SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

41,2 KB


SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI
Reja:
1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati. 
2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari. 
3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash.
1
Logotip
SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI Reja: 1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati. 2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari. 3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash. 1
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  texnika,  fan,  iqtisodiy  mohiyati,  asosiy
yo‘nalishlari,
 
elekterlashtirish,
 
elektronizatsiyalash,
 
ximiyalashtirish,
mexanizatsiyalash,  avtomatlashtirish,  yangi  texnika,  texnologiya:  lazerli,
ultratovush, chiqitsiz, quyoshli.
1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati
Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U
ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli
ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. 
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. Yuqorida
aytilganlardan shunday savol tug‘ilishi mumkin: Fan nima?
Fan  –  bu  inson  faoliyatining  ma’lum  sohasi.  U  shunday  sohaki,  voqea-
hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga
solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
Fan yoki ilm – bu o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan
bilim  va  malakalar  majmuasidir.  Uning  asosiy  vazifasi  avvalo  voqea  va
hodisalarni,  shu  jumladan,  texnik  va  texnologik  hodisalarni  tasvirlash,  keyin
tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir.
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak.
Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda
esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng
faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) –
ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo,
material  yoki  yarim  fabrikatlarning  holati,  xossasi  va  shakllarini  o‘zgartirish,
ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy
hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
2
Logotip
Tayanch so‘z va iboralar: texnika, fan, iqtisodiy mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, elekterlashtirish, elektronizatsiyalash, ximiyalashtirish, mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, yangi texnika, texnologiya: lazerli, ultratovush, chiqitsiz, quyoshli. 1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi. Yuqorida aytilganlardan shunday savol tug‘ilishi mumkin: Fan nima? Fan – bu inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea- hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. Fan yoki ilm – bu o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi avvalo voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, keyin tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir. Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak. Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi. Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 2
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa
ular yonma-yon turadi. Shu sababli “Fan- texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim
asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng
yangi  xomashyosi  va  materiallarini,  yoqilg‘i  va  energiyaning,  texnologik
jarayonning,  boshqarishning,  mehnatni  texnik  jihatdan  qurollantirish  va
yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab
chiqarishda  band  bo‘lgan  ishlovchilarning  umumiy  ma’lumotini,  mahoratini
uzluksiz  sistematik  rivojlantirish  va  takomillashtirish  ham  fan-texnika
taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, iqtisodiyot
tarmog‘i, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham
hisobga olinishi mumkin. 
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i,
elektr energiyasi va h.k. larni tejash);
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish;
mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori
darajaga ko‘tarish.
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa
ularning  rivojlanishi  hisobga  olinmasdan  turib  hal  qilinishi  mumkin  emas.
Respublika Prezidenti I. Karimovning asarlarida, ma’ruza va suhbatlarida, Oliy
Majlis  qonunlarida,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlarida,  olimlarning  ilmiy-amaliy
tadqiqotlarida  fan-texnika  taraqqiyotining  tavsiflovchi  g‘oyat  mukammal
formulalari ta’riflab berilgan.          
Mustaqillikni  mustahkamlash,  kelajagi  buyuk  davlatni  qurish,  iqtisodiy
o‘sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-fansiz
mutlaqo tasavvur  qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma joyda, hamma vaqtda fan-
texnika taraqqiyoti tomon olg‘a siljimoq kerak bo‘ladi.  
3
Logotip
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular yonma-yon turadi. Shu sababli “Fan- texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi. Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi. Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, iqtisodiyot tarmog‘i, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham hisobga olinishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash); ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish; mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish; ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish. Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Respublika Prezidenti I. Karimovning asarlarida, ma’ruza va suhbatlarida, Oliy Majlis qonunlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, olimlarning ilmiy-amaliy tadqiqotlarida fan-texnika taraqqiyotining tavsiflovchi g‘oyat mukammal formulalari ta’riflab berilgan. Mustaqillikni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni qurish, iqtisodiy o‘sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini tezlashtirishni ilm-fansiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma joyda, hamma vaqtda fan- texnika taraqqiyoti tomon olg‘a siljimoq kerak bo‘ladi. 3
O‘zbekiston Davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari,
mehnatkashlar  jamoalari,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashkiliy  va  tarbiyaviy  chora-
tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo‘lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning
yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu
negizda  mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  sifat  jihatidan  og‘ishmay
takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika
siyosatining mohiyati ana shundan iborat.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fan-texnika  siyosati  umumdavlat  siyosati
sifatidagina  samarali  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lib,  uning  butun  tarkibiy
qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati
strategik maqsadga bo‘ysundirilgan.
Fan-texnika  taraqqiyotining  mazmuni  va  maqsadlarini  davlat  iqtisodiy
siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor iqtisodiyotining u
yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji
darajasini,  bu  borada  hal  etiladigan  vazifalarni  chuqur  ilmiy  umumlashtirish
asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda
ularni  amalga  oshirish  uchun  optimal  shart-sharoitlarni  ta’minlovchi  tadbirlar
ishlab chiqadi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan talab qiladi. Ayni
chog‘da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish
mexanizmini  takomillashtirish  hozirgi  bosqichda  fan-texnika  taraqqiyotini
jadallashtirishning  hal  qiluvchi  omili  ekanligi  davlat  siyosatining  eng  muhim
qoidasi  hisoblanadi.  Ana  shu  mexanizmni  takomillashtirish  fan-texnika
taraqqiyotini tashkil etish va boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, mablag‘
bilan ta’minlash va rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.
2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyotiga  modernizatsiya  qilish  sharoitida  fan-texnika  taraqqiyotining
uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
4
Logotip
O‘zbekiston Davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat tashkilotlari, mehnatkashlar jamoalari, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora- tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo‘lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og‘ishmay takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika siyosatining mohiyati ana shundan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, uning butun tarkibiy qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati strategik maqsadga bo‘ysundirilgan. Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor iqtisodiyotining u yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji darajasini, bu borada hal etiladigan vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni amalga oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqadi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan talab qiladi. Ayni chog‘da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning hal qiluvchi omili ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi hisoblanadi. Ana shu mexanizmni takomillashtirish fan-texnika taraqqiyotini tashkil etish va boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, mablag‘ bilan ta’minlash va rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. 2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari Iqtisodiyotiga modernizatsiya qilish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin: 4
a) an’anaviy yo‘nalish;
b) zamonaviy yo‘nalish;
v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
An’anaviy 
yo‘nalishga  elektrlashtirish,  mexanizatsiyalash,  qisman
avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi.
Zamonaviy yo‘nalishga  elektronizatsiyalash,  kompleks  mexanizatsiyalash,
kompleks  avtomatlashtirish  (robotlashtirish,  kompyuterlashtirish),  atom
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga
ishlov berish, hozirgi  davr  talabiga javob beradigan texnologiyalarni  qo‘llash,
undan  foydalanishda  texnologiyaning  ekologiyaga  salbiy  ta’sirini  kamaytirish,
imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: 
- elektronizatsiyalash,  biotexnologiyani  keng  joriy  etish,  iqtisodiy
informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish,
fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;    
- yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
- texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va
materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
- mavjud  mashina  va  mexanizmlarni,  asbob-uskuna  hamda  jihozlarni
modernizatsiyalash kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p
atamalar  (terminlar),  tushunchalar  kirib  kelmoqda.  Masalan,  “Nau-xau”,
innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k.
“Nau-xau” – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning
yig‘indisi  bo‘lib,  almashish  predmeti  hisoblanadi.  “Nau-xau” tipidagi  axborot
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi
mumkin. “Nau-xau”ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning
yangiligida  va  aniq  ishlab  chiqarish  va  tijorat  vazifalarini  bajarish  uchun
foydaliligidadir.  Uni  amalga  oshirishda  shartnoma  tuziladi:  har  xil  chizmalar,
loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror
narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik
5
Logotip
a) an’anaviy yo‘nalish; b) zamonaviy yo‘nalish; v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar. An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi. Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi. Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: - elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish; - yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; - texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va materiallarning eng yangi turlarini yaratish; - mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni modernizatsiyalash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nau-xau”, innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k. “Nau-xau” – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nau-xau” tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi mumkin. “Nau-xau”ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik 5
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni
yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi.
Innovatsiya – iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. Yangilikni joriy etish:
birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotga  sarflangan  mablag‘lar  bo‘lsa;  ikkinchidan  esa,  ilmiy-texnika
taraqqiyoti  yutuqlari  natijalari  bo‘lgan  yangi  texnika  va  texnologiya.
Ixtirochilikning  rivojlanishi,  biror  yo‘nalishdagi  yirik  ixtiro  va  kashfiyotlar
maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi.
Lizing –  mashina,  asbob-uskuna,  transport  vositalari,  ishlab  chiqarish
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi
mavjud.
Moliyaviy  lizing 
muayyan  muddatda  ijaraga  beruvchining  kapital
xarajatlarini to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir
miqdor foyda ham beradi.
Oddiy lizing – ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi.
Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga odatda bir
yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati
tugagandan so‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olish (bu holda
egalik huquqi yangi sohibga o‘tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini
cho‘zish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko‘zda
tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan davr mobaynida uni
buzishga haqi yo‘q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun
shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar. Davlat odatda, ularga qarz
olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
Venchur – kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik
ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni
boshqarish, tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu
ishlar bilan “Venchur korxonalar” shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi
bo‘lgan  korxonalar  ham  bo‘ladi.  Venchur  korxonalar  texnikaning  yangi
6
Logotip
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. Innovatsiya – iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. Yangilikni joriy etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo‘lgan yangi texnika va texnologiya. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari hisoblanadi. Lizing – mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi mavjud. Moliyaviy lizing muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital xarajatlarini to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi. Oddiy lizing – ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga odatda bir yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan so‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga o‘tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini cho‘zish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko‘zda tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yo‘q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar. Davlat odatda, ularga qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi. Venchur – kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan “Venchur korxonalar” shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi 6
yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular
venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab,
uni ishga soladilar.
Injinering (injinerlik  –  maslahat  xizmatlari)  –  tijoratchilik  qoidalariga
asoslangan injinerlik – maslahat xizmatlari; ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot
sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan
maslahat berish. Bu ish bilan injinering firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma
sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injinering
firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar
va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy
etadi. Injinering kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injinering xizmatiga bog‘liq
bo‘ladi. Xalqaro injinering xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari
ko‘rsatilgan  kontrakt  shaklida  rasmiylashtiriladi,  mohiyati  bilan  muyyan
xizmatlarga buyurtmaning bir ko‘rinishidir. Injinering xizmatlari bozori – xalqaro
bozorning bir turi, injinering xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir.
Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni xarid
etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko‘rsatish uchun konkurs
asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib
hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan konkursda ishtirok etuvchi
firmalar, konsorsiumlar  yoki  korxonalar  o‘z takliflarini  – tenderlarini  xaridor,
buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injinering firmalari hujjatlashtiradi.
Fan-texnika  taraqqiyotining  muhim  an’anaviy  yo‘nalishlaridan  biri  ishlab
chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli
darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish
jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini “Elektroenergetika“ tarmog‘i tashkil
etadi.  U  elektr  energiyasi  ishlab  chiqaradigan  jihozlarni  (elektrostansiyalarni),
iste’molchilarga  uni  yetkazib  beruvchi  jihozlarni  (podstansiyalarni)  va  elektr
uzatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi:
suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar);
issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar);
7
Logotip
yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab, uni ishga soladilar. Injinering (injinerlik – maslahat xizmatlari) – tijoratchilik qoidalariga asoslangan injinerlik – maslahat xizmatlari; ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan injinering firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injinering firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi. Injinering kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injinering xizmatiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro injinering xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari ko‘rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi, mohiyati bilan muyyan xizmatlarga buyurtmaning bir ko‘rinishidir. Injinering xizmatlari bozori – xalqaro bozorning bir turi, injinering xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir. Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko‘rsatish uchun konkurs asosida buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga asosan konkursda ishtirok etuvchi firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z takliflarini – tenderlarini xaridor, buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injinering firmalari hujjatlashtiradi. Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini “Elektroenergetika“ tarmog‘i tashkil etadi. U elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jihozlarni (elektrostansiyalarni), iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr uzatkichlarni o‘z ichiga oladi. Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi: suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar); issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar); 7
atom elektrostansiyalari;
quyosh elektrostansiyalari;
shamol va boshqa elektrostansiyalar.
Ekspertlarning  dalolat  berishlaricha,  kelgusi  yuz  yillikning  o‘rtalarida
sayyoramizda  energiya  ishalb  chiqarish  hozirgi  darajadan  o‘n  baravar  ortadi.
Bunday  o‘sishni  qayta  tiklanmaydigan  organik  yoqilg‘i  yordamida  ta’minlash
mumkin  emas.  Shu  sababli  energetika  muammosi  eng  jiddiy  jahonshumul
muammolardan biriga aylanmoqda.
Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan
keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni
kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash tushuniladi. Elektronikaning makro va
mikro turlari mavjud bo‘lib, ular sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida
o‘rin tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo‘l keladi. 
Mexanizatsiyalash 
–  bu  qo‘l  mehnatini  mashina  mehnati  bilan
almashtirishdir.  U  ikki  xil  bo‘ladi:  a)  kichik  mexanizatsiyalash;  b)  kompleks
mexanizatsiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi. 
Avtomatlashtirish – bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish
vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab
chiqarishni  rivojlantirish  jarayoni.  Avtomatlashtirish  jarayonida  inson  faqat
operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan
maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab
chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish.    
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim ishlab
chiqarish  operatsiyalarinigina  avtomatlashtiradigan),  kompleks  va  to‘la  xillari
mavjud.
Ximiyalashtirish –  bu  ishlab  chiqarishning  hamma  sohalarida  ximiya
fanining  barcha  yutuqlaridan  keng  foydalanish.  Ishlab  chiqarishning  barcha
jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning
ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan
belgilangan  xususiyatli  xomashyo  materiallarni  tayyorlash  mumkin.  Masalan,
bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k.
8
Logotip
atom elektrostansiyalari; quyosh elektrostansiyalari; shamol va boshqa elektrostansiyalar. Ekspertlarning dalolat berishlaricha, kelgusi yuz yillikning o‘rtalarida sayyoramizda energiya ishalb chiqarish hozirgi darajadan o‘n baravar ortadi. Bunday o‘sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg‘i yordamida ta’minlash mumkin emas. Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshumul muammolardan biriga aylanmoqda. Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash tushuniladi. Elektronikaning makro va mikro turlari mavjud bo‘lib, ular sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo‘l keladi. Mexanizatsiyalash – bu qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishdir. U ikki xil bo‘ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks mexanizatsiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi. Avtomatlashtirish – bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish jarayonida inson faqat operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la xillari mavjud. Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni tayyorlash mumkin. Masalan, bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k. 8