Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi
Yuklangan vaqt
2024-06-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
21,9 KB
Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi
Reja:
7.1. Mahsulot sifati
7.2. Mahsulot raqobatbardoshligi
7.1. Maxsulot sifati
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan maxsulot sifatiga
boshqacha printsipial talablar qo`yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday
firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridani mustaxkam
mavqei
raqobatbardoshlik
darajasi
bilan
belgilanadi.
O‘z
navbatida
raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich bilan - baho va maxsulot sifatining darajasi
bilan bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa
ko`tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni
boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, raxbardan tortib aniq ish bajaruvchi
uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu
jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Maxsulot sifatini
oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy
extiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. ya’ni, har qanday maxsulot eng
yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq
kelishi, jaxon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat
muammosi xal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va axolining tovarlarga bo‘lgan
extiyojlarini qondirib bo‘lmaydi.
Sifat nima? Maxsulot (ish, xizmat) sifati - bu shu maxsulotning har tomondan
foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig`indisidir.
Maxsulot sifati - bu shu maxsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun
uning
yaroqlilik
darajasi,
maxsulotning
xalq
xo‘jaligi
ehtiyojlarini,
iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat maxsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini
rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri
hisoblanadi.
Unda
mehnatni
tashkil
qilish,
uning
jixozlanish
darajasi,
mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi.
Maxsulot sifati iqtisodiy jixatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish
darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Maxsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli maxsulot ishlab chiqarish, reja
topshiriqlarini bajarish hamda maxsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning
davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, maxsulot sifati sifatli
maxsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz maxsulot ishlab chiqarilgani
uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidani munosabatlarni
ifodalaydi.
Maxsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va
shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy
kategoriyadir. Maxsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni
rivojlantirishning zarur sti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq
farovonligini o`stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Maxsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori sifatli
maxsulot sifatsiz tayyorlangan maxsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq
darajada qondirishga qodir. Demak, maxsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish
xajmini qo`shimcha harajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan maxsulot
sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi maxsulot sifatini oshirish, jamiyat
extiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi
kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli maxsulot doimo o‘z haridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab
qondirilgandanina maxsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali
yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish xajmini kengaytirish
hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli maxsulot
ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish
saloxiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sub’ektlarning
ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning axolisini
daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishigaolib keladi. Natijada
sifatli maxsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. Ya’ni,
sifatli maxsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida
jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi.
Maxsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari
Sanoat ishlab chiqarishi o‘z maxsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, ya’ni
xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu maxsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil
me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum sanoat
maxsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi,
boshqa guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin.
Maxsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun
quyidani ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari.
Bunday ko‘rsatkichlar maxsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish
natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani
bajaruvchi maxsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat qilishi
mumkin. U baholanayotgan maxsulot yordami bilan qanday xajmdani maxsulotni
tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday xajmdani ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi
saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va
o‘lchov asboblarining sifati ularning mustaxkamligiga va uzoq ishlash
qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustaxkamligi mo‘ljallangan
muddatda, o‘z xizmat parametrlarini o‘zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni boshqarish xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati
- mo`ljallangan vaqtda, o‘zining ishlash qobiliyatini o‘zgartirmaslik xususiyatidir.
Texnologik ko‘rsatkichlar maxsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida
yuqori
mehnat
unumdorligini
ta’minlash
uchun
konstruktor-texnologik
yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Aynan texnika va
texnologiya yordamida maxsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material
harajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi.
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu maxsulotning
standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan
qondirilganligi, to`ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan
unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo‘lgan
kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug‘lik,
shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi maxsulotlarda uc gazi va suv bug`ining
yig`ilishi bo‘lishi mumkin.
Ergonomik ko‘rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu
buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan gigienik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar
majmuini aks ettiradi.
Estetik ko‘rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini
ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini,
kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini
tavsiflaydilar.
Transportabellik
ko‘rsatkichlari
maxsulotning
tashish
uchun
moslashganligini ifodalaydi.
Patent-xuquqiy ko‘rsatkichlar maxsulotning patentli ximoyasini va
patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda
muhim omil hisoblanadi. Patent-xuquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda
yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan
ximoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muxitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi,
qaysiki maxsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi.
Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, maxsulotni saqlash, tashish va iste’mol
qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari - haridor va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning
xavfsizligi uchun maxsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni maxsulotni montaj
qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda
xavfsizlikni ta’minlaydilar.
Yuqorida qayd qilib o`tilgan ko‘rsatkichlarning yig`indisi maxsulot sifatini
tashkil
etadi.
Buyum
mustahkam
(pishiq),
estetik
jixatdan
ko‘zni
qamashtiradigan, o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan bo‘lishi lozim. Lekin, shu
barcha ko‘rsatkichlardan tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki
iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Haridor
buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo‘lgan xossalar to`plamini qoplashini
bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va harajat nisbati yoki sifat birligining
bahosi tushuniladi va u quyidani formula bilan hisoblanadi:
Bs
Kop t= -------- ,
Xε
bu yerda: Kop t – iqtisodiy optimal sifat;
Bs - buyum sifati;
Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish harajatlari, so‘m.
Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning
sotish bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish harajatlarini o‘z
ichiga oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning
sifati juda ko‘p va turli - tuman ko‘rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan -
kvalametriya ilmi shug‘ullanadi. U sifatni son jixatdan, ya’ni bir so‘mlik harajatga
buyum sifati birligining o`sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini
ishlab chiqqan.
Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi soitida maxsulotning sifati -
korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir,
shu sabli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona
direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug‘ullanishi kerak.
Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bo‘yicha barcha jarayonlar sifatni
boshqarish tizimiga birlashtirilgan.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal
modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar
asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to`qimachilik,
oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda
boshqa yo`nalishlardani yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil
etishga qaratilgan faol investisiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, jahon xo‘jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital
migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va
siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo
aylanmalarini, ishlab chiqarish xajmini ko‘paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtiradi,
ishlab
chiqarilayotgan
tovarlarning
jaxon
bozoridani
raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik saloxiyatini o`stiradi va
mamlakatdani bandlikni oshiradi.
Maxsulot sifatini boshqarishda quyidani vazifalar amalga oshiriladi:
- maxsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;
- maxsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;
- maxsulot sifatini attestatsiya qilish;
- maxsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;
- maxsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;
- ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
- maxsulot sifatini o‘lchashni tashkil etish;
- mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o‘qitish va tarbiyalash;
- sifatli maxsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;
- ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;
- maxsulot sifatini oshirishni rag‘batlantirish;
- maxsulot sifatini nazorat qilish;
- standartlarga, o‘lchash vositalariga va texnik stlarga rioya qilish;
- maxsulot sifatini boshqarish xuquqini ta’minlash.
Maxsulotning
xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish
xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan
holda bajariladi.
Maxsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda
ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviy-
iqtisodiy jixatdan asoslanadi.
Buning uchun quyidanilar asos qilib olinadi:
- ishlab chiqarilgan maxsulot sifatiga bo‘lgan talablar va kelgusida uni
takomillashtirish imkoniyatlari;
- maxsulotning sifat darajasini baholash;
- ishlab chiqarilgan maxsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va
ularni taxlil etish;
- laboratoriyadan o‘tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan
yuborilgan norozilik xujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar;
- ilg‘or korxonalarning maxsulotlari bilan taqqoslash.
Maxsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidanilar kiradi:
- maxsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va
loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
- ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid
tadbirlar;
- xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo‘yicha ta’minlovchilarga
qo`yiladigan talablar;
- maxsulot sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va
loyihalashtirish
bo‘yicha
ilmiy-tekshirish,
loyihalashtirish
tashkilotlariga
beriladigan topshiriqlar;
- texnikaviy xujjatlarni yaxshilash tadbirlari;
- texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish sifati, ishlab chiqarishni
o‘lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;
- standartlarni
o‘zlashtirish,
ularga
rioya
qilish,
buyumlarni
unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini
olish va iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan noroziliklarni kamaytirish bo‘yicha
tadbirlar.
Ushbu va boshqa bir qator tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis
ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan
harajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa
ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
7.2. Mahsulot raqobatbardoshligi
Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o‘rtasida dialektik aloqadorlik
mavjud bo‘lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma)larni
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va raqobatbardosh xizmatlar
ko‘rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o`lchov bo‘lib, uning xususiyati shundan
iboratki, uni raqobat predmeti (maxsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham
qo‘llash mumkin.
Maxsulotning
raqobatbardoshligi
deganda,
iste’molchining
aniq
extiyojlarini qondirish va uni harid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish
uchun sarflanadigan harajatlar darajalari bo‘yicha uni, ya’ni maxsulot boshqa
shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig`indisi tushuniladi.
Maxsulotning raqobatbardoshligi - u biror bir firma tomonidan ishlab
chiqarilgan, raqobatchi firmalarning huddi shunday tovarlariga qaraganda
yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo‘lgan
tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi
extiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko‘riladi. Ana shunda
tovarning raqobatbardoshligi real haridni amalga oshirayotgan haridor uchun
jozibadorlik darajasini ko‘rsatadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Maxsulot sifatini mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
2. Mustahkamlik ko‘rsatkichlari maxsulotning qanday xossalarini o‘z
ichiga oladi?
3. Exnologik ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
4. Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari nimani belgilaydi?
5. Ergonomik ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
6. Estetik ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
7. Transportabellik ko‘rsatkichlari nima va u nima uchun zarur?
8. Ekologik ko‘rsatkichlar va ularga ta’sir etuvchi omillarni ayting.
9. Xavfsizlik ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
10. Maxsulotning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?