Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

30,1 KB


Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish
Reja: 
1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar atijalaridan foydalanish
2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati
3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni
4. Tabiat va inson resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik baholash
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab
masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarini
hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab,
qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga
qanday  chiqindilarni  chiqarishi,  bu  chiqindilarning  kimyoviy  tarkibi,  zarar
yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil
qilinganidan so’ng  uni  joylashtirish  uchun  hudud tanlanadi.  Tanlangan hudud
korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko’rsatishi uchun har jihatdan
qulay bo’lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan
yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari me’yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo’nalishi), yer
usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o’simlik qoplamlari, aholi yashash joylari
o’rganiladi.  Korxona  zararli  chiqindilarni  ko’plab  chiqaradigan  bo’lsa  (ko’mir
asosida ishlaydigan GRES,qora va rangli metallurgiya korxonalari),ularni aholi
yashaydigan  manzilgohlardan  uzoqda,shamol  yo’nalishiga  teskari  bo’lgan
hududlarda  joylashtirish  lozim.Buxoro  viloyatidagi  Qorovulbozor  neftni  qayta
ishlaydigan,Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va
Sho’rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho’lda
joylshganligi sababli ulardan tabiat va inson ko’radigan zarar oz miqdorda.
Logotip
Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish Reja: 1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar atijalaridan foydalanish 2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati 3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni 4. Tabiat va inson resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik baholash Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan so’ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko’rsatishi uchun har jihatdan qulay bo’lishi lozim. Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlari me’yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo’nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o’simlik qoplamlari, aholi yashash joylari o’rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko’plab chiqaradigan bo’lsa (ko’mir asosida ishlaydigan GRES,qora va rangli metallurgiya korxonalari),ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda,shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarda joylashtirish lozim.Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan,Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho’rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho’lda joylshganligi sababli ulardan tabiat va inson ko’radigan zarar oz miqdorda.
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda
murakkabdir. Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash korxonalari qurulishida
hududning  ba’zi  xususiatlari  e’tiborga  olinmaganligi  tufayli  keyingi  vaqtlarda
jiddiy  ekologik  muammolar  yuzaga  kelmoqda.  Chunonchi,  Oltiariq  neft
mahsulotlarining singib o’tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi
buzilmoqda.  Quvasoydagi  sement  ishlab  chiqaradigan  korxona  atrof-muhitni
ko’pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog’ yonbag’irlari
bilan o’ralgan botiqda joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof-
muhit ancha zarar ko’radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo
ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy
sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish
geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak.
Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari
natijalariga, statistik ma’lumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy,
statistik,  matematik  va  boshqa  tadqiqot  usullaridan  foydalanadialr.  Bu  usullar
nafaqat yirik hududiy birliklarni o’rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish
korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo’l keladi.
Bunda  eng  muhimi  korxona  qurish  uchun  aynan  shu  hudud
tanlanganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik o’rnini baholash,
iqtisodiy  rayon  majmuasi,  xo’jalik  tarmog’i  nuqtayi  nazaridan  iqtisodiy
samaradorligini aniqlashdan iboratdir.
Bundan  tashqari  korxona  iqtisodiy-geografik  tahlil  qilishda  quyidagi
ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi:
-
Korxonaning hududiy tarkibi, ya’ni uning alohida bo’limlari (sexlari)ning,
zavod transport tugunining joylashishi ;
-
Korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha
nahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg’i qancha miqdorda
qabul qilinadi ;
-
Asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchilarga to’lanadigan
ish haqi, o’zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan
Logotip
Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash korxonalari qurulishida hududning ba’zi xususiatlari e’tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariq neft mahsulotlarining singib o’tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof-muhitni ko’pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog’ yonbag’irlari bilan o’ralgan botiqda joylashgan. Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof- muhit ancha zarar ko’radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga, statistik ma’lumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadialr. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni o’rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo’l keladi. Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlanganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy-geografik o’rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo’jalik tarmog’i nuqtayi nazaridan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari korxona iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi: - Korxonaning hududiy tarkibi, ya’ni uning alohida bo’limlari (sexlari)ning, zavod transport tugunining joylashishi ; - Korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha nahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg’i qancha miqdorda qabul qilinadi ; - Asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, o’zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan
mablag’,  shuningdek,  transport  xarajatlari  alohida  ko’rsatilsdi)  va
korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi ;
-
Xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga
qatnashi ;
-
Korxonaning atrof muhitga ta’siri.
Korxonani  tadqiq  etishda  korxona  ishchilari  bilan  suhbatlashish,
korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan
foydalanish
Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxasislar
tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat
munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada
murakkab  hisoblanadi.  Shu  sababli,  bu  borada  faqat  loyihaning  muhandislik
jihatlari  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  loyihaning  xususiyati  va  tabiatga
bo’ladigan  funksional  ta’siri  ham  e’tiborga  olish  kerak  bo’ladi.  Bu  borada
geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat hizmat qilishi uchun uni geografik
jihatdan asoslash lozim bo’ladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini
sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar
jumlasiga kiradi.
Sug’orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan
chuqur o’rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini
oladi. Avvalo, hudud qanday landshaftlarni egallaganligi aniqlanadi. Chunonchi,
daryo terrasasi, soyning konus yoyilmasi, prolyuvial tekislik, daryo deltasi va
boshq.  Shundan  so’ng  atrofdagi  tabiiy  geografik  hududlarning  xususiyatlari,
sug’oriladigan  dehqonchilikda  foydalanilishi  yoki  tabiiy  yaylov  (lalmi
dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlanadi. Tog’ yonbag’rida joylashgan bo’lsa, sel,
surilma, jar eroziyasi kabi halokatli hodisalar ta’siriga berilishi hisobga olinadi.
Shuningdek, yangi  yerlar  o’zlashtirilishi  tufayli  quyidagi  joylashgan,  ilgaridan
foydalanib kelinayotgan yerlarga yetkaziladigan zarar tahlil qilinadi.
Logotip
mablag’, shuningdek, transport xarajatlari alohida ko’rsatilsdi) va korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi ; - Xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi ; - Korxonaning atrof muhitga ta’siri. Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi. 1. Texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish Texnik loyiha ma’lum muhandislik ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxasislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko’p jabhalarini o’z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Shu sababli, bu borada faqat loyihaning muhandislik jihatlari bilan chegaralanib qolmasdan, loyihaning xususiyati va tabiatga bo’ladigan funksional ta’siri ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat hizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim bo’ladi. Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sug’oriladigan dehqonchilik maqsadlarida o’zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi. Sug’orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur o’rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday landshaftlarni egallaganligi aniqlanadi. Chunonchi, daryo terrasasi, soyning konus yoyilmasi, prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan so’ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususiyatlari, sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanilishi yoki tabiiy yaylov (lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlanadi. Tog’ yonbag’rida joylashgan bo’lsa, sel, surilma, jar eroziyasi kabi halokatli hodisalar ta’siriga berilishi hisobga olinadi. Shuningdek, yangi yerlar o’zlashtirilishi tufayli quyidagi joylashgan, ilgaridan foydalanib kelinayotgan yerlarga yetkaziladigan zarar tahlil qilinadi.
Irrigatsiya  va  melioratsiya  tarmoqlarini  loyihalashda  ularni  relyefning
qanday  joylaridan  o’tishini  aniqlash  ham  amaliy  ahamiyatga  ega.  Bu  holda
gruntning litologik tuzilishini o’rganish zarur bo’ladi. Shag’al tosh mavjud bo’lgan
joylarda sug’orish tarmoqlarini loyihalash suvning katta qismi zaminga shimilib
ketishiga sabab bo’ladi va boshqa bir joyda yer betiga yaqinlashib, botqoqlanish
yoki sho’rlanishga olib keladi.
Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o’ziga xos murakkab
inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo’lgan joylardagina qurish samaralidir.
Suv  omborlarining  tog’  vodiylari  va  etaklarida  qurilishi  har  jihatdan
foydalidir, chunki suv ortiqcha bug’lanishga sarflanmaydi, suvning sizib o’tishi
ancha kam bo’ladi. Eng muhimi, suv kanallarga o’zi oqar holda taqsimlanadi. Bu
mintaqada suv har doim toza, sho’rlanmagan bo’ladi.
Tog’ daryosi va soylarda suv omborlarini qurish ancha yengilroq kechadi,
chunki vodiyda o’zan baland to’g’on bilan to’silganidan so’ng uning orqasida katta
hajmda suv to’planadi. Chorbog’, Ohamgaron, Janubiy Surxon va boshqa suv
omborlari shu usulda qurilgan. Bu usuldagi qurilish katta mablag’ talab qilmaydi.
Avvalo, suv ombori qurilishi mumkin bo’lgan eng qulay joylarni tanlash, to’g’on
ko’tariladigan joyning muhandis-geografik xususiyatlari barcha talablarga javob
berishini  ta’minlash  lozim.  Qurilish  amalgam  oshiriladigan  joyda  istiqomat
qiladigan aholi  soni  ko’p bo’lmasligiga, sug’orishda yaroqli yerlar suv ostida
qolmasligiga, tabiatning so’lim go’shalari buzilmasligiga ahamiyat beriladi.
Tog’ vodiylarida yirik (hajmi 1,5-2 kub km.) suv omborlari qurilganidan
ko’ra  kichikroq  (0,3-0,4  kub  km.  va  undan  kam)  hajmdagilari  loyihalangani
ma’qulroq. Chunki kuchli yer silkinishi bo’ladigan tog’li o’lkalarda juda katta suv
havzalarini qurish ancha xavfli.
Sanoat  korxonalarini  joylashtirish.  Geografik  nuqtayi  nazardan  sanoat
korxonalari xo’mashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda
bunyod  etilsdi.  Lekin  shu  bilab  birga  sanoat  korxonasini  qurish  uchun  zarur
bo’lgan sharoitlar ham ma’;um darajada hisobga olinadi. Hududning meteorologik
va relyef sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborda bo’ladi.
Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog’ vodiylarida, yirik
daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirilmagani ma’qul. Tog’ vodiysida
Logotip
Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini loyihalashda ularni relyefning qanday joylaridan o’tishini aniqlash ham amaliy ahamiyatga ega. Bu holda gruntning litologik tuzilishini o’rganish zarur bo’ladi. Shag’al tosh mavjud bo’lgan joylarda sug’orish tarmoqlarini loyihalash suvning katta qismi zaminga shimilib ketishiga sabab bo’ladi va boshqa bir joyda yer betiga yaqinlashib, botqoqlanish yoki sho’rlanishga olib keladi. Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o’ziga xos murakkab inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo’lgan joylardagina qurish samaralidir. Suv omborlarining tog’ vodiylari va etaklarida qurilishi har jihatdan foydalidir, chunki suv ortiqcha bug’lanishga sarflanmaydi, suvning sizib o’tishi ancha kam bo’ladi. Eng muhimi, suv kanallarga o’zi oqar holda taqsimlanadi. Bu mintaqada suv har doim toza, sho’rlanmagan bo’ladi. Tog’ daryosi va soylarda suv omborlarini qurish ancha yengilroq kechadi, chunki vodiyda o’zan baland to’g’on bilan to’silganidan so’ng uning orqasida katta hajmda suv to’planadi. Chorbog’, Ohamgaron, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlari shu usulda qurilgan. Bu usuldagi qurilish katta mablag’ talab qilmaydi. Avvalo, suv ombori qurilishi mumkin bo’lgan eng qulay joylarni tanlash, to’g’on ko’tariladigan joyning muhandis-geografik xususiyatlari barcha talablarga javob berishini ta’minlash lozim. Qurilish amalgam oshiriladigan joyda istiqomat qiladigan aholi soni ko’p bo’lmasligiga, sug’orishda yaroqli yerlar suv ostida qolmasligiga, tabiatning so’lim go’shalari buzilmasligiga ahamiyat beriladi. Tog’ vodiylarida yirik (hajmi 1,5-2 kub km.) suv omborlari qurilganidan ko’ra kichikroq (0,3-0,4 kub km. va undan kam) hajmdagilari loyihalangani ma’qulroq. Chunki kuchli yer silkinishi bo’ladigan tog’li o’lkalarda juda katta suv havzalarini qurish ancha xavfli. Sanoat korxonalarini joylashtirish. Geografik nuqtayi nazardan sanoat korxonalari xo’mashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda bunyod etilsdi. Lekin shu bilab birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo’lgan sharoitlar ham ma’;um darajada hisobga olinadi. Hududning meteorologik va relyef sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborda bo’ladi. Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog’ vodiylarida, yirik daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirilmagani ma’qul. Tog’ vodiysida
mahalliy  shamol  doimo  tog’dan  vodiy  bo’ylab  esadi,  binobarin,  korxona
atmosferaga  chiqargan  chiqindilarni  vodiyning  quyi  qismiga  haydab  keladi.
Chirchiq-Ohangaron, Surxandaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin.
Daryo  bo’ylarida  joylashgan  korxonalar  o’z  chiqindilarini  unga  oqizib
keladi,  natijada  suv  turli  chiqindilar  bilan  ifloslanadi.  Zarafshon,  Chirchiq,
Ohamgaron, Surxandaryo suvlarining iflosligi korxonalar tashlayotgan oqava suv
turli chiqindilar bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt
suvlarini ifloslaydi.
Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof-muhit
ifloslanishining oldini olishga ahamiyat berilishi lozim.
Shaharsozlik  loyihalarini  asoslash.  Aholi  yashash  joylari:  shahar,
shaharcha, qishloq bunyod etilihida tabiatning go’zal, xushmanzara va falokatli
tabiiy hodisalardan uzoqda bo’lgan hududlar tanlanadi. Chunki ular vaqt o’tishi
bilan aholi sonining ortishi natijasida kengayib boradi.
Hozirgi vaqtda turli joylarda foydali qazilmalarning topilishi va ularni qazib
olish, qayta ishlash korxonalari, yirik GRES, gidrotexnik inshootlar qurilishi, gaz
va suvni quvurlarda tashishga xizmat qiluvchi kompressorlarning ishga tushirilishi
munosabati bilan shu joylarda shaharchalar buyod etilmoqda.
Vohalarda,  xususan  sug’oriladigan  hududlarda  shahar  va  qishloqlar
relyefning balandroq joylarida, yirik kanal yoki daryo bo’ylaridan kamida 3-4 km
uzoqlikda qurilgani ma’qul. Chunki suv aholi yashash joylariga yer ostidan ta’sir
ko’rsatadi. Balndroq bo’lgan joylarda grunt suvlari sathi ancha pastda bo’ladi.
6-jadval
№
O’rta Osiyodagi eng katta suv omborlari
1
Nomi
Maydoni(km
2 )
Suv hajmi
(mln
m
3 )
Qaysi daryo 
havzasida
2
Buxtarma
5500 
53000
  Irtish
3
To’xtag’ul
284,0
19500
Norin
4
Rogun
180,0
12400
Vaxsh
Logotip
mahalliy shamol doimo tog’dan vodiy bo’ylab esadi, binobarin, korxona atmosferaga chiqargan chiqindilarni vodiyning quyi qismiga haydab keladi. Chirchiq-Ohangaron, Surxandaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin. Daryo bo’ylarida joylashgan korxonalar o’z chiqindilarini unga oqizib keladi, natijada suv turli chiqindilar bilan ifloslanadi. Zarafshon, Chirchiq, Ohamgaron, Surxandaryo suvlarining iflosligi korxonalar tashlayotgan oqava suv turli chiqindilar bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt suvlarini ifloslaydi. Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga ahamiyat berilishi lozim. Shaharsozlik loyihalarini asoslash. Aholi yashash joylari: shahar, shaharcha, qishloq bunyod etilihida tabiatning go’zal, xushmanzara va falokatli tabiiy hodisalardan uzoqda bo’lgan hududlar tanlanadi. Chunki ular vaqt o’tishi bilan aholi sonining ortishi natijasida kengayib boradi. Hozirgi vaqtda turli joylarda foydali qazilmalarning topilishi va ularni qazib olish, qayta ishlash korxonalari, yirik GRES, gidrotexnik inshootlar qurilishi, gaz va suvni quvurlarda tashishga xizmat qiluvchi kompressorlarning ishga tushirilishi munosabati bilan shu joylarda shaharchalar buyod etilmoqda. Vohalarda, xususan sug’oriladigan hududlarda shahar va qishloqlar relyefning balandroq joylarida, yirik kanal yoki daryo bo’ylaridan kamida 3-4 km uzoqlikda qurilgani ma’qul. Chunki suv aholi yashash joylariga yer ostidan ta’sir ko’rsatadi. Balndroq bo’lgan joylarda grunt suvlari sathi ancha pastda bo’ladi. 6-jadval № O’rta Osiyodagi eng katta suv omborlari 1 Nomi Maydoni(km 2 ) Suv hajmi (mln m 3 ) Qaysi daryo havzasida 2 Buxtarma 5500 53000 Irtish 3 To’xtag’ul 284,0 19500 Norin 4 Rogun 180,0 12400 Vaxsh
5
Norak
98,0
10500
  Vaxsh
6
Tuyamo’yin
790,0
7300
Amudaryo
7
Chordara
900,0
5700
Sirdaryo
8
Qayroqqum
513,0
4200
Sirdaryo
9
Chorvoq
40,0
2006
 Chirchiq
10 Andijon
80,0
1750
Qoradaryo
11 Kattaqo’rg’on
83,6
845
Zarafshon
12 Jan.Surxondaryo 65,0
800
Surxondaryo
13 Chimqo’rg’on
44,4
449
Qashqadaryo
2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati
Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit holatini yaxshilash
uchun mamlakat  miqyosida  bir  necha  sohalar  bo’yicha  ilmiy-amaliy  dasturlar
ishlab  chiqilgan.Mazkur  dasturlar  bir  necha  yillarga  mo’ljallangan  bo’lib,uni
bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi.Quyida ba’zi asosiy dasturlar mazmuni
bilan tanishasiz. 
     Suv muammolari dasturi.  O’rta Osiyoda suv resurslari taqchiligi va unga
nisbatan talabning tobora ortib borayotganligi tufayli, shuningdek, joylarda suvning
sifati davlat andozalariga to’la javob bermayotganligini e’tiborga olib, mamlakatta
suv  muammolari  dasturi  qabul  qilingan.  Dasturning  asosiy  mazmuni  suv
resurslaridan oqilona va tejab foydalanish, korxonalarda suvdan aylanma (berk)
Logotip
5 Norak 98,0 10500 Vaxsh 6 Tuyamo’yin 790,0 7300 Amudaryo 7 Chordara 900,0 5700 Sirdaryo 8 Qayroqqum 513,0 4200 Sirdaryo 9 Chorvoq 40,0 2006 Chirchiq 10 Andijon 80,0 1750 Qoradaryo 11 Kattaqo’rg’on 83,6 845 Zarafshon 12 Jan.Surxondaryo 65,0 800 Surxondaryo 13 Chimqo’rg’on 44,4 449 Qashqadaryo 2. Soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit holatini yaxshilash uchun mamlakat miqyosida bir necha sohalar bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlar ishlab chiqilgan.Mazkur dasturlar bir necha yillarga mo’ljallangan bo’lib,uni bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi.Quyida ba’zi asosiy dasturlar mazmuni bilan tanishasiz. Suv muammolari dasturi. O’rta Osiyoda suv resurslari taqchiligi va unga nisbatan talabning tobora ortib borayotganligi tufayli, shuningdek, joylarda suvning sifati davlat andozalariga to’la javob bermayotganligini e’tiborga olib, mamlakatta suv muammolari dasturi qabul qilingan. Dasturning asosiy mazmuni suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish, korxonalarda suvdan aylanma (berk)
texnologiyani  joriy  qilgan  holda  fodalanishni  yo’lga  qo’yish  va  boshqa
jarayonlariga qaratilgan.
Dasturni amalga oshirishda geografiyaning vazifasi avvalo suv resursning
ma’lum sohalar bo’yicha taqsimlanishini hisob-kitob qilish, qor va yomg’irlardan
vujudga keladigan suv oqimini, yer osti suvlari hisobiga yer usti suvlarining (va
aksincha) to’yinishini asoslash, muzliklarning, ko’llar, suv omborlarining balansini
hisoblab chiqish, suvning yerga singishi, bug’lanishi va boshqalarni o’rganishdan
iborat.
O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda suvdan to’g’ri va ilmiy asosda
foydalanishni  yanada  takomillashtirish,  suvni  iqtisod  qilish  ko’p  hollarda
sug’oriladigan dehqonchilikda uning oqilona ishlatilishiga bog’liq. Shuning uchun
sug’orishda eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur. Hozirda qishloq xo’jaligida
samarali hisoblangan yomg’irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib sug’orish usullari
tatbiq qilina boshlandi, lekin ular juda kichik maydonlarda amalgam oshirilmoqda.
Suv  muammolari  murakkab,  ko’p  qirrali  va  ko’p  sohalidir.  Ular  uzoq
muddatli mashaqatli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Sug’oriladigan yerlar dasturi. O’zlashtirilgan yerlar quruq iqlim sharoitida
eng  mahsuldor  yer  hisoblanadi.  Bir  yil  mobaynida  bunday  yerlardan  uch
martagacha  ekin  ekib,  hosil  olish  mumkin.  Lekin  respublikada  sug’oriladigan
yerlardan  oqilona  foydalanilmoqda  deb  bo’lmaydi.  Ularning  katta  qismi
sho’rlangan, eroziya vas hamol katta maydonlarga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
Har yili jala yog’ishi va sel hodisalari natijasida yerdan unumli foydalanish darajasi
pasayib  ketadi.  Demak,  sug’oriladigan  yerlardan  foydalanish  ko’rsatkichlarini
oshirish uchun ularning unumdorligini va meliorativ sharoitlarini yaxshilash zarur
bo’ladi.
Geograflarning  yerdan  mahsuldorligini  oshirishdagi  asosiy  vazifasi  –
mahalliy  tabiiy  sharoitni  chuqur  o’rganga  holda,  ularning  shamol  va  suv
eroziyalariga  berilishini  iloji  boricha  kamaytirish  yo’llarini  asoslash  hamda
meliorativ  sharoitlarini  tubdan  yaxshilashning  litogolik-geomorfologik  va
gidrogeologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimi. Tabiat muhofazasi
sohasida  geograflarning  o’rni  alohida  ahamiyatga  ega.  Geografiyaning  barcha
Logotip
texnologiyani joriy qilgan holda fodalanishni yo’lga qo’yish va boshqa jarayonlariga qaratilgan. Dasturni amalga oshirishda geografiyaning vazifasi avvalo suv resursning ma’lum sohalar bo’yicha taqsimlanishini hisob-kitob qilish, qor va yomg’irlardan vujudga keladigan suv oqimini, yer osti suvlari hisobiga yer usti suvlarining (va aksincha) to’yinishini asoslash, muzliklarning, ko’llar, suv omborlarining balansini hisoblab chiqish, suvning yerga singishi, bug’lanishi va boshqalarni o’rganishdan iborat. O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda suvdan to’g’ri va ilmiy asosda foydalanishni yanada takomillashtirish, suvni iqtisod qilish ko’p hollarda sug’oriladigan dehqonchilikda uning oqilona ishlatilishiga bog’liq. Shuning uchun sug’orishda eng zamonaviy usullarni qo’llash zarur. Hozirda qishloq xo’jaligida samarali hisoblangan yomg’irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib sug’orish usullari tatbiq qilina boshlandi, lekin ular juda kichik maydonlarda amalgam oshirilmoqda. Suv muammolari murakkab, ko’p qirrali va ko’p sohalidir. Ular uzoq muddatli mashaqatli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Sug’oriladigan yerlar dasturi. O’zlashtirilgan yerlar quruq iqlim sharoitida eng mahsuldor yer hisoblanadi. Bir yil mobaynida bunday yerlardan uch martagacha ekin ekib, hosil olish mumkin. Lekin respublikada sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanilmoqda deb bo’lmaydi. Ularning katta qismi sho’rlangan, eroziya vas hamol katta maydonlarga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Har yili jala yog’ishi va sel hodisalari natijasida yerdan unumli foydalanish darajasi pasayib ketadi. Demak, sug’oriladigan yerlardan foydalanish ko’rsatkichlarini oshirish uchun ularning unumdorligini va meliorativ sharoitlarini yaxshilash zarur bo’ladi. Geograflarning yerdan mahsuldorligini oshirishdagi asosiy vazifasi – mahalliy tabiiy sharoitni chuqur o’rganga holda, ularning shamol va suv eroziyalariga berilishini iloji boricha kamaytirish yo’llarini asoslash hamda meliorativ sharoitlarini tubdan yaxshilashning litogolik-geomorfologik va gidrogeologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir. Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimi. Tabiat muhofazasi sohasida geograflarning o’rni alohida ahamiyatga ega. Geografiyaning barcha
ilmiy-tadqiqot  ishlari  va  amaliy  ishlanmalari  tub  mohiyati  bilan  tabiat
muhofazasiga bag’ishlangan.
O’zbekistonda  tabiat  muhofazasi  zarur  bo’lgan  va  ekologik  vaziyatning
jiddiylashuvi  kuchayib  borayotgan  hududlar  mavjud.  Chunonchi,  Orolbo’yi,
Zarafshon vodiysi, Chirchiq-Ohangaron vohasi ekologik sharoitning murakkabligi
bilan  ajrakib  turadi.  Fanning  vazifasi  bu  holda  atmosfera  havosiga  va  suv
havzalariga chiqarilayotgan chiqindilarning tabiiy muhitga va insonga keltiradigan
zararlarining  ekologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlarini  tahlil  qilish,
chiqindilarning  atrof-muhitga  ta’sir  radiusini  va  uning  mintaqalarini  bilish,
ularning  ta’siri  natijasida  tabiatda  yuz  beradigan  turli  ekologik  o’zgarishlarni
hozirda va istiqbolda vujudga kelishini asoslashdan iborat. barcha ma’lumotlar
asosida xaritalar tayyorlanadi va ularni tegishli rahbar tashkilotlar diqqatiga havola
qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilishda eng samarali faoliyatlardan biri ma’lumotlarni va
vaziyatni xaritalarga tushirish yo’li bilan tadqiqot natijalarini mutaxassislarga va
keng  jamoatchilikka  ko’rsata  bilishdir.  Tabiatni  muhofaza  qilish  va  ekologik
vaziyatlarni  xaritalarda aks  ettirish  bilan mazkur  muammo to’g’risida  ko’plab
ma’lumotlarni qisqa, ixcham va aniq holda tegishli mutaxassislarga yetkaziladi.
Xaritalar  muammoning  tarkib  topishi,  hozirgi  holati  va  kelajakda  yanada
o’zgarishini tadrijiy holda ko’rsata oladi. Bu jihatdan xaritalar ushbu muammoni
tezroq hal etishga yaqindan yordam berishi mumkin.
3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni
Tabiat muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina mintaqaviy muammolar
o’zining dolzarbligi va tobora jiddiylashuvi, tang ekologik vaziyatlarning tarkib
topishiga olib kelishi bilan ajralib turadi. O’zbekistonning barcha yirik hududlarida
o’ziga  xos  tabiat  muhofazasiga  oid  muammolar  mavjud.  Farg’ona  vodiysi,
Logotip
ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlanmalari tub mohiyati bilan tabiat muhofazasiga bag’ishlangan. O’zbekistonda tabiat muhofazasi zarur bo’lgan va ekologik vaziyatning jiddiylashuvi kuchayib borayotgan hududlar mavjud. Chunonchi, Orolbo’yi, Zarafshon vodiysi, Chirchiq-Ohangaron vohasi ekologik sharoitning murakkabligi bilan ajrakib turadi. Fanning vazifasi bu holda atmosfera havosiga va suv havzalariga chiqarilayotgan chiqindilarning tabiiy muhitga va insonga keltiradigan zararlarining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish, chiqindilarning atrof-muhitga ta’sir radiusini va uning mintaqalarini bilish, ularning ta’siri natijasida tabiatda yuz beradigan turli ekologik o’zgarishlarni hozirda va istiqbolda vujudga kelishini asoslashdan iborat. barcha ma’lumotlar asosida xaritalar tayyorlanadi va ularni tegishli rahbar tashkilotlar diqqatiga havola qilinadi. Tabiatni muhofaza qilishda eng samarali faoliyatlardan biri ma’lumotlarni va vaziyatni xaritalarga tushirish yo’li bilan tadqiqot natijalarini mutaxassislarga va keng jamoatchilikka ko’rsata bilishdir. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatlarni xaritalarda aks ettirish bilan mazkur muammo to’g’risida ko’plab ma’lumotlarni qisqa, ixcham va aniq holda tegishli mutaxassislarga yetkaziladi. Xaritalar muammoning tarkib topishi, hozirgi holati va kelajakda yanada o’zgarishini tadrijiy holda ko’rsata oladi. Bu jihatdan xaritalar ushbu muammoni tezroq hal etishga yaqindan yordam berishi mumkin. 3. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni Tabiat muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina mintaqaviy muammolar o’zining dolzarbligi va tobora jiddiylashuvi, tang ekologik vaziyatlarning tarkib topishiga olib kelishi bilan ajralib turadi. O’zbekistonning barcha yirik hududlarida o’ziga xos tabiat muhofazasiga oid muammolar mavjud. Farg’ona vodiysi,
Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Qizilqum, Orolbo’yi, Ustyurt, Zarafshon vodiysi va
boshqa hududlarida turli hududiy muammolar yuzaga kelganki, ularni ma’lum
dastur asosida tizimli yondashuv asosida hal qilish lozim bo’ladi.
Quruq  iqlim  mintaqasida  cho’llashishga  qarshi  kurash  loyihasini
amalgam oshirish.  Cho’llashish arid mintaqada ekotizimlar  mahsuldorligining
kamayib ketishi bilan bog’liq. Cho’llarda muntasil qorako’l qo’ylarining boqilishi
tufayli  yaylovlarning  mahsuldorligi  pasayib  boradi.  Buning  ustiga
avtomobillarning betartib harakati, turli inshootlarning qurilishi, ma’danlarni qazib
olish uchun burg’ulash, karyerlarning vujudga kelishi, yo’llar bunyod qilinishi
natijasida, turli texnik vositalar harakat qilishi tufayli o’simlik va tuproq eziladi,
shamol  harakati  natijasida  qum  uyumlari  va  botiqlari  tarkib  topadi.  Ushbu
jarayonlar  tufayli  yaylovlarning  mahsuldorligi  kamayib  ketadi,  ba’zan  yalang
qumlik tarkib topishi  esa  yaylovlarning nihoyatda kambag’allashib ketganidan
darak beradi. Bu hodisa cho’l yaylovlarining cho’llashishi deb ataladi.
Cho’llashish  sug’oriladigan  yerlarga  ham  xos  bo’lgan  hodisa.  Vohalar
tuproq-meliorativ sharoitlarning og’irlashuvi, eroziya va shamolning faollashuvi
sababli  tuproqning  chirindili  yuqori  qatlamlarining  yuvilishi  yer  hosildorligini
birmumcha pasaytiradi.
Daryo  suvlarining  oqimi  suv  omborlari  gidrouzellar  qurilishi  natijasida
jilovlanishi bilan ularning bahorda toshib, yozda to’lib oqishiga chek qo’yiladi.
Boz  ustiga,  daryo  suvlarining  minerallashuv  darajasi  ortib,  ifloslanishi  yuz
bermoqda. Bu hol daryo qirg’oqlaridagi to’qayzorlarni cho’llashishga mahqum
qilmoqda. Suv sathining keskin darajada tushib ketishi bilan grunt suvlarining
yuzasi ham pasaydi. Daraxtli va butali to’qaylarning namga bo’lgan talabi ba’zi
joylarda butunlay qondirilmayapti. Bu hol ularning qurishiga olib keldi. Daryo
sohilidagi  Qizilqum,  Bodayto’qay  va  Zarafshon  qo’riqxonalarining  to’qay
o’simlilari ham shu ahvolda. Binobarin, ular cho’llashishga berilgan. Suni’y usulda
to’qayzorlarni suv bilan ta’minlash har doim ham yuqori samara bermaydi.
Cho’llashishga qarshi kurash ma’lum loyihalar asosida amalgam oshiriladi.
Buborasida qumliklar, platolardagiyaylovlar, vonalar, daryo deltalari, tog’ etaklari
yaylovlari uchun alohida tuzilgan loyihalar asosida kurash usullari ishlab chiqiladi,
ma]lum davrlarda amalgam oshiriladigan ishlar dasturi asoslanadi.
Logotip
Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Qizilqum, Orolbo’yi, Ustyurt, Zarafshon vodiysi va boshqa hududlarida turli hududiy muammolar yuzaga kelganki, ularni ma’lum dastur asosida tizimli yondashuv asosida hal qilish lozim bo’ladi. Quruq iqlim mintaqasida cho’llashishga qarshi kurash loyihasini amalgam oshirish. Cho’llashish arid mintaqada ekotizimlar mahsuldorligining kamayib ketishi bilan bog’liq. Cho’llarda muntasil qorako’l qo’ylarining boqilishi tufayli yaylovlarning mahsuldorligi pasayib boradi. Buning ustiga avtomobillarning betartib harakati, turli inshootlarning qurilishi, ma’danlarni qazib olish uchun burg’ulash, karyerlarning vujudga kelishi, yo’llar bunyod qilinishi natijasida, turli texnik vositalar harakat qilishi tufayli o’simlik va tuproq eziladi, shamol harakati natijasida qum uyumlari va botiqlari tarkib topadi. Ushbu jarayonlar tufayli yaylovlarning mahsuldorligi kamayib ketadi, ba’zan yalang qumlik tarkib topishi esa yaylovlarning nihoyatda kambag’allashib ketganidan darak beradi. Bu hodisa cho’l yaylovlarining cho’llashishi deb ataladi. Cho’llashish sug’oriladigan yerlarga ham xos bo’lgan hodisa. Vohalar tuproq-meliorativ sharoitlarning og’irlashuvi, eroziya va shamolning faollashuvi sababli tuproqning chirindili yuqori qatlamlarining yuvilishi yer hosildorligini birmumcha pasaytiradi. Daryo suvlarining oqimi suv omborlari gidrouzellar qurilishi natijasida jilovlanishi bilan ularning bahorda toshib, yozda to’lib oqishiga chek qo’yiladi. Boz ustiga, daryo suvlarining minerallashuv darajasi ortib, ifloslanishi yuz bermoqda. Bu hol daryo qirg’oqlaridagi to’qayzorlarni cho’llashishga mahqum qilmoqda. Suv sathining keskin darajada tushib ketishi bilan grunt suvlarining yuzasi ham pasaydi. Daraxtli va butali to’qaylarning namga bo’lgan talabi ba’zi joylarda butunlay qondirilmayapti. Bu hol ularning qurishiga olib keldi. Daryo sohilidagi Qizilqum, Bodayto’qay va Zarafshon qo’riqxonalarining to’qay o’simlilari ham shu ahvolda. Binobarin, ular cho’llashishga berilgan. Suni’y usulda to’qayzorlarni suv bilan ta’minlash har doim ham yuqori samara bermaydi. Cho’llashishga qarshi kurash ma’lum loyihalar asosida amalgam oshiriladi. Buborasida qumliklar, platolardagiyaylovlar, vonalar, daryo deltalari, tog’ etaklari yaylovlari uchun alohida tuzilgan loyihalar asosida kurash usullari ishlab chiqiladi, ma]lum davrlarda amalgam oshiriladigan ishlar dasturi asoslanadi.