RRS tasnifiga asosan to‘rt xil turga xos bo‘lgan bolalar kiradi
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
44,8 KB
RRS tasnifiga asosan to‘rt xil turga xos bo‘lgan bolalar kiradi
1. RRSning konstitutsional shakli
RRSning psixogen shakli
RRSning psixogen shakli.
RRSning serebral shakli
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutq xususiyatlari
Bu shaklda garmonik, qoldiqsiz, ruxiy va ruxiy- fizik infantilizm (ya’ni ruxiy
jixatdan yetilmaganligi) asosiiy o‘rinni egallaydi ( ruxiy turg‘un bo‘lmaganlar) Bu
turdagi bolalar o‘zlaridan bir necha yosh kichik bo‘lgan bolalar rivojlanishiga to‘g‘ri
keladi. Ularda kayfiyat ko‘tarinki, o‘yin faoliyatida tashabbuskorlik xislatlari
saqlangan bo‘ladi. Ta’limdagi qiyinchiliklar asosan intellektual qiziqishlarning va
shaxsning butunlay rivojlanmaganligi yaqqol sezilib turadi. ( o‘yinga bo‘lgan
qiziqishlari ustunlik qiladi). Bolalarda ko‘pincha kayfiyat ko‘tarinki, xulq-atvorda
xissiy motivlarning ustunligi,xissiyotlarning yuzakiligi, turg‘unsizligi va shaxsning
gipersuggestivligi ( moyillikning ustunligi) kuzatiladi. Bunday bolalarning hissiy-
iroda soxasidagi yetishmovchilik, tana tuzilishidagi o‘zgarishlar bilan birga keladi.
1. RRSning somatogen shakl.
Bu shakl asosan surunkali infeksiyalar, allergik xolatlar, turli ichki
kasalliklar ( ichki a’zolar, ayniqsa yurak kasalligi) natijasida kelib chiqadi.
Ruxiy rivojlanishning susayishida asosiy rolni turg‘un asteniya o‘ynaydi,
ya’ni ularda tez charchash, umumiy ruxiy tonusning pastligi ko‘rinadi.
B’zan somatogen infantilizmda turli nevrotik qo‘shilmalar: o‘z-o‘ziga
ishonmaslik, qo‘rqish bilan birga kuzatilishi mumkin.
2. RRSning psixogen shakli.
Bu shaklda asosan hissiy iroda sohasining buzilishi, yetarli pedagogik
sharoitning bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadi.
Atrof muxitning bolaga erta yoshidan salbiy ta’sir qilishi natijasida bola
ruxiyatining o‘zgarishi yuz beradi.Ammo,bu shakldagi RRS bolalarni
pedagogik qarovsiz bolalardan ajratib olish zarur. Pedagogik qarovsiz
bolalarning ruxiyati normal bo‘lib, faqat bilish, o‘quv malakalarining
tengqurlariga nisbatan yetishmasligi bilan farq qiladilar. Aqliy ma’lumotlar
yetarli bo‘lmaydi.RRSning psixogen shaklini kelib chiqish sabablariga
ko‘ra,o‘z navbatida uch gruppaga bo‘lish mumkin.
1) Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik,bolani butunlay o‘z xoliga
tashlab
qo‘yish
natijasida
ularda
burch
va
ma’suliyat
xissi
shakllanmaydi.Ularda hissiy-iroda sohasining yetishmasligi qaysarlik
gippersuggestivlik, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilm va
malakalarning yetishmasligi bilan birga keladi.
2) Bolani haddan tashqari erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga o‘rgatmaslik,
tashabbuskorlik, ma’suliyat hissini shakllantirmaslik natijasida ( oila
erkasi)
kelib
chiqadi.Bunday
bolalarda
xissiy-iroda
sohasining
pastligi,egoizm xislatlari, mexnatga salbiy munosabatda bo‘lish, doimo
yordamga muxtoj bo‘lish kabi salbiy hislatlar o‘z ifodasini topadi.
3) Psixogen xarakterning nevrotik turi deb ataladi. Bolaga nisbatan qo‘pol
munosabatda bo‘lish,jismoniy jazolash, qattiq qo‘llik, alkogolizm bilan
bog‘liq turli agressiv munosabatlar,bunday turning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi.Bunday
bolalarda
nihoyatda
qo‘pollik,
tashabbussizlik,
jur’atsizlik, mustaqqillik harakterda bo‘lmaslik hislari shakllanadi.
Bularning hammasi bolaning bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
3. RRSning serebral shakli – boshqa turlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil
etadi.
Ularning
aksariyatida
jismoniy
yetishmovchiliklar,
tana
nomutanosibligi
kuzatiladi.
RRS
bolalar
bosh
miya
elektrensifolografiyasining ko‘rsatishicha, 50% dan ortiq bolalarning asab
sistemasida organik buzilish mavjud.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik muammosi va
xususiyatlari
O‘zlashtirmaslik, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tomonidan
majburiy maktab barnomasini egallashlariga to‘sqinlik qiladi. Ma’lumki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aqliy va amaliy jarayonlar, ko‘nikma va malakalar
shakllanadi. Bunday boshlang‘ich bilimlarning tug‘dirib, ba’zan ayrim
o‘quvchilarning ta’limdan chetga chiqib olishlariga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda
agar bola rivojlanishida buzilishlar bo‘lmasa, maxsus yakkama-yakka ishlar orqali
o‘zlashtirmaslikning oldini olishi mumkin. Buning uchun o‘zlashtirmaslikning
oldini olish mumkin. Buning sababalarini aniqlash, diagnostika qilish kerak.
Ommaviy maktablardagi o‘zlashtirmaslik sababalari qator pedagog va psixologlar:
M.A.Danilov, V.I.Zikova, N.A.Menchinskaya, T.A.Vlasova, M.S.Pevzner,
A.I.Leontev,
A.R.Luriya,
A.A.Smirnova,
L.S.Slavina,
Yu.K.Babanskiylar
tomonidan turli yo‘nalishlarida o‘rganilgan. Olimlar o‘zlashtrimaslik sababaliri
sifatida bolaning jismoniy jihatdan zaiflanishini, turli nutq kamchiliklarini, eshitish
va ko‘rish kamchiliklarini, aqli zaiflikni hamda bolalar va o‘qituvchilar orasidagi
salbiy holatlarni ko‘rsatadilar. Har bir qiyinchilik bilan oz miqdordagi
o‘zlashtirmovchi bolalar qamrab olingan. O‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning
yarmini ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tashkil qiladi. Bunday taraqqiyot
kamchiliklari,
shakllari
M.S.Pevzner,
G.E.Suxareva,
M.G.Reydiboym,
T.A.Vlasova, K.S.Lebedinskayalar tomonidan tahlil qilingan. Bularning barchasi
RRS nuqsoni bilan homilaning ona qornida, tug‘ilish, ilk bolalikchog‘ida markaziy
asab sistemalarining yuzaki, kam miqdorda zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan
rezidual qoldiq holatlar orasida bog‘liqlik borligini ta’kidlashdi. Markaziy asab
sistemasining yuzaki zararlanishi natijasida bunday bolalarda maktab ta’limiga
ham jismonan, ham fiziologik, ham ruhiy mos kelmaslik yuzaga keladi.
Maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmaslik quyidagicha namoyon
bo‘ladi:
1)
tashqi olam haqidagi tasavvur va bilimlarning yetarli emasligida;
2)
aqliy jarayonlar, malaka va harakatlar yetishmasligida;
3)
nutq rivojlanishining orqada qolishida;
4)
ma’lum qiziqish va motivlarda namoyon bo‘ladigan bilish qiziqishlarining
chegaralanganligida;
5)
o‘z hulqlarini idora eta olmasliklarida ko‘zga tashlanadi.
RRS bolalar yuqoridagi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktab ta’limiga
tayyor bo‘lmaydilar. Ularning ruhiy xususiyatlari qator o‘ziga xos belgilari,
ko‘rnishlari bilan normal va aqli zaif bolalardan farq qiladilar. Albatta, bu
xususiyatlar ruhiy jarayonlar: diqqat, idrok, xotira, nutq, tafakkur va boshqalarning
xususiyatlari bilan belgilanadi.
RRS bolalarning ruhiy xususiyatlariga oid qator chet el olimlarining, hamda rus
olimi akademik V.I.Lubovskiy rahbarligidagi olimlar tomonidan qilingan va
qilinayotgan
ishlarni
ko‘rsatish
mumkin.
Ruhiy
rivojlanishi
susaygan
o‘quvchilarning oliy asab faoliyatlari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan
xarakterlanadi.(V.I.Lubovskiy 1972). Bunga
-
asosiy
asab
jarayonlarining
kuchsizligi,
tormozlovchi
shartli
bog‘lanishlarning sekinligi, asab jarayonlarining tez charchashi va toliqishi;
-
asab jarayonlarining keng irradiatsiyasi (markaziy nerv sistemasida
qo‘zg‘alish jarayonining keng tarqalishi);
-
asab jarayonlarining inertligi, bo‘shligi.
Yuqorida aytib o‘tilgan RRS bolalar asab sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari
ma’lum darajada aqli zaiflarga ham xosdir. Ammo, RRS bolalardagi bunday
holatlar aqli zaif bolalardagidek keskin ifodalanagan bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, sifat jihatdan ham farq qiladilar, ya’ni shartli bog‘lanishlarning
hosil bo‘lishida, aqli zaif bolalardan farqli ravishda, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarda so‘z-nutq sistemasi katta rol o‘ynaydi. Shuni qayd qilish lozimki, oliy
asab faoliyatining yuqoridagi xususiyatlari neyrodinamikaning yetarli darajada
yetilmaganligadan darak beradi. Bu hol normal bolalarda ham uchrashi mumkin.
Lekin ularda bog‘cha yoshidagina kuzatiladi, xolos.
RRS bolalarning ruhiy jarayonlari va bilish faoliyatlari qator olimlar tomonidan
turli yo‘nalishlarda o‘rganilgan va o‘rgatilmoqda. Bularga T.V.Egorova,
V.I.Lubovskiy, T.I.Karenkova, L.I.Peresleni, S.A.Domishkevich, V.L.Podobed,
A.G.Poddubnaya, P.B.Shoshin, N.G.Lutonyan, A.A.Avtotinsh, I.A.Korobeynikov,
V.S.Slepovich,
V.I.Nasanova,
R.D.Triger,
N.A.Sqpina,
G.A.Shevchenko,
G.M.Kapustina,
G‘.B.Shoumarov,
K.K.Mamedov,
Ye.A.Morshinina
va
boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
RRS bolalarning barchasida diqqatning yetarli rivojlanmaganligini ko‘rish
mumkin. G.I.Jarenkovaning ko‘rsatshicha, diqqatning yetarli rivojlanmaganligi
quyidagicha ifodalanadi:
-
ma’lum bir faoliyatning dastlabki boshlanish bosqichida diqqatning kuchliligi
va ma’lum vaqtdan so‘ng pasayib ketishi;
-
diqqatning kuchliligi faoliyat boshlangandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach
yuzaga kelishi;
-
diqqat kuchining muntazam ravishda kuchayib va susayib turishi kuzatiladi.
RRS bolalarning idroki quyidagicha xarakterli xususiyatlarga ega. Birinchidan
sezgi organlari orqali olingan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tezligi
past bo‘ladi.
Shu sababli RRS bolalar ma’lum barnoma materialini o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt
sarf qiladilar. Ammo aqli zaif bolalardan bir muncha farq qilib, normal tengdoshlari
o‘zlashtirgan materialni to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ikkinchidan RRS bolalar eshitish, taktil, ko‘rish idroklarining nozik shakllari
yetarli rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababali oraliq tovushlarni va ranglarni normal
tengdoshlaridek farqlay olmaydilar. Uchinchidan, narsa va buyumlarning fazodagi
joylashish munosabatlarini idrok etishlari yetarli bo‘lmydi. Buyularning bir-biriga
nisbatan oldida, yonida, orqasida kabi tushunchalarni yetarli tushunib yetmaydilar.
To‘rtinchidan, idrok etayotgan ob’ekt, narsa va buyumlar sonining ortishi,
ko‘payishi, idrok etilayotgan vazifa murakkabligining ortishi, o‘sishi, bir vaqtning
o‘zida bir nechta taasurotlarni idrok etish zaruriyati yuzaga kelishi natijasida
bunday bolalar idrokning birmuncha yomonlashishiga olib keladi.
RRS bolalar idrokning yetarli rivojlanmaganligi asosida markaziy asab
sistemasidagi analizatorlar orasidagi munosabatlarining buzilishi yotadi.
Ba’zi avtorlarning (E.U.Daulenskie, I.F.Markovskaya...) ko‘rsatishicha, idrokning
nozik shakllarining yetishmasligi bunday bolalarning 70 % ida uchraydi.
Idrok etilayotgan ob’ekt, narsalar kontrastligi va rangning kamayishi, umumiy
fondan shaklni ajratishga qiyinchilik tug‘diradi.
Diqqatning ma’lum ob’ektlarga qaratilish vaqti bo‘yicha, narsa va hodisalarning
o‘zgacha holatda idrok eta olish xususiyatiga ko‘ra ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar o‘z normal tengdoshlaridan keskin farq qiladilar. RRS bolalarda idrokning
turli xususiyatlarining yetishmasligi chet el olimlari tomonidan ham ko‘rsatib
o‘tilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, RRS bolalar tuyush reaksiyalarida normal
tengdoshlaridan orqada qolar ekanlar.
RRS bolalar tuyush (persentiv) reaksiyalarda, masalalar yechishda samarali
bo‘lmagan ish usullaridan foydalanishadi.
Idrok etilayotgan narsalarni ko‘rganda ham, ma’lum darajada buyumning kam
belgilarini ko‘rishga ulguradilar. Bunday ko‘rish idroklarini bartaraf etish uchun
RRS bolalarga maxsus yordam berib borilishi kerak. Ko‘rish orqali idrok etilishi
kerak bo‘lgan buyum, narsalar ortiqcha elementlarsiz bo‘lishi, hamda ko‘rsatish
bilan birga og‘zaki tushuntirish ishlarini qo‘yshib olib borish yaxshi natijalar
beradi. Idrokning yetarli bo‘lmasligi ko‘rish, eshitish tasavvurlari ham yetarli
darajada shakllanmaydi. Buning natijasida tafakkur jarayonlari, turlari ham yetarli
rivojlanmaydi. RRS bolalarning idrok etish jarayonlarining dinamikasi birmuncha
yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, normal bolalarga nisbatan sezilarli darajada
orqada qoladi.
Oddiy
tasvirlarni,
rasmlardagi
buyumlarni
bilib
olish
tezligi,
normal
bolalardagidan birmuncha pastligi P.B.Shoshin ishlarida to‘la ochib berilgan.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, RRS bolalar idroki quyidagi xususiyatlari bilan
ajralib turishini ta’kidlash mumkin.
-
sensor axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash tezligi sekinlashganligi;
-
ko‘rish, eshitish va taktil idroklarining nozik shakllari yetarli emasligi;
-
idrok etishda fazoviy munosabatlarning yetarli emasligi;
-
buyumlarning ko‘payishi natijasida idrok etishning yomonlashuvi.
RRS bolalarning idrok xususiyatlarini tibbiy-pedagogik komissiya a’zolari
tomonidan e’tiborga olinishi kerak.
Maxsus maktab tarbiyachi-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiyada quyidagilarga
e’tibor berishlari lozim:
-
RRS bolalarning ma’lum materialni egallashi uchun ko‘p vaqtning
sarflanishi;
-
ko‘rish orqali qabul qilinadigan materiallar mumkin qadar kam
elementlardan iborat bo‘lishi;
-
yangi materiallar berish vaqtida, bolalar diqqatini chalg‘itadigan
qo‘zg‘atkichlar bo‘lmasligi kerak.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotira jarayonlarining o‘ziga xos
tomonlari.
Klinik va ruhiy-pedagogik tekshirishlarining ko‘rsatishicha, xotira
buzilishlari RRS bolalarning xarakterli belgilaridan biri ekan. Xotira
jarayonlarining buzilishi murakkab va o‘ziga xos ko‘rinishiga ega. RRS bolalar
xotirasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ular xotirasining ayrim tomonlari
ko‘proq,
ayrim
tomonlari
kamroq
buzilganligidir.
Xotira
jarayonlari
unumdorligining pasayishi, RRS bolalarda o‘z faoliyatlarini unumli tashkil qila
olmaslik, eslab qolishning samarali usullarini o‘llay olmaslik natijasida kelib
chiqadi.
RRS bolalar xotrasining kamchiliklariga qaramasdan, ularda yetarli rivojlanish
imkoniyatlari bor.
RRS bolalarda xotira hajmining kamayganligi, qisqa va uzoq muddatli xotira
turlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu haqda T.V.Egorova, V.L.Podobed,
G‘.B.Shoumarov, K.K.Mamedovlar o‘zlarining ilmiy ishlarida alohida to‘xtalib
o‘tganlar. Ayniqsa, tafakkur jarayonlarida ishtirok etuvchi operativ va vositali esda
olib qolish buzilgan bo‘ladi. Qisqa muddatli xotira ayniqsa, bolalarga narsalar
ko‘rsatish oralig‘ining qisqarishi, hamda narsa, predmetlar orasida boshqa
ta’sirotlar ta’sir ettirilsa, ko‘proq buzilishga sabab bo‘ladi (V.L.Podobed
ma’lumotlari).
T.V.
Yegorova,
N.G.Lutonyan,
N.G.Poddurnaya,
N.B.Novinskaya,
G‘.B.Shoumarovlar ishlarida RRS bolalar xotirasining turli tomonlari atroflicha
ochib berilgan. RRS bolalar xotrasining hajmi, eslab qolishning turg‘unligi, qisqa
muddatli, operativ, ixtiyoriy, ixtiyorsiz xotira turlari normal tengdoshlaridan
birmuncha pastligi aniqlangan.
Qisqa muddatli xotira darajasi normal tengdoshlariga nisbatan past bo‘lib, uning
hajmi aksariyat holda 5 raqamdan oshmaydi (maxsus Veksler metodikasi
bo‘yicha).
Ayniqsa, qisqa muddatli operativ xotira hajmi bunday bolalarni normal
tengdoshlaridan va aqli zaif o‘quvchilardan ajratib olishga imkon beradi.
Aksariyat holda 2-sinf normal o‘quvchilarning qisqa muddatli opperativ xotrasi 4
raqamni tashkil etsa, RRS o‘quvchilarda 3 ta raqamni, aqli zaiflarda 2 ta raqamni
tashkil qiladi.
RRS o‘quvchilarning mexanik xotrasi normal o‘quvchilar darajasiga yaqin bo‘lib,
aqli zaif bolalar darajasidan keskin farq qiladi. (G‘.B.Shoumarov).
Boshlang‘ich sinf RRS o‘quvchilarining ixtiyorsiz esda olib qolishi 5-6 yoshli
normal bolalar darajasiga yaqin bo‘ladi. RRS o‘quvchilarning esda saqlab qolish
jarayonlarini atroflicha o‘rgangan T.V.Egorovaning ma’lumotlariga ko‘ra, xotira
faoliyatining normaga yetmasligi asosida asab sistemasining muntazam tez
charchashi yotadi.
RRS bolalarni xotira jarayonlarining xususiyatlariga ko‘ra 3 ta guruhga
bo‘lish mumkin.
1.
Normal o‘quvchilar bilan aqli zaif bolalar orasidagi daraja.
2.
Aqli zaif bolalarga yaqin bo‘lgan daraja.
Diqqat, idrok va xotira faoliyatining maqsadga qaratilganligining o‘sib
yetishmaganligi natijasida RRS o‘quvchilarning aksariyatida, ixtiyoriy xotrasining
yetishmasligi kuzatiladi. Sodda, murakkab bo‘lmagan materiallarini eslab qolish
vazifalarini bajarishda RRS o‘quvchilar, normal o‘quvchilar darajasiga yainlashsa,
xotira faoliyatlari murakkablashgan sari aqli zaif bolalar darajasiga yaqinlashadi.
Xotira faoliyatning maqsad sari yo‘nalganligining yetishmasligiga esda saqlab
qolishning maxsus usullardan foydalana olaslik ham RRS o‘quvchilar xotrasining
o‘ziga xos belgisidir. Normal bolalardan farqli ravishda RRS o‘quvchilar
xotrasining samaradorligiga, esda olib qolinayotgan material xrakteriga ko‘proq
bog‘liqdir ya’ni ko‘rgazma (noverbal) material, so‘z (verbal) materialga nisbatan
yaxshiroq esda olib qolinadi. RRS o‘quvchilarda faqat esda olib qolish emas, balki
esga tushirish aktivligi ham pasaygan bo‘ladi. Uzoq muddatli va qisqa muddatli
xotira bo‘yicha RRS o‘quvchilar normal bolalardan keskin farq qiladi.
Esda saqlab qolish bilan, esga tushirish sifati keskin yomonlashadi. RRS
o‘quvchilar xotira dinamikasini tahlil qilganda, ularning aksariyati 4-sifnga qadar
materialni mexanik esda saqlab qolishga harakat qilishni ko‘rsatadi. Normal
o‘quvchilarda esa 2-sinfdan boshlab mantiqiy, ixtiyoriy, vositali eslab qolish tez
sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkur xususiyatlari
L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, A.V.Zaporojes, G.S.Kostyuk,
A.A.Lyublinskaya va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ta’limotga
binoan, inson tafakkurning uch xil turi: ko‘rgazma – harakat, ko‘rgazma – obraz,
so‘z-mantiq shakllari mavjud. Katta yoshdagi normal kishilarda tafakkurning bu
turlari yetarli darajada rivojlangan bo‘lib, bir-birlari bilan dialektik birlikni tashkil
qiladi. Tafakkur turlari, mazmuniga oid barcha yoshlarga tegishli umumiy
materiallar T.V.Rozanova tomonidan batafsil berilgan (1978 y.). Nuqsonli bolalar
tafakkur
xususiyatlarini
o‘zlashtirmovchi
o‘quvchilarda
tekshirgan
N.A.Menchinskaya juda qimmatli materiallar bayon qiladi. A.A.Simbalyuk (1974
y.) materiali RRS bolalardiga bilish aktivligi haqida, Z.I.Kalmikova (1975 y.) esa,
RRS bolalarning muammoli mazmunli masalalarni yechishdagi qiyinchiliklari
to‘g‘risida, T.D.Puskaeva (1980 y.) bu bolalar tafakkurida bo‘shlik, inertlilik
holatlarining ko‘zga tashlanishi haqida ilmiy-eksperimental materiallar beradi.
RRS bolalar tafakkur xususiyatlarini o‘rganish ham diagnostik, ham korreksion-
tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda, juda katta ahamiyatga ega. Bu bolalar
tafakkurning turli tomonlari, turli faoliyatlarida birmuncha kengroq T.V.Egorova,
V.I.Lubovskiy,
S.A.Domishkevich,
T.A.Strekalova,
U.V.Ulenkova,
G‘.B.Shoumarov, K.K.Mamedov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
RRS bolalar tafakkurning o‘ziga xos bo‘lgan va uni aqli zaiflardan oson ajratishga
imkon beradigan xususiyatlaridan biri, so‘z-mantiq tafakkur bilan ko‘rgazma-
obrazli tafakkur turlarining o‘zaro munosabati va rivojlanish darajalaridir
(G‘.B.Shoumarov).
RRS o‘quvchilarning so‘z-mantiq tafakkuri yetarli rivojlanmagan bo‘lib, ba’zi
holatlarda ularni yengil darajadagi aqli zaiflardan farqlay olmaslik mumkin.
Ammo, ularning ko‘rgazma-harakat va ko‘rgazma-obrazli tafakkur turlari aqli
zaiflardan keskin farq qilib, normal tengdoshlariga yaqinlashib boradi. Bu esa
ularning bilish faolyatlarida katta rivojlanish imkoniyatlari mavjudligi va ularning
bir qismi ma’lum ta’lim yillaridan keyin, maxsus ta’lim-tarbiya va davolash ishlari
natijasida o‘z normal tengdoshlariga yetib olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tafakkur turlarining bunday munosabati va notekisligi katta differensial diagnostik
ahamiyatga egadir. Ma’lum ob’ektlarni tahlil qilganda RRS o‘quvchilar normal
tenqurlariga nisbatan kamroq, lekin aqli zaif bolalarga nisbatan ko‘proq belgilarni
aniqlaydilar. Lekin, shu bilan birga ularning tahlil jarayoni rejasiz ravishda
bajarilganligi sababli ob’ektning ko‘pgina qismlari tushirib qoldiriladi. Ammo,
ularga o‘qituvchi tomonidan ma’lum yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin
o‘zgarish bo‘lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan
yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o‘zgarish bo‘lib, normal
tengdoshlariga yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda aqli zaif
bolalarda ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo, bu o‘zgarsh RRS
o‘quvchilardagidek katta bo‘lmaydi. Bu esa RRS o‘quvchilarning o‘z
taraqqiyotlarida rivojlanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga ega ekaniligini, ular
pedagogik yordamdan samarali foydalana olish mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
RRS o‘quvchilarda tafakkur jarayonlari: tahlil – tavsifdan tashqari
umumlashtirish, tasniflash, sistemalashtirish, taqqoslash darajalari jihatdan normal
va aqli zaif o‘quvchilar tafakkur jarayonlari orasida bo‘ladi. Berilayotgan vazifa
murakkablashgan sari RRS o‘quvchilarning tafakkur qilish saviyasi aqli zaif
bolalarnikiga yaqinlashib boradi. Tafakkurning boshlang‘ich sinflardagi taraqqiyot
dinamikasini o‘rgangan, kuzatgan T.V.Egorova boshlang‘ich sinf oxiriga kelib,
aksariyat holda RRS o‘quvchilar tafakkuri normal bolalar tafakkuri saviyasiga
yaqinlashganligini ko‘rsatadi. Bu yaqinlashish ayniqsa, RRS o‘quvchilar
tomonidan umumlashtirish va tasniflash jarayonlarida o‘z ifodasini topadi.
Tafakkur xususiyatlarini tekshirishda, faqat vazifani bajarish natijalari emas, balki
tafakkur qilish uslublariga ham alohida e’tibor berish kerak. RRS o‘quvchilar, aqli
zaif o‘quvchilarga nisbatan biron aqliy vazifani bajarayotganlarida birmuncha
samaraliroq usullardan foydalanadilar. RRS o‘quvchilar ma’lum vazifalarni
bajarish vaqtlarida aqli zaif o‘quvchilardan sifat jihatdan farq qiladilar.
Masalan, lobirint metodikasiga (Veksler metodikasida XII subtest) ko‘ra,
tekshiriluvchi chiziqlarni kesib o‘tmasdan, boshi berk burchaklarga kirmasdan
labirintdan chiqishi lozim. Shu labirintlardan chiqishda bir xil vaqt sarflagan aqli
zaif va RRS o‘quvchilarning bajarish uslubi taqqoslanadi. RRS o‘quvchilarga
nisbatan aqli zaif bolalar 2 marta ortiq xatolikka yo‘l qo‘yganlar.
Kichik maktab yoshidagi RRS o‘quvchilar tafakkurini rivojlanish darajasiga ko‘ra
3 guruhga bo‘lish mumkin (G‘.B.Shoumarov, 1979 y.).
Diagnostik yo‘nalishda I va III guruhdagi RRS bolalar birmuncha murakkablikka
ega. Birinchi guruhdagi RRS bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajratish
qiyin. Uchinchi guruhga kiradigan RRS bolalarni esa yengil aqli zaif bolalardan
farqlash qiyin. Bularning taraqqiyot darajasi, ruhiy rivojlanishining susayishi
chuqur, yaqqol ko‘zga tashlanib turganligi sababli aqli zaiflarga o‘xshab ketadi.
I guruh RRS o‘quvchilar aqliy faoliyat bo‘yicha normal darajaning quyi
chegarasidan joy oladi.
III guruh RRS o‘quvchilar aqliy faoliyati bo‘yicha normal daraja bilan aqli zaiflik
darajasining oralig‘ida bo‘ladi.
Shulardan birinchi guruhdagi bolalarning asosiy qismi, boshlang‘ich sinf yoshida
normal o‘quvchilarga tenglashib, maxsus maktabdan ommaviy maktabga
o‘tkazilishi va ommaviy maktabda ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin.
III guruhga kiruvchi o‘quvchilar ruhiy rivojlanishining sustligi nisbatan turg‘un
xarakterda bo‘lganligi sababli, o‘qishni maxsus maktablarda 8-sinfni bitirguncha
davom ettiradilar.
1982 yildagi T.A.Strekalova tekshirishlari asosida RRS o‘quvchilarni fikr yuritish
va xulosa chiqarish xususiyatlariga ko‘ra 4 guruhga bo‘lingan:
1) topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra normal bolalarga yaqin bo‘lgan
bolalar;
2) turli vazifalarni bajarishda ma’lum qiyinchiliklarga uchraydigan, ammo
mustaqil ishlay oladigan, yaxshi o‘quvchilik qobilyati bo‘lgan bolalar;
3) topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, normal bolalardan bir muncha
past, ammo aqli zaif bolalardan birmuncha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan
bolalar;
4) fikr yuritish va xulosa chiqarish xususiyatlariga ko‘ra aqli zaiflarga yaqin
bo‘lgan bolalar.
T.A.Strekalova ma’lumotlariga ko‘ra, RRS bolalar ko‘rgazma harakat tafakkur
turining rivojiga ko‘ra normal boladan kam farq qiladi. Ko‘rgazmali – obraz
tafakkur turi darajasi bo‘yicha normal bolalar bilan aqli zaif bolalar oralig‘idagi
darajani egalaydi.
RRS bolalar tafakkuriga oid ilmiy izlanishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak,
RRS bolalar tafakkurining quyidagi xususiyatlari mavjud:
1.
So‘z – mantiq tafakkur turining quyi darajadaligi bilan, nisbatan saqlangan
ko‘rgazma – obraz va ko‘rgazma – harakat tafakkur turlariga ega.
2.
Bilish jarayonlarining yaqqol sezilib turadigan notekis rivojlanganligi.
3.
Intellektual faoliyatlarning maqsadga muvofiqligining bir muncha
buzilganligi bilan xarakterlanadi.
4.
Tafakkurning inertligi, bo‘shligi, bir xil xarakterlarga moyilligi, tahlil-
tavsif jarayonlarining yaxshi shakllanmaganligi ko‘rinadi. Bunday xususiyatlar
aqli zaif o‘quvchilarda birmuncha chuqurroq xarakterga ega bo‘ladi.
5.
RRS bolalar aqliy masalalarni yechish vaqtlarida ko‘rsatilgan yordamdan,
aqli zaif bolalarga qaraganda unumliroq foydalanadilar.
6.
Intellektual aktivlikning yetarli emasligi.
7.
Berilgan ko‘rsatmani tushuna olish, ammo ko‘rsatma talablari asosida
faoliyatni to‘g‘ri tashkil eta olmaslik.
8.
Intellektual vazifalarni yechish vaqtida zarur hissiyot – irodaning
yetishmasligi, topshiriqlarni yechishning aktiv yo‘llarini qidirib topa olmaslik.
9.
RRS bolalarda aqliy ish qilish qobiliyatlari normal tengdoshlariga
qaraganda birmuncha pasaygan bo‘ladi.
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutq xususiyatlari
RRS bolalar nutqi normal bolalarga nisbatan rivojlanish, shakllanish nuqtai –
nazaridan birmuncha orqada qoladi. Ularda turli talaffuz kamchiliklari uchrab
turadi.
Tovushlar
talaffuzining
buzilishi,
tovush
obrazlarining
yetarli
shakllanmaganligi yozish va o‘qishda xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi.
RRS bolalar lug‘at boyligi birmuncha cheklangan bo‘lib, aktiv lug‘ati yetarli
rivojlnmagan bo‘ladi. Ular nutqidagi mavjud tushunchalar tor, noaniq ba’zan esa
noto‘g‘ri bo‘ladi. Grammatik umumlashtirishlar yetarli bo‘lmaganligi sababli,
yozuvda turli xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. RRS bolalar nutqini A.Yu.Panasyuk
tomonidan 1973 yilda mamlakatimiz tarixiy, milliy, madaniy, ijtimoiy sharoitga
moslashtirilgan Veksler metodiksi bilan tekshirganimizda subtestlar ichida
“lug‘at” bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar nutqida deyarli so‘z turkumlaridan ot va sifat uchramaydi.
Bolalardagi nutqning shakllanish muddati bog‘cha yoshida tugamasdan,
boshlang‘ich sinflar davrida ham davom etadi.
Boalar nutqida grammatik qoidalar deyarli ishlatilmydi. Grammatik tushunchalar
differensiatsiya qilinmaydi. Ko‘p hollarda ular “harf-tovush”, “bo‘g‘in so‘z”larni
chalkashtirib yuboradilar RRS o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari maxsus
psixologiyada yetarli o‘rganilmagan. RRS o‘quvchilarning qiziqishlari bog‘cha
yoshidagi bolalar qiziqishga o‘xshab ketadi. Shuning uchun o‘yin ular uchun asosiy
faoliyat rolini o‘ynaydi.
Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga bormasdan bog‘chada qolishni
hohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga nisbatan, o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari
ustunlik qiladi. O‘yinga bo‘lgan qiziqishining ustunlik qilganligi va o‘qishda
doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda
o‘qishga nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O‘z-o‘ziga ishonmaslik
xislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini baholashda haddan tashqari past
baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining shakllanib yetishmasligi,
hissiyot – iroda faoliyatlarida o‘quv faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilish
ehtiyojlarining shakllanmaganligida o‘z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, RRS
o‘quvchilarda intellektual faollik, qiziqishlar yetarli bo‘lmaydi. RRS o‘quvchilar
faoliyati o‘rganilganda, ularning o‘z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi,
xatti-harakatlarning normal bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi, o‘z-o‘zini
nazorat qilish saviyasining pastligi, o‘z imkoniyatlarini yetarli baholay olmasligi
va faoliyatlarini maqsad sari yo‘naltirishning yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.
G.I.Jarenkova RRS bolalar faoliyatini tekshirib, ularni 3 guruhga bo‘ladi.
Birnchi guruh: barcha RRS o‘quvchilarning deyarli yarmini tashkil qilib, har
qanday faoliyatga sekin kirishadigan, lekin ishga kirishganan keyin, ma’lum vaqt
samarali ishlaydigan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi;
Ikkinchi guruh: RRS bolalarning 32,3% ini tashkil qilib, asosan charchaydigan
o‘quvchilardan ibora bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi o‘quvchilar faoliyatga tez
kirishadilar. Dastlab, normal ishlab ma’lum vaqt o‘tgach, faoliyat samaradorligi
keskin pasayib boradi.
Uchinchi guruh: RRS bolalarning 17,7 %iini tashkil qilib, bular ham charchaydigan
bolalardan iborat. Turli faoliyatlarga I-guruhga kiruvchi bolalarga nisbatan tezroq
kirishadi, ammo ularning ish samaradorligi tezda, keskin pasayib ketadi. Maxsus
maktab o‘qituvchilari bu o‘quvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilib, ularga
nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari lozim. RRS bolalar shaxsiy
sifatlarning
ayrim
tomonlari,
ular
faoliyatining
o‘ziga
xos
tomonlari
V.I.Lubovskiy,
L.V.Kuznesova,
K.S.Lebedinskaya,
N.L.Belopolskaya,
G.I.Jarenkov, N.A.Menchinskaya, N.A.Julidova, N.N.Afanaseva va boshqalar
tomonidan o‘rganilgan va o‘rganilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
Lebedinskiy V.V. Narusheniya psixicheskogo razvitya u detey. M., 1984g.
Deti s ZPR. Pod red. Vlasovoy T.A. M.,1984g.
K.K.Mamedov, _G‘. B. Shoumarov. Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
haqida.T., “O‘qituvchi”. 1993y.
Shoumarov G‘. B., Mamedov K. “Aqli zaif bolalar psixologiyasi”. Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1998.
Zamskiy X.S. “Umstvenno otstalыe deti”. Moskva: “Prosveщenie”, 1995.
“Korreksionnoe obuchenie kak osnova lichnostnogo razvitiya anomalnыx
doshkolnikov”.Pod.red. Noskovoy. Moskva: “Prosveщenie”, 1989.
“Spesialnaya pedagogika”. pod red. N. S.Nazarovoy Moskva: “Vlados”, 2003
“Doshkolnaya oligofrenopedagogika”. Moskva: “Vlados”, 1998.
Binne A. “Izmerenie umstvennыx sposobnostey”. Moskva,1998.
Vlasenko I.T. “Osobennosti slovesnogo mыshleniya vzroslыx i detey s
narusheniyami rechi”. Moskva: “Akademiya”, 1990.