SAVDO ZONALARI. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TURLARI VA ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
33,8 KB
SAVDO ZONALARI. ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TURLARI
VA ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Tayanch iboralar: Savdo zonalari, erkin bojxona zonalari, erkin savdo zonalari,
sanoat-ishlab chiqarish zonalari, texnik-joriy qilish zonalari, servis zonalari,
majmuaviy EIZlar, eksportga ishlab chiqarish zonalar, ofshor zonalar, soliq
gavanlari.
Reja: 1.Savdo zonalari.
2.Sanoat-ishlab chiqarish zonalari
3.Texnik-joriy qilish zonalari
4.Servis zonalari.
5.Majmuaviy EIZ lar.
1.Savdo zonalari. EIZ ning eng oddiy shakllaridan biri erkin (bojsiz) bojxona
zonalaridir (EBZ). Bu zonalar birinchi avlod zonalariga kiradi. Ular XVII–XVIII
asrlardan buyon amal qiladi. Bu zonalar o‘zida eksport qilishga mo‘ljallangan
tovarlarni saqlash, o‘rash va unchalik katta bo‘lmagan ishlov berish uchun
mo‘ljallangan tranzit yoki konsignatsion omborlarni taqdim qiladi. Bunday zonalar
ko‘pincha erkin bojxona hududlari deb ataladi. Ularda odatda ushbu mamlakat
uchun norezident bo‘lgan korxona-importerlar o‘zlarining filiallarini ochadi. EBZ
lar tovarlarni olib kirish va olib chiqishga bojxona bojlari to‘lashdan ozod qilinadi.
Ular ko‘pgina mamlakatlarda mavjud, biroq sanoati rivojlangan mamlakatlarda
ko‘proq keng tarqalgan.
Erkin savdo zonalari (ESZ) ham dunyoda keng tarqalgan. “Erkin savdo zonasi”
atamasidan 1800-yillardan buyon foydalaniladi. Ba’zan ularni yana “erkin zonalar”
va “erkin portlar zonalari” deb ham ataganlar. Avval-boshda ular faqatgina savdo
bilan bog‘langan, bugungi kunda esa ularning ko‘pchiligida ishlab chiqarish
faoliyati – asosan ularni reeksport qilish maqsadida import tovarlarga ishlov berish
amalga oshirilmoqda. ESZ lar “ma’lum bir geografik chegaralarda mavjud bo‘lib va
mamlakatning bojxona hududidan tashqarida hisoblanadi”. Ularning doirasidagi
imtiyozlar va rag‘batlar tizimi eksportga ishlab chiqarish zonalaridagi (EIChZ) bilan
o‘xshash. Ularning asosiy farqi shundan iboratki, ESZ larga odatda daromadlarga
soliqlar borasida soliq kanikullari taqdim qilinmaydi, ular soliqlarning pasaytirilgan
stavkalari bilan almashtirilgan. ESZ lar Lotin Amerikasida ommaviylashgan. Bu
zonalarning ikkita institutsional ta’riflari mavjud, ularning har ikkalasi ham Jahon
Banki tomonidan ishlab chiqilgan:
«Erkin zona, yoki erkin savdo zonasi – bu portda yoki aeroportda yoki ularning
atrofida ajratilgan yoki boshqa har qanday tarzda izolyatsiyalangan joy bo‘lib, bu
yerda bojxona yig‘imlari undirilmaydi. Bunday zonaga ushbu mamlakatda tariflarni
tartibga solishdan tashqarida bo‘lgan zona sifatida qaraladi». Shuni qayd qilish
lozimki, bunday ta’rif ESZ ga “ajratilgan” EIChZ sifatida (anklav yoki sanoat parki
sifatida mavjud bo‘ladigan) qarash imkonini beradi.
«EIChZ erkin savdo rejimi va boshqa teng eksport parametrlariga ega bo‘lgan
zonadir, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: real valyuta kursi; xoiashyo, yarim
fabrikatlar va asosiy fondlarga jahon narxlari bo‘yicha erkin erishish; savdo
operatsiyalarini bozor kredit stavkalari bo‘yicha qisqa muddatli moliyalashtirishga
soddalashtirilgan erishish; eksport ishlab chiqarishi sohasida quvvatlarni yaratish
uchun investitsiyalarni litsenziyalash va moliyalashtirishga soddalashtirilgan
erishish».
Eng oddiy ESZ qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi «dyuti fri» maxsus
do‘konlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai-nazaridan ularga davlat chegaralaridan
tashqarida joylashgan ob’ekt sifatida qaraladi. ESZ larga shuningdek imtiyozli
savdo rejimiga ega bo‘lgan an’anaviy erkin gavanlar (portlar) ham kiradi.
2.Sanoat-ishlab chiqarish zonalari. Sanoat-ishlab chiqarish zonalari ikkinchi
avlod zonalariga kiradi. Ular savdo zonalarining evolyusiyasi natijasida - ularga
faqatgina tovar emas, kapitalni olib kirish, faqatgina savdo-sotiq bilan emas, balki
ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullana boshlash natijasida vujudga kelgan.
Sanoat-ishlab chiqarish zonalari maxsus bojxona rejimiga ega bo‘lgan, bu yerda
eksport qilinadigan yoki importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladigan
hududlarda yaratiladi. Bu zonalar kattagina soliq imtiyozlari va moliyaviy
imtiyozlardan foydalanadi. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda eksportga
ishlab chiqarish zonalari (EIChZ) eng keng tarqalishga ega. Bunday zonalarning
zamonaviy modeli o‘zining ibtidosini 1959 yilda Irlandiyadagi «Shennon»
aeroportida yaratilgan zonal tuzilmadan oladi. Bunday zonalardan eng katta samara
yangi sanoatlashgan mamlakatlarda (asosan Osiyo mamlakatlarida) olingan.
EIChZ ning hosil bo‘lish mantig‘i rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy
strategiyasi bilan oldindan belgilangan, bunda 1960-yillarning o‘rtalaridan boshlab
sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapitalning kirib kelishi hisobiga
bandlikni oshirish zarurati vujudga kelgan.
Eksportga ishlab chiqarish zonalari o‘zida ma’muriy jihatdan rivojlangan
infratuzilma va qulay investitsion, ishlab chiqarish va savdo-sotiq sharoitlariga ega
bo‘lgan noyob joylarni taqdim qiladi. Ularning paydo bo‘lishi sanoatning eksportga
yo‘naltirilgan (berilgan mamlakat yoki hududni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi
bilan) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga ega bo‘lgan (berilgan
mamlakatga investitsiya kiritish strategiyasi bilan) tarmoqlarining yaratilishi bilan
bog‘lanadi. Shuni qayd qilish lozimki, mamlakatlar bunday zonalarni importning
o‘rnini bosuvchi sanoatlashish jarayonida yaratishi mumkin. Bunday zonalar
shuningdek rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda sanoat
rivojlanishining ertachi yoki yakunlovchi bosqichida ham vujudga kelishi mumkin.
Ko‘proq uzun tarixga ega bo‘lgan yangi sanoatlashgan mamlakatlar (masalan,
Dominikan Respublikasi kabi) EIChZ larni rivojlanishi oldinroq boshlangan,
qisqaroq rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan mamlakatlar esa (masalan, Gonduras)
bunday zonalarni keyinroq yaratgan. Birinchi guruhning bir qancha mamlakatlarida
“mehnattalab yig‘ishdan” “yuqori texnologiyali mablag‘talab mahsulotga” o‘tish
kuzatilgan.
Bunday zonalarning funksiyalari xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va milliy
sanoatning ishlov berish potensialini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi deb taxmin
qilingan.
EIChZ lar makonda segregatsiyalanish (masalan, ajratilgan sanoat anklavlari),
berilgan mamlakatning ichki bozoriga kirish imkoniyati va mulkchilik/boshqarish
shakli (davlat yoki xususiy) nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin. EIChZ lardan
Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarida eksport qilinadigan
mahsulotlarni ishlab chiqarishda faol tarzda foydalaniladi. Xalqaro amaliyotda
quyidagi ta’riflardan foydalaniladi.
«EIChZ larga hukumat tomonidan ajratilgan barcha joylar – erkin portlar, erkin
savdo zonalari, erkin bojxona zonalari, erkin sanoat zonalari, xorijiy savdo-sotiq
zonalari yoki zonalarning boshqa turlari kiradi».
«EIChZ o‘zida mamlakatning ichida geografik o‘lchamlari bo‘yicha unchalik
katta bo‘lmagan ajratilgan joyni taqdim qiladi, uning faoliyat maqsadi ularga
investitsiyalar va savdo sohasida mamlakatning qolgan hududiga nisbatan maxsus
qulay sharoitlarni taklif qilish yo‘li bilan eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni jalb
qilishdan iborat. Xususan, EIChZ eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘ladigan tovarlarni bojsiz ombor rejimi asosida olib kirishni
ta’minlaydi»[4].
«EIChZ o‘zida sanoat hududining milliy bojxona hududida anklavlar hosil
qiladigan uchastkalarini taqdim qiladi. Ular odatda xalqaro port yoki aeroportga
yaqin joyda joylashadi. Odatda EIChZ da ishlab chiqarilgan mahsulotning hammasi
eksport qilinadi, eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun talab
qilinadigan xomashyo, yarim fabrikatlar, asbob-uskunalar va mashinalarni olib
kirish esa bojxona bojlarini undirishga tortilmaydi».
«EIChZ o‘zida sanoat hududining mamlakatning bojxona va savdo rejimlari
doirasida erkin savdo anklavini shakllantiradigan aniq belgilangan chegaralarga ega
bo‘lgan uchastkasini taqdim qiladi. Ularda eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan band bo‘lgan xorijiy ishlab chiqarish kompaniyalari soliq va
moliyaviy imtiyozlarning borligidan foyda ko‘radi».
«Eksportga ishlab chiqarish zonasi o‘zida sanoat zonasining eksport qilinadigan
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchastkasini (odatda 10 dan 300
gektargacha maydonga ega bo‘lgan ajratilgan joyni) taqdim qiladi. Unda
kompaniyalarga erkin savdo sharoitlari va liberal tartibga soluvchi muhit taqdim
qilinadi».
«EIChZ – xorijiy investorlarni jalb qilish uchun o‘rnatiladigan maxsus
imtiyozlarga ega bo‘lgan sanoat zonasi bo‘lib, bu yerda import qilinadigan
materiallar ularni keyinchalik reeksport qilishdan oldin qandaydir bir darajada ishlov
berishni boshdan kechiradi».
Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT ning transmilliy korporatsiyalar bo‘yicha
markazi va Jahon Banki tomonidan foydalaniladigan ta’riflar tor deb hisoblanadi,
chunki ular sanoat parklariga bog‘lanmagan EIChZ larni (masalan, alohida olingan
zavod yoki iqtisodiy zona doirasida mavjud bo‘ladigan EIChZ lar), shuningdek
ularda kompaniyalarga o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni mazkur zona joylashgan
mamlakatning ichki bozorida sotishga ruxsat beriladigan EIChZ lar (masalan, bu
Dominikan Respublikasi, Meksika va Braziliyada kuzatiladi) e’tiborga olinmaydi.
EIChZ larning qo‘yida keltiriladigan qolgan tanlanma ta’riflari akademik
manbalardan, asosan universitet darsliklari va tadqiqotlardan olingan.
«Mamlakatning ichida sanoatning eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarini jalb
qilish uchun yaratilgan unchalik katta bo‘lmagan geografik ajratilgan joylar
iqtisodiy sanoat zonalari (ISZ)lar o‘zlarida asosan import materiallar va tarkibiy
qismlardan mahsulotlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan eksport anklavlarini taqdim
qiladi».
Bu «bu mamlakatning ichida aniq belgilangan chegaralarga ega bo‘lgan yopiq va
qo‘riqlanadigan rayon bo‘lib, bu yerda sanoat ishlab chiqarishining eksport
qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchastkasi joylashadi».
«EIChZ lar … – berilgan mamlakatning bojxona hududining chegaralaridan
tashqarida joylashadigan geografik zonalar bo‘lib (sanoat parklari bo‘lishi shart
emas), bu yerda mahsulot import bojlarini to‘lamasdan, ishlab chiqarilgan
mahsulotning asosiy qismini sotish maqsadida ishlab chiqariladi, mahsulotga
tegishli ishlov beriladi va saqlanadi».
«Eksportga ishlab chiqarish zonasi unga tovarlar import qilinishi mumkin bo‘lgan
zona sifatida ta’riflanadi, bu yerga ular pasaytirilgan boj stavkalari bilan yoki
bojxona organlarining minimal aralashuvi bilan saqlash, qayta o‘rash, ishlab
chiqarish va jo‘natish uchun olib kelinadi».
Bu shunday «geografik joylar bo‘lib, ularni hukumat eksport qilinadigan
mahsulotlarni ishlab chiqaradigan rayonlar sifatida foydalanish uchun ajratadi va
ularda keladigan firmalar preferensiyalar olishi lozim bo‘ladi».
EIChZ – «unchalik katta bo‘lmagan, aniq belgilangan joylar bo‘lib, ularda
hukumat eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni, ayniqsa xorijiy tarmoqlarni jalb qilish
maqsadida investitsiyalar va savdo uchun maxsus qo‘llash sharoitlarni – valyuta
nazoratining bo‘lmasligi, ijara to‘lovining subsidiyalanadigan stavkalari bo‘yicha
ishlab chiqarish va ombor quvvatlari, soliq stavkalarining past darajasi, tariflar va
eksport bojlarini to‘lashdan ozod qilishni yaratadi».
Bu «o‘lchami bo‘yicha unchalik katta bo‘lmagan rayonlar bo‘lib, ularda hukumat
eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni jalb qilish maqsadida investitsiyalar va savdo
uchun maxsus qulay sharoitlarni yaratadi».
«Eksport qilinadigan mahsulotlarga ishlov berish zonasi – bu maxsus sanoat
parklari bo‘lib, ularda faoliyat ko‘rsatadigan eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalar
uchun boj to‘lashdan ozod ilish ta’minlanadi. Ular o‘zida mmlakatning ichidagi bu
yerga saqlash, distribyusiyalash, boshqa xorijiy va/yoki mahalliy tovarlar bilan
aralashtirish yoki ulardan ishlab chiqarish operatsiyalarida foydalanish maqsadida
xorijiy va mahalliy tovarlarni olib kirishga ruxsat berilgan anklavlarni taqdim
qiladi».
EIChZ – «mamlakatning ichida maxsus yaratiladigan rayonlar yoki sanoat
parklari bo‘lib, bu yerda xorijiy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish maqsadida bojlar
va soliqlar undirish amaliyoti bo‘lmaydi».
EIChZ larni yaratishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
1. Eksportga ishlab chiqarishning noan’anaviy turlarini rivojlantirish vositasida
xorijiy valyutaning oqib kelishini ta’minlash (ya’ni eksportni diversifikatsiyalash);
2. Ishsizlik muammosini kamaytirish uchun ish o‘rinlarini yaratish (ya’ni ish
o‘rinlarini va aholiga daromad manbasini yaratish);
3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
4. Texnologiyalar va bilimlarning uzatilishini ta’minlash.
Oxirgi punkt mahalliy tadbirkorlar ushbu zonada korxonalarning faoliyat
ko‘rsatishini
ko‘rgazmali
misollarda
o‘rganishi
lozimligini
anglatadi.
Keyingilarning ishi katalizator bo‘lib xizmat qiladi, mahalliy firmalar bilan pudrat
shartnomalarini tuzish vositasida to‘g‘ri va qaytar bog‘lanishlar tizimini yaratishga
ko‘maklashadi. EIChZ lardan shuningdek marginal rayonlarning (ya’ni past o‘sish
sur’atlariga
ega
bo‘lgan
rayonlarning)
rivojlanishini
tezlashtirish
uchun
foydalaniladi.
EIChZ larning eng muhim funksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Berilgan mamlakatda iqtisodiy islohotlar jarayonini tezlashtirish (jumladarn
savdo va almashinish kursi sohasida;
2. Import yetkazib berishlarga to‘lovlar uchun foydalaniladigan xorijiy
valyutaning oqib kelishini ta’minlash va ish o‘rinlarini yaratish;
3. Erkin bozor konsepsiyalarini amaliyotda tekshirib ko‘rish;
4. Texnologiyalar va bilimlarning uzatilishiga ko‘maklashish.
EIChZ doirasidagi asosiy imtiyozlar va ularning chegaralarida amal qiladigan
rag‘batlar tizimi:
1. Investitsion imtiyozlar va soliq imtiyozlari (masalan, turlicha davomiylikdagi
soliq kanikullari, soliqlardan ozod qilish va/yoki undiriladigan soliqlarning past
stavkalari, valyuta nazoratining yo‘qligi va foydani erkin tasarruf qilish);
2. Savdo afzalliklari (minimal savdo cheklashlari) – yarim fabrikatlar yoki
yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur bo‘ladigan
xomashyo, yarim fabrikatlar va asosiy fondlarni import qilishga pasaytirilgan
stavkalar yoki bojlarning yo‘qligi;
3. Xorijiy ishlab chiqarish fondlariga egalik qilishga yumshoq cheklashlar (yoki
cheklashlarning yo‘qligi);
4. Nisbatan arzon va erishiluvchan infratuzilma va xizmatlar – elektr energiyasi,
suv, yo‘llar, transport va kommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlanish (masalan,
kommunal xizmatlar uchun subsidiyalangan to‘lovlar);
5. Nisbatan arzon va erishiluvchan yer uchastkalari va binolar – ijara to‘lovining
past (ko‘pincha subsidiyalanadigan) stavkalari bo‘yicha ishlab chiqarish va ombor
binolari bilan ta’minlash;
6. Ish joyi va ish haqiga nisbatan talablarning minimal standartlari yoki ularning
yo‘qligi (ya’ni salomatlikni muhofaza qilish va ishlab chiqarishda xavfsizlik
masalalari);
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ifloslanishlar darajasiga nisbatan talablarning
minimal standartlari yoki ularning yo‘qligi;
8. Arzon va kasaba uyushmalariga birlashmagan katta miqdordagi ishchi kuchi
(ya’ni mehnatkashlarni tashkil qilishga cheklashlar);
9. Bozorlarga kirish (zona joylashgan mamlakatning ichki bozorlariga yoki
qo‘shni mamlakatlarning bozorlariga) masalan, Karib havzasi mamlakatlari «Lome
Konvensiyasi» yordamida YeI bozorlariga va «Karib havzasi tashabbuslari»
yordamida AQSh bozorlariga osonlashtirilgan kirishga ega, Meksika NAFTA
(North American Free Trade Area – Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi) doirasida
AQSh bozorlariga kira oladi.
Ko‘rsatilgan imtiyozlar va rag‘batlar ma’muriy va bojxona protseduralari bilan
birgalikda EIChZ zonasida xalqaro kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay tartibga solish ramkalari va ish
muhitini yaratadi. Shu bilan birgalikda, masalan, “Lotin Amerikasi va Karib havzasi
mamlakatlari tomonidan yaqinda qabul qilingan ko‘p tomonli va mintaqaviy savdo
majburiyatlari korxonalarning EIChZ doirasida faoliyat ko‘rsatishidan keladigan
imtiyozlarning ahamiyatini pasaytirganligi va ularning vaqtinchalik ekanligini
ta’kidlaganligi” qayd qilinadi.
3.Texnik-joriy qilish zonalari.Ttexnik-joriy qilish zonalari uchinchi avlod
zonalar turiga kiradi (1970–80 yillar). Ular stixiyali ravishda hosil bo‘ladi (AQSh)
yoki davlatning qo‘llab-quvvatlashi bilan yirik ilmiy markazlarning atrofida maxsus
yaratiladi (Yaponiya, Xitoy). Ularda yagona soliq imtiyozlari va moliyaviy
imtiyozlardan foydalanadigan milliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot, loyihalash, ilmiy-
ishlab chiqarish firmalari konsentratsiyalanadi.
Eng ko‘p sonli texnik-joriy qilish zonalari AQSh, Yaponiya, Xitoyda faoliyat
ko‘rsatadi. AQSh da ular texnoparklar, Yaponiyada – texnopolislar, Xitoyda – yangi
va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish zonalari deb ataladi.
Dunyoda eng mashhur va AQSh da eng yirik «Silikon velli» texnoparki dunyo
bo‘yicha ishlab chiqariladigan hisoblash texnikasi va kompyuterlarning 20% ini
beradi. Unda 20 mingta atrofida odam ishlaydi. AQSh da bunday zonalar jami bo‘lib
80 tadan oshiq. Yaponiyada maxsus davlat dasturlari doirasida yetakchi ilmiy
tashkilotlar bazasida 20 tadan oshiq texnopolislar yaratilgan. Xitoy Xalq
Respublikasida ham bunday zonalar, qoidaga ko‘ra, ilm-fan va texnikani
rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish davomida yaratilgan. 1990
yillarning o‘rtalarida Xitoyda 50 dan oshiq yangi va yuqori texnologiyalarni
rivojlantirish zonalari faoliyat ko‘rsatgan. Shunisi xarakterliki, Osiyodagi yangi
sanoatlashgan mamlakatlarda texnik-joriy qilish zonalari allaqachon tarkib topgan -
EIChZ lar sifatida yetarlicha rivojlanish darajasida bo‘lgan va ularni ilmtalab
mahsulotlarni ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish talab qilinadigan eksportga
yo‘naltirilgan zonalarning innovatsiya markazlari sifatida shakllantirilmoqda.
4.Servis zonalari.Servis zonalari o‘zida turli moliyaviy, iqtisodiy xizmatlar,
sug‘urta xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar va tashkilotlar uchun
tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli rejimiga ega bo‘lgan hududlarni taqdim qiladi.
Servis zonalari qatoriga ofshor zonalar (OZ) va soliq gavanlari (SG) kiradi. OZ
va SG lar tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal rejimlar, bank va tijorat sirini
saqlashning yuqori darajasi, davlat tomonidan tartibga solishning yo‘qligi bilan jalb
qiladi.
OZ da ro‘yxatdan o‘tgan va soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishni
da’vo qiladigan kompaniyaga qo‘yiladigan asosiy talab – ofshor markaz joylashgan
mamlakatning rezidenti bo‘lmaslik va uning hududida foyda olmaslik bo‘lib
hisoblanadi. Soliq gavanlari ofshor zonalardan shunisi bilan farq qiladiki, ularda (SG
da) barcha firmalar (mahalliy firmalar ham, xorijiy firmalar ham) barcha yoki ba’zi
bir faoliyat turlariga soliq imtiyozlarini qo‘lga kiritadi. Hozirgi kunda dunyoda 300
dan oshiq ofshor markazlar mavjud. Ularning orasida soliq gavanlari taxminan 70
tani tashkil qiladi.
Ofshor
kompaniyalar
allaqachonlardan
buyon
faoliyat
ko‘rsatayotgan
mamlakatlar qatoriga – Lixtenshteyn, Panama, Normand orollari, Men oroli (Buyuk
Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveysariya va
boshqalar kiradi. Keyingi o‘n yillikda OZ lar Malta, Mavrikiya, G‘arbiy Samoa,
Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘ldi.
OZ lardagi sanoat, savdo, bank, sug‘urta kompaniyalari va boshqa kompaniyalar
yoki umuman soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki unchalik katta
bo‘lmagan soliqqa tortiladi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va
boshqalar). Masalan Shveysariyada eng kam soliq miqdorlari belgilangan, ma’lum
bir sharoitlarda u undirilmasligi ham mumkin. OZ lardagi imtiyozli rejim
shuningdek valyuta cheklashlarining yo‘qligi, foydani erkin olib chiqish, nizom
jamg‘armasining past darajasi, xorijiy investor uchun bojxona bojlari va
yig‘imlarining yo‘qligi, eks’hududiylik bilan ham belgilanadi. OZ larni tashkil
qiladigan mamlakatlar uchun foyda qo‘shimcha xorijiy mablag‘larni jalb qilish, OZ
da ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaning bo‘lishidan keladigan daromad, mahalliy
mutaxassislar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishidan iborat bo‘ladi,
bularning barchasi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Ofshor biznes, qoidaga ko‘ra, bank ishi, sug‘urta ishi, dengiz kemachiligi,
ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar, trast (ishonch) faoliyati, eksport-import
operatsiyalarining barcha turlari, konsaltingga konsentratsiyalanadi. Ba’zi bir
baholashlarga ko‘ra, ofshor biznes sohasida harakatga keltirilgan kapital 500 mlrd
dollarga yetadi. Unda qariyb 2 mln hissadorlar (yuridik va jismoniy shaxslar)
ishtirok etadi, har yili ofshor faoliyatning hajmini yildan-yilga oshirayotgan bir
necha minglab yangi kompaniyalar ro‘yxatga olinmoqda.
OZ larning faoliyati mutaxassislar tomonidan o‘ta turlicha baholanadi. Ko‘pchilik
ularning xalqaro harakatdagi muhim rolini e’tirof etish bilan, ofshor markazlar
ko‘pincha “iflos pullarni” oqizish va va turli bank tovlamachiliklari avj olgan joylar
degan fikrdalar.
5.Majmuaviy EIZ lar. Majmuaviy zonalar alohida ma’muriy hududda maxsus,
imtiyozli xo‘jalik faoliyati rejimini o‘rnatish (umumiy rejim bilan solishtirganda)
yo‘li bilan hosil qilinadi.
Majmuaviy EIZ lar nisbatan yaqinda, 1980-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan.
Ulardan ba’zilari noldan boshlab yaratilgan, ko‘pchiligi esa eksportga yo‘naltirilgan
ishlov berish sanoatiga ega bo‘lgan zonalar bazasida shakllangan va o‘zida tashkil
qilinishning yangi, yuqoriroq darajasini taqdim qiladi. Majmuaviy EIZ larning
boshqa shakllardan farqi makondagi katta ko‘lamlar, ishlab chiqarishning ko‘proq
yuqori konsentratsiyasi, va ko‘proq keng faoliyat maydoni bo‘lib hisoblanadi.
ularning funksiyalari bitta yaxlitlikni tashkil qiladi: ko‘proq xalqaro savdo,
importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish, moliyaviy bozor, kommunikatsiyalar,
sayyohlikni rivojlantirish.
Majmuaviy zonalarga 4 ta maxsus iqtisodiy zonalarni, shuningdek XXR dagi
“Ochiq rayonlar”, Braziliyadagi “Manaus” zonasi, Argentinadagi “Olovli yer”
hududi, sanoati rivojlangan mamlakatlar tomonidan depressiv rayonlarda
yaratilayotgan erkin tadbirkorlik zonalarini kiritish mumkin.