Sanoat, mineral (shifobaxsh) termail suvlar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

2,2 MB


Sanoat, mineral (shifobaxsh) termail suvlar
Ma’ruza  rejasi:
1. Yerosti suv turlari  xaqida tushuncha.
2. Mineral termal  ularning hosil bo‘lish sharoiti.
3. Sanoat suvlar, ularning hosil bo‘lish sharoiti.
4. Mineral suvlarining inson xayotidagi o‘rni.. 
5. Termal ularning hosil bo‘lish sharoiti.
 6.Termal va sanoat suvlar ining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Kalit so‘zlar:
Aeratsiya zonasi, gidroizogipsa, gravitatsion suvlar, kaplyar suvlar, molekulyar
suvlar, gigroskopik suvlar, gidrotermal suvlar, pezometrik satx. 
Ma’ruzaning bayonida qo‘llaniladigan texnik jihoz va           ko‘rgazmali
vositalar:
Kompyuter, videoproyektor (taqdimot uchun), tarqatma materiallar. 
Ma’ruzada qo‘llanilgan metodika (ped.texnologiya): 
“Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter 
xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini 
ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari, 
muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar 
asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba (o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli, 
yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
1
Logotip
Sanoat, mineral (shifobaxsh) termail suvlar Ma’ruza rejasi: 1. Yerosti suv turlari xaqida tushuncha. 2. Mineral termal ularning hosil bo‘lish sharoiti. 3. Sanoat suvlar, ularning hosil bo‘lish sharoiti. 4. Mineral suvlarining inson xayotidagi o‘rni.. 5. Termal ularning hosil bo‘lish sharoiti. 6.Termal va sanoat suvlar ining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kalit so‘zlar: Aeratsiya zonasi, gidroizogipsa, gravitatsion suvlar, kaplyar suvlar, molekulyar suvlar, gigroskopik suvlar, gidrotermal suvlar, pezometrik satx. Ma’ruzaning bayonida qo‘llaniladigan texnik jihoz va ko‘rgazmali vositalar: Kompyuter, videoproyektor (taqdimot uchun), tarqatma materiallar. Ma’ruzada qo‘llanilgan metodika (ped.texnologiya): “Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari, muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba (o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli, yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 1
“Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida 
keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan 
ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga 
rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida 
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati 
tug‘iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni
aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga
amal qilish talab etiladi: 
1.  Talabalarni  muammo  doirasida  keng  fikr  yuritishga  undash,  ularning
mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 
2.Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi.
Bildirilgan  fikrlar  orasidan  eng  maqbullari  tanlab  olinadi.  Fikrlarning
rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi. 
3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi
mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni
o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 
4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat
qilish,  ular  tomonidan  bildirilayotgan  fikrlarni  baholashga  yo‘l  qo‘yilmaydi.
Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya
qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan  asosiy  maqsad  talabalarni  muammo  bo‘yicha  keng  fikr  yuritishga
undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz
kechish maqsadga muvofiqdir. 
      Mavzuning dolzarbligi:
Mavzuning dolzarbligi yer osti suvlari nafaqat eng toza sifatli ichimlik suvi 
hisoblanadi balki qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha sug‘orish manbai, sanoat texnik 
maqsadlarida ishlatiladigan meditsina, sanatoriya maskanlarida shifobaxsh suv 
sifatida qo‘llaniladigan birdan-bir mahsulot ekanligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. 
Shuningdek xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida tarkibida yod, brom, litiy va 
2
Logotip
“Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2.Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi. 3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Mavzuning dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi yer osti suvlari nafaqat eng toza sifatli ichimlik suvi hisoblanadi balki qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha sug‘orish manbai, sanoat texnik maqsadlarida ishlatiladigan meditsina, sanatoriya maskanlarida shifobaxsh suv sifatida qo‘llaniladigan birdan-bir mahsulot ekanligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Shuningdek xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida tarkibida yod, brom, litiy va 2
boshqa radioaktiv elementlarni mavjudligi bilan va bu elementlarni ajratib olishda 
eng asosiy xom ashyo manbai ekanligi bilan harakterlanadi.
      Maruzaning qisqacha bayoni:
Yer  osti  suvlari  xalq  xo‘jaligining  deyarli  hamma  sohalarida  (qishloq
xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada va b.q.) ishlatiladigan birdan bir arzon tabiiy
xomashyo bo‘lib hisoblanadi. Lekin o‘z tarkibi, xossa va hususiyatlariga ko‘ra
ichish maqsadlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng miqyosida qo‘llanilishi va ma’lum
sohalar  uchun  (qishloq  xo‘jaligida-ekinlarni  sug‘orish,  meditsinada,  odamlarni
davolash, sanoat va boshqa soxalar uchun zarur bo‘lgan moddalrni ajratib olishi va
x.k.) aniq yo‘naltirilgan holda ishlatilishi lozimligi aniqlangan. 
O‘z tarkibida ma’lum darajada mineral tuzlari bo‘lgan, o‘ziga xos xossa va
hususiyatlariga, haraktga ega bo‘lgan, kishi tanasiga va ichki organlariga u yoki bu
darajada fiziologik ta’sir ko‘rsatuvchi yer osti suvlari mineral shifobahsh suvlar
deb ataladi. 
Mineral  suvlar  tarkibida  temir,  brom,  yod,  litiy,  oltingugurt,  va  boshqa
elementlar bo‘lib ularni miqdoriga qarab shifobhshligi belgilanadi.  
Yer osti suvlarini, jumladan mineral suvlarni tarkibini, xossa va hususiyatlarini
vujudga  kelishida  va  o‘zgarishida  eng  asosiy  omillar  bo‘lib,  quydagilar
hisoblanadi. (V.A.Berejnoy, A.A.Shebest, 1991):
1. Yer osti suvlari harakat qiluvchi tog‘jinslarining (xloridlar va sulfatlar
gruxidagi) mineral tarkibi. 
2.  Atmosfera  yog‘inlari  orqali  tog‘  jinslari  qatlamlariga  sizib  kirishi
jarayonida,  o‘zi  bilan  birga  juda  ko‘p  kimyoviy  komponentlarni,  jumladan
kislorodni, azotni, karbonat angidirid gazi bilan yer osti suvlari tarkibini boyitadi.
3.  Dengiz  va  okean  tubiga  bir  vaqtlar  (ma’lum  geologik  davr  davomida)
yotqizilgan  tog‘  jinslari  tarkibidagi  mavjud  suvlarni  keyingi  geologik  davrlar
mobaynida yuqori bosim ostida siqilishi oqibatida yer osti suv gorizontlari vujudga
keladi. 
4. Hozirgi zamon vulqon haraktlari va tektonik faollik. 
3
Logotip
boshqa radioaktiv elementlarni mavjudligi bilan va bu elementlarni ajratib olishda eng asosiy xom ashyo manbai ekanligi bilan harakterlanadi. Maruzaning qisqacha bayoni: Yer osti suvlari xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarida (qishloq xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada va b.q.) ishlatiladigan birdan bir arzon tabiiy xomashyo bo‘lib hisoblanadi. Lekin o‘z tarkibi, xossa va hususiyatlariga ko‘ra ichish maqsadlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng miqyosida qo‘llanilishi va ma’lum sohalar uchun (qishloq xo‘jaligida-ekinlarni sug‘orish, meditsinada, odamlarni davolash, sanoat va boshqa soxalar uchun zarur bo‘lgan moddalrni ajratib olishi va x.k.) aniq yo‘naltirilgan holda ishlatilishi lozimligi aniqlangan. O‘z tarkibida ma’lum darajada mineral tuzlari bo‘lgan, o‘ziga xos xossa va hususiyatlariga, haraktga ega bo‘lgan, kishi tanasiga va ichki organlariga u yoki bu darajada fiziologik ta’sir ko‘rsatuvchi yer osti suvlari mineral shifobahsh suvlar deb ataladi. Mineral suvlar tarkibida temir, brom, yod, litiy, oltingugurt, va boshqa elementlar bo‘lib ularni miqdoriga qarab shifobhshligi belgilanadi. Yer osti suvlarini, jumladan mineral suvlarni tarkibini, xossa va hususiyatlarini vujudga kelishida va o‘zgarishida eng asosiy omillar bo‘lib, quydagilar hisoblanadi. (V.A.Berejnoy, A.A.Shebest, 1991): 1. Yer osti suvlari harakat qiluvchi tog‘jinslarining (xloridlar va sulfatlar gruxidagi) mineral tarkibi. 2. Atmosfera yog‘inlari orqali tog‘ jinslari qatlamlariga sizib kirishi jarayonida, o‘zi bilan birga juda ko‘p kimyoviy komponentlarni, jumladan kislorodni, azotni, karbonat angidirid gazi bilan yer osti suvlari tarkibini boyitadi. 3. Dengiz va okean tubiga bir vaqtlar (ma’lum geologik davr davomida) yotqizilgan tog‘ jinslari tarkibidagi mavjud suvlarni keyingi geologik davrlar mobaynida yuqori bosim ostida siqilishi oqibatida yer osti suv gorizontlari vujudga keladi. 4. Hozirgi zamon vulqon haraktlari va tektonik faollik. 3
5.  Yer  osti  suvlarini  mineral  tarkibini  o‘zgarishida  odamlarning  xo‘jalik  va
muxandislik,  ya’ni  texnogen  faoliyatlari  ham  ma’lum  darajada  o‘z  ta’sirini
ko‘rsatadi. 
Hozirgi vaqtda mineral shifobahsh suvlarni tasnifi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni u
yoki bu klassga ajratishga yoki kiritishga asos bo‘ladigan xossa va hususiyatlari
quydagilardan iborat:
1. Umumiy mineralizatsiya darajasi;
2. Ion tarkibi;
3. Gazli tarkibi va gazga to‘yinganligi;
4. Faol mikro elementlarni miqdori;
5. Radiaktivlik hususiyati;
6. Ishqoriy-kislotali hususiyatlari, rN qiymatini o‘zgarishi;
7. Haroratni har xilligi (Ivanov, Nevrayev, 1965). 
         Tabiiy holatda harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan suvlar termal suvlar deb
ataladi. Amaliyotda harorati 32-100S oralig‘ida bo‘lgan suvlar gipotermal, harorati
100S dan yuqori bo‘lgan suvlar qaynoq suvlar deb yuritiladi. Termal suvlari yuqori
haroratga ega bo‘lganligi uchun o‘z tarkibida juda ko‘p miqdordagi kimyoviy
elementlarni erigan holda ushlab turish hususiyatiga ega. Termal suvlar yer sathiga
nisbatan ancha chuqurlikda vujudga kelishi va yotganligi, hamda asosan artezian
xavzalar maydonlarida tarqalganligi tufayli yuqori bosim ostida bo‘ladi. Shuning
uchun  bunday  maydonlarda  tarqalganligi  tufayli  yuqori  bosim  ostida  bo‘ladi.
Shuning  uchun  bunday  maydonlarda  o‘tkazilgan  burg‘ilash  ishlari  jarayonida
ba’zan yer yuzasiga yer osti suvlarini bir necha o‘n, xatto 100 metr balandlikka
otilib chiqish holatlarini uchratish mumkin.
Termal suvlar mamlakatimiz hududidagi deyarli hamma artezian suv xavzalarida
mavjud.  Toshkentoldi,  Farg‘ona,  Sirdaryo,  Markaziy  qizilqum,  Zarafshon,
Surxondaryo, Amudaryo va Ustyurt artezian suv xavzalari shular jumlasiga kiradi.
Termal  suvlar  dunyoning  juda  ko‘p  mamlakatlarida  (Rossiyada,  qozog‘iston,
Gruziya, AQSH, Fransiya va b.q.) elektr energiya olish va uylarni, issiqxonalarni
isitish  maqsadlarida,  hamda  katta miqdorda kimyoviy  moddalarni  (iod,  brom,
oltingugurt va har xil tuzlarni) ajratib olishda qo‘llaniladi. 
4
Logotip
5. Yer osti suvlarini mineral tarkibini o‘zgarishida odamlarning xo‘jalik va muxandislik, ya’ni texnogen faoliyatlari ham ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda mineral shifobahsh suvlarni tasnifi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni u yoki bu klassga ajratishga yoki kiritishga asos bo‘ladigan xossa va hususiyatlari quydagilardan iborat: 1. Umumiy mineralizatsiya darajasi; 2. Ion tarkibi; 3. Gazli tarkibi va gazga to‘yinganligi; 4. Faol mikro elementlarni miqdori; 5. Radiaktivlik hususiyati; 6. Ishqoriy-kislotali hususiyatlari, rN qiymatini o‘zgarishi; 7. Haroratni har xilligi (Ivanov, Nevrayev, 1965). Tabiiy holatda harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan suvlar termal suvlar deb ataladi. Amaliyotda harorati 32-100S oralig‘ida bo‘lgan suvlar gipotermal, harorati 100S dan yuqori bo‘lgan suvlar qaynoq suvlar deb yuritiladi. Termal suvlari yuqori haroratga ega bo‘lganligi uchun o‘z tarkibida juda ko‘p miqdordagi kimyoviy elementlarni erigan holda ushlab turish hususiyatiga ega. Termal suvlar yer sathiga nisbatan ancha chuqurlikda vujudga kelishi va yotganligi, hamda asosan artezian xavzalar maydonlarida tarqalganligi tufayli yuqori bosim ostida bo‘ladi. Shuning uchun bunday maydonlarda tarqalganligi tufayli yuqori bosim ostida bo‘ladi. Shuning uchun bunday maydonlarda o‘tkazilgan burg‘ilash ishlari jarayonida ba’zan yer yuzasiga yer osti suvlarini bir necha o‘n, xatto 100 metr balandlikka otilib chiqish holatlarini uchratish mumkin. Termal suvlar mamlakatimiz hududidagi deyarli hamma artezian suv xavzalarida mavjud. Toshkentoldi, Farg‘ona, Sirdaryo, Markaziy qizilqum, Zarafshon, Surxondaryo, Amudaryo va Ustyurt artezian suv xavzalari shular jumlasiga kiradi. Termal suvlar dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida (Rossiyada, qozog‘iston, Gruziya, AQSH, Fransiya va b.q.) elektr energiya olish va uylarni, issiqxonalarni isitish maqsadlarida, hamda katta miqdorda kimyoviy moddalarni (iod, brom, oltingugurt va har xil tuzlarni) ajratib olishda qo‘llaniladi. 4