SAVOD O‘RGATISH JARAYONIGA INNOVATSION YONDASHUV.
Reja:
1. Alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirish.
2. Savodga o‘rgatishning ilk davri
3. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlari
Alifbe tuzishning tahlil - tarkib usuli Boshlang‘ich sinfl arda o‘quvchining
kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beruvchi ruhiy, ta’limiy asoslar qo‘yiladi.
Barkamol avlod taraqqiyoti savod chiqarishning asosi bo‘lgan alifbe darsligining
ta’limiy-tarbiyaviy sifat darajasiga bog‘liq.
Savodga o‘rgatish davrida ta’lim jarayonida qo‘llash uchun asos bo‘lib
xizmat qiladigan tahlil-tarkib tovush usulining asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1. Savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan adabiy
nutqdagi tovushni chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alifbegacha bo‘lgan
davrda, shuningdek, bog‘chaning maktabga tayyorlov guruhlarida nutqdagi
tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi. Alifbe davrida esa tovushni
so‘zdan ajratib olishga, shu tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratiladi. Baland
ovozda talaffuz qilinadi, «tovush artikulyatsiyasi» ko‘rsatiladi. O‘quvchilarga
tovushni talaffuz qildiriladi. Shundan so‘nggina tovushni ifodalaydigan harf shakli
bilan tanish tiriladi. So‘zlarni o‘qishda esa tovush uyg‘unligiga, tovushlarni harflab
emas, bo‘g‘inlab biriktirib o‘qishga alohida e’tibor beriladi.
2. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini
birlashtirish, uyg‘unlashtirish, tarkiblash yoki aksincha, yaxlit nutqni bo‘laklarga
ajratish-tahlil qilishga oid fi kriy operatsiyalar amalga oshiriladi. Shuning uchun
ham bu metod (ajratish-qo‘shish) tahlil-tarkib usuli deb ataladi. Savodga
o‘rgatishning barcha bosqichlarida (alifbega tayyorgarlik davri, alifbe davri,
alifbedan keyingi davrlarda) tahlil-tarkib operatsiyalaridan unumli foydalanib
boriladi.
3. Alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirishda
o‘quvchining fi krlash darajasi, yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, nutq
tovushlarining xususiyatlari nazarda tutiladi. Bu tamoyil tovush va harfl arni
o‘rganish tartibiga, o‘qish uchun so‘z tanlashga, matn tanlashga, matnlar hajmiga
bevosita taalluqlidir.
4. Alifbe davrida o‘qish va yozishga o‘rgatishning uyg‘unlikda, baravar
olib borilishi tahlil-tarkib tovush usulining eng asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Tahlil va tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlarini
quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Tahlil:
1. Matndan gapni ajratib olish.
2. Gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash.
3. So‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
4. Bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning bosma va yozma shaklini ko‘rsatish
hamda o‘rgatish.
Tarkib:
1. Kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish.
2. Tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish.
3. Bir necha so‘zlarni o‘qish.
4. Yaxlit gapni o‘qish.
5. Yaxlit matnni o‘qish.
Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy
topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarda fi kr rivojlantiriladi. Fikrlash jarayonida
o‘quvchilar tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy operatsiyalarni bajaradilar.
Ya’ni tahlil qiladilar, jumladan, so‘zning tovush tarkibini, so‘z tarkibidagi
bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil tovushni ifodalaydigan
harfni tanishga o‘rgatiladi. Bunda tanishtirilishi lozim bo‘lgan qiladilar.
O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan holda yaxlit,
ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar.
Tahlil o‘quvchilardagi mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi
orasidagi elementlarning assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarni anglash
tajribasiga asoslangan holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa,
yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan
mantiqiy fi krlash jarayonidir. Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi
uchun muhim ahamiyatga ega.
Sintez (umumlashtirish) operatsiyalarini baja rish jarayonida o‘quvchilar
o‘z onglarida mav jud bo‘lgan til vositalarining ma’nolari va funksional
me’yorlarni umumlashtiradilar. Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi
oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi, harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni
bo‘g‘in va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfografi
ya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish, umuman ona tili ning go‘zalligi va
rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi.
Bu bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi - alifbe
darsligining alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlarining
turlariga oid rasmlarning beri lishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari, o‘rmon
hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va rasmlarning tavsiya
etilishi, tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berilishi, ularning o‘quvchi
tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari, topishmoq, tez aytish va
hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi o‘quvchining nutqi va
tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.
Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning o‘ziga
xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi: a) darslikda
harfl ar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra o‘quvchining oson
o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartib lanadi. Masalan, o, n, a kabi harfl ar ham
talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson harfl ar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga
ota-onalar tomonidan nihoyatda e’tibor kuchaygan hozirgi davrda bolalarning
aksariyati bunday harftovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam
qo‘ymoqdalar. Albatta, sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi.
Binobarin f, z, sh, ch kabi tovushlar ning yozilishi va talaffuzining bolalar uchun
birmuncha murak kabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlarda tavsiya
qilinadi; b) tovush(harf)larni o‘rganish jarayonida harfga ilova tarzida berilgan
so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki hodisa ni
ifodalashiga e’tibor qaratiladi; d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fi
kr yuritishini hisobga olgan holda, aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat
bo‘ladi; c) so‘zlarni to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid
Savodga o‘rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik
o‘yinlar misolida).
Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab
olib, mazkur bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiytarbiyaviy ishlar
turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma matn haqida, gap,
matnning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn
tuzish va uni bo‘laklarga bo‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok