Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

27,1 KB


Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943)
 1. Sergey Raxmaninov ijod yo’li.
 2. Sergey Raxmaninov ijodiga xarakteristika.
 3. Sergey Raxmaninov fortepiano ijodi.
4. Sergey Raxmaninov xor va vokal-simfonik asarlari.
5. S.V.Raxmaninov-- buyuk pianinochi va dirijyor.
 
1. Raxmaninov ijod yo’li. XX asr buyuk pianinochisi, yirik dirijyor. Butun
jahon muzikantlar kontsert dasturiga kiritilgan o’zining va M.I. Glinka, A.P.Borodin,
M.P.Musorgskiy,  N.A.Rimskiy-Korsakov,  P.I.Chaykovskiy  kabi  kompozitorlar
asarlarini o’zgacha talqinda, yorqin emotsional ijro etgan iste’dodli ijrochidir.
Sergey  Vasilevich  Raxmaninov  1873-yil  1  aprel  Oneg  Novgorod  shaharida
tavallud topgan. Bu o’lka o’zining yuqori xalq musiqa madaniyati, ayniqsa xor
ijrochiligi va qo’ng’iroqlar jarangi bilan mashhur bo’lgan.
Ilk bolaligidan boshlab professional musiqa madaniyati bilan tanisha boshlaydi.
Raxmaninovlar qadim avlodi moldavan oqsuyak zodagonlardan edi. Raxmaninov
avlodida  xonandalar,  skripkachi  va  pianinochilar  bor  edi.  Uning  otasi  Vasiliy
Arkadevich Raxmaninov va onasi Lyubov Petrovna fortepianoda ijro etishar, asar
yaratishar, hattoki otasining XIX asr o’rtalarida nashr etilgan asarlari ham bor edi.
Bobosi  Arkadiy Aleksandrovich  Raxmaninov  mashhur  Jon  Fildning o’quvchisi,
ajoyib kompozitor va pianinochi sozanda edi. Kompozitor rafiqasi bo’lgan Natalya
Aleksandrovna Satina konservatoriyani fortepiano sinfini bitirgan pianinochi-ijrochi
edi.
Musiqaga bo’lgan qiziqish Raxmaninovda erta uyg’ondi. Uning birinchi musiqa
o’qituvchilari  uning  onasi  va  A.D.  Ornadskaya  edi.  Raxmaninov  7  yoshligida
oilaning Peterburgga ko’chib kelishlari munosabati bilan uni konservatoriyaga V.V.
Demyanskiy  o’qituvchisi  sinfiga  berdilar.  O’z  holiga  qoldirilgan  bola  o’quv
jarayonida natija ko’rsatmadi. Uning musiqiy qobiliyati rivoj topmadi. Mashhur
Logotip
Sergey Vasilevich Raxmaninov (1873-1943) 1. Sergey Raxmaninov ijod yo’li. 2. Sergey Raxmaninov ijodiga xarakteristika. 3. Sergey Raxmaninov fortepiano ijodi. 4. Sergey Raxmaninov xor va vokal-simfonik asarlari. 5. S.V.Raxmaninov-- buyuk pianinochi va dirijyor. 1. Raxmaninov ijod yo’li. XX asr buyuk pianinochisi, yirik dirijyor. Butun jahon muzikantlar kontsert dasturiga kiritilgan o’zining va M.I. Glinka, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A.Rimskiy-Korsakov, P.I.Chaykovskiy kabi kompozitorlar asarlarini o’zgacha talqinda, yorqin emotsional ijro etgan iste’dodli ijrochidir. Sergey Vasilevich Raxmaninov 1873-yil 1 aprel Oneg Novgorod shaharida tavallud topgan. Bu o’lka o’zining yuqori xalq musiqa madaniyati, ayniqsa xor ijrochiligi va qo’ng’iroqlar jarangi bilan mashhur bo’lgan. Ilk bolaligidan boshlab professional musiqa madaniyati bilan tanisha boshlaydi. Raxmaninovlar qadim avlodi moldavan oqsuyak zodagonlardan edi. Raxmaninov avlodida xonandalar, skripkachi va pianinochilar bor edi. Uning otasi Vasiliy Arkadevich Raxmaninov va onasi Lyubov Petrovna fortepianoda ijro etishar, asar yaratishar, hattoki otasining XIX asr o’rtalarida nashr etilgan asarlari ham bor edi. Bobosi Arkadiy Aleksandrovich Raxmaninov mashhur Jon Fildning o’quvchisi, ajoyib kompozitor va pianinochi sozanda edi. Kompozitor rafiqasi bo’lgan Natalya Aleksandrovna Satina konservatoriyani fortepiano sinfini bitirgan pianinochi-ijrochi edi. Musiqaga bo’lgan qiziqish Raxmaninovda erta uyg’ondi. Uning birinchi musiqa o’qituvchilari uning onasi va A.D. Ornadskaya edi. Raxmaninov 7 yoshligida oilaning Peterburgga ko’chib kelishlari munosabati bilan uni konservatoriyaga V.V. Demyanskiy o’qituvchisi sinfiga berdilar. O’z holiga qoldirilgan bola o’quv jarayonida natija ko’rsatmadi. Uning musiqiy qobiliyati rivoj topmadi. Mashhur
muzikant  N.G.Rubinshteyn  va  Ferents  List  kabilarning  o’quvchisi  to’ng’ich,
amakivachcha-akasi A.I. Ziloti maslahati bilan, 1885-yilda Raxmaninov Moskva
konservatoriyasi N.S.Zverev pansioniga o’tkazildi. Zverev teatr kontsertlarga borib
turadigan, yirik rus rassomchilari akterlari, muzikantlari bilan uchrashib turadigan,
ko’plab rus pianistlarini tarbiyalab, ularni nafaqat o’qitgan, balki musiqiy va umumiy
rivojlanishini kuzatgan insondir.
1888-yilda Raxmaninov konservatoriyaning kattalar bo’limi, professor A.I. Ziloti
sinfiga o’tadi. Kompozitsiya nazariyasi bo’yicha S.I. Taneev sinfida, erkin ijod
bo’yicha A.S. Arenskiylardan mashg’ulot ola boshladi. Konservatoriyada talabalar
orasida Raxmaninov qobiliyatliligi bilan ajralib turar edi. Bu yillarda Raxmaninovda
mashhur muzikant bo’lib etishishini bildirib turuvchi xislatlar paydo bo’ldi. Unda
mukammal eshitish qobiliyati va kuchli xotira kabi kompozitorlik xususiyatlari bor
bo’lib, qachonlardir bir marta eshitgan ohangini xuddi uzoq vaqt tahlil qilganday ijro
etib berar edi. 
Pansionda doimiy jaranglab turadigan talabalar ijrosi Raxmaninovning ijodiy
ishiga xalaqit berib, tez orada otasining singlisi bo’lgan, xolasi Varvara Arkadevna
Satina xonadoniga joylashadi.
1891-yilda konservatoriya fortepiano sinfini, 1892-yilda kompozitsiya sinfini
muvaffaqiyatli tamomladi. Konsevatoriyani oltin medal bilan tamomlagan va uning
nomi  faxriylar  marmar  taxtasiga  kiritilgan  edi.  Bunday  faxrni  qo’lga  kiritgan
S.I.Taneev va A.N.Korehenkolardan keyingi uchinchi odam Raxmaninov edi. 
Konservatoriya  talabalik  paytida  bir  qator  vokal  va  instrumental  asarlarini
yaratdi, ular orasida fa diez minordagi fortepiano kontserti juda ajoyibdir. Bu asar
keyinchalik 1917-yilda kompoziyalik sinfi bo’yicha, A.S. Pushkin poemasi asosida
“Aleko”(Tso’gane) bir qismli opera qilib qayta ishlangan edi. Bu opera birinchi
namoyishi 1893-yilda muvaffaqiyatli ijro etildi. Shu yilning oxirlarida uning birinchi
dirijerlik chiqishlari boshlandi. U o’z operasini dirijerlik qilish uchun Kiev opera
teatriga taklif qilingan edi.
Konservatoriyani tamomlagach yosh Raxmaninov ijod va kontsertlik faoliyati
bilan mashg’ul bo’ladi. Chaykovskiy, Motsart, Betxoven, Shopen, List va o’zining
asarlaridan tuzilgan dastur bilan Moskva, Peterburg va boshqa shaharlarda kontsert
chiqishlarini namoyish eta boshlaydi. Bu davrda kompozitorning moddiy ahvoli
Logotip
muzikant N.G.Rubinshteyn va Ferents List kabilarning o’quvchisi to’ng’ich, amakivachcha-akasi A.I. Ziloti maslahati bilan, 1885-yilda Raxmaninov Moskva konservatoriyasi N.S.Zverev pansioniga o’tkazildi. Zverev teatr kontsertlarga borib turadigan, yirik rus rassomchilari akterlari, muzikantlari bilan uchrashib turadigan, ko’plab rus pianistlarini tarbiyalab, ularni nafaqat o’qitgan, balki musiqiy va umumiy rivojlanishini kuzatgan insondir. 1888-yilda Raxmaninov konservatoriyaning kattalar bo’limi, professor A.I. Ziloti sinfiga o’tadi. Kompozitsiya nazariyasi bo’yicha S.I. Taneev sinfida, erkin ijod bo’yicha A.S. Arenskiylardan mashg’ulot ola boshladi. Konservatoriyada talabalar orasida Raxmaninov qobiliyatliligi bilan ajralib turar edi. Bu yillarda Raxmaninovda mashhur muzikant bo’lib etishishini bildirib turuvchi xislatlar paydo bo’ldi. Unda mukammal eshitish qobiliyati va kuchli xotira kabi kompozitorlik xususiyatlari bor bo’lib, qachonlardir bir marta eshitgan ohangini xuddi uzoq vaqt tahlil qilganday ijro etib berar edi. Pansionda doimiy jaranglab turadigan talabalar ijrosi Raxmaninovning ijodiy ishiga xalaqit berib, tez orada otasining singlisi bo’lgan, xolasi Varvara Arkadevna Satina xonadoniga joylashadi. 1891-yilda konservatoriya fortepiano sinfini, 1892-yilda kompozitsiya sinfini muvaffaqiyatli tamomladi. Konsevatoriyani oltin medal bilan tamomlagan va uning nomi faxriylar marmar taxtasiga kiritilgan edi. Bunday faxrni qo’lga kiritgan S.I.Taneev va A.N.Korehenkolardan keyingi uchinchi odam Raxmaninov edi. Konservatoriya talabalik paytida bir qator vokal va instrumental asarlarini yaratdi, ular orasida fa diez minordagi fortepiano kontserti juda ajoyibdir. Bu asar keyinchalik 1917-yilda kompoziyalik sinfi bo’yicha, A.S. Pushkin poemasi asosida “Aleko”(Tso’gane) bir qismli opera qilib qayta ishlangan edi. Bu opera birinchi namoyishi 1893-yilda muvaffaqiyatli ijro etildi. Shu yilning oxirlarida uning birinchi dirijerlik chiqishlari boshlandi. U o’z operasini dirijerlik qilish uchun Kiev opera teatriga taklif qilingan edi. Konservatoriyani tamomlagach yosh Raxmaninov ijod va kontsertlik faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Chaykovskiy, Motsart, Betxoven, Shopen, List va o’zining asarlaridan tuzilgan dastur bilan Moskva, Peterburg va boshqa shaharlarda kontsert chiqishlarini namoyish eta boshlaydi. Bu davrda kompozitorning moddiy ahvoli
og’ir edi . Na ijod, na kontsert faoliyati unga kerakli mablag’ni keltirmasdi. Uni
undovga chaqirmaydigan va uni og’irsintiradigan pedagoglik ishini qilishga majbur
bo’lar edi.
Bu yillarda Raxmaninov ko’p ijod qiladi. Bu asarlar turli janrlarda bo’lgan “ Pyat
p’es  fantaziy”  (Fantaziyaning  beshta  p’esasi),  “Salonno’e  p’eso’”(  Salonli
qo’shiqlar), do diez minorli prelyudiya va «Elegiya»(Mungli), kompozitorga sharaf
olib kelgan fortepiano ansambllari, ikkita syuita, Chaykovskiy o’limiga yozilgan
qayg’uli  «Elegicheskoe  trio  pamyati  velikogo  xudojnika»(  Buyuk  rassomchi
xotirasiga  elegik  trio)  asarlaridir  .  Uning  romanslari  90-yillardayoq  shuhrat
qozongan. F.I. Shalyapin, L.V.Sobinov, A.V. Nejdanova kabi mashhur xonandalar
Raxmaninov  bilan  birga  uning  romasnlarini  ijro  etishgan.  “Utyos”  (Qoyatosh)
orkestrli fantaziyasi ham tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan edi. Shundan
so’ng uning birinchi simfoniyasi bilan bog’liq bo’lgan Raxmaninovning tanqidiy
davri boshlanadi. A.K. Glazunov rahbarligi ostida birinchi marotaba palapartish,
beparvolik bilan ijro etilgan bu simfoniya muvaffaqiyatga uchramadi. Simfoniya
inqirozini og’ir boshdan kechirgan Raxmaninov ancha yil ijodi qilishni to’xtatdi
ham.
1892-yil kuz faslidan boshlab Raxmaninov Mamontov opera teatrida ikkinchi
dirijer bo’lib ishlay boshlaydi. Teatrda xaqiqiy dirijerlik texnikasiga ega bo’ldi va
yaxshi dirijer sharafini qozondi. Teatrda ishlagan paytlarida Raxmaninov eng yaxshi
artistik kuchlar bilan tanishadi, ulardan biri iste’dodli xonanda F.I. Shalyapin edi.
Ularning do’stligi Shalyapining so’nggi hayotigacha davom etdi.
1899-yilda Raxmaninov Angliyaga o’zining birinchi safarini amalga oshiradi.
Shu safardan so’ng Raxmaninov dirijer, pianinochi sozanda va kompozitor sifatida
mashhur bo’ladi. Uning ijrosidagi “Utyos” simfonik poemasi va bir qator o’zining
fortepiano  asarlari  shuhrat  qozonadi.  1899-yil  Peterburgda  o’zining  “Aleko”
operasiga dirijerlik qiladi. Bosh rolni F.I. Shalyapin ijro etadi. 
Raxmaninov yangi  ijodining rivojlanishi  1901-yilga  to’g’ri  keladi. Bu  yilda
Raxmaninov  o’zining  ikkinchi  fortepiano  kontsertini,  Shopen  mavzusiga
“Vesna”(Bahor)  kantatasini,  fortepiano  variatsiyalarini,  N.A.Nekrasov  she’riga
“Zeleno’y shum”( Yashil shovqin ) kantatasini, violonchel sonatasini, romanslar
tsikli asarlarini yaratadi. Bu asarlarda Raxmaninovni rassom sifatida etilganligini
Logotip
og’ir edi . Na ijod, na kontsert faoliyati unga kerakli mablag’ni keltirmasdi. Uni undovga chaqirmaydigan va uni og’irsintiradigan pedagoglik ishini qilishga majbur bo’lar edi. Bu yillarda Raxmaninov ko’p ijod qiladi. Bu asarlar turli janrlarda bo’lgan “ Pyat p’es fantaziy” (Fantaziyaning beshta p’esasi), “Salonno’e p’eso’”( Salonli qo’shiqlar), do diez minorli prelyudiya va «Elegiya»(Mungli), kompozitorga sharaf olib kelgan fortepiano ansambllari, ikkita syuita, Chaykovskiy o’limiga yozilgan qayg’uli «Elegicheskoe trio pamyati velikogo xudojnika»( Buyuk rassomchi xotirasiga elegik trio) asarlaridir . Uning romanslari 90-yillardayoq shuhrat qozongan. F.I. Shalyapin, L.V.Sobinov, A.V. Nejdanova kabi mashhur xonandalar Raxmaninov bilan birga uning romasnlarini ijro etishgan. “Utyos” (Qoyatosh) orkestrli fantaziyasi ham tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan edi. Shundan so’ng uning birinchi simfoniyasi bilan bog’liq bo’lgan Raxmaninovning tanqidiy davri boshlanadi. A.K. Glazunov rahbarligi ostida birinchi marotaba palapartish, beparvolik bilan ijro etilgan bu simfoniya muvaffaqiyatga uchramadi. Simfoniya inqirozini og’ir boshdan kechirgan Raxmaninov ancha yil ijodi qilishni to’xtatdi ham. 1892-yil kuz faslidan boshlab Raxmaninov Mamontov opera teatrida ikkinchi dirijer bo’lib ishlay boshlaydi. Teatrda xaqiqiy dirijerlik texnikasiga ega bo’ldi va yaxshi dirijer sharafini qozondi. Teatrda ishlagan paytlarida Raxmaninov eng yaxshi artistik kuchlar bilan tanishadi, ulardan biri iste’dodli xonanda F.I. Shalyapin edi. Ularning do’stligi Shalyapining so’nggi hayotigacha davom etdi. 1899-yilda Raxmaninov Angliyaga o’zining birinchi safarini amalga oshiradi. Shu safardan so’ng Raxmaninov dirijer, pianinochi sozanda va kompozitor sifatida mashhur bo’ladi. Uning ijrosidagi “Utyos” simfonik poemasi va bir qator o’zining fortepiano asarlari shuhrat qozonadi. 1899-yil Peterburgda o’zining “Aleko” operasiga dirijerlik qiladi. Bosh rolni F.I. Shalyapin ijro etadi. Raxmaninov yangi ijodining rivojlanishi 1901-yilga to’g’ri keladi. Bu yilda Raxmaninov o’zining ikkinchi fortepiano kontsertini, Shopen mavzusiga “Vesna”(Bahor) kantatasini, fortepiano variatsiyalarini, N.A.Nekrasov she’riga “Zeleno’y shum”( Yashil shovqin ) kantatasini, violonchel sonatasini, romanslar tsikli asarlarini yaratadi. Bu asarlarda Raxmaninovni rassom sifatida etilganligini
ko’ramiz. Ikkinchi kontserti hayratga soladigan taassurot qoldirdi. Bu asar rus va
xorij  pianinochi  sozandalar  dasturiga  kiritilgan.  Romanslari  ham  esa  juda
mashhurdir. Shalyapin, Sobinov, Nejdanov kabi xonandalarning muallif bilan birga
etilgan ijrosida bu romanslar katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Bu yillar L.N.
Tolstoy, A.P. Chexov, I.A. Bunin, A.I. Kuprin kabi atoqli yozuvchilar va bir qator
buyuk muzikant, rassomchi va artistlar bilan bo’lgan uchrashuvga boy edi. Chuqur
insoniylik,  yumshoq  lirika  va  elegiyasi  bilan  ajralib  turadigan  A.P.  Chexov
Raxmaninovning sevimli yozuvchisi edi.
1902-yilda Raxmaninov hayotida o’zgarish sodir etadi u o’z ammasiing qizi
Natalya Aleksandrovna Satinaga uylanib, u bilan o’zining uzoq hayotiy yo’lini bosib
o’tadi.
1903-1917  yillar  davri  Raxmaninov  ijod  va  ijrochilik  faoliyatining  “gullab
yashnash” davri bo’ldi. 1904-yilda Katta teatr dirijeri bo’lib, teatrda o’z ishini etuk
usta sifatida boshlab, rus opera san’ati tarixida katta rol o’ynadi. Glinkaning “ Ivan
Susanin”,  Dargomijskiyning  “  Rusalka”,  Musorgskiyning  “  Boris  Godunov”,
Borodinning  “Knyaz  Igor”,  Chaykovskiyning  “Pikovaya  dama  “  operalari
Raxmaninov talqinida o’zgacha yangradi.
1906-yilda Raxmaninov o’zining katta bo’lmagan A.Pushkin matniga yozilgan “
Skupoy ro’tsar” (Xasis ro’tsar) va Dante matniga yozilgan “Francheska da Rimmini”
operalarini olib chiqdi.
1906-yildan  1909-yilga  qadar  Raxmaninov  oilasi  bilan  Drezden  shaharida
yashaydi. Bu yillarda kompozitor tomonidan “ Ostrov mertvo’x” (Murdalar oroli”
poemasi, ikkinchi simfoniyasi va fortepiano sonatasi yaratiladi. 1910-yilda Amerika
va  Kanadaga  birinchi  kontsert  safari  uyushtirildi.  1909-dan  1918-yilga  qadar
“Kolokola”(Qo’ng’iroqlar)  kantatasi,  uchinchi  fortepiano  kontserti,  ikkinchi
fortepiano sonatasi, prelyudiyalar, 2 ta etyud va kartina –tsikli, romanslar 2 ta tsikli
kabi asarlari yaratildi. Bu yillar asarlarlarida hissiyot ifodasining bosiqliligi, xavf-
xatar lahzalarining paydo bo’lishi, falsafiy fikrlash aks ettirilgan bo’lsada, jo’shqin
kayfiyat egalik qilmoqda. Rossiyaning shu yillaridagi turli oqimlari kayfiyati bu
asarlarda aks ettirilgan. Musiqiy til murakkab va shu bilan birga jozibalidr. Melodiya
o’rnini nutq deklamatsiyasi egallagan.
Logotip
ko’ramiz. Ikkinchi kontserti hayratga soladigan taassurot qoldirdi. Bu asar rus va xorij pianinochi sozandalar dasturiga kiritilgan. Romanslari ham esa juda mashhurdir. Shalyapin, Sobinov, Nejdanov kabi xonandalarning muallif bilan birga etilgan ijrosida bu romanslar katta muvaffaqiyatga erishgan edi. Bu yillar L.N. Tolstoy, A.P. Chexov, I.A. Bunin, A.I. Kuprin kabi atoqli yozuvchilar va bir qator buyuk muzikant, rassomchi va artistlar bilan bo’lgan uchrashuvga boy edi. Chuqur insoniylik, yumshoq lirika va elegiyasi bilan ajralib turadigan A.P. Chexov Raxmaninovning sevimli yozuvchisi edi. 1902-yilda Raxmaninov hayotida o’zgarish sodir etadi u o’z ammasiing qizi Natalya Aleksandrovna Satinaga uylanib, u bilan o’zining uzoq hayotiy yo’lini bosib o’tadi. 1903-1917 yillar davri Raxmaninov ijod va ijrochilik faoliyatining “gullab yashnash” davri bo’ldi. 1904-yilda Katta teatr dirijeri bo’lib, teatrda o’z ishini etuk usta sifatida boshlab, rus opera san’ati tarixida katta rol o’ynadi. Glinkaning “ Ivan Susanin”, Dargomijskiyning “ Rusalka”, Musorgskiyning “ Boris Godunov”, Borodinning “Knyaz Igor”, Chaykovskiyning “Pikovaya dama “ operalari Raxmaninov talqinida o’zgacha yangradi. 1906-yilda Raxmaninov o’zining katta bo’lmagan A.Pushkin matniga yozilgan “ Skupoy ro’tsar” (Xasis ro’tsar) va Dante matniga yozilgan “Francheska da Rimmini” operalarini olib chiqdi. 1906-yildan 1909-yilga qadar Raxmaninov oilasi bilan Drezden shaharida yashaydi. Bu yillarda kompozitor tomonidan “ Ostrov mertvo’x” (Murdalar oroli” poemasi, ikkinchi simfoniyasi va fortepiano sonatasi yaratiladi. 1910-yilda Amerika va Kanadaga birinchi kontsert safari uyushtirildi. 1909-dan 1918-yilga qadar “Kolokola”(Qo’ng’iroqlar) kantatasi, uchinchi fortepiano kontserti, ikkinchi fortepiano sonatasi, prelyudiyalar, 2 ta etyud va kartina –tsikli, romanslar 2 ta tsikli kabi asarlari yaratildi. Bu yillar asarlarlarida hissiyot ifodasining bosiqliligi, xavf- xatar lahzalarining paydo bo’lishi, falsafiy fikrlash aks ettirilgan bo’lsada, jo’shqin kayfiyat egalik qilmoqda. Rossiyaning shu yillaridagi turli oqimlari kayfiyati bu asarlarda aks ettirilgan. Musiqiy til murakkab va shu bilan birga jozibalidr. Melodiya o’rnini nutq deklamatsiyasi egallagan.
1917-yil oxirida Raxmaninov oilasi bilan xorijga ketadi. Amerika va Evropa
mamlakatlarining ko’plab  shaharlariga gastrol  safarlarini  uyushtiradi. 1935-yilda
tamomila  Amerikada  joylashadi.  Bu  yillarda  kompozitor  tomonidan  №4  chi
fortepiano va orkestr uchun kontserti, orkestr va xor uchun 3 ta rus qo’shiqlari, 3ta
simfoniya “Simfonicheskie tantso’ dlya orkestra” ( Orkestr uchun simfonik raqslar),
“Rapsodiya na temu Paganini “( Paganini mavzusiga rapsodiyalar) fortepiano va
orkestr uchun yozilgan asarlari yaratilgan. 
 Uning xorijiy davridagi kontsert faoliyati shiddatli va jadaldir. Masalan 1918-19
yillar mavsumida, Amerika Birlashgan shtatlarida uning ijrosidagi 36 ta kontsert
namoyishidir.  Dasturining  kengliligi  va  doimiy  fortepianoda  shug’ullanishlari
natijasida, Raxmaninovning ulug’ pianinochi sozanda nomi ochildi. Raxmaninov
Kaliforniyaning  Beverli  Xills  shahrida  1943-yil  28  martda  butun  jahon
tayyorgarchilik ko’rayotgan uning 70 yilligiga uch kun qolganda olamdan ko’z
yumdi.
 
2.  Ijodiga  xarakteristika. Raxmaninov  rus  kompozitoridir.  “Musiqada
kompozitorning Vatani, uning muxabbati, ishonchi, taassurot qoldirgan kitoblari,
sevimli kartinalari aks ettirilishi kerak”. “Men rus kompozitoriman, mening Vatanim
menda dunyoqarash va ehtirosni aniqlab berdi, mening musiqam-mening ehtirosim
farzandidir, chunki u ruschadir”, deb musiqa ijodiga shunday deb ta’rif bergan ekan.
Raxmaninov turli janrlarda opera va simfoniya, kamer-instrumental va fortepiano
asarlari, romans  va  xor  janrlarida  ijod  qilgan.  Raxmaninov  musiqasini  birinchi
taktdan bilsa bo’ladi. Raxmaninov o’z iste’dodida simfonistdir. Simfonik boshlanish
nafaqat uning orkestr uchun yozilgan asarlarida, balki opera, fortepiano p’esalari va
romanslarida ham bordir.
 
Raxmaninov asarlari tabiiy yangraydi. Ularni birinchi bor eshitganimizda
badihago’ylik improvizatsiya seziladi, shu bilan birga shaklining xushbichimliligi,
qism-detallarning  o’ylanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Asarlarining  tuzilmasi  rus
qo’shiqlari uslubidagi melodik kuychanlikka xos. Raxmaninov musiqasi hayotga
ishonch hissini tug’diradi. So’nggi asarlarida ma’yus, g’amgin obrazlar bo’lsada
pessimizm hissini tug’dirmaydi. 
Logotip
1917-yil oxirida Raxmaninov oilasi bilan xorijga ketadi. Amerika va Evropa mamlakatlarining ko’plab shaharlariga gastrol safarlarini uyushtiradi. 1935-yilda tamomila Amerikada joylashadi. Bu yillarda kompozitor tomonidan №4 chi fortepiano va orkestr uchun kontserti, orkestr va xor uchun 3 ta rus qo’shiqlari, 3ta simfoniya “Simfonicheskie tantso’ dlya orkestra” ( Orkestr uchun simfonik raqslar), “Rapsodiya na temu Paganini “( Paganini mavzusiga rapsodiyalar) fortepiano va orkestr uchun yozilgan asarlari yaratilgan. Uning xorijiy davridagi kontsert faoliyati shiddatli va jadaldir. Masalan 1918-19 yillar mavsumida, Amerika Birlashgan shtatlarida uning ijrosidagi 36 ta kontsert namoyishidir. Dasturining kengliligi va doimiy fortepianoda shug’ullanishlari natijasida, Raxmaninovning ulug’ pianinochi sozanda nomi ochildi. Raxmaninov Kaliforniyaning Beverli Xills shahrida 1943-yil 28 martda butun jahon tayyorgarchilik ko’rayotgan uning 70 yilligiga uch kun qolganda olamdan ko’z yumdi. 2. Ijodiga xarakteristika. Raxmaninov rus kompozitoridir. “Musiqada kompozitorning Vatani, uning muxabbati, ishonchi, taassurot qoldirgan kitoblari, sevimli kartinalari aks ettirilishi kerak”. “Men rus kompozitoriman, mening Vatanim menda dunyoqarash va ehtirosni aniqlab berdi, mening musiqam-mening ehtirosim farzandidir, chunki u ruschadir”, deb musiqa ijodiga shunday deb ta’rif bergan ekan. Raxmaninov turli janrlarda opera va simfoniya, kamer-instrumental va fortepiano asarlari, romans va xor janrlarida ijod qilgan. Raxmaninov musiqasini birinchi taktdan bilsa bo’ladi. Raxmaninov o’z iste’dodida simfonistdir. Simfonik boshlanish nafaqat uning orkestr uchun yozilgan asarlarida, balki opera, fortepiano p’esalari va romanslarida ham bordir. Raxmaninov asarlari tabiiy yangraydi. Ularni birinchi bor eshitganimizda badihago’ylik improvizatsiya seziladi, shu bilan birga shaklining xushbichimliligi, qism-detallarning o’ylanganligi bilan ajralib turadi. Asarlarining tuzilmasi rus qo’shiqlari uslubidagi melodik kuychanlikka xos. Raxmaninov musiqasi hayotga ishonch hissini tug’diradi. So’nggi asarlarida ma’yus, g’amgin obrazlar bo’lsada pessimizm hissini tug’dirmaydi.
 
Raxmaninov  XIX  asr  oxiri  XX  asar  boshlarida  paydo  bo’lgan
modernizatsiyaga (san’at va adabiyotda realizmga zid yo’nalish nomi) qarshi edi.
O’z do’stlaridan biriga “ Modernistlarni chalmayman” deb yozgan ekan.
 
“Katta kompozitorlar doim birinchi navbatda musiqadagi ohangga e’tibor
qaratganlar. Butun musiqa asosiy boshi bo’lgan musiqa-bu ohangdir. Mukammal
ohang  hayotga  bo’lgan  o’zining  garmonik  uyg’unlik  shaklini  chaqiradi.  Ohang
ixtirosi kompozitor hayotidagi asosiy maqsaddir. Agarda kompozitor uzoq muddat
yashashga xaqli bo’lgan ohanglarni yarata olmasa, unda u kompozitorlik mahoratiga
erishish imkoniyatlariga qodir emas. Shu sababli ham avvalgi kompozitorlar o’z
mamlakatining  xalq  kuylariga  qiziqish  bilan  qaraganlar.  Rimskiy-Korsakov,
Dvorjak,  Grig  va  boshqalar  xalq  eposi-dostonlariga  tabiiy  ilhom  chashmasiday
qaraganlar. Men o’z maqsadi yo’lida ohang va garmoniy uyg’unlikni rad etib, o’z
asarlarida shovqin va dissonansga  mukkasidan ketgan zamonaviy kompozitorlar
musiqasini oqlamayman. Barcha kompozitorlar rus xalq qo’shiqlari ruhidan chuqur
oziqlanishlari kerak”, deb yozgan ekan Raxmaninov.
 
 
3. Fortepiano ijodi. Raxmaninov ijodiy qiyofasining eng yaxshi
xislatlari ko’proq fortepiano uchun yozilga asarlarida aks etdi. Fortepiano uchun
yaratilgan  asarlarida  Raxmaninov  san’ati  pianinochilik  mahorati  aks  etgan.
Raxmaninov ajoyib “ fortepianoda xonanda” edi, uning ijrosi keng kuychanlik bilan
ajralib turar edi. Asarlari ohangga boy va kuychandir. Musiqasida xalq qo’shiq
intonatsiyasi eshitilib, Raxmaninov ohangi erkin rus qo’shiqlari kabidir.
 
Uning asarlarida usul katta ahamiyatga ega. “Qaxrli va saxovatli” usul ,
jasur,  irodali  kayfiyatda,  raxmaninovcha  ijroda  aks  etgan.  Raxmaninov  ijrosi
mardonavor dramatizmda lirikaviydir. Uning asarlaridagi fortepiano bayoniga to’liq
ohangli  faktura,  fortepiano  jarangining  sofligi  xosdir.  Raxmaninov  tomonidan
fortepiano janrida yirik shaklli 2 ta sonata, 2 variatsiyali shakl, 5 ta fortepiano
kontserti yaratilgan.
 
Raxmaninov  o’zining  ijodida  rus  musiqa  madaniyati  an’analarini
rivojlantirgan. Chaykovskiy an’analari Raxmaninov uchun qadrli edi. Chaykovskiy
Raxmaninovga doim e’tibor bilan qarab, uni qo’llab- quvvatlagan. Chaykovskiyning
si  bemol  kontserti  kabi  Raxmaninov  kontsertlarini  fortepiano  va  orkestr  uchun
Logotip
Raxmaninov XIX asr oxiri XX asar boshlarida paydo bo’lgan modernizatsiyaga (san’at va adabiyotda realizmga zid yo’nalish nomi) qarshi edi. O’z do’stlaridan biriga “ Modernistlarni chalmayman” deb yozgan ekan. “Katta kompozitorlar doim birinchi navbatda musiqadagi ohangga e’tibor qaratganlar. Butun musiqa asosiy boshi bo’lgan musiqa-bu ohangdir. Mukammal ohang hayotga bo’lgan o’zining garmonik uyg’unlik shaklini chaqiradi. Ohang ixtirosi kompozitor hayotidagi asosiy maqsaddir. Agarda kompozitor uzoq muddat yashashga xaqli bo’lgan ohanglarni yarata olmasa, unda u kompozitorlik mahoratiga erishish imkoniyatlariga qodir emas. Shu sababli ham avvalgi kompozitorlar o’z mamlakatining xalq kuylariga qiziqish bilan qaraganlar. Rimskiy-Korsakov, Dvorjak, Grig va boshqalar xalq eposi-dostonlariga tabiiy ilhom chashmasiday qaraganlar. Men o’z maqsadi yo’lida ohang va garmoniy uyg’unlikni rad etib, o’z asarlarida shovqin va dissonansga mukkasidan ketgan zamonaviy kompozitorlar musiqasini oqlamayman. Barcha kompozitorlar rus xalq qo’shiqlari ruhidan chuqur oziqlanishlari kerak”, deb yozgan ekan Raxmaninov. 3. Fortepiano ijodi. Raxmaninov ijodiy qiyofasining eng yaxshi xislatlari ko’proq fortepiano uchun yozilga asarlarida aks etdi. Fortepiano uchun yaratilgan asarlarida Raxmaninov san’ati pianinochilik mahorati aks etgan. Raxmaninov ajoyib “ fortepianoda xonanda” edi, uning ijrosi keng kuychanlik bilan ajralib turar edi. Asarlari ohangga boy va kuychandir. Musiqasida xalq qo’shiq intonatsiyasi eshitilib, Raxmaninov ohangi erkin rus qo’shiqlari kabidir. Uning asarlarida usul katta ahamiyatga ega. “Qaxrli va saxovatli” usul , jasur, irodali kayfiyatda, raxmaninovcha ijroda aks etgan. Raxmaninov ijrosi mardonavor dramatizmda lirikaviydir. Uning asarlaridagi fortepiano bayoniga to’liq ohangli faktura, fortepiano jarangining sofligi xosdir. Raxmaninov tomonidan fortepiano janrida yirik shaklli 2 ta sonata, 2 variatsiyali shakl, 5 ta fortepiano kontserti yaratilgan. Raxmaninov o’zining ijodida rus musiqa madaniyati an’analarini rivojlantirgan. Chaykovskiy an’analari Raxmaninov uchun qadrli edi. Chaykovskiy Raxmaninovga doim e’tibor bilan qarab, uni qo’llab- quvvatlagan. Chaykovskiyning si bemol kontserti kabi Raxmaninov kontsertlarini fortepiano va orkestr uchun