SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING AYLANMA FONDLARI VA
MABLAG‘LARI
Reja:
1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati.
2. Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati hamda ularning korxona
iqtisodiyotiga ta’siri.
3. Aylanma mablag‘larni normalashtirish.
4. Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning aylanishini
tezlashtirish yo‘llari.
1
Tayanch so‘z va iboralar: aylanma mablag‘lar mohiyati, aylanma mablag‘lar
elementlari, aylanma mablag‘larning vazifalari va aylanish bosqichlari, ishlab
chiqarishdagi aylanma mablag‘lar, aylanma mablag‘lar aylanish darajasi, aylanma
mablag‘lardan foydalanish holati va darajasi.
1. Aylanma mablag‘lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona
faoliyatidagi ahamiyati
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari
(asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag‘larga ham ega
bo‘lishlari zarur. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va
muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat.
Aylanma mablag‘lar, qoidaga ko‘ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul
ko‘rinishida jamg‘ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy
fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq.
Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko‘p
bo‘lsa, aylanma mablag‘lar shunchalik ko‘p talab qilinadi. Aylanma mablag‘lar
ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
“Aylanma mablag‘lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham
ko‘p qo‘llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo‘jalik yuritishning xorijiy
tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko‘ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish
kapitalining bir qismi bo‘lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir siklida
ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so‘ng
korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko‘pincha korxonaning pul mablag‘lari
hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag‘lariga aylantiriluvchi
harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi.
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga
ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma kapital” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q.
Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg‘i,
energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek,
ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak (avans)
2
tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan qo‘shimcha talab banklardan
olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag‘larga yetarli
tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham
unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom
ashyo, material, yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan
holda qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma
mablag‘lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va muomala fondlariga
taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiybuyumlashgan tuzilishidan
tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi
ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni
tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalarida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarikorxona ishlab chiqarish fondlarining bir
qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini
o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shu
sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy
elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
2. Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati hamda ularning korxona
iqtisodiyotiga ta’siri
Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining asosiy va
salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
*ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga
kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash
va o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-
moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;
*tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda
3
ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq
tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan
mehnat predmetlari;
*kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin
kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash
va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish,
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi
xarajatlar va boshqalar).
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari
ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq
qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va
murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari
va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar
bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning
guruh va elementlari
Butu
n
sano
at
Qora
metallurgi
ya
Mashin
a-sozlik
Energ
e-tika
Engil
sanoat
Oziq-
ovqat
sanoati
1. Ishlab chiqarish
zahiralari - jami
70,2
65,0
55,3
98,3
90,0
78,8
Jumladan:
xom ashyo va asosiy
materiallar,
yarim
tayyor mahsulotlar
46,2
23,8
37,5
-
76,7
52,2
Yordamchi
materiallar
6,6
11,0
2,3
24,1
5,7
6,1
Yoqilg‘i
1,7
2,0
0,7
37,4
0,5
1,6
Ta’mirlash
uchun
ehtiyot qismlar
3,9
11,0
2,0
23,0
1,7
2,0
4
Qadoqlash va o‘rov
materiallari
3,0
0,5
0,6
0,3
1,2
11,3
Instrumentlar,
xo‘jalik asboblari va
qimmat bo‘lmagan,
tez eskiruvchi boshqa
predmetlar
9,8
16,7
12,2
19,5
3,2
5,6
2.
Tugallanmagan
ishlab chiqarish va
korxonada
tayyorlangan yarim
tayyor mahsulotlar
24,0
18,3
42,2
0,5
9,8
19,5
3. Kelgusi davr
xarajatlari va boshqa
mehnat predmetlari
5,8
16,7
2,5
1,2
0,2
1,7
Jami aylanma ishlab
chiqarish fondlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
3. Aylanma mablag‘larni normalashtirish
Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan
turlarga bo‘linadi.
Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy
resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma
mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar
qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari
kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan
mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan
ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa
vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank
5