GEOGRAFIK BASHORAT
Reja:
1. Geografik bashorat haqida tushuncha
2. Bashorat usullari
3. Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar
4. O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishlarini bashoratlash
Ushbu mavzuda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: bashorat, bashoratlash,
geografik bashorat, geografik bashoratlash, bashorat usullari, sayyoraviy,
mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar.
Inson mehnat faoliyati bilan shug’ullanar ekan, tabiiy sharoitning shu
kundagi holati bilnagina emas, balki kelajakda ro’y beradigan turli o’zgarishlar
bilan ham qiziqadi. Binobarin, tabiiy sharoit o’zgarishini inson manfaatlari nuqtayi
nazaridan oldindan bashorat qilish va chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Ushbu bo’lim bayonida siz geografik bashorat, uning usullari, turlari hamda
O’zbekiston tabiat komplekslarining o’zgarishini bashoratlashga doir mavzular
bilan tanishasiz.
1. Geografik bashorat haqida tushuncha
Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko’ra bilish, fan-texnika
inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta’siri va uning oqibatlarini oldindan
ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldinda turgan
muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining p’zgarishini oldindan
ko’ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi.
Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud.
Bashoratlash – o’rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o’zgarishi haqida
ma’lumotlar yig’ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo’yicha
tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o’rganilayotgan borliq yoki
hodisaning kelajakdagi holati va tavsifi tushuniladi.
Geografik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi
va o’zgarishi haqida ma’lumotlar olish va to’plash jarayonidir.
Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish
tizimlarining o’zgarishidagi asosiy yo’nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab
berishga aytiladi.
So’nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash
bo’yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g’oyalarni
amaliyotda qo’llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga
bo’lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta’siri muddatlari ham
keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta’siriga ko’pincha salbiy
ko’rinishga ega bo’la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni
oldindan ko’ra bilish muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Insonning tabiatga ta’siri
oqibatlarini oldindan ko’ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy,
mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Orol dengizi muammosi bunga misol bo’lishi mumkin (25-26-rasmlar).
Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan,
Sibir daryolari oqimining bir qismini O’rta Osiyo va Qozog’istonga burish
loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab
chiqilgan. Ulardan avvaliga 5-6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va
mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi.
Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar
muddatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: operativ bashorat bir oy muddatga,
qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o’rta muddatli bashorat 1 yildan 5
yilgacha, uzoq muddatli bashoratlar 15 yildan ko’proq muddatga ishlab
chiqiladi.
Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari
komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo’ladi. Ma’lum
joyning relyefi, tog’ jinslari, tuproqlari, suvlari, o’simligi va hayvonot dunyosi
o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar tabiiy
geografik bashoratlarda ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini
kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.
Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarini (chiqindilarni) to’plovchidir.
Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Yonbag’irlar qiyaligi
ularning parchalanish darajasi, zichligi, yer osti suvlarining harakatiga
ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.
2.
Tog’ jinslari. Suv o’tkazadigan, suv ot’kazmaydigan jinslar, ularning
qalinligi tabiiy muhitga ta’sir ko’rsatadi.
3.
Suvlar. Ularning erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim
miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori
bo’lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketiladi. Suvdagi organik
moddalar og’ir metallarning eruvchanligi tezlashtiradi.
4.
Tuproqlar.
Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoiti. Ular
tuoroqni ifloslovchi moddalardan o’z-o’zini tozalash qobiliyatini belgilab
beradi.
5.
O’simliklar. Ifloslovchi moddalarni yutadigan o’simliklar turlari.
Mazkur xususiyatlar asosida tabiiy muhitning o’zgarishini oldindan aytib
berish mumkin.
3-jadval
O’rta Osiyo
bo’yicha
suv olish
Yer osti
suvlari
Qaytarma
suvlar
Mintaqada
sug’orishga
sarflangan
suvlar
Sanoat va
kommunal
xo’jalik uchun
sarflanadigan
suvlar
117,7
11,4
6
108,4
9,3
17- rasm. Orol dengizi havzasi bo’yicha o’rtacha suv olish va suv resurslaridan
foydalanish tarkibi
Основной
Основной
ОсновнойОсновной
ОсновнойОсновной
Основной
Основной
18-rasm. Orol dengizi
qirg’oq chiziqlari
Agar yer yuzida o’rtac ha harorat 3-4
0 C ga ko’tarilsa, iqlim mintaqalari yuzlab
kilometrga surilishi, dehqonchilik chegaralari shimolga kirib borishi va juda katta
maydondagi doimiy muzliklar erib ketishi mumkin. Shimoliy muz okeanini
qoplagan muzlar yozda erib ketib, kemalar bemalol suzib yurishi mumkin. Ikkinchi
tomondan esa, Moskva va uning yon atrofidagi shaharlar iqlimi Kavkaz ortining
hozirgi iqlimiga o’xshab qolar edi. Afrikadagi ekvatorial zona shimolga surilib,
Sahroi Kabirni egallashi mumkin. Antarktida va Grenlandiya muzliklari erib ketib,
natijada Dunyo okeani sathi 66-metrga ko’tarilgan bolar edi. Buning natijasinda
esa hozirda insiniyat yashab turgan 25% qirh’oqlar suv ostida qolar edi.
BMT ekspertlarining ilmiy bashoratlariga ko’ra yer yuzi aholisi 2010-yilda
7-mlrd, 2025-yilda esa 8.5-mlrd kishiga, 2040-yilga borib, 10-mlrd kishiga yetadi.
2. Bashorat usullari
Geografik bashoratlashda turli xil usullardan foydalaniladi. Qanday
usullardan foydalanish bashoratning maqsadi va muddatiga bog’liq bo’ladi. Qisqa
muddatli geografik bashoratlarda landshaft-indikatsiya usuli, uzoq muddatli
geografik bashoratlarni amalga oshirishda
geografik o’xshatish
va
ekstrapolyatsiya usuli qo’llaniladi. Bundan tashqari juda ko’p hollarda
tizimlararo tahlil usulidan keng foydalaniladi.
Landshaft-indikatsiya usuli. Mazkur usulning mazmuni shundan iboratki,
landshaftning bevosita ko’rinib turadigan komponentlari (o’simlik, tuproq, relyef
va boshqalar) xususiyatlarini o’rganish orqali kuzatib bo’lmaydigan
komponentlarning holatini o’rganish mumkin. Masalan, o’simlik turini aniqlash va
holatini o’rganish orqali boshqa komponentlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish
mumkin. Agar cho’lda yantoq o’simligi keng tarqalgan bo’lsa, yer osti suvlari 5-10
m chuqurlikda, agar qamish o’sayotgan joy bo’lsa, yer osti suvlari 1.5-2 m
chuqurlikda ekanligi va tuproqlar o’rtacha sho’rlanganligi haqida xulosa
chiqariladi.
Shunday qilib, dala sharoiitida landshaftlar o’rganilayotganda o’simlik,
tuproq va relyefning xususiyatlariga e’tibor berilsa, boshqa komponentlar
to’g’risida, ya’ni qaysi o’simlik qoplami keyinchalik eng ko’p tarqalishini ham
bashorat qilish mumkin.
Geografik o’xshatish usuli. Bu usulda biror hududda bo’lgan o’zgarishlarni
o’rganish asosida xuddi shunday o’zgarishlar boshqa shunga o’xshash hududlarda
ham sodir bo’lishi mumkunligi bashorat qilinadi.
O’xshatish usulini qo’llashning asosiy shartlaridan biri o’xshatish
o’lchamlarining mos kelishidir. O’xshatish o’lchamlari quyidagilarni o’z ichiga
oladi :
1. Relyef sharoitining o’xshashligi. Bunda ikkala hudud ham bir xil relyef shaklida
joylashgan bo’lishi lozim (daryo vodiysi, tekislik, botiq, yonbag’ir, balandlik) ;
2. Tog’ jinslari va ular xossalarining o’xshashligi. Ikkala hudud ham deyarli bir hil
xossaga (suv o’tkazadigan, suv o’tkazmaydigan, yoriqsiz, yoriqli, gilli, qumli,
qoyali), bir xil genezisga ega (cho’kindi, metamorfik, magmatic) tog’
jinslaridan iborat bo’lishi lozim ;
3. Tuproqlari va ularning qalinligi, xossalari bir xil bo’lishi lozim (masalan, to’q
bo’z tuproqlar) ;
4. O’simlik qoplamining o’xshashligi ;
5. Hayvonot duyosining o’xshashligi ;
6. Insonning tabiatga ta’sirining o’xshashligi (suv ombori, kon, shahar, ekinzorlar,
bog’lar, ta’g’onlar, yo’llar, kanallar va h.k.)
Ushbu usul ko’proq aniq bir muhandislik inshoatlirining tabiatga ta’sirini
bashoratlashda qo’llaniladi. Masalan, tekislikda avval qazilgan foydali qazilma
konining tabiiy muhitga ko’rsatgan ta’sirini tahlil qilish bilan huddi shunday
sharoitdagi boshqa joyda qazib olinayotgan foydali qazilma konining tbiiy muhitga
ta’sirini bashoratlashda o’xshatish usulini qo’llash mumkin.
Ekstrapolyatsiya usuli. Mazkur usulning mohiyati o’zgarish yo’nalishini
kelajakka nisbatan ekstrapolyatsiya qilishdan iborat. Ushbu usul tabiat
komplekslarining holatiga mavjud bo’lgan o’zgarishlar yo’nalishini o’rganish
orqali, bu o’zgarishlar kelajakda ham davom etadi, degan xulosa chiqarishga
asoslangan. Masalan, Niagara sharsharasi ohaktoshlarni yemirib, Eri ko’li tomon
asta-sekin chekinmoqda. Bu jarayon davim etaversa, Niagara sharsharasi yo’q
bo’lib ketishi mumkin. Bunday jarayonning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar
tizimi ishlab chiqilishi lozim.
Tizimlararo tahlil usuli. Mazkur usulning asosiy mihiyati shundan iboratki,
bir tizim holatining tahlili asosida boshqa tizimning holati bashorat qilinadi.
Masalan, har 11-yilda quyoshdagi dog’lar sonining ko’payishi asosida
Yerdagi qator nohush hodisalarning ro’y berishi oldindan aytib beriladi.
Eng havfli qor ko’chkilari, sellar, qurg’oqcilik, toshqinlar va boshqa noxush
hodisalar Quyosh faolligining 11-yillik davriyligi bilan bog’langan.
3. Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar
Geografik bashoratlar jahon, mintaqa va mahalliy miqyoslarda olib boriladi.
Sayyoraviy bashoratlar. Ular yer rivojlanishining evolutsion yo’nalishlarini
o’rganishga asoslangan. Umumdayyoraviy geografik bashoratlarning asosiy
maqsadi insoniyatning kelajakdagi va Yerni saqlab qolishga qaratilgan
muamolarini oldindan bashorat qilishdir. Shuning uchun ham mutaxassis va
olimlarning ko’ochiliga hozirgi paytda butun dunyo miqyosida kelajakda
kutilayotgan turli noxush hodisalarni bashorat qilish bilan shug’ullanadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi, ozon qoplamining yupqalanishi, “issiqxona
samarasi”ning vujudga kelishi, cho’llashish jarayoni, gidrosferaning ifloslanishi va
toza ichimlik suvi muammosi shular jumlasidandir. Insoniyatning kelajatdagi
hayoti yuqoridagi muammolarining qanday bashorat qilinishiga bog’liq.
Umumsayyoraviy bashoratlar ma’lum bir hududga bog’lanmagan bo’ladi (19-
rasm)
Mintaqaviy bashorat. Mintaqaviy bashorat deb hududiy jihatdan
chegaralangan tabiiy komplekslarining kelajakdagi o’zgarishini oldindan asoslab
berishga aytiladi.
Jahonning xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan qismlarida jamiyat bilan
tabiat o’rtasidagi munosabatlar o’ta keskinlashdi. Buning oqibatida turli hil
ekologik muammolar yuzaga keladi, natijada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar
murakkablashib ketishi mumkin.
Mazkur mintaqalarga O’rta dengiz, Boltiq, Shimoliy, Qora dengiz, Meksika,
Fors qoltiqlari va boshqa joylar kiradi. Ushbu joylarda neft tashilishi, daryolar
orqali turli xil zararli moddalarning oqib kelishi, turli sanoat chiqindilarning