SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH VA YO‘NALISHINI ANIQLASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

565,5 KB


SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH VA YO‘NALISHINI ANIQLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Shamol va uning ahamiyati haqida tushunchaga
ega bo‘lish. Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini
o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1.Shamolning paydo bo‘lish sabablari va uning ahamiyatini o‘rganish;
2.Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash tartibini o‘rganish; 
3.Anemorumbometr va qo‘l anemometrining tuzilishini o‘rganish;
4.Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol esish tezligini
o‘lchashni o‘rganish;
5.Shamol “guli” grafigini chizishni o‘rganish.
Kerakli  materiallar  va  asboblar: mm  li  qog‘oz,  qalam,  chizg‘ich,
sekundomer,  anemorumbometr  M–63,  M–1;  kosachali  qo‘l  anemometri;
anemometrni o‘tkazish jadvali, anemometrning tekshirish guvohnomasi va h.k.
Ob–havoning qanday bo‘lishini oldindan aytib berish uchun ham shamol
kuchi va yo‘nalishini bilish zarur. Shamolning yo‘nalishi gorizontning shamol
esayotgan no‘qtasidan boshlab aniqlanadi. Masalan, shimol yoki g‘arb tomondan
esganda  shimoliy  yoki  g‘arbiy  shamol  deyiladi.  Shamolning  yo‘nalishini
belgilashda 16 ta rumbdan foydalaniladi (12.1.1–rasm).
Logotip
SHAMOL TEZLIGINI O‘LCHASH VA YO‘NALISHINI ANIQLASH Mashg‘ulotning maqsadi: Shamol va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish. Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini o‘lchashni o‘rganish. Topshiriqlar: 1.Shamolning paydo bo‘lish sabablari va uning ahamiyatini o‘rganish; 2.Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash tartibini o‘rganish; 3.Anemorumbometr va qo‘l anemometrining tuzilishini o‘rganish; 4.Anemorumbometr va qo‘l anemometri yordamida shamol esish tezligini o‘lchashni o‘rganish; 5.Shamol “guli” grafigini chizishni o‘rganish. Kerakli materiallar va asboblar: mm li qog‘oz, qalam, chizg‘ich, sekundomer, anemorumbometr M–63, M–1; kosachali qo‘l anemometri; anemometrni o‘tkazish jadvali, anemometrning tekshirish guvohnomasi va h.k. Ob–havoning qanday bo‘lishini oldindan aytib berish uchun ham shamol kuchi va yo‘nalishini bilish zarur. Shamolning yo‘nalishi gorizontning shamol esayotgan no‘qtasidan boshlab aniqlanadi. Masalan, shimol yoki g‘arb tomondan esganda shimoliy yoki g‘arbiy shamol deyiladi. Shamolning yo‘nalishini belgilashda 16 ta rumbdan foydalaniladi (12.1.1–rasm).
12.1.1–rasm. Rumblarning joylanishi.
Shamol  yo‘nalishi  ba’zan  graduslarda  ham  aniqlanib,  hisoblash  shimol
tomondan soat strelkasi yo‘nalishida olib boriladi. Bunda shimoliy shamolga 00
yoki 3600, sharqiy shamolga 900, janubiy shamolga 1800, g‘arbiy shamolga 2700
mos keladi.
Shamol  yo‘nalishini  rumblar  bilan  aniqlashda,  shamolning  yo‘nalishi
rumblar bosh harflarining nomi bilan yuritiladi. Rumblardagi yo‘nalishlar 12.1.1–
rasmdagi kabi ko‘rsatiladi va quyidagicha o‘qiladi:
1. SH–shimoliy
2. SHSHSHq–shimol, shimoli–sharqiy
3. SHSHq–shimoli–sharqiy
4. SHqSHSHq–sharq, shimoli–sharqiy
5. SHq–sharqiy
6. SHqJSHq–sharq, janubi–sharqiy
7. JSHq–janubi–sharqiy
8. JJSHq–janub, janubi–sharqiy
Logotip
12.1.1–rasm. Rumblarning joylanishi. Shamol yo‘nalishi ba’zan graduslarda ham aniqlanib, hisoblash shimol tomondan soat strelkasi yo‘nalishida olib boriladi. Bunda shimoliy shamolga 00 yoki 3600, sharqiy shamolga 900, janubiy shamolga 1800, g‘arbiy shamolga 2700 mos keladi. Shamol yo‘nalishini rumblar bilan aniqlashda, shamolning yo‘nalishi rumblar bosh harflarining nomi bilan yuritiladi. Rumblardagi yo‘nalishlar 12.1.1– rasmdagi kabi ko‘rsatiladi va quyidagicha o‘qiladi: 1. SH–shimoliy 2. SHSHSHq–shimol, shimoli–sharqiy 3. SHSHq–shimoli–sharqiy 4. SHqSHSHq–sharq, shimoli–sharqiy 5. SHq–sharqiy 6. SHqJSHq–sharq, janubi–sharqiy 7. JSHq–janubi–sharqiy 8. JJSHq–janub, janubi–sharqiy
9. J–janubiy
10.JJG‘–janub, janubi–g‘arbiy
11.JG‘–janubi–g‘arbiy
12.G‘JG‘–g‘arb, janubi–g‘arbiy
13.G‘–g‘arbiy
14.G‘SHG‘–g‘arb, shimoli–g‘arbiy
15.SHG‘–shimoli–g‘arbiy
16.SHSHG‘–shimol, shimoli–g‘arbiy
Shamol  tezligi  m/sek da  ifodalanadi.  Shamol  tezligi  va  yo‘nalishini
aniqlashda anemometr, flyuger, anemorumbometr, anemorumbograflar ishlatiladi.
11.2. Anemorumbometr M–63M–1 ning tuzilishi
Anemorumbometr elektr toki yordamida ishlaydi va shamolning maksimal,
o‘rtacha, yuqori tezliklarini aniqlaydi. Anemorumbometr datchiklardan o‘lchagich
pult,  tok  beruvchi  qism  (batareya)  va  pult  bilan  qabul  qiluvchi  qismini
birlashtiruvchi  kabellardan  iborat.  Anemorumbometrning  ishlash  prinsipi:  u
shamol  tezligining  ikkita  impuls  o‘rtasidagi  o‘zgarishi  va  uning  datchiklarga
urilishiga asoslangan holda shamol yo‘nalishini aniqlaydi. Flyugarka 4 ta havo
parraklaridan iborat, gorizontal o‘qqa joylashtirilgan maxsus shariklar yordamida
o‘z o‘qi atrofida erkin aylanadi va datchik vazifasini bajaradi. O‘lchash pulti
korpusga o‘rnatilgan, uni qo‘shish uchun knopka bosiladi.
Shamolning birdaniga o‘qtin–o‘qtin oshadigan tezligini o‘lchash  maxsus
shkala yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridagi shkalada 0–60 m/sek gacha (har
bir bo‘lim chizig‘i 2 m/sek ga teng) o‘lchanadi. Pastki shkalaga 0–30 m/sek gacha
(har  bir  1  m/sek ga  teng)  pastki  shkala  o‘tkazish  knopka  yordamida  amalga
oshiriladi. Muddatlar o‘rtasidagi maksimal tezlik ko‘rsatkichini o‘chirish uchun
maxsus  ruchkadan  foydalaniladi.  O‘rtacha  tezlikni  aniqlashda  katta  shkaladan
foydalaniladi va u 0,1 m/sek ga teng, kichik shkala 10 m/sek ga teng.
Logotip
9. J–janubiy 10.JJG‘–janub, janubi–g‘arbiy 11.JG‘–janubi–g‘arbiy 12.G‘JG‘–g‘arb, janubi–g‘arbiy 13.G‘–g‘arbiy 14.G‘SHG‘–g‘arb, shimoli–g‘arbiy 15.SHG‘–shimoli–g‘arbiy 16.SHSHG‘–shimol, shimoli–g‘arbiy Shamol tezligi m/sek da ifodalanadi. Shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlashda anemometr, flyuger, anemorumbometr, anemorumbograflar ishlatiladi. 11.2. Anemorumbometr M–63M–1 ning tuzilishi Anemorumbometr elektr toki yordamida ishlaydi va shamolning maksimal, o‘rtacha, yuqori tezliklarini aniqlaydi. Anemorumbometr datchiklardan o‘lchagich pult, tok beruvchi qism (batareya) va pult bilan qabul qiluvchi qismini birlashtiruvchi kabellardan iborat. Anemorumbometrning ishlash prinsipi: u shamol tezligining ikkita impuls o‘rtasidagi o‘zgarishi va uning datchiklarga urilishiga asoslangan holda shamol yo‘nalishini aniqlaydi. Flyugarka 4 ta havo parraklaridan iborat, gorizontal o‘qqa joylashtirilgan maxsus shariklar yordamida o‘z o‘qi atrofida erkin aylanadi va datchik vazifasini bajaradi. O‘lchash pulti korpusga o‘rnatilgan, uni qo‘shish uchun knopka bosiladi. Shamolning birdaniga o‘qtin–o‘qtin oshadigan tezligini o‘lchash maxsus shkala yordamida amalga oshiriladi. Yuqoridagi shkalada 0–60 m/sek gacha (har bir bo‘lim chizig‘i 2 m/sek ga teng) o‘lchanadi. Pastki shkalaga 0–30 m/sek gacha (har bir 1 m/sek ga teng) pastki shkala o‘tkazish knopka yordamida amalga oshiriladi. Muddatlar o‘rtasidagi maksimal tezlik ko‘rsatkichini o‘chirish uchun maxsus ruchkadan foydalaniladi. O‘rtacha tezlikni aniqlashda katta shkaladan foydalaniladi va u 0,1 m/sek ga teng, kichik shkala 10 m/sek ga teng.
Ma’lum vaqt ichida (10 minut) shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash uchun
ruchkani burash lozim. Shamolning yo‘nalishi shkalaga qarab aniqlanadi. Shkala
ikki qismdan iborat bo‘lib, undan indikator rangiga qarab foydalaniladi. Yuqori
shkalada qizil yonganda 00-3600 gacha, pastki shkalada yashil yonganda 1800–
3600–1800 gacha  o‘lchanadi.  Har  bir  bo‘lakning  oralig‘i  50 ga  teng.  Shamol
yo‘nalishini  aniqlovchi  kanalni  ishga  tushirish  uchun  yana  knopka  bosiladi.
Asbobning  orqa  tomonida  kabel  (datchiklar)ni  ulash  uchun  maxsus  rozetka
o‘rnatilgan. Asbob akkumulyator (batareya) toki bilan ishlaydi. 
12.2.1–rasm.Anemorumbometr M–63
Anemorumbometrlarning datchiklari metall machtaga yoki binoning tomiga
o‘rnatiladi. Hisob oluvchi qismi kabel orqali ulanib, binoning ichiga o‘rnatiladi.
Tok  beruvchi  batareya  bilan  o‘lchov  apparati  o‘rtasidagi  masofa  2  metrdan
oshmasligi kerak. Datchiklar bilan o‘lchov apparati 7 taramli simdan iborat va
uzunligi 150 metr.
Shamol  tezligini  o‘lchash  ishlari  knopkani  bosish  bilan  boshlanadi.
Shamolning 10 minut ichidagi o‘rtacha tezligini aniqlash uchun ruchka oxirigacha
buraladi  va  ko‘rsatkichdagi  o‘rtacha  tezlik  knopka  yordamida  o‘chiriladi  va
shamolning o‘rtacha tezligi aniqlanib, pastki shkala orqali shamolning birdaniga
Logotip
Ma’lum vaqt ichida (10 minut) shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash uchun ruchkani burash lozim. Shamolning yo‘nalishi shkalaga qarab aniqlanadi. Shkala ikki qismdan iborat bo‘lib, undan indikator rangiga qarab foydalaniladi. Yuqori shkalada qizil yonganda 00-3600 gacha, pastki shkalada yashil yonganda 1800– 3600–1800 gacha o‘lchanadi. Har bir bo‘lakning oralig‘i 50 ga teng. Shamol yo‘nalishini aniqlovchi kanalni ishga tushirish uchun yana knopka bosiladi. Asbobning orqa tomonida kabel (datchiklar)ni ulash uchun maxsus rozetka o‘rnatilgan. Asbob akkumulyator (batareya) toki bilan ishlaydi. 12.2.1–rasm.Anemorumbometr M–63 Anemorumbometrlarning datchiklari metall machtaga yoki binoning tomiga o‘rnatiladi. Hisob oluvchi qismi kabel orqali ulanib, binoning ichiga o‘rnatiladi. Tok beruvchi batareya bilan o‘lchov apparati o‘rtasidagi masofa 2 metrdan oshmasligi kerak. Datchiklar bilan o‘lchov apparati 7 taramli simdan iborat va uzunligi 150 metr. Shamol tezligini o‘lchash ishlari knopkani bosish bilan boshlanadi. Shamolning 10 minut ichidagi o‘rtacha tezligini aniqlash uchun ruchka oxirigacha buraladi va ko‘rsatkichdagi o‘rtacha tezlik knopka yordamida o‘chiriladi va shamolning o‘rtacha tezligi aniqlanib, pastki shkala orqali shamolning birdaniga
o‘qtin–o‘qtin oshadigan tezligi  aniqlanadi. Yuqoridagi  shkala orqali maksimal
tezlik aniqlanadi. Asbobdan hisob olishda aniqlik darajasi 1 m/sek bo‘lishi kerak.
Hisob olingandan keyin ruchkani burash orqali maksimal tezlik birdaniga o‘qtin-
o‘qtin oshadigan tezlikka barobar kelguncha tushiriladi. Agar shamol tezligi 2-3
minut  ichida aniqlanishi  kerak  bo‘lsa, o‘lchash  boshlangunga qadar  knopkani
bosish bilan shkala qo‘shiladi, ikki minut ichida shkala strelkasining harakati
kuzatiladi va ko‘rsatkich 5 m/sek gacha aniqlikda yozib olinadi.
12.3. Qo‘l anemometrining tuzilishi va ishlash prinsipi
Qo‘l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralig‘i (odatda 10 minut) da
o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 1 m/sek dan 20 m/sek gacha intervaldagi
shamolning tezligini o‘lchashda ishlatiladi.
Qo‘l  anemometrining  qabul  qiluvchi  qismi  o‘qning  yuqori  qismiga
o‘rnatilgan, qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to‘rtta bir xil (ichi kovak)
yarimsharlar  (kosachalar)  1  yoki  parraklardan  iborat.  O‘qning 2  pastki  qismi
chervyakli vint 8 bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichining tishli g‘ildiragiga
tegib  turadi.  O‘q  aylanganda  aylanishlar  hisoblagichini  hamda  undagi  uchta
strelkani ham harakatga tushiradi. Yarimsharlar tashqi mexanik shikastlanishlardan
himoya qilish uchun yoysimon simlar 3 bilan to‘silgan. Asbobning hisoblash
mexanizmi  korpusga  joylashtirilgan.  Hisoblash  mexanizmi  (shkala)  5  uchta
shkalaga ega bo‘lib, ularga mos ravishda yuzlik, minglik va o‘nlik aylanishlar soni
hisob qilinadi. Anemometr markaziy shkalasi 0 dan 100 gacha bo‘lingan, o‘nlik va
birlik  aylanishlar  hisobga  olinadi.  Qolgan  ikkita  kichik  shkaladagi  strelka
yordamida esa yuzlik va minglik aylanishlar soni aniqlanadi. Ularning shkalasiga
“yuzlar” va “minglar” deb yozilgan (12.3.1–rasm). Asbob korpusi 4 o‘ng yon
tomonining pastki qismida halqa shaklidagi arretir (strelkalarni qo‘shgich) 6 bor.
Arretirni  yuqori  va  past  holatga  surish  mumkin.  Arretirni  soat  strelkasi
yo‘nalishiga qarshi (yuqoriga) surganda, u sanash mexanizmini chervyak uzatma
orqali o‘q bilan bog‘laydi. Arretirni soat strelkasi bo‘yicha (pastga) surganda esa
Logotip
o‘qtin–o‘qtin oshadigan tezligi aniqlanadi. Yuqoridagi shkala orqali maksimal tezlik aniqlanadi. Asbobdan hisob olishda aniqlik darajasi 1 m/sek bo‘lishi kerak. Hisob olingandan keyin ruchkani burash orqali maksimal tezlik birdaniga o‘qtin- o‘qtin oshadigan tezlikka barobar kelguncha tushiriladi. Agar shamol tezligi 2-3 minut ichida aniqlanishi kerak bo‘lsa, o‘lchash boshlangunga qadar knopkani bosish bilan shkala qo‘shiladi, ikki minut ichida shkala strelkasining harakati kuzatiladi va ko‘rsatkich 5 m/sek gacha aniqlikda yozib olinadi. 12.3. Qo‘l anemometrining tuzilishi va ishlash prinsipi Qo‘l anemometri shamol tezligini qisqa vaqt oralig‘i (odatda 10 minut) da o‘lchash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 1 m/sek dan 20 m/sek gacha intervaldagi shamolning tezligini o‘lchashda ishlatiladi. Qo‘l anemometrining qabul qiluvchi qismi o‘qning yuqori qismiga o‘rnatilgan, qavariq tomonlari bir tomonga qaratilgan to‘rtta bir xil (ichi kovak) yarimsharlar (kosachalar) 1 yoki parraklardan iborat. O‘qning 2 pastki qismi chervyakli vint 8 bilan tugaydi va u aylanishlar hisoblagichining tishli g‘ildiragiga tegib turadi. O‘q aylanganda aylanishlar hisoblagichini hamda undagi uchta strelkani ham harakatga tushiradi. Yarimsharlar tashqi mexanik shikastlanishlardan himoya qilish uchun yoysimon simlar 3 bilan to‘silgan. Asbobning hisoblash mexanizmi korpusga joylashtirilgan. Hisoblash mexanizmi (shkala) 5 uchta shkalaga ega bo‘lib, ularga mos ravishda yuzlik, minglik va o‘nlik aylanishlar soni hisob qilinadi. Anemometr markaziy shkalasi 0 dan 100 gacha bo‘lingan, o‘nlik va birlik aylanishlar hisobga olinadi. Qolgan ikkita kichik shkaladagi strelka yordamida esa yuzlik va minglik aylanishlar soni aniqlanadi. Ularning shkalasiga “yuzlar” va “minglar” deb yozilgan (12.3.1–rasm). Asbob korpusi 4 o‘ng yon tomonining pastki qismida halqa shaklidagi arretir (strelkalarni qo‘shgich) 6 bor. Arretirni yuqori va past holatga surish mumkin. Arretirni soat strelkasi yo‘nalishiga qarshi (yuqoriga) surganda, u sanash mexanizmini chervyak uzatma orqali o‘q bilan bog‘laydi. Arretirni soat strelkasi bo‘yicha (pastga) surganda esa
soat o‘q bilan ulanmaydi va kosacha parraklari erkin (bo‘sh) holatda ishlaydi.
Arretirning ikki tomoniga ikkita halqacha (quloqcha) 7 mahkamlangan. Arretirga
ma’lum uzunlikdagi ipning o‘rta qismidan bog‘lab, ipning bir uchini yuqori va
ikkinchi uchini pastki halqacha ichidan o‘tkazib osiltirib qo‘yilsa, arretirga qo‘l
yetmaganda ipning uchidan tortib asbobni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Qo‘l
yetmaydigan  balandlikda  shamolning  tezligini  aniqlash  lozim  bo‘lsa,  yog‘och
ustunning yuqori (gorizontal) qismiga qo‘l anemometri vint bilan mahkamlanib,
shkala kuzatuvchi tomonga ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi.
Anemometr  bilan  shamol  tezligini  o‘lchash  uchun  o‘lchashdan  oldin
anemometr  barcha  shkalalarining  ko‘rsatishi  yozib  olinadi.  Shamolning
krestovinadagi  kosachalarning  botiq  sirtlariga  bo‘lgan  bosim  kuchlari  uning
qavariq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlaridan ortiq bo‘lganda, bosim kuchlarining
farqi ta’sirida krestovina aylana boshlaydi.
12.3.1–rasm. Qo‘l anemometri: 1–parrak; 2–o‘q; 3–yoysimon simlar; 4–korpus;
5–shkala; 6–arretir; 7–quloqcha; 8–vint.
Logotip
soat o‘q bilan ulanmaydi va kosacha parraklari erkin (bo‘sh) holatda ishlaydi. Arretirning ikki tomoniga ikkita halqacha (quloqcha) 7 mahkamlangan. Arretirga ma’lum uzunlikdagi ipning o‘rta qismidan bog‘lab, ipning bir uchini yuqori va ikkinchi uchini pastki halqacha ichidan o‘tkazib osiltirib qo‘yilsa, arretirga qo‘l yetmaganda ipning uchidan tortib asbobni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Qo‘l yetmaydigan balandlikda shamolning tezligini aniqlash lozim bo‘lsa, yog‘och ustunning yuqori (gorizontal) qismiga qo‘l anemometri vint bilan mahkamlanib, shkala kuzatuvchi tomonga ko‘rinadigan qilib o‘rnatiladi. Anemometr bilan shamol tezligini o‘lchash uchun o‘lchashdan oldin anemometr barcha shkalalarining ko‘rsatishi yozib olinadi. Shamolning krestovinadagi kosachalarning botiq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlari uning qavariq sirtlariga bo‘lgan bosim kuchlaridan ortiq bo‘lganda, bosim kuchlarining farqi ta’sirida krestovina aylana boshlaydi. 12.3.1–rasm. Qo‘l anemometri: 1–parrak; 2–o‘q; 3–yoysimon simlar; 4–korpus; 5–shkala; 6–arretir; 7–quloqcha; 8–vint.
Kosachalar aylanishida kosachalarning botiq sirti shamol yo‘nalishi bo‘ylab
harakatlanadi, shuning uchun krestovinaning aylanish tezligi oshgan sari botiq
sirtga bo‘lgan bosim kamaya boradi. Kosachalarning qavariq sirti shamolga qarshi
yo‘nalishda harakatlanib, aylanish tezlashgan sari unga bo‘lgan bosim osha boradi.
Krestovina biror aniq tezlikka erishgach, botiq va qavariq sirtlarga bosim kuchlari
bir xil bo‘lib qoladi, shu paytdan boshlab krestovina shamolning o‘lchanayotgan
tezligiga mos tezlik bilan bir tekisda aylanadi. O‘lchashni boshlashda anemometr
kerakli balandlikda shamolga qaratib o‘rnatiladi, so‘ngra arretir soat strelkasiga
teskari  yo‘nalishda  ko‘tarib  qo‘yiladi  va  sekundomer  qo‘shiladi.  Biroz  vaqt
o‘tgach, arretir pastki vaziyatga o‘tkaziladi va sekundomer strelkasi to‘xtatiladi.
So‘ngra strelkalarning keyingi ko‘rsatishlari hisoblanadi va sekundomerdan sanash
schyotchigining  ishlash  vaqti  aniqlanadi.  Keyingi  hisoblardan  boshlang‘ich
hisoblarni ayirib, chiqqan natijani o‘tgan vaqt oralig‘iga taqsimlab, 1 sekunddagi
aylanishlar soni aniqlanadi.
Har  qaysi  anemometr  guvohnomasida  tuzatma  kiritish  jadvali  berilgan
bo‘lib, u bo‘yicha 1 sekunddagi aylanishlar sonini bilgan holda, unga mos shamol
tezligi m/sek birligida aniqlanadi. Kuzatish va hisoblash natijalari 12.3.1–jadvalga
yoziladi.
12.3.1–jadval
Shamol tezligini anemometr bilan aniqlash
№
Kuzatish
vaqti
Hisoblar
Ayirma
Vaqt
(sekundlar
soni)
1 sekund
dagi
bo‘limlar
soni
Shamol
tezligi
(m/sek)
boshlan
g‘ich 
oxirgi 
1
2
3
Logotip
Kosachalar aylanishida kosachalarning botiq sirti shamol yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi, shuning uchun krestovinaning aylanish tezligi oshgan sari botiq sirtga bo‘lgan bosim kamaya boradi. Kosachalarning qavariq sirti shamolga qarshi yo‘nalishda harakatlanib, aylanish tezlashgan sari unga bo‘lgan bosim osha boradi. Krestovina biror aniq tezlikka erishgach, botiq va qavariq sirtlarga bosim kuchlari bir xil bo‘lib qoladi, shu paytdan boshlab krestovina shamolning o‘lchanayotgan tezligiga mos tezlik bilan bir tekisda aylanadi. O‘lchashni boshlashda anemometr kerakli balandlikda shamolga qaratib o‘rnatiladi, so‘ngra arretir soat strelkasiga teskari yo‘nalishda ko‘tarib qo‘yiladi va sekundomer qo‘shiladi. Biroz vaqt o‘tgach, arretir pastki vaziyatga o‘tkaziladi va sekundomer strelkasi to‘xtatiladi. So‘ngra strelkalarning keyingi ko‘rsatishlari hisoblanadi va sekundomerdan sanash schyotchigining ishlash vaqti aniqlanadi. Keyingi hisoblardan boshlang‘ich hisoblarni ayirib, chiqqan natijani o‘tgan vaqt oralig‘iga taqsimlab, 1 sekunddagi aylanishlar soni aniqlanadi. Har qaysi anemometr guvohnomasida tuzatma kiritish jadvali berilgan bo‘lib, u bo‘yicha 1 sekunddagi aylanishlar sonini bilgan holda, unga mos shamol tezligi m/sek birligida aniqlanadi. Kuzatish va hisoblash natijalari 12.3.1–jadvalga yoziladi. 12.3.1–jadval Shamol tezligini anemometr bilan aniqlash № Kuzatish vaqti Hisoblar Ayirma Vaqt (sekundlar soni) 1 sekund dagi bo‘limlar soni Shamol tezligi (m/sek) boshlan g‘ich oxirgi 1 2 3
Qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini o‘lchash uchun quyidagilarni
bajaring:
– anemometrni balandligi 2 m bo‘lgan yog‘och ustuncha ustiga shamol
tomonga qaratib o‘rnating; 
– shamol tezligini aniqlash uchun shkalaning boshlang‘ich holatini yozib
oling;
–  arretir  (strelka  ajratgich)ni  soat  strelkasiga  qarshi  yo‘nalishda  yuqori
vaziyatga  o‘tkazib,  aylanishlar  hisoblagichi  va  sekundomerni  5  minutgacha
yurgizing,  so‘ngra  arretirni  pastki  vaziyatga  o‘tkazib,  shkala  ko‘rsatkichining
oxirgi hisoblarini bajaring;
– o‘lchashlarni to‘la ravishda yana bir marta takrorlang;
–  oxirgi  hisoblardan  dastlabkilarini  ayiring,  chiqqan  natijani  hisoblab
orasidagi  o‘tgan  vaqtga  taqsimlab,  1  sekunddagi  aylanish  sonini  aniqlang  va
anemometr guvohnomasidagi tuzatmadan foydalanib shamol tezligini toping. 
12.3.2–jadval 
Anemometr ko‘rsatkichlarini o‘tkazish jadvali
Aylanishlar
soni (sek)
Shamol tezligi
(m/sek)
Aylanishlar soni
(sek)
Shamol tezligi
(m/sek)
1
1,4
11
11,6
2
2,4
12
12,6
3
3,5
13
13,6
4
4,5
14
14,6
5
5,5
15
15,5
6
6,5
16
16,5
7
7,6
17
17,5
8
8,6
18
18,4
9
9,6
19
19,4
Logotip
Qo‘l anemometri yordamida shamol tezligini o‘lchash uchun quyidagilarni bajaring: – anemometrni balandligi 2 m bo‘lgan yog‘och ustuncha ustiga shamol tomonga qaratib o‘rnating; – shamol tezligini aniqlash uchun shkalaning boshlang‘ich holatini yozib oling; – arretir (strelka ajratgich)ni soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda yuqori vaziyatga o‘tkazib, aylanishlar hisoblagichi va sekundomerni 5 minutgacha yurgizing, so‘ngra arretirni pastki vaziyatga o‘tkazib, shkala ko‘rsatkichining oxirgi hisoblarini bajaring; – o‘lchashlarni to‘la ravishda yana bir marta takrorlang; – oxirgi hisoblardan dastlabkilarini ayiring, chiqqan natijani hisoblab orasidagi o‘tgan vaqtga taqsimlab, 1 sekunddagi aylanish sonini aniqlang va anemometr guvohnomasidagi tuzatmadan foydalanib shamol tezligini toping. 12.3.2–jadval Anemometr ko‘rsatkichlarini o‘tkazish jadvali Aylanishlar soni (sek) Shamol tezligi (m/sek) Aylanishlar soni (sek) Shamol tezligi (m/sek) 1 1,4 11 11,6 2 2,4 12 12,6 3 3,5 13 13,6 4 4,5 14 14,6 5 5,5 15 15,5 6 6,5 16 16,5 7 7,6 17 17,5 8 8,6 18 18,4 9 9,6 19 19,4