SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING SHARTI

Yuklangan vaqt

2024-07-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

35

Faytl hajmi

90,3 KB


 
 
 
 
 
 
SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING 
SHARTI 
 
Reja: 
1. Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari. 
2. Saylovlarning demokratik prinsiplari. 
3. O‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi. 
 
Tayanch so‘zlar: saylov tushunchasi, erkin saylovlar, saylov huquqi, saylov 
prinsiplari,teng saylov huquqi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash huquqi; yashirin ovoz 
berish huquqi, majoritar saylovlar, proporsional saylovlar, saylov oldi tashviqoti, 
saylov komissiyalari, ovoz berish. 
    
1.Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari. 
Jamiyat a’zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadlarida 
o‘tkaziladigan saylovlar faqat demokratiyaning belgisi yoki ko‘rinishi bo‘lmasdan, 
shu bilan birga, uning zaruriy yashash sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 
1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan «Inson huquqlarining umumjahon 
Deklaratsiyasi»ning 21-moddasida demokratik prinsiplar asosidagi saylovlarning 
inson huquqi sifatidagi o‘rni quyidagicha ta’riflanadi: «Har bir inson bevosita yoki 
erkin saylangan vakillari orqali o‘z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga 
egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak; bu iroda yashirin 
ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga 
ega bo‘lgan umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim»1.  
                                                           
1Инсон ҳуқуқларининг умумжаҳон Декларацияси. –Тошкент, 1998.–Б. 30. 
SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING SHARTI Reja: 1. Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari. 2. Saylovlarning demokratik prinsiplari. 3. O‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi. Tayanch so‘zlar: saylov tushunchasi, erkin saylovlar, saylov huquqi, saylov prinsiplari,teng saylov huquqi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash huquqi; yashirin ovoz berish huquqi, majoritar saylovlar, proporsional saylovlar, saylov oldi tashviqoti, saylov komissiyalari, ovoz berish. 1.Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari. Jamiyat a’zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadlarida o‘tkaziladigan saylovlar faqat demokratiyaning belgisi yoki ko‘rinishi bo‘lmasdan, shu bilan birga, uning zaruriy yashash sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan «Inson huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasi»ning 21-moddasida demokratik prinsiplar asosidagi saylovlarning inson huquqi sifatidagi o‘rni quyidagicha ta’riflanadi: «Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o‘z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim»1. 1Инсон ҳуқуқларининг умумжаҳон Декларацияси. –Тошкент, 1998.–Б. 30.
 
 
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro saylov 
standartlari bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. Ular asosan 
quyidagilardan iboratdir:  
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan);  
2. 1950 yildagi Insn huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi 
Yevropa konvensiyasi (unga 1-bayonnoma ilova qilinadi);  
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT, 1966 yil 16 
dekabr).  
4. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) insoniylik 
mezonlari bo‘yicha konferensiyasi Kopengagen Kengashining hujjati (Kopengagen, 
1990 yil 29 iyun).  
5. 1994 yilda qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risida”gi 
Parij deklaratsiyasi.  
BMT tomonidan saylov standartlariga yangi xalqaro me’yoriy norma 2005 yil 
27 oktyabrda kiritildi. U BMTning «Saylovlarni xalqaro kuzatish prinsiplari 
Deklaratsiyasi» deyiladi. Mazkur Deklaratsiyada haqiy demokratik saylovlar – bu 
mamlakat aholisining suveren huquqlarining ifodasi, hukumat vakolatlari va 
qonuniyligining asosi bo‘lmish erkin xohish-irodasining bildirilishi, degan qoida 
bilan mustahkamlab qo‘yildi. YeXHTning saylov prinsiplari eng muhim yettita: 
universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlik, shaffoflik va hisobot berish 
so‘zlarida o‘z ifodasini topgan. Bu har bir ovoz hisobga olinishini va har bir fuqaro 
davlat hokimiyatining vakolatli organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi 
mumkinligini anglatadi. 
YeXHTning Kopengagen hujjatida ko‘zda tutilgan majburiyatlar 1990 yilda 
Parij xartiyasiga muvofiq tashkil etilgan va dastavval YeXHTning «Erkin saylovlar 
bo‘yicha byuro» deb ataladigan Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha 
byurosi (DIIHB) uchun saylovlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha qo‘llanma hisoblanadi. 
DIIHB o‘z faoliyatini 1991 yilning may oyida boshladi va YeXHTga a’zo davlatlarga 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha YeXHTning asosiy instituti hisoblanadi. U, jumladan, 
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro saylov standartlari bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. Ular asosan quyidagilardan iboratdir: 1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan); 2. 1950 yildagi Insn huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (unga 1-bayonnoma ilova qilinadi); 3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT, 1966 yil 16 dekabr). 4. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) insoniylik mezonlari bo‘yicha konferensiyasi Kopengagen Kengashining hujjati (Kopengagen, 1990 yil 29 iyun). 5. 1994 yilda qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risida”gi Parij deklaratsiyasi. BMT tomonidan saylov standartlariga yangi xalqaro me’yoriy norma 2005 yil 27 oktyabrda kiritildi. U BMTning «Saylovlarni xalqaro kuzatish prinsiplari Deklaratsiyasi» deyiladi. Mazkur Deklaratsiyada haqiy demokratik saylovlar – bu mamlakat aholisining suveren huquqlarining ifodasi, hukumat vakolatlari va qonuniyligining asosi bo‘lmish erkin xohish-irodasining bildirilishi, degan qoida bilan mustahkamlab qo‘yildi. YeXHTning saylov prinsiplari eng muhim yettita: universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlik, shaffoflik va hisobot berish so‘zlarida o‘z ifodasini topgan. Bu har bir ovoz hisobga olinishini va har bir fuqaro davlat hokimiyatining vakolatli organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkinligini anglatadi. YeXHTning Kopengagen hujjatida ko‘zda tutilgan majburiyatlar 1990 yilda Parij xartiyasiga muvofiq tashkil etilgan va dastavval YeXHTning «Erkin saylovlar bo‘yicha byuro» deb ataladigan Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) uchun saylovlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha qo‘llanma hisoblanadi. DIIHB o‘z faoliyatini 1991 yilning may oyida boshladi va YeXHTga a’zo davlatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha YeXHTning asosiy instituti hisoblanadi. U, jumladan,
 
 
«inson huquqlari va asosiy erkinliklarining to‘la hurmat qilinishini ta’minlash, 
qonuniylik asosida ish ko‘rish, demokratiya prinsiplarini hayotga joriy etish va ... 
demokratik institutlarni tashkil etish, mustahkamlash va himoya qilish, shuningdek 
butun jamiyat ko‘lamida murosaga kelish prinsiplarini rivojlantirish»2ga da’vat 
etilgan. 
DIIHB – Yevropada saylovlarni kuzatish sohasida yetakchi institutdir. U 
YeXHT mintaqasida o‘tkaziladigan saylovlarni muvofiqlashtiradi hamda ularning 
milliy qonunchilikka va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash uchun har yili 
minglab kuzatuvchilardan iborat guruhlarni tashkil etadi. DIIHB saylov jarayonining 
barcha bosqichlari monitoringi uslubiyotini ishlab chiqqan. DIIHB o‘z-o‘ziga 
ko‘maklashish loyihalari vositasida YeXHTga a’zo davlatlarga ularning saylov 
tizimlarini 
yaxshilashda yordam ko‘rsatadi3. 
Saylovlar tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, 
davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki 
ayrim rahbarlik vakilini saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. 
Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, saylovlar 
tizimining o‘zi ham boshqa tizimlar kabi tizilmaviy qismlarga bo‘linadi: ularning 
ichida ikkitasi alohida ajralib turadi: birinchisi, fuqarolarning saylov huquqi – nazariy-
huquqiy komponent; ikkinchisi esa saylov jarayonlari – amaliy-tashkiliy 
komponentdir.  
Fuqarolarning saylov huquqi ularning saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va 
saylanuvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, 
shuningdek, keyinchalik saylovchilar ishonchini oqlamagan vakillarni chaqirib 
oluvchi tartibotlarning huquqiy me’yorlari majmuasidir. Fuqarolarning saylov huquqi 
tushunchasi fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish huquqi sifatida torroq ma’noda – 
                                                           
2Хельсинский документ 1992 года // Обязательства ОБСЕ в области человеческого измерения. Том I: Сборник документов в 
тематическом порядке. Третье издание. – Варшава: ОБСЕ/БДИПЧ, 2011.-С.37.  
3Саидов А. Президент сайлови: халқаро амалиёт ва Ўзбекистон миллий тажрибаси.-Тошкент:«O‘zbekiston» НМИУ,2016.-
Б41-42.  
«inson huquqlari va asosiy erkinliklarining to‘la hurmat qilinishini ta’minlash, qonuniylik asosida ish ko‘rish, demokratiya prinsiplarini hayotga joriy etish va ... demokratik institutlarni tashkil etish, mustahkamlash va himoya qilish, shuningdek butun jamiyat ko‘lamida murosaga kelish prinsiplarini rivojlantirish»2ga da’vat etilgan. DIIHB – Yevropada saylovlarni kuzatish sohasida yetakchi institutdir. U YeXHT mintaqasida o‘tkaziladigan saylovlarni muvofiqlashtiradi hamda ularning milliy qonunchilikka va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash uchun har yili minglab kuzatuvchilardan iborat guruhlarni tashkil etadi. DIIHB saylov jarayonining barcha bosqichlari monitoringi uslubiyotini ishlab chiqqan. DIIHB o‘z-o‘ziga ko‘maklashish loyihalari vositasida YeXHTga a’zo davlatlarga ularning saylov tizimlarini yaxshilashda yordam ko‘rsatadi3. Saylovlar tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, saylovlar tizimining o‘zi ham boshqa tizimlar kabi tizilmaviy qismlarga bo‘linadi: ularning ichida ikkitasi alohida ajralib turadi: birinchisi, fuqarolarning saylov huquqi – nazariy- huquqiy komponent; ikkinchisi esa saylov jarayonlari – amaliy-tashkiliy komponentdir. Fuqarolarning saylov huquqi ularning saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va saylanuvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, shuningdek, keyinchalik saylovchilar ishonchini oqlamagan vakillarni chaqirib oluvchi tartibotlarning huquqiy me’yorlari majmuasidir. Fuqarolarning saylov huquqi tushunchasi fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish huquqi sifatida torroq ma’noda – 2Хельсинский документ 1992 года // Обязательства ОБСЕ в области человеческого измерения. Том I: Сборник документов в тематическом порядке. Третье издание. – Варшава: ОБСЕ/БДИПЧ, 2011.-С.37. 3Саидов А. Президент сайлови: халқаро амалиёт ва Ўзбекистон миллий тажрибаси.-Тошкент:«O‘zbekiston» НМИУ,2016.- Б41-42.
 
 
saylovchi sifatida (faol saylov huquqi) yoki saylanuvchi sifatida (passiv saylov 
huquqi) qo‘llaniladi.  
Jamiyat a’zolarining davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan saylovlardagi keng 
ishtiroki demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismidir. Demokratik saylovlar 
davlat va jamiyatni va ularning takomillashgan modellarini shakllantirish 
maqsadlaridagi tarixiy rivojlanishning ziddiyatli izlanishlari natijasi o‘laroq paydo 
bo‘lgan institutdir. XX asrga kelib davlat hokimiyati organlarini shakllantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy 
hayotidagi tabiiy bir jarayonga aylandi. Shu bilan birga, har qanday saylovlarni ham 
demokratik qadriyatlar qatoriga kiritish ham qiyin masaladir. Saylovlarni davlat va 
fuqarolik jamiyati o‘zaro muvozanatidagi holatlaridan kelib chiqib bir necha turlarga 
bo‘lish mumkin.  
Umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillardan biri quyidagicha 
ifodalanadi:«Demokratik idora etish erkin va adolatli saylovlar davomida muttasil 
ifodalanib boradigan xalq irodasiga asoslanad4. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi darajasini saylov huquqi prinsiplariga muvofiq 
ravishda, ya’ni ularda o‘tkazilgan saylov tizimini ifoda etuvchi saylovlarini tasniflash 
asosida belgilash mumkin. Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lingan juftlik asosida qabul qilingan tushunchalar u yoki bu mamlakatning 
demokratik rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Unga muvofiq saylovlar 
quyidagicha o‘tkazilishi mumkin: umumiy – chegaralangan (senzli) ; teng – noteng; 
to‘g‘ri – bilvosita; yashirin – ochiq ovoz berish. Bu saylovlar tasniflangan har bir 
juftlikning chap tomonidagi tushunchalarga amal qilgan mamlakatlarda demokratik 
qadriyatlar asosidagi saylovlar o‘tkazilishini bildiradi.  
Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo‘ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar 
rejimga xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar 
mazmuniga doir barcha asosiy qarorlar oldindan mamlakat siyosiy rahbariyati 
xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi saylovlarda deputatlar nomzodlari 
                                                           
4Парижская хартия для новой Европы, 21 ноября 1990 г.// Обязательства ОБСЕ в области человеческого измерения. 
Справочное пособие. –Варшава:БДИПЧ ОБСЕ, 2001. –С.258. 
  
saylovchi sifatida (faol saylov huquqi) yoki saylanuvchi sifatida (passiv saylov huquqi) qo‘llaniladi. Jamiyat a’zolarining davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan saylovlardagi keng ishtiroki demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismidir. Demokratik saylovlar davlat va jamiyatni va ularning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadlaridagi tarixiy rivojlanishning ziddiyatli izlanishlari natijasi o‘laroq paydo bo‘lgan institutdir. XX asrga kelib davlat hokimiyati organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy hayotidagi tabiiy bir jarayonga aylandi. Shu bilan birga, har qanday saylovlarni ham demokratik qadriyatlar qatoriga kiritish ham qiyin masaladir. Saylovlarni davlat va fuqarolik jamiyati o‘zaro muvozanatidagi holatlaridan kelib chiqib bir necha turlarga bo‘lish mumkin. Umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillardan biri quyidagicha ifodalanadi:«Demokratik idora etish erkin va adolatli saylovlar davomida muttasil ifodalanib boradigan xalq irodasiga asoslanad4. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi darajasini saylov huquqi prinsiplariga muvofiq ravishda, ya’ni ularda o‘tkazilgan saylov tizimini ifoda etuvchi saylovlarini tasniflash asosida belgilash mumkin. Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lingan juftlik asosida qabul qilingan tushunchalar u yoki bu mamlakatning demokratik rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Unga muvofiq saylovlar quyidagicha o‘tkazilishi mumkin: umumiy – chegaralangan (senzli) ; teng – noteng; to‘g‘ri – bilvosita; yashirin – ochiq ovoz berish. Bu saylovlar tasniflangan har bir juftlikning chap tomonidagi tushunchalarga amal qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar asosidagi saylovlar o‘tkazilishini bildiradi. Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo‘ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar mazmuniga doir barcha asosiy qarorlar oldindan mamlakat siyosiy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi saylovlarda deputatlar nomzodlari 4Парижская хартия для новой Европы, 21 ноября 1990 г.// Обязательства ОБСЕ в области человеческого измерения. Справочное пособие. –Варшава:БДИПЧ ОБСЕ, 2001. –С.258.
 
 
oshkor etilmaydi, ularning shaxsi va dasturlari to‘g‘risida saylovchilar yaxshi 
tasavvurga ega bo‘lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, 
balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoyon bo‘ladilar. 
Totalitar siyosiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o‘zining haqiqiy mazmunini 
turli usullar bilan niqoblab, «xalq irodasini», shuningdek «oliy darajadagi 
demokratiyaga mansub ekanligini» ifodalashga da’vogarlik qiladi. Bu siyosiy tizim 
demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib, umumxalq qo‘llab-quvvatlashi 
ko‘rinishini shakllantirishga intiladi. 
Saylovlarning ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zar 
muvozanat beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda 
saylovlar demokratik rejimlar chuqur ildiz otmagan, davlat yetakchilarining 
demokratik 
intilishlari 
antidemokratik 
kuchlar 
qarshiligiga 
uchraydigan 
mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda ko‘pincha xalq tomonidan 
saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o‘zining 
yashash qobiliyatini yo‘qotadi. 
 Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muammolari quyidagi ikki 
noma’lumli tenglamani yechish bilan bog‘liqdir: aholi qo‘llab-quvvatlashini 
yo‘qotish sharoitida oldingi rejimdan o‘tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida 
amalga oshirish. Bu murakkab vazifani hal etish o‘tish davri qator bosqichlarini 
siyosiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jarayonlari vositasida 
qulaylashtirishni talab etadi. Demokratiyaga bosqichma-bosqich o‘tish quyidagi turli 
darajalardagi davlat hokimiyati organlariga saylovlar bilan bog‘liqdir: o‘zini o‘zi 
boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; mintaqaviy darajalarda siyosiy 
partiyalar va harakatlarni shakllantirish va ularning rahbar organlarini saylash yo‘li 
bilan saylov oldi kurashlari uchun siyosiy kengliklarni shakllantirish; ijro hokimiyati 
rahbarlarini saylash; 
Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar 
vositasida ro‘y beradi. Avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muddati esa o‘n 
yilliklar, avlodlar almashinuvi va qator demokratik saylovlar bilan o‘lchanadi. 
Ko‘ppartiyaviylik amaliyoti tajribasining kamligi o‘zaro siyosiy chidamlilikni 
oshkor etilmaydi, ularning shaxsi va dasturlari to‘g‘risida saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo‘lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoyon bo‘ladilar. Totalitar siyosiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o‘zining haqiqiy mazmunini turli usullar bilan niqoblab, «xalq irodasini», shuningdek «oliy darajadagi demokratiyaga mansub ekanligini» ifodalashga da’vogarlik qiladi. Bu siyosiy tizim demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib, umumxalq qo‘llab-quvvatlashi ko‘rinishini shakllantirishga intiladi. Saylovlarning ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zar muvozanat beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda saylovlar demokratik rejimlar chuqur ildiz otmagan, davlat yetakchilarining demokratik intilishlari antidemokratik kuchlar qarshiligiga uchraydigan mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda ko‘pincha xalq tomonidan saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o‘zining yashash qobiliyatini yo‘qotadi. Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muammolari quyidagi ikki noma’lumli tenglamani yechish bilan bog‘liqdir: aholi qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotish sharoitida oldingi rejimdan o‘tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish. Bu murakkab vazifani hal etish o‘tish davri qator bosqichlarini siyosiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jarayonlari vositasida qulaylashtirishni talab etadi. Demokratiyaga bosqichma-bosqich o‘tish quyidagi turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga saylovlar bilan bog‘liqdir: o‘zini o‘zi boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; mintaqaviy darajalarda siyosiy partiyalar va harakatlarni shakllantirish va ularning rahbar organlarini saylash yo‘li bilan saylov oldi kurashlari uchun siyosiy kengliklarni shakllantirish; ijro hokimiyati rahbarlarini saylash; Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar vositasida ro‘y beradi. Avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muddati esa o‘n yilliklar, avlodlar almashinuvi va qator demokratik saylovlar bilan o‘lchanadi. Ko‘ppartiyaviylik amaliyoti tajribasining kamligi o‘zaro siyosiy chidamlilikni
 
 
(tolerantlikni) shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy demokratik shart-sharoitlarning 
noqulay bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, o‘tish davri muddatlari cho‘zilib 
boraveradi. 
Shuningdek, 
ba’zi 
mamlakatlarda 
shoshma-shosharlik 
bilan 
demokratiyaga tezlik bilan o‘tishga intilishlar ko‘pincha soxta demokratiya shaklidagi 
avtoritarizmni qayta tiklaydi5.  
Shuningdek, saylovlarga doir takomillashmagan qonunchilik, demokratik 
an’analar va saylovlarning borishi ustidan xalq nazoratining yetishmasligi davlat bilan 
fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun 
xarakterlidir. Bu kabi holatlar saylovlar natijalarini soxtalashtirishlarga olib kelishi 
ham muqarrardir. Shuning uchun ham bu mamlakatlar uchun har bir o‘tkazilgan 
haqiqiy demokratik saylovlar huquqiy davlat qurishning mashaqqatli yo‘lidagi kichik, 
lekin shu bilan birga, eng zaruriy bo‘lgan muhim qadamdir. 
Saylovlarning uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, ya’ni davlatlar fuqarolik 
jamiyatiga bo‘ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni 
rivojlantirishning muhim sharti – davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro 
muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning mavjudligidir. Ular o‘rtasida yuz 
berishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar qo‘rqitish intizomi va hukmronlik usullari bilan 
emas, balki qonun oldida mas’ul bo‘lgan davlat hokimiyati, huquqiy va siyosiy 
vositalar bilan muvofiqlashtiriladi. 
Turli 
mamlakatlardagi 
saylovlarda 
o‘zaro 
siyosiy 
muxolifatdoshlikka 
asoslangan demokratiya tabiatiga xos saylovlarning bir qancha umumiy tomonlari 
mavjuddir. Bular: hokimiyatga da’vogarlik turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro 
ishonch, idora etuvchi elitani erkin demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning 
an’anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi rivojlangan mamlakatlardagi 
saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-maqsadlilik 
xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siyosiy elitani 
shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda saylovlar 
aholiga rasmiy siyosat yo‘nalishlariga ta’sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ularni 
                                                           
5Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. –Москва: МГСУ: 
Союз, 1997. –С.254-256. 
  
(tolerantlikni) shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy demokratik shart-sharoitlarning noqulay bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, o‘tish davri muddatlari cho‘zilib boraveradi. Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda shoshma-shosharlik bilan demokratiyaga tezlik bilan o‘tishga intilishlar ko‘pincha soxta demokratiya shaklidagi avtoritarizmni qayta tiklaydi5. Shuningdek, saylovlarga doir takomillashmagan qonunchilik, demokratik an’analar va saylovlarning borishi ustidan xalq nazoratining yetishmasligi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Bu kabi holatlar saylovlar natijalarini soxtalashtirishlarga olib kelishi ham muqarrardir. Shuning uchun ham bu mamlakatlar uchun har bir o‘tkazilgan haqiqiy demokratik saylovlar huquqiy davlat qurishning mashaqqatli yo‘lidagi kichik, lekin shu bilan birga, eng zaruriy bo‘lgan muhim qadamdir. Saylovlarning uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, ya’ni davlatlar fuqarolik jamiyatiga bo‘ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni rivojlantirishning muhim sharti – davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning mavjudligidir. Ular o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar qo‘rqitish intizomi va hukmronlik usullari bilan emas, balki qonun oldida mas’ul bo‘lgan davlat hokimiyati, huquqiy va siyosiy vositalar bilan muvofiqlashtiriladi. Turli mamlakatlardagi saylovlarda o‘zaro siyosiy muxolifatdoshlikka asoslangan demokratiya tabiatiga xos saylovlarning bir qancha umumiy tomonlari mavjuddir. Bular: hokimiyatga da’vogarlik turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, idora etuvchi elitani erkin demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning an’anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi rivojlangan mamlakatlardagi saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-maqsadlilik xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siyosiy elitani shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda saylovlar aholiga rasmiy siyosat yo‘nalishlariga ta’sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ularni 5Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. –Москва: МГСУ: Союз, 1997. –С.254-256.
 
 
o‘zining manfaatlariga monandlashtira oladi. Natijada, davlat hokimiyati organlariga 
bo‘lgan saylovlar rasmiy va norasmiy sub’ektlarning o‘zaro hamkorlik qilishi 
legitimligini ta’minlaydi, bu jarayonlarda ijtimoiy tartibotning saqlanishiga va 
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishiladi. 
Fuqarolik jamiyati fuqarolarning o‘z irodalarini erkin ifodalashlariga, barcha 
markaziy organlarni xalq tomonidan saylanishi yo‘li bilan davlat hokimiyatida 
vakillik munosabatlarini shakllanishiga asoslangan liberal-demokratik yoki 
konstitutsion legitimlikning rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Legitimlikning bu 
kabi shakli g‘arb jamiyatlarining uzoq davrlar sotsioiqtisodiy va sotsiomadaniy 
evolyusiyasi natijasi o‘laroq shakllanib, u hozirgi davrda jahon taraqqiyotining 
yetakchi tamoyiliga aylandi6.  
Dunyoning ko‘plab demokratik mamlakatlari o‘zlarining Konstitutsiyalari yoki 
maxsus saylovlarga doir qonunlarida fuqarolarni yashirin ovoz berish orqali umumiy 
va teng saylovlar huquqlarini e’lon qilgan.  
Demokratik jamiyatda saylovlardagi kurashlar siyosiy partiya faoliyatining 
asosiy kurashlar maydoni hisoblanadi. Har bir partiya o‘z elektoratini ko‘paytirishga 
intiladi. Elektorat saylovlarda u yoki bu partiyaga ovoz beradigan saylovchilardir. 
Masalan, sotsial-demokratik partiyalar elektorati asosan ishchilar, ziyolilar, 
xizmatchilar, mayda mulkdorlardan iboratdir. AQSh demokratik partiyasi 
elektoratini, odatda, ko‘proq mamlakatning rangli aholisi tashkil etadi. Bir saylovdan 
keyingi saylovgacha u yoki bu partiyaning elektorati soni va sifati jihatlaridan 
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi 
Liberallar partiyasini ikkipartiyaviy tizimdan siqib chiqarganidan keyin leyboristlar 
elektorati liberallar hisobiga sezilarli darajada ko‘paydi.  
Hozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik 
majburiyati hamdir. Ba’zi mamlakatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ham jazo 
choralari 
belgilangan. 
Masalan, 
Belgiya, 
Niderlandiya, 
Avstraliya 
kabi 
mamlakatlarda jarima to‘lanadi. Pokistonda esa hattoki qamoq jazosi ham 
                                                           
6Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. –Москва: МГСУ: 
Союз, 1997. –С.257-258.  
o‘zining manfaatlariga monandlashtira oladi. Natijada, davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan saylovlar rasmiy va norasmiy sub’ektlarning o‘zaro hamkorlik qilishi legitimligini ta’minlaydi, bu jarayonlarda ijtimoiy tartibotning saqlanishiga va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishiladi. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning o‘z irodalarini erkin ifodalashlariga, barcha markaziy organlarni xalq tomonidan saylanishi yo‘li bilan davlat hokimiyatida vakillik munosabatlarini shakllanishiga asoslangan liberal-demokratik yoki konstitutsion legitimlikning rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Legitimlikning bu kabi shakli g‘arb jamiyatlarining uzoq davrlar sotsioiqtisodiy va sotsiomadaniy evolyusiyasi natijasi o‘laroq shakllanib, u hozirgi davrda jahon taraqqiyotining yetakchi tamoyiliga aylandi6. Dunyoning ko‘plab demokratik mamlakatlari o‘zlarining Konstitutsiyalari yoki maxsus saylovlarga doir qonunlarida fuqarolarni yashirin ovoz berish orqali umumiy va teng saylovlar huquqlarini e’lon qilgan. Demokratik jamiyatda saylovlardagi kurashlar siyosiy partiya faoliyatining asosiy kurashlar maydoni hisoblanadi. Har bir partiya o‘z elektoratini ko‘paytirishga intiladi. Elektorat saylovlarda u yoki bu partiyaga ovoz beradigan saylovchilardir. Masalan, sotsial-demokratik partiyalar elektorati asosan ishchilar, ziyolilar, xizmatchilar, mayda mulkdorlardan iboratdir. AQSh demokratik partiyasi elektoratini, odatda, ko‘proq mamlakatning rangli aholisi tashkil etadi. Bir saylovdan keyingi saylovgacha u yoki bu partiyaning elektorati soni va sifati jihatlaridan o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi Liberallar partiyasini ikkipartiyaviy tizimdan siqib chiqarganidan keyin leyboristlar elektorati liberallar hisobiga sezilarli darajada ko‘paydi. Hozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik majburiyati hamdir. Ba’zi mamlakatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ham jazo choralari belgilangan. Masalan, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda jarima to‘lanadi. Pokistonda esa hattoki qamoq jazosi ham 6Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. –Москва: МГСУ: Союз, 1997. –С.257-258.
 
 
qo‘llaniladi. Ayrim mamlakatlarda esa «to‘polonlarni oldini olish» maqsadlarida ovoz 
berish uchun har bir saylov okrugi bo‘yicha mavjud nomzodlar soni ancha 
chegaralangan.  
Ovoz berish yakunlari bo‘yicha saylovlar natijalarini aniqlash asosan ikkita katta 
saylov tizimi asosida kechadi: majoritar va proporsional tizimlar. Majoritar tizimda 
nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati qonunda belgilanganidek, eng ko‘p ovoz 
olgandagina u yoki bu saylanadigan vakillik organiga saylangan, deb hisoblanishi 
bilan tavsiflanadi. Ko‘pchilik ovoz olish ham har xil bo‘ladi. Mutlaq ko‘pchilikni 
(50%+1 ovoz) talab etuvchi saylov tizimlari ham uchraydi. Bunday tizim, jumladan, 
Avstraliyada amal qiladi. Majoritar tizimdagi saylovlarda muayyan ko‘pchilikning 
o‘z raqiblariga nisbatan ko‘proq ovoz olishi ular nomzodining g‘alaba qilganligini 
bildiradi. Bu kabi holat «marraga birinchi kelganlar tizimi», deb ham ataladi. Hozirgi 
vaqtda bunday tizim AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi 
mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ba’zan birdaniga majoritar tizimning ikki xil 
ko‘rinishi ham qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada parlamentga deputatlar saylashning 
birinchi bosqichida mutlaq ko‘pchilikning ovoz olish tizimiga amal qilinsa, ikkinchi 
bosqichda esa nisbatan ko‘pchilikning ovoz olish tizimi qo‘llaniladi.  
Saylovning proporsional tizimida berilgan ovozlarning miqdoridan kelib chiqib, 
barcha mandatlarning ana shu berilgan ovozlar o‘rtasida aniq proporsional 
taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu tizim hozirgi zamonda ancha keng tarqalgan. Masalan, 
G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha 
proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa 
ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir7.        
 Proporsional tizim ikki xil ko‘rinishga ega: birinchisi, umumdavlat darajasidagi 
proporsional saylov tizimi (saylovchilar butun mamlakat doirasida siyosiy partiyalar 
uchun ovoz beradilar, unda saylov okruglari belgilanmaydi); ikkinchisi, ko‘p mandatli 
okruglarga 
asoslangan 
proporsional 
saylov 
tizimi 
(deputatlik 
mandatlari 
partiyalarning saylov okruglariga nisbatan ta’siri asosida taqsimlanadi).  
                                                           
7Қаранг: Қирғизбоев М. Демократик сайловлар: халқаро тамойиллар ва миллий ўзлик. Демократлаштириш ва инсон 
ҳуқуқлари, 2000, №1-2. –Б. 44-48.  
qo‘llaniladi. Ayrim mamlakatlarda esa «to‘polonlarni oldini olish» maqsadlarida ovoz berish uchun har bir saylov okrugi bo‘yicha mavjud nomzodlar soni ancha chegaralangan. Ovoz berish yakunlari bo‘yicha saylovlar natijalarini aniqlash asosan ikkita katta saylov tizimi asosida kechadi: majoritar va proporsional tizimlar. Majoritar tizimda nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati qonunda belgilanganidek, eng ko‘p ovoz olgandagina u yoki bu saylanadigan vakillik organiga saylangan, deb hisoblanishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pchilik ovoz olish ham har xil bo‘ladi. Mutlaq ko‘pchilikni (50%+1 ovoz) talab etuvchi saylov tizimlari ham uchraydi. Bunday tizim, jumladan, Avstraliyada amal qiladi. Majoritar tizimdagi saylovlarda muayyan ko‘pchilikning o‘z raqiblariga nisbatan ko‘proq ovoz olishi ular nomzodining g‘alaba qilganligini bildiradi. Bu kabi holat «marraga birinchi kelganlar tizimi», deb ham ataladi. Hozirgi vaqtda bunday tizim AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ba’zan birdaniga majoritar tizimning ikki xil ko‘rinishi ham qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada parlamentga deputatlar saylashning birinchi bosqichida mutlaq ko‘pchilikning ovoz olish tizimiga amal qilinsa, ikkinchi bosqichda esa nisbatan ko‘pchilikning ovoz olish tizimi qo‘llaniladi. Saylovning proporsional tizimida berilgan ovozlarning miqdoridan kelib chiqib, barcha mandatlarning ana shu berilgan ovozlar o‘rtasida aniq proporsional taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu tizim hozirgi zamonda ancha keng tarqalgan. Masalan, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir7. Proporsional tizim ikki xil ko‘rinishga ega: birinchisi, umumdavlat darajasidagi proporsional saylov tizimi (saylovchilar butun mamlakat doirasida siyosiy partiyalar uchun ovoz beradilar, unda saylov okruglari belgilanmaydi); ikkinchisi, ko‘p mandatli okruglarga asoslangan proporsional saylov tizimi (deputatlik mandatlari partiyalarning saylov okruglariga nisbatan ta’siri asosida taqsimlanadi). 7Қаранг: Қирғизбоев М. Демократик сайловлар: халқаро тамойиллар ва миллий ўзлик. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари, 2000, №1-2. –Б. 44-48.
 
 
Majoritar va proporsional tizimlar o‘zining ham yutuq, ham kamchiliklariga 
egadir. Majoritar tizimning ijobiy xususiyatlari shundaki, unda samarali faoliyat 
yurituvchi va barqaror hukumatni shakllantirish imkoniyati borligi bilan izohlash 
mumkin. Shuningdek, u katta va yaxshi uyushtirilgan siyosiy partiyalar uchun 
saylovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkoniyatlarini beradi.  
Majoritar 
tizimning 
asosiy 
kamchiliklari 
quyidagilardir: 
mamlakat 
saylovchilarning ko‘pchilik qismi (ba’zan 50 % ga yaqin) hokimiyat organlarida o‘z 
vakillariga ega bo‘lmay qoladi; saylovlarda o‘z raqibiga nisbatan kam ovoz olgan 
partiya parlamentda ko‘pchilik deputatlik o‘rinlarga ega bo‘lib qolishi mumkin; 
saylovlarda bir xil yoki bir-biriga yaqin miqdorda ovoz olgan ikkita partiya hokimiyat 
organida bir xil bo‘lmagan miqdordagi nomzodlarni saylanishiga erishadilar (ba’zan, 
o‘z raqibiga nisbatan ko‘p ovoz olgan partiya bitta ham mandatga ega bo‘lmasligini 
kuzatish mumkin) . Shunday qilib, majoritar tizim biron-bir partiya yoki blok uchun 
vakillik organlarini saylashda ko‘pchilik ovozlarni va mandatlarni olishga yordam 
beradi.  
Proporsional tizimning ustun tomonlari to‘g‘risida quyidagilarni keltirish 
mumkin: uning yordamida jamiyat siyosiy hayotidagi siyosiy kuchlarni 
joylashishining haqiqiy va aniq manzaralarini ko‘rish mumkin. U fikrlar xilma-xilligi 
va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi 
uzviy aloqadorlikni ta’minlab beradi.  
Proporsional tizimning asosiy kamchiliklari esa quyidagilardir: hukumatni 
shakllantirishda murakkabliklar yuzaga keladi (sababi: biron-bir ustunlik qiladigan 
partiyaning 
yo‘qligi, 
har 
xil 
maqsad 
va 
muddaolardagi 
partiyalarning 
ko‘ppartiyaviylik asosidagi koalitsiyani tuzishga majbur bo‘lishi, bu esa hukumat 
beqarorligini keltirib chiqarishi); ovozlarning aniq nomzodlarga emas, balki 
partiyalarga berilishi, partiyalar bilan deputatlar o‘rtasidagi aloqaning sustligi; 
deputatlarning o‘z partiyalariga ancha bog‘liq bo‘lib qolishlari (bu kabi erkinlikning 
Majoritar va proporsional tizimlar o‘zining ham yutuq, ham kamchiliklariga egadir. Majoritar tizimning ijobiy xususiyatlari shundaki, unda samarali faoliyat yurituvchi va barqaror hukumatni shakllantirish imkoniyati borligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, u katta va yaxshi uyushtirilgan siyosiy partiyalar uchun saylovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkoniyatlarini beradi. Majoritar tizimning asosiy kamchiliklari quyidagilardir: mamlakat saylovchilarning ko‘pchilik qismi (ba’zan 50 % ga yaqin) hokimiyat organlarida o‘z vakillariga ega bo‘lmay qoladi; saylovlarda o‘z raqibiga nisbatan kam ovoz olgan partiya parlamentda ko‘pchilik deputatlik o‘rinlarga ega bo‘lib qolishi mumkin; saylovlarda bir xil yoki bir-biriga yaqin miqdorda ovoz olgan ikkita partiya hokimiyat organida bir xil bo‘lmagan miqdordagi nomzodlarni saylanishiga erishadilar (ba’zan, o‘z raqibiga nisbatan ko‘p ovoz olgan partiya bitta ham mandatga ega bo‘lmasligini kuzatish mumkin) . Shunday qilib, majoritar tizim biron-bir partiya yoki blok uchun vakillik organlarini saylashda ko‘pchilik ovozlarni va mandatlarni olishga yordam beradi. Proporsional tizimning ustun tomonlari to‘g‘risida quyidagilarni keltirish mumkin: uning yordamida jamiyat siyosiy hayotidagi siyosiy kuchlarni joylashishining haqiqiy va aniq manzaralarini ko‘rish mumkin. U fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlab beradi. Proporsional tizimning asosiy kamchiliklari esa quyidagilardir: hukumatni shakllantirishda murakkabliklar yuzaga keladi (sababi: biron-bir ustunlik qiladigan partiyaning yo‘qligi, har xil maqsad va muddaolardagi partiyalarning ko‘ppartiyaviylik asosidagi koalitsiyani tuzishga majbur bo‘lishi, bu esa hukumat beqarorligini keltirib chiqarishi); ovozlarning aniq nomzodlarga emas, balki partiyalarga berilishi, partiyalar bilan deputatlar o‘rtasidagi aloqaning sustligi; deputatlarning o‘z partiyalariga ancha bog‘liq bo‘lib qolishlari (bu kabi erkinlikning
 
 
chegaralanishi parlamentda qonunlar va muhim hujjatlar qabul qilish jarayonlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin)8.  
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib saylov tizimi o‘z taraqqiyoti va rivojlanish 
yo‘lida katta jarayonlarni bosib o‘tib, boy tajribalar to‘pladi. Majoritar va proporsional 
tizimlarning yaxshi tomonlari bir-biri bilan uyg‘unlasha boshladi. Aralash tizim 
doirasida ma’lum bir qism deputatlik mandatlari majoritar tamoyillar asosida 
taqsimlanishi, qolgan qism mandatlar esa proporsional tizim asosida taqsimlanishi 
rusumga kirdi. Saylov tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishda bu aralash 
saylov tizimi siyosiy barqarorlikka erishish yo‘lidagi eng samarali yo‘l ekanligini 
rivojlangan mamlakatlar tajribalari isbotlab bermoqda. 
 
1. Saylovlarning demokratik prinsiplari 
Demokratik saylovlarni vakillik mexanizmi sifatida amal qilishini betakror 
qadriyatga aylantirgan, umume’tirof etgan qator prinsiplar mavjud. Bu prinsiplar 
saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topadi va ular muhim inson huquqlaridan biri 
bo‘lgan – saylash huquqi yoki ovoz berish huquqini ta’minlaydi.  
Parlament demokratiyasiga asoslangan konstitutsiyaviy mamlakatlarda avvalo 
vakillik organlarini saylanish prinsipi va ularni shakllantirishdagi xalqning hech bir 
bo‘linmas huquqi har tomonlama mustahkamlanadi. Bu mamlakatlar konstitutsiya-
larida, odatda, saylovlarning umumiyligi prinsipi mazmuni ochib beriladi. Umumiylik 
prinsipi barcha aholini saylovchi sifatidagi faol huquqi, hokimiyat organlariga 
saylanish uchun saylovlarda nomzod sifatidagi passiv saylov huquqini anglatadi9.  
Bundan mustasnolik bir qancha senzlar bilan chegaralangan: balog‘atga 
yetmaganlarning yoshi, nomzodlarning yoshi sal kattaroq bo‘lishi; sud qarori bilan 
mustahkamlangan saylovlarda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lmagan ruhiy kasal 
fuqarolar. Shuningdek, ma’naviy senzlar ham mavjuddir: sud qarori bilan ozodlikdan 
mahrum etilgan shaxslar huquqi ham cheklanadi. Umume’tirof etilgan qoidalardan 
                                                           
8Қаранг: Саидов А.Х. Избирательное право в Республике Узбекистан. Вопросы реформы законодательство и зарубежный 
опыт.–Ташкент: Узбекистан, 1993. –С.9-11. 
9Руководство БДИПЧ по наблюдению за выборами. –Варшава: БДИПЧ ОБСЕ, 1999. –С.7-8. 
  
chegaralanishi parlamentda qonunlar va muhim hujjatlar qabul qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin)8. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib saylov tizimi o‘z taraqqiyoti va rivojlanish yo‘lida katta jarayonlarni bosib o‘tib, boy tajribalar to‘pladi. Majoritar va proporsional tizimlarning yaxshi tomonlari bir-biri bilan uyg‘unlasha boshladi. Aralash tizim doirasida ma’lum bir qism deputatlik mandatlari majoritar tamoyillar asosida taqsimlanishi, qolgan qism mandatlar esa proporsional tizim asosida taqsimlanishi rusumga kirdi. Saylov tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishda bu aralash saylov tizimi siyosiy barqarorlikka erishish yo‘lidagi eng samarali yo‘l ekanligini rivojlangan mamlakatlar tajribalari isbotlab bermoqda. 1. Saylovlarning demokratik prinsiplari Demokratik saylovlarni vakillik mexanizmi sifatida amal qilishini betakror qadriyatga aylantirgan, umume’tirof etgan qator prinsiplar mavjud. Bu prinsiplar saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topadi va ular muhim inson huquqlaridan biri bo‘lgan – saylash huquqi yoki ovoz berish huquqini ta’minlaydi. Parlament demokratiyasiga asoslangan konstitutsiyaviy mamlakatlarda avvalo vakillik organlarini saylanish prinsipi va ularni shakllantirishdagi xalqning hech bir bo‘linmas huquqi har tomonlama mustahkamlanadi. Bu mamlakatlar konstitutsiya- larida, odatda, saylovlarning umumiyligi prinsipi mazmuni ochib beriladi. Umumiylik prinsipi barcha aholini saylovchi sifatidagi faol huquqi, hokimiyat organlariga saylanish uchun saylovlarda nomzod sifatidagi passiv saylov huquqini anglatadi9. Bundan mustasnolik bir qancha senzlar bilan chegaralangan: balog‘atga yetmaganlarning yoshi, nomzodlarning yoshi sal kattaroq bo‘lishi; sud qarori bilan mustahkamlangan saylovlarda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo‘lmagan ruhiy kasal fuqarolar. Shuningdek, ma’naviy senzlar ham mavjuddir: sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar huquqi ham cheklanadi. Umume’tirof etilgan qoidalardan 8Қаранг: Саидов А.Х. Избирательное право в Республике Узбекистан. Вопросы реформы законодательство и зарубежный опыт.–Ташкент: Узбекистан, 1993. –С.9-11. 9Руководство БДИПЧ по наблюдению за выборами. –Варшава: БДИПЧ ОБСЕ, 1999. –С.7-8.
 
 
tashqari boshqa senzlarni o‘rnatish saylovlarning umumiylik prinsipini cheklaydi yoki 
uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi. 
Sobiq ittifoq qonunchiligiga binoan ma’lum sinflar va ijtimoiy tabaqalar saylov 
faolligini cheklovchi qator toifaviy – sinfiy senzlar mavjud edi. Ularning ro‘yxati va 
mazmuni davlat rivojlanishining turli bosqichlarida tez-tez o‘zgarib turdi. 
Jinsiy senz uzoq davrlar ayollarning saylovlardagi ishtirokini cheklab keldi 
(ba’zi musulmon mamlakatlarida hozirga qadar bu kabi senz saqlanib qolmoqda). 
Mulkiy senz esa kambag‘al fuqarolar faolligini hamon cheklamoqda. Qator 
mamlakatlarda o‘troqlik senzi migrantlarning saylov okrugida saylash va saylanish 
huquqini bir necha yillar davomida cheklaydi. 
Hozirgi davr demokratik saylovlar prinsiplaridan biri – teng saylov huquqi 
hisoblanadi. Uning amaldagi ifodasi shundan iboratki, qonun chiqaruvchi organga har 
bir deputat deyarli teng miqdordagi fuqarolar vakili hisoblanadi, shuningdek, har bir 
saylovchi umumiy saylov qarorlariga bir xilda ta’sir etish darajalariga ega bo‘ladi. Bu 
prinsipga amal qilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Mazkur prinsipga 
amal qilish saylov okruglari chegaralarini to‘g‘ri belgilash bilan bog‘liq. 
Teng saylov huquqi prinsipi yana bir qancha muhim talablarga itoat etishni 
taqozo etadi: nomzodlar ko‘rsatish davrida ular uchun teng imkoniyatlar yaratish, 
nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘iladigan ovozlarni va saylovoldi 
targ‘ibotlari imkoniyatlarining tengligi. Shuningdek, nomzodlarning moddiy 
imkoniyatlari turlicha ekanligi va ularning bu imkoniyatlaridan qanday darajada 
foydalanishlarini nazorat qilish mushkul ish ekanligiga e’tibor berilsa, bu yo‘nalishda 
tenglikni ta’minlash ko‘plab muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning 
uchun ham aksariyat mamlakatlarda nomzodlar moddiy shart-sharoitlari tengligini 
ta’minlash uchun saylov kampaniyalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga amal 
qilinadi. 
Demokratik saylovlarning yana bir mezonlaridan biri – saylovlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘tkazish prinsipi hisoblanadi. Parlament demokratiyasi rivojlangan 
mamlakatlarning ko‘pchiligida saylovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (delegatlar yoki 
vakillar vositasisiz) prezident, parlament va boshqa siyosiy hokimiyat organlarini 
tashqari boshqa senzlarni o‘rnatish saylovlarning umumiylik prinsipini cheklaydi yoki uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi. Sobiq ittifoq qonunchiligiga binoan ma’lum sinflar va ijtimoiy tabaqalar saylov faolligini cheklovchi qator toifaviy – sinfiy senzlar mavjud edi. Ularning ro‘yxati va mazmuni davlat rivojlanishining turli bosqichlarida tez-tez o‘zgarib turdi. Jinsiy senz uzoq davrlar ayollarning saylovlardagi ishtirokini cheklab keldi (ba’zi musulmon mamlakatlarida hozirga qadar bu kabi senz saqlanib qolmoqda). Mulkiy senz esa kambag‘al fuqarolar faolligini hamon cheklamoqda. Qator mamlakatlarda o‘troqlik senzi migrantlarning saylov okrugida saylash va saylanish huquqini bir necha yillar davomida cheklaydi. Hozirgi davr demokratik saylovlar prinsiplaridan biri – teng saylov huquqi hisoblanadi. Uning amaldagi ifodasi shundan iboratki, qonun chiqaruvchi organga har bir deputat deyarli teng miqdordagi fuqarolar vakili hisoblanadi, shuningdek, har bir saylovchi umumiy saylov qarorlariga bir xilda ta’sir etish darajalariga ega bo‘ladi. Bu prinsipga amal qilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Mazkur prinsipga amal qilish saylov okruglari chegaralarini to‘g‘ri belgilash bilan bog‘liq. Teng saylov huquqi prinsipi yana bir qancha muhim talablarga itoat etishni taqozo etadi: nomzodlar ko‘rsatish davrida ular uchun teng imkoniyatlar yaratish, nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘iladigan ovozlarni va saylovoldi targ‘ibotlari imkoniyatlarining tengligi. Shuningdek, nomzodlarning moddiy imkoniyatlari turlicha ekanligi va ularning bu imkoniyatlaridan qanday darajada foydalanishlarini nazorat qilish mushkul ish ekanligiga e’tibor berilsa, bu yo‘nalishda tenglikni ta’minlash ko‘plab muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham aksariyat mamlakatlarda nomzodlar moddiy shart-sharoitlari tengligini ta’minlash uchun saylov kampaniyalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga amal qilinadi. Demokratik saylovlarning yana bir mezonlaridan biri – saylovlarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘tkazish prinsipi hisoblanadi. Parlament demokratiyasi rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida saylovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (delegatlar yoki vakillar vositasisiz) prezident, parlament va boshqa siyosiy hokimiyat organlarini
 
 
saylaydilar. Shu bilan birga, ba’zan oz sonli maxsus saylovchilar saylov okrugidagi 
yoki mamlakatdagi barcha saylovchilar irodasini ifoda etishi asosida saylaydigan 
shaklan bilvosita, mazmunan bevosita saylovlar ham amaliyotda uchrab turadi. Bu 
kabi shaklan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan saylovlar AQSh prezidentini saylashda 
qo‘llaniladi. Lekin bu saylovlar mamlakatdagi barcha saylovchilar qarorini ozchilik 
maxsus saylovchilar tomonidan hech bir o‘zgarishlarsiz bajarish asosida ro‘y berishi 
e’tiborga olinsa, u ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlardan kam farq qiladi10. 
Ilgarilari bilvosita saylovlarni ko‘plab qo‘llash natijasida saylov jarayonlaridagi 
demokratik mazmun kamayib ketgan edi. Avvalo, bu kabi saylovlarni qo‘llash 
saylovchilar sonini kamaytirib, har bir fuqaroni saylovlarda ishtirok etishiga 
imkoniyatlar qoldirmas edi. Shuningdek, bu saylovlarda ishtirok etishni istamaydigan 
saylovchilar soni ham yildan-yilga ko‘payib bordi. Nomzodlar va ularning 
dasturlariga nisbatan e’tiborsizlik paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, bilvosita saylovlar 
siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kuchlar joylashuvini doimo soxtalashtirib, saylovchilarni 
erkin tanlash huquqlarini buzib keldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar esa barcha 
saylovchilarni ovoz berishda ishtirok etishiga imkoniyatlar yaratib, saylov 
kampaniyasini legitimlik asosida kechishini ta’minlab kelmoqda. 
Demokratik saylovlarning yana bir muhim prinsiplaridan biri musabaqadoshlik 
yoki o‘zaro raqobatdoshlik hisoblanadi. Ya’ni u saylovlarda turli xil ijtimoiy guruhlar 
yoki qatlamlar manfaatlarini ifodalovchi turli partiyalar va nomzodlarni ishtirok 
etishini anglatadi. Siyosiy partiyalar turli xil mafkura va turli ijtimoiy qatlamlar 
siyosiy manfaatlari asosida saylovlarga barcha toifadagi fuqarolarni jalb qilish 
imkoniyatlariga egadir. Ko‘ppartiyaviylik asosidagi raqobatdoshlik demokratiya 
rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, u turli ijtimoiy manfaatlarni tinch 
musabaqalashuv asosida ifodalashni ta’minlab, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy 
barqarorligiga katta hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, raqobatdoshlik asosidagi 
saylovlar turli o‘zaro ijtimoiy mojarolarning ham tinch yo‘l bilan barham topishiga 
imkoniyat yaratadi. 
                                                           
10Қаранг: Избирательное право и принципы его реализации. / Россия: партии, выборы, власть. Под ред. Краснова Б.И. –
Москва: 1996. –С.18-23.  
saylaydilar. Shu bilan birga, ba’zan oz sonli maxsus saylovchilar saylov okrugidagi yoki mamlakatdagi barcha saylovchilar irodasini ifoda etishi asosida saylaydigan shaklan bilvosita, mazmunan bevosita saylovlar ham amaliyotda uchrab turadi. Bu kabi shaklan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan saylovlar AQSh prezidentini saylashda qo‘llaniladi. Lekin bu saylovlar mamlakatdagi barcha saylovchilar qarorini ozchilik maxsus saylovchilar tomonidan hech bir o‘zgarishlarsiz bajarish asosida ro‘y berishi e’tiborga olinsa, u ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlardan kam farq qiladi10. Ilgarilari bilvosita saylovlarni ko‘plab qo‘llash natijasida saylov jarayonlaridagi demokratik mazmun kamayib ketgan edi. Avvalo, bu kabi saylovlarni qo‘llash saylovchilar sonini kamaytirib, har bir fuqaroni saylovlarda ishtirok etishiga imkoniyatlar qoldirmas edi. Shuningdek, bu saylovlarda ishtirok etishni istamaydigan saylovchilar soni ham yildan-yilga ko‘payib bordi. Nomzodlar va ularning dasturlariga nisbatan e’tiborsizlik paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, bilvosita saylovlar siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kuchlar joylashuvini doimo soxtalashtirib, saylovchilarni erkin tanlash huquqlarini buzib keldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar esa barcha saylovchilarni ovoz berishda ishtirok etishiga imkoniyatlar yaratib, saylov kampaniyasini legitimlik asosida kechishini ta’minlab kelmoqda. Demokratik saylovlarning yana bir muhim prinsiplaridan biri musabaqadoshlik yoki o‘zaro raqobatdoshlik hisoblanadi. Ya’ni u saylovlarda turli xil ijtimoiy guruhlar yoki qatlamlar manfaatlarini ifodalovchi turli partiyalar va nomzodlarni ishtirok etishini anglatadi. Siyosiy partiyalar turli xil mafkura va turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari asosida saylovlarga barcha toifadagi fuqarolarni jalb qilish imkoniyatlariga egadir. Ko‘ppartiyaviylik asosidagi raqobatdoshlik demokratiya rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo‘lib, u turli ijtimoiy manfaatlarni tinch musabaqalashuv asosida ifodalashni ta’minlab, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga katta hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, raqobatdoshlik asosidagi saylovlar turli o‘zaro ijtimoiy mojarolarning ham tinch yo‘l bilan barham topishiga imkoniyat yaratadi. 10Қаранг: Избирательное право и принципы его реализации. / Россия: партии, выборы, власть. Под ред. Краснова Б.И. – Москва: 1996. –С.18-23.
 
 
Barcha demokratik mamlakatlar tomonidan tan olingan prinsiplardan yana biri – 
yashirin ovoz berish hisoblanadi. Saylovlarda yashirin ovoz berish natijasida 
saylovchiga tashqaridan tazyiq yoki ta’sir o‘tkazishning oldi olinadi, har bir 
saylovchining erkin bo‘lishi, o‘z xohish-ixtiyorini amalga oshirishi uchun 
imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, saylovlar o‘tkazishdagi yana bir demokratik 
prinsip – saylovlar ustidan xalq nazoratini amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek, 
saylovlar kampaniyalarida milliy va xorijiy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov 
o‘tkazilayotgan davlatning obro‘-e’tiborini oshiradi. 
Demokratik mamlakatlardagi saylovlar o‘tkazish prinsiplaridan biri – 
saylovlarning erkinligi va ularda fuqarolarning ishtirok etishining ixtiyoriyligi 
hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati shundaki, hech kim fuqaroning saylovda erkin 
o‘z xohishini bildirishiga yoki saylovda ishtirok etishi va etmasligiga ta’sir o‘tkaza 
olmaydi. 
Demokratik saylovlarning yana bir prinsipi – nomzodlarning saylovoldi kurashi 
uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bu prinsip nomzodlardagi turli moddiy yoki 
siyosiy imkoniyatlar ularning ba’zilariga ustunliklar va imtiyozlar yaratilishini oldini 
olib, barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, yana bir 
prinsip – saylovlarni boshqa muddatlarga ko‘chirish yoki uni bekor qilishga yo‘l 
qo‘ymaslik maqsadidagi saylovlar muddatini cheklash prinsipi hisoblanadi. Chunki 
saylovlarni o‘tkazish muddati ayrim siyosiy kuchlar xohishiga bog‘liq bo‘lsa, 
saylovlar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotishi turgan gap. Saylovlarni aniq bir xil 
muddatlarda o‘tkazilishi saylovchilarning o‘z manfaatlari asosida hokimiyat 
organlarini o‘zgartirib turishiga keng imkoniyatlar yaratib beradi11.  
Demokratik saylovlar tamoyillari va bu sohada shakllangan qadriyatlarni tahlil 
etish natijasida fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri bo‘lgan – fuqarolarning 
siyosiy jarayonlardagi ishtirokining nechog‘li ahamiyat kasb etishiga doir xulosalar 
shakllanadi. BMTning «Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi»da 
ifodalangan «xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak», degan 
                                                           
11Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. – Москва: МГСУ: 
Союз, 1997. –С.261-266.  
Barcha demokratik mamlakatlar tomonidan tan olingan prinsiplardan yana biri – yashirin ovoz berish hisoblanadi. Saylovlarda yashirin ovoz berish natijasida saylovchiga tashqaridan tazyiq yoki ta’sir o‘tkazishning oldi olinadi, har bir saylovchining erkin bo‘lishi, o‘z xohish-ixtiyorini amalga oshirishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, saylovlar o‘tkazishdagi yana bir demokratik prinsip – saylovlar ustidan xalq nazoratini amalga oshirish hisoblanadi. Shuningdek, saylovlar kampaniyalarida milliy va xorijiy kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov o‘tkazilayotgan davlatning obro‘-e’tiborini oshiradi. Demokratik mamlakatlardagi saylovlar o‘tkazish prinsiplaridan biri – saylovlarning erkinligi va ularda fuqarolarning ishtirok etishining ixtiyoriyligi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati shundaki, hech kim fuqaroning saylovda erkin o‘z xohishini bildirishiga yoki saylovda ishtirok etishi va etmasligiga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Demokratik saylovlarning yana bir prinsipi – nomzodlarning saylovoldi kurashi uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bu prinsip nomzodlardagi turli moddiy yoki siyosiy imkoniyatlar ularning ba’zilariga ustunliklar va imtiyozlar yaratilishini oldini olib, barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, yana bir prinsip – saylovlarni boshqa muddatlarga ko‘chirish yoki uni bekor qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi saylovlar muddatini cheklash prinsipi hisoblanadi. Chunki saylovlarni o‘tkazish muddati ayrim siyosiy kuchlar xohishiga bog‘liq bo‘lsa, saylovlar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotishi turgan gap. Saylovlarni aniq bir xil muddatlarda o‘tkazilishi saylovchilarning o‘z manfaatlari asosida hokimiyat organlarini o‘zgartirib turishiga keng imkoniyatlar yaratib beradi11. Demokratik saylovlar tamoyillari va bu sohada shakllangan qadriyatlarni tahlil etish natijasida fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri bo‘lgan – fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokining nechog‘li ahamiyat kasb etishiga doir xulosalar shakllanadi. BMTning «Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi»da ifodalangan «xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak», degan 11Общая и прикладная политология: Учебное пособие. / Под общей редакцией В.И. Жукова, Б.И. Краснова. – Москва: МГСУ: Союз, 1997. –С.261-266.
 
 
demokratik qoida asosan saylovlar vositasida amalga oshirilib, unda jamiyat 
a’zolarining xohish-istaklari asosida siyosiy hokimiyatning shakllanishi ro‘y beradi. 
Ana shu qoidani amaliyotda qo‘llash natijasidagina fuqarolik jamiyatining hokimiyat 
organlari faoliyatini nazorat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, 
demokratik saylovlar fuqarolik jamiyati tarkibidagi ijtimoiy qatlamlar va 
guruhlarning manfaatlarini barq urishiga, bu manfaatlar qutqusi asosida siyosiy 
jarayonlarda faol ishtirok etishiga zamin tayyorlaydi. Umuman olganda, 
saylovlarning erkin va adolatli o‘tishi fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini 
bildiradi va unga yashovchanlik qobiliyatini baxsh etadi.  
 
3. O‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan saylovlar 
o‘tkazishning demokratik tamoyillari ham fuqarolik jamiyati yashovchanligini 
ta’minlay olish qobiliyatini o‘zida ifodalaydi. Ayniqsa, u mamlakatda demokratik 
saylov tizimining shakllanishi uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratib berishi 
bilan ajralib turadi. Mamlakatda shakllangan saylov tizimiga doir huquqiy asoslar 
parlament, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarini shakllantirish 
tamoyillari va fuqarolarning saylovlarda qatnashish huquqini, mamlakatda xalq 
hokimiyatini amalga oshirish va davlatning umuminsoniy manfaatlar tamoyillari 
asosida tashkil etishning muhim demokratik poydevoridir. 
Respublikada saylov tizimining huquqiy asoslari parlament va boshqa vakillik 
organlariga saylovlarda jamoatchilik fikrini har tomonlama aniqlash, nomzodlarning 
shaxsiy fazilatlarini bilish, saylovchilarning faqatgina ovoz berishgina emas, balki 
ularning saylov kampaniyasida bevosita ishtirok etishi uchun ham demokratik muhit 
yaratishga yo‘naltirilgandir.  
O‘zbekistonda shakllangan demokratik caylovlarning muhim demokratik 
tamoyillaridan biri shuki, mamlakat Prezidenti muqobillik asosida, bevosita 
saylovchilar tomonidan saylanadi. Shuningdek, Oliy Majlisning quyi palatasi – 
Qonunchilik palatasi deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan saylanishi an’anaga 
demokratik qoida asosan saylovlar vositasida amalga oshirilib, unda jamiyat a’zolarining xohish-istaklari asosida siyosiy hokimiyatning shakllanishi ro‘y beradi. Ana shu qoidani amaliyotda qo‘llash natijasidagina fuqarolik jamiyatining hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, demokratik saylovlar fuqarolik jamiyati tarkibidagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning manfaatlarini barq urishiga, bu manfaatlar qutqusi asosida siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga zamin tayyorlaydi. Umuman olganda, saylovlarning erkin va adolatli o‘tishi fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini bildiradi va unga yashovchanlik qobiliyatini baxsh etadi. 3. O‘zbekistonda demokratik saylovlar tizimining qaror topishi va rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan saylovlar o‘tkazishning demokratik tamoyillari ham fuqarolik jamiyati yashovchanligini ta’minlay olish qobiliyatini o‘zida ifodalaydi. Ayniqsa, u mamlakatda demokratik saylov tizimining shakllanishi uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratib berishi bilan ajralib turadi. Mamlakatda shakllangan saylov tizimiga doir huquqiy asoslar parlament, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarini shakllantirish tamoyillari va fuqarolarning saylovlarda qatnashish huquqini, mamlakatda xalq hokimiyatini amalga oshirish va davlatning umuminsoniy manfaatlar tamoyillari asosida tashkil etishning muhim demokratik poydevoridir. Respublikada saylov tizimining huquqiy asoslari parlament va boshqa vakillik organlariga saylovlarda jamoatchilik fikrini har tomonlama aniqlash, nomzodlarning shaxsiy fazilatlarini bilish, saylovchilarning faqatgina ovoz berishgina emas, balki ularning saylov kampaniyasida bevosita ishtirok etishi uchun ham demokratik muhit yaratishga yo‘naltirilgandir. O‘zbekistonda shakllangan demokratik caylovlarning muhim demokratik tamoyillaridan biri shuki, mamlakat Prezidenti muqobillik asosida, bevosita saylovchilar tomonidan saylanadi. Shuningdek, Oliy Majlisning quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan saylanishi an’anaga
 
 
aylandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, 
shahar va tuman xalq deputatlari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq tomonidan saylanadi. 
O‘zbekistonda saylovlar xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish zaruriyatidan 
kelib chiqib, unda xalq tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish va uning 
faoliyatini nazorat etishni xalqchillik asosida amalga oshirish maqsadlari 
mujassamlashgan. Shuningdek, saylovlar davrida «xalq davlat hokimiyatining birdan-
bir manbaidir»12, degan demokratik tamoyilni amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi.  
Fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroklari saylovlar davrida 
aniq va ravshan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 32-moddasida «bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, 
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi»13, deyiladi. Mazkur konstitutsiyaviy qoidadagi «davlat 
organlarini demokratik tarzda tashkil etish» so‘zining asl ma’nosi davlat organlarini 
xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishini anglatadi. 
O‘zbekistonda saylovlardagi tenglik huquqi tamoyili Konstitutsiyaning 117-
moddasida 
quyidagicha 
mustahkamlangan: 
«O‘zbekiston 
Respublikasining 
fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga 
egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini 
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. …Saylovlar umumiy, teng va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
o‘tkaziladi»14.  
O‘zbekistonda saylovlarning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlarda keng 
yoyilgan demokratik tamoyillar asosida shakllandi. 2003 yil 29 avgustda Oliy Majlis 
tomonidan 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi natijasida unga 
demokratik qadriyatlarga xos bo‘lgan yangi to‘ldirishlar va o‘zgartishlar kiritildi. 
1994 yil 5 mayda parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar 
saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, 
                                                           
12Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2012. –Б.4.  
13 Ўша жойда. –Б.8. 
14Ўша жойда. –Б. 32-33.  
aylandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, shahar va tuman xalq deputatlari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq tomonidan saylanadi. O‘zbekistonda saylovlar xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, unda xalq tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish va uning faoliyatini nazorat etishni xalqchillik asosida amalga oshirish maqsadlari mujassamlashgan. Shuningdek, saylovlar davrida «xalq davlat hokimiyatining birdan- bir manbaidir»12, degan demokratik tamoyilni amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi. Fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroklari saylovlar davrida aniq va ravshan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida «bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi»13, deyiladi. Mazkur konstitutsiyaviy qoidadagi «davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish» so‘zining asl ma’nosi davlat organlarini xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishini anglatadi. O‘zbekistonda saylovlardagi tenglik huquqi tamoyili Konstitutsiyaning 117- moddasida quyidagicha mustahkamlangan: «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. …Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi»14. O‘zbekistonda saylovlarning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlarda keng yoyilgan demokratik tamoyillar asosida shakllandi. 2003 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi natijasida unga demokratik qadriyatlarga xos bo‘lgan yangi to‘ldirishlar va o‘zgartishlar kiritildi. 1994 yil 5 mayda parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, 12Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2012. –Б.4. 13 Ўша жойда. –Б.8. 14Ўша жойда. –Б. 32-33.
 
 
2003 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonuniga 
(1994 yil 5 may) ham o‘zgartishlar va to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur qonunlar 
demokratik saylovlarni amalga oshirishning demokratik tamoyillari asosi sifatida 
katta sinovlardan o‘tdi.  
O‘zbekistonda Senatni shakllantirishda mahalliy vakillik organlariga Senat 
a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish vakolatlari berilishi – hududiy manfaatlarning 
qonunlarda ifodalanishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Shu bilan birga, mahalliy xalq 
deputatlarining Senat a’zolarini saylashda bevosita ishtirok etishi vakillik 
demokratiyasining shakllanishiga, shuningdek, ularning umummilliy davlat 
boshqaruvi faoliyatlarida bevosita ishtirok etishlari uchun huquqiy imkoniyatlar 
yaratdi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan xalq deputatlari Kengashlariga 
«saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston 
Respublikasi hududida muqim yashayotgan»15 fuqarolar saylanish huquqiga 
egadirlar. Oliy Majlis umumdavlat ahamiyatiga ega oliy qarorlar qabul qiluvchi organ 
bo‘lgani uchun ham Konstitutsiyada (77-modda) uning har ikkala palatasi – 
Qonunchilik palatasiga deputat va Senatga a’zo bo‘lib saylanish huquqini 25 yoshga 
to‘lgan fuqarolarga berilishi mustahkamlandi16. 
O‘zbekiston saylov tizimidagi teng saylov huquqi quyidagilarni anglatadi: «har 
bir fuqaro bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga 
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, 
mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar»17.  
To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi hokimiyat vakillik organlariga saylov 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini anglatadi: beistisno barcha Kengashlarning 
deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar18.  
                                                           
15Ўзбекистон Республикасининг «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги 
(ўзгартиришлар билан) Қонуни.//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами. –Т: ТДЮИ, 2004.–Б.38.  
16Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2012. –Б.15.  
17Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида”ги (янги таҳрири) 
Қонуни//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами.Тошкент:ТДЮИ,2004.–Б.6. 
18Ўша жойда. –Б.6.  
2003 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonuniga (1994 yil 5 may) ham o‘zgartishlar va to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur qonunlar demokratik saylovlarni amalga oshirishning demokratik tamoyillari asosi sifatida katta sinovlardan o‘tdi. O‘zbekistonda Senatni shakllantirishda mahalliy vakillik organlariga Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish vakolatlari berilishi – hududiy manfaatlarning qonunlarda ifodalanishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Shu bilan birga, mahalliy xalq deputatlarining Senat a’zolarini saylashda bevosita ishtirok etishi vakillik demokratiyasining shakllanishiga, shuningdek, ularning umummilliy davlat boshqaruvi faoliyatlarida bevosita ishtirok etishlari uchun huquqiy imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan xalq deputatlari Kengashlariga «saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan»15 fuqarolar saylanish huquqiga egadirlar. Oliy Majlis umumdavlat ahamiyatiga ega oliy qarorlar qabul qiluvchi organ bo‘lgani uchun ham Konstitutsiyada (77-modda) uning har ikkala palatasi – Qonunchilik palatasiga deputat va Senatga a’zo bo‘lib saylanish huquqini 25 yoshga to‘lgan fuqarolarga berilishi mustahkamlandi16. O‘zbekiston saylov tizimidagi teng saylov huquqi quyidagilarni anglatadi: «har bir fuqaro bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadirlar»17. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi hokimiyat vakillik organlariga saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini anglatadi: beistisno barcha Kengashlarning deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar18. 15Ўзбекистон Республикасининг «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги (ўзгартиришлар билан) Қонуни.//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами. –Т: ТДЮИ, 2004.–Б.38. 16Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Тошкент: Ўзбекистон, 2012. –Б.15. 17Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида”ги (янги таҳрири) Қонуни//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами.Тошкент:ТДЮИ,2004.–Б.6. 18Ўша жойда. –Б.6.
 
 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) 
Qonunning 5-moddasida saylovlarda yashirin ovoz berish qoidasi quyidagicha 
ifodalangan: «Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz 
beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi»19. 
O‘zbekistonda boshqa quyi vakillik organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarda 
ham yashirin ovoz berish tamoyili mustahkamlandi.  
Milliy mustaqillik yillarida mahalliy vakillik organlariga saylovlarga doir 
huquqiy asoslar ham takomillashdi. O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari 
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunining (1994 y. 5 
may) 1-moddasida O‘zbekistonda mahalliy vakillik organlariga saylov o‘tkazishning 
asosiy tamoyillari demokratik qadriyatlar talablari darajasida belgilab qo‘yildi: «Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli 
saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
saylanadilar»20. 
Demak, O‘zbekistonda vakillik organlariga saylovlarning huquqiy asoslari 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati talablari darajasida ifodalanmoqda. 
Vakillik organlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan 
ko‘rsatilishi bu organlarning quyidagi demokratik qadriyatlar asosida faoliyat 
ko‘rsatishiga shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratadi: 
-ularning nisbatan mustaqil qarorlar kabul qilishlari va mahalliy ijroiya 
hokimiyati faoliyatini xolisona baholashlari; 
-jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlari va siyosiy 
irodalarini vakillik organlarida ifodalash, ular qarorlarida aks ettirish; 
-vakillik organlaridagi turli partiyaviy fraksiyalar o‘rtasidagi muloqotlar, bahs va 
munozaralar asosida pishiq va puxta qarorlar qabul qilish; 
                                                           
19Ўша жойда. –Б.6.  
20Ўзбекистон Республикасининг «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги 
(ўзгартиришлар билан) Қонуни.//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами. Тошкент: ТДЮИ, 2004.–Б.38. 
  
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 5-moddasida saylovlarda yashirin ovoz berish qoidasi quyidagicha ifodalangan: «Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi»19. O‘zbekistonda boshqa quyi vakillik organlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarda ham yashirin ovoz berish tamoyili mustahkamlandi. Milliy mustaqillik yillarida mahalliy vakillik organlariga saylovlarga doir huquqiy asoslar ham takomillashdi. O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunining (1994 y. 5 may) 1-moddasida O‘zbekistonda mahalliy vakillik organlariga saylov o‘tkazishning asosiy tamoyillari demokratik qadriyatlar talablari darajasida belgilab qo‘yildi: «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar»20. Demak, O‘zbekistonda vakillik organlariga saylovlarning huquqiy asoslari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati talablari darajasida ifodalanmoqda. Vakillik organlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilishi bu organlarning quyidagi demokratik qadriyatlar asosida faoliyat ko‘rsatishiga shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratadi: -ularning nisbatan mustaqil qarorlar kabul qilishlari va mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatini xolisona baholashlari; -jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlari va siyosiy irodalarini vakillik organlarida ifodalash, ular qarorlarida aks ettirish; -vakillik organlaridagi turli partiyaviy fraksiyalar o‘rtasidagi muloqotlar, bahs va munozaralar asosida pishiq va puxta qarorlar qabul qilish; 19Ўша жойда. –Б.6. 20Ўзбекистон Республикасининг «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги (ўзгартиришлар билан) Қонуни.//Ўзбекистон Республикасининг сайлов қонунлар тўплами. Тошкент: ТДЮИ, 2004.–Б.38.
 
 
-saylovchilarning nomzodlar orasidan o‘zlariga munosiblarini tanlash huquqini 
ro‘yobga chiqarish; 
-xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga siyosiy partiyalar 
faoliyatida ishtirok etgan, oldindan saylovchilar «tanlovi»dan o‘tgan, tajribali va 
xalqchil nomzodlarni deputat bo‘lib saylanishlariga imkoniyat yaratish. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, 
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlar va 
to‘ldirishlar, «Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risida»gi 
qonunning qabul qilinishi bilan mahalliy vakillik organlarini saylash jarayonlarini 
demokratik prinsiplar asosida tashkil etish shart-sharoitlari shakllandi. Mahalliy 
vakillik organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning ishtirok etishi uchun keng 
imkoniyatlar yaratildi.  
Mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
saylovlarga 
doir 
qonunchilikni 
takomillashtirish jarayonlari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish, fuqarolar 
erkinligi va haq-huquqlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqlikdagi o‘zgarishlardir. 
Mahalliy vakillik organlarini saylash kampaniyalarida siyosiy partiyalar, jamoat va 
nodavlat tashkilotlar, fuqarolar faolligini oshirish, bu jarayonlarning demokratik 
qadriyatlar asosida kechishini ta’minlash uchun saylov tizimini fuqarolar huquqlari 
va manfaatlarini himoya qilish bilan uyg‘unlashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan 
huquqiy asoslarni rivojlantirilishi – fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan belgilardan 
biridir. 
O‘zbekiston parlamentiga demokratik tamoyillar asosidagi saylovlar ilk bor 
1994 yil 25 dekabrda o‘tkazildi. Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga o‘tkazilgan birinchi saylov mamlakatda tobora taraqqiy topayotgan 
demokratik jarayonlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Ko‘ppartiyaviylik va muqobillik 
asosida o‘tgan saylovlarda fuqarolarning huquqlari har jihatdan qadrlandi21.  
1999 yil 5 dekabrda bo‘lib o‘tgan demokratik qadriyatlar asosidagi saylovga 
tayyorgarlik ko‘rishga doir tashkiliy-ommaviy ishlar natijasida mamlakatda 250 ta 
hududiy saylov okruglari tuzildi, 7723 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Okrug va 
                                                           
21Қаранг: Файзиев М. Сайлов тизими. //Ўзбекистон Республикаси: Энциклопедия. –Т: Ўзбекистон,1997. –Б. 196-197.  
-saylovchilarning nomzodlar orasidan o‘zlariga munosiblarini tanlash huquqini ro‘yobga chiqarish; -xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirok etgan, oldindan saylovchilar «tanlovi»dan o‘tgan, tajribali va xalqchil nomzodlarni deputat bo‘lib saylanishlariga imkoniyat yaratish. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlar va to‘ldirishlar, «Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan mahalliy vakillik organlarini saylash jarayonlarini demokratik prinsiplar asosida tashkil etish shart-sharoitlari shakllandi. Mahalliy vakillik organlarini shakllantirishda siyosiy partiyalarning ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan saylovlarga doir qonunchilikni takomillashtirish jarayonlari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish, fuqarolar erkinligi va haq-huquqlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqlikdagi o‘zgarishlardir. Mahalliy vakillik organlarini saylash kampaniyalarida siyosiy partiyalar, jamoat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar faolligini oshirish, bu jarayonlarning demokratik qadriyatlar asosida kechishini ta’minlash uchun saylov tizimini fuqarolar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan uyg‘unlashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan huquqiy asoslarni rivojlantirilishi – fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan belgilardan biridir. O‘zbekiston parlamentiga demokratik tamoyillar asosidagi saylovlar ilk bor 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazildi. Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga o‘tkazilgan birinchi saylov mamlakatda tobora taraqqiy topayotgan demokratik jarayonlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tgan saylovlarda fuqarolarning huquqlari har jihatdan qadrlandi21. 1999 yil 5 dekabrda bo‘lib o‘tgan demokratik qadriyatlar asosidagi saylovga tayyorgarlik ko‘rishga doir tashkiliy-ommaviy ishlar natijasida mamlakatda 250 ta hududiy saylov okruglari tuzildi, 7723 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Okrug va 21Қаранг: Файзиев М. Сайлов тизими. //Ўзбекистон Республикаси: Энциклопедия. –Т: Ўзбекистон,1997. –Б. 196-197.
 
 
uchastka saylov komissiyalari tarkibida 100 mingdan ziyod mas’ul faollar faoliyat 
ko‘rsatdilar. Saylov huquqiga ega bo‘lgan 12,5 milliondan ortiq fuqarolarning 
ro‘yxati tuzildi.  
Saylov jarayonlari natijalariga binoan (2000 yanvardagi holat) O‘zbekiston Xalq 
demokratik partiyasidan 48 ta, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20 ta, «Milliy 
tiklanish» demokratik partiyasidan 10 ta, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 11 
ta, «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasidan 34 ta, saylovchilar tashabbuskor 
guruhlaridan 16 ta, hokimiyat vakillik organlaridan 110 ta deputatlar saylandilar. 
Ularning 18 tasi ayollardan iborat bo‘ldi. 
Shuningdek, 1999 yil 5 dekabrda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat, tuman 
va shahar Kengashlariga saylovlar ham demokratik tamoyillar asosida o‘tkazildi. Bu 
saylovlarda 5 ta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar 
tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishning qonuniy asoslari 
o‘rnatilib, unda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlar o‘z vakillarining deputat bo‘lib 
saylanishlari uchun kurashdilar22. 
2000 yil 9 yanvarda mamlakatimizda o‘tkazilgan Prezidentlik saylovi ham 
demokratik tamoyillar - ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkazildi. 
Nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari oshkoralik va teng huquqlilik asosida olib 
borildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yuksak darajada o‘tishi 
uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.  
O‘tkazilgan Prezidentlik saylovi natijalari quyidagicha bo‘ldi: saylovda 
12746.903 saylov huquqiga ega fuqarolardan 12123.199 ta saylovchilar ishtirok etdi. 
«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug‘anievich Karimov 
uchun 11147.621 saylovchi, ya’ni saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdilar. 
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Abdulhafiz Marahimovich Jalolov 
uchun 505.161 saylovchi, ya’ni saylovchilarning 4,17 foizi ovoz berdi23. 
O‘zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanishiga uyg‘un ravishda 
fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati ham yuksalib bordi. Ayniqsa, 
                                                           
22Қирғизбоев М. Сайловлар: хорижий тажриба ва амалиёт. Миллий тикланиш, 2003, 27 май.   
23Демократик сайловлар. Адолат, 2003, 24 окт.  
uchastka saylov komissiyalari tarkibida 100 mingdan ziyod mas’ul faollar faoliyat ko‘rsatdilar. Saylov huquqiga ega bo‘lgan 12,5 milliondan ortiq fuqarolarning ro‘yxati tuzildi. Saylov jarayonlari natijalariga binoan (2000 yanvardagi holat) O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 48 ta, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20 ta, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan 10 ta, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 11 ta, «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasidan 34 ta, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan 16 ta, hokimiyat vakillik organlaridan 110 ta deputatlar saylandilar. Ularning 18 tasi ayollardan iborat bo‘ldi. Shuningdek, 1999 yil 5 dekabrda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar ham demokratik tamoyillar asosida o‘tkazildi. Bu saylovlarda 5 ta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishning qonuniy asoslari o‘rnatilib, unda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlar o‘z vakillarining deputat bo‘lib saylanishlari uchun kurashdilar22. 2000 yil 9 yanvarda mamlakatimizda o‘tkazilgan Prezidentlik saylovi ham demokratik tamoyillar - ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tkazildi. Nomzodlarning saylovoldi tashviqotlari oshkoralik va teng huquqlilik asosida olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yuksak darajada o‘tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘tkazilgan Prezidentlik saylovi natijalari quyidagicha bo‘ldi: saylovda 12746.903 saylov huquqiga ega fuqarolardan 12123.199 ta saylovchilar ishtirok etdi. «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug‘anievich Karimov uchun 11147.621 saylovchi, ya’ni saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdilar. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Abdulhafiz Marahimovich Jalolov uchun 505.161 saylovchi, ya’ni saylovchilarning 4,17 foizi ovoz berdi23. O‘zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanishiga uyg‘un ravishda fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati ham yuksalib bordi. Ayniqsa, 22Қирғизбоев М. Сайловлар: хорижий тажриба ва амалиёт. Миллий тикланиш, 2003, 27 май. 23Демократик сайловлар. Адолат, 2003, 24 окт.
 
 
mustaqillik yillarida fuqarolarning saylovlardagi ishtirokining faolligi, ularning 
saylovlarga nisbatan munosabatlarining o‘zgarib borishi, xalqning demokratik 
qadriyatlarni o‘z turmush tarziga singdirib borishi aniq sezildi.  
2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik 
organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlar jarayonlari Konstitutsiya va qonunlar 
talablari darajasida o‘tkazildi. Qonunlarga kiritilgan yangiliklar – viloyat, tuman va 
shahar xalq deputatlari Kengashlarining parlament quyi palatasiga deputatlikka 
nomzodlar ko‘rsatish huquqining qonundan chiqarilishi, siyosiy partiyalar 
deputatlikka nomzodlari ro‘yxatida xotin-qizlarning kamida 30 foiz bo‘lishi shart etib 
qo‘yilishi, shuningdek siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirishga doir maxsus 
qonunning qabul qilinishi saylovlarning demokratik mazmunini yanada boyitdi. 
Saylovda Parlament Qonunchilik palatasidagi 120 ta deputatlik o‘rinlariga 489 
nomzod ko‘rsatildi. Jumladan, siyosiy partiyalardan – 435 nomzod va 
saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan – 54 nomzod saylovlarda deputatlik 
o‘rinlari uchun kurashdilar. Saylovda 12197159 (barcha saylovchilarning 85,1 foizi) 
saylovchilar qatnashdi. 
O‘tkazilgan saylovlar natijasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 
Qonunchilik palatasidagi 41 o‘rinni (34,2 %) egalladi. O‘zbekiston Xalq demokratik 
partiyasidan 28 ta deputat (23,3 %) saylandi. Shuningdek, «Fidokorlar» milliy 
demokratik partiyasining 18 ta nomzodi (15,0 %) , «Milliy tiklanish» demokratik 
partiyasining 11 ta nomzodi (9,2 %) , «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 10 ta 
nomzodi (8,3 %) Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi24. 
Saylov okruglarining deyarli 77 foizida bir deputatlik mandati uchun 4-6 ta 
nomzodlar o‘zaro kurash olib bordi. Saylov kampaniyasidagi o‘zaro bahs-
munozaralar, shuningdek ovoz berish natijalari shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar 
ko‘proq saylovoldi dasturlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf 
etishga qaratilgan, demokratik islohotlar tarafdori bo‘lgan nomzodlar uchun xayrixoh 
bo‘ldilar. Bu saylovda oldingi parlamentning faqat 18 ta sobiq deputati Qonunchilik 
palatasi deputati etib saylandi. 
                                                           
24Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси Ахборотномаси.№ 1-2 (11-1),2005.–Б.92-97,107-113.  
mustaqillik yillarida fuqarolarning saylovlardagi ishtirokining faolligi, ularning saylovlarga nisbatan munosabatlarining o‘zgarib borishi, xalqning demokratik qadriyatlarni o‘z turmush tarziga singdirib borishi aniq sezildi. 2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlar jarayonlari Konstitutsiya va qonunlar talablari darajasida o‘tkazildi. Qonunlarga kiritilgan yangiliklar – viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining parlament quyi palatasiga deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqining qonundan chiqarilishi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlari ro‘yxatida xotin-qizlarning kamida 30 foiz bo‘lishi shart etib qo‘yilishi, shuningdek siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirishga doir maxsus qonunning qabul qilinishi saylovlarning demokratik mazmunini yanada boyitdi. Saylovda Parlament Qonunchilik palatasidagi 120 ta deputatlik o‘rinlariga 489 nomzod ko‘rsatildi. Jumladan, siyosiy partiyalardan – 435 nomzod va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan – 54 nomzod saylovlarda deputatlik o‘rinlari uchun kurashdilar. Saylovda 12197159 (barcha saylovchilarning 85,1 foizi) saylovchilar qatnashdi. O‘tkazilgan saylovlar natijasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qonunchilik palatasidagi 41 o‘rinni (34,2 %) egalladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 28 ta deputat (23,3 %) saylandi. Shuningdek, «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining 18 ta nomzodi (15,0 %) , «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 11 ta nomzodi (9,2 %) , «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 10 ta nomzodi (8,3 %) Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi24. Saylov okruglarining deyarli 77 foizida bir deputatlik mandati uchun 4-6 ta nomzodlar o‘zaro kurash olib bordi. Saylov kampaniyasidagi o‘zaro bahs- munozaralar, shuningdek ovoz berish natijalari shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar ko‘proq saylovoldi dasturlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan, demokratik islohotlar tarafdori bo‘lgan nomzodlar uchun xayrixoh bo‘ldilar. Bu saylovda oldingi parlamentning faqat 18 ta sobiq deputati Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. 24Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси Ахборотномаси.№ 1-2 (11-1),2005.–Б.92-97,107-113.
 
 
Saylovda siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlarning 32 mingdan ortiq 
kuzatuvchilari saylov kampaniyasida faol ishtirok etdi. Ularning saylov 
qonunchiligiga qat’iy amal qilishni ta’minlashdagi hissasi katta bo‘ldi. Saylov 
qonunchiligiga yangi kiritilgan – siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlarining 
kamida 30 foizi xotin-qizlar bo‘lishini shart qilib qo‘yilganligi o‘zining ijobiy 
natijasini berdi. Qonunchilik palatasiga 159 ta xotin-qizlarning nomzodlari qo‘yilib, 
ular o‘zlarining faolligini namoyish etdi. 21 ta ayol (17,5 %) Qonunchilik palatasi 
deputatligiga saylandi. 2004 yil 26 dekabrdagi, shuningdek, 2005 yil 9 yanvardagi 
takroriy saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
120 deputatdan iborat tarkibda saylandi25. 
O‘zbekistonda mustaqillik davrida o‘tkazilgan saylovlar natijalarining tahlili 
shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda demokratik qadriyatlarni milliy an’analar bilan 
uyg‘unlashtirish asosidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Mamlakatdagi 
saylovlarga doir qonunchilik asoslariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 
sonining 120 tadan 150 taga oshirilishi, jumladan, O‘zbekiston ekologiya harakatiga 
o‘zining 15 ta vakilini Qonunchilik palatasi tarkibiga deputat qilib kiritish huquqining 
berilishi, 2009 yil 27 dekabrdagi saylovda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi 
deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqini faqat 4 ta siyosiy partiyalarga berilishi 
(bu saylovda tashabbuskorlar guruhlaridan Qonunchilik palatasi deputatligiga 
nomzodlar ko‘rsatish huquqining bekor qilinishi) Qonunchilik palatasining yangi 
tarkibini yanada sifatli bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, siyosiy partiyalarning 
saylovchilar irodasini qonunlarda yanada ko‘proq ifodalay olishlari uchun huquqiy va 
siyosiy shart-sharoitlar yaratdi. 
2009 yil 27 dekabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovda 
bir deputatlik mandati uchun 99 ta saylov okrugida 4 nafardan nomzod, 36 ta saylov 
okrugida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi. Mamlakat bo‘yicha ro‘yxatga olingan 
17 mln. 215700 nafar saylovchidan 15 mln. 108 mingdan ortiq yoki saylovchilarning 
87,8 foizi qatnashdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 96 ta saylov okrugida O‘zbekiston 
                                                           
25Мустафоев Б. Ўзбекистон парламенти сайлови якунлари.//Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси 
Ахборотномаси. № 1-2 (11-1) , 2005.–Б.30-32.  
Saylovda siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlarning 32 mingdan ortiq kuzatuvchilari saylov kampaniyasida faol ishtirok etdi. Ularning saylov qonunchiligiga qat’iy amal qilishni ta’minlashdagi hissasi katta bo‘ldi. Saylov qonunchiligiga yangi kiritilgan – siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar bo‘lishini shart qilib qo‘yilganligi o‘zining ijobiy natijasini berdi. Qonunchilik palatasiga 159 ta xotin-qizlarning nomzodlari qo‘yilib, ular o‘zlarining faolligini namoyish etdi. 21 ta ayol (17,5 %) Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi. 2004 yil 26 dekabrdagi, shuningdek, 2005 yil 9 yanvardagi takroriy saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 120 deputatdan iborat tarkibda saylandi25. O‘zbekistonda mustaqillik davrida o‘tkazilgan saylovlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda demokratik qadriyatlarni milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish asosidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Mamlakatdagi saylovlarga doir qonunchilik asoslariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari sonining 120 tadan 150 taga oshirilishi, jumladan, O‘zbekiston ekologiya harakatiga o‘zining 15 ta vakilini Qonunchilik palatasi tarkibiga deputat qilib kiritish huquqining berilishi, 2009 yil 27 dekabrdagi saylovda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqini faqat 4 ta siyosiy partiyalarga berilishi (bu saylovda tashabbuskorlar guruhlaridan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining bekor qilinishi) Qonunchilik palatasining yangi tarkibini yanada sifatli bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, siyosiy partiyalarning saylovchilar irodasini qonunlarda yanada ko‘proq ifodalay olishlari uchun huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratdi. 2009 yil 27 dekabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovda bir deputatlik mandati uchun 99 ta saylov okrugida 4 nafardan nomzod, 36 ta saylov okrugida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi. Mamlakat bo‘yicha ro‘yxatga olingan 17 mln. 215700 nafar saylovchidan 15 mln. 108 mingdan ortiq yoki saylovchilarning 87,8 foizi qatnashdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 96 ta saylov okrugida O‘zbekiston 25Мустафоев Б. Ўзбекистон парламенти сайлови якунлари.//Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси Ахборотномаси. № 1-2 (11-1) , 2005.–Б.30-32.
 
 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha 39 ta saylov 
okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozni to‘play 
olmaganligi uchun mazkur okruglarda takroriy ovoz berishni 2010 yil 10 yanvarda 
o‘tkazildi. 2009 yil 27 dekabrdagi va 2010 yil 10 yanvardagi saylovlar natijalariga 
binoan saylangan deputatlarning 53 tasi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – 
O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 31 tasi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” 
demokratik partiyasidan, 32 tasi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan va 19 
tasi – O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi ko‘rsatgan nomzodlardan 
iborat edi. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik harakatining Konferensiyasida 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 15 nafar deputati 
saylandi. Hammasi bo‘lib 150 ta deputat saylandi. 
2009 yil 27 dekabrda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shahar va 
tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga o‘tkazilgan saylovlarda saylangan 
deputatlarning 2054 tasi (33,5 %) – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – 
O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 936 tasi (15,2 %) – O‘zbekiston “Milliy 
tiklanish” demokratik partiyasidan, 2575 tasi (41,9 %) – O‘zbekiston Xalq demokratik 
partiyasidan, 443 tasi (7,2 %) – O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi 
ko‘rsatgan nomzodlardan iborat edi. Shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari nomzodlaridan 131 tasi (2,1 %) deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi26.  
Mamlakat tarixida ikkinchi marta prarlamentning yuqori palatasi – Oliy Majlis 
Senatiga saylovlar o‘tkazildi. 2009 yil yanvar oyida Oliy Majlis Senatiga vakillik 
organlari – Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar xalq 
deputatlari ishtirokida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu 
saylovlar kampaniyasida mahalliy deputatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Senati a’zolari – 84 ta senatorlar saylandi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Oliy Majlis Senatining 16 ta a’zosi 
tayinlandi. 
                                                           
26Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлoв кoмиссияси жорий архиви. Ўзбeкистoн Рeспубликаси Oлий Мажлиси 
Қoнунчилик палатаси ва Қорақалпоғистон Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар, шаҳар ва туманлар халқ депутатлари 
Кенгашларига ўтказилган сайловлар якунлари. 19.01.2010. –Б. 2-6.  
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha 39 ta saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozni to‘play olmaganligi uchun mazkur okruglarda takroriy ovoz berishni 2010 yil 10 yanvarda o‘tkazildi. 2009 yil 27 dekabrdagi va 2010 yil 10 yanvardagi saylovlar natijalariga binoan saylangan deputatlarning 53 tasi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 31 tasi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 32 tasi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan va 19 tasi – O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi ko‘rsatgan nomzodlardan iborat edi. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik harakatining Konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 15 nafar deputati saylandi. Hammasi bo‘lib 150 ta deputat saylandi. 2009 yil 27 dekabrda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga o‘tkazilgan saylovlarda saylangan deputatlarning 2054 tasi (33,5 %) – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 936 tasi (15,2 %) – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 2575 tasi (41,9 %) – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan, 443 tasi (7,2 %) – O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi ko‘rsatgan nomzodlardan iborat edi. Shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari nomzodlaridan 131 tasi (2,1 %) deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi26. Mamlakat tarixida ikkinchi marta prarlamentning yuqori palatasi – Oliy Majlis Senatiga saylovlar o‘tkazildi. 2009 yil yanvar oyida Oliy Majlis Senatiga vakillik organlari – Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari ishtirokida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlar kampaniyasida mahalliy deputatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari – 84 ta senatorlar saylandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Oliy Majlis Senatining 16 ta a’zosi tayinlandi. 26Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлoв кoмиссияси жорий архиви. Ўзбeкистoн Рeспубликаси Oлий Мажлиси Қoнунчилик палатаси ва Қорақалпоғистон Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар, шаҳар ва туманлар халқ депутатлари Кенгашларига ўтказилган сайловлар якунлари. 19.01.2010. –Б. 2-6.
 
 
Umuman, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar demokratik saylovlar institutini 
davlat organlarini shakllantirishning muhim vositasi sifatidagi o‘rnini yanada 
mustahkamladi, jamiyat a’zolarining manfaatlari va irodasini siyosiy qarorlarda 
ifodalanish jarayonlarini ta’minlab bera olish maqsadida huquqiy asoslarni yanada 
takomillashishiga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar 
fuqarolarning demokratik saylovlar vositasida oliy va mahalliy davlat hokimiyati 
organlari faoliyatini nazorat qila olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratdi.  
Mamlakatda saylovlarning fuqarolik jamiyati instituti sifatida shakllanishi, 
ularning xalq tomonidan e’tirof etilishi, shuningdek, saylovlar jarayonlariga 
zamonaviy demokratik tamoyillarning joriy etilishi natijasida fuqarolarning ijtimoiy-
siyosiy faolliklari, siyosiy jarayonlardagi ishtiroklari oshib bormoqda.  
Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, davlat hokimiyat 
organlariga saylovlar demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Hozirgi davrda davlat hokimiyat organlarini shakllantirishga doir demokratik 
saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy hayotidagi tabiiy bir jarayoniga 
aylandi. Jahonda siyosiy hokimiyat organlariga saylovlar o‘tkazilmaydigan biron-bir 
mamlakatni topish qiyin masala bo‘lib qoldi.  
Har qanday jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish jarayoni 
saylovlar tizimini demokratlashtirish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Bu murakkab 
vazifani hal etish o‘tish davrining qator bosqichlarini siyosiy texnologiyalar, 
jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jarayonlari vositasida demokratlashtirishni 
talab etadi. Demokratiyaga, ayniqsa fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqichlik 
asosida o‘tish turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga bo‘ladigan quyidagi 
saylovlar bilan bog‘liqdir: o‘zini o‘zi boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; 
mintaqaviy darajalarda siyosiy partiyalar va harakatlarni shakllantirish va ularning 
rahbar organlarini saylash yo‘li bilan saylov oldi kurashlari siyosiy kengliklarini 
shakllantirish; parlamentni saylash; davlat rahbarini saylash; ijro hokimiyati 
rahbariyatini saylash. Shu tariqa fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik 
saylovlar vositasida ro‘y bera boshladi.  
Umuman, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar demokratik saylovlar institutini davlat organlarini shakllantirishning muhim vositasi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamladi, jamiyat a’zolarining manfaatlari va irodasini siyosiy qarorlarda ifodalanish jarayonlarini ta’minlab bera olish maqsadida huquqiy asoslarni yanada takomillashishiga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, qonunchilikdagi o‘zgarishlar fuqarolarning demokratik saylovlar vositasida oliy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qila olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Mamlakatda saylovlarning fuqarolik jamiyati instituti sifatida shakllanishi, ularning xalq tomonidan e’tirof etilishi, shuningdek, saylovlar jarayonlariga zamonaviy demokratik tamoyillarning joriy etilishi natijasida fuqarolarning ijtimoiy- siyosiy faolliklari, siyosiy jarayonlardagi ishtiroklari oshib bormoqda. Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, davlat hokimiyat organlariga saylovlar demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi davrda davlat hokimiyat organlarini shakllantirishga doir demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy hayotidagi tabiiy bir jarayoniga aylandi. Jahonda siyosiy hokimiyat organlariga saylovlar o‘tkazilmaydigan biron-bir mamlakatni topish qiyin masala bo‘lib qoldi. Har qanday jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish jarayoni saylovlar tizimini demokratlashtirish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Bu murakkab vazifani hal etish o‘tish davrining qator bosqichlarini siyosiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jarayonlari vositasida demokratlashtirishni talab etadi. Demokratiyaga, ayniqsa fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqichlik asosida o‘tish turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga bo‘ladigan quyidagi saylovlar bilan bog‘liqdir: o‘zini o‘zi boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; mintaqaviy darajalarda siyosiy partiyalar va harakatlarni shakllantirish va ularning rahbar organlarini saylash yo‘li bilan saylov oldi kurashlari siyosiy kengliklarini shakllantirish; parlamentni saylash; davlat rahbarini saylash; ijro hokimiyati rahbariyatini saylash. Shu tariqa fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar vositasida ro‘y bera boshladi.
 
 
2010 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning 
to‘rtinchi qismi “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov 
qonunchiligini rivojlantirish” masalalariga bag‘ishlandi. Unda quyidagi qonunchilik 
tashabbuslarini amalga oshirish maqsadi ilgari surildi:  
-“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-
moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, unda 
asosan partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va 
usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanishi, 
shuning uchun saylov qonunchiligida saylov kampaniyasining ushbu muhim 
bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga 
teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan 
normalarni nazarda tutish lozim” ligi;  
-“Saylovoldi tashviqoti” tushunchasining o‘ziga aniq ta’rif berish, bunday 
tashviqotni olib borish shartlari, turlari, ruxsat etilgan shakl hamda usullarini 
qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yish zarurligi;  
-“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-
moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish 
boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normani 
kiritish;  
-“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 41-
moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga oldin ovoz berish tartib-qoidasi bilan bog‘liq 
qo‘shimchalar kiritish;  
-“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga 
“ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni 
jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan 
saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni 
2010 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning to‘rtinchi qismi “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish” masalalariga bag‘ishlandi. Unda quyidagi qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish maqsadi ilgari surildi: -“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27- moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, unda asosan partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanishi, shuning uchun saylov qonunchiligida saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni nazarda tutish lozim” ligi; -“Saylovoldi tashviqoti” tushunchasining o‘ziga aniq ta’rif berish, bunday tashviqotni olib borish shartlari, turlari, ruxsat etilgan shakl hamda usullarini qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yish zarurligi; -“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27- moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normani kiritish; -“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 41- moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga oldin ovoz berish tartib-qoidasi bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritish; -“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga “ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni