SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING DAVLATLARNI TASHKIL TOPISHI

Yuklangan vaqt

2024-03-27

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

26,6 KB


 
 
 
 
 
Arxeologiya fanidan 
 
 
mustaqil ishi 
 
 
 
SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING 
DAVLATLARNI TASHKIL TOPISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Arxeologiya fanidan mustaqil ishi SHAHARLARNING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING DAVLATLARNI TASHKIL TOPISHI
 
 
Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat 
bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga 
kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga 
muxim omil bo’ldi. 
O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, 
qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat 
topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston 
hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez 
rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi. 
O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni 
miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. 
Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 
gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida 
Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga 
mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) 
Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati 
vakillarining makonlari paydo bo’ladi. 
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi 
cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy 
dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng 
va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi 
irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, 
O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy 
qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning 
shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar. 
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida 
qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan 
Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi. O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi. O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi. Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan
shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu 
davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar. 
O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, 
xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida 
ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan. 
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - 
Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha 
Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan. 
Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng 
qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan 
avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish 
juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan 
avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning 
O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay 
tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning 
umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma 
manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi 
harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, 
ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli 
ma’lumotlar to’plangan edi. 
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar 
paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va 
ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va 
elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar. 
Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida 
(Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq 
bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi 
hayvonlarni qo’lga o’rgatish - chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan 
dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, 
shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar. O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan. Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan. Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi. Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar. Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish - chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo,
Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi 
Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi. 
Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik 
o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati 
rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon 
bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi. 
Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini 
ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan 
mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga 
dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar 
ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda. 
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan 
erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, 
ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng 
foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday 
vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va 
manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil 
etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish 
muhim va hayotiy zaruriyat edi. 
Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida 
hurmat-e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy 
ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti 
ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat 
kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib 
chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo 
bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va 
asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros 
tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi. 
Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi. Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi. Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda. Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi. Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat-e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi.
O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini 
chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni 
huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi. 
O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. 
Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar 
yo’q. O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar 
natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab 
jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi. 
O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid 
tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi 
«Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim 
yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, 
daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, 
aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi 
to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. 
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. 
«Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh 
viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga 
oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar 
nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining 
rivojlanishi haqida ma’lumotlar. 
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy 
voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon 
tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan. 
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar 
beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi 
davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib 
hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. 
O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo’q. O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi. O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud. «Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan. Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon 
tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi 
tartibda ko’rsatib berilgan: 
«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari Yunon tarixchilari 
Mouru 
Marg’un 
Marg’iyona 
So’g’da So’g’uda 
So’g’diyona 
Bahdi 
Baqtrish 
Baqtriyona 
Xvarizam Xvarazmin 
Xorasmiya 
- 
Partava 
Parfiyona 
Tur, danu Shak, sak 
Saklar, massagetlar 
MouruTarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, 
So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - 
Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, 
Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan. 
Saklar O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’lari, dashtlari va cho’llarida yashagan 
ko’chmanchi chorvador qabilalaridir. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi 
guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda «tigra» - bu «o’tkir», xauda - «bosh kiyim», 
«saka-xaumovarka» - «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam 
ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar». 
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo’rg’onlar juda 
keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, 
pomir va Tangritog’ o’lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). 
Saklar xo’jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu kabilar 
qoramol mayda chorva hamda otni ko’plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida 
bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol 
idishlar uchraydi. 
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta 
Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi 
ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning 
ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi. 
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan: «Avesto» Qadimgi fors yozuvlari Yunon tarixchilari Mouru Marg’un Marg’iyona So’g’da So’g’uda So’g’diyona Bahdi Baqtrish Baqtriyona Xvarizam Xvarazmin Xorasmiya - Partava Parfiyona Tur, danu Shak, sak Saklar, massagetlar MouruTarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan. Saklar O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’lari, dashtlari va cho’llarida yashagan ko’chmanchi chorvador qabilalaridir. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda «tigra» - bu «o’tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-xaumovarka» - «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar». Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo’rg’onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, pomir va Tangritog’ o’lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo’jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko’plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi.
Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan 
quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar. 
1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi; 
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va 
Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi 
Xorazm davlati; 
3. Qadimgi Baqtriya davlati. 
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi 
Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, 
Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni 
birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining 
davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar. 
Bu masala ko’plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo’lgan bo’lsa-da, «katta 
Xorazm» muammosi to’la echimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes 
daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo’lgan. 
Gerodot yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, 
tog’ni esa beshta dara kesib o’tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli 
bo’lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida 
joylashgan. 
Forslarning 
hukmronligi 
boshlang’ich 
vodiy 
fors 
podshosi 
hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan tog’dan Akes nomli yirik daryo 
boshlanadi». 
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin 
xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida 
joylashganlar. 
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar 
podshosi Kir II tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng xorazmliklar Quyi Amudaryo 
- hozirgi Xorazm viloyatiga ko’chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga 
ko’ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda 
qadimgi forslar siqib chiqarganlar. 
Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar. 1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi; 2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati; 3. Qadimgi Baqtriya davlati. Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar. Bu masala ko’plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo’lgan bo’lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to’la echimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo’lgan. Gerodot yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, tog’ni esa beshta dara kesib o’tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo’lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlang’ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan tog’dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi». Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko’chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko’ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar.