SALIB YURISHLARI
MUNDARIJA
KIRISH.……………………………………………………………………….……...3
I BOB. SALIB YURISHLARINING SABABLARI VA YURISHLARI.……...…6
1.1. Salib yurishlarining boshlanishi sabablari………………………………....…......6
1.2. Dastlabki salib yurishlari va ularning natijalari………………………….….. ....13
II BOB. SALIB YURUSHLARNING YAKUNLANISHI VA UNING
NATIJALAR...............................................................................................................20
2.1. XIII asrda amalga oshirilgan salib yirushlari va diniy ritserlik orderlari…..........23
2.2. So`nggi salib yirushlari va ularning natijalar………………………...………….27
XULOSA………………………………………………………………................….31
ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………………………………………..33
ILOVALAR………………………………...……………………………………….34
KIRISH
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek davlatchiligi tarixiga katta
e'tibor qaratila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix
instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori o‘zbek davlatchiligi
tarixida muhim iz qoldirdi. O`zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti I.
Karimovning bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida
bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasining
yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qildi. Unda “ilmiy nuqtai nazarga
tayangan davlatchilik tarixini yaratish” asosiy maqsad sifatida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov “o`zlikni anglash
tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati
darajasiga ko`tarilishi zarur. Tarixni yoritishda bir yoqlamalikka, subеktiv
fikrlarga yo`l qo`ymaslik zarur, faqat bahs, munozara, tahlil mеvasi bo`lgan
xulosalargina bizga to`g`ri yo`l ko`rsatadi”1 - deb takidlaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimov Respublikamiz mustaqil taraqqiyot yo'lining
ijodkori va rahnamosi sifatida tarix fani, uning bugungi ahvoli va istiqbolini
chuqur tahlil yetib, bu yo'nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni
qo‘ydilar. Ushbu vazifalardan eng muhimi-yangi jamiyatimizni isloh qilish va
yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi
asosida yangicha fikrlaydigan yoshlami tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy
istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g'oyalarini yanada chuqurroq
singdirish va tyeran anglatishdan iboratdir. Olimlar e’tirof etganlaridek, dunyo
tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. Har bir hududlar eng qadimgi davrlardan
boshlab jahon sivilizatsiyasi o'choqlaridan biri hisoblanib, bu yyerda dunyo
sivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-madaniy jarayonlar bo'lib o'tgan.
Har bir davlatchilik hududlaridan dunyo sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyotida
o'chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu, sarkardalar yetishib
1 Karimov I.А. Tarixiy xotirasiz kelajak yoʼq. T.: Oʼzbekiston, 1998. 136-b
2
chiqqanlarki, bugungi xalqlar ular bilan xaqli ravishda faxrlansa arziydi.
Hukumatlar tashabbusi bilan tarixi chuqur o`rganila boshlandi. Shu jumladan
jahon davlatchiligi tarixidagi Salib yurishlari davriham. Bu davr haqida ham
izlanishlar olib borildi. Lekin afsuski Salib yurishlari davriva uning jahon
tarixidagi o`rni tog`risida ma’lumotlar o`zbek tilida kam uchraydi. Xlodvigning
Franklarni birlashtirish davrida bosqinchilik orqali ko`plab ichki hududlarni
egallashga muvaffaq bo`ldilar va bu bilan ko`plab xalqlarni va ularning tarixini
bevosita o`zaro daxldorligiga katta hissa qo`shdilar. Mana shu bosqinchilik holati
bir qator xalqlar yashash sharoitlariga ta`sir etdi. Bu esa keyinchalik u yerda
yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o`zgarishlarga olib keldi
desak mubolag`a bo`lmaydi Salib yurishlari davriqoldirgan moddiy va madaniy
boyliklar va yodgorliklar tarixda muhim iz qoldirdi hamda bugungi qimmatli
arxeologik va etnologik kuzatuvlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.
3
Mavzuning dolzarbligi: Salib yurishlari - Gʼarbiy Yevropa ritsarlarining
musulmon, pravoslav davlatlari va turli xil xristian mazhablariga qarshi olib
borgan davomiy yurishlari. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi
navbatda, Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish edi. Biroq salib yurishlari
keyinchalik Baltiqboʼyi majusiylarini xristianlashtirish. Yevropada papa
hukumatiga qarshi harakatlarni bostirish yoki papalarning siyosiy maqsadlarini
amalga oshirish vositasi boʼlib qoldi. «Salibchilar» atamasi, salib yurishi
ishtirokchilari oʼz kiyimlariga salib (xoch, krest) tikib olishgani uchun, paydo
boʼlgan. Yurish qatnashchilari gunohlardan poklanadi deb hisoblangani bois,
yurishda nafaqat ritsarlar, balki oddiy aholi, hattoki bolalar qatnashgan. Falastin
uzoq davrdan beri arab davlatlari hukmi ostida edi, ular xristianlarga bagʼrikenglik
bilan munosabatda boʼlishgan. Falastindagi xristianlar uchun muqaddas sanalgan
maskanlarni ziyorat qilishlariga monelik qilishmagan. Saljuqiy turkpar esa bunga
yoʼl qoʼymagan. Endi xristianlar uchun Quddusga borish oldingidek xavfsiz
boʼlmay qoldi. Rim papalari Falastinni Saljuqiylardan tortib olishmasa,
ziyoratgohlarga borish umuman toʼxtab qolishidan xavfsirashdi. Salib yurishi Rim
papasi Urban II tashabbusi bilan Quddus va Falastinni musulmonlardan ozod qilish
maqsadida amalga oshirilgan. Dastlab papaning murojaati faqat frantsuz
ritsarlariga qaratilgandi, lekin keyinchalik katta masshtabdagi harbiy kampaniyaga
aylanib ketdi. Salib yurishi gʼoyasi barcha Gʼarbiy Yevropa davlatlarini qamrab
oldi. Salib yurishining sabablaridan biri Vizantiya imperatori Аleksey I ning Rim
papasidan yordam soʼrashi edi. Bir necha asr Vizantiya gʼarb xristianlari uchun
jangovar musulmonlar hujumlaridan ajratib turadigan bufer zona boʼlib keldi.
Biroq 1071 yildagi Mantsikert jangida yengilgan imperiya Kichik Osiyodagi katta
hududidan ajraldi. Magʼrur Vizantiya muqarrar halokatdan qutulish uchun Rim
papasidan yordam soʼrashga majbur boʼldi. Birinchi salib yurishidan oldin
Аnatoliyaning katta qismi islomning sunniylik yoʼnalishidagi Rum saljuqiylari
hukmi ostida edi. Xristianlar bilan kurashishga qaraganda saljuqiylarni ichki
qoʼzgʼolonlarni bostirish, taxt talashishlar, shialarning isyonlari qattiq tashvishga
4
solardi. Falastinni markaziy hokimiyatdan deyarli mustaqil amirlar boshqarardi.
Misrning katta qismi shia yoʼnalishidagi fotimiylar sulolasi qoʼlida boʼlgan.
Saljuqiylar fotimiylar hududining bir qismini bosib olishdi. Shuning uchun
Аleksey Komnin salibchilarga fotimiylar bilan ittifoq tuzishni maslahat berdi.
1076 yili saljuqiylar Quddusni egallagan boʼlsada, 1098 yili fotimiylar shaharni
qaytarib oldi. Shialar salibchilarni dahshatli dushmandan qutqaruvchi xaloskor deb
bilardi. Lekin ularning xomxayollari qimmatga tushdi.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Ushbu kurs ishining maqsadi Salib
yurishlari davrijahon tarixidagi o`rnini yanada kengroq ochib berish. Bu davlat
haqida ma’lumotlar juda kam. Shu tufayli bu davrga doir ma’lumotlar bazasini
kengaytirish va uni ilmiy nuqtai nazardan o`rganib mohiyatini yanada
oydinlashtirishi va mavzuga oid mavjud ma’lumotlardagi noaniqlik va xatolarga
oydinlik kiritish. Shuningdek Salib yurishlari davrisiyosiy ijtimoiy va iqtisodiy
hayotiga aniqlik kiritish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: Salib yurishlari davridavlatchiligi tarixida ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarning tutgan o‘rnini turli ilmiy tadqiqot metodlari asosida
o‘rganish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Salib yurishlari davriijtimoiy-iqtisodiy o‘rganilishi natijalarini tahlil qilish;
- ma`lumotlarni umumlashtirish va ularning Salib yurishlari davri tarixi va
madaniyatini o‘rganishdagi ahamiyatini ochib berish;
- Salib yurishlari davri hayotiga oid to‘plangan ma’lumotlarni Frank xalqi
davlatchiligi tarixining yangi sahifalarini yoritishda muhim manba sifatida tahlil
etish;
- Salib yurishlari davriijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini qamrab olgan holda tadqiq
etish;
5
- mavjud ma’lumotlarni qiyoslagan holda Salib yurishlari davrisiyosiy faoliyatini
o‘rganish hamda siyosiy masalalariga yangidan baho berish, manbalar va so‘nggi
tadqiqotlar asosida ushbu masalalarni oydinlashtirish, munozarali masalalarga
aniqlik kiritish;
- manba va adabiyotlarni tahliliy o‘rganib, Salib yurishlari davri ijtimoiy-iqtisodiy
siyosiy faoliyatidagi ilmiy muammolarni, ularning o‘rganilishi natijalari,
tadqiqotchilar xulosalarini qiyoslab, yangi asoslarda tadqiq etish;
- Frank xalqining o‘rta asrlar davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini va uning siyosiy-
tarixiy jarayonlarda tutgan mavqeyini yoritib berish.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Salib yurishlari davri ijtimoiy-
iqtisodiy davri bugungi kungacha olimlar, tarixshunoslar tomonidan juda ko`p
tadqiq qilingan. Shuningdek bugungi vaqtda ham bu davr haqida qandaydir bir
shaklda ilmiy yoki amaliy izlanishlar olib borilayapti. O`tgan asrlarda ham bu
davrga doir ilmiy izlanishlar olib borilgan.. Ayrim ilmiy tadqiqotlar esa hali
tugatilmagan. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar rivojidan keyin ham bu tarixiy
voqeaga boshqa voqealar singari jiddiy chuqurroq e’tibor berilayapti. Natijada esa
Salib yurishlari davri haqida ma’lumotlar bazasi oshdi. Hamda bir qator tarixiy
arxivlarida hamda Britaniya,yevropa va rus ensiklopedik asarlari orqali ham bu
mavzu yaxshi o`rganilgan.
Davriy (xronologik) chegaralanishi: Kurs ishining davriy chegarasi Salib
yurishlari davri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ularning ijtimoiy - iqtisodiy,
madaniy hayotini o`rganib tahlil qilishdan iborat.
Ishning hajmi: Ushbu kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxati va ilovadan tashqari 30 betdan iborat.
6
I. Bob. Salib yurishlarining sabablari va yurishlari
1.1. Salib yurishlarining boshlaninsh sabablari
Islom 7-asrda O`rta Sharqda paydo bo`lgan va tez orada son jihatdan o`sib
boradi. Uning hududiy kengayishi juda tez edi va bir necha yil ichida uning
izdoshlari butun Shimoliy Afrikani va deyarli butun Ispaniyani bosib olishga
muvaffaq bo`lishdi. Ushbu o`sish nasroniylik bilan katta qarama-qarshiliklarni
keltirib chiqardi. Ushbu to`qnashuvlardan biri ikkala dinning ham muqaddas
joylarida, xristianlar Muqaddas Yer deb atagan va markazi Quddusda bo`lgan.
Birinchi salib yurishidan oldin, papa tomonidan boshqarilgan musulmonlar va
nasroniylar muqaddas deb tasniflangan bir necha urushlarda qatnashishgan. Papa
Aleksandr II 1061-yilda, Sitsiliyada va 1064 yilda Ispaniyada Rekonquest deb
nomlangan sharoitda musulmonlarga qarshi kurashishga chaqirdi.
Salib yurishining sabablaridan biri Vizantiya imperatori Aleksey I Komnin
Rim papasiga murojaat qilgan yordam chaqiruvi edi. Ushbu chaqiriq bir nechta
holatlarga bog’liq edi.1 1071-yilda imperator Roman IV Diogen qo`shini Manzikert
jangida saljuqiy turk sultoni Alp-Arslan tomonidan mag’lub bo`ldi. Ushbu jang va
keyinchalik Roman IV Diogenning ag’darilishi Vizantiyada fuqarolar urushi
boshlanishiga olib keldi, bu 1081-yilgacha Aleksey I Komnin taxtga o`tirgunga
qadar susaymadi. Bu vaqtga kelib, Saljuqiy turklarining turli rahbarlari
Konstantinopoldagi janjal mevalaridan foydalanishga muvaffaq bo`lishdi va
Anadolu platosining katta qismini egallab olishdi. Hukmronligining dastlabki
yillarida Aleksey Komnin ikki frontda — G’arbda hujum qilgan Sitsiliya
normandlariga va Sharqda saljuqiy turklarga qarshi doimiy kurash olib borishga
majbur bo`ldi.2 Vizantiya imperiyasining Bolqon mulklari ham polovtsi va
pecheneglarning vayronkor reydlariga duchor bo`lgan. Bunday vaziyatda Aleksey
ko`pincha g’arbiy Yevropadan kelgan yollanma askarlarning yordamidan
foydalangan, ularni Bizantlar franklar yoki keltlar deb atashgan. Imperiya
1 Виймар П. Крестовые походы. – М.: АСТ, 2006. C-211
2 Лучицкая С.И. Крестовые походы // Словарь средневековой культуры. М., 2003. C-233
7
qo`mondonlari Yevropa kavaleriyasining jangovar fazilatlarini yuqori baholadilar
va yollanma askarlardan zarba qismlari sifatida foydalandilar. Ularning korpusi
doimiy ravishda to`ldirishga muhtoj edi. 1093-yoki 1094-yillarda Aleksey Rim
papasiga navbatdagi korpusni yollashda yordam so`rab murojaat qilgan. Ehtimol,
bu iltimos salib yurishini chaqirish uchun asos bo`lib xizmat qilgan.
Yana bir sabab G’arbda Falastinda sodir bo`lgan vahshiyliklar haqidagi mish-
mishlar bo`lishi mumkin. Shu payt yaqin Sharq buyuk Saljuqiylar sultonligi
(hozirgi Eron va Suriya hududining katta qismini egallagan) va Misrning
Fotimidlar davlati o`rtasidagi front chizig’ida edi. Saljuqiylarni asosan sunniy
musulmonlar, Fotimidlarni asosan shia musulmonlari qo`llab-quvvatladilar.
Falastin va Suriyadagi xristian ozchiliklarini himoya qiladigan hech kim yo`q edi
va harbiy harakatlar paytida ularning ba’zilari vakillari talon-taroj qilindi. Bu
Falastinda musulmonlar tomonidan sodir etilgan dahshatli vahshiyliklar haqida
mish-mishlarni keltirib chiqarishi mumkin.1
Salib yurishlari deganda Yevropa feodallarining XI asr oxiridan to XIII asr
oxirigacha Yaqin Sharqda – Suriyada , Falastinda, Misrda, Bolqon yarim orolida,
Kipr orolida va boshqa joylarda olib borgan harbiy ekspeditsiyalari ko`zda tutiladi.
G‘arbiy Yevropa feodallarining Sharq mamlakatlariga ommaviy yurishlariga
sabab: birinchidan, XI asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharqda yuz bergan
o`zgarishlar, ikkinchidan, qisman feodal G‘arbiy Yevropaning o`zidagi umumiy
iqtisodiy taraqqiyot natijasi edi. Savdo sotiqning rivojlanishi bilan shaharlarning
shiddatli rivojlanib ketishi oqibatida feodallarning ehtiyojlari ham ko`payib ketdi.
Natijada ular kattaroq o`ljalarni qidira boshladilar. Bu vaqtda g’arbiy yevropada
ritsrlar soni ham birmuncha ko`paya bordi. Sharq G‘arbiy Yevropa feodallarini
nimasi bilan o`ziga jalb qildi. Bu vaqtda yaqin Sharq mamlakatlari moddiy va
ma’naviy madaniyatining rivojlanish darajasi bo`yicha g’arbiy Yevropadan
ilgarilab ketgan edi. Sharqdan va Vizantiyadan yevropaliklar qimmatbaho tovarlar
va boyliklar olib kelganlar. Sharq mamlakatida safarda bo`lganlar bu yangi
1 Мишо Ж. История крестовых походов / Пер. с фр. С.Л.Клячко – М.: Алетейа, 2001. C-412
8
shaharlarning afsonaviy boyliklari haqida so`zlashardilar. Yevropaliklar nazarida
sharq “yerdagi jannat” edi. Bu yerning boyliklari oxir oqibat qashshoqlashib
borayotgan ritsar va feodallarning orzusiga aylandi. Ammo salib yurishlarida
feodallardan tashqari, jamiyatning boshqa sinflari, jumladan, dehqonlar ham
qatnashdilar. Bu hol salib yurishlariga yalpi, ommaviy tus beradi. Yaqin sharqda
XI asr oxirlarida vaziyatning murakkablashib borishi u yerdagi boyliklarga ega
bo`lish haqidagi rejalarning amalga oshirilishi uchun qulay sharoit yaratdi.Saljuqiy
turklar 1055-yilda Bog’dodni va 1071-yilda Mansikert yaqinidagi jangda vizantiya
qo`shinlarini mag‘lubiyatga uchratib deyarli butun Kichik Osiyoni egallab olishdi.
Shuningdek asosiy xristianlik ilohlari joylashgan Suriya va Iyerusalim bilan
birgalikda Falastinni ham egalladi. Bu esa bir qancha vaqt feodallar bu
jannatmakon yerlarga tashrif buyurishini qiyinlashtirdi va dushmanlarga bu
yerlarni ozod qilish uchun targ’ibot qilishga bahona bo`ldi. Vizantiya hech qachon
XI asr oxiridagi kabi achinarli holatga tushmagan edi. Saljuqiy turklar deyarli
oxirgi bo`g’ozlargacha egalladilar va Konstantinopoldan 1000 kmcha narida
bo`lgan Nikea shahrini o`zlarining poytaxtiga aylantirdilar. Janubiy Italiyalik
normandlar esa Bolqongacha suzib bordilar. Makedoniya va Fessaliyani vayronaga
aylantirdilar. Imperator Aleksey I ularni u yerlardan chiqarib tashlashga muyassar
bo`lgan bo`lsada ammo shimoldan Konstantinopolga suqulib kira boshlashgan edi.
Turk amiri Chaxa ular bilan Konstantinopolga hujum qilish bo`yicha kelishuv
tuzdi. Bu esa Vizantiya imperatori Aleksey I ni Papa va G’arbiy Yevropalik
qirollardan yordam so`rashga majbur qildi. Bu murojat salib yurishlariga undovchi
feodal va ritsarlarning rejalarini ro`yobga chiqarish uchun juda qulay sabab edi.1
Salib harakatlari endilikda faqatgina feodallardan emas balki keng ko`lamli aholini
ham o`z ichiga oldi. Unda butun boshli dehqonlar, shuningdek, Shimoliy Italiya
shaharlari aholisi ham ishtirok etadi. Dehqonlarning ma’naviy yo`lboshchisi bu -
Papa boshchiligidagi katolik cherkovi edi. Haqiqatdan ham bu feodal jamiyatdagi
mazkur ijtimoiy guruhlarning bu harakatda ishtirok etishidan sabab maqsadlari har
1 Успенский Ф.И. История крестовых походов. – М.: Даръ, 2005. C-112
9
xil bo`lsada ularni bitta shior birlashtirgan. Bu ham bo`lsa xristianlikni ozod qilish
edi. Boy feodal ritsarlar uchun ularning bu yurishga qatnashishi uchun yagona
sabab yerlarni egallab olish va boshliqlarga ega bo`lish edi. Boy senyorlar sharqda
mustaqil knyazliklarni tashkil qilishga harakat qilar edi. Bu yurishda ishtirok
etayotgan g’arb davlatlari monarxlari esa koloniya mulklariga ega bo`lishmoqchi
edi. Ko`p sonli ritsarlar bosib olingan mamlakatlarda yer lenlarini olishga umid
qilishar edi. Ruhoniylar esa cherkovga kirim bo`lishini va boy okruglarni
kutishardi. Papalik yagona boshqaruvchi roliga kirar ekan faqatgina katolik
cherkovi ustida emas balki butun g’arb davlatlari ustida raxbarlik qilish maqsadini
mustahkamlash uchun harakat qilar edi. Papa Grigoriy VII yerlarni bo`lib olish
uchun yurish qilishni rejalashtirdi va shu asosida pravaslav va katolizm bilan
birlashishni niyat qilgan edi. Papalik shundan musulmon mamlakatlarida ham
katolik missiyasini muvafaqiyatli chiqishiga umid qilardi. Sharqdagi boy cherkov
buyumlari hisobiga papa g’aznasini to`ldirish esa ikkinchi o`rinli masala edi.
O`z yurtida feodallik zulmidan jabr ko`rgan dehqonlar ommasi daryo ortida
bo`lgan uzoq mamlakatlarga borib erkinlikka erishish eksplutatsiyadan qutulish va
balki boyib ketish umidida edi. Bu umid haqiqatga aylanib borib oxir oqibatda
kambag’llar orasida salib yurishlari boshlanishiga sabab bo`ldi. Bu urush o`zining
avvalgi diniy sababi va ahamiyatini yo`qotib oddiy talon taroj ekspeditsiyasiga
aylandi. Salib yurishlariga sharq bilan savdoda o`z o`rnini mustahkamlashga
harakat qilayotgan, shuningdek Sharqiy O`rtayer dengizi bozorlarini egallab olish
va o`zlarining kolonoyalarini yaratish uchun harakat qilgan yirik shimoliy Italiya
shahar respublikalari bo`lgan Vizantiya, Genuya va boshqalar faol ishtirok etdilar.
Birinchi salib yurishi: 1095-yilda Klermondagi cherkov yig’ilishida papa
Urban II barcha qirollar, sennorlar, ritsarlar va oddiy xalqni qo`liga qurol olishga
va yurish boshlashga chaqirdi. Bu yurish ishtirokchilariga o`zlarining ko`ngillarini
ko`tarishni va shu bilan birga quyidagi so`zlarni aytardi: “Kimki bu yerda jabr
ko`rgan va qashshoq bo`lsa, u yoqda baxtli va boy bo`ladi” deb ishontirganlar.
Ular ishonib orqasidan jangga ketadilar. Urban II yurish qilishga va’da beradi va
10
buni belgisi sifatida kiyimiga xoch rasmini tushiradilar (Shuning uchun bu yurish
salb yurishi ishtirokchilari esa salbchilar deb nomlangan). Salib yurishlari uchun
aholi ommasini jalb qilish uchun cherkov salibchilarga bir qancha imkoniyatlar
beradi.Jumladan, qarzlarini to`lashdan va narsalarini qo`riqlashdan ozod qildi.
Salibchilar cherkovning maxsus homiyligi ostida bo`ldi. Yig’inda qisman fransuz,
qisman boshqa mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir bo`ldilar.1
Feodallarning ko`pdan – ko`p yig’inlarini o`tkazish vaqtining o`zi shu narsani
yaqqol ko`rsatdiki, papa bosh ko`tarib chiqmasdan ancha burun ritsarlar orasida
keng targ’ibot olib borilgan va ularning bir qismini Falastinga salib yurishi
o`tkazish rejalaridan manfaatdor qilishga ulgurilgan edi. Papaning bu chiqishi
ancha ilgari tayyorgarlik ko`rila boshlagan ishni tashkiliy va ideologiya jihatdan
rasmiylashtirishdan iborat bo`ldi xolos.
1096-yilning bahorida shimoliy va sharqiy Fransiyaning, qisman g’arbiy
Germaniyaning dehqonlar ommasi salib yurishi uchun yo`lga tushdi. Dehqonlarga
monax Pyotr Ammenskiy va kichik mulkdor ritsar Valter Golyak boshchilik
qildi.Dehqonlar zudlik bilan o`zlarining barcha mol– mulklarini sotishib, yurish
uchun zarur buyumlarni qimmat narxlarda bo`lsada sotib ola boshladilar. Ko`p
sonli oilalar o`zlarining bolalari bilan jo`nab ketadilar.Dehqonlar olomoni yomon
uyushtirilgan, naridan beri qurollantirilgan, oziq – ovqat mahsulotlari bilan
muntazam ta’minlanib turilmas edi.2 Yo`l davomida ular turli bosqinchilik
yurishlarini uyushtiradilar, bir qancha aholiga hujum qilib ularning shaharlarini o`t
ichida qoldirdilar. Konstinopolga ushbu salibchilarning yarmidan kamigina (40
mingtachasi) yetib bordi. Qolganlari to`qnashuvlarda, shuningdek, kasallik va
ochlikdan o`lib ketishdi. Salibchilar Konstantinopolga kirib kelgach, imperator
ularni tartibsizlik ko`rsatishi va zo`ravonlik qilishidan xavfsirab, ularni Kichik
Osiyo sohiliga jo`natib yuborishga shoshildi.Vizantiya imperatori Aleksey I
maqsadsiz tashkillashtirilganbu salib yurishini ko`rib ularni ritsarlar kelguniga
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001 B-453
2 Ирвин Р. Крестовые походы: древнейшие и новейшие стереотипы / Пер: А.Ярин // Интеллектуальный
форум. – 2001 – №5.
11
qadar ushlab turishga harakat qildi. Ammo ularni qochib ketishini oldini olish
uchun ularni bo`g’oz orqali harakatlantirishga buyruq beradi. Turklar bilan bo`lgan
birinchi to`qnashuvdayoq salibchilar deyarli yo`q qilindi. Qolganlari jami 1000 ga
yaqin odam Pyotr Pustinning bilan Bosforga qarab qochdi va Konstantinopolga
qaytishga harakat qildi. “1096-yil kuzida Konstantinopolga ritsarlar kela boshladi.
Ular juda yaxshi qurollangandi. Bu qurollarni yerlarini sotib olgan edilar. Bu
yurishga Quyi Lotaringiya gersogi Gotfrid Bulonskiy boshchilik qilib, o`zi bilan
birga Sharqqa ikkita ukasi – Bolduin bilan Evstafiyni olib ketdi. Shimoliy fransuz
feodallariga Normandiya grafi, hamda Flandriya grafi Robert boshchilik qildilar,
janubiy fransuz feodallari o`zlariga Tuluziya grafi Raymundni yo`lboshchi qilib
oldilar.”1Ular oldin salibchi dehqonlar yurgan, BolqondaDunay yaqinidagihaj
safari yo`lidan yurishadi. So`ng ritsarlar norman gersogi Robert va boshqa yirik
fransuz senyorlari boshqarib kelgan shimoliy va o`rta fransiya tomon
harakatlanishadi. Janubiy Italiyalik normandlar Vizantiyaning bevosita dushmani
bo`lgan gersog Bolmun Tarentskiy boshchiligida Ipr va Bolqon orqali yuradilar.
Janubiy Fransiyalik ritsarlar Raymund Tuluzskiy boshchiligida quruqlik orqali
Konstantinopol tomon harakatlanadilar va Konstantinopolga bordilar. Ritsarlar
to`dalarining Bolqon yarim oroli bo`yicha harakat qilishiva qashshoqlarning ham
shu yo`nalishda yurishi cheksiz talon – tarojlik keltirib chiqardi. Vizantiya shahri
bo`lgan Pelagoniya bosib olindi va yoqib yuborildi. Imperator salibchilarning
harakat yo`lini qo`riqlash va ehtiyot choralarini ko`rishga majbur qildi. Alohida
guruhlarning Konstantinopolga yetib kelishi bilan ular tezda qaytadan Bosfor
orqali harakatlandi. Bahor oxiriga borib 1097-yil ritsarlar Kichik Osiyo tomon
harakatlanib oxir oqibat Nikeya shahrini ozod qilishdi. Uning uncha katta
bo`lmagan otryadi Vizantiyaliklarga taslim bo`ldi.Vizantiya salibchilari boshqa
hech narsa ololmadilar.
1Karpov S.P., Udaltsova Z.V. “Oʻrta asrlar tarixi” 2 jildda. 1-jild, M.: Yuqori. maktab, 1990. 117
12
Turklarning suvsiz mamlakatini vayron qilishga qaratilgan jazirama issig’da
og’ir va zerikarli yurishlar boshlandi. Turklarning yengil otliq askarlari doimo
salibchilarga yon tomondan va orqadan hujum qilardi. 1098-yil boshida shimoliy
fransuz ritsarlari Mesopatamiya shimolidagi Edessa shahrini qamal qiladi. Bu
yerda birinchi salibchilar davlati – Edessaga Bolduin knyaz bo`lib oldi.
Salibchilarning Edessani bosib olishi strategiya jihatidan muhim edi, chunki
Edessa Suriya bilan Flastinni shimol tomondan turklar hujumidan qo`riqlab turardi.
1098-yil yozida Bolduin boshchiligida yaxshi qurollangan salibchilar “Sharq
poytaxti” Antioxiya shahrini qamal qilishdilar va bosib oldilar.Salibchilarbosib
olingan shaharlarda musulmon aholisi ustidan qirg’in uyushtirdilar. Boy
shaharlarni talashdi, natijada ziddiyatlar kelib chiqa boshladi. Vizantiya bu
yerlarga o`zi qonuniy da’vogor bo`lib chiqdi. Oxir oqibat Boemund
TarenskiyAntioxiyaning knyazi bo`ldi. Bu esa oxiri Vizantiya bilan salibchilar
o`rtasida kelishmovchiliklarga olib keldi. Vizantiya qo`shinlari turklarning
kuchsizlanib qolganligidan va salibchilar o`rtasidagi ziddiyatlardan foydalanib
Kichik Osiyoga yaqin viloyatlarni bosib oldi.
Bosib olingan yerlarda mayda ishlari bilan shug’ullanib, o`zlarining asosiy
maqsadi – jannatmakon yerlarni bosib olishni unutib qo`yishdi. Bu esa salibchilar
ommasini ko`tardi va ularning rahbarlari 1099-yil Falastindagi Iyerusalimga yurish
boshlashdilar. Uzoq muddatli hujumlar va to`xtovsiz urushlar natijasidashahar
egallandi. Bosqinchilar shafqatsiz holda musulmonlarniham, xristianlarni ham
qiynab, erkaklarni, gunohsiz ayollar va bolalarni o`ldirdilar. Tez orada salibchilar
deyarli barcha sharqiy qirg’oqlardagi; O`rtayer dengizi ford shaharlari – Akra,
Tripoli, Tir kabilarni bosib oldilar. Salibchilarning shimoldan janubga tomon tor
mintaqa bo`lib cho`zilib ketgan mulklarining uzunligi 1200 kmga yetar edi.
Nihoyat birinchi salib yurishlari yakuniga yetdi. Barcha tirik qolgan ishtirokchilar
taqdirlandilar. To`dalar rahbarlari katta yerlar knyazlariga aylandilar. Baron va
ritsarlar katta lenlarning egalariga aylandilar, ruhoniylar esa boy cherkov
prebendigaaylandilar. Dehqonlargayaxshi sharoitga ega bo`lgan yerlar ajratildi,
13
ba’zilariga esa ritsarlar yetishmaganligi uchun ritsarlik unvonlari berildi. Natijada
dehqonlarning bir qismi ritsarlik xizmatiga o`tishdi.
1.2. Dastlabki salib yurishlari va ularning natijalari
Birinchi salib yurishi. Birinchi salib yurishi 1096 yilda Rim papasi Urban
II qarori bilan Vizantiya imperatori Aleksey I iltimosiga binoan Sharqiy
nasroniylarga Anadoluni (kichik Osiyo) Saljuqiylar hujumidan himoya qilishda
yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Kampaniya davomida Quddusning
muqaddas shahri va Muqaddas zaminni musulmonlardan ozod qilish ham
qo`shimcha maqsad bo`ldi. Dastlab Rim papasining murojaati faqat frantsuz
ritsarligiga qaratilgan edi, ammo keyinchalik bu kampaniya keng ko`lamli harbiy
kampaniyaga aylandi va uning g’oyasi G’arbiy Evropaning barcha nasroniy
davlatlarini qamrab oldi. Feodallar va oddiy odamlar yer va dengiz bo`ylab
Sharqqa qarab harakatlanib, Saljuqiylar hokimiyatidan kichik Osiyoning g’arbiy
qismini ozod qildilar va Vizantiyaning musulmon tahdidini yo`q qildilar va 1099
yil iyul oyida Quddusni zabt etdilar. 1-salib yurishi paytida Quddus qirolligi va
boshqa nasroniy davlatlari tashkil topdi, ular Lotin Sharqining nomi bilan
birlashdilar. Salib yurishlari tarixida ma’naviy va ritsarlik buyruqlari muhim rol
o`ynagan.1
Birinchi salib yurishlàrigà Fransiya, Itàliya và Germaniyaning turli
viloyatlaridan kelgan ritsarlar to`plangan. Ular yoshi qurillangan, zarur ozuqa va
pul bilan ta’minlangan edilar. Vizàntiya poytaxti Kanstantinopolda 1096-yilning
kuzidan to`planà boshlagan ritsarlarga imparator Alaksay I vassallik qasamyodini
qabul qildirgan. Ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga
siyosiy qaram bo`lishi lozim edi. Yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilarning
o`z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi.2 Ularning ichida Quddus qirolligi
salibchilarning asosiy davlati edi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome
1 Мишо Ж. История крестовых походов / Пер. с фр. С.Л.Клячко – М.: Алетейа, 2001. C-325
2 Аверинцев С.С. Судьба европейской культурной традиции в эпоху перехода от античности к
средневековью // Из истории средних веков и Возрождения. М., 1976;
14
masjidida 10 ming musulmonni o`ldiradilar. Yahudiylar o`z sinagogasi
(ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg’in paytida ko`plab ayollar va bolalar ham
halok bo`làdi. Shaharliklar uyigà bostirib kirgan ritsar eshikka qalqonni osib qo`yar
va bu u barcha jihozlari bilan yangi xo`jayinga o`tganliginianglatar edi.
Yevropadan kelayotgan ritsarlar iqimi xristianlarga istilo qilingàn hududlàrni 200-
yilcha qo`lda saqlash imkonini bajradi. Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy
dehqonlarni qaramlikkatushiradilar. Yangi xo`jayinlar hosilning 1/3 qisminisoliqqa
ola boshlaydi. Unga qo`shimcha tarzda aholiqirolga, xristian cherkovigaham soliq
to`lashga majbur etiladi. Natijada mahalliy aholida salibchilarga nisbatan nafrat
kuchayib, qo`zg’olonlar ham bo`lib turadi. Falastinda tashkil etilgandiniy-ritsarlik
ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G’arbda oddiy
rohiblarning asosiy ishiibodat va mehnat qilish bo`lsa, diniy-ritsarlik ordeni
a’zolariningasosiy vazifasi urush edi. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni
gospitalyerlar ordeni bo`lgan. Uni ba’zida ioanniylar ordeni ham deyishadi.
Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so`ng ordendastlab Rodos oroliga, bir
necha asr o`tib Maltagako`chib joylashadi.Quddusga kelayotgan
ziyoratchilarnihimoya qilishuchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab
tampliyerlar deb nomlangan.1 U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepaliknomi
bilan atalgan.Tampliyerlar xayriya va in’omlar olishdan tashqari,sudxo`rlik bilan
ham shug’ullangan. Yevropada ularningboyliklari haqida afsonalar to`qilgan.
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Musulmon hukmdorlariSharq va
Janub tomondan salibchilarni siqibkelmoqdaedi. Ularga qarshi kurashish uchun
Yevropafeodallari ikkinchi salib yurishini uyushtirdilar. Ikkinchisalib yurishi XII
asr o`rtalarida bo`lgan. Fransiya qirolio`z qo`shini bilan ishtirok etgan bu yurishlar
muvaffaqiyatsiztugagan.Musulmonlar tez orada kuchli davlat tuzadi. 1171 yilda
Misr hukmdori bo`lgan Salohiddin al-Ayyubiy salibchilarga qarshi kurash
boshlaydi. U 1187 yilda Tivernad ko`li bo`yidagi jangda ritsarlar qo`shinini
yengib, Quddus shahrini xristianlardan qaytarib oladi. Muqaddas shaharning boy
1 Shuxrat Ergashev Jahon tarixi. Toshkent-2014. B-211
15
berilishi navbatdagi salib yurishiga bahona bo`ldi. Galdagi harbiy yurishida
Angliya qiroli Richerd I Sheryurak, Fransiya qiroli Fillip II va Germaniya
imperatori Fidrix I Barbarossa ishtirok etadi.
Yevropadan boshlangan ikkinchi yirik salib yurishi edi. Ikkinchi salib
yurishi 1144-yilda Edessa Grafligining Imodaddin Zengi qoʻshinlari tomonidan
magʻlub etilishiga javob tariqasida boshlangan. Graflik Birinchi salib yurishi
paytida (1096-1099) 1098-yilda Quddus qiroli Boldvin I tomonidan tashkil etilgan.
U birinchi salibchilar davlati sifatida tashkil etilgan edi, ammo birinchi boʻlib
magʻlubiyatga uchraydi.Bu voqea Yevropada 3-salib yurishlari (1189–1192)
tashkil qilinishiga olib keladi. Ammo german imperatori, Fransiya qiroli va
Angliya qiroli ishtirokidagi bu yurishlar ham muvaffiqiyatsiz tugaydi.Ikkinchi
salib yurishi Rim papasi Yevgeniy III tomonidan eʼlon qilingan va Yevropa
qirollari, yaʼni Fransiya qiroli Lyudovik VII va Germaniya qiroli Konrad III
tomonidan boshqarilgan hamda boshqa bir qator Yevropa zodagonlari tomonidan
qoʻllab quvvatlangan. Ikki qirolning qoʻshinlari Yevropa boʻylab mustaqil ravishda
harakat qildi. Vizantiya hududidan Onadoʻliga oʻtib bordi va ikkala qoʻshin
ham Saljuqiylar tomonidan alohida-alohida magʻlubiyatga uchratildi. Gʻarbiy
nasroniylarning asosiy manbasi Deuil Odo va Suriya nasroniylarning manbasi
ekanligini daʼvo qilgan Vizantiya imperatori Manuel I Komnenos salibchilar
yurishlariga, xususan, Onadoʻlidagi yurishlariga yashirincha toʻsqinlik qilgani
aytiladi yaʼni turklarni hujum qilishini ataylab buyurgani iddao qilinadi.1 Biroq,
Vizantiyaliklar tomonidan salib yurishining bu gumon qilingan toʻsqinlik, ehtimol,
imperiyani toʻsiq sifatida koʻrgan Odo tomonidan uydirilgan boʻlib, bundan
tashqari, imperator Manuelning buni qilish uchun hech qanday siyosiy sababi yoʻq
edi. Lyudovik va Konrad qoʻshinlarining qoldiqlari Quddusga yetib kelishdi va
1148-yilda Damashqga notoʻgʻri hujum qiladilar va bu ularning chekinishi bilan
yakunlandi. Oxir oqibat, sharqdagi salib yurishi salibchilar uchun
omadsizlik, musulmonlarning esa gʻalabasi boʻldi. Bu oxir-oqibatda Quddusning
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999. B-645
16
qulashiga asosiy taʼsir koʻrsatadi va bu XII asr oxirida Uchinchi salib yurishining
boshlanishiga sabab boʻladi.
Ikkinchi salib yurishida salibchilar Muqaddas Yerda oʻz maqsadlariga erisha
olmadi, ammo boshqa joylarda gʻalabalarga erishdilar. Ulardan eng muhimi 1147-
yilda 13 000 nafar flamand, friz, norman, ingliz, shotland va nemis salibchilarning
birlashgan qoʻshiniga toʻgʻri keldi. Angliyadan kemada Muqaddas Zaminga yoʻlga
chiqqanqoʻshin shu yerda toʻxtab, ularga yordam berdi. Kichikroq (7000 kishilik)
portugal armiyasi Lissabonni egallagan va uning Mavriy aholisini quvib chiqargan.
1147-yil bahorida Rim papasi Rekonkista kontekstida salib yurishini Iberiya
yarim oroligacha kengaytirishga ruxsat berdi. U, shuningdek, Leon va Kastiliya
hukmdori Alfonso VII ga Mavrlarga qarshi yurishlarini Ikkinchi salib yurishining
qolgan qismilari sifatida tenglashtirishiga ruxsat berdi1. 1147-yil may oyida,
salibchilarning birinchi kontingenti Angliyadagi Dartmut shahridan Muqaddas
Yerga joʻnab ketdi. Noqulay ob-havo kemalarni 1147-yil 16-iyun kuni
shimoliy Portu qirgʻogʻida toʻxtashga majbur qildi. U yerda ular Portugaliya qiroli
Afonso I bilan uchrashishga qaror qilishdi2.
Salibchilar qirolga Lissabonga hujum qilishga yordam berishga kelishib olishdi va
ularga shahar mollarini talon-toroj qilishi va ozod qilinishi kutilgan mahbuslar
uchun toʻlovni taklif qilishdi. Biroq salibchilarning bir qismi 1142-yilda
Lissabonni qamal qilish paytida portugal va shimoliy salibchilarning birgalikdagi
kuchlari tomonidan shaharga qilgan muvaffaqiyatsiz urinishlarini eslab, yordam
berishga ikkilanib turishdi. 1147-yildagi Lissabon qamali 1-iyuldan 25-
oktyabrgacha davom etdi, toʻrt oydan soʻng Mavriya hukmdorlari, birinchi
navbatda, shahar ichidagi ochlik tufayli taslim boʻlishga rozi boʻlishdi.
Salibchilarning aksariyati yangi bosib olingan shaharga joylashdi, biroq ularning
bir qismi, Muqaddas Zamin tomon suzishda davom etishdi. Ularning baʼzilari,
avvalroq ketgan edilar va oʻsha yilning boshida Santaremni bosib olib ularga
1Rayli-Smit, Jonatan. „Salib yurishlari atlasi“. Nyu-York: Fayldagi faktlar, 1991.
2Runciman, Stiven. „Salib yurishlari tarixi, jild. II: Quddus Qirolligi va Franklar Sharqi, 1100–1187“. Kembrij
universiteti matbuoti, 1952. ISBN 9780521347716.
17
yordam berishgan edi. Keyinchalik ular Sintra, Almada, Palmela va Setubalni zabt
etishga yordam berishdi va ularga bosib olingan yurtlarda qolib, u yerda oʻrnashib,
avlod koʻrishlariga ruxsat berildi.Pireney yarim orolining boshqa qismida deyarli
bir vaqtning oʻzida qirol Leonlik Alfonso VII, Barselona grafi Ramon Berenguer
IV va boshqalar Kataloniya, Leon, Kastiliya va fransuz salibchilarning aralash
qoʻshiniga boshchilik qilganlar va boy port shahar Almeryiani bosib olishdi.
Shahar Genuya-Pizan dengiz floti koʻmagida 1147-yil oktyabrda bosib olindi.
Keyin Ramon Berenguer IV Almoravid Taifa qirolligining Valensiya va
Mursiya yerlariga bostirib kirdi. Portugaliyaliklarga Lissabonni egallashda yordam
bergan salib yurishlari kuchlarining bir qismini Barselona grafi va ingliz
papasining elchisi Nikolas Breakspir tomonidan taklif qilingan Tortosa qamalida
(1148) ishtirok etishga daʼvat etildi. Ular 1148-yil dekabrda Tortosani 5 oylik
qamaldan soʻng fransuz, reyn, flamand, anglo-normanlar va genuya salibchilari
yordamida yana qoʻlga kiritdi. Koʻp sonli salibchilar qoʻshinlari yangi qoʻlga
kiritilgan shahar ichidagi va uning atrofidagi yerlar bilan taqdirlandilar. Keyingi
yil, Fraga, Lleida va Mequinenza kabi Segre va Ebro daryolarining qoʻshilishidagi
hududlar qoʻlga kiritildi1.
Zengining oʻldirilishidan soʻng Joselin II Edessa shahrini qaytarib oldi va
qal’ani qamal qildi, ammo 1146-yil noyabrda Nurad-Din uni magʻlub etdi. 1147-
yil 16-fevralda fransuz salibchilari oʻz yoʻnalishini muhokama qilish
uchun Etampesda uchrashdilar. Nemislar allaqachon Vengriya orqali quruqlikka
chiqishga qaror qilishgan edi. Ular dengiz yoʻlini siyosiy jihatdan amalga oshirib
boʻlmas deb hisoblashgan, chunki Sitsiliyalik Rojer II Konradning dushmani edi.
Fransuz zodagonlarining koʻpchiligi ularni Vizantiya imperiyasi orqali olib
oʻtadigan quruqlik yoʻliga ishonmadi, chunki bu yoʻl hali ham Birinchi salib
yurishi davridagi yoʻqotishlar hisobiga haligacha mavqeiga putur yetmoqda edi.
Shunga qaramay, fransuzlar Konradga ergashishga va 15-iyunda yoʻlga chiqishga
qaror qilishdi. Rojer II xafa boʻldi va bundan buyon ishtirok etishdan bosh tortdi.
1Rayli-Smit, Jonatan. „Salib yurishlari atlasi“. Nyu-York: Fayldagi faktlar, 1991.
18
Fransiyada Abbot Suger Etampesdagi katta yigʻilish tomonidan (va Rim papasi
tomonidan tayinlangan) salib yurishida qirol yoʻqligi paytida oʻrinbosarlardan biri
sifatida harakat qilish uchun saylangan. Germaniyada keyingi vaʼzni Ebraxlik
Adam amalga oshirdi va Freyzinglik Otto ham xochni olishga muvaffaq boʻldi.
Nemislar Pasxada yoʻlga chiqishni rejalashtirishgan, ammo may oyigacha
ketishmagan1.
Odatda musulmon davlatlarining qoʻshini tarkibi juda yaxshi tayyorgarlikka
ega boʻlgan va juda yaxshi qurollangan etnik turk askarlaridan iborat edilar. Islom
Yaqin Sharqidagi harbiy tizimning asosini har bir tumanda maʼlum miqdordagi
qoʻshinlarni qoʻllab-quvvatlovchi iqto yerlar tizimi tashkil etilgan edi. Urush
boʻlgan taqdirda, odatda "rais" (boshliq) qoʻmondonligi ostidagi shaharlarda
joylashgan va odatda etnik arablardan iborat boʻlgan „ahdas“ harbiylari, qoʻshinlar
sonini koʻpaytirishga chaqirilardi. «Ahdas» harbiylari, garchi yaxshi
tayyorgarlikka ega turk qoʻshinlariga qaraganda kamroq tayyorgarlik koʻrgan
boʻlsa-da, koʻpincha din, ayniqsa „jihod“ tushunchasi ularning jangovar
qobiliyatini oshirishga juda kuchli turtki boʻlgan. Qoʻshimcha yordam uchun
turkman va kurd yordamchi kuchlari kelar edi, garchi bu kuchlar kuchli intizomga
moyil boʻlsa ham, ular urush paytida chaqirilishi mumkin edi2.
1138-1149-yillarda Damashq otabegi Muin ad-Din Anur, kuchli musulmon
sarkardasi edi. Oʻsha paytda Damashq Burid amirlari tomonidan idora qilingan.
Ammo Damashq harbiylariga qoʻmondonlik qilgan Anur shaharning haqiqiy
hukmdori edi. Tarixchi Devid Nikol Anurni qobiliyatli general va diplomat,
shuningdek, sanʼat homiysi sifatida ham tanilganini eʼtirof etgan. Buridlar sulolasi
1154-yilda Zengiylar sulolasi tomonidan agʻdarilganligi sababli, Anurning
Ikkinchi salib yurishini qaytarishdagi roli Zengiylarga sodiq tarixchilar va
1Runciman, Stiven. „Salib yurishlari tarixi, jild. II: Quddus Qirolligi va Franklar Sharqi, 1100–1187“. Kembrij
universiteti matbuoti, 1952. ISBN 9780521347716.
2Nikol, Devid. „Ikkinchi salib yurishi 1148: Damashq tashqarisidagi falokat“.
19
yilnomachilar tomonidan Anurning raqibi, Halab amiri Nur ad-Din Zengiyga
hurmat koʻrsatilishi bilan uning nomi katta darajada oʻchirildi.
II BOB. SALIB YURUSHLARNING YAKUNLANISHI VA UNING
NATIJALAR
2.1. XIII asrda amalga oshirilgan salib yirushlari va diniy ritserlik orderlari
20
Ko`pchilik salibchilar buyuk ma’naviyatli shaxs ekanligiga
ishonishadi axloqiy qadriyatlar. Bunday stereotip ularning harakatlarining asosi
Rabbiyga xizmat qilish istagi bo`lganligi sababli paydo bo`ldi. Hech bo`lmaganda
katolik cherkovi shunday deydi. Biroq, afsuski, haqiqat cherkov a’zolarining shirin
nutqlaridan juda farq qiladi. Gap shundaki, hamma salibchilar safiga jalb qilingan.
Va hatto eng yomon odam ham muqaddas armiyaga osongina tushishi mumkin edi.
Asosiysi o`z ishingizga chin yurakdan ishonasiz desangiz bo`ldi. Bundan tashqari,
ko`pchilik askarlar aynan shunday odamlar edi. Axir, armiyada xizmat qilish
yaxshi maosh va kuniga uch marta ovqatlanish degani edi oddiy
odamlar osmondan manna edi.Shuning uchun, aslida, Quddusga muqaddas ritsarlar
emas, balki birinchi navbatda o`ldirish va zo`rlashga tayyor bo`lgan vahshiy
talonchilar kelgani ajablanarli emas. Bundan tashqari, har bir salibchiga
indulgentsiya berildi - bu barcha gunohlarni kechiradigan hujjat. Binobarin, eng
shafqatsiz va qonli qirg’inlar ham oxir-oqibat Xudo oldida kechirildi. Tabiiyki, har
bir salibchilar qaroqchi va qotil emas. Ularning orasida o`z ishlariga qat’iy
ishongan va Iso Masihning amrlarini hurmat qilishga harakat qilganlar bor edi.1
Ammo, afsuski, ularning soni oz edi. Axir, hatto cherkovning o`zi, katolik
e’tiqodining qo`rg’oni ham, birinchi navbatda, o`zini boyitishni va shundan
keyingina - o`z palatalarining ruhlarini saqlab qolishni xohladi.
Ruhiy-ritsarlik (yoki ularni ba’zan harbiy-monastir deb atashadi) ordenlari
salib yurishlari boshlangandan so`ng darhol paydo bo`lgan.2 Ularning tashqi
ko`rinishi salib yurishlari kabi g’ayrioddiy va sirli. Agar biz ularning Muqaddas
zamin uchun kurashda o`ynagan ulkan rolini, shuningdek, shonli va fojiali taqdirini
hisobga olsak, biz hozir eng qiziqarli va fojiali voqealardan biriga to`xtalamiz, deb
ishonch bilan aytishimiz mumkin. ritsarlik tarixidagi sirli sahifalar.Agar o`rta
asrlarda ritsarlik haqiqatan ham najot yo`li sifatida qabul qilingan bo`lsa, unda,
ehtimol, boshqa hech bir ritsarlik institutida bu fikr bu kabi aniq ifodalanmagan.
1 И. Лучицкая Крестовые походы/ Словарь средневековой культуры. М., 2003, с. 234-239.
2 Заборов М.А. Введение в историографию крестовых походов (латинская хронография X-XIII вв.). М., 1966;
c-13
21
Uchta monastir qasamyod qilgan ritsar ruhiy va ritsarlik tartibining a’zosi bo`ldi:
egalik qilmaslik, itoatkorlik va poklik. Buyurtmaga kirib, ritsarlar ko`pincha unga
katta hissa qo`shgan. Ularga xotin olish taqiqlangan, shuningdek, ular qattiq harbiy
intizomga bo`ysunishlari kerak edi. Bularning barchasi birgalikda birodarlik
ordenlari a’zolarining hayotini haqiqiy, og’ir jasoratga aylantirdi.
Biroq, ritsarlik tarixida ma’naviy va ritsarlik buyruqlaridan tashqari, orden
tipidagi boshqa shakllanishlar ham mavjud edi. Umuman olganda, ritsarlik
buyurtmalarini uchta toifaga bo`lish mumkin. Asosan salib yurishlari davrida
harakat qilgan ruhiy va ritsarlik ordenlari (ulardan eng muhimi Templar ritsarlari
ordeni, Avliyo Ioann gospitalistlari ordeni, Tevton ordeni va boshqalar); butunlay
dunyoviy xususiyatga ega bo`lgan va biron bir maxsus faoliyat uchun emas, balki
shaxsiy xizmatlarini mukofotlash uchun mo`ljallangan faxriy ritsarlik ordenlari
(Garter ordeni, Oltin jun ordeni va boshqalar); fantastika va afsonaviy ritsarlik
ordenlari faqat adabiyotda ma’lum (masalan, "Davra stoli ritsarlarining birodarligi"
nomi bilan tanilgan qirol Arturning buyrug’i).
Faxriy dunyoviy ordenlar tarixi ritsarlik madaniyatining muhim qismidir.
Ularning gullab-yashnagan davri XIV-XV asrlarga to`g’ri keladi, o`shanda
Yevropada umumiy sekulyarizatsiya jarayoni jadal rivojlana boshlagan.1 Agar
ma’naviy va ritsarlik buyruqlari Rim papasiga bo`ysungan bo`lsa, unda faxriy
ordenlar odatda qirol yoki gersog tomonidan boshqarilib, papa hokimiyatidan
farqli o`laroq, ularning shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash uchun vosita bo`lib
xizmat qilgan. Dunyoviy buyruqlar - bu ritsarlik tarixi bilan bevosita bog’liq
bo`lgan juda qiziqarli mavzu, ammo uni ko`rib chiqish allaqachon Apologia
doirasidan tashqarida.
Birinchi salib yurishidan keyin salibchilar Antioxiya va Quddusni qaytarib
olishga muvaffaq boʻlgach, Sharqda tashkil topgan yangi lotin davlatlarini arablar
va turklardan doimiy himoya qilish zarurati tugʻildi. Ushbu maqsadga - Muqaddas
erni himoya qilishga - ikkita ritsarlik ordeni o`zlarini bag’ishladilar: Templar
1 Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001 B-453
22
ritsarlari ordeni va Gospitallar ordeni. Quyida ushbu ikki ordenning qisqacha
tarixi, shuningdek, Teuton ordenining tarixi - uchinchi eng kuchli va mashhur
ritsarlik ordeni sifatida, tarixi, xususan, Qadimgi Rossiya tarixiga ta’sir qiladi.
To`rtinchi salib yurishlari.Lotin imperiyasi.(1202-1204) . Bu yurish o`ziga xos
bo`lib, jannatmakon yerlarni bosib olinishi bilan ajralib turadi. Ushbu yurish
ilhomchisi papa Innokentey IIIbo`lib u sharq cherkovlarini Rim prestollariga
bo`ysundirish va papa hokimiyatini o`rnatishga harakat qildi.To`rtinchi salib
yurishi o`ziga xos yurish bo`lib, u boshqa salib yurishlariga nomi jihatdan aloqador
bo`lsada, lekin u butun salibchilik harakatini bosqinchilik mohiyatini ro`yi – rost
ochib bergan yurish bo`ldi. Bu yurish qatnashchilari hatto Falastingacha ham yetib
borolmadilar. Salibchilar bu safar turklarga yoki boshqa musulmonlarga qarshi
yurish qilmay, balki xristianlar Vizantiyasiga yurish qildilar. To`rtinchi yurish
tarixida ayniqsa venetsiyaliklar katta rol o`ynadilar, ular yurish yo`nalishini
o`zgartirib yubordilar. Dastlabbu salib yurishlariIyerusalimni egallab turgan
Misrga qarshi rejalashtirilgan edi.Salibchilar Nil deltasiga yo`lboshchilik qilishni
iltimos qilib, Venetsiyaga murojaat qilishdi. Venetsiyalik bo`lgan Enriki Dandola
bu yordam uchun juda katta summa bo`lgan 85 ming marka kumush so`radi,
salibchilarda esa buncha pul yo`q edi. U salibchilardan buning o`rniga
kombitsatsiya sifatida Venetsiya uchun Dalmatin shahri Zadarni olib berishini
talab qildi.Ammo oxir-oqibatda Venetsiyaliklar salibchilarni Nil deltasiga
yo`lboshchilik qilish to`g’risidagi vadasini bajarishmadi.Misr bilan foydali savdo –
sotiq olib borgan, lekin Vizantiyani kuchsizlantirishdan manfaatdor bo`lgan
Venesiya, salibchilarni dastlabki niyatidan qaytarib, o`zining savdo raqibi
Konstantinopol ustiga yurish qilishga yo`lladi. 1204 – yilda Konstantinopol bosib
olindi va Bolqon yarim orolining janubiy qismida Lotin imperiyasi degan yangi
davlat barpo etdilar. Quddus qirolligi kabi bu davlat ham tipik feodal davlat edi.
Shimoliy fransuz feodali, Flandriya grafi Balduin imperiyaga boshliq qilib
qo`yildi. Imperiya tarkibida bir nechta yirik vasallik mulklari: Fessalonika qirolligi,
Afina gersogligi, Axeya knyazligi va boshqalar bor edi. Vizantiyadan ko`p
23