SAVOD O‘RGATISHDA HOZIRGI ZAMON ANALIZ-SINTEZ TOVUSH METODI. SAVOD O’RGATISH JARAYONI BOSQICHLARI (Savod o’rgatish metodlari, Savod o’rgatishning ta’lim-tarbiyaviy tavsifi, Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganish)
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
34
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
82,9 KB
SAVOD O‘RGATISHDA HOZIRGI ZAMON ANALIZ-SINTEZ TOVUSH
METODI. SAVOD O’RGATISH JARAYONI BOSQICHLARI
Mavzu rejasi:
1.
Savod o’rgatish metodlari.
2.
Metodning umumiy xususiyatlari:
a) metodning dastlabki o’ziga xos xususiyatlari;
b) metodning keyingi davrlarda shakllanish xususiyatlari.
3.
Savod o’rgatishning ta’lim-tarbiyaviy tavsifi.
4.
Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganish.
5.
Tayyorgarlik davri – o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin. O’qishga
o’rgatishda tinish belgilari.
Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos
solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-
sintetik tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi
tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savod o’rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish
maqsadiga ko’ra ta’limiy va o’stiruvchi xarakterda bo’ladi, nutqiy mashqlar orqali
aqliy o’sishini ta’minlaydi, o’qishning ongli bo’lishini talab etadi.
2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga
bo’linadi:
a) alifbegacha tayyorlov davri;
b) alifbo davri.
Bunda yozuvga o’rgatish o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib
boriladi.
3. Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a) savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga
asoslanadi;
b) savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga,
analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni
rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta
ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari
quyidagilardir:
1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish
jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning
umumiy rivojlanishi hamda o’qish va yozishga tayyorligiga bog’liq).
2. O’qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi,
imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib
borish.
3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harthi o’qitishning qulay
usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va
o’stiruvchi xarakterini hisobga olish.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash
didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy
dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy
tushunchalarni egallaydilar.
,,Alifbe" sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati,
tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayotiga old rasmlar berilgan,
turli mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik,
mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash,
hay-vonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish,
umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-
siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.
Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganish
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy
tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o’rganish
avgust oyida, hatto undan oldin - bahordan boshlangan. Bunda 1-sinfga keladigan
o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga borilgan, suhbat o’tkazilgan,
bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan.
Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o’rgatishga maxsus
tayyorlanyaptilar. Ular uchun bir-ikki, ba’zi joylarda uch-to’rt oylik tayyorlov
sinflari tashkil qilingan. Tayyorlov mashg’ulotlarda bolalar tovush-harf bilan
tanishtirilyapti, elementer tarzda yozuvga ham o’rgatilyapti. Metodistlar tayyorlov
sinflar uchun aniq talablar, metodik tavsiyalar ishlab chiqishmoqda. Tayyorlov
sinflarning ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo’lmasa-da, lekin bu
davrda bolalarning nutqiy tayyorgarligini o’rganish uchun quyidagilarni aniq-lash
tavsiya etiladi:
1. O’qish ko’nikmasini aniqlash.
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
d) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish);
e) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
f) ayrim harflarni taniydi.
2. Yozuv ko’nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
d) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi; ,
d) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
e) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekani hisobga
olinadi);
f) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratiladi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutqi. She’rni yoddan o’qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biiadi, aytishga uyaladi; d) birorta she’rni yoddan o’qishni
bilmaydi.
5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
d) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish (,,Rasmda nimalar
ko’rayotganingni aytib ber").
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap tuza oladi;
d) 10 tagacha so’z bilan bog’lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;
e) 3—4 so’z bilan qisqa javob bera oladi.
Shuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham,
foydalanadigan sq’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikici
variantda yoziladi:
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot (bu bolaga yakka yoki
differensial yondashish uchun kerak bo’ladi);
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot (bu ma’lumotdan darsda sinf
o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi).
Ma’lumki, o’quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv
matwiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga
qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning o’zlashtirishlari turlicha
bo’ladi. Bu savod o’rgatish jarayo-nida o’quvchilarga differensial va individual
yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham
yaxshi natija beradi.
Differensial yondashishda o’quvchilar guruhlarga bo’linadi, har bir
guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi.
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda
ishlab chiqiladi.
O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan
parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi,
unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan
foydalanish mumkin.
Alifbedagi o’quv materiali yoki o’qilayotgan matnning qiyin o’rni oldin
tayyorgarligi puxta o’quvchiga, so’ng bo’sh o’quvchiga o’qitiladi. Ba’zi o’quvchilar
bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to’g’ri keladi.
Savod o’rgatish jarayoni
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4
oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi6:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni
maktab, sinf, tattib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq
o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o’z navbatida, quyidagi 2 bosqichga
bo’linadi:
/. Harf o’rganilmaydigan bosqich (1 hafta).
2. Unli tovush va harf o’rganiladigan bosqich (1 hafta).
1-bosqichda o’quvchilarga og’zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g’in
va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning
bo’g’inlarga bo’linishi, bo’g’inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot
beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan
amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar
asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga ,,Alifbe”da
berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak,
hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan
ayttiriladi.
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, ,,Alifbe" sahifalaridagi so’zlarning
talaffuzi, o’qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi
ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv
chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda
namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash — o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining
tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch
xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga
erishish lozim:
a) talaffuzda (og’izda) to’siqqa uchramasligi;
b) cho’zib aytilishi;
d) faqat ovozdan tashkil topishi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda
tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya
qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi.
Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid
o’ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz,
ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarning o’zlashtirishlarini hi-sobga
olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o’quvchilar
alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar
osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, I kabi),
keyin esa sirg’aluvchi va boshqa undoshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j, harf
birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi (‘) bilan tanishtiriladi.
O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni
muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash,
bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma
harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili kabi
mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo’g’inlab o’qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (na, ni,
mu kabi), ikki harfli yopiq (in, ol kabi,), uch harfli yopiq bo’g’inlarni (mon, non, til
kabi) o’qishga o’rgatiladi.
Alifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning va o’quv materialining
murakkablik darajasiga ko’ra 3 bosqichga ajratish mumkin:
1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg’aluvchi undoshlar, o-na, a-na, it, in, bi-
lan tuzilishidagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
2) artikulatsiyasi qiyin bo’lgan r, k, v,/kabi undoshlar va yo ‘l-bars, do’sl,
rasm kabi tuzilishdagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni
ifodalaydigan j, tutuq belgisi (‘) va jo’ja, jurnal, jirafa, long, so’ng, bodring,
choynak, shudringva shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga,
ularning so’z ma’nosini farqlashdagi holatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi
(ziyrak — siyrak, dil — til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo’lgan undoshlar ng (tong,
rang, keng), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchiy (jo’ja) va
jarangli sirg’aluvchi — j (jurnal) kabilarni o’rganishda tovush artikulatsiyasiga oid
ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli
so’zlar: ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aylib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib
(tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz
qilinadigan i unlisi bor so’zlar: bilan (blan), sira (sra); talaffuzda tushib qoladigan
undoshli so’zlar: baland (balan), do’st (do’s), Tashkent (Toshken), farzand (farzan),
daraxt (darax) kabilarni yozilgandek o’qish imloni o’rganishga tayyorlaydi. Bular
avval orfografik, so’ng orfoepik o’qitiladi.
Yuqoridagi kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi
takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni ham
to’g’ri o’qishga o’rganadilar.
Alifbo davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikma-larga ega
bo’lishlari zarur:
a) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to’g’ri talaffuz qilishi;
b) so’zning bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so’zdagi
tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g’inga ajrata
olishi;
d) kesma harf va bo’g’inlardan so’z tuza olishi va o’qishi;
e) 2-3-4 bo’g’inli so’zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o’qishi;
f) gaplarni ohangiga rioya qilib o’qishi;
g) o’zi o’qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o’qishi; ;
h) o’qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab
berishi;
i) o’qigan matnga sarlavha topa olishi;
j) to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish malakalariga ega bo’lishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi — kichik va bosh yozma harflarni
to’g’ri shakllantirish, harflarni to’g’ri ulash, alifbeda o’qigan bo’g’in, so’z va
gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g’in, so’z, gap diktantlarni yozish
ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv-rasm diktant kabi ta’limiy
diktant
turlarini
yoza
olishlariga
erishish,
umuman,
grafik
malakani
shakllantirishdir. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3
qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish
Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonidagi o’qish darslarining asosiy vazifasi
o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish
orqali bolalarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish, bilimini
boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham
bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.
Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda
bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birliklarini (tovush, bo’g’in,
so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar
shakllantiriladi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga
yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun, avvalo, o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi
tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish
tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga
oshirilishi rhumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya
tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib oli-nadi, so’ngra so’z ustida
yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So’z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o’rganiladigan tovush
ajratib olinadi. Masalan: oy. O’qituvchi oy rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning
nomini — so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi
tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini
aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar
o’ylab toptiriladi. Shundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan
ko’rsatiladi. Bunda o harfming shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor
qaratiladi.
3. O’rganilgan harflar ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib
qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf
ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar.
Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan
ko’rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish ustida
ishlanadi.
O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olinadi. Buning uchun o’qituvchida
bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida o’qish namunasi ko’rsatiladi,
ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko’z bilan ko’rib, uning nomini dilda
saqlab, ikkinchi harfni ko’rish va ikkalasini bog’lab, unlini mo’ljallab ulab aytish
tushuntiriladi. Bo’g’in o’qish o’qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har
bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish
mumkin:
bol
ti: 1 no: n na la: b
cho: y
Bunda ,,Alifbe" sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng
o’qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O’qituvchining na-munali o’qishidan
so’ng birgalikda ovoz chiqarib o’qish, yakka-yakka o’qish, shivirlab o’qishdan
foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o’qiydigan O’quvchilar bo’lgan sinflarda xor bilan
o’qitish o’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining o’qish
ko’nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni xattaxtada bo’g’inlarga bo’lib
yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo’shimcha so’z birikmalari,
gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
sa
ta
lorn
xal
ODD
Ma’lumki, ,,Alifbe" sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi.
Shuning uchun o’qituvchi har bir bo’g’in tuzilishining murakkabligiga qarab ish
usullarini belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to’rt tovushdan
tuzilgan bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish ham o’zigaxos qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bunda o-lov, Mana-non tipidagi bo’g’inlarda o-lo:v, Ma:na-no:n
tarzidagi qo’shimcha chiziqdan, bodring, do‘st tipidagi bo’g’inlarda bo:d-ri:ng, to
‘:r:t tarzidagi qo’shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni o’qishga o’rgatishda
bo’lib o’qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi:
k
i
l
a
l
ar i
Umuman olganda, har bir o’qish darsida, albatta, bo’g’in tuzilishi murakkab
bo’lgan so’zlarni o’qish mashqi o’tkazilishi lozim. Bu usul o’quvchilarda o’qish
malakasining takomillashuviga yordam beradi.
O’qishga o’rgatishda so’zlarni va gaplarni to’ldirib o’qish ko’nikmalarini
hosil qilish o’quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo’naltiradi. O’quvchi tushirib
qoldirilgan harf va so’zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos
emasligiga e’tibor beradi, o’rtoqlariga nisbatan tez topib, o’qituvchining rahmatiga
sazovor bo’lishga intiladi.
“Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O’quvchilar
shularga mos ohang tanlashni, to’xtam (pauza) qilish o’rinlarini belgilab olishi zarur.
Bunda ham o’qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi)
va ifodali o’qish namu-nasini ko’rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qilgan
matngina tushunarli bo’ladi.
Har bir predmetda bo’lgani kabi o’qish darslarida ham ta’lim-tarbiya
birligiga e’tibor beriladi. O’qish darslarida tarbiya o’qilgan matnning ongli
o’zlashtirilishiga bog’liq. Birinchidan, o’quvchi matnda fikr nima haqida
borayotganini anglasagiria, o’zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat
qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo’lish uchun o’qishning zarurligini anglaydi.
Shuning uchun ongli o’qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli
rasmlar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar
berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshi-riqlardan
foydalanish mumkin:
1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?
2. Rasmda nima tasvirlangan? Rasm bilan matn orasida bog’lanish
bormi?
3. Matn mazmunini rasmga qarab so ‘zlab bering.
4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?
5. Aka, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?
Demak, o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim,
shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g’oya o’quvchilar tomonidan
o’zlashtiriladi, so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham o’quvchiniki bo’lib qoladi.
Savod o’rgatishning birinchi kunlaridanoq o’qish ongli bo’lishi, bolalarni
ongli o’qishga o’rgatish juda muhim. So’roqlar yordamida o’qilganlarni bola qanday
tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O’qishdan oldin o’tkazilgan tayyorlov suhbati
ham, o’qilgan matn yuzasidan o’tkazilgan suhbat ham shu maqsadga — ongli
o’qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o’qishni talab qiladigan
muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat “Alifbe”dan yoki harf terish
matosidan, o’qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib
chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, Qishda
qushlar qayerga uchib ketadi? (harf terish matosida: Issiq o‘Ikalarga uchib ketadi).
Mana shu kabi tayyorlov mashg’ulotlari o’qishning yuqori darajada ongli bo’lishini
ta’minlaydi.
Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bo’lmaydi. Ammo analitik
o’qishning birinchi bosqichida ifodali o’qish mumkin emas, chunki bolalar so’zda
urg’uli bo’g’inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so’roq ohangini, hatto,
orfoepik to’g’ri o’qishni ham bilmaydilar. Shuning uchun analitik o’qish bosqichida
so’zni yaxlit, orfoepik qayta o’qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o’qish to’g’ri
intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o’qishga o’rgatibgina qolmay, o’qishning
ongli bo’lishiga ham yordam beradi.
Savod o’rgatishning birinchi darslaridayoq o’quvchilarga tabaqalashtirib
(differensial) yondashish (bunda o’quvchilarning o’qishga tayyorgarliklaridagi
fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
O’qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini
o’quvchilarning ko’rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog’lash lozim. Shunda
o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o’zlashtirishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi. So’zlarning ma’nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni
oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.
She’r, tez aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, hikmatli so’zlardan o’qitish,
yod oldirish ham o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini
shakllantiradi,
xotirasini
mustahkamlaydi.
Boshlang’ich
sinflarda
o’qish
darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Yangi material o’rganiladigan o’qish darsida asosiy ish turlari
quyidagilardir:
1. O’rganiladigan yangi tovushli so’zni (shu tovush so’z boshida, o’rtasida,
oxirida kelgan so’zni) bo’g’in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda
yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida o’zlari tuzgan gaplar
ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so’zning chizmasi-modeliga asoslanadilar.
Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulatsiyasi (nutq organlarining
tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo’g’inlar o’qitiladi.
3. So’zlarni avval xattaxtadan, keyin ,,Alifbe"dan o’qish. Harf bo’g’inlaridan
harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi, gap tuzish va ularni o’qish, so’z ma’nosi
ustida ishlash.
4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga
bog’liqligini belgilash.
5. Nutq o’stirish: lug’atini boyitish, so’z birikmasi, gap, bog’lanishli
hikoya tuzish.
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yish, yangi o’rga-nilgan
tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar
bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
7. O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi
harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari, barcha ish turlari-dan foydalaniladi,
shuningdek, qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil
qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi,
sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga,
ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida
ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g’inda dast-lab
undosh,"keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g’inda esa unli bilan tugagan ochiq
bo’g’inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi.
O’quvchlarga asta-sekin bo’g’inlab o’qishdan sin-tetik o’qishga (so’zni
butunligicha o’qishga) tayyorlab boriladi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta
bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash
bilan o’qiladi, kesma harf, bo’g’in bilan yoziladi.
9. Sujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qa-rab
o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni
ajratish va tahlil qilish.
Yangi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato
kabilarning va yangi so’zni xattaxtada va daftarda ,,yasash"ning ahamiyati juda
katta. O’qish uchun xilma-xil bosma materiallar qanchalik ko’p bo’lsa, ulardan turli
xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli, qiziqarli bo’ladi.
Bola endigina o’qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo’qotmaslikka,
shuningdek, so’zdagi keying! harfni, keyingi so’zni yo’qotmaslikka o’rgatish juda
muhimdir. Bu vazifani savod o’rgatishning boshlang’ich bosqichida xatcho’p
(o’qiyotgan betni belgilab qo’yish uchun kitob ichiga solib qo’yiladigan qog’oz yoki
lentacha) va tayoqcha bajaradi. O’qilayotgan qatorni kuzatib borish ko’nikmasiga
sinf o’quvchilaridan o’rtog’ining xatosini to’g’rilashni talab qilish yo’li bilan ham
erishiladi. O’quvchilar bu talabni qiziqib bajaradilar, shu yo’l bilan ularning darsga,
o’qishga e’tibori jalb etiladi.
Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish sur’atini oshirish,
ifodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining
muhim vazifalari hisoblanadi.
Savod o’rgatish mashqlarining asosiy turlari
Tovush ustida ishlash. Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat
qiladi. Savod o’rgatish davrida so’z va bo’g’inlarni tovush tomonidan analiz va
sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi,
diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi.
Tovush ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo’g’in,
so’z tuzish kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi
munosabatni doimo aniqlab borish o’qish malakalarini shakllantirish uchun ham,
imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
So’zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi kunda
takomillashtirilib borilmoqda. Savod o’rgatishda asosan, quyidagi usullar amalda
qo’llanilmoqda:
I. Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so’zni ajratish; so’zni aniq talaffuz qilish; bo’g’inlarga
bo’lish va bo’g’inlarni aniq talaffuz qilish, so’zdan, bo’g’indan tovushni kuchli
talaffuz qilib o’qish, muayyan tovushni ajratgan holda so’zni bo’g’inlab o’qish
(aaaa-na,
nooon,
iiin,
sssa-na,
ki-yyyik, iiish).
.
2.
Darsda
o’rganiladigan
yangi
tovushni
ajratish.
Bunday
tovushni
birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) so’zdan tovushni cho’zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la,
booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bo’g’indan ajratish: Usss-mon, O-limmm,
A-minnn.
d) sirg’aluvchi undoshni ochiq bo’g’indan ajratish: sssa-na, lu-
yyya, zzzi-rak;
e) bo’g’in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o ‘-tin, a-na,
e-tik, i-pak;
f) o’rganiladigan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish (so’zni
o’qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o’quvchi aytadi): non, tok, olma,...;
g) rasm nomini ifodalovchi so’zni aytish: o’qituvchi nokning rasmini
ko’rsatib, noo deydi, o’quvchilar k tovushini qo’shib aytadilar:
nok.
Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish
mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O’quvchilar o’rganilgan harflar
ichidan notanishini topadilar, so’ng uning o’qilishi va fonetik belgilari ustida
ishlanadi:
Darsda jangi tovush birinchi marta.ajratib, talaffuz qilingandan so’ng,
odatda, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz
qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildi-riladi. Misol:
L tovushi: laylak, olma, fll.
O tovushi: olma, non, 0-mon.
D tovushi: don, Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, obod kabi
so’zlarni tanlash tavsiya qilinmaydt).
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini
aniqlash, bo’g’inlarni sanash: Olma — ol-ma; o-l-m-a — to’rtta tovush, to’rtta harf,
ikki unli toviish, ikki undosh tovush, ikki bo’g’in .... Bu usuldan o’quv yilining
ikkinchi yarmida va keying! sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshii so’zlarni amaliy taqqoslash: dil-til, Zira-
sira kabi.
Savod o’rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunk! analiz
o’qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko’proq o’qish
malakasini shakllantiradi.
II. Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va
uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2. O’rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...)
bo’g’in jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kesma
harflardan bo’g’in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh
harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan
farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari topib
o’qishlari mumkin).
4. So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib
o’qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, lay; o’roq-so’roq; ol-xol, sol; sava-
savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish: ko’mak-ko ‘Imak,
zirak-ziyrak, lana-lashna, sila-siyla kabi.
6. Bo’g’inlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qish: Gulnor-Norgul,
asil-sila kabi.
7. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish:
somon-osmon, tilak-kalit, qo’y- yo’q.
8. Tovushni yoki bo’g’inni tushirib qoldirib, yangi so’z hosil qilish va o’qish:
anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog’la-bola.
9. Bo’g’in qo’shib yangi so’z hosil qilish va o’qish: bog’-bog’bon, gul-
gulzor, paxta-paxtakor.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash
bilan birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib, darsda
yarim o’yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoya-lanib
bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o’rin tutadi.
O’quvchi so’zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo’lgan bir butunlik
sifatida anglaydi, bu — sintezdir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga
diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning
faol fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o’quvchilarning bilish
mustaqilligini
ta’minlaydi,
,,muammoli"
vaziyat
yaratadi,
bolalarda
kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali
vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo’g’inlar va harf terish taxtasi, shuningdek,
abak (harakat qiladigan lentali ko’rgazma), kadoskop, alifbo multimediyasi va shu
kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash
uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy
eshittirish uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi.
Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Analiz-sintez ishlari
tizimida tovushning o’zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi
nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan
ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq
organlarini zanir holatga keltirish (sintez) muhim o’rin tutadi. Masalan, u
tovushining analizida til tanglayga tomon baland ko’tariladi, tanglay bilan til orasida
torgina bo’shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil
bo’ladi; r tovushining sintezida og’iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo’shliq bo’ladi,
lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon
baland ko’tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o’tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi
titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulatsiyasi (hosil bo’lishi)ni ko’rsatib
bo’lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar (ch, j), chuqur til orqa (q, g’, x), bo’g’iz
tovushi (h) artikulatsiyasini ko’rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil
bo’lishini tushuntirish uchun o’qituvchi, o’quvchilar diqqatini jalb qilgan holda,
tovushni talaffuz qilib ko’rsatadi, so’ngra o’quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday
usulni bir necha bor takrorlagan ma’qul.
Diksiya ustida ishlash o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor
bo’lishiga erishishdir. U savod o’rgatish uchun ham, ifodali o’qish, orfoepik va
orfografik malakani, xushovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muhimdir.
Yaxshi diksiya tovush hosil qi-
luvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq, shuning uchun diksiyani
o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini osliirishga
qaratiladi.
Diksiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydala-nish
mumkin:
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan, sara-shira-sara-shira kabi
so’zlarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so’ngra esa ovozni to shiviriashgacha
pasaytirib talaffuz qilish.
2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira kabi so’zlarni sekin talaffuz
qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim imdosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar qiyinchilik bilan yoki
noto’g’ri talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning
uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Misol: Qishda kishmish pishmasmish, pishsa
kishmish qishmasmish.
Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz
qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga
uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan
o’qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutqini o’stirish
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan bin o’quvchilar nutqini
o’stirishdir. Nutq o’stirish uch yo’nalishda: so’z vistida ishlash, so’z birikmasi va
gap ustida ishlash, bog’lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik
adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o’rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha ish olib
boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod
o’rgatish ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda
uyushtiriladi. Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib,
ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat va
shu kabilar bilan bog’lanadi. Bu davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
1) o’quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash;
2) ularning tasawur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda
lug’atini boyitish;
3) o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-to’rt gapli kichik ,,hikoya" (bog’lanishli nutq)ni og’zaki to’g’ri
tuzish ko’nikmasini o’stirish.
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi
predmetlar bilan tanishish yordamida so’zni ongli ish-latishga; ikkinchidan, turli
sodda yig’iq gap (Bolalar yugtiryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do’konga bordi),
uyushiq bo’lakli gap (Anvar o’qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni amaliy
mashqlar yordamida egallaydilar.
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq
o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro’zg’or buyumlari,
o’simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo’lib xizmat qiladi. Suhbat
jarayonida bolalarda hosil qilin-gan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari,
rasm ko’rish va ,,Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?" kabi savollar asosida
suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma’lum belgiiari
asosida gunihlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o’qituvchiningtopshirig’iga
muvofiq, ma’lum bir mavzuda (kuz, mevali bog’, sinf, maktab haqida) ikki so’zdan
iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar
yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o’rgangan harflaridan so’zlar va kichik
gaplar tuzib yozadilar.
O’qish darslarida o’quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar,
o’qituvchi savoliga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta
ahamiyat kasb etadi, chunk! ko’pgina bolalarning talaf-fuzida kamchiliklar bo’ladi:
bir tovush o’rniga boshqasini (sh o’rniga s, r o’rniga l) talaffuz qiladilar, chuchuk til
bilan duduqlanib gapiradilar, so’zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir
tovush qo’shib talaffuz qiladilar, tovushlar o’rnini almashtirib qo’yadilar va hokazo.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan
foydalanadilar. O’qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda
o’quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to’g’ri talaffuz
namunasini ko’rsatishi lozim.
Savod o’rgatish davridagi har bir dars jarayonida nutq o’stirish ishiga alohida
e’tibor qaratish lozim. Shundagina o’quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta’sirisiz,
adabiy me’yor asosidagi nutq) ko’nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi. Shu
o’rinda ,,Alifbe" (mualliflari: R. Safarova, M.lnoyatova, M.Shokirova, L.
Shermamatova) darsligi asosida bir soatlik dars namunasini keltiramiz.
Darsning mavzusi. K tovushi va Kk harfi.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni k tovushi va Kk harfi bilan ta-nishtirish,
bu toviishni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmasini shakllanti-rish, Kk harfli
bo’g’inlarni va so’zlarni ravon o’qishga, kesma harflar va bo’g’iniar vositasida
so’zlar tuzish va ularni o’qishga o’rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: kattalarni hurmat qilish va tartib-intizomli bo’lishga
o’rgatish, axloqiy xislatlarni singdirish;