Sanoat korxonasining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
Yuklangan vaqt
2024-06-14
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
35,2 KB
Sanoat korxonasining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
REJA:
3.1.Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
3.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi
3.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
3.5. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari
3.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu mamlakat resurslari,
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining mikdori va sifati bilan belgilanadi.
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko‘p
resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu
resurslardan to‘la – to‘kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor.
Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va maxsulot ishlab chiqarish
mumkin emas.
Ma’lumki, qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat
qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga
xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i,
elektr kuvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar, mehnat vositalariga esa,
mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar,
kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi
ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish
darajasiga ko‘ra, asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy
fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr
bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok
etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan xolda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan
mahsulotga asta-sekin, to‘zishiga qarab o‘tkazib boradigan mehnat
vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va mahsulot ishlab
chiqarishda qatnashadilar, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun soit
yaratadilar, mehnat buyumlari va tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o‘rindan
ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar foydalanish maqsadiga, ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita
qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan
fondlarga ajratiladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish soitida korxona asosiy fondlari va ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish muammosi markaziy
o‘rinlardan birini egallaydi. Ushbu muammoning hal etilishiga korxonaning sanoat
ishlab chiqarishidagi o‘rni, uning moliyaviy axvoli, bozordagi raqobatbardoshligi
bog‘liqdir.
Asosiy fondlar bir elementining ishlab chiqarish jarayonidagi roli, jismoniy va
maonaviy eskirishi, ulardan foydalanishga taocir etuvchi omillar to‘g‘risida to‘g‘ri
tasavvurga ega bo‘lgan holda, ishlab chiqarish ajatlarini kamaytirish, mehnat
unumdorligini ko‘tarish maqsadida asosiy fondlardan va ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uslublari va yo‘nalishlarini
aniqlash mumkin.
Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida shu narsaga alohida e’tibor berish
kerakki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish soitida birinchi o‘rinda mahsulotning texnik
darajasi, ishonchliligi, sifati turadi. Bularning barchasi esa texnikaning sifati va
undan samarali foydalanishga bog‘liqdir.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilar mehnat vositalari
yordamida mehnat buyumlariga ta’sir etib, ularni turli xildagi tayyor maxsulotga
aylantiradilar.
Mehnat vositalari (mashina, jixozlar, binolar, transport vositalri) mehnat
buyumlari (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i) bilan
birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. Qiymat ifodasidagi ishlab
chiqarish vositalari korxonaning ishlab chiqarish fondlarini hosil etadi. Ularning
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish harakteri, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga
o‘tkazish usuli va takror ishlab chiqarish harakteriga ko‘ra asosiy va aylanma
fondlarga ajratadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deganda, ko‘p ishlab chiqarish jarayonlarida
bevosita va bilvosita ishtirok etib, o‘z natural shaklini saqlagan holda, qiymatini
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisman ishlatilish jarayonida o‘tkazib boradigan
fondlarning bir qismi tushuniladi. Ular kapital qo‘yilmalar hisobiga to‘ldirib
boriladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan birga noishlab chiqarish asosiy fondlari
ham mavjudki, ularga korxona balansidagi uy-joylar, bolalar, sport va boshqa
madaniy-maishiy muassasalar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o‘laroq, ular
ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va mahsulot ishlab chiqarmagani sababli
o‘z qiymatini o‘tkaza olmaydi. Ular qiymati isteomolda yo‘qolib boradi. Qoplash
fondi tashkil etilmaydi. Ular milliy daromad hisobiga qayta tiklanadi.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan asosiy fondlar ishlab chiqarishga
bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi, ularning muttasil ravishda ko‘payib borishi korxona
ishlovchilari turmush tarzining moddiy va madaniy darajasini yaxshilashga olib
keladi va, oxir oqibatda, korxona faoliyati natijalarida o‘z aksini topadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy texnika
bazasini tashkil etadi. Ularning hajmiga korxona ishlab chiqarish quvvati,
mehnatning texnik qurollanish darajasi bog‘liqdir. Asosiy fondlarning to‘planuvchi
va mehnatning texnik qurollanish darajasining oshishi mehnat jarayonini boyitib,
unga ijodiy harakter bag‘ishlaydi va jamiyat madaniy texnik darajasini ko‘taradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish soitida asosiy fondlar ishlab chiqarishni
intensivlashtirishning barcha omillari hisobiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi bosh
vosita bo‘lib hisoblanadi.
Jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismi asosiy fondlarda jamlangan.
Sanoat asosiy ishlab chiqarish fondlari - mehnat vositalarining juda yirik
majmui bo‘lib, iqtisodiy jihatdan bo‘lsada, bir-biridan maqsadli yo‘nalish, ishlash
muddati bilan farq qiladigan guruhlarga ajratiladi.
Sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari maqsadli foydalanish
yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
bino va inshootlar;
uzatish qurilmalari;
mashina va jihozlar, shu jumladan kuch mashinalari va jihozlari ishchi mashina
va jihozlar, o‘lchash, sozlash priborlari va qurilmalari, laboratoriya jixozlari,
hisoblash texnikasi, boshqa mashina va jihozlar.
bir yildan ortiq xizmat qiladigan va qiymati 50 minimal ish xaqidan oshiq bo‘lgan
instrument va moslamalar; ishlash muddati bir yildan kam, qiymati 50 minimal
ish xaqidan arzon bo‘lgan isnturment va moslamalar aylanma vositalarning kam
qiymatli va tez eskiruvchi buyumlar jumlasiga kiritiladi.
ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari.
Asosiy fondlar qiymatida mashina va jihozlar ulushi qanchalik katta bo‘lsa,
boshqa teng soitlarda, mahsulot hajmi va fond qaytimi shunchalik oshadi. Shuning
uchin asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasini yaxshilash ishlab chiqarishni
rivojlantirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, korxonaning jamg‘armalarini
oshirishning asosiy sti deb qaraladi. Sanoat asosiy ishlab chiqarish fondlari
strukturasi ko‘rinishi taxminan quyidagicha.
Birinchi omilning ta’siri binolar kattaligi va qiymatida transport vositalari va
uzatish qurilmalari ulushida ko‘rinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, maxsus ishchi
mashina va jihozlarining ulushi shunchalik yuqori bo‘ladi. Asosiy fondlar
strukturasiga keyingi uchinchi va to‘rtinchi omilarining ta’siri ham xuddi shunday
harakterga ega. Iqlimiy omillar ega bino va inshootlarning kattaligiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Asosiy fondlarning elementlari
%
Barcha asosiy fondlar
Ulardan asosiy ishlab chiqarish fondlari
jumladan
binolar
inshootlar
uzatish kurilmalari
mashina va jixozlari
ulardan
kuch mashinalari va jixozlari
ulchash va sozlash pribor va kurilmalari va laboratoriya jixozlari
hisoblash texnikasi
transport vositalari
ishlab chiqarish va xujalik inventarlari
boshka asosiy fondlar
100
94.8
28.1
21.1
5.9
27.9
26,2
1,1
0,5
14,0
1,0
2,0
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasini yaxshilashga quyidagi chora -
tadbirlar soit yaratishi mumkin:
jihozlarni yangilash va modernizatsiya qilish;
mashina va jihozlar tarkibida ularning ilg‘or progressiv turlarining, ayniqsa,
yakuniy operatsiyalar bajarish stanoklari, avtomat liniyalari, raqamli programma
orqali boshqariladigan stanoklar, avtomatlashgan va yarim avtomat stanoklar
ulushini oshirish;
bino va inshootlardan unumli foydalanish, bo‘sh maydonlarga qo‘shimcha
jixozlarni o‘rnatish;
korxonada qurilish loyihalarini to‘g‘ri ishlab chiqish va qurilish ishlarini yuqori
sifat darajasida bajarish;
ortiqcha va kam ishlatiladigan jixozlardan ozod bo‘lish va ular aloxida turlari
orasida mutanosiblikni ta’minlash.
Asosiy fondlarning hisobi va rejalashtirish natural va qiymat ifodasida olib
boriladi. Asosiy fondlarni natural shaklda baholashda ularning soni, unumdorligi,
quvvati, ishlab chiqarish maydonlari va boshqa miqdoriy kattaliklar o‘rnatiladi.
Ushbu maolumotlardan korxona quvvatini aniqlash, ishlab chiqarish dasturini
rejalashtirish, jihozlar balansini tuzish uchun foydalaniladi. SHu maqsadda jixozlar
inventarizatsiyasi va pasportlashtirish, ular kiritilishi va chiqarilishi hisobi amalga
oshiriladi.
Asosiy fondlarni qiymat ifodasida baholash ularni kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni rejalashtirish, eskirishi darajasi va amortizatsiya ajratmalari kattaligini,
xususiylashtirish xajmini aniqlash uchun zarurdir. Asosiy fondlarni qiymat ifodasida
baholashning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular asosiy fondlarning uzoq muddat
ishlab chiqarishda qatnashishi, ishlab chiqarish jarayonida sekin-astalik bilan eskirib
borishi, ushbu davr ichida ularni takror ishlab chiqarish soitlarining o‘zgarishiga
qarab - to‘liq dastlabki qiymat, tiklash qiymati va qoldiq qiymatiniga ko‘ra
baholashga bo‘linadi.
Asosiy fondlarning to‘liq dastlabki qiymati deganda ishlab chiqarish, sotib
olish, tashish va o‘rnatish qiymati tushuniladi.
Tiklash qiymati deganda asosiy fondlarni zamonaviy soitlarda qayta ishlab
chiqarish qiymati tushuniladi. Odatda tiklash qiymati asosiy fondlarni qayta
baholash uchun aniqlaniladi.
Qoldiq qiymati asosiy fondlarning to‘liq dastlabki yoki tiklash qiymati va ular
eskirishi summasi orasidagi farqdan iboratdir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni rejalashtirish va prognoz qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish
kerak.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish
vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. Zarur mehnat soitlarini ta’minlaydigan bino va me’morlik-qurilish ob’ektlari.
Binolarga tsexlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar,
ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. Inshootlar — ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan
muhandislik-qurilish ob’ektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko‘priklar va x.k.).
3. Turli xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi
uskunalar.
4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:
energiyani,
suyuq
va
gazsimon
moddalarni
ishlash
va
almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga
bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli
yordamchi asbob-uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-uskunalari, laboratoriya
asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish
fondlari aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi.
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini
o‘zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar,
texnologik liniyalar, o‘lchov va to‘g‘rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir
etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o‘tishiga kerakli soit yaratuvchi
ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.).
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar va
guruhlardan birining umumiy qiymatidagi nisbatiga aytiladi.
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tasviriy tuzilma.
2. Texnologik tuzilma.
3. Tarmoq tuzilmasi.
4. Xududiy tuzilma.
5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
Tasviriy tuzilma vaqt va fazoda o‘zgarib turadi va uning bunday o‘zgarishidan
sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini
tasavvur qilsa bo‘ladi.
Asosiy
fondlarning
tuzilmasi
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish,
kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, diversifikasiyalash, kooperativlashtirish, va
kombinatlashtirish, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning
texnologik
tuzilishi,
korxonalarning
hududiy
joylashishi,
tayyorlanadigan
mahsulotlarning hususiyati va hajmi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, ishlab
chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, ishchi mashinalar va asbob-
uskunalarning tutgan o‘rni shuncha yuqori bo‘ladi.
Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari ko‘llaniladi:
1) dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi.
Dastlabki tula qiymat orkali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib
olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport harajatlari
(Xt) va montaj harajatlari (Xm)ni o‘z ichiga oladi:
Ob=Sb+Xt+Xm
Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va
ishga tushirish uchun kilgan haqiqiy harajatlarini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich korxona
(firma) balansida hisobga olinadi. Ammo acociy fondlarning dastlabki to’la qiymat
orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda ko’rib ishga tushirilgan
korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslash uchun yetarli emas, shuning uchun
asosiy fondlarni baholashda ularning qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan
bahodan foydalaniladi.
Baholashning bu usuli asosiy fondlarning xil davrda ishlab chiqilgan va olingan
baholarini hozirgi soitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil
iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda
ifodalash, korxonalar ko‘rsatkichlarini taqqoslashva fondlar samaradorligini oshirish
zaxiralarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali
belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va ma’naviy
eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo’yish orqali aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, asta-
sekin ishdan chiqa boradi. Shuning uchun bu fondlarga baho belgilashda ularning
ishdan chiqqan va eskirgan kismi hisobga olinadi. Bunda aynan shu sababli asosiy
fondlarni qoldiq qiymati orqali baholash ham kullaniladi. Ularning qoldiq qiymati
ikki yul bilan aniqlanadi:
a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzigan) kismini ularning dastlabki to‘la
qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat;
b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularnish qaytadan
tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat.
Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital
ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab
chiqarishdan olib tashlash zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ish-
lab chiqarishdan olib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab
chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temir-tersak narxida)
realizatsiya qilish bahosidir.
3.2. Asosiy fondlar amortizatsiyasi va yemirilishi
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ulardan foydalanishi davomida eskirib boradi.
Odatda eskirishning ikki turi - jismoniy va maonaviy turlari farqlanadi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlatilishi yoki ishlatilmaslik
mobaynida (tashqi ta’sir, atmosfera, korroziya) o‘zining dastlabki iste’mol qiymatini
yo‘qotib borish jarayoni tushuniladi. Jismoniy eskirish darajasi asosiy fondlar sifati,
texnik harakteristikasi, texnalogik jarayon xususiyatlari, ishlash vaqti (yildagi ish
kunlari soni, sutkadagi smenalar, smenadagi ish soatlari), asosiy fondlarni tashqi
soitlardan muhofaza qilish darajasi (issiqdan, sovuqdan, yog‘ingarchilik) ularga
xizmat ko‘rsatish, ishchilar malakasi va ularning asosiy fondlarga bo‘lgan
munosabati kabi omillarga bog‘liqdir.
Jismoniy eskirish asosiy fond elementlari bir xil bo‘lganda ham notekis ro‘y
berishi mumkin. Asosiy fondlarning to‘liq va qisman eskirishi ajraladi. To‘liq
eskirish holida asosiy fondlar tugatiladi yoki yangisi bilan almashtiriladi.
(mukammal qurilish yoki eskirgan asosiy fondlarni joriy almashtirish). Qisman
eskirish asosiy fondlarni taomirlash orqali qoplanadi. Jismoniy eskirish darajasi
asosiy fondlar haqiqiy ishlash muddatining me’yoriy muddatga nisbatining foizdagi
ifodasi orqali aniqlanishi mumkin.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ular qiymatining asosiy fondlarni
takror ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur ajatlarning qisqarishi tufayli kamayishi
(birinchi shakldagi maonaviy eskirish) yoki ular qiymatining yangi, ilg‘or, iqtisodiy
samarali mashina va jixozlarning joriy etilishi tufayli kamayishidir (ikkinchi
shakldagi eskirish). Ma’naviy eskirish tufayli asosiy fondlar o‘zlarining texnik
xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha qoloq bo‘lib qoladilar.
Yangi, takomillashgan, yuqori unumli, ishlatilish va xizmat ko‘rsatishning
yaxshiroq soitlari bilan harakterlanadigan mashina va jihozlarning paydo bo‘lishi
eski asosiy fondlarni ularning to‘liq jismoniy eskirishigacha kutmay almashtirishni
iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq qilib qo‘yadi. Ma’naviy eskirgan asosiy
fondlarni o‘z vaqtida almashtirmaslik natijasida takomillashgan texnika yordamida
ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qimmatroq va sifati yomonroq mahsulot
yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti soitda bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Bozor munosabatlarining shaklanishi jarayonida korxonalarda asosiy
fondlarning yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni qoplashning asosiy
manbai bo‘lib korxonalar o‘z mablag‘lari hisoblanadi. Ular asosiy fondlarning butun
xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya ajratmalari sifatida to‘planib boradi.
Asosiy fondlarning amortizatsiyasi deganda mahsulot ishlab chiqarish ajatlariga ular
qiymatini qisman-qisman o‘tkazib borish yo‘li bilan asosiy fondlar eskirishini
qoplash usuli tushuniladi. Amortizatsiya asosiy fondlar jismoniy va maonaviy
eskirishining puldagi ifodasidir. U asosiy fondlar chiqib ketishida ularni to‘liq
almashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlar
qiymati, ishlatilish vaqti va modernizatsiya harajatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Asosiy fondlar yillik amortizatsiya ajratmalarining ular qiymatiga nisbatining
foizdagi ifodasiga amortizatsiya normasi deyiladi. Amortizitsiya normasi asosiy
fondlar o‘z balans qiymatining qanday ulushini ishlab chiqariladigan mahsulotga yili
o‘tkazib borishini ko‘rsatadi. Belgilangan me’yorlar bo‘yicha amortizatsiya
ajratmalari tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Amortizatsiya normasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
100%;
d
a
a
d
a
Ф
T
Ф
Ф
H
Fd - asosiy fondlarning dastlabki qiymati
Fa - asosiy fondlarning chiqarib tashlash qiymati,
Ta - asosiy fondlarning normativ ishlash muddati, yil
Asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasini
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin.
A = Ha F bunda:
F - asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymati,
Amortizatsiya ajratmalarini aniqlashning uch xil: bir tekisdagi, bir tekisda
tezlashgan va tezlashgan uslublari mavjud.
SHulardan bir tekisdagi amortizatsiyani aniqlash uslubini ko‘rib chiqamiz.
3.1-jadval
Bir tekisdagi amortizatsiyani aniqlash
Asosiy fondlar
O‘rtacha balans
qiymati, mln. so‘m
Amortizatsiya
ajratmalarining
yillik normasi,%
Amortizatsiya
ajratmalarining
yillik miqdori mln.
so‘m
(2us 3ust/100)
Jixozlar
Binolar
Transport
Jami
50
200
5
12
5
15
6
10
2,0
17,0
Bir tekisdagi amortizatsiya uslubi asosiy fondlarning bir tekisdagi jismoniy va
maonaviy eskirishiga qaratilgan. Bu hol ko‘pincha jismoniy eskirishga tegishli,
chunki asosiy fondlarning maonaviy eskirishi bir tekisda kechmaydi. Fan, texnika,
texnologiya ham bir tekisda rivojlanmaydi. Ko‘p xollarda maonaviy eskirish asosiy
fondlarning jismoniy eskirishidan ertaroq ro‘y beradi. SHuning uchun asosiy
fondlarning tezlashgan maonaviy eskirishi ro‘y bergan taqdirda, ularni almashtirish
uchun tadbirkor amortizatsiya ajratmalariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu muammoni
tezlashgan amortizatsiya uslubi orqali hal etish mumkin. Bunda dastlabki uch yil
davomida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga asosiy fondlar dastlabki
bahosining 2/3 qismi o‘tkaziladi. Qolgan qiymati esa keyingi xizmat yillari bo‘yicha
bir tekisda taqsimlanadi.
Hozirgi soitda notekis amortizatsiya rivojlanmoqda, bunda jixozlar
qiymatining ko‘p qismi ulardan foydalanishning dastlabki yillarida ishlab chiqarish
harajatlariga qo‘shilib ketmoqda. Masalan, birinchi yili - 50%, ikkinchi yili -30%,
uchinchi yili - 20% . Bu esa korxona uchun inflyatsiya soitida qilingan ajatlarni
tezroq qoplashga va ularni jihozlar parkining yangilanishiga sarflash imkoniyatini
yaratadi.
Sanoat korxonalari amortizatsiya ajratmalaridan mustaqil foydalanadilar,
ularni korxonani texnik rivojlantirish, asosiy fondlarni qayta tiklash va
takomillashtirish maqsadlarida sarflaydilar.
Asosiy fondlarning kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish shakliga jihozlar
modernizatsiyasi ham kiradi. Modernizasiya deganda asosiy fondlarni ular
eskirishining ikkinchi shaklini to‘la yoki qisman bartaraf qilish,texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini zamonaviy, takomillashgan konstruktsiyali turdoshlari darajasiga
yetkazish maqsadida yangilash tushuniladi.
Jihozlar modernizatsiyasi bir nechta yo‘nalishlarda amalga oshiriladi;
- Amaldagi jihozlar konstruktsiyasini ularning texnik imkoniyatini oshirish
maqsadida takomillashtirish;
- Jihozlar sifatini oshiruvchi stanok va mexanizmlarni mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish.
- Jihozlarni dasturli boshqaruvga ko‘chirish.
Jihozlar modernizasiyasini amalga oshirish natijasida yillik ishlab chiqarish hajmi
oshsa, mehnat unumdorligi ham oshib, mahsulot tannarxi kamaysa u iqtisodiy
jihatdan samarali hisoblanadi, rentabellik ham yuqori bo‘lishi kerak. Bunga
foydaning nisbiy o‘sishi, modernizatsiya uchun sarflangan harajatlardan yuqori
bulgandagina erishish mumkin.
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy eskirish deganda, asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida
qatnashishi natijasida butunlay yoki qisman to‘zishi, yemirilishi tushuniladi. Ma’lum
vaqt o‘tgach, jismoniy jihatdan butunlay yoki qisman yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat
qurollarini yangisiga almashtiriladi yo bo‘lmasa modernizatsiya qilinadi yoxud
ayrim qismlari kapital ta’mirlanadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning
qiymati yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko‘chadi.
Korxonalarda faqat ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina emas, balki
bekor turganlari ham to‘ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy
eskirish darajasi ularning xizmat muddati va to‘zish (emirilish) darajasiga nisbatan
aniqlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligi o‘sishi tufayli ishlab turgan
mashina va asbob-uskunalar kiymatining kamaytirilishi, nisbatan unumli va tejamli
yangi mashinalarning va asbob-uskunalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi
natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati tugamasdan
turib kadrsizlanishi — asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi, deb ataladi. Ma’naviy
eskirish - fondlarning bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishni st qilib
qo‘yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng
kam mehnat va mablag‘ sarf qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o‘z qiymatining
ma’lum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulot
qiymatiga oz-ozdan ko‘chirib boradi.
Amortizatsiya - (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar)
amortizatsiyasi - asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar,
binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular
qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor maxsulotga o‘tib
borishi.
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’nan eskiradi. Moddiy eskirish
mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va ularning korxonada ishlatilgan
muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida
mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jixatdan mukammal bo‘lgan
yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog‘liq. Amortizatsiya
me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat kilish muddatiga kura tabaqalashtiriladi.
Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi.
Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida eskirgan
jihozlar o‘rniga yangisini sotib olish uchun zarur bulgan mablag‘lar summasi tarzida
jamg‘ariladi.
Amortizatsiya ajratmalari — mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni kisman tiklash (kapital ta’mir va
yangilash) va to‘liq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat kiladi.
Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy fondlar kiymatiga mutanosib, ya’ni
taxminiy foydalanish muddatiga tekis taksimlanishi yoki kamayib boruvchi balans
usulida — jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda
foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me’yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili
qoldiq qiymatining 20 foizi mikdorida va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi va
bu ish shu tarzda davom ettiriladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi ular
xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizasiya me’yorlarining
pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan me’yorlar
mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu sababli amortizasiya ajratmalari davlat
tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari ta’minlanishi kerak bo‘lgan
asosiy st asosiy fondlar eskirishining to‘liq qoplashi va ularning takror yaratilishiga
erishishdir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya
ajratmalari
normativlarini
belgilab,
jadallashtirilgan
amortizatsiya
orkali
tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat
yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish
tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi bilan bog‘liq ehtimoli bo‘lgan
zarar kurishdan saklaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga
rag‘batlantiradi.
Amortizasiya ajratmalari asosiy fondlarning o‘zini yokiuning ba’zi qismlarini
yangilash vaqti kelguncha shu shaklda ma’lum fondda jamg‘arilib turiladi va bu
fondni amortizasiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizasiya fondi — amortizasiya
ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy aktivlar
amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi bo‘yicha harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib
chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);
lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya
summasi.
3.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisob-kitob qilish,
ulardan foydalanishning samaradorligini ifodalash uchun juda ko‘p ko‘rsatkichlar
kerak bo‘ladi. Ularni bir necha guruhlarga bulish mumkin:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining kiymatini ifodalovchi ko‘rsatkkchlar;
ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar;
ishlab chiqarish fondi bilan qurollantirish darajasini ifodalovchi kursatkichlar;
integral ko‘rsatkichlar.
Bu
ko‘rsatkichlar
tizimida
ayniqsa,
fond
qaytimi
ko‘rsatkichi
va
fondorentabellik ko‘rsatkichi alohida o‘rin egallaydi.
Fond kaytimi bir so‘mlik asosiy fond ishtirokida qancha mahsulot ishlab
chiqarish mumkinligini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Fk = Q/Fas,
Bu yerda: Fk — fond kaytimi (so‘m hisobida);
Q — ishlab chiqarilgan maxsulot щshmati (so‘m hisobida);
Fas — asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati.
Fond sigimi fond kaytimiga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, ma’lum mikdordagi
mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha asosiy fond kerakligini ifodalaydi va
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Fs = Fas/Q
Mehnatning fond bilan ta’minlanganligi har bir ishlovchi hisobiga kanchadan
asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Fbt =Fas/Xym,
Bu yerda: Xym — xodimlarning yillik o‘rtacha mikdori (kishi hisobida).
Asosiy fondlardan foydalanishni ifodalaydigan ko‘rsatkichlardanyana biri
jihozlardan foydalanish ko‘rsatkichlaridir. U jihozlardan ekstensiv va intensiv
foydalanish koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi:
a) ekstensiv foydalanish koeffitsienti (Ke). U jihozlarning rejali ish vaqti
fondida (Tjr) haqiqiy ishlagan vaqti (Tjx) darajasini ko‘rsatadi:
Ke = Tjx/ Tjr,
b) intensiv foydalanish koeffitsienti (Kin). U jihozlarning minimum mahsulot
ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdoriga (Mch) nisbatan haqiqiy ishlab
chiqargan mahsulot mikdori (Mx) darajasini ko‘rsatadi:
Kin -Mx/Mm.
3.4. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash yullari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri mavjud
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali
foydalanish masalasi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish soitida yanada
dolzarblashadi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda ulardan taraflama unumli
foydalanishga alohida e’tibor berilmokda.
Asosiy fonlardan foydalanishni yaxshilash ularning aylanishini tezlashtiradi, bu
esa, ularning jismoniy va ma’naviy eskirish muddatlari orasidagi farqni qiqartiradi,
asosiy fondlar yangilanish sur’atlarini tezlashtiradi.
SHuningdek, asosiy fondlardan samarali foydalanish hozirgi zamon iqtisodiy
islohotlarining eng asosiy masalasi – mahsulot sifatini oshirish bilan bevosita
bog’liqdir, toki bu mahsulot tezroq sotilishi va raqobatli bozor talabiga javob
bermog’i lozim.
Tayanch iboralar: asosiy ishlab chiqarish fondlari, asosiy fondlarning tarkibi
va tuzilishi, asosiy fondlarning yeyilishi, amortizatsiy, ta’mirlash, modernizasiya,
foydalanish ko‘rsatkichlari.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi va strukturasini aytib
bering.
2.
Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
3.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilishning mohiyati
nimada?
4.
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash ko‘rsatkichlari va yo‘llari.
5.
Asosiy fondlarni eskirishi deganda nimani tushunasiz?
6.
Jismoniy eskirish qachon yuz beradi?
7.
Ma’nasiy eskirish deganda nimani tushunasizm?
8.
Asosiy fondlarni baholash usullarini ayting?
9. Asosiy fondlarni dastlabki qiymati deganda nimani tushunasiz?
10. Asosiy fondlarni qayta baholash qanday amalga oshiriladi?
11. Asosiy fondlprning qoldiq qiymati qanday hisoblanadi?
12.
Asosiy fondlar amortizatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
13.
Amortizatsiyani hisoblashni qanday usullarini bilasiz?
14.
Bir tekisda hisoblash usuli qanday amalga oshiriladi?
15.
Tezlashtirilgan usulda hisoblash qanday amalga oshiriladi?
16.
Hajmga mutanosib ravishda hisoblash usulida-chi?