SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

22

File size

Fayl hajmi

42,1 KB


SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH
RENTABELLIGI
Reja:
1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari. 
2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash.
3. Foyda va uni maksimallashtirish. 
4. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari. 
5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot, ishlab chiqarish, sarflar, yig‘indi, nisbat,
manba, ishlab chiqarish, materiallar, ish haqi, amortizatsiya, yangi texnika va
texnologiya, tashkil etish, mehnat unumdorligi, rentabellik, rentabellik turlari.
1
Logotip
SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI Reja: 1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari. 2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash. 3. Foyda va uni maksimallashtirish. 4. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari. 5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari. Tayanch so‘z va iboralar: mahsulot, ishlab chiqarish, sarflar, yig‘indi, nisbat, manba, ishlab chiqarish, materiallar, ish haqi, amortizatsiya, yangi texnika va texnologiya, tashkil etish, mehnat unumdorligi, rentabellik, rentabellik turlari. 1
1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning 
ilmiy asoslari
Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat kasb
etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali fikrlar mavjud.
Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog‘lasalar,
ayrimlari tovar qiymati – tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va
unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati, deb hisoblaydilar.  Boshqalari esa tovarning
qiymatini  ushbu  tovarga  bo‘lgan  talab  va  taklif,  ya’ni  tovarning  noyobligi
belgilaydi, deb hisoblaydilar.
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish
darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida
deyarli farq yo‘q. Faqatgina narx (baho) – bu tovar qiymatining puldagi ifodasidir
xolos.  
Iqtisodiyotda  mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham  keng
foydalaniladi.  Qiymat  va  ishlab  chiqarish  tannarxi  o‘rtasidagi  tafovut  ishlab
chiqarish sub’ektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  tannarxi  –  mahsulotni  ishlab  chiqarish  bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarning puldagi ifodasidir. 
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bu mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni
rivojlantirishga va aholining turmush  darajasini  oshirishga  imkoniyat  yaratadi.
Ayniqsa,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  barcha  resurslardan  bekami-ko‘st
foydalanish bu ko‘rsatkichlarning rolini oshirish zaruriyatini taqozo etadi. Shu
sababli tannarx atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi
bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish  uchun ma’lum miqdorda xomashyo va
materiallar, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yuklama
xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish  bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
2
Logotip
1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning ilmiy asoslari Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali fikrlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari tovar qiymati – tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa tovarning qiymatini ushbu tovarga bo‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi, deb hisoblaydilar. Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yo‘q. Faqatgina narx (baho) – bu tovar qiymatining puldagi ifodasidir xolos. Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish sub’ektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi – mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bu mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekami-ko‘st foydalanish bu ko‘rsatkichlarning rolini oshirish zaruriyatini taqozo etadi. Shu sababli tannarx atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xomashyo va materiallar, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi. 2
Mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
tannarxi 
ko‘rsatkichi 
ishlab 
chiqarishni
rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini
oshirish, ya’ni foydani ko‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish
hajmini o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
ko‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko‘rsatkichlari orasida  alohida o‘rin tutadi.
Ishlab  chiqarishni  va  mehnatni  tashkil  etish,  texnika  va  materiallardan
foydalanish,  moddiy  texnika  ta’minotini  takomillashtirish,  mahsulot  sifatini
yaxshilash  borasidagi  hamma  o‘zgarishlar  xarajatlar  darajasida  aks  etadi.  Shu
sababli  ham  biz  mahsulot  tannarxi  ishlab  chiqarish  samaradorligining  sifat
ko‘rsatkichlari tizimida muhim o‘rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning
uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlarni guruhlash
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni
turkumlash mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1999  yil  5  fevraldagi  54-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  «Mahsulot  (ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga
ajratiladi:
-  ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarilib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy  sug‘urtaga ajratmalar;
-  asosiy  fondlar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar.
3
Logotip
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ya’ni foydani ko‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko‘rsatkichlari orasida alohida o‘rin tutadi. Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy texnika ta’minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat ko‘rsatkichlari tizimida muhim o‘rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarilib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar. 3
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan
yoki  mahsulot  tayyorlashda  (ishlarni  bajarishda,  xizmatlar  ko‘rsatishda)  zarur
tarkibiy qism hisodlangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiejlariga sarflanadigan
(asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish,
nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish
jarayonida  foydalanadigan,  xarid  qilinadigan  materiallar,  shuningdek,  asbob-
uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar,
priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa
arzonbaho ashyolarning eskirishi.
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektda montaj
qilinadigan  yoki  qo‘shimcha  ishlov  beriladigan  butlovchi  buyumlar  va  yarim
tayyor mahsulotlar.
4.  Tashqi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  shuningdek,  xo‘jalik  yurituvchi
sub’ektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy
turiga tegishli bo‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va
xizmatlar.
Ishlab  chiqarish  xarakteriga  ega  bo‘lgan  ishlar  va  xizmatlarga  mahsulot
tayyorlash  bo‘yicha ayrim  operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga
ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun
sinovlar  o‘tkazish,  belgilangan  texnologik  jarayonlarga  rioya  etilishi  ustidan
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli
bo‘ladi.
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  ichida  tashqi  yuridik  shaxslarning  transport
xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
xizmatlarga tegishli bo‘ladi.
4
Logotip
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi: 1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisodlangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar. 2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiejlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob- uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi. 3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. 4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar. Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi. 4
5.  Tabiiy  xomashyo  (er  rekultivatsiyasiga  ajratmalar,  ixtisoslashtirilgan
yuridik  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  yerni  rekultivatsiya  qilish
ishlariga  haq  to‘lash),  ildizi  bilan  beriladigan  daraxtga  haq  to‘lash,  sanoat
korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va
undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari
uchun  –  yog‘och-taxta  materiallardan  yoki  foydali  qazilmalardan  (rudadan)
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni
tiklash xarajatlari.
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni  isitishga  sarflanadigan  Yonilg‘ining  chetdan  sotib  olinadigan  barcha
turlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab
chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari.
7. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning texnologik, transport va boshqa ishlab
chiqarish  hamda  xo‘jalik  ehtiyojlariga  sarflanadigan  barcha  turdagi  xarid
qilinadigan  energiya.  (Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  o‘zi  tomonidan  ishlab
chiqariladigan  elektr  energiyasi  va  energiyaning boshqa  turlariga, shuningdek,
xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish
xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
8.Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari
doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
9.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu
jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak
(mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar
va boshqalar).
10.Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  moddiy  resurslarni  yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
11.Mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  moddiy  resurslar  xarajatlaridan
qaytariladigan  chiqitlar  qiymati,  idish  va  o‘rash-joylash  materiallari  qiymati
ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha
chiqarib tashlanadi.
5
Logotip
5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun – yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari. 6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan Yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari. 7. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish hamda xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). 8.Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi. 9.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). 10.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. 11.Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi. 5
12.«Moddiy xarajatlar» elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx
(ustama)dan,  ta’minot,  tashqi  iqtisodiy  tashkilotlar  tomonidan  to‘lanadigan
vositachilik  taqdirlashlaridan,  tovar  birjalari  xizmatlari  qiymatidan,  xususan,
brokerlik  xizmatlaridan,  bojlar  va  yig‘imlardan,  transportda  tashishga  haq
to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar  tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va
yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
II.  Ishlab  chiqarish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  mehnatga  haq  to‘lash
xarajatlari.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari
va  tizimlariga  muvofiq  bajariladigan  narxnomalar,  tarif  stavkalari  va  lavozim
maoshlaridan  kelib  chiqib  hisoblangan  amalda  bajariladigan  ish  uchun  ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga
olish  bo‘yicha  dastlabki  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  rag‘batlantiruvchi  tusdagi
to‘lovlar.
2.  Kasb  mahorati  va  murabbiylik  uchun  tarif  stavkalari  va  okladlarga
ustamalar.
3.  Ish  rejimi  va  mehnat  sharoitlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kompensatsiya
tusidagi to‘lovlar, shu jumladan:
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari,
vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif
stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;
- ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va
xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir,
zararli,  alohida  zararli  mehnat  va  tabiiy-iqlim  sharoitlarida  ishlaganlik  uchun
ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
6
Logotip
12.«Moddiy xarajatlar» elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi. II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: 1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajariladigan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar. 2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar. 3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: - texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari, vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq; - ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; - hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; 6
- aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlari
doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning
ish  haqiga,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  joylashgan  joydan  jo‘nagan  paytidan
boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir
sutka uchun to‘lanadigan ustamalar;
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band
bo‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli bilan
ishlarni bajargan xodimlarga ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
-  doimiy  ravishda  yer  osti  ishlarida  band  bo‘lgan  xodimlarga  ularning
shaxtada  (konda)  ish  joyiga  jo‘nab  ketishlaridan  va  orqaga  qaytishlarigacha
o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;
-  mehnatga  haq  to‘lashning  rayonlar  bo‘yicha  tartibga  solinishiga,  shu
jumladan, rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l,
suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan
to‘lovlar;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga
va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida
nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va
transport tashkilotlari aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi.
4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va
qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish
(ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash.
5. Ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha
ta’tillar, navbatdagi  (har  yilgi)  foydalanilmagan  va qo‘shimcha ta’tillar  uchun
kompensatsiyalar,  o‘smirlarning  imtiyozli  soatlari,  bolani  ovqatlantirish  uchun
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt
uchun haq to‘lash;
- majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to‘lash;
7
Logotip
- aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlari doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; - qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama; - doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq; - mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan to‘lovlar; - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlari aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi. 4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash. 5. Ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash: - amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash; - majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to‘lash; 7
-  donor  xodimlarga  qonini  tekshirish,  topshirish  kunlari  uchun  va  qon
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar
bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash.
6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular
tomonidan  fuqarolik-huquqiy  tusdagi  tuzilgan  shartnomalar  bo‘yicha  ishlar
bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-
kitob xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi
ham shu jumlaga kiradi.
7. Belgilangan  tartibga  muvofiq ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
III. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy
sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar.
IV.  Asosiy  vositalar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Asosiy  vositalar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib
chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing
bo‘yicha  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  normalar,  qonun  hujjatlariga
muvofiq amalga  oshiriladigan  jadallashtirilgan amortizatsiya  ham  shu  jumlaga
kiradi.
2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har
oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali
foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan
ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga
tegishli  bo‘ladi.  Foydali  foydalanish  muddatini  aniqlash  imkoni  bo‘lmagan
8
Logotip
- donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; - davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash. 6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob- kitob xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. 7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari. III. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: 1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. 2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar. IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi. 2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan 8
nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi
kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari
bo‘yicha ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, Yonilg‘i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik
ko‘rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish
vositalarini  barcha  turda  (joriy,  o‘rtacha,  mukammal)  tuzatishlarni  xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning o‘z kuchi bilan o‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining
tegishli  elementlari  (moddiy  xarajatlar,  mehnat  haqi  to‘lash  xarajatlari  va
boshqalar) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.
Zarurat  bo‘lganda  ayrim  tarmoqlarning  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish
ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zahirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu
zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida
aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har
bir  ob’ektini  mukammal  tuzatishlarning  davriyligidan  kelib  chiqqan  holda
aniqlanadi. Zahiraga ajratmalar nrmasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib
chiqiladi  va  zarur  bo‘lganda  yangi  moliya  yili  uchun  ajratmalar  miqdori
ko‘paytirilishi  yoki  kamaytirilishi  mumkin.  Agar  mukammal  tuzatishga  zahira
mablag‘lari  summasi  ushbu  ob’ektni  tuzatishga  qilingan  haqiqiy  xarajatlar
summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish kiritilishi kerak:
agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa
«Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi.
- yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni
texnikaviy foydalanish qoidalari bian nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar bilan
ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.
9
Logotip
nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati muddatidan ortiq emas. V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi. 1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari: - ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, Yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; - asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, o‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z kuchi bilan o‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to‘lash xarajatlari va boshqalar) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Zarurat bo‘lganda ayrim tarmoqlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zahirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi va ko‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir ob’ektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahiraga ajratmalar nrmasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira mablag‘lari summasi ushbu ob’ektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish kiritilishi kerak: agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi. - yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni texnikaviy foydalanish qoidalari bian nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar bilan ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. 9
Idoradan tashqari, qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini
talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga
olish bilan bog‘liq xarajatlar;
-  tabiatni  muhofaza  qilish  maqsadlaridagi  fondlarni  saqlash  va  ulardan
foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, jumladan, ifloslantiruvchi moddalarni
yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik
uchun to‘lovlar;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq
bo‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari;
- tyokin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar
xodimlariga  oziq-ovqatlar  qiymati,  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  xodimlariga
beriladigan  tyokin  uy-joy  haqini  to‘lash  xarajatlari  (yoki  uy-joy,  kommunal
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
-  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tyokin  beriladigan  va  shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh,
maxsus ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan
imtiyozlar summasi);
-  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli  bo‘lgan  boshqaruvning  texnik
vositalarini,  aloqa  uzellarini,  signalizatsiya  vositalarini,  boshqaruvning  boshqa
texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash  va ularga xizmat  ko‘rsatish
xarajatlari;
- qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash.
2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli
bo‘lgan  xizmat  safarlariga  yuborish  bo‘yicha  normalar  doirasida  va  ulardan
ortiqcha xarajatlar.
10
Logotip
Idoradan tashqari, qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. - ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar; - tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, jumladan, ifloslantiruvchi moddalarni yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to‘lovlar; - ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari; - xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari; - tyokin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga beriladigan tyokin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). - amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tyokin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi); - ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; - qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash. 2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar. 10
3.  Ishlab  chiqarish  ishchilarini  va  ishlab  chiqarish  aktivlarini  majburiy
sug‘urta qilish xarajatlari.
1.  Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar.
5.  Ishlab  chiqarishning  ichki  sabablariga  ko‘ra  bekor  turishlar  tufayli
yo‘qotishlar.
6.  Kafolatli  xizmat  muddati  belgilangan  buyumlarni  kafolatli  tuzatish  va
ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
7. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.
8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan
nafaqalar.
9. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan
yo‘nalishlarda  xodimlarni  ish  joyiga  olib  borish  va  olib  kelish  bilan  bog‘liq
xarajatlar.
Mahsulot tannarxi nazariyasida  mahsulot tannarxi strukturasi degan muhim
tushuncha  mavjud.  U  ayrim  xarajatlarning  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun
sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini ko‘rsatadi. Odatda, struktura
foiz hisobida o‘lchanadi.
Tannarx  strukturasi tarmoqlar  va  korxonalarning  xususiyatiga,  ishlab
chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir.
Mahsulot  tannarxining  strukturasi  o‘zgarmas  miqdor  hisoblanmaydi.
Sanoatning  o‘sishi,  texnika  va  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  takomillashishi,
asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining
o‘zgarishi,  iste’mol  buyumlari  baholarining   tartibga  tushishi  va  transport
tariflarining o‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi strukturasi ham o‘zgaradi.
Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o‘rin tutishiga qarab,
sanoat  tarmoqlari  bir-biridan  farq  qiladi  –  ko‘p  mehnat,  ko‘p  material,  ko‘p
energiya, ko‘p mablag‘ talab qiladigan bo‘ladi. 
Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog‘i eng katta
bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi
(ko‘mir sanoati, yog‘och tayyorlash sanoati va boshqalar).
11
Logotip
3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlari. 1. Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar. 5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar. 6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari. 7. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. 8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar. 9. Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar. Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi strukturasi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini ko‘rsatadi. Odatda, struktura foiz hisobida o‘lchanadi. Tannarx strukturasi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir. Mahsulot tannarxining strukturasi o‘zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning o‘sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining o‘zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi strukturasi ham o‘zgaradi. Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o‘rin tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko‘p mehnat, ko‘p material, ko‘p energiya, ko‘p mablag‘ talab qiladigan bo‘ladi. Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog‘i eng katta bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (ko‘mir sanoati, yog‘och tayyorlash sanoati va boshqalar). 11
Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog‘i eng katta bo‘lgan
ishlab chiqarish tarmog‘i ko‘p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (engil
sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik).
Xarajatlarning ko‘p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan
tarmoqlar ko‘p mablag‘lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi (masalan, neft va gaz
qazib chiqarish, gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish).
Ishlab  chiqarishning  tarmoq  xususiyatlarini  hisobga  olish,  tannarx
strukturasini  va  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  iqtisodiy  tahlil  qilish  ishlab
chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, ishlab
chiqarishdagi  chiqimlarni  kamaytirishning  asosiy  yo‘llarini  belgilashga  imkon
beradi.     
3. Foyda va uni maksimallashtirish
Sanoat  va  uning  barcha  bo‘g‘inlari  ishini  tavsiflovchi  muhim  sifat
ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining
muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi:
-  ishlab  chiqarish  faoliyatining  natijasidan  olingan  iqtisodiy  samarani
tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
- turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi;
- xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va
stimul rolini o‘ynaydi;
-  ilmiy  –  texnikaviy,  tashkiliy  va  ijtimoiy  ishlarni  amalga  oshirishga
imkoniyat beradi.
Foyda sanoat,  tarmoq  va  korxonaning  hamma  ishlab  chiqarish  xo‘jalik
faoliyati  natijalarini  umumlashtiruvchi  ko‘rsatkichdir.  Balansdagi  foyda  yoki
foydaning umumiy summasi – korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va
ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasida
olingan  foyda  summasidir.  Foydaning  umumiy  summasi  tovar  mahsulotini
sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan
daromadlardan,  korxona  yordamchi  xo‘jaliklarining  mahsulotlarini  sotishdan
12
Logotip
Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog‘i eng katta bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i ko‘p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik). Xarajatlarning ko‘p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan tarmoqlar ko‘p mablag‘lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi (masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish). Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx strukturasini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo‘llarini belgilashga imkon beradi. 3. Foyda va uni maksimallashtirish Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi: - ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi; - turli darajadagi byudjetlarni shakllantiradi; - xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o‘ynaydi; - ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan 12
olingan  daromadlardan,  realizatsiyadan  tashqari,  foyda  va  uy-joy  kommunal
xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.
Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  foydaning
quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut
sifatida aniqlanadi:
YaF  SST – MIT,
bu yerda: 
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan olingan sof tushum;
MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan
ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =YaF – DX +BD + BZ,
bu yerda:
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DF – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan
olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus
zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF + MD – MX,
bu yerda:
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
13
Logotip
olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-joy kommunal xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: - mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YaF  SST – MIT, bu yerda: YaF – yalpi foyda; SST – sotishdan olingan sof tushum; MIT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va qo‘shimcha asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: AFF =YaF – DX +BD + BZ, bu yerda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DF – davr xarajatlari; BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; - xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) – bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: UF = AFF + MD – MX, bu yerda: UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari; 13
- soliq to‘lagungacha olingan foyda – bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan
foyda, plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va
minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FP – FZ,
bu yerda:
STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda:
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda:
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
- yilning sof foydasi – bu soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
ixtiyorida qoladi, o‘zi dadaromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlangan
xolda soliqlar to‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS,
SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BD – boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak.
Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani
maksimallashtirish  bilan  shug‘ullanmaydigan  korxonaning  yashab  ketish
imkoniyati  kam  bo‘ladi.  Makroiqtisod  sohasida  uzoq  muddatga  foydani
maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda
firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi. 
Mulk egasini o‘zi boshqaradigan unchalik katta bo‘lmagan korxona (firma)da
ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani ko‘paytirish asosiy
o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar (boshqaruvchi)lar
kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar
faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va
korxonaga  rahbarlik  qilishda  ma’lum  darajada  erkinliklar  bo‘lib,  foydani
maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi
bo‘lmaganliklari  uchun  uzoq  muddatli  manfaat  o‘rniga  qisqa  manfaatni  afzal
14
Logotip
- soliq to‘lagungacha olingan foyda – bu umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: STF = UF + FP – FZ, bu yerda: STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda: FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda: FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; - yilning sof foydasi – bu soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zi dadaromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlangan xolda soliqlar to‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi: SF = STF – DS – BS, SF – sof foyda; DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; BD – boshqa soliqlar va to‘lovlar. Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisod sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi. Mulk egasini o‘zi boshqaradigan unchalik katta bo‘lmagan korxona (firma)da ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo‘lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o‘rniga qisqa manfaatni afzal 14
ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga
daromadni ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga
harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki
katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi
kunning  o‘zida  oshirishga  harakat  qiladilar.  Shu  tufayli  bunday  rahbarlar  o‘z
lavozimlaridan  chetlashtirilishi  va  korxonani  boshqa  rahbarlarga  topshirish
zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari
mavjud:
- haqiqiy foyda;
- o‘rtacha foyda;
1. monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
2. maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar
asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini
tashkil etishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
O‘rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga
bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda
korxona  (firma)ning  faoliyat  ko‘rsatayotgan  sohada,  tarmoqda  qolishini
ta’minlaydi.  Bunday  foydaning  yuzaga  kelishi  bozorning  uzoq  muddatli
barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy
foyda deb ataydilar.
Iqtisodiy  foyda  qachon  paydo  bo‘ladi?  Agar  korxona  bir  mahsulotni
tayyorlab,  sotib,  haqiqatda  100  ming  so‘m  foyda  olgan  bo‘lsa-yu,  ana  shu
mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming
so‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda
foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat
boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning
ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi.
Monopol  foyda  yoki  iqtisodiy  renta  –  bu  cheklangan  ishlab  chiqarish
omillaridan foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita
15
Logotip
ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga daromadni ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud: - haqiqiy foyda; - o‘rtacha foyda; 1. monopol foyda yoki iqtisodiy renta; 2. maksimal foyda. Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. O‘rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. Iqtisodiy foyda qachon paydo bo‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so‘m foyda olgan bo‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita 15