SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI
4.1. Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yunaltirilgan jarayon
sifatida
Har kanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona xarakat
kila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taksimoti asosida
jamiyat uziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
«Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy taraqqiyotga ega. Uning
yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng muhim jarayonlaridan biri
xisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar uz bilim va
tajribasiga asoslangan xolda ishlab chiqarishni boshqargan bulsalar, asta- sekinlik
bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining usishi va
xar xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha
murakkablashib bordi. Bunday xolatni anglash, chukurrok o`rganish va bilish
«Boshqaruv fanining vujudga kelishiga olib keldi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan
asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay
usulda amalga oshirishni anik bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruvning ma’nosi va moxiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va
usullari tugrisida buyuq olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda kup fikr
aytishgan va yozib koldirishgan.
Boshqaruv — aloxida funksiya bo`lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning
xududlari, milliy iqtisod va uning tarmoqlari, korxona va uning bulimlari) da
insonlar ustidan raxbarlik qilish faoliyatidir.
Boshqaruv — tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur
bo`lgan rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyokni uygotish (motivakiya) va nazorat
qilish buyicha faoliyat turi jarayonidir.
Boshqaruv — shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa
(xaloyik yoki tuda) samarali va anik maqsadga yunaltirilgan unumli (barakali)
guruhga aylantiriladi.
Boshqaruv — ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir
kursatishni uzida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir.
Boshqaruv — muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq
ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat kursatishini ta’minlashga yunaltirilgan tadbirlar
majmuasidir.
SHuningdek, mashxur frankuz olimi Anri Fayol xam boshqaruvga quyidagicha
ta’rif beradi: «Boshqaruv — bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal
(eng kup — A.O.) foyda olgan xolda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir». Demak,
boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yunaltirilgan jarayon xisoblanadi.
Makroiqtisodiy sohaning etakchi tarmog`i bo`lgan sanoatni boshqarish
zaruriyati tugrisida suz yuritilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada kengaytirish va
mazmunan boyitish zarurati yuzaga keladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va etakchi sohasi
bo`lgan sanoatni boshqarishning ob’ektiv zaruriyatini izoxlab shuni aytish kerakki,
yirik mikyosda amalga oshiriladigan, xar kanday tugridan -tugri kilinayotgan
mehnat, ishlab chiqarish kuproq yoki kamrok darajada boshqarilishga muxtojdir.
Boshqaruv individ yoki jamoa faoliyatining aloxida turi sifatida xar kanday
ijtimoiy jamiyatga xos jarayondir. Lenin uning tavsifi, maqsadi, vazifalari, jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha bo`lishi mumkin. SHu sababli xar bir
bosqichda bu kategoriyaning asosiy muammolari chukur, xar tomonlama tadkik
qilinadi va ularning echimi topiladi.
Iqtisodiyotda boshqarishning eng muhim muammolari quyidagilardan iborat
bo`lishi mumkin:
6. boshqaruvning nazariy asoslari va fundamental qoidalarini ilmiy va amaliy
tomondan ishlab chikish. Bunda jamiyat taraqqiyotining yangi sharoitlarida
boshqaruvning moxiyati, ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalarini aniqlash;
7. boshqaruvni bozor iqtisodiyoti va xujalik faoliyatini demokratlashtirish
tamoyillari xamda usullari bilan uygunlashtirish;
8. iqtisodiyotni boshqarishning eng yuqori samara keltiradigan usullarini
aniqlash;
9. boshqaruv idoralarining tashkiliy tuzilmasini, ularning funksiyalari,
xuquqlari va majburiyatlarini belgilash;
10. boshqaruv idoralarini xozirgi zamon texnika va texnologiyasi bilan
ta’minlash, ular faoliyatida statistik va iqtisodiy-matematik usullarni keng
mikyosda joriy etish, axborot ta’minoti va boshqaruv jarayonida ishlatiladigan
xujjatlashtirish tizimini takomillashtirish;
1.
jamoani boshqarishning eng yaxshi shakl va usullarini izlab topish
xamda ularni ishlab chiqarish boshqaruvida joriy etish;
2.
sanoat va uning barcha tarmoqlarini boshqarishda xorijiy
mamlakatlarning ilgor tajribalaridan keng mikyosda foydalanish.
Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning ikki xil tushunchasi mavjud
bo`lib, ularning birini boshqaruvning sub’ekti va ikkinchisini boshqaruvning
ob’ekta tashkil etadi.
Boshqaruv sub’ekti — jismoniy yoki yuridik shaxslar bo`lib, undan amaldagi
qonunlar asosida xokimiyat idoralari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq
xuquqiy ta’sir yuzaga keladi.
Boshqaruv ob’ekti — boshqaruv sub’ektining xuquqiy ta’siri qaratilgan
narsadir. Bunga ishlab chiqarish va xujalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
jismoniy va yuridik shaxslar kirishi mumkin.
Ko`rinib turibdiki, u xolatda xam, bu xolatda xam insonlarni boshqarish
ularning uzi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat kishilar, ularning faoliyati,
jumladan, mahsulot ishlab chiqarish, xujalik va boshqa jarayonlar bilan bog`liq
bo`lgan faoliyatlari boshqaruvning predmeti, ya’ni xozirgi zamon menejmentining
asosi xisoblanadi. Boshqaruvning sub’ekta va ob’ektisiz menejment fan va xujalik
tajribasi sifatida uz mazmun va moxiyatini yuqotadi.
Albatta, minglab kishilar ishlaydigan sanoat xam bu tushuncha va
muloxazalardan xoli emas. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishida «sub’ekt» va
«ob’ekt» tushunchalari boshqa tarmoqlarga nisbatan xiyla ravshanrok ko`rinadi.
Bunda vazirlik, kompaniya va aksiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruvchilar
korxonadagi boshqaruvchilarga, korxonadagi boshqaruvchilar esa keH uchastka
boshqaruvchilariga raxbarlik qiladilar. Ko`rinib turibdiki, sanoatni boshqarish xam
ijtimoiy ishlab chiqarishda amal qiladigan qonun va qoidalarga buysunadi. SHu
tufayli sanoatni boshqarish ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy va ajralmas qismi
xisoblanadi.
Boshqaruv jarayoni kaerda amalga oshirilishidan kati nazar, kiklli (davriy) va
ayni vaqtda uzluksiz xisoblanadi. Boshqaruv davri maqsadning aniklanishidan unga
erishilgungacha bo`lgan vaqtni uz ichiga oladi. Demak, uning asosiy bosqichlari
quyidagilardan iborat: maqsadni shakllantirish (belgilash); maqsadni rejalashtirish
va bashorat qilish;
• qabul qilingan qarorlar yoki maqsadli vazifalarni muvofiqlashtirish;
•
erishilgan natijalarni taxlil etish va baxolash;
•
yangi boshqaruvli tizimni tanlab olish va aniqlash. Bu barcha kikllar uchun
eng muhim boshqarmaviy tizim xisoblanadi.
Faqat bunday tizim boshqaruvning negizini tashkil etadi. Ta’sir etish samarali
bo`lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish zarur:
3.
boshqarishning sub’ekti va ob’ekti boshqaruvchi va boshqariluvchi
kuyi tizimlar sifatida bir-biri bilan sababli- natijaviy bog`liq bo`lishi;
4.
boshqaruvchi kuyi tizimning anik boshqarish buyicha maqsadi bo`lishi;
5.
boshqaruvchi kuyi tizim boshqaruv ob’ektining axvoli, uning faoliyati
natijalari, atrof-muxitning imkoniyatlari tugrisidagi axborotni qabul qilish
kobiliyatiga ega bo`lishi;
6.
boshqaruv ob’ekti boshqarmaviy ta’sirlarni qabul eta oladigan bo`lishi
va ularning mazmuniga mos keladigan ishlarni bajara olishi kerak.
Bu shartlarga rioya qilish boshqaruvchanlikni, ya’ni boshqaruv tizimining
ishchanligini ta’minlaydi. Boshqaruvning ob’ekti qancha lik murakkab bulsa,
boshqaruv idorasining ishchanlik kobiliyati xam shunchalik yuqori bo`lishi darkor.
Har kanday boshqaruv uz maqsadi va vazifalariga ega.
Maqsad — bu, inson faoliyatining avvaldan fikran uylangan natijasidir.
SHunga binoan, boshqaruvning maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan
uylangan, muljaddangan, erishish zarur bo`lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa,
maqsad — kup va sifatli mahsulot ishlab chiqarish va uni uz vaqtida sotiga xamda
muljallangan foydani olishdir.
Har kanday maqsadga ma’lum talablar kuyiladi. Dastavval, maqsad ilmiy va
amaliy jixatdan asoslangan bo`lishi kerak. Ikkinchidan, u anik, yaxshi ifodalangan
va adresli bo`lishi zarur. Uchinchidan, quyilgan maqsad erishimli bo`lishi, ya’ni
unga etishishning imkoniyatlari, shart va sharoitlari xisobga olingan bo`lishi kerak.
Quyilgan maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarish zarur.
Ma’lumki, vazifa — bu, avvaldan belgilangan, aniqlangan, kursatilgan, bajarilishi
va xal etilishi lozim bo`lgan ish, narsadir.
Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:
kelajakni anik kurmok (istikbolni tugri bashorat qilish va unga monand
bo`lgan faoliyat dasto`rini tuzish);
tashkillashtirmok (sanoatning ichki, moddiy va ijtimoiy tuzilmasini barpo
etish);
personalni idora kilmok (sanoat ishlab chiqarish xodimlarini xarakatga
keltirish);
kelishish (xarakat va tirishkoklikni bir-biri bilan uygunlashgirish); nazorat
qilish va kuzatish (joriy etilgan va berilgan buyruk asosida xarakatning, ya’ni
faoliyatning kanday tarzda bulayotganini mushoxada qilish).
Boshqarish jarayonida oldindan kura bilish nixoyatda katta ahamiyatga ega.
Barcha jarayonlarni kuzatib, ularning uzgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish
bajarish yoki xizmat kursatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotta bo`lgan
extiyoj, narx-navo, texnika va texnologiyalar uzgarishi, ish xaki va ijtimoiy
muxofazaning xolati ishlab chiqarishga katta ta’sir kursatadi. SHuning uchun
vaziyatga qarab kerakli uzgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak buladi.
Boshqarish jarayonida rejalashtirish xam muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, mahsulot hajmini belgilaganda uni barcha resurslar bilan ta’minlash va
ularni etqazib berish masalasiga katta e’tibor berish kerak. Ma’lumki, rejalar bir
kunlik, un kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik, besh yillik va un-un besh yillik
bo`lishi mumkin. Oxirgisi «konkepkiya», «bashorat» tushunchalari bilan bog`liqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz buladi, chunki u, eng avval, yuzaga keladi,
shakllanadi, rivojlanadi va takomillashadi. Ana shu uzgarishlarni tatikiltchilik
ta’minlaydi. Tashkilotchilik — moddiy-texnika ta’minoti, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etish va tayyor mahsulotni sotish jarayonlaridan iborat.
Tashkilotchilikka kunda yuz beradigan muammolarni tez xal etish bilan bog`liq
bo`lgan faoliyat xam kiradi.
Muvofiqlashtirish va nazorat xam muhim vazifalardan xisoblanadi. Tarmoqlar,
korxonalar, kexlar va uchastkalar, bulimlar xamda unda ishlaydigan xodimlar
faoliyatini muvofiklashtirib turilgandagina yuqori natijalarga erishish mumkin.
Barcha topshiriklarning uz vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun nazorat kerak.
Boshqaruv jarayoni, odatda, quyidagicha amalga oshiriladi:
• boshqariladigan ob’ektning xolati va ishlab chiqarishga salbiy ta’sir
kursatadigan omillar tugrisidagi ma’lumotlarni yigittt;
ob’ektning xar xil xolatini taxmin qilish va muayyan vaziyatdagi eng yaxshi
xolatini belgilash;
boshqarishga oid qaror va qoidalarni ishlab chikish va ularni boshqaruvchiga
etkazish;
berilgan topshiriklarning uz vaqtida bajarilishini ta’minlash.
Ushbu tartib doimo, uzluksiz qaytarilib turadi.
Boshqaruv jarayoni amalga oshishi uchun boshqaruv idorasi tashkil etiladi. Bu
idora eng kamida uzining raxbariga, buxgalteri va ta’minotchisiga ega bo`lishi
kerak. Ish kulami ortib borishi bilan boshqaruv apparatida boshqaruvchilar va
xodimlar soni xam ortib borishi mumkin. Lekin, oddiy va juda sodda boshqaruv
idoralari bilan murakkab ob’ektlarni boshqarish mumkin emas. SHu sababli ishlab
chiqarishni boshqarishning makbul zveno va pillapoyalari tashkil etiladi.
4.2. Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari
Boshqaruv tamoyillari deganda, raxbarlik qilishning fundamental qoidalari
tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar xarakati va boshqarish usullari bilan bog`liq
bo`lgan voqiyliklarning moxiyatini aks ettiradi. Boshqarish mexanizmini
quyidagicha ta’riflash mumkin: qonunlar — tamoyillar — usullar — uslublar
Ushbu mexanizmning eng muhim elementi qonun xisoblanadi. SHu sababli u
tugrisida ikki ogiz suz aytish kerak buladi. Qonun — bu, ob’ektiv borlikda turli
xodisalar o`rtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari, xamma mavjud bo`lgan
zaruriy boglanish, munosabatdir. Masalan, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot
qonunlari: talab va taklif qonuni, kiymat qonuni va boshqalar.
Qonun — bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun, shu
jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mehnat kilayotganlar uchun xam majburiy
bo`lgan ijtimoiy-xuquqiy me’yor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy xujjat.
Masalan, Konstitukiya — Uzbekiston davlatinint asosiy qonunidir.
Tamoyillarni boshqaruv fani nazariyasi va amaliyotning poydevori deyish
mumkin. Ma’lumki, poydevor qancha mukammal va mustaxkam bulsa, boshqaruv
apparati shunchalik kudratli buladi.
Boshqaruv tamoyillarining shakddanishi chuqur tarixiy ildizga ega. Xususan,
Uzbekistonda bu tamoyillar Amir Temur xukmronligi davrida shakllana va
rivojlana boshlagan. Uzining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo`lgan
Markaziy Osiyodagi Uzbekistondek buyuq davlat: ilmiy, yakkaxonlik, ierarxiya
(buisinish tartibi), bilimdonlik, javobgarlik, demokratiya kabi tamoyillar asosida
boshqarilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Uzbekistonning siyosiy -ijtimoiy va iqtisodiy
istikbolga
erishishining
asosiy
tamoyillari
Respublika
Prezidenta I.Karimovning Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi
sessiyasidagi ma’ruzasida uz aksini topgan (... -jadval):
Bozor iqtisodiyotida Uzbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari
№ Tamoyillar
Izox
1.
Demokratiya tamoyili
insonning uz xoxish-irodasini erkin bildirish xamda uni
amalga oshirish;
barcha fukarolarning teng xuquqliligi;
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
davlat va nodavlat iqtisodiyotidan saylovchilar oldidagi
javobgarligi va boshqalar
2.
Iqtisodiy munosabatlarni
demokratiyalash
tamoyili
monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;
sokialistik musobokadan erkin, sof raqobatga;
kati belpiangan narxlardan erkin narxlarga; davlatlashgan
mulkdan xilma-xil mulkchilikka asoslangan iqtisodiyotga
utish
3.
Yuqsak ma’naviy
tamoyil
• mustaqillik tafakko`rini kengrok tushunish, ya’ni:
Uzbekiston davlatinnng istiqboli va istikloli xaqida
kaygurish; uzining va uz xalqinnng, vatanining kadru
kimmati, or-nomusini anglab, uni ximoya qilish;
yuqsak goyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar ogushida
mehnat kilib, iste’dodi va iktidori, bor imkoniyatini,
kerak bulsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etish
4,
Milliy xafsizlikni
ta’minlash tamoyili
Uzbekistonning dunyo xamjamiyatiga kirish sur’atlarini
tezlashtirish; turli xalqaro , davlat va nodavlat
tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etishni ta’minlash
Uzbekistonning istiklol yuli Islom Karimovning bozor munosabatlariga utish
yuzasidan olga so`rgan besh tamoyiliga asoslanadi. Ularning moxiyati quyidagicha
(... -jadval):
Besh asosiy tamoyil
№ Asosiy tamoyillar
Asosiy tamoyillarning moxiyati
1.
Iqtisodiyotning siyosatdan
ustuvorligi
Iqtisodiy isloxetlar xrch kachon siyosat ortida kolmasligi
kerak, ular birorta mafkuraga buysundirilishi kerak emas.
Buiing ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi
kerak.
Xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan xoli kilshp zarur.
2.
Davlat bosh isloxotchi
Davlat bosh isloxotchi bo`lishi lozim. U isloxotlarning
ustuvor yunalishlarini belgilab berishi, uzgartirishlar
siyosatini ishlab chikishi va uni izchillik bilan utkazishi,
jaxelatiarastlar va konservatorlar karshiligini bartaraf
etishi shart
3.
Qonunlar va ularga rioya
qilish ustuvorligi
Qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning
Demokratik yul bilan qabul qilingan Konstitukiya va
qonunlarni xrch istinosiz xamma xurmat qilishi va ularga
ogishmay rioya etishi lozim
4.
Kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish
Axolining demokratik tarkibini xisobga olgan xelda
kuchli ijtimoiy siyosat utkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axelini
ijtimoiy xIQmoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan
choralar qurilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yulidagi
eng dolzarb vazifa bo`lib keldi va bundan keyin xam
shunday bo`lib koladi
5.
Bozor iqtisodiyotiga sekin-
asta, bosqichma-bosqich
utib borish
Bozor iqtisodiyotiga utish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning
talablarini xIQsobga olgan xolda, utmishdagi «inkilobiy
sakrashlar»siz, ya’ni evolyuqion yul bilan, puxta uylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak
Ushbu tamoyillar Uzbekistonning uziga xos sharoitlarini xisobga olgan xolda
izchillik sharoitlarini shakllantirib va rivojlantirib borishni, unga asta-sekin,
bosqichma-bosqich, axolining zaif katlamlarini ximoya kila borib, ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy barqaror likni ta’minlash orqali bozor munosabatlariga
utishni bildiradi. Ayni vaqtda ular kengash, xamjixatlik, maslaxat bilan ish
yuritishni, shijoat va tavakallchilik bilan xarakat qilishni talab etadi. Bu orada
soxibkiron Amir Temo`rning quyidagi suzlarini keltirish o`rinlidir. «Tajribamdan
kurilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi kat’i tadbirkor va xushyor
bir kishi ming - minglab tadbirsiz, lokayd kishilardan yaxshidir. CHunki tajribali
bir kishi ming kishiga ish buyuradi».
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini
boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan xam keng foydalanish mumkin, ular
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- yakkaboshchilik va boshqaruvda xamjixatlik;
- boshqarish jarayonida rejalilikni bozor talablari bilan boglab olib
borish;
- barqaror lik tamoyili;
- mehnatni moddiy va ma’naviy rag`batlantirish tamoyili;
- ilmiylik tamoyili;
- tejamkorlik tamoyili;
- kadrlarni tanlash va joy-joyiga quyish tamoyili.
Raxbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir
qancha usullardan foydalanish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
•tashkiliy-ma’muriy usullar;
• iqtisodiy usullar;
• ijtimoiy-ruxiy usullar;
• tarbiyaviy usullar;
•xuquqiy usullar va x.k.lar.
Tashkiliy-ma’muriy usullar tugrisida suz yuritilganda, avvalo, bu usulning
moxiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. Sungra, boshqarishning
xuquqiy vositalari, xuquqiy me’yorlarini bayon etish zarur.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida aloxida o`rin tutadi va
kuyi idoralarning yuqori idoralarga buysunishiga asoslanadi. Bu usulning moxiyati
shundaki, boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga solib turadi, jamoalar
ichida va orasida ratsional alokalar tarkib topishiga yordam beradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yordamida boshqaruv apparatining muayyan
tizimini tuzish; boshqaruv buginlarining funksiyalarini belgilash; kadrlarni tugri
tanlash va joy-joyiga quyish ; buyruklar, farmoyishlar va kullanmalar chiqarish
xamda ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriklar va direktiv kursatmalarni
bajarmayotgan bulinma va shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qullash amalga
oshiriladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi. Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo,
manfaatlar tarzida namoyon buladi. Manfaatlar uch xilda bo`lishi mumkin:
- umumjamiyat manfaatlari;
- jamoa manfaatlari;
- shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uygunlashtirish muammosi bir qator vazifalarni xal etishni,
xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o`rnatish ni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng foydalanishga
e’tibor beriladi:
- tarmoqlar va ularning bulinmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va
mustaqillik berishga;
- barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag`batlantirish, solik
imtiyozlarini berishga;
- korxona va xujaliklar o`rtasidagi uzaro shartnomalarning bajarilish
intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirishga;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga;
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo va foyda, solik va boj tulovlari,
kredit va rentabellik, raqobat va xokazolarga.
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish
orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. SHu maqsadda kupincha ish xaki
tulash, mukofotlar berish, bir yula katta mablag` bilan takdirlash kabilar muhim
ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida etakchi o`rin egallaydi.
Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha resurslardan
yanada
unumliroq
foydalanishga,
yangi
texnologiyalarni
joriy
etishga,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimaddashtirishga,
natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshqaruv tizimining muhim usuli xisoblangan ijtimoiy-ruxiy usullarning
asosiy maqsadi jamoalarda sog`lom ijtimoiy -ruxiy muxitni yaratishdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda xam bir qator umumfalsafiy usullarni
qullash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o`rganish,
taxlil qilish maqsadida quyidagi usullardan xam keng foydalaniladi:
1. Tizimli yondashuv;
2. Kompleks yondashuv;
3. Tarkibiy yondashuv;
4. Vaziyatli yondashuv;
5. Integratsion yondashuv;
6. Modellashtirish yondashuv;
7. Iqtisodiy matematik yondashuv;
8. Kuzatish usuli;
9. Tajriba usuli.
Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim tarzida olib karaladi.
Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan uzaro boglanishda va
alokadorlikda karaladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi tarkibiy qismlarga,
ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat infratuzilmasi va xokazolarga bo`lib o`rganiladi.
Turtinchi usulda sanoatning muayyan sharoitdagi ichki va tashki vaziyatiga qarab
boshqarishning ma’kul uslubi qullaniladi. Beshinchi usulda sanoat yuqoridagi
usullarni birgalikda qullash yordamida boshqariladi.
Modellashtirish va iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish jarayonida turli
chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi, xisoblash texnikasi va kompyuter
texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga solinadi.
Kuzatish usulida sanoat ishlab chiqarishi tugrisidagi ma’lumotlarni rejali,
bashoratli, ilmiy jixatdan namunali uyushtirilgan asosda tuplash yulga kuyiladi.
Va nixoyat, sokiologik kuzatuv usulida sanoat ishlab chiqarishini ilmiy
jixatdan asoslangan boshqarish maqsadida turli anketali surovlar, suxbatlar, testlar
va inforatuzilmaviy taxlillarni utkazish kerak buladi.
4.3. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Xujalikka raxbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida
insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari xamda ularning
tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim
masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va xayotga tatbiq etadigan oliy
idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan
qarab chiqiladi.
Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan xal etiladigan masalalari (masalan,
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat
boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat xokimiyati oliy
idorasi — Oliy Majlis Senati tomonidan muxokama qilinadi va xal etiladi.
Xalq xujaligiga, shu jumladan, sanoatga kundalik raxbarlikni davlat
xokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi — Vazirlar Mahkamasi
amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini Uzbekiston Respublikasi
Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Uzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
ayni
paytning
uzida
Vazirlar
Mahkamasining Raisi xisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali
faoliyatiga raxbarlikni, sanoat ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan barcha qonunlar,
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlar
ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq Uzbekiston Respublikasi
xududidagi barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va
farmoiyshlar chiqaradi. Bu mahkamaning tarkibiy tuzilishi quyidagi ...-chizmada
berilgan (...-chizma):
3-chizma. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilishi
Uzbekiston sanoati tasarrufida unlab mustaqil tarmoqlar, ming-minglab
korxonalar faoliyat kursatmoqdalar. Ularning xar birini rivojlantirish, bir-birlari
bilan uzaro muvofiqlashtirish, respublika xududlarida joylashtirish, mahsulot (ish
bajarish va xizmat kursatish)ga bo`lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab,
keng qamrovli masalalarni uz vaqtida, oqilona xal etish tarmoq boshqaruvini
amalga oshirishni taqozo etadi. SHu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil
etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar va davlat qumitalari;
- konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
- xolding va milliy kompaniyalar;
- korxonalar va boshqalar.
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi xisoblanib, ular
Uzbekistonning barcha xududlarida uzlariga buysunuvchi barcha korxonalar va
tashkilotlarga raxbarlik qiladilar. SHu sababli vazirlik — bu uziga tegishli
tarmoqning xujalik tizimida boshqarishning eng oliy buginidir. U quyidagi
faoliyatlar uchun javobgar xisoblanadi:
- tarmoqning axvoli, uni yanada tarakkiy ettirish;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga quyish , tarbiyalash va ximoyalash;
-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
hajmi,
sifati
va
uning
raqobatbardoshligi;
- tayyorlanayotgan mahsulotga bo`lgan ichki va tashki talabni qondirish;
- va nixoyat, uziga karashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan
alokasini tashkil etish va kuchaytirish.
Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmining
shaklini «Uzkishdokxujadikmash-xolding» xolding kompaniyasi misolida kurish
mumkin (...-chizma).
Sanoatga raxbarlik tizimida Uzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
aloxida o`rin egallaydi. CHunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy
rejali-iqtisodiy idorasi xisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi tugrisida 2002 yilning
24 dekabrida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu
farmonga muvoffik Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantir ishning
uzoq muddatli strategiyasi xamda kompleks dasturlarini ishlab chikish va amalga
oshirish, quyidagi goyat muhim vazifalarni xal etishga qaratilgan chuqur uylangan
va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni utkazish yuqlatilgan:
- makroiqtisodiy barqaror likni, iktsodiyotning barqaror , mutanosib va jadal
sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;
-
kup ukladli va samarali faoliyat kursatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish,
xususiy mulkchilikning etakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini
rivojlantirish;