SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

51,7 KB


SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING
RAQOBATBARDOSHLIGI
Reja:
1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati. 
2. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari. 
3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari. 
4. Standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, attestatsiya va nazorat qilish.
1
Logotip
SANOAT MAHSULOTINING SIFATI VA UNING RAQOBATBARDOSHLIGI Reja: 1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati. 2. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari. 3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari. 4. Standartlashtirish, sertifikatsiyalashtirish, attestatsiya va nazorat qilish. 1
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  foydalanish,  mukammal,  korxona,  faoliyat,
rejalashtirish, qiymat, ko‘rsatkichlar tizimi, oshirish, rag‘batlantirish, yaxshilash,
iqtisodiy samaradorlik, raqobatbardoshlik.
1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati
Zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  sifatiga
boshqacha  prinsipial  talablar  qo‘yadi.  Chunki  hozirgi  zamonda  har  qanday
firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustaxkam mavqei
raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida raqobatbardoshlik ikki
ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa
ko‘tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni
boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar,  rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi
uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy,
shu jumladan,  sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot
sifatini oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va
shaxsiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday
mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator
talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi
kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining
tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. 
Mahsulot (ish,  xizmat)  sifati -  bu shu mahsulotning har tomondan
foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir.
Mahsulot sifati - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda  foydalanish uchun
uning  yaroqlilik  darajasi,  mahsulotning  iqtisodiyot  tarmog‘i  ehtiyojlarini,
iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Sanoat  mahsulotining  sifati  tarmoqning,  korxona(firma)ning  faoliyatini
rejalashtirishda  va  uni  aniqlashda  qo‘llaniladigan  asosiy  ko‘rsatkichlardan  biri
hisoblanadi.  Unda mehnatni tashkil qilish,  uning 
 jihozlanish darajasi,
mutaxassislarning malakasi,  ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi.
2
Logotip
Tayanch so‘z va iboralar: foydalanish, mukammal, korxona, faoliyat, rejalashtirish, qiymat, ko‘rsatkichlar tizimi, oshirish, rag‘batlantirish, yaxshilash, iqtisodiy samaradorlik, raqobatbardoshlik. 1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga boshqacha prinsipial talablar qo‘yadi. Chunki hozirgi zamonda har qanday firmaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar bozoridagi mustaxkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. O‘z navbatida raqobatbardoshlik ikki ko‘rsatkich bilan - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni erkinlashtirish davrida ikkinchi omil birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro‘si va yanada gullashi hamda sifatni boshqarish bo‘yicha ish - bu barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun alfa va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, sanoat siyosatida sifat masalasi muhim o‘rin egallaydi. Mahsulot sifatini oshirish - bu oqibat natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy – iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Mahsulot (ish, xizmat) sifati - bu shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig‘indisidir. Mahsulot sifati - bu shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning iqtisodiyot tarmog‘i ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir. Sanoat mahsulotining sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilish, uning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. 2
Mahsulot sifati iqtisodiy  jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish
darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mahsulot  sifati  iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  ishlab  chiqaruvchi  va
iste’molchilarning  munosabatlarini,  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish,  reja
topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning
davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli
mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani
uchun  moddiy  javobgarlikka  tortish  bo‘yicha  korxonalar  o‘rtasidagi
munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va
shu  orqali  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligini  ta’riflovchi  iqtisodiy
kategoriyadir.  Mahsulot  sifatini  muntazam  ravishda  yaxshilash  iqtisodiyotni
rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Mahsulotning  miqdori  va  sifati  o‘zaro dialektik  bog‘liqdir. Yuqori  sifatli
mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq
darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish
hajmini  qo‘shimcha  xarajatlarsiz  oshirish  demakdir.  Ishlab  chiqarilayotgan
mahsulot  sifati  va  miqdorining   o‘zaro  bog‘liqligi  mahsulot  sifatini  oshirish,
jamiyat  ehtiyojlarini  to‘la  qondirishga  imkon  beradi,  mamlakatimiz  ishlab
chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda  mazkur talab
qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi.  Bu esa
o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish
orqali  yangi  texnika  va  texnologiyalar  sotib  olish,  ishlab  chiqarish  hajmini
kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli
mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab
chiqarish  salohiyatini  yanada  yuksaltirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.   Bunday
sub’ektlarning ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa
uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib
3
Logotip
Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o‘lchovi va foydalanish darajasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo‘yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati sifatli mahsulot uchun moddiy rag‘batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Mahsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o‘stirishni asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotning miqdori va sifati o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha xarajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va miqdorining o‘zaro bog‘liqligi mahsulot sifatini oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o‘sishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Sifatli mahsulot doimo o‘z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko‘paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o‘z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sub’ektlarning ko‘payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning aholisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishiga olib 3
keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab
ko‘payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni
yaratadi.  Pirovardida  jamiyatda  yanada  yuqoriroq  darajada  iqtisodiy  o‘sish
ta’minlanadi.
2. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash  usullari
Sanoat ishlab chiqarishi  o‘z mahsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, ya’ni
xilma-xilligi bilan  tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil
me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum sanoat
mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa
guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin. 
Mahsulot  sifatiga  va  uning  texnikaviy  xususiyatlariga  baho  berish  uchun
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Iste’mol  qilish  xususiyatlari  bo‘yicha  talabni  qondirish ko‘rsatkichlari.
Bunday  ko‘rsatkichlar  mahsulotdan  tayinli,  belgilangan  ravishda  foydalanish
natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani
bajaruvchi  mahsulot  uchun  mehnat  unumdorligi  ko‘rsatkichi  xizmat  qilishi
mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni
tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi,
ta’mirlashga  qulayligi,  shuningdek,  chidamliligidir.  Mashina  va  o‘lchov
asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab
aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo‘ljallangan muddatda, o‘z xizmat
parametrlarini  o‘zgartirmay,  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  boshqarish
xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati - mo‘ljallangan vaqtda,
o‘zining ishlash qobiliyatini o‘zgartirmaslik  xususiyatidir.
Texnologik ko‘rsatkichlar  mahsulotni  tayyorlash  va  ta’mirlash  jarayonida
yuqori  mehnat  unumdorligini  ta’minlash  uchun  konstruktor-texnologik
yechimlarning  samaradorligini  ifodalovchi  ko‘rsatkichlardir.  Aynan  texnika  va
4
Logotip
keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko‘rsatilgan xizmatlarga talab ko‘payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot (taklif) o‘zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi. 2. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari Sanoat ishlab chiqarishi o‘z mahsulotlarining g‘oyat turli-tumanligi, ya’ni xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu mahsulotlar tabiiy xususiyatlariga ko‘ra har xil me’yor va xilma-xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Lekin, ma’lum sanoat mahsulotlarining muayyan guruhi uchun umumiy ko‘rsatkichlar ishlatilishi, boshqa guruhi uchun esa o‘ziga xos ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin. Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi: Iste’mol qilish xususiyatlari bo‘yicha talabni qondirish ko‘rsatkichlari. Bunday ko‘rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli (zaruriy) samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish - texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishi mumkinligini ifodalab beradi. Mustahkamlik ko‘rsatkichlari - buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o‘lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo‘ljallangan muddatda, o‘z xizmat parametrlarini o‘zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish xususiyatidir. Vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati - mo‘ljallangan vaqtda, o‘zining ishlash qobiliyatini o‘zgartirmaslik xususiyatidir. Texnologik ko‘rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-texnologik yechimlarning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Aynan texnika va 4
texnologiya  yordamida  mahsulot  ishlab  chiqarishning  ommaviyligi,  material
xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi. 
Standartlashtirish  va  unifikatsiyalash  ko‘rsatkichlari -  bu  mahsulotning
standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan
qondirilganligi,  to‘ydirilganligi,  shuningdek,  boshqa  buyumlarga  nisbatan
unifikatsiyalashganlik  darajasi.  Ular  traktorni  boshqarish  uchun  kerak  bo‘lgan
kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug‘lik, shovqin,
vibratsiya,  nurlanish,  yonuvchi  mahsulotlarda  uchar  gazi  va  suv  bug‘ining
yig‘ilishi bo‘lishi mumkin.
Ergonomik  ko‘rsatkichlar insonning  buyum  bilan  munosabatini   va  bu
buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan  gigienik, fiziologik  va ruhiy xususiyatlar
majmuini aks ettiradi.
Estetik  ko‘rsatkichlar buyumlarning  badiiy-konstruktorlik  xususiyatlarini
ifodalaydi.  Ular  buyumning  tovar  qiyofasi  jonliligini,  shaklining  ma’qulligini,
kompozitsiyaning  butunliligini,  mukammal  bajarilganliligini  va  barqarorligini
tavsiflaydilar.
Transportabellik ko‘rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini
ifodalaydi. 
Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar  mahsulotning patentli himoyasini va patentli
sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil
hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik
omillar  borligini,  shuningdek,  mamlakatda  patentlar  bilan  himoyalangan
yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Ekologik ko‘rsatkichlar - bu  atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi,
qaysiki  mahsulotni  ekspluatatsiya  qilish  yoki  iste’mol  qilishda  yuzaga  keladi.
Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol
qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Xavfsizlik  ko‘rsatkichlari -  xaridor  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlarning
xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj
qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda xavfsizlikni
ta’minlaydilar.
5
Logotip
texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag‘lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi. Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari - bu mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to‘ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo‘lgan kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug‘lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug‘ining yig‘ilishi bo‘lishi mumkin. Ergonomik ko‘rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro‘y beradigan gigienik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi. Estetik ko‘rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar. Transportabellik ko‘rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Ekologik ko‘rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko‘rsatish darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo‘lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi. Xavfsizlik ko‘rsatkichlari - xaridor va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj qilish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlaydilar. 5
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot sifatini
tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko‘zni qamashtiradigan,
o‘z  vazifasini  yaxshi  bajaradigan  bo‘lishi  lozim.  Lekin,  shu  barcha
ko‘rsatkichlardan  tashqari,   buyumning  bahosi ham  muhim.  Chunki  iqtisodiy
optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Xaridor buyum sotib
olganda buyum bahosi u ega bo‘lgan xossalar to‘plamini qoplashini bilish uchun
ularni doimo taqqoslaydi.
Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining
bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
          Bs
Kopt = --------,
           Xε
bu yerda: Kopt – iqtisodiy optimal sifat; 
Bs  - buyum sifati;
Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari, so‘m.
Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish
bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o‘z ichiga
oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning sifati
juda ko‘p va turli - tuman  ko‘rsatkichlardan  iborat. Bu bilan alohida fan -
kvalametriya ilmi shug‘ullanadi.  U sifatni son jihatdan, ya’ni bir so‘mlik xarajatga
buyum sifati birligining o‘sishini  baholashning yetarli darajada ma’qul usulini
ishlab chiqqan. 
Demak,  hozirgi  zamon  ishlab  chiqarishi  sharoitida  mahsulotning  sifati  -
korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim  tashkil etuvchisidir,
shu  sabli  unga  doimo  e’tibor  bermoq  zarur.  Sifat  bilan  barcha  -  korxona
direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug‘ullanishi kerak. 
Sifatni  ta’minlash,  loyihalash,  saqlash  bo‘yicha barcha jarayonlar   sifatni
boshqarish tizimiga birlashtirilgan. 
3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari
6
Logotip
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning yig‘indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko‘zni qamashtiradigan, o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan bo‘lishi lozim. Lekin, shu barcha ko‘rsatkichlardan tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog‘liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo‘lgan xossalar to‘plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi. Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bs Kopt = --------, Xε bu yerda: Kopt – iqtisodiy optimal sifat; Bs - buyum sifati; Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari, so‘m. Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning sifati juda ko‘p va turli - tuman ko‘rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan - kvalametriya ilmi shug‘ullanadi. U sifatni son jihatdan, ya’ni bir so‘mlik xarajatga buyum sifati birligining o‘sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini ishlab chiqqan. Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida mahsulotning sifati - korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir, shu sabli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug‘ullanishi kerak. Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bo‘yicha barcha jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga birlashtirilgan. 3. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo‘llari 6
Har  qanday  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va  yuksak  darajaga  ko‘tarish
uchun uni boshqarish kerak bo‘ladi. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga oid
qo‘llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish,
uning belgilovchi shartlar va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yo‘llari
bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning
zaurur darajada o‘rnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak. 
Mahsulotning sifatini  boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy-
texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi majmuasini tashkil
etuvchi tartib doirasida olib boriladi. 
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
- mahsulot sifati darajasini belgilash;
-
mahsulot  sifatiga ta’sir  ko‘rsatuvchi   buyum  va uni  ishlab chiqarish
jarayonining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘rganish;
-
mahsulot sifatini boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ob’ektga
ta’sir ko‘rsatishga tayyorlanish;
-
boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;
-
boshqarish natijasida mahsulot sifatining o‘zgarishi haqidagi axborotlarni
yig‘ish va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;
- mahsulot sifatini attestatsiya qilish;
- mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;
- mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash;
- ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
- mahsulot sifatini o‘lchashni tashkil etish;
- mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o‘qitish va tarbiyalash;
- sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;
- ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish;
- mahsulot sifatini oshirishni rag‘batlantirish;
- mahsulot sifatini nazorat qilish;
7
Logotip
Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko‘tarish uchun uni boshqarish kerak bo‘ladi. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga oid qo‘llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish, uning belgilovchi shartlar va omillarini maqsadga muvofiq ta’sir qildirish yo‘llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zaurur darajada o‘rnatilishini, ta’minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak. Mahsulotning sifatini boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy- texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi. Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: - mahsulot sifati darajasini belgilash; - mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va o‘rganish; - mahsulot sifatini boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ob’ektga ta’sir ko‘rsatishga tayyorlanish; - boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish; - boshqarish natijasida mahsulot sifatining o‘zgarishi haqidagi axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish. Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini uzoq muddatlarga chamalash; - mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish; - mahsulot sifatini attestatsiya qilish; - mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish; - mahsulot sifatini moddiy-texnika tomondan ta’minlash; - ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash; - mahsulot sifatini o‘lchashni tashkil etish; - mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o‘qitish va tarbiyalash; - sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish; - ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta’mirlashni tashkil etish; - mahsulot sifatini oshirishni rag‘batlantirish; - mahsulot sifatini nazorat qilish; 7
- standartlarga, o‘lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;
- mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash.
Mahsulotning  xossalari,  texnologik  jarayonlarning  ixtisoslashtirish
xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan
holda bajariladi. 
Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni
amalga  oshirish  imkoniyatlari  va  maqsadga  muvofiqligi  texnikaviy-iqtisodiy
jihatdan asoslanadi.
Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi:
-
ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar va kelgusida uni
takomillashtirish imkoniyatlari;
-
mahsulotning sifat darajasini baholash;
-
ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va
ularni tahlil etish;
-
laboratoriyadan  o‘tkazilgan  sinov  natijalari,  iste’molchilar  tomonidan
yuborilgan norozilik hujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar;
-
ilg‘or korxonalarning  mahsulotlari bilan taqqoslash.
Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:
-
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba
va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
-
ishlab  chiqarish  texnikasi  va  texnologiyasini  takomillashtirishga  oid
tadbirlar;
-
xomashyo  va  materiallar  sifatini  oshirish  bo‘yicha  ta’minlovchilarga
qo‘yiladigan talablar;
-
mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba
va  loyihalashtirish  bo‘yicha  ilmiy-tekshirish,  loyihalashtirish  tashkilotlariga
beriladigan topshiriqlar;
-
texnikaviy hujjatlarni yaxshilash tadbirlari;
-
texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni
o‘lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;
8
Logotip
- standartlarga, o‘lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish; - mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta’minlash. Mahsulotning xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan holda bajariladi. Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslanadi. Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi: - ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari; - mahsulotning sifat darajasini baholash; - ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va ularni tahlil etish; - laboratoriyadan o‘tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan yuborilgan norozilik hujjatlari, texnikaviy nazorat va ma’lumotlar; - ilg‘or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash. Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi: - mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar; - ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar; - xomashyo va materiallar sifatini oshirish bo‘yicha ta’minlovchilarga qo‘yiladigan talablar; - mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy-tekshirish, loyihalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar; - texnikaviy hujjatlarni yaxshilash tadbirlari; - texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni o‘lchov asboblari bilan ta’minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari; 8
-
standartlarni  o‘zlashtirish,  ularga  rioya  qilish,  buyumlarni
unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini
olish va iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan noroziliklarni kamaytirish bo‘yicha
tadbirlar.
Ushbu va boshqa bir qator tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis
ta’minlash  uchun  ularning  bajarilish  muddatlari,  mas’ul  kishilar,  muayyan
xarajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
Ma’lumki,  raqobat  va  raqobatbardoshlik  o‘rtasida  dialektik  aloqadorlik
mavjud  bo‘lib,  biri  ikkinchisidan  kelib  chiqadi.  Raqobat  korxona  (firma)larni
raqobatbardosh  tovarlar  ishlab  chiqarishga  va  raqobatbardosh  xizmatlar
ko‘rsatishga undaydi. 
Raqobatbardoshlik nisbiy o‘lchov bo‘lib, uning xususiyati shundan iboratki,
uni  raqobat  predmeti  (mahsulot  raqobatbardoshligi)ga  nisbatan  ham  qo‘llash
mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlarini
qondirish  va  uni  xarid  qilish  hamda  keyinchalik  undan  foydalanish  uchun
sarflanadigan xarajatlar darajalari bo‘yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday
tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig‘indisi tushuniladi. 
Mahsulotning  raqobatbardoshligi  -  u  biror  bir  firma  tomonidan  ishlab
chiqarilgan,  raqobatchi  firmalarning  xuddi  shunday  tovarlariga   qaraganda
yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo‘lgan
tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
Raqobatbardoshlik  aynan  bozorda  kuzatiladi  va  tovarlarning  iste’molchi
ehtiyojlariga  muvofiq  kelishi  solishtirib  va  tekshirib  ko‘riladi.  Ana  shunda
tovarning  raqobatbardoshligi  real  xaridni  amalga  oshirayotgan  xaridor  uchun
jozibadorlik  darajasini ko‘rsatadi. 
4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
9
Logotip
- standartlarni o‘zlashtirish, ularga rioya qilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini olish va iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan noroziliklarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar. Ushbu va boshqa bir qator tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini to‘la-to‘kis ta’minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas’ul kishilar, muayyan xarajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Ma’lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o‘rtasida dialektik aloqadorlik mavjud bo‘lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma)larni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va raqobatbardosh xizmatlar ko‘rsatishga undaydi. Raqobatbardoshlik nisbiy o‘lchov bo‘lib, uning xususiyati shundan iboratki, uni raqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlarini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar darajalari bo‘yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig‘indisi tushuniladi. Mahsulotning raqobatbardoshligi - u biror bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo‘lgan tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir. Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko‘riladi. Ana shunda tovarning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darajasini ko‘rsatadi. 4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. 9