SABZAVOT EKINLARI VA MEVALI DARAXTLARNI O‘G‘ITLASH
TIZIMI
Reja
1. Sabzavot ekinlarini oziqlanish asoslari.
2. Sabzavot yetishtirishda mineral o’g’itlarning ahamiyati va alohida ekinlarni
o’g’itlash.
3. Mevali daraxtlarni oziqlanish asoslari.
4. Mevali daraxtlari o’g’itlash tizimi, mevali daraxt ko’chatlarini o’g’itlash.
Kalit so’zlar: sabzavot ekinlarini oziqlanish va o’g’itlash, pomidorni
o’g’itlash, karamni o’g’itlash, piyozni o’g’itlash, mevali daraxtlarni o’g’itlash,
daraxt ko’chatlarini o’g’itlash
Sabzavot ekinlarini o’g’itlash tizimi: asosiy o’g’itlash, uyalab o’g’itlash va
oziqlantirish, ushbu o’g’itlashda o’g’itlar me’yori, qo’llash muddati va usullari.
Mahalliy o’g’itlarni qo’llash me’yorlari, muddati va usullari. Mineral va mahalliy
o’g’itlarni birgalikda qo’llash, ulardan aralashmalar tayyorlash. Rejalashtirilgan hosil
uchun o’g’itlar miqdorini belgilash, o’g’itlar miqdorini tuproqxususiyatlari bo’yicha
taqsimlash va ularni agrokimyoviy haritanoma bo’yicha to’g’rilash, azotli, fosforli va
kaliyli o’g’itlar me’yorlarini tuproqtipi va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha to’g’rilash,
ko’p yillik o’tlardan keyin o’g’itlar me’yori. Sabzavotchilikda qo’llaniladigan
o’g’itlarni hosil sifatiga va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri.
Sabzavot ekinlari boshqa dala ekinlariga nisbatan tuproqunumdorligiga,
haroratga, nam miqdoriga hamda oziqlanishga juda talabchan bo’ladi.
Sabzavot ekinlarining ildiz tizimi asosan tuproqning haydalma qatlamida
joylashgan bo’ladi. Ularning ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishini hisobga olib, bu
ekinlarni unumdor, chirindi miqdori 1,5-2 %, fosfor va kaliy 1 kg tuproqda 20-30 va
250-300 mg bo’lgan yerlarda ekish tavsiya etiladi.
Sabzavot ekinlari oziq moddalar eritmasiga juda sezgir bo’lib, ularning
tuproqeritmasining konsentrasiyasiga bo’lgan talabiga qarab 2 guruhga bo’lish
mumkin: 1) yuqori chidamli – bu lavlagi, pomidor, karam; 2) kam chidamli: sabzi,
piyoz, bodring.
Barcha sabzavot ekinlari tuproqdan ko’plab oziq moddalarni va CO2 ni
o’zlashtiradi, bunga sabab, ko’plab quruq modda hosil qilishdir.
Shuning uchun ham oziq moddalarni o’zlashtirishiga qarab sabzavot ekinlari
qo’yidagi 4 guruhga bo’linadi:
1) Yuqori miqdorda o’zlashtiruvchi ekinlar – o’rtangi va kechki karam;
2) O’rtacha – pomidor, bodring, piyoz;
3) Kam – lavlagi, sabzi;
4) Juda kam – sholg’omcha.
Turli sabzavot ekinlari tuproqdan oziq moddalarni turlicha o’zlashtirish
xususiyatiga ega. Bu ko’rsatkich vegetasiya davrining uzun – qisqaligiga, ildiz
Sistemasining tuzilishiga va boshqa biologik xususiyatlariga bog’liq. Masalan, karam
oziq moddalarni tez o’zlashtirsa, piyoz, sabzi, lavlagi esa aksincha juda sust
o’zlashtiradi, pomidor har ikkalasining oralig’ida.
Sabzavot ekinlari berilgan o’g’itlardan ham oziq moddani turlicha
o’zlashtiradi:
N
P2O5
K2O
Kechki karam -
60
30
80
Ertangi karam -
50
20
70
Bodring -
40
9
26
Sabzavot ekinlari tuproqdagi oziq moddalar nisbatiga ham turlicha talabchan
bo’ladi. M: karam uchun birinchi o’rinda azot bo’lsa, ertapishar sabzavot ekinlari
uchun, avallo juda ko’plab fosfor kerak bo’lsa, qishda uzoq muddatda
saqlanadigan ekinlar uchun esa fosfor va kaliy kerak bo’ladi.
Ko’plab sabzavot ekinlari tuproqeritmasining reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki
neytralga yaqin bo’lgan muhitni yoqtiradi.
Sabzavot ekinlari tuproqtarkibidagi harakatchan alyuminiy miqdoriga juda
talabchan bo’lib, uning miqdori 100 g da 3-4 mg dan kam bo’lmasligi kerak, ba’zi
ekinlar uchun (piyoz, chesnok) 1 mg dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Qishloq xo’jaligida mahalliy o’g’itlar avvalo sabzavot almashlab ekish dalalari
uchun ajratiladi. Turli tuproqzonalarida sabzavot ekinlari uchun har gektariga 20-60
tonnagacha go’ng qo’llaniladi.
Tuproqeritmasining reaksiyasiga sezgir bo’lgan sabzavot ekinlari: sabzi, piyoz,
bodring organik o’g’itlarga juda talabchan bo’ladi. Lekin bu ekinlar uchun yangi yoki
chirimagan go’ngni qo’llash tavsiya etilmaydi, go’ng ularni ildizmevasini shoxlanib
ketishiga sabab bo’lib uning sifatini buzadi.
Shuning uchun ham piyoz uchun chirigan go’ngdan gektariga 30-40 t. Berish
kerak. Bodring uchun aksincha, chirimagan yangi go’ngdan 60 t/ga berish tavsiya
etiladi. Ertangi karam uchun go’ngni samaradorligi kam, chunki vegetasiya davri
qisqa.
Sabzavot ekinlari uchun, vegetasiya davri uzoq bo’lsa yarim-chirigan go’ng
berish kerak, ertangilari uchun esa yaxshi chirigan go’ng berish kerak yoki ularni
go’ngni keyingi ta’siriga ekish kerak.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, organik o’g’itlarni sabzavot
almashlab ekish dalasida birinchi navbatda bodring, keyin piyoz va karam (kechki va
o’rtangi) uchun berish kerak. Yengil mexanikaviy tarkibga ega bo’lgan qumloq
yerlarda go’ngni bahorda, og’ir mextarkibli tuproqlarda esa kuzda shudgorlashdan
oldin berish tavsiya etiladi.
Tajribalarda aniqlanishicha, yerga solingan har 1 tonna go’ng pomidor hosilini
170-180, karam hosilini 150-160, kartoshka hosilini 85 – 90 va poliz ekinlari hosilini
180-190 kg ga oshirar ekan.
Xo’jalikda mahalliy o’g’itlar manbalari aniqlangandan keyin go’ng aylanish
(oboroti) rejasi tuzilib, unda dalalar bo’yicha organik o’g’itlarni solish navbati
ko’rsatiladi. Shu joyda bedapoya buzilgandan keyin to’rtinchi yili gektariga kartoshka
ekiniga 50-60, sabzavotlarga 70-75 va poliz ekinlariga 80-90 tonna go’ng ishlatish
rejalashtiriladi.
Go’ng almashish tizimiga kirmagan maydonlarga har yili muntazam ravishda
kamida gektariga 20-25 tonna organik o’g’itberilishi kerak. O’simliklarni o’suv
davrida ularni oziqlantirish maqsadida mineral-organik o’g’itlar berishda chiritilgan,
yarim quruq va elangan go’ngdan foydalaniladi. Bunda har 1 kg ammiakli selitraga 2-
2,5 kg elangan quruq go’ng aralashtirib solinadi yoki 1 tonna ammofos 1,5-2 tonna
go’ngga aralashtirib beriladi.
Yerlarni shudgorlash oldidan, odatda yoz-kuz davomida to’plangan organik
o’g’itlar solinadi. Qish va bahor oylarida to’plangan va chirishga ulgurgan
go’ngdan yozda ekinlarni oziqlantirish paytida foydalaniladi. Xo’jaliklarda yozgi
oziqlantirish mavsumida qo’y qiyi va parranda go’ngi mavjud bo’lsa, u vaqtda
ulardan ekinlarni mineral o’g’itlar bilan oziqlantirishda foydalaniladi. Bu o’z
navbatida hosildorlikni oshirish va sabzavot ekinlari hosili sifatini yaxshilashda
katta ahamiyat kasb etadi.
Har xil sabzavot ekinlari uchun tuproq tiplari bo’yicha biron bir oziq
elementining yetishmasligi nomayon bo’ladi.
Mineral o’g’itlarning samaradorligi bo’yicha sabzavot ekinlarini qo’yidagicha
joylashtirish mumkin: lavlagi, karam, pomidor, bodring va piyoz. Turli xil tuproq-
iqlim sharoitida olib borilgan tajirbalarning ko’rsatishicha har qaysi elementdan 60-90
kg/ga berganda sabzavot ekinlaridan qo’yidagicha qo’shimcha hosil olish mumkin:
- karam
- 18 kg;
- lavlagi - sabzi - 12-15 kg;
- pomidor
- 12 kg;
- bodring
- 11 kg;
- piyoz
- 7-8 kg.
Sabzavot va poliz ekinlarini vegetasiya davrida yaxshi oziqlanishini ta’minlash
uchun, ya’ni o’simlikning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini yoshlik davridan
qondirish maqsadida o’g’itlar yillik me’yorini bir qismini yosh nihollarga yaqin
solish, asosiy qismi esa o’simlik oziq moddaga talabi oshgan vaqtda solish kerak.
Mineral o’g’itlarning asosiy qismini yerlarni asosiy ishlash vaqtida 25-30 sm
chuqurlikda berilgani ma’qul. Sabzavot ekinlari odatda dastlab tuproqqa 25-30 sm
chuqurlikda solingan o’g’itlardan, ya’ni dalada ko’karib chiqqanidan keyin 20-30 kun
o’tganda foydalana boshlaydi.
Sabzavot ekinlarining biologik xususiyati, ekish va o’tkazish usullari,
shuningdek tuproqning xossasiga qarab o’g’itlarni qo’yidagi muddatlarda berish
tavsiya etiladi:
Pomidor. Bedapoya buzilib birinchi yili ekilganda beriladigan azot normasi 20-
25% ga kamaytiriladi va azot bilan fosforning o’zaro nisbati fosfor foydasiga
oshiriladi.
Fosforli o’g’itlarning yillik normasini 70% ni va kaliyni 50% ni yerlarni asosiy
ishlash paytida solish kerak. Fosforli o’g’itlarning qolgan qismi sug’orish jo’yaklarini
ochishdan oldin beriladi. Kaliyni qolgan 50% ekinlarni ikkinchi marta oziqlantirishda
azotli o’g’itlarga qo’shib solinadi. Azotli o’g’ityillik normasini 10-15% ko’chatlarni
dalaga o’tkazishdan oldin, qolgan qismi teng 2 ga bo’linib, ko’chatlar tutgandan keyin
yoppasiga hosil to’plash davrida beriladi.
101 - jadval
O’g’it me’yorlarini pomidor hosildorligiga ta’siri ,s
Ko’rsatkichlar
O’g’itsiz
N60P100K100
N90P100K100
N120P100K100
Hosil, s/ga
306,0
362,0
392,0
438,0
Quruq modda, %
5,4
5,8
5,7
5,6
Nordonlik, %
0,37
0,32
0,32
0,39
Vitamin s miqdori, mg-%
27,0
29,1
29,0
29,3
Karam. Go’ng gektariga 20 t hisobida beriladi. U ko’p yillik o’tlar o’rniga
birinchi marta eqiladigan bo’lsa, u vaqtda n o’g’ityillik normasi 20-25% ga
kamaytiriladi.
100 s karam hosili bilan tuproqdan o’rtacha 31 kg azot, 12 kg fosfor va 40 kg
kaliyni olib chiqib ketadi. Eng ko’p oziq moddalari karambosh shakllanayotgan
davrda o’zlashtiriladi.
Karam sepma usulda va ko’chat qilingan holda yetishtirilishi mumkin.
Ko’chatlar muhit (pH) – 6-7 bo’lgan qo’yidagi tarkibli maxsus aralashmada (75 foiz
torf, 22 foiz chirindi, 2-3 foiz qoramol go’ngi) yaxshi rivojlanadi. Bir kvadrat metr
maydon uchun mahalliy o’g’itlarga 1,5 kg ammiakli selitra, 1,7 kg oddiy super-fosfat,
0,6 kg kaliy xloridi, 0,5-1,0 bura va 0,4 g ammoniy molibdat qo’shiladi.
Karam uchun beriladigan o’g’itlarning normalari va muddatlari qo’yidagicha
bo’ladi: yerlarni asosiy ishlashdan oldan organik o’g’itning hammasi, fosforni 70-
75%, kaliyni 50% beriladi fosforni qolgan 25-30% kuchatni o’tkazishdan oldin,
kaliyni 50% azotli o’g’itlarga aralashtirib karam bosh o’ray boshlaganda beriladi.
Azotni 10-15% kuchat o’tkazishdan oldin qolgan qismi 2 muddatda kuchat tutib
ketishi va karam boshlay boshlaganda beradi.
Piyoz. Bu ekini oziq moddalarga bo’lgan talabini bir tekisda ta’minlash uchun
o’g’itlar 2 muddatda: fosforli o’g’itlarni 75% va kaliyni hammasi yerlarni asosiy
ishlashdan oldin, fosforni qolgan qismi yerlarni ekishga tayorlash vaqtida beriladi. N
o’g’itlar 2 muddatda: o’simlik 1-2 ta barg chiqarganda va piyoz boshlari shakllana
boshlaganda solinadi.
Sabzi. Fosforni 70-75% kaliyni hammasi asosiy ishlashdan oldin, fosforni
qolgan qismi ekishdan oldin solinadi. N li o’g’itlarni hammasi vegetasiya davrida
birinchi oziqlantirish 2-3 ta borg yozganda va ildizmeva shaklana boshlaganda
solinadi.
Bodring. Bodring tuproqning oziqa rejimiga juda ham talabchan sabzavot ekini
bo’lib, buni qo’yidagicha izohlash mumkin:
-
Birinchidan, vegetasiya davri ancha qisqa, turli navlarda 40-75 kunni tashkil
etadi;
-
Ikkinchidan, boshqa sabzavot ekinlaridan farqli ravishda o’g’itlar tarkibidagi
oziq elementlarini juda kam o’zlashtiradi;
-
Uchinchidan, ildiz tizimi ancha kuchsiz shakllangan.
Bodring 100 s hosili bilan tuproqdan 28 kg azot, 19 kg fosfor va 44 kg kaliyni
o’zlashtirib ketadi. Rivojlanishning dastlabki 10-15 kunlarida azot va fosfor, 30 kun
mobaynida kaliyni sekin o’zlashtiradi. Oziq moddalarni eng ko’p o’zlashtirilishi
hosilning shakllanish davriga to’g’ri keladi. Bodring tuproq eritmasining
konsentrasiyasiga juda sezgir bo’lganligi sababli, mineral o’g’itlarning yillik
me’yorini bo’lib-bo’lib berish kerak.
Organik o’g’itlarni yillik normasini hammasi, P ni 70-75%, k ni hammasi
yerlarni asosiy ishlash paytida, P ni qolgan qismi va n o’g’itlarni 10-15% ekish bilan
birga beriladi. N o’g’itni qolgan qismi uchga bo’linib: 1 chisi 2-3 ta barg paydo
qilganda, 2-chisi naychalay boshlaganda, 3-chisi 2-3 marta terim o’tkazilganda
beriladi.
Mikroo’g’itlardan foydalanilganda sabzavot va poliz ekinlarning urug’larini
ekishdan oldin mikroelementlar bilan ishlash va ularni bu xildagi mikroo’g’itlar bilan
ildizi orqali va ildizdan tashqari oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. Tuproqni
mikroo’g’itlar bilan ishlashda ularni qo’yidagi normada qo’llash tavsiya etiladi:
Sabzavot almashlab ekishda eng yuqori unumdorlik mineral va organik
o’g’itlarni birgalikda qo’llash natijasida hosil bo’ladi. Birinchi navbatda go’nga
nisbatan qo’shimcha azotli o’g’itlarni qo’llash kerak bo’ladi.
Sabzavotchilikda tuproqni haddan tashqari qayta-qayta ishlash tuproqdagi
gumus-chirindi zahirasini parchalanishini kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida yerdan
foydalanishning dastlabki yilida tuproqunumdorligini keskin oshishiga va keyingi
yillarda esa aksincha pasayib ketishiga olib keladi.
Mahalliy va mineral o’g’itlarni birgalikda qo’llash natijasida hosildorlikni
oshirish bilan birga tuproqda ko’p miqdorda organik qoldiqlar to’plash imkonini
berib, bu tuproqunumdorligini bir me’yorda saqlashdan tashqari, unumdorlikni
yanada oshiradi.
Almashlab ekishda qo’llaniladigan o’g’itlar hissasiga bunyod etiladigan hosil har
qaysi ekin bo’yicha 50-55 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ekinlarga beriladigan
o’g’itlar mahsulot sifatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi: ta’mini yaxshilaydi, vitaminlar,
uglevodlar, quruq modda va h.k miqdorini oshiradi.
O’zbekistonning tuproq sharoiti nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi va
o’g’itlardan tabaqalashtirilgan tartibda foydalanishni taqoza qiladi.
O’g’itlash tizimi faqat yerga solinadigan mineral va mahalliy o’g’itlar
me’yorlari, muddatlari va usullari, ularning o’simlikning biologik xususiyatlari,
rejalashtirilgan hosil, tuproq-iqlim sharoitlari, oldingi yili o’stirilgan ekinlarning turi,
ularga berilgan o’g’itlar miqdoriga bog’liq holda o’g’itlardan foydalanish rejasinigina
emas, balki ishlab chiqilgan tizimini samarali joriy etish imkonini beradigan tashkiliy
choralar (o’g’itlarni saqlash, ularni qo’llashni mexanizasiyalashni) ham qamrab olishi
kerak.
O’g’itlardan foydalanish rejalari odatda agronomlar tomonidan brigada
boshliqlari ishtirokida oldindan dalalarni kuzdan kechirib, tuproqsharoiti to’g’risidagi
ma’lumotlar to’plangandan keyin tuziladi. Yerga solinadigan mahalliy va mineral
o’g’itlar me’yorlarini belgilashda har qaysi uchastkaning xususiyati, xo’jalikda
mavjud bo’lgan mahalliy o’g’itlar miqdori va keltiriladigan mineral o’g’itlar hisobga
olinishi shart.
Mevali daraxtlarni o’g’itlash
Mevali daraxtlar hayotining davomiyligi, yer ustki va ildiz tizimining tez
rivojlanishi bilan boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridan farq qiladi. Urug’i va danagidan
ko’payadigan mevali daraxtlar ildiz tizimining rivojlanishi bo’yicha bir-biridan keskin
farqlanadi. Masalan, olcha, gilos, olxo’ri kabi danakli mevali daraxtlarning ildizi
urug’li mevalilarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlanadi.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimini tarqalish diametri ular tanasi diametridan 3-4
marta katta. Ko’pchilik hollarda ildizning tarqalish diametrini aniqlashda daraxt
yoshini ikkiga bo’lish usulidan foydalaniladi. Odatda daraxtlarning o’q ildizlari
tuproqprofili bo’ylab 10 m va undan ham chuqurlikka yetadi.
Mevali daraxtlarning rivojlanishiga tuproqdagi oson eriydigan tuzlar, birinchi
navbatda azotning konsentrasiyasi kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gilos, olcha, shaftoli, o’rik,
olxo’ri va boshqalar mo’tadil, olma, nok, smorodina kabilar kuchsiz nordon muhitda
yaxshi hosil beradi.