Ruboiylar vaznini aniqlash uchun avvalo she’rning har bir misrasini ifodali o’qish ,bu
jarayonda esa o’ta cho’ziq hijolarning o’qilishi,vasl hodisasiga alohida ahamiyat berish,yaxshisi
o’ta cho’ziq hijolar hamda vasl belgisini kechiktirmay,o’qish chog’idayoq qo’yib qo’yish
Ma’lumki,ruboyilar bir ,ikki,uch,to’rt vaznli asarlar sifatida yaratiladi,ya’ni har bir misra
alohida ma’qul.Shundan so’ng har qaysi hijoning cho’ziq yoki qisqaligi belgilanadi. bir vaznda
yozilishi mumkin.Shunga muvofiq har qaysi misra vazni alohida belgilanadi.
Vaznni aniqlash uchun avvalo ruboyi misrasining qaysi shajara vaznlarida bitilganini belgilab
olish lozim.Buning uchun oldingi uch hijo alohida rukn [sadr,ibtido] qilib ajratiladi.Agar u
mafoiylun aslining --v chizmasiga ega bo’lgan axram tarmog’i –maf’ulundan iborat bo’lsa ,misra
axram shajarasida yozilgani ma’lum bo’ladi.Bu holda ikkinchi rukn (oldingi xashf )ni to’rt hijoli
qilib ajratiladi va chizmaga ko’ra barcha ruknlarning turlari,nomlari aniqlanib,vazn
belgilanadi.Masalan,Boburning
Sen gulsenu men haqi bulbuldurmen
Sen shu’lasen ,ul shu’lag’a men quldurmen .
Nisbat yo’qdur deb ijtinob aylamakim ,
Shahmen elga ,vale sanga quldurmen.
ruboiysi vaznini aniqlab ko’raylik:
Birinchi misrani ifodali o’qib ,chizmasini chizamiz.
Sen gulse nu men haqir bulbuldurmen
_ - v v _ v- v _ _ _ _
Oldingi uch hijoni birinchi rukn qilib ajratamiz.<Sen gulse> rukni chizmaga ko’ra maf’uvli
tarmoq rukniga teng.Binobarin,misra axrab shararasi vaznlaridan birida yozilgan.Shuni hisobga
olib keying ikki rukn (hashflar)ni to’rt hijoli qilib <<-nu men haqi >>, <<r bulbuldur>>tarzida
ajratamiz.Chizmasiga ko’ra oldingi rukn mafoiylun (solim)ga teng.To’rtinchi rukn bir hijoli bo’lib
,fa’(abtar) tarmog’idan tashkil topgan.Barcha ruknlar belgilangach,vaznni aniqlaymiz:hazaji
musammani axrabi maqbuzi solimi abtar.
Ikkinchi misra ham axrab shajarasidan bo’lib,hazaji musammani axrabi makfufi solimi abtar
vaznida ekanini belgilaymiz.
Uchinchi misra chizmasini chizsak,
Nisbat yo’qdur deb ijtinob aylamakim
_ _ _ _ v _v _ _ v v _
ko’rinishida hosil bo’ladi.Birinchi uch hijoni ajratsak, misraning maf’ulun (- - -)tarmoq rukni
bilan boshlanuvchi, ya’ni axram shajarasi vaznlaridan birida yozilgani ma’lum bo’ladi.Shuni
nazarda tutib ikkinchi ruknni uch hijoli qilib <<tur deb ij>>,uchinchisini esa to’rt hijoli qilib
<<tinob ayla>> tarzida ajratib , avvalgisi foilun –(ashtar) ,keyingisi mafoiylu(makfuf)ga ,
to’rtinchi rukn esa faal-(ajabb)ga tengligini aniqlaymiz.Natijada misraning hazaji musammani
axrami axrabi makfufi ajabb vaznida yozilgani ma’lum bo’ladi.
Shu usul bilan oxirgi misraning hazaji musammani axrami ashtari solimi abtar vaznida
ekanligini aniqlaymiz.Binobarin,mazkur ruboiy axram va axrab shajaralariga mansub to’rt
vaznda yozilgani ayon bo’ladi.
Rukn-arabcha <<ustun>>ma’nosini bildirib,aruz o’lchov tizimi asosidagi she’riy baytlarni
tashkil qiluvchi kichik ritmik bo’lak hisoblanadi.
Baytlar to’rttadan 36 tagacha rukndan tashkil topishi mumkin.To’rt ruknli baytlar murabba
(<<to’rt ruknli>>ma’nosida ),olti ruknlarni musaddas (olti ruknli),sakkiz ruknlari musamman
(sakkiz ruknli),12 dan ortiq bo’lganlari (16,20,30,36)mutatavval (cho’ziq ruknli ,ko’p ruknli)deb
yuritiladi.(Qarang:<<Mutatavval>>).
Ruknlar har qaysi baytdagi o’rniga ko’ra ham turlicha nomlanadi:birinchi misraning birinchi
rukni sadr(rais,boshliq, ma’nosida ),oxirgi rukni aruz,ikkinchi baytning birinchi rukni
ibtido(boshlovchi ),oxirgisi-zarb,sadr bilan aruz,ibtido bilan zarb o’rtasida barcha ruknlar
sonidan qat’iy nazar hashv deb ataladi.
Baytlardagi ritmik bo’lakalrni o’lchash uchun qo’llanuvchi maxsus atamalar ham umumiy
tarzda rukn deb yuritiladi.Ular asosiy va tarmoq ruknlarga (asllar va furu’larga)bo’linadi.Aruzga
xos bahrlar tarkibini tashkil etuvchi asosiy sakkiz (ba’zi aruzshunoslar fikri bo’yicha o’nta
asosiy ruknlar asllar (afoiylu tafoiyl yoki avzoni mavozin)deyiladi.Ular uch hijoli
:faulun(chizmasi:v -~),foilun(~v-);to’rt hijoli :mafoiylun (v~ - -),foilotun(- v - -), mustaf’ilun (~~v
-),maf’uvlotu(- - -v);besh hijoli:mutafoilun (v v – v-)hamda mafoilatun (v -v v-)
ruknlaridir.Ushbu asllar mumtoz aruzshunoslik ilmiga ko’ra esa qisqa va cho’ziq hijolarning
turlicha tarkibidan hosil bo’ladi.
Yuqoridagi asllar she’riy baytlardagi turli tuman hajm va ko’rinishdagi ritmik bo’laklarni
o’lchash ,aniqlash uchun kifoya qilmaydi.Shuning uchun ularni turli xilda o’zlashtirib ‘ko’plab
tarmoq ruknlari (furu’lar)ni yuzaga keltiriladi.Bunday tarmoq ruknlar (furu’lar) Bobur ta’kidicha,
shaklan 40 xili o’zbek she’riyatida qo’llangan.
Salm faulun asliga xos zihoflardan birining nomi bo’lib,<<buzilish>>,<<nuqson yetkazish
>> ma’nolarini ifodalaydi.Bu xil o’zgarishga duch kelgan faulun aslining birinchi qisqa hijosi
tushirilib,qolgan <<ulun>>qismi o’ziga teng fa’lun (chizmasi:- -)tarmoq rukni bilan almashtirilib
,<<nuqsonli>>ma’nosid aslam deb yuritiladi.Ushbu furu’ mutaqoribi musammani
aslam,mutaqoribi musammani salami musabbag’ vaznlari tarkibidagi birinchi va uchinchi
,mutaqoribi musammani maqbuzi aslam vazni tarkibidagi 2- va 4-ruknlar o’rniga qo’llanadi.
Saram faulun asliga xos zihoflardan bo’lib ,<<oldingi tishni sindirish>>degan ma’noni
ifodalaydi.Bunday o’zgarishga duch kelgan faulun aslining birinchi qisqa hijosi tushirilib,oxirgi
,cho’ziq hijo qisqa hijoga aylantiriladi.Qolgan <<ulu>> qismi o’ziga teng fa’lu (chizmasi :-u)
tarmoq rukni bilan almashtirilib,<<tishi siniq>> ma’nosida asram deb yuritiladi.
Ushbu furu’ mutaqoribi musammani asram va mutaqoribi musammani asrami musabbag’
vaznlari tarkibidagi birinchi va uchinchi ruknlar o’rnida qo’llaniladi.(Qarang :<<Mutaqorib bahri
vaznlari>>).
Sari’ bahri aruzning asosiy o’lchov turlaridan bo’lib,uning asosini mustaf’ilun aslining
har misrada ikki marta ,maf’ulotu aslining bir marta takrori tashkil qiladi.Chunonchi ,ushbu
bahrning olti ruknli solim vazni ruknlari va chizmasi bir misrada
mustaf’ilun
mustaf’ilun
maf’ulotu
- - v - - - v - - - - v
tarzidadir.
Alisher Navoiy <<Me’zonul avzon >>da sari’ bahrining besh vazni haqida ma’lumot
berib,ularning har biriga misollar keltiradi.Bobur esa o’zining <<Muxtasar>>asarida <<sari’ bahri
o’n yetti vazn :o’n bir musta’mal ,olti muxtara’, bir vazn musta’mali matbu’>>ekanini ta’kidlab
,shu o’n yetti vaznga bittadan bayt keltiriladi.
Sa’rining vaznlari ko’p bo’lsa ham ,ulardan ikkitasigina she’riyatimizdan o’rin olgan bo’lib,bular
sari’i musaddasi matviyi makshuf hamda sari’i musaddasi matviyi mavkuf o’lchovlaridir.Oxirgi
hijoning cho’ziq yoki o’ta cho’ziqligi bilangina farqlanuvchi bu ikki vazn bir she’riy asarning
o’zida birgalikda qo’llanaveradi.
Sari’ bahrining she’riyatimizdan o’rin olishi Alisher Navoiy nomi bilan bo’g’liqdir.Uning
ijodiga qadar ushbu bahrda she’r yozish an’anasi o’zbek she’riyatida uchramaydi.Navoiy ushbu
ikki vazn asosida o’zining ikki g’azali ,bir fardini ,eng muhimi <<Hayratul abror>>dostonini
yaratib ,sari’ bahrining o’zbek adabiyotidan o’rin olishi va keng qo’llana borishiga kuchli ta’sir
ko’rsatdi.Bu sohada uning an’analarini Ogahiy,Muqimiy kabi shoirlar davom ettirdilar.Shoir
Habibiy ham ushbu vaznlarda o’zining g’azalini yaratgan.
SARI’ BAHRI VAZNLARI
Sari’i musaddasi matviyi makshuf she’riyatimizda ancha keng qo’llangan vaznlardan
bo’lib,ruknlari va chizmasi bir misrada
muftailun muftailun foilun
-v v - - v v - -v-
tarzidadir.Ko’rinib turibdiki,ushbu o’lchov tarkibida mustaf’ilun aslining matviy tarmog’i
muftailun hamda maf’ulotu aslining matviyi makshuf tarmog’i foilun ruknlari ishtirok etadi.
Ushbu she’riy o’lchov dastlab Nizomiyning <<Mahzanul asror>>dostonida qo’llangan
edi.<<Xamsa>>chilik an’anasiga ko’ra ozarbayjon shoiri izidan borgan Xisrav Dehlaviy ham,
Abdurahmon Jomiy ham ,Alisher Navoiy ham o’z <<Xamsa>>larining birinchi dostonlarida shu
o’lchovni saqlab qoldilar.Ushbu vazn lirik va hajviy she’riyatimizda ham ancha keng
qo’llangan.Chunonchi,Haydar Xorazmiyning <<Gulshani asror>>dostoni,Muqimiyning
<<Tanobchilar>>hajviyasi kabi asarlar ushbu vazn asosida yaratilgan.Mazkur vaznni Habibiy
ham o’z ijodida sinab ko’rgan edi.
Misollar:
Ohki ishq ayladi shaydo meni,
Soldi junun ko’yiga savdo meni
(Navoiy)
Odamiy ersang ,demagil odami
Oniki ,yo’q xalq g’amidin g’ami.
(Navoiy)
Ahli nazar shevasini so’z bilur ,
Nuri basar mevasini ko’z bilur.
(Haydar Xorazmiy)
Har nimakim istasa inson topar,
Topg’ali qasd aylasa imkon topar.
(Habibiy)
Sari’i musaddasi matviyi mavkuf she’riyatimizda ancha keng qo’llangan o’lchovlardan
biri.Uning ruknlari va chizmasi bir misrada
muftailun muftailun foilon
-v v - - vv -
-v-
tarzidadir.Ko’rinib turganidek,uning tarkibida mustaf’ilun aslining matviy tarmog’i –muftailun
hamda m af’ulotu aslining matviyi mavkuf tarmog’i-foilon ruknlari ishtirok etadi.
Misollar
Zulm o’zung’a fikrdur,ey xushyor,
Gum qil ani bo’lsa ani bo’lsa sanga hush yor.
(Navoiy)
La’ling erur behadu g’oyat laziz,
So’zing erur o’ylaki sharbat laziz!
(Munis)
Elga qilib lutfni in’om om ,
Ayladi ko’p dilni dilorom rom.
(Habibiy)
Shunisi ham ayonki,oldingi,sari’I musaddasi matviyi makshuf vaznidan ushbu o’lchov oxirgi
hijoning o’ta cho’ziqligi bilangina ajralib turadi.Ana shu xususiyatiga ko’ra mazkur vazn oldingi
o’lchov bilan bir she’rning o’zida qo’llanaveradi.Boshqacha qilib aytganda,g’azalning matla’
hamda qofiyalanuvchi misralari sari’i musaddasi matviyi makshuf vaznida bo’lsa,uning
qofiyalanmaydigan misralarida matviyi musaddasi matviyi mavkuf o’lchovi qo’llanishi yoki
aksincha bo’lishi mumkin.
Masalan,Habibiy qalamiga mansub
Etsa alam qaysi jasadga agar,
O’zi bilur,o’zga jasad bexabar.
Har kishining tomiga gar yoqsa qor,
Ne ishi bor o’zgani ,o’zi qurar
parchasining 1,2,4 misralari sari’i musaddasi matviyi makshuf ,uchinchi misra esa sari’i
musaddasi matviyi mavkuf vaznida yozilgan.
Masnaviy shaklida yozilgan asarlarning ayrim baytlari sari’i musaddasi matviyi makshuf
vaznida bo’lsa ,boshqa baytlari sari’i musaddasi matviyi mavquf vaznida bo’lishi mumkin.
Masalan,Alisher Navoiyning <<Hayratul abror>>dostonidagi
Bil munikim , sen dag’i bir bandasen ,
Ko’pragidin ojizu afgandasen.
Ermas alar tufrog’u sen nuri pok,
Xilqat alarg’au sanga –tiyra xok.
baytlarining birinchisi sari’i musaddasi matviyi makshuf,ikkinchisi esa sari’i musaddasi matviyi
mavkuf o’lchovidadir.
Shu tarzda ikkala vazn bir asarning o’zida almashinib qo’llanaveradi.Bu har bir she’r ikki
o’lchov asosida yoziladi,degan so’z emas,albatta.Ayrim she’rlar bir vazn asosida yozilishi ham
mumkin.
Solim arabcha <<sog’lom ,o’zgarmagan>>degan ma’nolaridagi so’z bo’lib ,aruz tizimi
asosi bo’lgan ruknlar sifati,holatini ifodalash uchun qo’llanadi,vaznlarni tashkil qiluvchi asllar
o’zgarishiga duch kelmagan bo’lsa ,solim sanaladi.Barcha ruknlari solim bo’lgan,ya’ni barcha
ruknlari u yoki bu aslning o’zidangina tashkil topgan vazn ham solim deb yuritiladi.Masalan
<<Boburning
Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,
Ko’rub rahm aylagil ,ey lolarux bu chehrai zardim
bayti bilan boshlanuvchi ga’zali hazaji musammani solim vaznida yozilgan sanaladi.CHunki
ushbu
baytni tashkil etuvchi sakkiz rukning har biri mafoiylunning solim ko’rinishi-mafoiylunga
teng.Uni ruknlarga ajratsak
Xazon yapro-g’i yanglig’ gul- yuzung hajri- da sarg’ardim
Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
Ko’rub rahmay –lagil ,ey lo-larux bu cheh –rai zardim
Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
manzarasi hosil bo’ladi.Demak,baytdagi barcha ruknlar mafoiylunning solim ko’rinishiga teng
bo’lgani uchun vazn ham solim deb ataladi.
Tavil bahri (<<tavil>>so’zi arabcha bo’lib ,<<uzun>>degan ma’noni ifodalaydi)aruzning
asosiy o’lchovlaridan biri bo’lib ,faulun hamda mafoiylun asllarining ketma-ket takroriga
asoslanadi.Masalan ,uning sakkiz ruknli solim ko’rinishi har misrada
faulun mafoiylun faulun mafoiylun
v - - v - - - v - - v - - -
ruknlari va chizmasidan tashkil topadi.
Navoiy <<Mezonul avzon>>da tavil bahriga mansub tavili musammani solim vaznigagina
to’xtalib unga
Firoqingda jon berdim,boshimg’a qadam yetkur,
Agar xud tirik ermas,u yolg’on dedim o’ltur.
baytini misol qilib keltirgandi.Bobur o’zining <<Muxtasar>>asarida ushbu bahrning olti vazndan
iborat bo’lib ,ulardan ikkitasi musta’mal ,to’rttasi muxtara’,ikki vazn musta’mali matbu’
ekanligini ta’kidlaydi va har qaysi vaznga misollar keltiradi.
Tavil bahri arab aruziga maxsus o’lchovlaridan sanalgan va fors –tojik ham turkiy
she’riyatlarda deyarlik qo’llanmaydi.Ayrim o’zbek shoirlarigina ushbu bahr vaznlarida she’rlar
yaratib ,ularning ohang imkoniyatlarini sinovdan o’tkazganlar.Shulardan biri Alisher Navoiy edi.
TAVIL BAHRI VAZNLARI
She’riyatimizda tavil bahrining birgina o’lchovidan foydalanilgan.Ushbu vazn tavili musammani
solim sanaladi.
Tavili musammani solim vazni she’riyatimizda juda kam qo’llangan o’lchovlardan
bo’lib,ruknlari va chizmasi bir misrada
faulun mafoiylun faulun mafoiylun
v - -
v - - -
v - -
v - - -
tarzidadir.Qisqa va cho’ziq hijolar tarkibiga ko’ra yoqimli ohangga ega bo’lmagan ushbu vazn
umuman turkiy she’riyatga muvofiq tushmaydigan o’lchovlardan sanaladi.Shunga qaramay
ayrim ijodkorlar uning vazn-ohang imkoniyatlarini sinab ko’rish maqsadida bir-ikki g’azal yozib
ko’rganlar.Ushbu o’lchovda birinchi bo’lib she’r bitgan shoir Alisher Navoiy bo’ldi.Uning
<<Xazoyinul maoniy>>asaridan o’rin olgan uch she’r ,ya’ni
Labing chashmayi hayvon , qading ruhi insoni,
Bu obu havo birla birining yo’q imkoni.
Zihi qaddi nahlingdek xijil sarv bo’stoni,
Xat ichra labingdin munfail rohi rayhoni.
Yuzungdek qamar yo’qdur, qadingdek shajar yo’qdur,
Shajar bo’lsa ham anda,labingdek samar yo’qtur.
matla’li g’azallari ana shu o’lchov asosida yaratilgan edi.
Taznib<<dum yasamoq>>degan ma’noni ifodalovchi aruz atamasi bo’lib ,so’zlarni u yoki
vaznga muvofiqlashtirish uchun ularga biror harfni orttirish usulini ifodalaydi.Bu usul
qo’llanganda:
1.Ba’zi so’zlar tarkibiga biror unli harf kiritiladi.Masalan:
Itobu javru jafog’a dog’i kerak insof,
Ayitki ,necha mening jonima jafo qilg’ung
(Lutfiy)
Ey vujud ,ul tor og’zdan hech bo’lsang,ne ajab,
Ushbu yo’lda yuruganlarga1 adamdin chora yo’q.
(Lutfiy)
Ey yuzi oyina emin ko’ngulung oyinidin
Muning bikin kishining kuydirur jahon ohi.
(Sakkokiy)
Parda yopqoch yuzga ,tutti qon yoshim ofoqni,
Mehr uyoqqanda ufuq sori yoyig’ondek shafaq
(Navoiy)
2. Shakar ,umid ,sihat,humor kabi so’zlar o’rtasidagi undosh qo’shaloqlashtiriladi.
Misollar:
Irnikki qalam tilini shirinligi yordi,
Shakkar dedim ondinki samar so’z kelishidin.
(Lutfiy)
bayti boshidagi shakar so’zi o’rtasidagi undosh ikkinchi misra hashvida qo’shaloqlashtirilib
shakkar tarzida o’qiladi.
Ayrim so’zlar o’rtasidagi yakka undosh ba’zan vazn talabi bilan qo’shaloqlashtirilib
o’qilishi mumkin .Masalan,Ogahiy qalamiga mansub
Shakar demak g’alatdur la’linga jonbaxshlik ichra,
Misollar
Hajr navmid erkonimda o’rtar ummidida shavq,
Vahki, yo navmidlig’ aylar halokim yo umid.
(Navoiy)
Durkashlar ichra mendin forig’i gar yo’q ,ne tong,
Chun xarobat ichra yo’q mendin kishi xummorroq.
(Navoiy)
La’l uza xat ichra xolingdur nihon ,yo hinduye
Sabzada yoshundi shakkar qasdida aylab kamin
(Navoiy)
Darhol xasta jismim sihhat topar labining
Gulqandidan ichirsa bir qatravor sharbat.
(Ogahiy)
3.Qad,xat,dur kabi so’zlarga biron egalik qo’shhimchasi qo’shilganda,shu so’zlar
o’zagidagi keyimgi undosh qo’shaloqlashtiriladi.Masalan:
Ul rost qadding sarvtek ingratti nayni har nafas
Shirin labing og’zing bikin qildi shakar
ayshini tang.
(Lutfiy)
Ul yoshung’ay zulmat ichra, bu falakdin yonmag’ay
Ko’rsalar xattu labingni nogahon Xizru Masih.
(Navoiy)
Durru gavhar oldida tufroq misilliq xordur,
Kimki farq idrok eta olmas duru tufroq aro.
(Ogahiy)
Tayy zihof nomi bo’lib ,<<yig’ish>> degan ma’noni anglatadi.Bu xil o’zgarishga duch kelgan
mustaf’ilun aslining ikkinchi cho’ziq hijosi qisqa hijoga aylantiriladi,qolgan mustaf’ilun qismi
o’ziga teng muftailun (chizmasi :- v v-) tarmoq rukni bilan almashtirilib,<<yig’ilish>>
ma’nosida matviy deb yuritiladi.Ushbu furu’ rajaz, munsarix va sari’i bahrlariga mansub olti
vazn tarkibidagi 1,2,3- ruknlar o’rnida ishtirok
etadi.(Qarang:<<Rajaz>>,<<munsarix>>,<<Sari’i>>).
1. Tarkibida juft undosh qo’llanuvchi ikki, yetti, sakkiz,to’qqiz,qattiq, issiq, hamma kabi
so’zlar o’rtasidagi undoshlardan biri tushiriladi.Masalan:
O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab ,chun sarvnozim o’n sakkiz yoshingdadir.
(Navoiy)
Chu o’n sakkizga yetti yoshing,ol burqa’ jamolingdin,
Ki o’n sakkiz ming olam o’n sakkiz yoshingdin aylansin.
(Ogahiy)
Hama obod bo’ldi, bo’lmadim obod dastingdan,
Ki man har qayga borsam, dod etarman,dod dastingdan.
(Mashrab)
O’shal daryoni mavjidur tabassum,
Qattiq kulgisi qilg’onda talotum.
(Furqat)
Bo’ldi sitorasi isig’ xulqiga mehri yori garm,
Manda isig’ sitora yo’q , bo’lmasa bo’lmasin netay.
(Ogahiy)
2.Suv,gavhar kabi so’zlar hamda yuvmoq fe’li bilan bog’liq so’zlar tarkibidagi <<v>>
undoshi tushiriladi.Masalan:
Su bersa o’yla afzorig’a ustod
Yuz il xoro demaykim yo’nsa po’lod.
(Navoiy)
Chun yudi ko’zlar savobin ashk,yorut ko’z ochib,
Kim diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.
(Navoiy)
Vah ne yanglig’ bilgusi hayvon go’harning qadrini,
Kim topar haz etsa ul kunjarau somong’a so’z .
(Ogahiy)
3.Yiroq,yil kabi so’zlar tarkibidagi <<y>>undoshi tushiriladi.
Yordin ,e raqib ,bizni necha boshqa tutarsen,
Jon bersam iroqlik bo’ynungga vubolim.
(Lutfiy)
May ichki, anglamag’lar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz il istixora qilg’aylar.
(Lutfiy)
4.Qilmoq,ko’rmoq ,sog’inmoq kabi fe’llarni hozirgi kelasi zamondagi ifodasida <<y>>
undoshi tushiriladi.
Necha la’lingdin mening bag’rim to’la qon qilg’ansen ,
Xotirimni necha zulfingdin parishon qilg’ansen.
(Bobur)
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’ribdurkim ,men oldin
ko’rgamen.
(Bobur)
Qilg’onsen ul moh mehrin oshkor ,
Subh yanglik pok domon,marhabo.
(Nodira)
5.Ko’p holatlarda shoirlarning <<iy>>qo’shimchasini olgan taxalluslaridagi <<y>> undoshi
tushiriladi.
Masalan:
Soching bilan yuz yopmag’ilu Lutfig’a ko’rguz,
Kun ,ore,buluttin ochilur,yaxshi ko’rinur.
(Lutfiy)
G’amzangiz qon to’kkali qasd etsa har dam ul zamon,
La’lingizdan ko’p bo’lur Sakkokig’a jon minnati.
(Sakkokiy)
Yig’lar Muqimi tokay,topmas murod naylay,
O’ynayligi kulaylik,eson-omon bo’laylik.
(Muqimiy)
Ushbu taxalluslarni mazkur baytlarda Lutfiyga ,Sakkokiyga, Muqimiy tarzida yozilsa va
shunday o’qilsa,vazn buzilishi muqarrar.
Ba’zida Uvaysiy taxallusining Vaysiy,Vaysi tarzida oldingi <<u>> unlisining tushirilib
o’qilishini kuzatamiz.
Vaysi sha’nig’a munosib ko’rsakim har qancha so’z
Ming zabon paydo bo’lur aytsa yano bo’lsa oz.
…..Vaysidinkim muntazirlig’ni demang siz,sahldur.
Bag’ri qon oludai giryona diydam muntazir.
6.Ba’zan ingichka kabi so’zlardagi ikki harf tushirilib,inchka tarzida yoziladi.
Masalan: