SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH VA YO‘NALISHINI ANIQLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Shamol va uning ahamiyati haqida tushunchaga
ega bo‘lish. Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini
o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.Shamolning paydo bo‘lish sabablari va uning ahamiyatini o‘rganish;
2.Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash tartibini o‘rganish;
3.Anemorumbometr va qo‘l anemometrning tuzilishini o‘rganish;
4.Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol esish tezligini
o‘lchashni o‘rganish;
5.Shamol “guli” grafigini chizishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: mm li qog‘oz, qalam, chizg‘ich,
sekundomer, anemorumbometr M-63, M-1; kosachali qo‘l anemometri;
anemometrni o‘tkazish jadvali, anemometrning tekshirish guvohnomasi va h.k.
12.1. Shamol va uning ahamiyati
Havoning gorizontal yo‘nalishdagi harakatiga shamol deyiladi. Yer
yuzasidagi turli hududlarning havo bosimi bir xil bo‘lmaganligi sababli shamol
paydo bo‘ladi. Havo bosimi yuqori bo‘lgan joydan havo bosimi past bo‘lgan joyga
tomon havo harakat qiladi. Har ikkala joy o‘rtasidagi bosim farqi qancha katta
bo‘lsa, shamolning tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Shamol, tezligi yo‘nalishi va
shiddati bilan xarakterlanadi.
Shamol natijasida tuproq ustidagi havo uzluksiz yangilanib turadi va tuproq
namining bug‘lanishi tezlashadi va tuproq tez quriydi. Tuproqdan suvning ortiqcha
1
bug‘lanishi tuproq namligini kamayib ketishiga, ya’ni qurg‘oqchilikning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Tabiiy va madaniy o‘simliklar shamol yordamida changlanadi. O‘simliklar
gul changi, urug‘lari, engil bo‘lganidan uzoq joylarga, hattoki bir necha ming km
masofagacha tarqaladi.
Yuqorida biz shamolning foydali tomonlari haqida gapirdik. SHuni qayd
qilish kerakki, shamol tezligining haddan tashqari ortishi xalq xo‘jaligiga, xususan,
qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Eng muhimi shamol tuproqdagi namni
bo‘g‘lanishini, o‘simliklarning traspiratsiyasini kuchaytiradi. Kuchli shamol
bug‘doy, arpa, g‘o‘za va makkajuxori kabi ekinlarning yotib qolishiga sabab
bo‘ladi. Shuningdek, kuchli shamollar imoratlarni vayron qiladi, elektr uzatish
liniyalarini uzadi, chang - to‘zon ko‘tarib, havoni ifloslantiradi.
Ekinzorlarga kimyoviy preparatlar bilan ishlov berishda shamolning
yo‘nalishi va tezligini hisobga olish zarur. Nihoyat, dasht va cho‘l zonalarida
ekinzorlarni shamoldan saqlash uchun ekinzorlar atrofida eni 10-60 m keladigan
ihota daraxtlari polosalari bunyod etiladi. Bunday ihota daraxtzorlar shamol
kuchini susaytiradi, qorni tutib qoladi, qor va yomg‘ir suvlarini tuproqni yuvib
ketish kuchini kamaytirib, tuproqda namlikni ko‘proq saqlanib qolishiga imkoniyat
yaratadi..
Yuqoridagilardan tashqari, shamol energiyasidan qishloq xo‘jaligida keng
foydalaniladi. Shamol doimiy esib turadigan joylarda dvigatellardan foydalanish
qulay. Shamol dvigatellari tegirmonlarni yurgizishda, quduqlardan suv tortishda va
boshqa ko‘p ishlarda qo‘llaniladi. Ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan aytib
berish uchun ham shamol kuchi va yo‘nalishini bilish zarur.
Shamol yo‘nalishi gorizontning shamol esayotgan tomoni bilan nomlanadi.
Masalan, shimol yoki g‘arb tomondan esganda shimoliy yoki g‘arbiy shamol
deyiladi. Shamol yo‘nalishini belgilashda 16 ta rumbdan foydalaniladi (12.1.1-
rasm).
2
12.1.1-rasm. Rumblarning joylanishi.
Shamol yo‘nalishi ba’zan graduslarda ham aniqlanib, hisoblash shimol
tomondan soat strelkasi yo‘nalishida olib boriladi. Bunda shimoliy shamolga 00
yoki 3600, sharqiy shamolga 900, janubiy shamolga 1800, g‘arbiy shamolga 2700
mos keladi. Rumblar bilan shamol yo‘nalishini aniqlashda, ularning yo‘nalishi
rumblar bosh harflarining nomi bilan yuritiladi. Rumblardagi yo‘nalishlar 12.1.1-
rasmdagi kabi ko‘rsatiladi va quyidagicha o‘qiladi:
1. SH-shimoliy
2. SHSHSHq-shimol, shimoli-sharqiy
3. SHSHq-shimoli-sharqiy
4. SHqSHSHq-sharq, shimoli-sharqiy
5. SHq-sharqiy
6. SHqJSHq-sharq, janubi-sharqiy
7. JSHq-janubi-sharqiy
8. JJSHq-janub, janubi-sharqiy
9. J-janubiy
10.JJG‘-janub, janubiy-g‘arbiy
11.JG‘-janubi-g‘arbiy
12.G‘JG‘-g‘arb, janubi-g‘arbiy
13.G‘-g‘arbiy
3
14.G‘SHG‘-g‘arb, shimoli-g‘arbiy
15.SHG‘-shimoli-g‘arbiy
16.SHSHG‘-shimol, shimoli-g‘arbiy
Shamol tezligi m/s da ifodalanadi. Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlashda
anemometr, flyuger, anemorumbometr, anemorumbograflar ishlatiladi.
11.2.
Anemorumbometr M-63M-1 ning tuzilishi
Anemorumbometr elektr toki yordamida ishlaydi va shamolning maksimal,
o‘rtacha, yuqori tezliklarini aniqlaydi. Anemorumbometr datchiklardan o‘lchagich
pult, tok beruvchi qismi (batareya) va pult bilan qabul qiluvchi qismini
birlashtiruvchi kabellardan iborat. Anemorumbometrning ishlash prinsipi, shamol
tezligining ikkita impuls o‘rtasidagi o‘zgarishi va uning datchiklarga urilishiga
asoslangan holda shamol yo‘nalishini aniqlaydi. Flyugarka 4 ta havo parraklaridan
iborat, gorizontal o‘qqa joylashtirilgan maxsus shariklar yordamida o‘z o‘qi
atrofida erkin aylanadi va datchik vazifasini bajaradi. O‘lchash pulti korpusga
o‘rnatilgan uni qo‘shish uchun knopka bosiladi.
SHamolning birdaniga o‘qtin-o‘qtin oshadigan tezligini o‘lchash maxsus
shkala yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridagi shkalada 0-60 m/s gacha (har bir
bo‘lim chizig‘i 2 m/s ga teng) o‘lchanadi. Pastki shkalaga 0-30 m/s gacha (har bir 1
m/s ga teng) pastki shkala o‘tkazish knopka yordamida amalga oshiriladi.
Muddatlar o‘rtasidagi maksimal tezlik ko‘rsatkichini o‘chirish uchun maxsus
ruchkadan foydalanadi. O‘rtacha tezlikni aniqlashda katta shkaladan foydalaniladi
va u 0,1m/s ga teng, kichik shkala 10 m/s ga teng.
Ma’lum vaqt ichida (10 minut) shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash uchun
ruchkani burash lozim. Shamolning yo‘nalishi shkalaga qarab aniqlanadi. Shkala
ikki qismdan iborat bo‘lib, undan indikator rangiga qarab foydalaniladi. Yuqori
shkaladan qizil yonganda 00-3600 gacha, pastki shkaladan yashil yonganda 1800-
3600-1800 gacha o‘lchanadi. Har bir bo‘lakning oralig‘i 50 ga teng. Shamol
yo‘nalishini aniqlovchi kanalni ishga tushurish uchun yana knopka bosiladi.
Asbobning orqa tomonida kabel (datchiklar)ni ulash uchun maxsus rozetka
o‘rnatilgan. Asbob akkumulyator (batareya) toki bilan ishlaydi.
4
12.2.1-rasm.Anemorumbometr M-63
Anemorumbometrlarning datchiklari metall machtaga yoki binoning tomiga
o‘rnatiladi. Hisob oluvchi qismi kabel orqali ulanib, binoning ichiga o‘rnatiladi.
Tok beruvchi batareya bilan o‘lchov apparati o‘rtasidagi masofa 2 metrdan
oshmasligi kerak. Datchiklar bilan o‘lchov apparati 7 taramli simdan iborat va
uzunligi 150 metr.
Shamol tezligini o‘lchash ishlari knopkani bosish bilan boshlanadi.
Shamolning 10 minut ichidagi o‘rtacha tezligini aniqlash uchun ruchka oxirigacha
buraladi va ko‘rsatkichdagi o‘rtacha tezlik knopka yordamida o‘chiriladi va
shamolning o‘rtacha tezligi aniqlanib, pastki shkala orqali shamolning birdaniga
o‘qtin-o‘qtin oshadigan tezligi aniqlanadi. Yuqoridagi shkala orqali maksimal
tezlik aniqlanadi. Asbobdan hisob olishda aniqlik darajasi 1 m/s bo‘lishi kerak.
Hisob olingandan keyin ruchkani burash orqali maksimal tezlik birdaniga o‘qtin-
o‘qtin oshadigan tezlikka barobar kelguncha tushiriladi. Agar shamol tezligi 2-3
minut ichida aniqlanishi kerak bo‘lsa, o‘lchash boshlangunga qadar knopkani
bosish bilan shkala qo‘shiladi, ikki munut ichida shkala strelkasining harakati
kuzatiladi va ko‘rsatkich 5 m/s gacha aniqlikda yozib olinadi.
12.3. Qo‘l anemometrining tuzilishi va ishlash prinsipi
5
Qo‘l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralig‘i (odatda 10 minut
ichida) da o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 1 m/sek dan 20 m/sek gacha
intervaldagi shamolning tezligini o‘lchashda ishlatiladi.
Qo‘l anemometrining qabul qiluvchi qismi o‘qning yuqori qismiga
o‘rnatilgan, qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to‘rtta bir xil (ichi kovak)
yarimsharlar (kosachalar) 1 yoki parraklardan iborat. O‘qni 2 pastki qismi
chervyakli vint 8 bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichining tishli g‘ildiragiga
tegib turadi. O‘q aylanganda aylanishlar hisoblagichini hamda undagi uchta
strelkani ham harakatga tushiradi. Yarim sharlar tashqi mexanik
shikastlanishlardan himoya qilish uchun yoysimon simlar 3 bilan to‘silgan.
Asbobning hisoblash mexanizmi korpusga joylashtirilgan. Hisoblash mexanizmi
(shkala) 5 uchta shkalaga ega bo‘lib, ularga mos ravishda yuzlik, minglik va o‘nlik
aylanishlar soni hisob qilinadi. Anemometr markaziy shkalasi 0 dan 100 gacha
bo‘lingan. Bu shkala bo‘yicha o‘nlik va birlik aylanishlar hisobga olinadi. Qolgan
ikkita kichik shkaladagi strelka yordamida esa yuzlik va minglik aylanishlar soni
aniqlanadi. Ularning shkalasiga “yuzlar” va “minglar” deb yozilgan (12.3.1-rasm).
Asbob korpusi 4 o‘ng yon tomonining pastki qismida halqa shaklidagi arretir
(strelkalarni qo‘shgich) 6 bor. Arretirni yuqori va past holatga surish mumkin.
Arretirni soat strelkasi yo‘nalishiga qarshi (yuqoriga) surganda, u sanash
mexanizmini chervyak uzatma orqali o‘q bilan bog‘laydi. Arretirni soat strelkasi
bo‘yicha (pastga) surganda esa soat o‘q bilan ulanmaydi va kosacha parraklari
erkin (bo‘sh) holatda ishlaydi. Arretirning ikki tomoniga ikkita halqacha
(quloqcha) 7 mahkamlangan. Arretirga ma’lum uzunlikdagi ipning o‘rta qismidan
bog‘lab, ipning bir uchini yuqori va ikkinchi uchini pastki xalqacha ichidan
o‘tkazib osiltirib qo‘yilsa, arretirga qul etmaganda ipning uchidan tortib asbobning
yoqish yoki o‘chirish mumkin. Qul etmaydigan balandlikda shamolning tezligini
aniqlash lozim bo‘lsa, yog‘och ustunning yuqori (gorizontal) qismiga qo‘l
anemometri vint bilan mahkamlanib, shkala kuzatuvchi tomonga ko‘rinadigan
qilib o‘rnatiladi.
Anemometr bilan shamol tezligini o‘lchash uchun, o‘lchashdan oldin
anemometrning barcha shkalalarining ko‘rsatishi yozib olinadi. SHamolning
6
krestovinadagi kosachalarning botiq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlari, uning
qavariq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlaridan ortiq bo‘lganda bosim kuchlarining
farqi ta’sirida krestovina aylana boshlaydi.
12.3.1-rasm. Qo‘l anemometri: 1-parrak; 2-o‘q; 3-yoysimon simlar; 4-
korpus; 5-shkala; 6-arretir; 7-quloqcha; 8-vint.
Kosachalar aylanishida kosachalarning botiq sirti shamol yo‘nalishi bo‘ylab
harakatlanadi, Shuning uchun krestovinaning aylanish tezligi oshgan sari botiq
sirtga bo‘lgan bosim kamaya boradi. Kosachalarning qavariq sirti shamolga qarshi
yo‘nalishda harakatlanib, aylanish tezlashgan sari, unga bo‘lgan bosim osha boradi.
Krestovina biror aniq tezlikka erishgach, botiq va qavariq sirtlarga bosim kuchlari
bir xil bo‘lib qoladi, shu paytdan boshlab krestovina shamolning o‘lchanayotgan
tezligiga mos tezlik bilan bir tekisda aylanadi.
7