SEL OQIMLARINING MIQDORIY QIYMATLARINI ANIQLASH (Sel oqimining zichligi va uni hisoblash, Sel oqimining hajmini hisoblash usullari)
Yuklangan vaqt
2024-04-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
30,4 KB
Ilmiybaza.uz
SEL OQIMLARINING MIQDORIY QIYMATLARINI ANIQLASH
Reja:
1. Sel oqimining zichligi va uni hisoblash.
2. Sellarning oqim tezligini hisoblash.
3. Sel oqimining hajmini hisoblash usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: Tog‘oldi va adir xududi,sel oqimi,to‘g‘onlar,
agromeliorativ tadbirlar, sel yotqiziqlari,sel toshqinlari, ximoyalash inshootlari,
arkali inshootlar, qattiq oqim, gidrometrik o‘lchash, granulametrik tarkib,
gidrologik taxlil, morfometrik stvor, tog‘ jinslari, topografik tasvir, fizgeografik
ma’lumotlar.
Hajm og‘irligi bilan belgilanuvchi sel oqimining zichligi (𝜌𝑐), sel oqimining
inshootga statik va dinamik ta’sirini o‘rganishda hamda boshqa loyihalash
ishlaridagi hisoblashlarda zarur hisoblanadi. Hozirgi kunda sel oqimini aniqlashning
bevosita va analitik usullari mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishlar yuqorida qayd
etganimizdek, qo‘shimcha og‘ir mehnatli dala-o‘lchash ishlarini talab etadi.
Sel oqimining zichligining analitik ko‘rinishi quyidagi ifodaga ega:
𝝆𝒄 = 𝝆𝑩 + 𝑺𝒄(𝝆𝑻−𝝆𝑩)
bu yerda
𝜌𝐵 - suvning zichligi;
𝜌𝑇- selning qattiq oqiziqlarining
zichligi;
𝑆𝑐- sel oqimidagi qattiq materiallarning konsentratsiya hajmi.
Bu tenglamadagi 𝑆𝑐 miqdori quyidagicha aniqlanadi:
𝑺𝒄= 𝑾𝑻/𝑾𝒄
Ilmiybaza.uz
Tahlillar seldagi qattiq oqimning konsentratsiya koeffitsienti 𝑆𝑐 ham sel
havzasining maydoni bilan yetarlicha bog‘langanligini ko‘rsatdi.
Sel toshqinlari kuzatilayotgan vaqtda uning tezligini o‘lchash, qayd etish
murakkab gidrometrik ishlar qatoriga kiradi. Shuning uchun sel oqimining tezligi
shu kunga qadar analitik tenglamalar yordamida aniqlanib kelinadi. Yo‘riqnoma
bo‘yicha sel oqimining harakat tezligini aniqlashda quyidagi tenglamani qo‘llash
taklif etilgan:
𝑽 = 𝟏, 𝟒𝟒√𝒉𝒄𝒑√𝑱𝒗√𝑾𝒐𝒎𝒑
bu yerda 𝒉𝒄𝒑 — oqimning o‘rtacha chuqurligi;
𝑱𝒗, - o‘zanning o‘rtacha qiyaligi;
𝑾𝒐𝒎𝒑 - sel massasining oquvchanlik koeffitsienti.
Manbalarda ko‘rsatilishicha ushbu tenglamalar bilan hisoblangan tezlik
miqdorlari haqiqiy tezlikka va ayrim hollarda katta xatoliklarga olib kelishi
aniqlangan.
O‘zbekiston daryolariga moslangan sel oqimining maksimal sarfi tezligini
aniqlashda eng to‘liq va hozirda eng mukammal, deb ta’rif etilgan Yu.M. Denisov
tenglamasini keltiramiz:
𝑽𝒄 = 𝒃𝒗 [(𝟏 − 𝜶𝟏)𝟐 (𝑸𝑴𝑪𝑱
𝒏𝟐 )]
𝒌
bu yerda
𝒃𝒗 - proporsionallik koeffitsienti,
𝜶𝟏 - maksimal seldagi qattiq tarkibning nisbiy hajmi; n - g‘adir-budirlik
koeffitsienti, k – daraja ko‘rsatkichi.
Sel oqimining hajmini 𝑊𝑠𝑒𝑙 aniqlashda bir qator hisoblash usullari
amaliyotga tadbiq qilingan. Ushbu u yoki bu usullarni qo‘llash gidrometrik,
gidrometeorologik, va boshqa dala sharoitida o‘lchangan sellarning mavjud
tavsiflariga asoslangan.
𝑾𝐬𝐞𝐥 = 𝝍𝑾𝒔𝒖𝒗
𝑾𝐬𝐞𝐥 = 𝑺𝑾𝐪𝐚𝐭