SANOATDA KADRLAR VA MEHNATGA HAQ TO‘LASH
Reja:
1. Korxonaning kadrlar salohiyati.
2. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati.
3. Korxonada mehnatga haq to‘lash.
Tayanch so‘z va iboralar: kadrlar, kadr salohiyati, ishbay ish haqi to‘lash, vaqtbay ish haqi
to‘lash, mukofotlash, rag‘batlantirish, moddiy rag‘batlantirish, ish haqining turlari, real ish haqi,
nominal ish haqi, korxonada ish haqini hisoblash usullari.
1. Korxonaning kadrlar salohiyati
“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga
oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday
1
vazifalarni qo‘ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud bo‘lmasin,
ularning barchasi pirovardida kadrlar va faqat kadrlarga borib taqaladi.”
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan
tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni
boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab
chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini,
garchi ular o‘rtasida ma’joziy ma’noda aytganda “xitoy devori” yo‘q bo‘lsa va ular
kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo‘llansada,
bir-biridan farqlash lozim.
Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib
(potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini anglatadi.
Lug‘at va qo‘llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir
maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan vosita, zahira, manba deb
ko‘rsatilgan.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi,
ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va
jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari
yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining
tarkibiy qismidir.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy
tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir.
Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi. Korxona personali
doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat
bo‘lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin
qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy
qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati,
ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa
2
tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat
yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asoiy fondlar va aylanma
mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi, xo‘jalik yuritish iqtisodiyoti ko‘p
jihatdan unga bog‘liq bo‘ladi.
2. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab
chiqarishning muhim elementi hisoblanadi. Shu sababli korxona ishlab chiqarish
faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
*ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;
*xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;
*kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog‘onaga ko‘tarish;
*yollash shartlari, mehnat va unga haq to‘lash sharoitlari;
*mehnat jamoasida qulay ruhiy (psixologik) muhitni yaratish.
Korxonalarning kadrlar siyosatini, garchi yagona javobgar shaxs sifatida
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, kadrlarni
tanlash va joylashtirishda asosiy javobgarlikni korxona derektori o‘z bo‘yniga
olsada, faqatgina uning o‘zi amalga oshirmaydi. Bunda direktordan tashqari bo‘lim
va xizmat boshliqlari, kadrlar bo‘limi, iqtisodiy va ishlab chiqarish bo‘limi, mehnat
va haq to‘lash bo‘limi, texnik bo‘lim va boshqalar ham ishtirok etadi.
3. Korxonalarda mehnatga haq to‘lash
Korxonalarda mehnatga haq to‘lashni oqilona tashkil qilish xodimlar
faoliyatini rag‘batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni,
rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq
to‘lashni oqilona tashkil etishdan maqsaduning hajmi va xodimning korxona
3