to‘g‘risida”gi maqola bosilib chiqdi. Unda “Barcha sobiq xalq komissarlari xalqning ashaddiy dushmanlari bo‘lib chiqdilar. Xuddi shunga o‘xshash bosqinchilar bilan ko‘plab shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari va maktablar bulg‘angan. Xalq dushmanlari katta zarar keltirdi.
 
 
Ularning zararli ishlari natijasida maktab yoshidagi bolalarni umumiy majburiy 
ta’limga jalb etish to‘liq amalga oshirilmagan... Xalq dushmanlari o‘zbek bolalariga 
to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablarni bitirishiga  xalal bermoqda. Shuning uchun ham 
8-10 sinflarda o‘qiyotganlar orasida mahalliy millat bolalari 11,0 % ni tashkil etadi 
xolos... O‘zbekistonda maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishiga 
zararkunandalarcha munosabat natijasida maktablarda 2176 ta o‘qituvchi 
yetishmaydi...” deb yozdi. Shunday qilib, ta’lim tizimidagi xato-kamchiliklar 
,,dushmanlar’’ zimmasiga ag‘darilib rejim tomonidan amalga oshirilgan quvg‘inlar 
oqlanadi. Boshlang‘ich maktabdan tortib oliy maktabgacha aniq va qat’iy tartibga 
solingan ta’lim tizimining barpo etilishi “sovet” maktabining so‘zsiz muvaffaqiyati 
edi. Biroq vaqt shuni ko‘rsatdiki, madaniy inqilob yillarida yuzaga kelgan ta’lim 
tizimi haddan tashqari siyosiylashgan, o‘ta darajada mafkuralashgan ta’lim tizimi 
bo‘lib, u boshlang‘ich va o‘rta tayyorgarlik masalalarini yechish imkonini bergani 
bilan o‘zini to‘liq oqlamadi. O‘zining butun mazmun va mohiyati bilan sovet 
maktabi modeli totalitar tuzumning asosiy talablariga javob berar edi. Milliy 
maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida rus tilini majburan o‘rganishga qaratilgan 
amaliyot alifboning ikki marta (1929-yilda arab grafikasiga asoslangan o‘zbek 
yozuvini lotin yozuviga, 1940-yilda esa kirillchaga) almashtirilishi o‘zbek tilini 
ikkinchi darajali tilga aylanishiga olib keldi. Ma’lumki, 1926-yilda, o‘zbek yozuvini 
arab alifbosidan o‘zbekchalashtirilgan lotin alifbosiga o‘tkazish ishini boshqarish 
uchun maxsus Markaziy qo‘mita tuzildi va uning raisi etib Y. Oxunboboyev 
tayinlandi. 1927- yilda esa yangi alifboning Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda joriy 
etilishiga rahbarlik qilish maqsadida Butunittifoq Markaziy qo‘mitasi tashkil etildi. 
Barcha davlat tashkilotlari, boshqa muassasa, idoralarda 1929-yil 1- dekabrgacha ish 
yuritishni lotin alifbosiga, 1930-yil 7-noyabrgacha o‘zbek yozuvining bu alifboga 
o‘tkazilishi yakunlanishi zarur, deb belgilangan edi. Markaziy Osiyoni arablar istilo 
qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida 
o`n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o`lka aholisi amal 
qilib kelgan huquq manbalari arab grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvida 
yaratilgan edi. Shu sababdan bu alifboni almashtirilishi mahalliy xalqni nafaqat 
Ularning zararli ishlari natijasida maktab yoshidagi bolalarni umumiy majburiy ta’limga jalb etish to‘liq amalga oshirilmagan... Xalq dushmanlari o‘zbek bolalariga to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablarni bitirishiga xalal bermoqda. Shuning uchun ham 8-10 sinflarda o‘qiyotganlar orasida mahalliy millat bolalari 11,0 % ni tashkil etadi xolos... O‘zbekistonda maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ishiga zararkunandalarcha munosabat natijasida maktablarda 2176 ta o‘qituvchi yetishmaydi...” deb yozdi. Shunday qilib, ta’lim tizimidagi xato-kamchiliklar ,,dushmanlar’’ zimmasiga ag‘darilib rejim tomonidan amalga oshirilgan quvg‘inlar oqlanadi. Boshlang‘ich maktabdan tortib oliy maktabgacha aniq va qat’iy tartibga solingan ta’lim tizimining barpo etilishi “sovet” maktabining so‘zsiz muvaffaqiyati edi. Biroq vaqt shuni ko‘rsatdiki, madaniy inqilob yillarida yuzaga kelgan ta’lim tizimi haddan tashqari siyosiylashgan, o‘ta darajada mafkuralashgan ta’lim tizimi bo‘lib, u boshlang‘ich va o‘rta tayyorgarlik masalalarini yechish imkonini bergani bilan o‘zini to‘liq oqlamadi. O‘zining butun mazmun va mohiyati bilan sovet maktabi modeli totalitar tuzumning asosiy talablariga javob berar edi. Milliy maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida rus tilini majburan o‘rganishga qaratilgan amaliyot alifboning ikki marta (1929-yilda arab grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini lotin yozuviga, 1940-yilda esa kirillchaga) almashtirilishi o‘zbek tilini ikkinchi darajali tilga aylanishiga olib keldi. Ma’lumki, 1926-yilda, o‘zbek yozuvini arab alifbosidan o‘zbekchalashtirilgan lotin alifbosiga o‘tkazish ishini boshqarish uchun maxsus Markaziy qo‘mita tuzildi va uning raisi etib Y. Oxunboboyev tayinlandi. 1927- yilda esa yangi alifboning Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda joriy etilishiga rahbarlik qilish maqsadida Butunittifoq Markaziy qo‘mitasi tashkil etildi. Barcha davlat tashkilotlari, boshqa muassasa, idoralarda 1929-yil 1- dekabrgacha ish yuritishni lotin alifbosiga, 1930-yil 7-noyabrgacha o‘zbek yozuvining bu alifboga o‘tkazilishi yakunlanishi zarur, deb belgilangan edi. Markaziy Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o`n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o`lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari arab grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvida yaratilgan edi. Shu sababdan bu alifboni almashtirilishi mahalliy xalqni nafaqat
 
 
dinidan balki madaniyatidan ham ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi. 1938-
yil 19-martda O‘zbekiston hukumati va kompartiya MK “O‘zbek va boshqa rus 
bo‘lmagan maktablarda rus tilini o‘qitish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilda 
O‘rta Osiyo Davlat universitetida 197 o‘qituvchining atigi 11 foizini tub 
millatlarning vakillari (18 o‘zbek, 2 qozoq, 1 qirg‘iz) tashkil etgan, talabalar orasida 
esa mahalliy millat yoshlari 28,3 % edi. Buning ustiga oliy o’quv yurtlarida o‘quv 
jarayonini ruslashtirilishi ulardagi talabalar orasida tub millat vakillarining 
kamayishiga olib keldi. Masalan, 1939-yilda O‘zbekiston Davlat uninerstetida 
o‘qiyotgan talabalar orasida o‘zbeklar 46 % ni, O‘rta Osiyo davlat universitetida 
30% ni, 3 ta kunduzgi pedagogika institutlarida - 53 % ni, 6 ta kechki pedagogika 
institutlarida - 48% ni tashkil etar edi. 1940-yilda esa lotin grafikasining kirillicha 
bilan shoshilinch almashtirilishi, O`zbekiston aholisining bilim darajasining 
o`sishiga, o`zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Ushbu holat savodsizlar 
sonining sun’iy o`sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot 
to`la ruslashtirilib, hamma joyda o`zbek tilining imkoniyatlari cheklab qo’yildi. 
Urushdan keyingi yillarda 8 yillik umumiy majburiy ta’lim joriy qilindi. 
Qonun asosida respublika sanoat korxonalari, davlat va jamoat xo‘jaliklari 
maktablarni otaliqqa olishlari va ularni o‘quv jihozlari bilan ta’minlashlari ko’zda 
tutilgan edi. Shu bois, 1959-1965-yillarda davlat va korxonalar mablag‘lari hisobiga 
1 mln. 55 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binolari qurilgan edi. 1965-1966 
o‘quv yilida respublikada 6797 maktabda 1277 o‘qituvchi 2476,1 ming bolaga 
ta’lim berdilar. 1988-1989 o‘quv yilida esa 8950 maktabda 304,7 ming o‘qituvchi 
4,3 million bolaga ta’lim berdilar. Maktablarda yetti tilda ta’lim berilar edi: o‘zbek, 
rus, qozoq, qirg‘iz, qaraqalpoq, tojik, turkman. Undan tashqari o‘z ona tilida ta’lim 
olish bilan birga qushimcha xorijiy tillar ham o‘rganilardi: ingliz, fransuz, ispan, 
arab, fors, hind va boshqalar. Oliy uquv yurtlari esa 41,5 ming mutaxxassislar 
tayyorlab berdilar. Undan tashqari o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ham turli sohalar 
bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘z hissalarini 
qo‘shdilar. Jumladan, 80-yillar oxirida 249 o‘rta maxsus o‘quv yurtlari 287,8 ming 
o’quvchilarga, 42 oliy o‘quv yurtlari 291,9 ming talabalarga bilim berdilar. 
dinidan balki madaniyatidan ham ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi. 1938- yil 19-martda O‘zbekiston hukumati va kompartiya MK “O‘zbek va boshqa rus bo‘lmagan maktablarda rus tilini o‘qitish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetida 197 o‘qituvchining atigi 11 foizini tub millatlarning vakillari (18 o‘zbek, 2 qozoq, 1 qirg‘iz) tashkil etgan, talabalar orasida esa mahalliy millat yoshlari 28,3 % edi. Buning ustiga oliy o’quv yurtlarida o‘quv jarayonini ruslashtirilishi ulardagi talabalar orasida tub millat vakillarining kamayishiga olib keldi. Masalan, 1939-yilda O‘zbekiston Davlat uninerstetida o‘qiyotgan talabalar orasida o‘zbeklar 46 % ni, O‘rta Osiyo davlat universitetida 30% ni, 3 ta kunduzgi pedagogika institutlarida - 53 % ni, 6 ta kechki pedagogika institutlarida - 48% ni tashkil etar edi. 1940-yilda esa lotin grafikasining kirillicha bilan shoshilinch almashtirilishi, O`zbekiston aholisining bilim darajasining o`sishiga, o`zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Ushbu holat savodsizlar sonining sun’iy o`sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot to`la ruslashtirilib, hamma joyda o`zbek tilining imkoniyatlari cheklab qo’yildi. Urushdan keyingi yillarda 8 yillik umumiy majburiy ta’lim joriy qilindi. Qonun asosida respublika sanoat korxonalari, davlat va jamoat xo‘jaliklari maktablarni otaliqqa olishlari va ularni o‘quv jihozlari bilan ta’minlashlari ko’zda tutilgan edi. Shu bois, 1959-1965-yillarda davlat va korxonalar mablag‘lari hisobiga 1 mln. 55 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binolari qurilgan edi. 1965-1966 o‘quv yilida respublikada 6797 maktabda 1277 o‘qituvchi 2476,1 ming bolaga ta’lim berdilar. 1988-1989 o‘quv yilida esa 8950 maktabda 304,7 ming o‘qituvchi 4,3 million bolaga ta’lim berdilar. Maktablarda yetti tilda ta’lim berilar edi: o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, qaraqalpoq, tojik, turkman. Undan tashqari o‘z ona tilida ta’lim olish bilan birga qushimcha xorijiy tillar ham o‘rganilardi: ingliz, fransuz, ispan, arab, fors, hind va boshqalar. Oliy uquv yurtlari esa 41,5 ming mutaxxassislar tayyorlab berdilar. Undan tashqari o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ham turli sohalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jumladan, 80-yillar oxirida 249 o‘rta maxsus o‘quv yurtlari 287,8 ming o’quvchilarga, 42 oliy o‘quv yurtlari 291,9 ming talabalarga bilim berdilar.
 
 
Respublikamizda 10 ming aholiga 161 talaba to‘gri kelar edi, har yili faqatgina oliy 
o‘quv yurtlar 50 mingga yaqin mutaxassislar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar 
uchun ham mutaxassislar tayyorlab berilar edi. Ammo maorif sohasida talaygina 
yutuqlar qatorida jiddiy kamchiliklar ham mavjud edi. Masalan, respublikamizdagi 
ko‘pgina maktablarning o‘quv-moddiy bazasi zamon talabiga javob bermas, 
ta’limining mazmuni o’ta mafkuralashtirilgan, zarur bo‘lgan hamma o‘quv 
dasturlari, darslik, qo‘llanmalar va boshqa o‘quv jihozlarining faqat Markazda 
tayyorlanishi, milliy hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, milliylik jihatlari, 
mentaliteti mutlaqo hisobga olinmas edi. Shu bilan birga kadrlar tayyorlashda son 
ketidan quvilib, uning sifatiga yetarli e’tibor berilmasdi. Buning ustiga o‘quv rejalari 
va dasturlarini bot-bot o‘zgartirish amaliyoti ham ta’lim tizimining rivojlanishiga 
to’sqinlik qilar edi. 
Respublikada bolalarning ta’lim-tarbiyasini yaxshilash uchun 250 bolalar 
saroylari, 100 ga yaqin yosh texnik stansiyalari, 80 ta yosh naturalist stansiyalari, 30 
dan ortiq ekskursiya stansiyalari, undan tashqari 300 dan ortiq musiqa, san’at va 
xoreografiya maktablari mavjud bo‘lib, ularga 77 mingdan ortiq bolalar 
qatnashdilar. Bu muassasalar bolalar va o‘smirlar qobiliyatining har tomonlama 
rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatdi  
  Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Oktabr 
tuntarilishidan keyingi davrda o‘lkada ilm-fanni o‘sishiga e’tibor berildi, bir qator 
muhim ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etildi. Yurtning ko’plab iqtidorli, zakovatli 
yoshlari o’zlarini ilm-fanga bag’ishlab, asta-sekin uning cho’qqilariga ko’tarilib 
bordilar. 30-yillarga kelib o’zbek fanining turli yo’nalishlarida o’z yuksak 
salohiyatini namoyon etib, o’z ilmiy maktabiga asos solgan T. A. Qoriniyoziy, 
Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G’ulomov, Po’lat Soliyev, 
Toshmuhammad Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullyaev, Sobir Yunusov 
singari olimlar yetishib chiqdi. Respublika ilm-fanini oyoqqa turg‘azish va ravnaq 
toptirishda ularning roli va xizmatlari katta bo‘ldi. Ilmiy-tadqiqot muassalarning 
tashkil etilishi respublikada fanni rivojlantirish va muvofiqlashtirishga keng yo‘l 
ochib berdi. Jumladan, 1932-yilda O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institute, Butunittifoq 
Respublikamizda 10 ming aholiga 161 talaba to‘gri kelar edi, har yili faqatgina oliy o‘quv yurtlar 50 mingga yaqin mutaxassislar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlab berilar edi. Ammo maorif sohasida talaygina yutuqlar qatorida jiddiy kamchiliklar ham mavjud edi. Masalan, respublikamizdagi ko‘pgina maktablarning o‘quv-moddiy bazasi zamon talabiga javob bermas, ta’limining mazmuni o’ta mafkuralashtirilgan, zarur bo‘lgan hamma o‘quv dasturlari, darslik, qo‘llanmalar va boshqa o‘quv jihozlarining faqat Markazda tayyorlanishi, milliy hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, milliylik jihatlari, mentaliteti mutlaqo hisobga olinmas edi. Shu bilan birga kadrlar tayyorlashda son ketidan quvilib, uning sifatiga yetarli e’tibor berilmasdi. Buning ustiga o‘quv rejalari va dasturlarini bot-bot o‘zgartirish amaliyoti ham ta’lim tizimining rivojlanishiga to’sqinlik qilar edi. Respublikada bolalarning ta’lim-tarbiyasini yaxshilash uchun 250 bolalar saroylari, 100 ga yaqin yosh texnik stansiyalari, 80 ta yosh naturalist stansiyalari, 30 dan ortiq ekskursiya stansiyalari, undan tashqari 300 dan ortiq musiqa, san’at va xoreografiya maktablari mavjud bo‘lib, ularga 77 mingdan ortiq bolalar qatnashdilar. Bu muassasalar bolalar va o‘smirlar qobiliyatining har tomonlama rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatdi Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Oktabr tuntarilishidan keyingi davrda o‘lkada ilm-fanni o‘sishiga e’tibor berildi, bir qator muhim ilmiy tadqiqot institutlari tashkil etildi. Yurtning ko’plab iqtidorli, zakovatli yoshlari o’zlarini ilm-fanga bag’ishlab, asta-sekin uning cho’qqilariga ko’tarilib bordilar. 30-yillarga kelib o’zbek fanining turli yo’nalishlarida o’z yuksak salohiyatini namoyon etib, o’z ilmiy maktabiga asos solgan T. A. Qoriniyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Yah’yo G’ulomov, Po’lat Soliyev, Toshmuhammad Sarimsoqov, Halil Rahmatullin, Habib Abdullyaev, Sobir Yunusov singari olimlar yetishib chiqdi. Respublika ilm-fanini oyoqqa turg‘azish va ravnaq toptirishda ularning roli va xizmatlari katta bo‘ldi. Ilmiy-tadqiqot muassalarning tashkil etilishi respublikada fanni rivojlantirish va muvofiqlashtirishga keng yo‘l ochib berdi. Jumladan, 1932-yilda O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institute, Butunittifoq
 
 
paxtachilik 
ilmiy-tadqiqot 
instituti 
(SoyuzNIXI), 
1931-yilda 
O‘zbekiston 
Gidrometeorologiya instituti, 1932-yilda Toshkent koinot rasadxonasi tashkil 
etilgan edi. 1943-yilda respublikada 19 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 23 ta turli ilmiy 
stansiyalar, 3 ta rasadxona, 6 ta boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mavjud edi. 
1943-yilning sentabrida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil etildi. 1945-yilga 
kelib Fanlar Akademiyasi 23 ilmiy muassasani, jumladan, 11 ta ilmiy-tadqiqot 
instituti, 2 ta laboratoriya, seysmik markaz, tajriba markazlari, botanika bog‘i va 2 
muzeyni birlashtirgan edi. 1950-yilga kelib O‘zbekistonda 4541 nafar yuqori 
malakali ilmiy xodimlar faoliyat ko‘rsatdilar. Ulardan 156 nafari fan doktorlari, 
1198 nafari esa fan nomzodlari edilar. Olimlar fan olamining turli sohalarida 
tadqiqot ishlari olib borib, tabiiy resurslarni o‘rganishga va xalq xo‘jaligining eng 
muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan muammolarni yechish bilan 
shug‘ullandilar. Bu davrda ko‘pgina o‘zbek olimlari muvaffaqiyatlarga erishib 
bordilar. Jumladan, matematika sohasida T. A. Sarimsoqov, M. K. Kamolov, M. S. 
Salohidddinov, N. N. Nazarov, F. B. Abutaliyev, fizika fani sohasida S. A. Azimov, 
R. B. Bekjonov, U. G‘. G‘ulomov, kimyo fanlari sohasida Z. Saidnosirova, A. 
Shamsiyev, M. Hakimov, S. Y. Yunusov, O. S. Sodiqov, K. S. Ahmedov, H. U. 
Usmonov, biologiya fanlari sohasida Q. Z. Zokirov, H. Jamolxonov, J. K. Saidov, 
A. U. Usmonov, J. A. Musayev, A. O. Obidov, ijtimoiy fanlar sohasida I. M. 
Muminov, Y. G‘. G‘ulomov, A. Asqarov, S. R. Rajabov, E. Q. Qodirov, A. Sa’diy, 
N. Mallayev, S. Azimov boshqa ko‘pgina o‘zbek olimlari fanni rivojlantirishga o‘z 
hissalarini qo‘shdilar. 
1956-yilning oxirlarida ilmiy muassasalarda 6 mingga yaqin ilmiy xodim, shu 
jumladan, 187 ta fan doktorlari va 2000 ta fan nomzodlari fanning turli sohalarida 
barakali ijod qilib, ko‘pgina ilmiy kashfiyotlar qildilar. Bu borada O‘zbekiston 
Fanlar 
Akademiyasi 
respublikada 
ilm-fanni 
rivojlantirishning 
markaziga 
aylantirildi. Akademiya tarkibida yadro fizikasi, kimyo, o‘simlik xom ashyosi, 
paxtachilik, suv mexanizmlari va gidrotexnika, neft’ va gaz, o‘lka tibbiyoti, falsafa, 
tarix va huquq, texnika, kibernetika, elektronika, seysmologiya, bioximiya va 
boshqa ilmiy tadqiqot institutlari hamda “Paxta terish mashinasi” nomli ilmiy-texnik 
paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), 1931-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya instituti, 1932-yilda Toshkent koinot rasadxonasi tashkil etilgan edi. 1943-yilda respublikada 19 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 23 ta turli ilmiy stansiyalar, 3 ta rasadxona, 6 ta boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mavjud edi. 1943-yilning sentabrida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil etildi. 1945-yilga kelib Fanlar Akademiyasi 23 ilmiy muassasani, jumladan, 11 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 2 ta laboratoriya, seysmik markaz, tajriba markazlari, botanika bog‘i va 2 muzeyni birlashtirgan edi. 1950-yilga kelib O‘zbekistonda 4541 nafar yuqori malakali ilmiy xodimlar faoliyat ko‘rsatdilar. Ulardan 156 nafari fan doktorlari, 1198 nafari esa fan nomzodlari edilar. Olimlar fan olamining turli sohalarida tadqiqot ishlari olib borib, tabiiy resurslarni o‘rganishga va xalq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan muammolarni yechish bilan shug‘ullandilar. Bu davrda ko‘pgina o‘zbek olimlari muvaffaqiyatlarga erishib bordilar. Jumladan, matematika sohasida T. A. Sarimsoqov, M. K. Kamolov, M. S. Salohidddinov, N. N. Nazarov, F. B. Abutaliyev, fizika fani sohasida S. A. Azimov, R. B. Bekjonov, U. G‘. G‘ulomov, kimyo fanlari sohasida Z. Saidnosirova, A. Shamsiyev, M. Hakimov, S. Y. Yunusov, O. S. Sodiqov, K. S. Ahmedov, H. U. Usmonov, biologiya fanlari sohasida Q. Z. Zokirov, H. Jamolxonov, J. K. Saidov, A. U. Usmonov, J. A. Musayev, A. O. Obidov, ijtimoiy fanlar sohasida I. M. Muminov, Y. G‘. G‘ulomov, A. Asqarov, S. R. Rajabov, E. Q. Qodirov, A. Sa’diy, N. Mallayev, S. Azimov boshqa ko‘pgina o‘zbek olimlari fanni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 1956-yilning oxirlarida ilmiy muassasalarda 6 mingga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 187 ta fan doktorlari va 2000 ta fan nomzodlari fanning turli sohalarida barakali ijod qilib, ko‘pgina ilmiy kashfiyotlar qildilar. Bu borada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi respublikada ilm-fanni rivojlantirishning markaziga aylantirildi. Akademiya tarkibida yadro fizikasi, kimyo, o‘simlik xom ashyosi, paxtachilik, suv mexanizmlari va gidrotexnika, neft’ va gaz, o‘lka tibbiyoti, falsafa, tarix va huquq, texnika, kibernetika, elektronika, seysmologiya, bioximiya va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari hamda “Paxta terish mashinasi” nomli ilmiy-texnik
 
 
markaz vujudga kelib, samarali ish olib bordilar. 80-yillar oxirlarida 40 mingga 
yaqin kishi ilmiy markazlarda ijod qildilar. Matematika statistikasi, elektronika, 
bioorganik ximiya, yadro fizikasi va mexanikasi, seysmologiya, genetika va 
seleksiya sohalarida o‘zbek olimlarining olib borgan tadqiqotlari jahon miqyosida 
tan olindi. Keyingi yillarda “Quyosh” dasturi asosida quyosh energiyasidan 
foydalanish va geliotexnologiya sohasida ilmiy ishlar olib borildi. O‘zbekiston 
olimlari 53 kompleks ilmiy muammolar bo‘yicha 60 dan ortiq mamlakatlardagi 
hamkasabalari bilan ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar.  
Birgina qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari tufayli 
paxtaning mashinalar bilan terishga yaroqli, viltga chidamli, serhosil va ertapishar 
“Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3”, “Toshkent-4”, “Yulduz” kabi yangi 
navlari yaratildi va ekishga joriy etildi.  
80-yillarda O‘zbekiston olimlarining ilmiy-tadqiqot yutuqlari 33 xalqaro 
ko’rgazmada namoyish etildi va shu davr ichida ilmiy muassasalari bazasida 33 
xalqaro va 54 butunittifoq konferensiyalari, simpoziumlar o‘tkazildi.  
Ammo yuqoridagi yutuqlarga qaramay, fanni rivojlantirishda, uning 
yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishda bir qator sustkashliklar ham mavjud edi. 
Jumladan, olimlarning kuchini sovet hokimiyati yillarida faqat paxtachilikni 
rivojlantirishga qaratilgani, fanni boshqa sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
 
 Totalitar tuzumning o‘tmishni qoralashga qaratilgan siyosati 
birinchilar qatorida islomga yo‘naltirildi. Sovetlargacha bo‘lgan davrda islom 
xalqning axloqiy ustunlarini saqlashda, oilaviy-maishiy munosabatlarda yuksak 
axloqiy sifatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutib kelganligi ma’lum. 30-
yillarda dinga qarshi terror e’lon qilindi. Quvg‘in va qatag‘onlarga nafaqat din 
arboblari va musulmon idoralari xodimlari ham duchor qilindi. Imom al-Buxoriy, 
at-Termiziy, A. Yassaviy, Naqshbandiy, Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Sufi 
Allayor kabi buyuk islom huquqshunoslari va faylasuflarning nomlari va ta’limotlari 
qoralandi. Ekstremizmga asoslangan ateistik siyosat natijasida oktabrdan keyingi 
ikki o‘n yillikda islom olamining ko‘zga ko‘ringan arboblari yo‘q qilindi.  
markaz vujudga kelib, samarali ish olib bordilar. 80-yillar oxirlarida 40 mingga yaqin kishi ilmiy markazlarda ijod qildilar. Matematika statistikasi, elektronika, bioorganik ximiya, yadro fizikasi va mexanikasi, seysmologiya, genetika va seleksiya sohalarida o‘zbek olimlarining olib borgan tadqiqotlari jahon miqyosida tan olindi. Keyingi yillarda “Quyosh” dasturi asosida quyosh energiyasidan foydalanish va geliotexnologiya sohasida ilmiy ishlar olib borildi. O‘zbekiston olimlari 53 kompleks ilmiy muammolar bo‘yicha 60 dan ortiq mamlakatlardagi hamkasabalari bilan ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Birgina qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari tufayli paxtaning mashinalar bilan terishga yaroqli, viltga chidamli, serhosil va ertapishar “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3”, “Toshkent-4”, “Yulduz” kabi yangi navlari yaratildi va ekishga joriy etildi. 80-yillarda O‘zbekiston olimlarining ilmiy-tadqiqot yutuqlari 33 xalqaro ko’rgazmada namoyish etildi va shu davr ichida ilmiy muassasalari bazasida 33 xalqaro va 54 butunittifoq konferensiyalari, simpoziumlar o‘tkazildi. Ammo yuqoridagi yutuqlarga qaramay, fanni rivojlantirishda, uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishda bir qator sustkashliklar ham mavjud edi. Jumladan, olimlarning kuchini sovet hokimiyati yillarida faqat paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgani, fanni boshqa sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Totalitar tuzumning o‘tmishni qoralashga qaratilgan siyosati birinchilar qatorida islomga yo‘naltirildi. Sovetlargacha bo‘lgan davrda islom xalqning axloqiy ustunlarini saqlashda, oilaviy-maishiy munosabatlarda yuksak axloqiy sifatlarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutib kelganligi ma’lum. 30- yillarda dinga qarshi terror e’lon qilindi. Quvg‘in va qatag‘onlarga nafaqat din arboblari va musulmon idoralari xodimlari ham duchor qilindi. Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, A. Yassaviy, Naqshbandiy, Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Sufi Allayor kabi buyuk islom huquqshunoslari va faylasuflarning nomlari va ta’limotlari qoralandi. Ekstremizmga asoslangan ateistik siyosat natijasida oktabrdan keyingi ikki o‘n yillikda islom olamining ko‘zga ko‘ringan arboblari yo‘q qilindi.
 
 
Sovet hokimiyatining “madaniy inqilob” siyosati oktabrgacha davrda mavjud 
bo‘lgan madaniy-ma’rifiy muassasalar infrastrukturasini yo’q qildi, ilgari faoliyat 
ko‘rsatib kelgan “madaniyat o‘choqlarini” umumlashtirishga va sovet madaniy-
ma’rifiy muassasalarini tashkil etish qizg’in tus oldi. 1922-yilda O‘zbekiston 
hududida bor-yo‘g‘i 40 ta klub bo‘lgan bo‘lsa, 1938-yilga kelib ularning soni 3 
mingdan oshib ketdi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida sinfiylikka 
ustuvorlik berildi. Ular milliy o‘ziga xoslikni, an’analarni hisobga olmas, milliy-
diniy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni inkor etdilar. 
“Madaniy inqilob” siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri eski ziyolilar 
faoliyatini cheklash va yangi “sotsialistik” ziyolilarni shakllantirish edi. 
Bolsheviklar milliy vatanparvarlikni namoyish etayotgan va mahalliy aholi siyosiy 
faolligini oshirishda tashabbus ko‘rsatayotgan o‘lka ziyolilarini asosiy raqib deb 
hisoblar edi. “Madaniy inqilob” yillarida eski ziyoli kadrlar qisman ma’muriy 
usullar bilan sovet davlati bilan hamkorlik qilishga tortildi, qisman xorijga chiqib 
ketdi, vatanparvar va bolshevikcha qarashlarga qarshi bo‘lganlari esa qatag‘on 
qilindi. Ommaviy qatag‘on siyosatidan ayniqsa, ziyolilar katta zarar ko’rdilar. 
Birgina 1937-yilning o‘zida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan 5758 nafar 
ziyolilar: ilm-fan namoyandalari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, til va adabiyot 
namoyondalari, pedagoglar ozodlikdan mahrum qilindi, ulardan 4811 tasi otib 
tashlandi. 20-yillarning oxiri – 30-yillarning boshlarida milliy ziyolilarning bir qismi 
“18 lar guruhi”, “Inog‘omovchilik”, “Qosimovchilik”, “Bahriddinovchilar” va 
boshqa “milliy-og‘machilar” guruhiga mansub, deb ayblanib qatog‘onga uchragan 
edilar. 30-yillar oxiriga kelib esa milliy ziyolilarga qarshi qatag‘on ommaviy tus 
oldi. Partiya-sovet yetakchilari (F. Xo‘jayev, A. Ikromov, S. Segizboyev, A. 
Karimov va boshqalar) qatorida o‘qituvchilar, yozuvchilar, ishchilar, olimlar, 
jamoatchilik rahbarlarining katta qismi, ya’ni millatning intellektual elita qismi 
qatag‘on qilindi (Fitrat, Cho’lpon, A. Qodiriy, U. Nosir, P. Soliyev, A. Shakur, Ziyo 
Said, G‘ozi Olim va boshqalar). Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1937-1939-yillarda 
O‘zbekistonda Respublika Ichki ishlar xalq komissarligi “uchligi” tomonidan 41 
mingdan oshiq odam qamoqqa olinib javobgarlikka tortilgan, shundan 6 ming 920 
Sovet hokimiyatining “madaniy inqilob” siyosati oktabrgacha davrda mavjud bo‘lgan madaniy-ma’rifiy muassasalar infrastrukturasini yo’q qildi, ilgari faoliyat ko‘rsatib kelgan “madaniyat o‘choqlarini” umumlashtirishga va sovet madaniy- ma’rifiy muassasalarini tashkil etish qizg’in tus oldi. 1922-yilda O‘zbekiston hududida bor-yo‘g‘i 40 ta klub bo‘lgan bo‘lsa, 1938-yilga kelib ularning soni 3 mingdan oshib ketdi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatida sinfiylikka ustuvorlik berildi. Ular milliy o‘ziga xoslikni, an’analarni hisobga olmas, milliy- diniy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni inkor etdilar. “Madaniy inqilob” siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri eski ziyolilar faoliyatini cheklash va yangi “sotsialistik” ziyolilarni shakllantirish edi. Bolsheviklar milliy vatanparvarlikni namoyish etayotgan va mahalliy aholi siyosiy faolligini oshirishda tashabbus ko‘rsatayotgan o‘lka ziyolilarini asosiy raqib deb hisoblar edi. “Madaniy inqilob” yillarida eski ziyoli kadrlar qisman ma’muriy usullar bilan sovet davlati bilan hamkorlik qilishga tortildi, qisman xorijga chiqib ketdi, vatanparvar va bolshevikcha qarashlarga qarshi bo‘lganlari esa qatag‘on qilindi. Ommaviy qatag‘on siyosatidan ayniqsa, ziyolilar katta zarar ko’rdilar. Birgina 1937-yilning o‘zida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan 5758 nafar ziyolilar: ilm-fan namoyandalari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, til va adabiyot namoyondalari, pedagoglar ozodlikdan mahrum qilindi, ulardan 4811 tasi otib tashlandi. 20-yillarning oxiri – 30-yillarning boshlarida milliy ziyolilarning bir qismi “18 lar guruhi”, “Inog‘omovchilik”, “Qosimovchilik”, “Bahriddinovchilar” va boshqa “milliy-og‘machilar” guruhiga mansub, deb ayblanib qatog‘onga uchragan edilar. 30-yillar oxiriga kelib esa milliy ziyolilarga qarshi qatag‘on ommaviy tus oldi. Partiya-sovet yetakchilari (F. Xo‘jayev, A. Ikromov, S. Segizboyev, A. Karimov va boshqalar) qatorida o‘qituvchilar, yozuvchilar, ishchilar, olimlar, jamoatchilik rahbarlarining katta qismi, ya’ni millatning intellektual elita qismi qatag‘on qilindi (Fitrat, Cho’lpon, A. Qodiriy, U. Nosir, P. Soliyev, A. Shakur, Ziyo Said, G‘ozi Olim va boshqalar). Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1937-1939-yillarda O‘zbekistonda Respublika Ichki ishlar xalq komissarligi “uchligi” tomonidan 41 mingdan oshiq odam qamoqqa olinib javobgarlikka tortilgan, shundan 6 ming 920
 
 
kishi otib tashlangan. Natijada, aynan madaniy inqilob yillarida xalq intellektual 
hayotini qo‘llab-quvvatlab turuvchi eski va yangi ziyolilar o‘rtasidagi intellektual va 
ma’naviy vorislikka putur yetdi. Sovet hokimiyatining bu kabi jazo amaliyoti 
ziyolilarni tanqidiy fikrlashdan mahrum qilishga qaratilgan edi.  
 “Madaniy inqilob” totalitar tuzumning qaror topishida muhim rol o’ynadi va 
ma’muriy ijroiya ko’rinishidagi madaniyat modelini yuzaga kelishiga olib keldi. 30-
yillarda bu totalitar madaniyat modeli shunchalik mustahkam o‘rnashgan ediki, uni 
o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala faqatgina mustaqillikni qo‘lga kiritgandan 
keyingina kun tartibiga qo‘yilishi mumkin edi. 
 
6.5. Madaniyat va kommunistik mafkura 
 
XX asrda sovet hokimiyatining mafkuraviy ta’zyiqlariga qaramay, o‘zbek 
adabiyoti va san’ati katta yutuqlarga erishdi. Adabiyot sohasida inqilobdan oldinroq 
o‘z ijodini boshlagan ziyolilar Zavqiy, Avaz, Xamza, Ayniy, Abdulla Qodiriy, 
Sufizoda, Abdulla Avloniy, Ergash Jumanbulbul o’g‘li, Fitrat, Cho’lpon bilan bir 
qatorda Abdulla Qahhor, Oybek, U. Nosir, G‘ayratiy, Hamid Olimjon, Uyg‘un, X. 
Po‘lat, Komil Yashin, Zulfiya, Oydin, G‘afur G‘ulom va boshqa yosh yozuvchilar 
samarali ijod qildilar. Adabiyotning asosiy yo‘nalishlarini mustabid sovet 
hokimiyati belgilab bergan edi: bu birinchidan, davr ruhi, yangi hayot manzarasi, 
yangi zamon kishilarining ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarini aks ettirgan bo‘lsa, 
ikkinchidan tarixiy voqealar, o‘tgan davrning eskilik qoldiqlarini fosh etishdan 
iborat edi.  
20-yillarda o‘zbek prozasi rivojlanib, asosan hikoya, qissa kabi janrlarda o‘z 
ifodasini topdi. 20-yillar oxirlari va 30-yillarda maishiy va tarixiy mavzudagi 
romanlar paydo bo‘ldi. O‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning 
“O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, Sadriddin 
Ayniyning “Doxunda”, “Qullar”, Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, 
Abdulla Qahhorning “Sarob”, Husayn Shamsning “Dushman” romanlari o‘zbek 
yozuvchilarining badiiy mahoratidan dalolat beradi. 30-yillarda o‘zbek poeziyasida 
228 
kishi otib tashlangan. Natijada, aynan madaniy inqilob yillarida xalq intellektual hayotini qo‘llab-quvvatlab turuvchi eski va yangi ziyolilar o‘rtasidagi intellektual va ma’naviy vorislikka putur yetdi. Sovet hokimiyatining bu kabi jazo amaliyoti ziyolilarni tanqidiy fikrlashdan mahrum qilishga qaratilgan edi. “Madaniy inqilob” totalitar tuzumning qaror topishida muhim rol o’ynadi va ma’muriy ijroiya ko’rinishidagi madaniyat modelini yuzaga kelishiga olib keldi. 30- yillarda bu totalitar madaniyat modeli shunchalik mustahkam o‘rnashgan ediki, uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala faqatgina mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyingina kun tartibiga qo‘yilishi mumkin edi. 6.5. Madaniyat va kommunistik mafkura XX asrda sovet hokimiyatining mafkuraviy ta’zyiqlariga qaramay, o‘zbek adabiyoti va san’ati katta yutuqlarga erishdi. Adabiyot sohasida inqilobdan oldinroq o‘z ijodini boshlagan ziyolilar Zavqiy, Avaz, Xamza, Ayniy, Abdulla Qodiriy, Sufizoda, Abdulla Avloniy, Ergash Jumanbulbul o’g‘li, Fitrat, Cho’lpon bilan bir qatorda Abdulla Qahhor, Oybek, U. Nosir, G‘ayratiy, Hamid Olimjon, Uyg‘un, X. Po‘lat, Komil Yashin, Zulfiya, Oydin, G‘afur G‘ulom va boshqa yosh yozuvchilar samarali ijod qildilar. Adabiyotning asosiy yo‘nalishlarini mustabid sovet hokimiyati belgilab bergan edi: bu birinchidan, davr ruhi, yangi hayot manzarasi, yangi zamon kishilarining ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarini aks ettirgan bo‘lsa, ikkinchidan tarixiy voqealar, o‘tgan davrning eskilik qoldiqlarini fosh etishdan iborat edi. 20-yillarda o‘zbek prozasi rivojlanib, asosan hikoya, qissa kabi janrlarda o‘z ifodasini topdi. 20-yillar oxirlari va 30-yillarda maishiy va tarixiy mavzudagi romanlar paydo bo‘ldi. O‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, Sadriddin Ayniyning “Doxunda”, “Qullar”, Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Sarob”, Husayn Shamsning “Dushman” romanlari o‘zbek yozuvchilarining badiiy mahoratidan dalolat beradi. 30-yillarda o‘zbek poeziyasida 228
 
 
erkin mehnat mavzusi, qishloq mavzusi, yangi kishi qiyofasi, ozod hayotni kuylash, 
an’anaviy sevgi, ishq-muhabbat tarannum etildi. Jumladan, Botu, Habibiy, Charxiy, 
Chustiy, Sobir Abdulla, G‘ayratiy, Vosit Sa’dullalarning ijodida o‘zbek klassik 
adabiyotining an’analari davom ettirildi. Masalan, 20-yillar she’riyatiga munosib 
hissa qo‘shgan adiblardan biri Botu shunday kuylaydi: 
Zulmlar nishtari yurakni tilmasin 
Dor nima, o‘q nima, hech kim bilmasin. 
Qon to‘kish kishini boshiga kelmasin, 
Bu bizga kuch bergan tilaklar tilagi. 
Lekin, shuni ta’qidlash joizki, “sotsializm qurilishi” yillarida, ko‘pgina o‘zbek 
ziyolilari, iste’dodli adiblar soxta ayblar qo‘yilib qatag‘on qilinib, jismonan yo‘q 
qilindi. Ular orasida xalq og‘ziga tushgan, uning muhabbatini qozongan mashhur 
siymolar A. Qodiriy, Usmon Nosir, Fitrat, Cho‘lpon, Sh. Sulaymon, M. So‘fizoda, 
O. Hoshim va boshqa yozuvchilarimiz, shoirlarimiz bor edi. Albatta, bu 
qatog‘onlikning begunoh qurbonlari hayot bo‘lganida o‘zbek xalqining ma’naviy 
merosiga yanada ko‘proq hissa qo‘shgan bulur edilar. Hozirgi kunda ularning 
nomlarini tiklanishi va madaniy meroslarini o‘rganilishi asosiy vazifalardan biridir. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek sovet adabiyotida qahramonlik, 
vatanparvarlik, vatanga sadoqat, xalqlar do‘stligi g‘oyalari keng tarannum etildi. 
G‘afur G‘ulomning “Sen yetim emassan”, “Sog‘inish”, “Vaqt”, Hamid Olimjonning 
“Ona va o’g‘il”, “Ishonch”, Uyg‘unning “Zafar taronalari”, “G‘azab va muhabbat”, 
Shayxzodaning “Jang va qo‘shiq”, “Kurash nechun”, Komil Yashinning “Qasos” 
kabi asarlari va she’riy to‘plamlarida vatanparvarlik to‘yg‘ulari aks ettirilgan. 
O‘zbek xalqi urush yillarida minglab yetim bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatdi. G‘afur 
G‘ulomning “Sen yetim emassan” she’rida shunday satrlar bor: 
Otang o‘lgan bo‘lsa 
Qayg‘urma, qo‘zim, 
Ko‘zim usti 
Millating boshimga durra, 
Shu sog‘lom havoda  
erkin mehnat mavzusi, qishloq mavzusi, yangi kishi qiyofasi, ozod hayotni kuylash, an’anaviy sevgi, ishq-muhabbat tarannum etildi. Jumladan, Botu, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Sobir Abdulla, G‘ayratiy, Vosit Sa’dullalarning ijodida o‘zbek klassik adabiyotining an’analari davom ettirildi. Masalan, 20-yillar she’riyatiga munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri Botu shunday kuylaydi: Zulmlar nishtari yurakni tilmasin Dor nima, o‘q nima, hech kim bilmasin. Qon to‘kish kishini boshiga kelmasin, Bu bizga kuch bergan tilaklar tilagi. Lekin, shuni ta’qidlash joizki, “sotsializm qurilishi” yillarida, ko‘pgina o‘zbek ziyolilari, iste’dodli adiblar soxta ayblar qo‘yilib qatag‘on qilinib, jismonan yo‘q qilindi. Ular orasida xalq og‘ziga tushgan, uning muhabbatini qozongan mashhur siymolar A. Qodiriy, Usmon Nosir, Fitrat, Cho‘lpon, Sh. Sulaymon, M. So‘fizoda, O. Hoshim va boshqa yozuvchilarimiz, shoirlarimiz bor edi. Albatta, bu qatog‘onlikning begunoh qurbonlari hayot bo‘lganida o‘zbek xalqining ma’naviy merosiga yanada ko‘proq hissa qo‘shgan bulur edilar. Hozirgi kunda ularning nomlarini tiklanishi va madaniy meroslarini o‘rganilishi asosiy vazifalardan biridir. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek sovet adabiyotida qahramonlik, vatanparvarlik, vatanga sadoqat, xalqlar do‘stligi g‘oyalari keng tarannum etildi. G‘afur G‘ulomning “Sen yetim emassan”, “Sog‘inish”, “Vaqt”, Hamid Olimjonning “Ona va o’g‘il”, “Ishonch”, Uyg‘unning “Zafar taronalari”, “G‘azab va muhabbat”, Shayxzodaning “Jang va qo‘shiq”, “Kurash nechun”, Komil Yashinning “Qasos” kabi asarlari va she’riy to‘plamlarida vatanparvarlik to‘yg‘ulari aks ettirilgan. O‘zbek xalqi urush yillarida minglab yetim bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatdi. G‘afur G‘ulomning “Sen yetim emassan” she’rida shunday satrlar bor: Otang o‘lgan bo‘lsa Qayg‘urma, qo‘zim, Ko‘zim usti Millating boshimga durra, Shu sog‘lom havoda
 
 
Salomat omon 
 
O‘zbek adabiyotida Hamid Olimjonning xizmati g‘oyat kattadir. Shoir o‘z 
ijodiy faoliyati davomida “Mustaqillik bizga berilgan”, “Shohimardon”, “Ota 
hayotidan”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Zaynab va Omon” kabi ajoyib lirik she’rlar, 
balladalar, dostonlar va boshqa ko‘pgina asarlar yaratdi.  
Urush yillarida Vatan mavzusi bilan bir qatorda tarixiy mavzularga ham 
qiziqish kuchaydi. Jumladan, Hamid Olimjonning “Muqanna” she’riy dramasi, 
Oybekning “Navoiy” romani va boshqa tarixiy asarlar yaratildi. Xuddi shu davrda 
adabiyotga H. G‘ulom, Mirmuhsin, A. Muxtor, Shuhrat, Mirtemir, Turob To‘la, 
Shukrullo kabi ijodkorlar kirib keldi. 
50-yillardan keyingi davrda ham adabiyot va san’at sohasida katta yutuqlarga 
erishildi. Oybekning “Quyosh qoraymas”, Sharof Rashidovning “Qudratli to‘lqin”, 
Ibrohim Rahimning “Chin muhabbat”, Said Ahmadning “Ufq”, Odil Yoqubovning 
“Er boshiga ish tushsa”, G‘. G‘ofurning “Vafodor”, H. G‘ulomning “Toshkentliklar” 
kabi romanlarida urush voqealari, o‘zbek xalqining front orqasidagi mehnati aks 
ettirilgan. O‘zbek yozuvchilari o‘z asarlarida inson va uning hayoti, ma’naviy 
qiyofasi, intilishi, kurashi, his-tuyg‘usi, fuqarolik pozitsiyasi mavzularini ifoda 
etdilar. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, A. Qahhorning “Qo‘shchinor 
chiroqlari”, Sh. Rashidovning “G‘oliblar”, “Bo‘rondan kuchli”, O. Yoqubovning 
“Diyonat”, “Muqaddas”, “Oq qushlar oppoq qushlar”, Mirmuhsinning “Chotqol 
yo‘lbarsi”, “Umid”, O‘. Usmonovning “Girdob”, J. Abdullaxonovning “To‘fon”, A. 
Muxtorning “Chinor”, P. Qodirovning “Uch ildiz”, “Qora ko‘zlar”, “Erk”, “Meros”, 
E. Usmonovning “Mehrigiyo” romanlari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu 
davrda tarixiy voqealarga va buyuk o‘zbek allomalari hayotini aks ettiruvchi asarlar 
ham yaratildi. Oybekning “Umr yo‘li”, J. Sharipovning “Xorazm”, O. Yoqubovning 
“Ulug‘bek xazinasi”, P. Qodirovning “Yulduzli tunlar”, M. Ismoiliyning “Farg‘ona 
tong otguncha”, Y. Ilyosovning “Sug‘diyona”, “Quyosh va nayza”, S. Borodinning 
“Samarqand osmonida yulduzlar” va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Salomat omon O‘zbek adabiyotida Hamid Olimjonning xizmati g‘oyat kattadir. Shoir o‘z ijodiy faoliyati davomida “Mustaqillik bizga berilgan”, “Shohimardon”, “Ota hayotidan”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Zaynab va Omon” kabi ajoyib lirik she’rlar, balladalar, dostonlar va boshqa ko‘pgina asarlar yaratdi. Urush yillarida Vatan mavzusi bilan bir qatorda tarixiy mavzularga ham qiziqish kuchaydi. Jumladan, Hamid Olimjonning “Muqanna” she’riy dramasi, Oybekning “Navoiy” romani va boshqa tarixiy asarlar yaratildi. Xuddi shu davrda adabiyotga H. G‘ulom, Mirmuhsin, A. Muxtor, Shuhrat, Mirtemir, Turob To‘la, Shukrullo kabi ijodkorlar kirib keldi. 50-yillardan keyingi davrda ham adabiyot va san’at sohasida katta yutuqlarga erishildi. Oybekning “Quyosh qoraymas”, Sharof Rashidovning “Qudratli to‘lqin”, Ibrohim Rahimning “Chin muhabbat”, Said Ahmadning “Ufq”, Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa”, G‘. G‘ofurning “Vafodor”, H. G‘ulomning “Toshkentliklar” kabi romanlarida urush voqealari, o‘zbek xalqining front orqasidagi mehnati aks ettirilgan. O‘zbek yozuvchilari o‘z asarlarida inson va uning hayoti, ma’naviy qiyofasi, intilishi, kurashi, his-tuyg‘usi, fuqarolik pozitsiyasi mavzularini ifoda etdilar. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, A. Qahhorning “Qo‘shchinor chiroqlari”, Sh. Rashidovning “G‘oliblar”, “Bo‘rondan kuchli”, O. Yoqubovning “Diyonat”, “Muqaddas”, “Oq qushlar oppoq qushlar”, Mirmuhsinning “Chotqol yo‘lbarsi”, “Umid”, O‘. Usmonovning “Girdob”, J. Abdullaxonovning “To‘fon”, A. Muxtorning “Chinor”, P. Qodirovning “Uch ildiz”, “Qora ko‘zlar”, “Erk”, “Meros”, E. Usmonovning “Mehrigiyo” romanlari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda tarixiy voqealarga va buyuk o‘zbek allomalari hayotini aks ettiruvchi asarlar ham yaratildi. Oybekning “Umr yo‘li”, J. Sharipovning “Xorazm”, O. Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, P. Qodirovning “Yulduzli tunlar”, M. Ismoiliyning “Farg‘ona tong otguncha”, Y. Ilyosovning “Sug‘diyona”, “Quyosh va nayza”, S. Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
 
 
Sovet hokimiyatining O‘zbekiston ijodkor ziyolilariga urushdan keyingi 
zarbasi urushdan keyingi o‘n yilliklarda sodir bo‘lgan siyosiy voqealar bilan bog‘liq. 
Darhaqiqat, bu davrda qatag’onlik zarbasining ikkinchi to’lqini o‘zbek madaniyatiga 
katta talofat yetkazdi. Urushdan ilgarigi yillarda taniqli madaniyat arboblarining 
quvg‘in qilinishi va ular ijodiga asossiz, xo‘rlab baho berilishi keyingi adabiy-badiiy 
ijodga katta zarba bo’ldi.  
40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida ziyolilarning peshqadam qismi 
yana quvg’inga uchradi, O‘zbekistondagi ko‘pgina yozuvchilar, shoirlar, olimlar va 
madaniyatning boshqa arboblari boshiga qora kunlar tushdi. 1946-1948-yillarda 
VKP(b) Markaziy Qo’mitasining bir qancha qarorlari e’lon qilindi, ushbu qarorlarda 
madaniyatning taniqli arboblari sha’ni bulg‘andi, go‘yo ularning asarlarida 
“g‘oyasizlik”, “siyosiy ko‘rlik”, “hayot haqiqatining buzilishi”, “G‘arbning 
burjuacha madaniyatiga sajda qilish” kabi unsurlar bor degan ayblovlar qo’yildi. 
Bunday mafkuraviy “karnay navosi”ga, tarkib topgan an’anaga ko‘ra, 
joylardagi maddohlar bajonidil jo‘r bo‘ldilar. Respublika, viloyat, tuman partiya 
tashkilotlari ana shu “rahnamo” qarorlarga darrov “labbay” deb javob berdilar. 
Asosiy qarordan keyin shosha-pisha joylarda qabul qilingan qarorlar asosida 
yozuvchilar, shoirlar, jurnallarning redaksiyalari tanqid qilina boshladi. Bu o‘rinda 
xalq ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlari, axloq-odobi mutlaqo inobatga olinmadi. 
O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo’mitasining XIV plenumi 1946-yilning 
avgust oyida qabul qilgan qarorida quyidagilar ta’kidlangan edi: “Ayrim yozuvchilar 
ijodidagi g‘oyasizlik va siyosatdan chetda turish, respublika teatrlari repertuar 
siyosatidagi g‘oyasizlik, ba’zi ijodkorlarning zamonaviy dolzarb mavzularidan 
chetda turishi hollari zarur tarzda zarbaga uchramayapti”.  
Ana shunday “zarur zarba”ni berish hamda Markaziy Osiyo Respublikalari 
partiya-davlat idoralari faoliyatini cheklab qo‘yish uchun 1947-yilda Toshkentda 
yana qaytadan VKP(b) markaziy qo’mitasining O‘rta Osiyo byurosi tuzildi, xolbuki, 
bunday byuro ilgari, ya’ni 1934-yilda tarqatib yuborilgan edi. Ushbu mahkamaning 
talabi bilan 1949-1950-yillarda mintaqadagi respublikalar kompartiyalarining 
markaziy qo’mitalarining byurolari va sekretariatlari yozuvchilar, rassomlar, 
Sovet hokimiyatining O‘zbekiston ijodkor ziyolilariga urushdan keyingi zarbasi urushdan keyingi o‘n yilliklarda sodir bo‘lgan siyosiy voqealar bilan bog‘liq. Darhaqiqat, bu davrda qatag’onlik zarbasining ikkinchi to’lqini o‘zbek madaniyatiga katta talofat yetkazdi. Urushdan ilgarigi yillarda taniqli madaniyat arboblarining quvg‘in qilinishi va ular ijodiga asossiz, xo‘rlab baho berilishi keyingi adabiy-badiiy ijodga katta zarba bo’ldi. 40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida ziyolilarning peshqadam qismi yana quvg’inga uchradi, O‘zbekistondagi ko‘pgina yozuvchilar, shoirlar, olimlar va madaniyatning boshqa arboblari boshiga qora kunlar tushdi. 1946-1948-yillarda VKP(b) Markaziy Qo’mitasining bir qancha qarorlari e’lon qilindi, ushbu qarorlarda madaniyatning taniqli arboblari sha’ni bulg‘andi, go‘yo ularning asarlarida “g‘oyasizlik”, “siyosiy ko‘rlik”, “hayot haqiqatining buzilishi”, “G‘arbning burjuacha madaniyatiga sajda qilish” kabi unsurlar bor degan ayblovlar qo’yildi. Bunday mafkuraviy “karnay navosi”ga, tarkib topgan an’anaga ko‘ra, joylardagi maddohlar bajonidil jo‘r bo‘ldilar. Respublika, viloyat, tuman partiya tashkilotlari ana shu “rahnamo” qarorlarga darrov “labbay” deb javob berdilar. Asosiy qarordan keyin shosha-pisha joylarda qabul qilingan qarorlar asosida yozuvchilar, shoirlar, jurnallarning redaksiyalari tanqid qilina boshladi. Bu o‘rinda xalq ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlari, axloq-odobi mutlaqo inobatga olinmadi. O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo’mitasining XIV plenumi 1946-yilning avgust oyida qabul qilgan qarorida quyidagilar ta’kidlangan edi: “Ayrim yozuvchilar ijodidagi g‘oyasizlik va siyosatdan chetda turish, respublika teatrlari repertuar siyosatidagi g‘oyasizlik, ba’zi ijodkorlarning zamonaviy dolzarb mavzularidan chetda turishi hollari zarur tarzda zarbaga uchramayapti”. Ana shunday “zarur zarba”ni berish hamda Markaziy Osiyo Respublikalari partiya-davlat idoralari faoliyatini cheklab qo‘yish uchun 1947-yilda Toshkentda yana qaytadan VKP(b) markaziy qo’mitasining O‘rta Osiyo byurosi tuzildi, xolbuki, bunday byuro ilgari, ya’ni 1934-yilda tarqatib yuborilgan edi. Ushbu mahkamaning talabi bilan 1949-1950-yillarda mintaqadagi respublikalar kompartiyalarining markaziy qo’mitalarining byurolari va sekretariatlari yozuvchilar, rassomlar,