ROSSIYA ISTILOSI VA MUSTABID SHO’ROLAR DAVLATI DAVRIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI
Yuklangan vaqt
2024-07-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
40
Faytl hajmi
75,3 KB
MUSTAQILLIK VA MADANIY TARAQQIYOT
Reja:
1. Mustaqillik yillaridagi Madaniyat sohasidagi islohotlar va unda davlatning
tutgan o’rni va vazifalari.
2. YUNESKO umumjahon madaniy va tabiiy meros ob’yektlari ro’yhatiga
kiritiligan O’zbekistondagi moddiy-ma’naviy yodgorliklar.
3. O'zbekistonda ta'lim, fan va san’at adabiyot sohalarining rivojlanishi va ularning
mamlakat madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.
4. Milliy
madaniyat
ravnaqida
milliy-madaniy
markazlar.
Respublika
«Baynalmilal milliy markazi», uning milliy madaniyatlarni rivojlantirishdagi
o’rni va ahamiyati.
5. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi. Xalqaro madaniy
aloqalarning o’rni va ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Ma'naviy meros, madaniy taraqqiyot, milliy
qadriyatlar, ta'lim islohotlari, milliy g’oya, fan taraqqiyoti, me'morchilik, adabiy
jarayon, san'atda an'anaviylik va zamonaviylik, milliy madaniy markaz.
7.1. Mustaqillik yillaridagi Madaniyat sohasidagi islohotlar va unda
davlatning tutgan o’rni va vazifalari
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq
xalqimizning boy ma’naviy merosini tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, uni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy
islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Mustaqillik tufayli O‘zbekiston
ma'naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli
xalqimiz ma'naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga keng
yo‘l ochildi. Ma'naviy hayotdagi tub sifat o‘zgarishlar xalqimiz ma'naviy
salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o‘zligimiz va
qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa, milliy ongi va g‘ururi, uyg‘oq
vatanparvar insonni tarbiyalashga qaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov
ta'kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvat ado etishi,
dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz
ma'naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liqdir. Ana
shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo‘lib, eng asosiy
yo‘nalishlardan biri sifatida xalqimiz tarixini, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash
vazifasini qo‘ydik”. Darhaqiqat, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq
xalqimizning ko‘p asrlar mobaynida yaratgan g‘oyat o‘lkan bebaho ma'naviy va
madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim
vazifa sifatida qaralib, keng ko‘lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ham bu haqda “davlatimiz
tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholi, birinchi navbatda,
yoshlarimizning jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yetuk avlod bo‘lib
ulg‘ayishiga berilayotgan yuksak e’tiborning tasdig‘i sifatida mamlakatimizda
davlat budjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-
fan, madaniyat va san’at, sport sohalari rivojiga yo‘naltirilgani dunyo tajribasida
kamdan-kam uchrashini, O‘zbekiston ayni sohalarda jahonda yetakchi o‘rinlarni
egallab borayotgani nufuzli xalqaro ekspertlar va tahlil markazlari tomonidan e’tirof
etilayotgani” qayd etilgan. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi
jamiyatimiz ma'naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo‘lmoqda.
Natijada respublikamizda madaniyat, ma'naviyat sohasining yangi tizimi vujudga
kela boshladi. “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi, “Ta'lim markazi”,
“O‘zbekkino”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekraqs”, “O‘zbekteatr”, “O‘zbekmuzey”,
Badiiy akademiya, O‘zbek amaliy san'at markazi, Milliy madaniy markazlar,
Markaziy Osiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma'rifiy
tashkilotlar va ko‘plab jamg‘armalarning tuzilishi respublika ma'naviyati asosiy
sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo‘ldi.
Mustaqillikning
dastlabki
kunlaridanoq
dunyo
taraqqiyotiga,
jahon
sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarimiz – buyuk mutafakkirlar, davlat
arboblari ma'naviy merosini va hayotini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Imom
Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin
Naqshband, Burhonuddin Rabg‘uziy kabi mutafakkirlarning asarlari chop etilishi
milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yutuq bo‘ldi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida
shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa
allomalarimizning hurmati o‘z joyiga qo‘yildi va ma'naviy meroslari xalqimizga
qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham
xalqimizning ulug‘vor an'analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher
Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Feruz (1995) kabi buyuk ajdodlarimizning
tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Amir
Temurning 660 yillik (1996), Ahmad Farg‘oniyning 1200 yillik (1998), Jalolliddin
Manguberdining 800 yillik (1999), Kamoliddin Behzodning 545 yillik (2000), islom
olamining donishmandlari, m Imom Buxoriy tavaluddining 1225 yilligi, Imom
Termiziyning 1200 yilligi, Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi, Mahmud
Zamaxshariyning 920 yilligi, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi,
Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi,
Bahovuddin Naqshbandning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi
yubileylariga bog‘liq tadbirlar nafaqat o‘lkamizda, balki YUNESKO homiyligida
xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg‘ularini
kuchaytirdi.
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab noyob asarlari
turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o‘rnatildi, ziyoratgohlar, bog‘lar yaratildi.
Masalan, 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng
nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher
Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley
yilida «Lison ut-tayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun»,
«Hayrat-ul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil
28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994-yil
oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi o‘tkazildi. Ulug‘bek
madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek
haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O‘sha yil 24-oktabrda Parijda
YUNESKO zalida «Ulug‘bek va Temuriylar davri» mavzusida Xalqaro konferensiya
hamda «Ulug‘bek va an’anaviy san’at» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo
Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana
bir bor isbot etdi.
1998-yil 23-oktabrda Farg‘onada buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning
1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi.
Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy bog‘i yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.
Atoqli ma’rifatparvar allomalarimizning ijodiy meroslarini tadqiq etish va
hozirgi zamon o‘zbek tiliga ko‘chirish va nashr etish ishlari amalga oshirildi. Tarixiy
adolat qaror topib, Xorazmda Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi. Zero, buyuk
vatandoshlarimiz bo‘lmish olim-u fuzalo va mutafakkirlarning boy madaniy
merosini o‘rganish va targ‘ib qilishni yo‘lga qo‘yish hozirgi jamiyatimiz uchun
g‘oyaviy jihatdan yetuk, ilmli, barkamol milliy kadrlarni yetishtirishni ta’minlashga
ko‘mak berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo‘jayev va boshqa arboblarning yubileylarini o‘tkazish
yuzasidan ko‘rilgan chora tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlar
bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik
davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2000-yil 12-mayda
Toshkentning Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv bo‘yida “Shahidlar xotirasi”
yodgorlik majmui ochildi. 2001-yil 31-avgust – qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni
sifatida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazildi. 2002-yil 31-avgust kuni Toshkentning
“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi
tashkil qilinib, 2008-yil 31-avgustda uning yangi ekspozitsiyasi ochildi. Yosh
avlodni ma'naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda
“Alpomish” dostoni
yaratilganligining 1000 yilligini (1999), «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligini
(2001) nishonlash ham muhim voqea bo‘ldi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning ehtiyoji, orzu istaklarini
hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini
xalqning qadimiy an'analariga monand holda shakllantirishga katta e'tibor berdi.
Masalan, Prezident farmonlari asosida Navruz, Ramazon va Qurbon hayitlar bayram
kuni sifatida nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan
“Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”
bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun – 21-oktyabr tabiiy
ravishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga davlat tili maqomining amalda
qaytarilishi, o‘zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy
merosimizni o‘qib o‘rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish
imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy
etilishi mamlakatning har tomonlama rivojlanishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga
kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ayni paytda Mehrjon, Hosil
bayrami, Qovun sayli, xalq bayramlari, sportning milliy turlari hamda turli xalq
o‘yinlari keng o‘rin oluvchi badiiy sport bayramlarining keng ko‘lamda tiklanishi
fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashi – e’tiqodini shakllantirish va
mustahkamlashda, ularda ona zaminga mehr-muhabbat bilan qarash, rizq-ro‘zimiz
asosi bo‘lmish suvni tejab-tergab sarflash, tabiatni, yer osti va yer usti boyliklarini
asrash, bobodehqon mehnatini e’zozlash, umuman, o‘lkamizdagi jamiki jonzod va
tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. 1999-yil 2-
martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “9-mayni Xotira va qadrlash kuni,
deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonning ijrosi sifatida
1999-yil 9-mayda mamlakatimizda birinchi bor 9-may – Xotira va qadrlash kuni
sifatida nishonlandi. Mazkur tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga,
tarixiy xotiraning tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida
tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
244
Ma'naviy-madaniy
merosimizni
tiklashda
katta
ahamiyatga
molik
tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me'morchilik inshootlarining keng ko‘lamda
ta'mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent
kabi
shaharlarda
hamda
Quva,
Chelak
tumanlarida
tarixiy
me'moriy
yodgorliklarning tiklanishi, o‘lkamizning o‘nlab ko‘hna shaharlari yubileylari
nishonlanishi: Samarqand shahrining – 2750 yilligi, Qarshi shahrining – 2700,
Shahrisabz shahrining – 2700, Buxoro shahrining – 2500, Xiva shahrining – 2500,
Termiz shahrining – 2500, Andijon shahrining – 2500, Toshkent shahrining – 2200
yoshi, Marg‘ilon shahrining – 2000 yilligi nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak
yo‘li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar xalqimiz madaniy hayotida muhim voqea
bo‘ldi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o‘zgarib, davlat va
diniy tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor
qaratildi. O‘zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va
maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan, islom dini ham xalqning dunyoqarashi va
ma'naviy olamining mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi I. Karimov, - o‘z
millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz.
Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki,
ularsiz biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski masjid
va madrasalarning ta'mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlarning
nashr etilishi, musulmonlarning Haj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat
tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda
vijdon erkinligini ta'minlamoqda. Mustaqillik sharofati bilan mo‘tabar Qur’oni
Karim va Hadislarni chop etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jumladan, 1991-yilda
Qur’oni Karim ilk bor o‘zbek tilida Alouddin Mansur tarjimasi va Imom al-
Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” – 4 jildlik hadislar to‘plami o‘zbek tiliga tarjima
qilinib, nashr etildi. 1991-yil 14-iyulda O‘zbekiston huquqiy tajribasida birinchi bor
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, vijdon erkinligi,
davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar konstitutsion tamoyillar asosida tartibga
solindi. 1998-yil 1-may kuni ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Qur'oni
Karimning va Hadislar to‘plamining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi
ma'naviy hayotimizda katta voqea bo‘ldi.
Islom ta'limoti va falsafasini keng o‘rganish, o‘zbek xalqining diniy va
madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida Prezidentimizning 1992-yil 7-
martdagi Farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng
foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqda. 1995-yilda
Toshkentda Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish
instituti maqomi berildi. Diqqatga sazovor tomoni, davlatimiz rahbari tashabbus
bilan islom ta’limotini keng o‘rganish, o‘zbek xalqining diniy va tarixiy-madaniy
merosini tadqiq etish, yuqori malakali dinshunos va iqtisodchilarni tayyorlash
maqsadida 1999-yil 7-aprelda Toshkent islom universiteti tashkil etildi.. Mustaqillik
yillarida 32 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida
bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. “Islom
nuri” gazetasi va “Hidoyat” jurnali nashr etilmoqda.
Istiqlol sharofati bilan ulug‘ qadamjolardan biri bo‘lmish buyuk
vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlari ziyoratgohi qayta tiklandi. Prezidentimiz
qaroriga muvofiq, 1998-yilda Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy
hazratlari sharafiga yodgorlik majmuasi barpo etildi, 2008-yilda majmua qoshida
Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etildi. Mazkur markazda diniy xodimlarning
kasb malakasi oshirilishi bilan bir qatorda, yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar
hayoti va ularning boy ilmiy-ma’naviy, diniy merosi chuqur o‘rganilib, xalqimizga
yetkazilmoqda, ular merosini nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham keng targ‘ib
qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
2007 yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat
masalalari bo‘yicha muassasasi – AYSESKO (ISESSO) tomonidan Toshkent shahri
Islom madaniyatining 2007-yildagi poytaxti deb e’lon qilindi. 2007-yil 14-15-
avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Toshkent shahrining “Islom
madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonning islom
sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilib,
unda 30 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi.
Bugungi kunda respublikamizda 17 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va
rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi.
Shuningdek, 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari va boshqa diniy
markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. Umuman olganda, turli dinlarga e'tiqod
qiluvchilar o‘zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Bu
tamoyillar quyidagilardan iborat: 1) dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
2) diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining hususiy ishi deb tan
olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng
kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 4) dindan buzg‘unchilik
maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; 5) diniy tashkilotlarni hokimiyat
uchun kurashiga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
6) ma'naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar
bilan hamkorlik qilish.
Ma’rifatparvar allomalar Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy,
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy,
Burhoniddin Marg‘inoniy, Nasafiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Mahdumi A’zam va
boshqa bobokalonlarimizning boy ma’naviy meroslari, ma’rifat va madaniyat
ravnaqi borasidagi dunyoqarashi, nazariy qarashlari, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi
xizmatlari hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda yashayotgan millat va elat
vakillarini ezgu orzular sari yetaklamoqda, xalqlar o‘rtasida birodarlik va
hamjihatlik
ruhini
kuchaytirmoqda.
Shu
bois,
buyuk
ma’rifatparvar
allomalarimizning ijodiy meroslarini tadqiq etish va hozirgi zamon o‘zbek tiliga
ko‘chirish muhum ahamiat kasb etmoqda. Zero, buyuk vatandoshlarimiz bo‘lmish
olimu fuzalo va mutafakkirlarning boy madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib
qilishni yo‘lga qo‘yish hozirgi jamiyatimiz uchun g‘oyaviy jihatdan yetuk, ilmli,
barkamol milliy kadrlarni yetishtirishni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
7.2.YUNESKO umumjahon madaniy va tabiiy meros ob’yektlari
ro’yhatiga kiritiligan O’zbekistondagi moddiy-ma’naviy yodgorliklar.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 yil va
keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dasturiy va
maqsadli vazifalar belgilab olingan edi.Jumladan, turizmni iqtisodiyotning strategik
tarmog‘iga aylantirish, bu borada bir qator muhim chora-tadbirlar qatorida
YuNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va nomoddiy madaniy merosi
ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi ob’yektlarni kiritishni tezlashtirish vazifasi ham
qo‘yilgan edi. Xo‘sh, bugungi kunda yurtimizning qaysi moddiy va nomoddiy
meroslari YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan va
yana qaysilari kiritilishi
rejalashtirilgan?
YuNESKOning umumjahon ro‘yxatidagi moddiy madaniy meroslar soni 1121 tani
tashkil etadi. Mazkur ro‘yxatga O‘zbekistondan 4 ta meros kiritilgan bo‘lib, bular:
- Ichan qal’a (1990 yilda);
- Buxoro shahrining tarixiy qismi (1993 yilda);
- Shahrisabz shahrining tarixiy qismi (2000 yilda);
- Samarqand shahri (2001 yilda).
YUNESKOning umumjahon ro‘yxatidagi nomoddiy madaniy meroslar soni
500 dan ortiqni tashkil etib, mazkur ro‘yxatga O‘zbekistondan 8 ta meros,
ya’ni:
- Boysun tumani madaniyati (2008 yilda);
- Shashmaqom (2008 yilda - O‘zbekiston va Tojikiston);
- Katta ashula (2009 yilda)
- Askiya - aql-idrok san’ati (2014 yilda)
- Navro‘z (2016 yilda O‘zbekiston va yana 11 ta davlat);
- Palov tayyorlash madaniyati va urf-odati (2016 yilda);
- Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, atlas va adras matolarini
to‘qishning an’anaviy texnologiyasi (2017 yilda);
- Xorazm lazgisi (2019 yilda) kiritilgan.
Shuningdek, YUNESKOning 2020 yil dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
nomoddiy meroslar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha anjuman muhokamasiga
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron davlatlari tomonidan miniatyura san’atini
mazkur ro‘yxatga kiritish yuzasidan murojaat taqdim etilgan.Madaniy meros
jamiyat asosini, xalqlarning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy
qadriyatlari va an’analarini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Shu bois ushbu
bebaho boylikni ko‘z qorachig‘idek avaylab asrash va keng targ‘ib qilish har bir
insonning muqaddas burchidir.
Bugungi kunda O'zbekistonda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini
muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda
O‘zbekistondagi 4 ta me’moriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz
shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKO Umumjahon madaniy merosi
ro‘yxatiga kiritilgan.YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining
reprezentativ ro‘yxatiga esa Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz
musiqasi, Katta ashula, Askiya san’ati, Navro‘z, Palov madaniyati va an’analari,
Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm
raqsi – Lazgi kabilardan iborat 8 ta ob’ekt kiritilgan.
O‘zbekiston 1993 yildan buyon YUNESKOga a’zo bo‘lgan. Shu paytga qadar
mamlakat sohaga taalluqli barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qo‘shilish choralarini
ko‘rib,
ularning
normalarini
milliy
qonunchilikka
joriy
qilib
kelmoqda.O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan
“Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”,
“Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat tamadduni rivojida
muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar
xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgohlari,
me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda
davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududidagi noyob madaniy meros
ob’ektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment
rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda
mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan
yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros ob’ektlarini asrashga doir xalqaro
anjumanlar uyushtirilmoqda.Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 8 mingdan
ortiq madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi
arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor
maskanlardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan
joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga
oshirilmoqda.Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir
Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi
Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa ko‘plab qadimgi, o‘rta asrlardagi
me’morchilik durdonalari o'zbek xalqining yuksak ijodkorlik mahorati namunasidir.
7.3. O'zbekistonda ta'lim, fan va san’at, adabiyot sohalarining rivojlanishi
va ularning mamlakat madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.
Mustaqil O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy muammolarining yechimi
ta’lim-tarbiya jarayoni, jumladan, kadrlar siyosati bilan o‘zaro chambarchasdir
bog’liqdir. Mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti fuqarolarimizda yurtimizning
iqtisodiy va ma’naviy rivoji uchun ongli ravishda faol ishtirok etishga undovchi
bilim, ijtimoiy va ma’naviy sifatlarning shakllanishini taqozo etadi. Boshqacha
aytganda, bu taraqqiyot davlatimiz va millatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizning
intellektual, ma’naviy imkoniyatlarining yuksak darajada yuzaga chiqishini, rivojini
ta’minlovchi ta’lim tizimini yarata olishimiz bilan bog‘liq. Istiqlolning ilk yillaridan
mamlakat ta’lim tizimida mavjud holatning tahlili kadrlar tayyorlash jarayoni
respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va bozor iqtisodiyoti
talablariga javob bermasligini ko’rsatdi. Chunonchi, XX asrning so‘ngi yillaridan
tobora avj olayotgan globallashuv jarayoni rivojlanish yo‘lidan borayotgan
O‘zbekiston kabi yosh davlatlar oldiga jiddiy muammolarni qo‘ydi. Ushbu
muammolar, birinchi navbatda, mamlakat intellektual salohiyatining shakllanishi,
ya’ni ta’lim tizimining o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. Prezident I. Karimov
ta’kidlaganidek, «ta’lim islohoti bizni demokratik o‘zgarishlar, yangi jamiyat barpo
etish yo‘lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch
bo‘lmog‘i zarur. Har birimizga ... ayon bo‘lsinkim, ta’lim va tarbiya tizimini
o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham
tubdan o‘zgartirish mumkin emas». Shuning uchun ham respublika rahbariyati
mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab ta’lim sohasiga, O‘zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida harakatlantiruvchi kuch hisoblangan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berdi.
Mustaqil rivojlanishning dastlabki bosqichida ta’lim sohasining eng muhim
muammolarini hal qilishga, shuningdek, nafaqat erishilgan darajani saqlab qolish,
balki uni modernizatsiyalash imkoniyatini yaratib berishga qaratilgan, ehtiyoj va
talablarni qondira oladigan eng maqbul yo‘nalish tanlandi. Shunday qilib, ta’lim
sohasida rivojlanish va o‘sish, muvozanatni saqlashning yangi yo‘llarini qidirish
imkonini beruvchi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi hamda ta’limdagi islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishildi. Umuman, hozirgi davrgacha ta’lim
sohasida o‘tkazilgan islohotni ikkita yirik bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi
bosqich 1992-yilning o‘rtalaridan 1997-yil o‘rtalarigacha davom etdi. Ikkinchi
bosqich 1997-yil o‘rtalaridan boshlandi. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlarning birinchi bosqichiga O‘zbekiston Respublikasining 1992- yil 2-iyulda
qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni asos bo‘ldi. Muhimi shundaki, ushbu
qonunda tariximizda birinchi marta milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
xalqimizning tarixiy tajribasi, fan sohasidagi ko‘p asrlik an’analari, jamiyatning
istiqboldagi rivoji hisobga olindi. Mustaqillik yillarida qabul qilingan yangi qonun
asosida mamlakatimizda yagona uzluksiz ta’lim tizimini yaratish borasida keng
ko‘lamli islohotlar boshlab yuborildi. U maktabgacha tarbiyadan boshlab oliy
250
ta’limgacha va malaka oshirish tarmoqlarini o‘z ichiga oldi. Umuman, ta’lim-tarbiya
sohasidagi
islohotlar
ikki
yo‘nalishda:
birinchisi,
mavjud
umumta’lim
maktablarining moddiy-texnik bazasidan tortib, ta’lim-tarbiya ishlarini, o‘quv
rejalari va uslublarini yangi tizimga solish va zamon talabi asosida qayta qurish
bo‘lsa, ikkinchisi eng muhim yo‘nalish bo‘lib, butunlay yangi turdagi ta’lim
muassasalari (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va gimnaziyalar)ni tashkil
qilishdan iborat bo‘ldi. Ta’limga demokratiya, erkinlik, insonparvarlik, milliy
qadriyatlar kabi yangi noan’anaviy qoidalar kirib kelishi kuzatildi. Mamlakatimizda
12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekanligi qonunlarimizda belgilab qo‘yildi.
Ta’lim tizimidagi islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri yoshlarga nafaqat
bilim berish, balki ularga xorijiy tillarni, milliy hunarmandchilik sirlarini,
kompyuter ilmini o‘rgatishga, milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya berishga
asosiy e’tibor berildi.
O‘zbekistonda 1-oktyabrni o‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq
bayrami sifatida joriy etilishi barkamol shaxsni shakllantirish va tarbiyalashda
pedagoglar mehnatining roli va ahamiyati jamoatchilik tomonidan e’tirof
etilishining tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi.
Oliy ta’lim kadrlar tayyorlash tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib, bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida uni tubdan qayta qurishni talab qilardi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin noyob ixtisosga ega bo‘lgan
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji yaqqol sezilib qoldi. Shu munosabat bilan xalq
ta’limi tizimi bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimini ham isloh qilishga kirishildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim haqida»gi qonuni asosida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Oliy ta’lim islohoti» dasturini
ishlab chiqdi. Dasturga binoan, bir qator o‘quv yurtlarining maqomi, yo‘nalishi,
dasturlari va o‘qitish uslublari o‘zgartirildi. Shu paytgacha mavjud bo‘lmagan
muhim ixtisosliklar bo‘yicha maxsus oliy o‘quv yurtlari, jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (hozirda
davlat boshqaruvi akademiyasi), Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi
akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent Moliya instituti, Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand
davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti, Jizzax
politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika
instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti kabi o‘nlab yangi o‘quv
maskanlari hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi.
Abituriyent va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning
ilg‘or usullari joriy etildi.
Oliy ta’lim islohotining muhim xususiyatlaridan yana biri oliy ta’limni
gumanitarlashtirishdan iborat edi. Gumanitar ta’limga o‘tish mutaxassislar
tayyorlashning ajralmas qismi sifatida baholandi. Ta’limni gumanitarlashtirishdagi
dastlabki qadam uni partiyaviy mafkuradan holi qilishdan boshlandi. Yoshlarga
zamon talabidan kelib chiqib O‘zbekiston tarixini, iqtisodiy va huquqiy bilimlarni
chuqurroq singdirishga asosiy e’tibor qaratildi. Institutlarda ijtimoiy-gumanitar
fanlar, birinchi navbatda O‘zbekiston tarixi kafedralari tashkil etildi. Shuningdek,
barcha turdagi maktablarda ham O‘zbekiston tarixini, Ma’naviyat asoslarini chuqur
o‘qitish boshlandi. Natijada tarixiy bilimlar o‘quvchi va talabalarni vatanparvarlik,
insonparvarlik, mustaqillikning qadriga yetish ruhida tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Yoshlar hayoti bilan bog‘liq muammolarga ham alohida e'tibor berilmoqda.
Ularning intellektual salohiyatini oshirish, ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash,
ijtimoiy himoyalash, iste'dodli va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida bir
qancha jamg‘armalar tashkil etildi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi o‘ziga xos yutuqlar jahon hamjamiyati
tomonidan haqli ravishda e’tirof etib kelinmoqda. Xususan, Fransiyadagi dunyoning
eng nufuzli beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes
maktabining Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikdagi 2012- yilgi
“Innovatsiyalarning global indeksi” ma’ruzasida dunyoning 141 ta mamlakatidagi
innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil etilgan. Tahlilning asosiy tarkibiy
qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich
bo‘yicha mamlakatimiz 35-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo‘yicha
esa ikkinchi o‘rinni band etgani, albatta, yurtimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak
e’tiborning munosib bahosidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni
hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka
oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi
bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari
innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya
komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqei ortdi.
O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O‘zbekiston
balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko‘pchilik olimlarimiz
davlatimiz mukofotlariga sazovor bo‘ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga
haqiqiy hamda faxriy a’zolikka saylangan. O‘zbekiston Respublikasining Fanlar
Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin
medallarni ta’sis etdi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi H. F.
Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy
nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo‘ldi. Zahiriddin Muhammad Bobur
nomidagi Oltin medal birinchi bo‘lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida
katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasining a’zosi U. I. Karimovga nasib etdi. 1992-yil oktyabr oyida
esa geologiya-minerologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining akademigi I. H. Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida
erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning
birinchi sohibi bo‘ldi. U AQSh da chiqadigan “Global tektonika va metallogeniya”
xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a’zo etib saylandi.
“Fan va texnikada kim haqiqatan kim?” deb nomlangan jahon fan va
texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan eng buyuk olimlarning hayoti
va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomusga
O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi P. Q. Habibullayev kiritilgan. O‘zbek
olimi bu sharafga o‘zining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta
muammolarini,
energetikaning
fizikaviy-texnikaviy
muammolarini
ishlab
chiqqanligi uchun muyassar bo‘lgan.
O‘zbekistonda
fundamental
va
amaliy
tadqiqotlarning
markazi
Respublikamiz Fanlar Akademiyasidir. Bu ilm maskanida 43 ilmiy-tadqiqot instituti
va birlashma, 8 yordamchi tashkilot va 3 muzey faoliyat olib bormoqda. Fanlar
Akademiyasida 7 ming kishi, shu jumladan 2,5 ming ilmiy hodim, 144 akademik,
400 dan ortiq fan doktorlari, 1000 dan ortiq fan nomzodlari fanning turli sohalarida
ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Fanlar Akademiyasining faoliyati jamiyat
taraqqiyotining ustuvor muammolarini yechishga qaratilgan bo‘lib, paxtachilik
kompleksini rivojlantirish, mineral zaxiralardan oqilona foydalanish va boshqa
ko‘pgina muammolarni tadqiq etishga yo’naltirilgan. Yadro fizikasi, elektronika,
matematika, kibrnetika, geologiya, arxeologiya va boshqa ilm sohalarida
o‘zbekistonlik olimlarining ilmiy izlanishlari dunyoda mashhurdir. Mustaqillik
yillarida O‘zbekiston ko‘pgina xalqaro ilmiy tashkilotlarga a'zo bo‘ldi.
O‘zbekistonlik olimlar chet ellik olimlar bilan samarali hamkorlik qilmoqdalar.
Faqatgina 1994-yilda O‘zR FA ning 26 ilmiy tashkilotlari 82 ilmiy mavzularda chet
ellik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. O‘zbekistonda
halqaro nazariy-ilmiy va amaliy konferensiyalarni o‘tkazish tobora an'anaviy tus
olib bormoqda. Mamlakatimizda fundamental fanlarni rivojlantirish maqsadlariga
xizmat qiluvchi «Akademiya fondi» va Respublika fundamental fanlar jamg‘armasi
tashkil etildi.
O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashda adabiyot va badiiy
ijodning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekistonda mustaqillik yillaridagi ma'naviy-g‘oyaviy
yo‘nalishlarning shakllanishi zamonaviy adabiyot va san'atning barcha sohalariga
samarali ta'sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini
yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi va
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar adabiyot, tasviriy va amaliy
san'atda, musiqa, me'morchilikda ham o‘z aksini topmoqda.
Bugungi kunda milliy mustaqillik, milliy tiklanish va o‘zlikni anglash,
barkamol insonni tarbiyalash g‘oyasi adabiy jarayondagi yetakchi va bosh mavzudir.
Bu she'riyatda ham, prozada ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buni Odil Yoqubov,
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Xurshid Davron, R. Parfi, M. Yusuf, M. Qoriyev,
Erkin A'zam, Xurshid Dustmuhammad, Omon Matchon, Omon Muxtor, A. Suyun,
Abbos Said, Ne'mat Arslon va boshqalarning ijodida yaqqol ko‘rish mumkin.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron kabi
ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Z. M. Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. O‘tmish tariximizni
badiiy obrazlarda mohirona aks ettirish orqali adiblarimiz milliy qadriyatlarni
tiklashga, xalqning his-tuyg‘usi va g‘ururini uyg‘otishga qaratilgan asarlar
yaratmoqdalar. Jumladan, A. Oripovning «Sohibqiron» dramatik asari, B.
Ahmedovning
«Amir
Temur»
tarixiy
romani,
Shukrulloning
«Kafansiz
ko‘milganlar» xotira-romani, T. Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani va
boshqalar o‘zbek adabiyotida muhim voqea bo‘ldi.
Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning
«Qora kitob» povestida, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog‘ay
Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarlarda mustabid sovet tuzumi davrida xalq
boshiga solingan behad kulfatlar, g‘am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. Jumladan,
taniqli yozuvchi Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani jamoatchilik
tomonidan qizg‘in kutib olindi va katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Mazkur asar
otashin vatanparvarlik ruhida yozilgan va u mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zbek
adabiyotida realistik o‘ziga xos yo‘nalish paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. So‘z ustasi
Tohir Malikning to‘rt qismdan iborat «Shaytanat» asari mafiya olami hayotini aks
ettirgan bo‘lsa-da, mohir adib yomonlik ildizi va sababini mustamlakachilikka,
haqsizlik va adolatsizlikka asoslangan sho‘rolar tuzumidan, uning o‘ziga xos
tabiatidan izlaydi va topadi.
Yozuvchi O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» romani falsafiy
g‘oyalar talqinida sayqallangan asardir, unda adib g‘oyat kuchli o‘y-mushohoda,
tafakkur san'atini namoyish etadi. Mohir adib o‘z asarining bosh qahramoni Rustam
taqdirida mustamlakachi qizil saltanatning zo‘ravonlik siyosatini, qolaversa, maxsus
uyushtirilgan «o‘zbeklar ishi» degan kulfatning xalqimizga keltirgan hisobsiz
tashvishlari, og‘ir kulfatlari, g‘am-alamlarini qalamga oladi. O‘zbekiston xalq shoiri
Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» xotira-romani ham 30-50-yillardagi qizil
saltanat davridagi qatag‘onliklar dahshatini va asoratlarini badiiy buyoqlarda aks
ettiradi.
Omon Muxtorning «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning
«O‘zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning «Biz kim,
o‘zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A. Qutbiddinning
«Izohsiz lug‘at» she’riy asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning
ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov, Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibbergen
To‘lepbergenov, Ibrohim Yusupovlar O‘zbekiston Qagramoni unvoniga sazovor
bo‘ldilar. Vatanimiz mustaqilligi adabiyot ijodkorlarini ruhlantirib adolatli
demokratik jamiyat qurish, o‘z millati va tarixini ulug‘lash, milliy tafakkurni
kengaytirishga qaratilgan, milliy an'ana va mumtoz adabiyot tajribalarini e'tiborga
olib yangi asarlar yaratishni davom ettirmoqdalar.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida
madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr va kino san’ati,
milliy musiqa, me’morchilik sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat
mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalar,
zamonaviy binolar bilan ta’minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita
g‘amxo‘rligida amalgam oshirilmoqda. 1993-yilda foydalanishga topshirilgan
«Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning
sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik
asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar teatri Abbos Bakirov nomli yoshlar va
bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi «O‘zbekistonda teatr va
musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1998-yil 26-martdagi «O‘z-bekiston teatr san’atini rivojlantirish
to‘g‘risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi.
Farmonga binoan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari
uyushmasi qoshida 1998-yilda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi
tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning
madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi
spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-
texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda
ko‘maklashadi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri
Yaponiya tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln. yen (1500 ming AQSH dollari)
qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. 2001-yilda respublika teatr san’atida
muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi
muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan
jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e’tibor
berdilar. Ayniqsa, teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida
tarixiy pyesalar keng o‘rin oldi. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali
drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri
«Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o‘zbek davlat teatri «Buyuk ipak
yo‘li» kabi tarixiy dramalarni sahnalashtirdi.
1997-yil oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Teatr: Sharq-G‘arb» xalqaro
festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr
san’atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga
bag‘ishlangan festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta
eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. 1998-yilida al-Farg‘oniy, al-
Buxoriylarning yubileylariga bag‘ishlangan pyessalar yaratildi. Mamlakatimizning
boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas,
barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo‘yildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya,
Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida
qiziqarli spektakllari bilan ishtirok etdilar.
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir
viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapti. Respublikamiz teatr san’ati
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ular ongiga milliy istiqlol
g‘oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya
maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 90-yillarda «O‘zbekfilm»
tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996-yilda tashkil etilgan «O‘zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning
davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillik yillarida o’zbek milliy kino san’ati rivojiga Y.
A’zamov, Sh. Abbosov, Hoji Ahmar, E.Eshmuhamedov, A. Hamroyev, S.
Nazarmuhamedov, R. Malikov, J. Fayziyev, N. Abbosov, H. Hasanov, Sh.
Boshbyekov va boshqa ijodkorlar 1991-2002-yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar
yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir
Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va
zamonaviylik uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997-yil 22-29-may kunlari XII
Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro
tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi
ijodkori R. Ibrohimovga festival bosh sovrini berildi.
Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O‘zbekiston bahorlari»,
«Ulkan odim», «Ular Germaniyada o‘qigan edilar», «O‘zbekiston qahramonlari», «Umid
qaldirg‘ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda «O‘zbekfilm» tasarrufidagi kinostudiya va mustaqil ijodiy
studiyalar tomonidan har yili 100 yaqin badiiy, annimastiyali va hujjatli filmlar
yaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-
ma’rifiy ishlar respublika markazi», uning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va
qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish,
unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar, festivallar tashkil
etmoqdalar. 1992-yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar»,
Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda
katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. 1994-yil may oyida
Parijda bo‘lib o‘tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat
Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy
konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O‘zbeknavo» gastrol-konsert
birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-
tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 1996-yil 27-
avgustdagi «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida»gi
farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunday ko‘rik
tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba
kuni «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov
jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo‘shiqlar yaratildi.
«O‘zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O‘zbekiston», «Vatan
yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O‘zbekiston askarlari» qo‘shiqlari
mashhur bo’lib ketdi.
1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika Hukumatining «Sharq taronalari»
Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori musiqa san’atining noyob
namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. 1997-yil
25-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Sharq taronalari» birinchi
Xalqaro
festivalida
dunyoning
40
dan
ortiq
mamlakatidan
ijrochilar,
san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o‘zbek
ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda Samarqandda «Sharq
taronalari» Xalqaro festivalini o‘tkazish an’ana tusini oldi.
O‘zbekistonda musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31-avgust va 21-
mart kunlari o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram
tantanalari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbek musiqa san'ati qadimiy va rang-barang, ayni paytda yangi zamon
an'analarini o‘zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda hamda jahon sahnalarida
yutuqlarga erishmoqda. Bu borada M. Bafoevning «Zardushtiylar marosimi» balet-
oratoriyasi, «Buxoroi-sharif» operasi, I. Akbarovning «Ibtido xatosi» opera-
oratoriyasi, F. Olimovning «Nodirabegim», «Fotima va Zuhra», «Devona»,
“Soyibxo‘ja operatsiyasi”, «Super qaynona», «Checha» musiqali drama va
komediyalari, A. Ikromovning «Buyuk Temur» zong-operasi, X. Rahimovning
«Ona qalbi» operasi, M. Tojiyev va T. Qurbonovlarning simfoniyalari va boshqa
ko‘plab asarlarda milliy-badiiy tafakkur aks ettirilgan. Milliy estrada musiqasining
rivojlanishiga ham barcha imkoniyatlar yaratildi. Bu davrda o‘zbek estradasi
yulduzlari darajasiga ko‘tarilgan Nasiba Abdullayeva, Yulduz Usmonova, Nuriddin
Xaydarov, Ravshan Nomozov, Ozodbek Nazarbekov, Azim Mullaxonov, Mavluda
Asalxo‘jayeva va boshqa o‘nlab xonandalar A. Ikromov, D. Omonullayeva, A.
Rasulov, S. Qoziyev kabi bastakorlar bilan hamkorlikda ijod qilmoqdalar.
Mustaqillik yillarida o‘zbek me’morchiligida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Milliy me’morchilikda yangilanish boshladi. Toshkent va boshqa shaharlar qurilish
loyihalari qayta ko‘rib chiqildi. Milliy me’morchilik san’ati an’analari, jahon va
Yevropa me’morlik san’atining uyg‘unligida asarlar yaratila boshlandi. Avvalgi
davrlarda qurilgan binolarni ta’mirlash va qayta qurish va modernizatsiyalash ishlari
olib borildi. Bu xususiyatlar ma’muriy va madaniy binolar, ularning badiiy
konstruktiv yechimida o‘z ifodasini topmoqda. Yangi qurilishlar silsilasida
O‘zbekistonning me'moriy amaliyotida shakllangan ikki asosiy tamoyil ko‘zga
tashlanadi. Ulardan biri Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Oliy Majlis, Turkiston
saroyi, Toshkent shahar hokimligi binolari, me’moriy majmualar - al Buxoriy, al
Farg‘oniy, Xotira va qadrlash, Shohidlar xotirasi va boshqa me’moriy
yodgorliklarda me’morlikdagi yangi izlanishlar yorqin aks etgan sharqona
me'morchilikning an'anaviy qonun-qoidalariga rioya etish bo‘lsa, ikkinchisi,
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan o‘rin olishga bo‘lgan intilishini namoyish
etuvchi jahon me'morchiligining eng yangi yutuqlaridan foydalanishda namoyon
bo‘lmoqda. Buni Interkontinental, Sheraton, Afrosiyob, «Toshkent-plaza»
mehmonxonalari, «O‘zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, Respublika birja
markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi
kabi osmono‘par binolar qurilishida ko‘rish mumkin. Poytaxtda oxirgi yillarda
milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy shaharsozlikning eng yuksak talablari
asosida barpo etilgan Mustaqillik maydoni, “O‘zbekiston” xalqaro Forumlar saroyi,
Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‘z ichiga
olgan “Ma’rifat markazi” majmui, Hazrati Imom majmuasi, Amir Temur xiyoboni
va boshqa o‘nlab muhtasham bino hamda inshootlarni qayd etish o’rinlidir.
Toshkentning so‘nggi yillarda yaqqol e’tirof etilayotgan yana bir ustuvor xususiyati
borki, u ham bo‘lsa, uning dunyodagi poytaxt shaharlar o‘rtasida ekologik jihatdan
toza va ko‘rkam qiyofa kasb etib borayotganida o‘z ifodasini topmoqda. Bu yillarda
Park-bog‘ san’ati rivojlandi. O‘zbekiston Milliy bog‘i, Akva park, Hayvonot
bog‘lari qaytadan ishlandi.
Mustaqillik yillarida shaharsozlik ham beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga
yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklanib, ziyoratgohlar
obodonlashtirildi, balki qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar,
fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari,
xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar
barpo etildi. Xususan, Toshkent shahri ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan «Oloy»,
«Chorsu», «Ot-chopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo‘yliq» va boshqa
bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport majmuasi singari
zamonaviy inshootlar barpo etildi.
Mustaqillik yillarida respublikamizning shahar va qishloqlarida beqiyos
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Muhtasham imoratlar, namunaviy turarjoylar,
obod va ravon yo‘llar, zamonaviy maktab, jahon andozalariga to‘liq javob
beradigan, ilg‘or asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan shifo maskanlari,
yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod
etildi. 90-yillarda mahobatli va landshaftli haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir va
vitraj, mozaika va me'morlik bilan uzviy bog‘liq mahobatli bezak san'atining boshqa
turlari turar-joy muhiti estetikasi shakllanishiga salmoqli hissasini qo‘shdi.
Jumladan, Toshkentdagi Turkiston saroyi (devoriy suratlar, vitraj, bezakli
haykaltaroshlik, sopolli pannolar), Biznessentr va Interkontinental (devoriy suratlar,
bezakli plastika), Meridian va Sheraton mehmonxonalari (devoriy suratlar, koshinlar
va bezakli plastika), Temuriylar tarixi muzeyi (devoriy suratlar, badiiy shisha, sopol
plitkalar) va boshqa inshootlarda buning guvohi bo‘lamiz.
Bu davrda mahobatli haykaltaroshlik milliy mustaqillik g‘oyalariga
hamohang rivojlandi. Amir Temurning Toshkent shahridagi, Samarqand va
Shaxrisabz shaharlaridagi haykallari (haykaltaroshlar I. Jabborov, K. Jabborovlar
ishlagan) mustaqillik yillaridagi ilk yodgorliklar bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda
buyuk allomalarimiz timsoli muhrlangan qator yodgorliklar qad ko‘tardi. Ular
orasida al-Farg‘oniyga Farg‘ona va Quva shaharlarida (haykaltarosh I. Jabborov),
Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda (haykaltaroshlar I. Jabborov, Q. Jabborovlar),
Imom Buxoriyga Samarqand viloyatida o‘rnatilgan haykallar va Toshkent
shahrining Mustaqillik maydonidagi «Motamsaro ona» haykal-majmuasi,
«Shahidlar xotirasi» me'moriy yodgorliklari, Termiz shahrida barpo etilgan
«Alpomish» dostonining ming yilligiga bag‘ishlab o‘rnatilgan haykaltaroshlik
majmua-kompozitsiyasi (haykaltarosh va muhandislar A. Rahmatullayev, Q.
Norxo‘razov, U. Mardiyev, T. Podosinnikovlar) qad ko‘tardi. Tarixiy shaxslarning
qiyofasini aks ettirish borasida haykaltarosh R. Mirtojiyev asarlari muhim o‘ringa
ega. Haykaltarosh Andijondagi «Zahiriddin Bobur», «Cho‘lpon» Toshkentdagi
«Abdulla Qodiriy», Jizzaxdagi «Ona» kabi bir qator badiiy nuqtai nazardan yirik
yodgorliklarni, «Temur Malik», «Behzod», «Sayyoh Bobur» kabi asarlarni
yaratgan. Yozuvchi, shoir, rassom, bastakor va boshqa ziyolilar xotirasi uchun
memorial haykallar o‘rnatildi. Shunisi e’tiborlikki mustaqillik yillarida o‘zbek
haykaltaroshlari xorij davlatlari uchun tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan haykallar
buyurtmasini bajardilar.
Dastgohli haykaltaroshlik san'atining namoyondalaridan J. Quttimurodov o‘z
ijodida qoraqalpoq ohanglarini aks etiradi. Uning «Ayol», «Kamoliddin Behzod»,
«Mevali naytyurmort», «Malika», «Madina» asarlari mashhurdir. Rassom S.
Rahmetovning “Yunus Rajabiy portreti”, «Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi
G. Kun portreti», E. Masharipovning «Alpomish», Q. Basharovning «Spitamen», A.
Aliqulovning «Asov ot», «Dor», «Mashshoqlar» asarlarini ham qayd etish zarur.
Milliy romantiklik yo‘nalishida O. Qozoqov («Kanizaklar»), I. Mansurov
(«Navruz», «Katta Navruz», «Tush», «Bahor»), A. Mirzayev («O‘tmishdan
ertaklar», «So‘qoqda», «Qizil tog‘ etagidagi uchrashuv»), R. Shodiyev («Manzara»,
«Bayram», «Dashtda tong») va boshqalar o‘z asarlarida milliy o‘ziga xoslikni talqin
etishga intilganlar. Rassom V. Oxunovning «Amudaryo», «Oqqush», «Qiziltoj
taqqan qiz», «Shohli Iskandar», «Anaxita» asarlarida ijodkorning nozik tabiatini
idrok etish mumkin.
Prezident farmoniga binoan 1997 yili O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini
tashkil etilishi madaniy rivojning yangi bosqichini ochib berdi. Muhimi, san’atda
mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi natijasida ijod erkinligini qo‘lga kiritgan
rassomlar uslubiy rang baranglikda ijod qila boshladilar. O‘zbekiston Badiiy
akademiyasining tashkil etilishi esa shu jarayonni yanada tezlashishiga yo‘l ochdi.
90-yillar rangtasvir san'ati o‘tish davriga xos bo‘lgan turli-tuman uslublar
ko‘lamining kengligi bilan farqlanadi. Bunda akademik realizm, dekorativizm va
milliy romantizm (ko‘p hollarda miniatyura talqini ohanglarida), qiyofasiz
rangtasvir, instaliyasiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu
ko‘p jihatdan ijodiy dunyoqarashning teranlashuvi va kengayishi, qoliplar
chegarasidan chiqishga intilishlar bilan izohlanadi. San’atning baholash mezonini
ijodkorning shaxsiy intim kechinmalari, o‘y va kechinmalari belgilay boshladi.
Mustaqillik yillari rassomlik san’atining mavzusi kengaydi. Rassomlarning milliy
tarixga murojati natijasida yangi yangi mavzular, eng avvalo milliy tarix bilan
bog‘liq voqealar ko‘pchilik rassomlarni o‘ziga jalb etdi. San’atda tarixiy portret va
kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi
ikonagrafik portretlari uchun tanlovlar o‘tkazilishi ham shu jarayonda muhim o‘rinni
egalladi.
Akademik realizm yo‘nalishni an'anaviy tarzda sermahsul ijod qilayotgan
keksa va o‘rta avlod rassomlar ijodiga mansub deyish mumkin. Ular orasida R.
Ahmedov, M. Nabiyev (Amir Temur, Bobur portretlari), Ch. Axmarov (Nodira
portreti), R. Choriyev («Boysunlik qariya», «Sayroblik go‘zal», «Mening
zamondoshim» polotnolari.) A. Abdullayev (avtoportret, portretlar, A. Navoiy
polotnosi), A. Ikromjonov (Ulug‘bek, K. Behzod portreti), S.Rahmetov (Ahmad
Mirzo portreti), O. Muinov (Tumaris, Bibixonim) portretlari realistik san’at
an’analarida ishlangan va ularda chuqur falsafiy g‘oya aks ettirilgan («Sharqona
qiyofalar, «Inkrustatsiya», «Buddaning tongi sayri», «Meditatsiya» loyihali
installyasiyalari). Shuningdek bu davrda xalq qahramonlari Alpomish, Spitamen, J.
Manguberdi siymolari portret janrida yaratilidi. Q. Basharov (Spitamen), T.
Kuryazov (J. Manguberdi), M.Yo‘ldoshev (Alpomish, Go‘r o‘g‘li, Rustam
obrazlari) portretlari ko‘pchilik e’tiborini qozondi. Umuman olganda mustaqillik
yillarida rangtasvirdagi badiiy-uslubiy manzara yangi xususiyatlarga ega bo‘ldi va
boyidi.
Manzarachilik san’ati ham o‘zining yangi qirralarini namoyon eta boshladi.
Rahim Ahmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Anvar Mirsoatov manzaralari o‘zining his-
tuyg‘ularga boy xislatlari bilan yangi davr ruxini ifodalaydi. Mustaqillik yillari
miniatyura san’atining haqiqiy rivojlanish davri bo‘ldi. Ayniqsa. lakli miniatyura
san’ati o‘zining kamolatiga erishdi. Sh. Muhamadjonov, G. Kamolov, T.
Boltaboyev, X. Nazirov, A. Yo‘ldoshev. B. Yo‘ldoshev, U. Qosimov, F.
Raxmatullayev, Sh. Shoaxmedov, A. Tursunov kabi miniatyurachilar ijodida shu
san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda Niyozali Xolmatovga akademik
unvoni berildi.
Mustaqillik yillarida realistik san’at yo‘nalishi bilan bir qatorda avangard
san’ati yo‘nalishlari o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘z ijodini akademik san’at
yo‘nalishida boshlab katta yutuqlarga erishgan Bahodir Jalolov, Vyacheslav
Oxunov, Akmal Nuriddinov (Akmal Nur), Jamol Usmonovlar avangard san’atining
yetuk namunalarini yaratishga muvoffaq bo‘ldilar.
Bu yillar grafika san’ati texnika va texnologiyalar bilan boyidi. Kompyuter
texnologiyalari bu san’atga bo‘lgan talabni butunlay o‘zgartirib yubordi. Poligrafiya
ishlari sifat jihatidan yangilandi. Plakat, amaliy grafikada kompyuter grafikasi
o‘zining mustaqil o‘rnini egalladi. Bu yillardan grafikaning qalamtasvir va bosma
grafikaning gravyura turlari yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davr grafikasida ham
realistik va avangard yo‘nalish, milliy romantizm xususiyatlari uyg‘unligi izlanish
maydonida bo‘ldi.
Mustaqillik yillari amaliy san’at rivojini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmoni va hukumat qarorlari, ularning amaliy san’at va xalq hunarmandchiligining
rivojlantirilishiga qaratilgan tadbirlari belgiladi. «Xalq amaliy san’ati va
hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, «O‘zbekiston xalq ustasi» unvonini tasis etilishi bu
jarayonda muhim omil bo‘ldi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik bozor
iqtisodiga moslashib bordi. Uning tur va janrlari bozor iqtisodi bilan bog‘liq holda
rivojlandi. Shu sohaga oid shaxsiy ustaxona va korxonalar tashkil etildi va
etilmoqda, muzeylar ochilmoqda.
7.4. Milliy madaniyat ravnaqida milliy-madaniy markazlar. Respublika
«Baynalmilal milliy markazi», uning milliy madaniyatlarni rivojlantirishdagi
o’rni va ahamiyati
Mustaqillik
yillarida
ma'naviyat
va
madaniyatning
yuksalishida
respublikadagi milliy madaniy markazlar faoliyati ham katta ahamiat kasb etmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 136 millat va elat, 17 diniy konfessiya vakillari
yagona oila farzandlaridek yashab, mehnat qilib kelmoqda. Shuningdek, ular orasida
har xil millatlarga mansub aholi mavjud bo‘lib, ular ham mamlakatimizning barcha
fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. O‘zbekiston qonunlarida
belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari, manfaatlari to‘liq ta’minlangan. Ta’lim
olishlari, mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jamiyatni
ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq
farovonligi, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik,
diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan.
Respublikada hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 130 dan
ortiq milliy-madaniy markazlar faoliyat olib bormoqda. Shundan 14 tasi respublika
maqomiga ega. Koreyslar tomonidan 31 ta, ruslar 23 ta, tojiklar 10 ta, qozoqlar 9 ta,
tatarlar 9 ta (3 tasi tatar-boshqird) milliy madaniy markazlarini tuzilganlar.
Ozarbayjonlar 8 ta, turkmanlar 7 ta ukrainlar va qirg‘izlar 6 ta, turklar va Yevropa
yahudiylari 5 tadan milliy madaniy markazlariga ega. Nemislar, polyaklar va
armanlar 4 tadan uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari 3 tadan, beloruslar va qrim tatarlar
2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqgar,
xitoylar va dunganlar 1 tadan milliy madaniy markazlar tuzganlar. Respublika
baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniy markazlar faoliyatini
muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
O‘tgan yillar mobaynida Respublika Baynalmilal madaniyat markazi
tomonidan 20 dan ziyod ilmiy risola va to‘plamlar, shuningdek, mamlakatimizdagi
millatlararo totuvlik, bu borada istiqlol yillaridagi yutuqlarimizni aks ettiruvchi
“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” albom kitobi, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”,
“O‘zbekiston
Konstitutsiyasi
–
buyuk
kelajagimiz
kafolati”,
“Mustaqil
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji” kabi maqolalar to‘plamlari chop
etildi.
Televideniye va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz,
tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozar-bayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi.
Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik,
turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq,
qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi.
Markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami o‘tkaziladi. Bular –
YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 21-fevral – Xalqaro ona
tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta a’zo davlatlarda nishonlanib