SHAG‘AL, CHAQIQ TOSH VA QUM OLISHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
1,3 MB
SHAG‘AL, CHAQIQ TOSH VA QUM OLISHNING TEXNOLOGIK
SXEMALARI
Beton uchun to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish noruda qurilish materiallari
korxonalari o‘zida konlardan xomashѐni qazib olish va uni qayta ishlashning
kompleksini qamrab oladi. Xomashѐ materiallar konlardan ekskavator ѐrdamida ѐki
gidromexanizatsiyalashgan vositalarda qazib olinadi.
Gidromexanizatsiyalashgan vositalarda to‘proq so‘ruvchi snaryadlar misol
bo‘ladi. Ular asosan suv osti va suv aralashmali qum shag‘alli konlarda ishlatiladi.
Beton uchun to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalarining texnologik sxemalari
bevosita qayta ishlanaѐtgan tog‘ jinslariga, tayѐr mahsulotning nomenklaturasi va
sifatiga, xomashѐdan kompleks foydalanish
imkonini beruvchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning tipiga, ѐqilg‘i-energetika,
material va xomashѐlarni iqtisod qilishga bog‘liq holda ishlab chiqiladi. Qayta
ishlanadigan qazib olingan tog‘ jinslarining asosiy klassifikatsion xarakteristikasiga
uning bir jinsligi, mustahkamligi, kelib chiqishi, materialning qism va bo‘laklarining
o‘lchamlari, undagi mavjud salbiy qo‘shimchalar(gil, chang va boshqalar)ning turi
va miqdori kiradi.
4.29-rasm. Otqindi jinslarni qayta ishlovchi avtomatlashgan maydalash
liniyasi SADL-I-400 sxemasi:
1-plastik ta’minlovchili bunker; 2-jag‘li maydalagich SHPD-9x12 ѐrdamida yirik
maydalash; 3-lentali statsionar konveyrlar; 4-konusli maydalagich KSD-1750Gr
ѐrdamida o‘rtacha maydalash; 5- konusli maydalagich KSD-1750Gr ѐrdamida o‘ta
maydalash; 6-ikkita inertsion g‘alvirlar GIS-62 dan iborat navlarga ajratish
qurilmasi; 7-spiral klassifikatorli KSN-15 yuvish qurilmasi; 8-bunker-omborlar; 9-
dastlabki bunker-ombor; 10-shtabelga joylashtiruvchi-konveyrlar.
4.30-rasm. Harakatlanuvchi maydalash-navlarga ajratish uskunasi PDSU-85:
1-ta’minlovchi bilan birgalikda qabul bunkeri; 2-yiriklashtirib maydalash uskunasi;
3- o‘rtacha maydalash uskunasi; 4-navlarga ajratish uskunasi; 5- o‘ta maydalash
uskunasi; 6-lentali konveyrlar; 7-boshqaruv tugmasi uskunasi
4.31-rasm. SHag‘al-qumni qayta ishlash korxonasi:
1- dastlabki maydalash bo‘limi korpusi; 2- ikkinchi va uchinchi bosqichli maydalash
bo‘limining korpusi; 3- yuvish va navlarga ajratish bo‘limining korpusi; 4-
boyitilgan qum olish tsexi; 5- temir-yo‘l transportiga shag‘al va chaqiq toshni
yuklash bunkeri; 6- shag‘al va chaqiq tosh ombori; 7- boyitilgan qum ombori; 8-
temir-yo‘l transportiga shag‘alni yuklash bunkeri; 9- shag‘al ombori; 10- karerga
kiruvchi temir-yo‘l tarmog‘i.
Fraksiyalangan chaqiq toshini maydalab olish texnologik uskuna sxemasi
4.11-Rasm. CHaqiq toshni olish texnologik sxemasi
1. Vibropitatel (bunker sig‘imi 15 kub.m.)
2. Groxotlab sortirovkalash GIS-42 agregati (elaklari 40x40; 70x70)
3 Groxotlab sortirovkalash GIS-43 agregati (elaklari 5x20; 10x10; 20x20)
4. Konveyer 800-15
5. Konveyer 650-20
6. Konveyer 650-15 (6 dona.)
7. Boshqarish kabinasi
4.12-Rasm. Eng oddiy maydalash-navlarga ajratish korxonasi:
1-qabul qilish; 2-ta’minlovchi; 3-maydalagich; 4-lentali transportyor; 5- g‘alvir;
6,7,8 – maydalangan mayda, o‘rtacha va yirik mahsulotlar uchun bunkerlar
CHaqiq tosh tog‘ jinslarini maydalab olinadi. CHaqiq tosh yuqori
mustahkamlikdagi betonlar uchun sifatli yirik to‘ldiruvchi hisoblanadi. CHaqiq tosh
olishda asosiy xomashѐ sifatida otqindi tog‘ jinslari granit, gabbro, diabaz, bazalt;
karbonat cho‘kindi tog‘ jinslari- ohaktosh va dolomitlar ishlatiladi.
Temir-beton
mahsulotlari
zavodining
to‘ldiruvchi
saqlanadigan
omborxonalari har xil turda bo‘lishi, to‘ldiruvchini tashuvchi transport turi, qabul
qilish usuli, saqlanish va uzatishga bog‘liq. To‘ldiruvchini omborxonaga joylash,
saqlash usuliga qarab omborxonalar ochiq va ѐpiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
shtabelli, silosli, yarimbunkerli.
To‘ldiruvchilarni omborxonada saqlash ularni turiga qarab, fraktsiyasi va
hajmiga ѐki bo‘luvchi devorlarining joylanishiga qarab bajariladi. Ochiq
omborxonalar kamchiligi, bu saqlanadigan mahsulotning nam tortishi, tashqi
chiqindilar bilan ifloslanib qolishidir. Bundan tashqari to‘ldiruvchini shtabelda
saqlashda omborxonada gusenitsali buldozer bilan materiallarni surishda yirik
to‘ldiruvchini maydalab yuborishi va uni ifloslantirishi mumkin.
4.32-rasm. To‘ldiruvchining shtabel-yarimbunkerli ѐpiq omborxonasi:
1-tushirib joylaydigan mashina S-492, 2-to‘ldiruvchi omborxonasi, 3-
tushirib oladigan stantsiya, 4-beton qorish tsexi, 5-tushiradigan konteyner, 6-
ko‘ndalang lentali ta’minlovchi, 7-ko‘p cho‘michli elevator, 8-to‘ldiruvchini isitish
registrlari, 9-g‘aramosti lentali konveyer, 10-lotokli titratib ta’minlovchi, 11-
material satx ko‘rsatkichi.
Dona shakliga ko‘ra chaqiq tosh uchta guruhga bo‘linadi: oddiy, bunda
plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy massa bo‘yicha 35% gacha ruxsat
etiladi; yaxshilangan, bunda plastinkasimon va qirrali shaklli donalar umumiy
massada 25% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; kub shaklida, 15%dan oshmasligi kerak.
CHaqiq toshning mustahkamligi u olinadigan tog‘ jinsiga mos keladi. CHaqiq toshni
ishlab chiqarish uchta asosiy texnologik jaraѐn asosida bajariladi: toshni keltirish,
maydalash va navlarga groxotda ajratish.
Tabiiy qumni qazib olish
Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi.
Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi tog‘
oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘
ѐnbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit va
transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq qum
uchraydi.
Tekislik konlarida qum yer yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan
pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq ѐki nam holatda bo‘ladi. Qumni
qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda)
ѐki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi.
Suvli konlarda qum darѐ, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan olinadi.
SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda ѐki ѐpiq usulda ishlab chiqariladi.
Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar zamin, gil
va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va uni hajmining
foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsiyentini ifodalaydi.
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali
qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta
hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi.
Konlarda ochish ishlari bajarilgandan so‘ng, transport yo‘llari va ishlash
pog‘onalari hosil qilishda transheyalar ѐtqiziladi (4.4-rasm).
4.4-rasm. Qumni ochiq holatda qazib olish:
1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilaѐtgan maydon
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U
bevosita ekskavator cho‘michi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta qatlamda
mavjud bo‘lsa, u holda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib olish
qavatining eni ekskavator cho‘michi radiusiga bog‘liq holda 1,2-1,3m ni tashkil
etadi.
Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va
boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘rikurakli ekskavatorlar
(cho‘mich sig‘imi 0,25-15m3) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi
balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi.
To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida
transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi.
Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning
cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn
o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida
ishlaydi.
Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p
kovshli
ekskavatorlar
konveyr
shaklidagi
to‘xtovsiz
harakatlanuvchi
cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash bilan
bajariladi.
CHo‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin zanjirda ularning soni 40
donagacha
yetadi.
SHu
sababli
ularning
to‘xtovsiz
harakatida
yuqori
mahsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli burchaklarda
joylashgan bo‘lishi mumkin, ya’ni ekskavator turgan joy darajasida va ish
pog‘onasining pastki ѐki yuqori qismida joylashadi.
Agar qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa,
donalari yirikligi bilan farq qilsa, u holda ko‘p cho‘michli ekskavatorda qazib
olishda qumning donadorlik tarkibi mo‘tadillashtiriladi, bu esa ijobiy faktor
hisoblanadi.
Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘p cho‘michli rotorli ekskavatorlar ham
ishlatiladi, ularning ichki organlariga o‘q yaqinida aylanuvchi rotorli cho‘michlar
osilgan xalqa kiradi. CHo‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida joylashgan
lentali transportѐrga yuklanadi va bunker, transport vositalari ѐki maxsus
chuqurlarga uzatiladi. Rotorli ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat ishlash oson
kechadi.
Ko‘p cho‘michli ekskavatorning bir cho‘michlidan afzallik tomoni: qazish
ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil to‘ldirish, 1t massa
uchun ishlab chiqarishning katta mahsuldorligi, energiyaning kam solishtirma sarfi.
Qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta
bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va bir jinsliligini sistematik nazorat qilinadi.
Sifati past qum uchastkalari qayta ishlanmaydi ѐki maxsus chuqurlarga to‘kiladi.
Qum koni uchun asosiy transport turi tirkamali va yarim tirkamali
avtosomosvallar va avtotyagachlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektromotorli
samosval-trolleyvozlar, o‘zi to‘kar tirkamali traktorlar, temir-yo‘l transportlari
(motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar vagonlar va platformalar), kanatli osma
yo‘llar kiradi.
Ko‘p hollarda lentali transportѐrlardan iborat to‘xtovsiz harakatlanuvchi
konveyr transportini rotorli ѐki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan birga
qo‘llash o‘ta samarali hisoblanadi.
Konveyr transportini ishlatish ekskavatorlar ishlashini uzluksizligini
ta’minlaydi, ularning mahsuldorligini 35-50% ga oshiradi, boshqarish va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Olingan qumning tannarxini va
kapital harajatlarni pasaytiradi.
Kon ichida va undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyr transportidan
foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni qazib
olish ekskavator-draglaynlarda, kanatli skreyperlarda amalga oshiriladi va eng
samaralisi bu gidromexanizatsiyalashgan qazib olish hisoblanadi.
Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq
so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma’lum
vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar ѐrdamida joylashtiriladi.
Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv
ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi.
Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan
birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi
ѐrdamida yig‘iladi.
Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani
qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidagi
maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u yerdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda
bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash, boyitish
va fraktsiyalash ishlari bajariladi.
Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat darѐ ѐki boshqa suv
havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv
yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda
bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor
nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos ѐrdamida yaqin masofadagi suv havzasidan
uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi.
Tog‘ konlari sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustahkam tog‘
jinslarini buzish xususiyatiga ham ega. Qumni olishda suvning 0,3-0,5Mpa bosimi
yetarli bo‘ladi. Maxsus chuqurlikka suv-qumli aralashma o‘z og‘irligida
harakatlanadi, agar qiyalik ѐki tuproq so‘ruvchi bo‘lsa trubalar ѐrdamida uzatiladi.
4.1.1. Qazib olish va fraktsiyalarga ajratish
SHag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli
aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40% ni tashkil etadi.
Qum-shag‘alli konlarni ochish va qayta ishlashni tashkil etish yuqorida
aytib o‘tilgan qum konlarini qayta ishlash usullaridan kam farqlanadi.
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart
fraktsiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi.
Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt
ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi.
Bu qulay, arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli
aralashmaning donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart.
Biroq ko‘p hollarda navlarga ajratilmagan qum-shag‘alli aralashmani
betonda qo‘llashda betonning sifati tushadi va tsement sarfi oshadi.
Qum-shag‘alli aralashmalar, shag‘al va qumning alohida ishlatishga
qaraganda qavatlanishga moyildir. SHu sababli ular bir jinsli bo‘lmaydi. SHuning
uchun qumni fraktsiyalash katta ahamiyatga ega.
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar
ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish
jarayonini esa elash deyiladi.
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan
bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy
qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha
harakatlanadi.
Bunday
g‘alvirlarni
harakatlanmaydigan
deyiladi.
Ko‘pincha
harakatlanuvchi g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi.
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elash yuzasi kolosnikli, shtampalangan quyma
yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik
elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga
ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi.
SHtampalangan quyma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon
tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi.
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining
g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq.
G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda
hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi
kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada harakatlanishi
tezligiga bog‘liq.
Masalan, donalar yirikligi 40mm gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilarni elash uchun
kvadrat tirqishli o‘lchami 42 mm dan ibort gorizontal joylashgan katta simli g‘alvir
ishlatiladi, qiyalik (20°) bo‘yicha joylashtirganda esa
45mm ko‘zli g‘alvir
ishlatiladi.
Katta ko‘zli g‘alvirning tirqishi qanchalik katta bo‘lsa, berilgan o‘lchamdan
kichik donalarning barchasi undan o‘tish ehtimoli katta bo‘ladi va yirik fraktsiya
g‘alvir ichida qolmaydi.
Biroq, bu holatda yirik donalar mayda fraktsiyalar bilan ifloslanishi mumkin.
Optimal variant tanlanadi, lekin aralashmani to‘liq ajratish mumkin emas.
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5% yoki 10% shag‘al
bo‘lishi, shag‘alda esa 10% gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu
chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi.
SHag‘alni navlarga ajratishda turli konstruktsiyali qo‘zg‘aluvchan katta
ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi.
YAssi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga
ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan.
CHayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara
haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali
harakatga keladi. 4.12,a-rasmda aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan.
Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi.
Tebranuvchan, ba’zida inertsion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda
joylashgan tebratgich-debalansli val (4.12,b-rasm) harakatlanishidan tebranadi.
4.12-rasm. YAssi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning
sxemasi:
a-giratsion; b-inertsion
Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inertsiya
kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni
materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq.
CHayqaluvchan va tebranuvchan g‘alvirlar poydevorlarga prujinalarda
o‘rnatiladi yoki orayopma to‘siniga prujinali amortizatorli po‘lat troslarda qotiriladi.
Panjaralar ko‘pincha qiya holatda o‘rnatiladi, biroq navlarga ajratiluvchi materiallar
joylashishini ta’minlash maqsadida tebranish yo‘nalishi bo‘yicha gorizontal ham
o‘rnatiladi.
G‘alvirlarda bitta, ikkita panjara (elak) va undan ortiq panjara qo‘yiladi. Ular
g‘alvirning ramasiga parallel holatda: nisbatan katta ko‘zli elak yuqorida va uning
ostida nisbatan kichik ko‘zli elak o‘rnatiladi. Har bir elakdan ma’lum fraktsiyali
navlarga ajratilgan materiallar olinadi.
4.13-rasm. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi
Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi
(4.13-rasm), ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida
tsilindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi.
Agar panjara tugallanadigan shaklda bo‘lsa, u holda baraban o‘qi gorizontal
holatda bo‘ladi.
Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat
sektsiyalardan iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab
harakatlanadi, 4.13-rasmda ko‘rsatilgan. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat
biri-ikkinchisida joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi. Bunda yassi
g‘alvirlardagi kabi navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi.
Keyingi vaqtlarda noruda qurilish materiallarini navlarga ajratishda yassi
g‘alvirlarda o‘rnatilgan rezinali elaklar keng qo‘llanilmoqda. SHu bilan bir qatorda
rezina yoki sintetik polimerlardan quyilgan elaklar ham ishlatiladi.
Bunday elaklarning afzalliklari: ishlab chiqarishning ortishi, o‘ta toza elash,
shovqinnning kamayishi va eng asosiy elakning eskirishga chidamliligidir.
Yirik ko‘zli g‘alvirning panjarasidan o‘tgan material, panjara osti
mahsuloti(quyi sinf) deyiladi, panjara o‘tmagan materialni, panjara usti mahsuloti
(yuqori sinf) deb ataladi.
Yirik
ko‘zli
g‘alvirlarning
ishlashini
baholashda
elashning
sifat
koeffitsiyenti kiritiladi (%), elashning samaradorligi ham deb ataladi:
Bu yerda:
v-quyi sinfning chiqishi, butun material massasi bo‘yicha
(masalan, qum-shag‘alli aralashmadan qumning chiqishi);
a- foydalanilgan material tarkibida mayda fraktsiyaning massa ulushi
(qum-shag‘alli aralashmada qumning miqdori),%;
s- yuqori sinfdagi mayda fraktsiyaning ifloslanishi (shag‘alda qumning
massa ulushi),%.
Agar s- kattaligi 5% dan oshmasa, u holda elashning samaradorligi, masalan
a=60% da quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak:
Agar s=10% bo‘lsa, u holda elashning samaradorligi ye=93% bo‘ladi.
Bir martali elashda ye-kattaligi, tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, baraban
tipidagi g‘alvirlar uchun-60% gacha, chayqaluvchi g‘alvirlar uchun-90% gacha,
tebranuvchi g‘alvirlar uchun -98% gacha.
Aralashmani g‘alvirda suv bilan yuvganda ho‘l elashning samaradorligi
oshadi. Bu holatda shag‘al pastki sinf bilan birga yuvilgan qo‘shimchalardan
tozalanadi.
Titranuvchan katta ko‘zli g‘alvirlarning mahsuldorligi (m3/soat) quyidagi
formuladan aniqlanadi:
Q=cF·q·l·m·n·o·p ,
(24)
Bu yerda:
s- elak yuzasidan foydalanish koeffitsiyenti; yuqori elak uchun s=1;0,85 va
g‘alvirni material yuklaganda eni 70 dan katta va 65% dan kichkina mos keluvchi
pastki elak uchun -s =0,8 va 0,7;
F-elakning ishchi yuzasi, m², g‘alvir turlari GIS- 62, GIS- 52 ,GIS- 42 uchun
9,7,5 qabul qilinadi, GIT-41 uchun F=4,5;
q- kvadrat ko‘zli 1m² elakning solishtirma hajmiy mahsuldorligi, m3
(m²·soat); metall elak ko‘zi o‘lchami 3,5,10,20,40,80 va 100 mm uchun mos holda
q=7,11,19,28,38,58va 63;
R, l, m, n, o, p –tuzatma koeffitsiyentlar;
R va l- elak ko‘zidan katta va yarmidan kichigiga mos keluvchi
o‘lchamdagi donalarning miqdorini hisobga oladi;
R=0,6-2,0 bo‘lib, 20 dan 90% gacha tarkibda 0,2 interval bo‘yicha har 10%
dan so‘ng;
l=0,94;0,97 ;1,0;10,20,25% uchun va l=1,03; 1,09;1,18; 1,32; 1,55 ;2,0;
3,36- 30,40,50,60,70,80,90% uchun;
m-
elakning samaradorligi-Ega bog‘liq bo‘lib: n=1,0 va 1,25-
maydalangan material va qum-shag‘alli aralashma uchun; 0=1,0 va 0,75....0,9-quruq
va nam materialga mos keladi;
R=1,25 – 1,4 suvda elashda elak o‘lchami 25mm dan kichik uchun, boshqa
holatda quruq va ho‘l elash uchun R=1.
4.14-rasm. Konussimon g‘alvir:
1-qumli-loyqa suvni yo‘naltiruvchi pattrubka; 2-shag‘alni yo‘naltiruvchi
patrubka; 3-korpusning konussimon qismi; 4-konussimon panjara;5-korpusning
tsilindrsimon qismi; 6-qopqoq.
Qum-shag‘alli aralashmani gidromexanizatsiyalashgan usulda qazib olishda
suvli aralashma konussimon suvli g‘alvirda qum va shag‘alga ajratiladi.
Konussimon g‘alvir (4.14-rasm) ichida konussimon panjara o‘rnatilgan bo‘lib, 2,5-
5 m/s tezlikda suvli aralashma tangentsial holatda uzatib turiladi. Qumli- loyqa suv
va shag‘alni ajratish suvli aralashmaning tepa qavatida bosim va markazdan qochma
kuchlar ta’sirida bajariladi.
Korpusning tsilindrik qismi ichki diametri 1,1-3m bo‘lganda
g‘alvirning o‘rtacha mahsuldorligi 20-400 m3/soat ni tashkil etadi, qattiq mahsulot
(shag‘al) va suvli aralashma (qumning suvli aralashmasi)ga mos keladi. So‘ngra
gidravlik klassifikatorlarga yuboriladi, shag‘alni donalar yirikligi bo‘yicha
fraktsiyalarga ajratiladi.