«SANOAT IQTISODIYOTI» FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
99,0 KB
«SANOAT IQTISODIYOTI» FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
1.1. «Sanoat iqtisodiyoti» fanining ob’ekti.
Sanoatning ta’rifi va tavsifi
Har kanday fan uzining o`rganish ob’ektiga ega buladi. SHunday ob’ektning
bo`lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim
shartidir. «Sanoat iqtisodiyoti» fani xam uz ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman
sanoat, xususan, Uzbekiston sanoati xisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu
fanning ob’ekti xisoblangan sanoat xaqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati
tugiladi.
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik
(borlik)ning in’ikosi va yuqsak umumlashmasidir. Uning aloxida tarmoq, ya’ni
ijtimoiy ishlab chiqarishning aloxida sohasi bo`lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish
kuchlari va ijtimoiy mehnat taksimotining rivoji bilan tarixiy jixatdan bog`liqdir.
Sanoat xam ob’ektiv borlikning muhim xodisalari katorida ma’lum davr (vaqt va
fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum
miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo`lgan xamda ziddiyatlar
qurboni xam bo`lgan.
Uzbekiston sanoati xam uz taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib
utgan. Eng avvalo, uy sanoati ("Ona qornidagi sanoat"), sungra, xunarmandchilik,
ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga
kelgan. Bu erda: xunarmandchilikning juda kup turlari, ya’ni kulolchilik,
duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, uymakorlik, kashtaduzlik, kunchilik,
tukuvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik,
rixtagarlik, zarduzlik, buyokchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarkelgan.
Xunarmandchilik («xonaki sanoat») bronza asrida dexkonchilikdan ajralib
chiqqan . Milodning dastlabki asrlarida xozirgi Uzbekiston xududida anchagina
xunarmandchilik markazlari tashkil topgan.
IX—
X asrlarda ip, mato, gilam buyicha Xiva va Shosh, mis va temirdan
aslaxa, pichoq tayyorlash buyicha Fargona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar
tayyorlash buyicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivojlanish
pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmandchilik yana rivoj
topgan. Buxoro, Samarkand, Xiva, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaxarlarning
ishlab chiqarish munosabatlarida xunarmandchilik aloxida ahamiyat kasb etgan.
XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ruy bergan sanoat tuntarilishidan
keyin Uzbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga utish
boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta
tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
XIX asr oxiriga kelib, Uzbekistonda xunarmandchilikning 30 ga yaqin turi
rivojlangan. XX asr boshlarida esa xunarmandchilikning asosiy qismi artellarga,
keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XX asrda Uzbekiston sanoatida juda katta uzgarishlar ruy berdi. Agar asr
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom
ipak, usimlik moyi, uzum vinosi, gisht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan
bulsa, asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va etakchi tarmog`idir. Sanoatning
vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi
mavqei kutarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jixatdan
yangilashda ishchilarning avangardlik roli tugrisida suz yuritilar ekan, faqat
ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni
ximoya qilish, mustaxkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi,
deyish mumkin. Ana shu fikrni Uzbekiston vokealigi kun sayin tasdiklamokda.
Uzbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy
qismini bunyod etmokda, mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy saloxiyatini yuqori darajaga
kutarishda faol ishtirok etayotir.
Uzbekiston Respublikasi ishchilari kiyofasida xam barcha rivojlangan
mamlakatlar
ishchilaridagidek,
ongli
industrial
mehnatkash
va
insonlar
munosabatining yuqsak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, kadriyatlarini
qaror toptiruvchi, yangi xayot uchun ilgor kurashchi xislatlari bir butun bo`lib
mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining
madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasi usishi, ishlab chiqarish malakasi
va tajribasining tinmay oshib borishidir.
Uzbekiston mehnatkashlarining bilim va kunikmasi, ishlab chiqarish malakasi
va maxorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga kutarish buyicha
amalga oshirilayotgan ishlarda xam sanoatning yuqori o`rin tutishini kurish
mumkin.
Sanoat — mamlakat mudofaa kobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik
va barqaror likni saklashning muhim omili, kushni mamlakatlar mustaqilligini,
xamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Uzbekiston davlati
mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebaxodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va
tashkiliy intilishlari, ularning xujalik jixatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy
integratsiya tavsifida uz ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy,
mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan -texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona
foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Sanoat, Ayniqsa, og`ir sanoat — butun ijtimoiy ishlab chiqarishni
idustrlashtirish muammolarini xal etish kalitidir. SHu sababli jamiyatning moddiy-
texnika asosini qaytadan kurish ishini uzbek xalqi Prezident raxbarligida umuman
sanoat, xususan, uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. CHunki
bu sohalar Uzbekiston Respublikasining iqtisodiy kudrati, xalq farovonligini
yanada oshirishning poydevori xisoblanar edi, bundan keyin xam shunday bo`lib
kolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi — konkentratsiyaning yuqori
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uygunlashtirish asosida ijtimoiy
ishlab
chiqarishni
uyushtirishning
ilgor
usullari—
ixtisoslashtirish,
kooperativlashtirish va maxalliylashtirish xam sanoat sohasida xukmronlik qiladi
va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishni
ta’minlovchi
buyuq
xarakatlantiruvchi kuch — raqobat, ya’ni bellashuv, rakiblar kurashi xam sanoat
sohasida rivoj topadi. Ilgor texnika va texnologiyalardan foydalanish,
materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab
chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga kutarish,
ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy kursatkichlarini yaxshilash
asosida uning samaradorligini kutarish uchun xarakat va boshqa mehnat an’analari
xam avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmokda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning
etakchi o`rnini yanada oshirmoqda. Isloxotlarning asosiy yunalishlari va ularning
echimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara
bermoqda.
1.2. «Sanoat iqtisodiyoti» fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog`likligi
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini,
natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish,
xujalikka raxbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ruy berayotgan barcha voqiyliklardan xabardor bo`lish,
ularning Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi
— umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o`rganuvchi fanlar. Ikkinchi —
xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona
iqtisodini o`rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya»
fani kiradi. Uning o`zi o`z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum
iqtisodga nazariy jixatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o`rganadi.
Иктисодий фанлар
тарихи
Микроиктисодиёт
Кишлок хужалиги
иктисодиёти
Иктисодий
статистика
Иктисодий таълимотлар
Курилиш
иктисодиёти
Соф иктисодий фанлар
Макроиктисодиёт
Молия ва кредит ва
Статистика
Sanoat iqtisodiyoti
Tarmoqlar iqtisodiyot
Соф иктисодийёт
Ekonomiks va yangi
maxsus fundamental
fanlar majmuasi
Funksional
tarmoklararo fanlar
iktisodiyoti
«Iqtisodiy nazariya» — insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab
chiqaruvchi kuchlar bilan uzaro aloqada o`rganuvchi fandir. Bu fan kishilik
jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish,
taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan
amaliy faoliyatda foydalanish yullarini o`rganadi. Lekin «Iqtisodiy nazariya» xalq
xujaligining ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy
qonunlarning namoyon bo`lish, ruy berish shakllari va xususiyatlarini
o`rganmaydi. Bu bilan anik iqtisodiy fanlar shug`ullanadi. Ana shunday fanlardan
biri «Sanoat iqtisodiyoti» fani xisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari
va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo`lishi, ruy
berishi, tuzilmaviy uzgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini,
rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika
taraqqiyotining asosiy yunalishlari, sanoat resurslarining moxiyati, ahamiyati va
turlari xamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning
boshqa qator muammolarini o`rganadi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas
boglangan.
Ular
jumlasiga
«Ekonomiks»,
«Iqtisodiy
nazariya»,
«Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot»,
«Statistika»,
Ayniqsa,
«Iqtisodiy
statistika», «Mehnat iqtisodi va sotsiologiya», «Marketing», «Menejment»,
«Buxgalteriya xisobi va audit», «Moliya-kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik»,
«Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti» va boshqa bir qator
fanlar kiradi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani «Korxona iqtisodi» fani bilan chambarchas
bog`liqdir. Bunday bog`liqlik sanoat va uning aloxida tarmoqlari moddiy- texnika
va mehnat saloxiyatidan tula-tukis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish
uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir kursatishning yangidan-yangi usullarini
topishda maxorat va ishning kuzini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy xayot jarayonlari va xodisalarini o`rganish darajasi nuqtai
nazaridan, odatga kura, makroiqtisod va mikroiqtisodni farklaydilar.
«Makroiqtisod» fani iqtisodni bir butun sifatida karaydi va umumiy
(majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning
shakllanish jarayonlarini tadkik etadi, xukumat byudjet siyosatining iqtisodiy
usishiga, inflyasiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini taxlil etadi. Boshqacha
aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish
muammolarini o`rganadi va urgatadi.
«Makroiqtisod» fani ishlab chiqarish tarmog`i va korxona, tovar va moliya
bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xujaligi kabi aloxida sub’ektlar va
tuzilmalarning fe’l — atvorini tadkik etadi. U aloxida tovarlarning ishlab chiqarish
hajmi va ularga baxo kanday belgilanishini, soliklar va boshqa tulovlarning axoli
jamgarmalariga kanday ta’sir etishini o`rganadi.
Sanoat iqtisodiyoti» fani «Menejment» fani bilan xam bevosita bog`liqdir.
CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va
amaliyoti asosida uz echimini topishi mumkin.
«Menejment» fani — boshqaruvchiga tanlovni tugri amalga oshirish va
ishchan qarorni qabul qilishni urgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha buginlarda ishlay oladigan yuqori malakali
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o`rganishda xalq xujaligida texnika va
texnologiya taraqqiyotining yullarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan
xam keng foydalanish goyat zarurdir.
SHunday kilib, «Sanoat iqtisodiyoti» fanining predmeti deganda jamiyatning
ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo`lish
shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan
mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni
ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o`rganish tushuniladi.
1.3. «Sanoat iqtisodi» fanning o`rganish metodologiyasi va usullari
Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o`rganish faoliyatining
shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Muayyan fan buyicha masalani o`rtaga
tashlash, tadkikot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek,
aniqlangan natijaning xakikiyligi, ya’ni o`rganilayotgan ob’ektga muvofikligi
jixatidan tekshirish metodologiyani qullashning eng muhim tomoni xisoblanadi.
Demak, metodologiya — tadkikot yoki bilish, anglash yuli, voqiylikni amaliy va
nazariy uzlashtirish usullari majmuasidir.
«Sanoat iqtisodiyoti» fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning
vujudga kelishi va rivojlanish muammolari buyicha xozirgi nazariya, uzbek eli va
xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, Uzbekiston Davlatining
qonun-qoidalari, Respublika Prezidentining asarlari va farmonlari tashkil etadi.
Xalq xujaligining etakchi sohasi bo`lgan sanoatda ruy beradigan barcha
xodisa va uzgarishlarni tadkik etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli
mushoxadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga utishni, ya’ni xakikatni
bilishning, ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yulidan foydalanishni taqozo
etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va «irmok»lari xamda
korxonalarida ruy beradigan xodisalar, voqiyliklar va iqtisodiy jarayonlarning
uzaro bog`liqligini, ularning uzluksiz xarakati, taraqqiyot va uzgarishi, miqdor
kursatkichdan sifat kursatkichga utishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab
olishga yordam beradi.
Dialektika usuli muammolar o`rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning
namoyon bo`lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, karama-karshiliklarga boy
ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fani va ilmining barcha muammolarini o`rganishda
unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa, gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli
narsa — bu, asosiy tarixiy boglanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi
ma’lum xodisa kanday paydo bo`lganligi, bu xodisa uz rivojlanishida kanday
bosqichlardan utganligi nuqtai nazaridan qarab, ana shu rivojlanish, taraqqiyot